25.06.2026 yildagi 326-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.06.2026 yildagi 326-son
Date of entry into force
27.09.2026
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalar bilan muomala qilish xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalardan foydalanishda sanoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yengil alangalanuvchi suyuqliklar, siqilgan va suyultirilgan gazlar, zaharli, oksidlovchi hamda portlovchi moddalardan foydalanishda texnologik jarayonlar xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarni nazarda tutuvchi Yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalar bilan muomala qilish xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab uch oy oʻtgach amalga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi A.V. Rafiqov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 25-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
326-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 326-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalar bilan muomala qilish xavfsizligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Qoidalar yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalar bilan muomala qilishda sanoat xavfsizligiga oid umumiy talablarni belgilaydi. Mazkur moddalar tashish, saqlash va boshqa sohalardagi maxsus talablar tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
anorganik ishqor — massaning 20 foiz va undan yuqori konsentratsiyasidagi litiy gidroksidi (LiOH), natriy gidroksidi (NaOH), kaliy gidroksidi (KOH) eritmalari hamda kristall koʻrinishdagi holati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
anorganik kuchli kislota — xomashyo, reagentlar sifatida ishlatiladigan, massaning 15 foiz va undan yuqori konsentratsiyasidagi kislorodli sulfat kislota (N2SO4), azot kislota (HNO3), xlor kislota (HCIO4) va kislorodsiz xlorid kislota (HCI), azot-vodorodli kislota (HN3), plavik kislota (HF) va boshqa kislotalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud boʻlgan modda — yonuvchan suyuqliklar, siqilgan va suyultirilgan gazlar, zaharli, oksidlovchi hamda portlovchi xususiyatga ega moddalarni oʻz ichiga olgan, muhitdagi harorat va bosim sharoitida alangalanish, yonish yoki portlash xavfini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan kimyoviy birikmalar, ularning aralashmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaharli modda — tabiiy holatda mavjud boʻlgan yoki har qanday ishlab chiqarish jarayoni natijasida hosil boʻlgan, yonish, portlash, odamlar hayotiga va sogʻligʻiga, hayvonot olami hamda atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan kimyoviy moddalar (yoki ularning birikmalari), mahsulotlar, buyumlar va chiqindilar, shu jumladan, barqarorlikni taʼminlash uchun zarur boʻlgan qoʻshimchalar hamda kimyoviy moddalarni olish jarayonida yuzaga keladigan aralashmalar, kimyoviy moddaning barqarorligini buzmasdan yoki uning tarkibini oʻzgartirmasdan ajratilishi mumkin boʻlgan erituvchi moddalar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaharli kimyoviy moddalar tarkibiga uning konsentratsiyasi 80 foizdan ortiq boʻlgan kimyoviy moddalar qolgan 20 foiz (ogʻirlik boʻyicha) yoki undan kam hisoblangan aralashmalar va (yoki) qoʻshimchalar kiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oksidlovchi modda — yonishni kuchaytiruvchi, ekzotermik oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi natijasida boshqa moddalarning alangalanishiga sabab boʻladigan yoki bu jarayonni osonlashtiradigan kimyoviy moddalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik peroksid — suyuq yoki qattiq holatda boʻlgan, ikki valentli tuzilishga ega boʻlgan va bir yoki ikkala vodorod atomi organik radikallar bilan almashtiriladigan vodorod peroksid hosilasi sifatida koʻrib chiqilishi mumkin boʻlgan organik moddalar (organik peroksid va ularning aralashmalari termal barqaror emas, bu ularning oʻzidan oʻzi tezlashadigan ekzotermik parchalanishiga olib kelishi mumkin);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
peroksid — tarkibida oʻzaro bogʻlangan ikki kislorod atomidan iborat guruhi boʻlgan murakkab moddalar. Vodorod peroksid — N2O2 formulali anorganik kimyoviy birikma, kuchli oksidlovchi, rangsiz, yengil sirpanuvchan va metallsimon taʼmli suyuqlik. Natriy peroksid — Na2O2 formulali anorganik kimyoviy birikma, kuchli oksidlovchi, och sariq rangli, suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishadigan nihoyatda gigroskopik kristall modda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlovchi modda — oʻzidan oʻzi tegishli harorat va bosimda hamda atrofdagi obyektlarga zarar yetkazadigan tezlikda gazlar ajralib chiqishi bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishga qodir boʻlgan qattiq yoki suyuq kimyoviy modda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfsizlik pasporti — kimyoviy mahsulotlarning xavfli xususiyatlari, ularni ishlab chiqaruvchi (yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan vakolat berilgan shaxs) va import qiluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, mahsulotdan xavfsiz foydalanishni taʼminlash uchun zarur boʻlgan profilaktika choralari hamda xavfsizlik talablarini oʻz ichiga olgan belgilangan shakldagi kimyoviy xavfsizlik hujjati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli ishlab chiqarish obyekti — Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan korxonalar yoki ularning sex, uchastka va maydonchalari, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish obyektlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfga asoslangan nazorat (Risk Based Inspection) — uskunalarning ishdan chiqish ehtimolligi (sizib chiqish, buzilish) va uning odamlar hayoti va sogʻligʻiga, atrof-muhitga, mulkka taʼsir etishi mumkin boʻlgan oqibatlarini hisobga olgan holda texnik tashxislash (diagnostika) va nazorat tadbirlarini rejalashtirish, ularning ustuvorlik darajasini belgilash hamda amalga oshirish jarayoni boʻlib, xalqaro standartlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yex-komponenti — portlash xavfli boʻlgan muhitda asbob-uskunalarning xavfsiz ishlashi uchun zarur boʻlgan, asbob-uskunalarga oʻrnatiladigan, portlashdan himoyalanib yasalgan, lekin mustaqil foydalanish uchun moʻljallanmagan texnik qurilmalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Qoidalarning talablari sinil kislota ishlab chiqariladigan korxonalar va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi laboratoriyalarga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Korxona va tashkilotlarda yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalar bilan muomala qilish, tibbiy yordam koʻrsatish hamda umumiy va shaxsiy himoya vositalarini tanlash ushbu Qoidalar talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Zaharlilik koʻrsatkichlari va shaxsiy himoya vositalariga oid talablar amaldagi sanitariya normalari hamda sohaviy normativ hujjatlar asosida belgilanadi. Ushbu Qoidalarning talablari yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalarning barcha turlariga nisbatan qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu Qoidalarning talablari joriy etiladigan korxona va tashkilotda quyidagilar mavjud boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yonish va portlash xavfi boʻlgan yangi texnologik jarayonlar va asbob-uskunalarni montaj qilish, taʼmirlash va ishga tushirish, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllanadigan texnik qurilmalardan foydalanish uchun ruxsatnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud boʻlgan moddalarni tashish va saqlash uchun sigʻimlarning texnik jihatdan yaroqligi toʻgʻrisida xulosa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida yangi texnologik jarayon va texnik qurilmalarni ekspluatatsiya qilish uchun ruxsatnoma, shu jumladan, xorijda ishlab chiqarilganlari uchun ham;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarlikni sugʻurtalash toʻgʻrisida shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli ishlab chiqarish obyektlarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisida hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli ishlab chiqarish obyektlarini qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, konservatsiya qilish va tugatish uchun loyiha hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlarni xavfsiz bajarish qoidalarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sigʻimlar, texnologik uskunalar, quvur oʻtkazgichlar, armaturalar, saqlovchi qurilmalar, nazorat va boshqaruv tizimi asboblari, bino va inshootlarning pasportlari hamda boshqa foydalanish hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli ishlab chiqarish obyektlarining qurilishida, kengaytirilishida, rekonstruksiya qilinishida, texnik qayta jihozlanishida davlat ekologik ekspertizasi xulosasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kamida bir nafar ekolog mutaxassis mavjud boʻlishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Muayyan xavfli ishlab chiqarish obyekti uchun sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Korxona va tashkilotlarning har bir obyektida obyektning texnologik va boshqa oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda avariya vaziyatlari tarqalishini cheklash va bartaraf etish rejalari (keyingi oʻrinlarda — AVTCHBER) ishlab chiqiladi hamda kamida besh yilda bir marta qayta koʻrib chiqiladi va amaldagi reja tugashidan bir oy oldin tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Texnologik sxema, jihozlar, avtomatik nazorat va himoya tizimlariga oʻzgartirishlar sanoat xavfsizligi ekspertizasining ijobiy xulosasiga muvofiq loyihani ishlab chiqqan tashkilot bilan kelishilgandan soʻng kiritiladi. Bunda oʻzgartirishlar tizimning ishlashi va xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud boʻlgan moddalardan foydalanadigan yangi qurilayotgan ishlab chiqarish obyektlari turar joy hududiga taʼsiri, hududning seysmikligi hamda boshqa tabiiy va texnogen omillarni hisobga olgan holda qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga muvofiq joylashtirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Korxona va tashkilotning ishlab chiqarish binolarida quyidagilar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) boshqaruv shitlari oldida ishchi xodimlar tomonidan xizmat koʻrsatish kengligi kamida 2,0 m boʻlgan maydonchalar (doimiy ish oʻrinlari boʻlganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) texnik va texnologik qurilmalarga ishchi xodimlar tomonidan doimiy xizmat koʻrsatiladigan joylarda kengligi kamida 1,0 m boʻlgan maydonchalar va vaqti-vaqti bilan xizmat koʻrsatiladigan joylarda kengligi kamida 0,8 m boʻlgan maydonchalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) montaj va demontaj qilinadigan uskunalarni, montaj va taʼmirlash ishlarini bajarish uchun zarur moslamalar, asboblar va yordamchi materiallarni joylashtirish uchun sirpanmas va kislota-ishqorga chidamli qoplamalarni taʼmirlash (montaj qilish) maydonchalari. Bunda ishchi oʻtish yoʻllari va maydonchalarning oʻlchamlarini qisqartirishga, shuningdek, asosiy hamda zaxira chiqish joylarini toʻsib qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ish oʻrinlari umumiy sanoat xavfsizligi talablari, yongʻin xavfsizligi qoidalari hamda ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga javob berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Texnologik jarayonlar xavfsizligiga qoʻyiladigan umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud boʻlgan moddalar ishlatiladigan texnologik jarayonlar foydalanuvchi korxona tomonidan tasdiqlangan texnologik reglamentlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnologik reglament har bir jarayonning tartibi, xavfsizlik koʻrsatkichi (ishchi harorat, bosim, modda sarfi) va nazorat mexanizmlarini qamrab olgan holda tuzilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud boʻlgan moddalar (peroksidlar, kislotalar) qoʻllanadigan texnologik jarayonlarda ishlatiladigan barcha texnik qurilma, kommunikatsiya va idishlar germetik (tashqi muhit bilan taʼsirga kirishmaydigan) boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar toʻliq germetiklash imkoniyati boʻlmasa, yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud boʻlgan moddalar ajralib chiqishi mumkin boʻlgan nuqtalar muhitni nazorat-monitoring vositalari (gaz detektor, sensorlar) va mahalliy soʻrish qurilmalari bilan jihozlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Germetiklik foydalanuvchi korxona tomonidan doimiy texnik nazorat va profilaktik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Germetiklik buzilishi aniqlangan hollarda texnologik jarayon toʻxtatilishi va nosozlik belgilangan tartibda bartaraf etilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mavjud yoki joriy etilayotgan (tajribaviy) texnik qurilmalarda tajriba ishlarini bajarish bilan bogʻliq yangi texnologik jarayonlar texnik jihatdan asoslangan va xavfsizlik choralari koʻrilgan hollarda joriy etiladi. Bunday ishlar foydalanuvchi korxona tomonidan tasdiqlangan vaqtincha texnologik yoʻriqnoma asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud boʻlgan moddalar ishlatiladigan ishlab chiqarish binolarida bunday tajriba ishlari qoʻshimcha ravishda loyiha tashkiloti xulosasi asosida amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud boʻlgan moddalar ishlatiladigan obyektlarda qoʻllaniladigan texnologik uskunalar, quvur oʻtkazgichlar va armaturalar uchun xizmat muddati moddaning kimyoviy faolligi, harorati, bosimi, korroziya darajasi va parchalanish reaksiyalarining xavfi asosida aniqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar foydalanish hujjatlarida va texnologik uskunalar, quvur oʻtkazgichlar va armaturalar pasportlarida aniq koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muddati oʻtgan texnologik uskunalar, quvur oʻtkazgichlar va armaturalar qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarining xavfga asoslangan nazorat usullari va sanoat xavfsizligi ekspertizasining ijobiy xulosasiga muvofiq foydalanuvchi korxona tomonidan ishlatilishiga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Texnologik uskunalar, quvur oʻtkazgichlar va armaturalarning har bir turi uchun foydalanish hujjatlari (pasport, ekspluatatsiya qoʻllanmasi, texnik yoʻriqnoma) toʻplami rasmiylashtiriladi. Foydalanish hujjatlarida yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud boʻlgan moddalarning xavfliligi hamda ular bilan ishlash boʻyicha maxsus talablar koʻrsatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud boʻlgan moddalarni transportirovka qilish uchun moʻljallangan quvur oʻtkazgichlarni (metall yoki nometall) ishlab chiqarish, oʻrnatish va foydalanish jarayonlari qurilish meʼyorlari hamda texnologik reglamentlarga mos boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Foydalanish sharoitlarida yoʻl qoʻyiladigan loyiha koʻrsatkichlaridan ortiq bosim yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud moddalar uchun moʻljallangan texnologik uskunalar hamda quvur oʻtkazgichlar bosimning yoʻl qoʻyiladigan koʻrsatkichidan ortib ketishini himoya qiladigan saqlovchi qurilmalar bilan jihozlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu texnologik uskuna va quvur oʻtkazgichlar moddaning ekzotermik reaksiya xususiyatini va parchalanish xavfini hisobga olgan holda tanlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Bosimning oshib ketishidan saqlovchi qurilmalar kimyoviy taʼsirlarga chidamli materiallardan tayyorlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Saqlovchi qurilmalarning oʻtkazuvchanlik imkoniyati loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda hisobga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud boʻlgan moddaning aktivligi va ajralib chiqadigan gaz miqdori inobatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Bosim koʻtarilganda yoki avariya holatida saqlovchi qurilma orqali chiqadigan yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud boʻlgan moddalar inson sogʻligʻi va atrof-muhit uchun xavf tugʻdirmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Peroksidlar uchun bu jarayon inert gaz yordamida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud boʻlgan moddalarni saqlash uchun moʻljallangan idishlar va sigʻimlarni boʻshatish usullari (quyish, nasos yordamida soʻrish) hamda quyish tizimlarining konstruksiyasi tuzilishi texnologik xavfsizlik, moddaning reaksiya xususiyatlari va utilizatsiyasini hisobga olgan holda loyiha tashkiloti tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud boʻlgan moddalarning sachrashi va toʻkilishining oldini oladigan germetik konstruksiya nazarda tutilgan, chiqindi moddalarni yigʻish yoki zararsizlantirish tizimlari bilan bogʻlangan, shuningdek, peroksidlar bilan ishlashda inert muhitni taʼminlash vositalari mavjud boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud moddalar uchun moʻljallangan texnologik uskuna va quvur oʻtkazgichlar ishchi muhitga nisbatan korroziyaga chidamli materiallardan tayyorlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quvur oʻtkazgichlar choksiz (payvandlab ulanmagan) uglerodli poʻlat quvurlardan tayyorlanadi. Bunda gardishli (flanets) birikmalar eng kam miqdorda boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Armatura oʻrnatiladigan yoki quvur oʻtkazgichlar uskunaga ulanadigan joylarda, shuningdek, foydalanish sharoitlariga koʻra quvur oʻtkazgichlarni tozalash va taʼmirlash uchun qismlarga ajratish talab etiladigan uchastkalarda gardishli birikmalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Estakadalarda yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud boʻlgan moddalarni tashish uchun moʻljallangan quvur oʻtkazgichlar quyidagi holatlarda mexanik shikastlanishlardan himoyalangan boʻlishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqoridan ogʻir buyumlar tushishiga qarshi: quvur oʻtkazgich ustidan yuk koʻtaruvchi mexanizmlar yoki oson tushishi mumkin boʻlgan buyumlarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarining zarbasidan himoya: quvur oʻtkazgichlar avtotransport vositalari harakatlanadigan yoʻllardan amaldagi shaharsozlik meʼyorlari va qoidalarida belgilangan masofalarda joylashtirilishi yoki maxsus toʻsiqlar orqali ajratilishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quvurlar bir necha qavatda (ustma-ust) oʻtkazilganda: yonuvchan moddalarni tashuvchi quvurlar eng pastki qavatda (darajada) joylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Korxona hududidan tashqarida joylashgan sexlararo quvur oʻtkazgichlarning har ikki tomonida kengligi kamida 2 m boʻlgan muhofaza zonalari boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud boʻlgan moddalar quvur oʻtkazgichlarining gardishli (flanets) birikmalarida himoya qoplamalari boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud boʻlgan moddalar quvuroʻtkazgichlarida meʼyoriy-texnik hujjatlar talablariga muvofiq germetik berkitish armaturasi qoʻllanilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Armatura materiallari ishchi muhitning kimyoviy faolligiga, harorat va bosim koʻrsatkichlariga nisbatan barqaror, korroziyaga chidamli hamda sinovdan oʻtgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Berkitish armaturasi ularga xizmat koʻrsatish uchun qulay, ochiq va xavfsiz joylarda oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud boʻlgan moddalar tashiladigan quvur oʻtkazgichlarga boshqa turdagi quvurlar (issiqlik quvurlaridan tashqari) mahkamlanmasligi kerak. Har qanday qoʻshimcha quvur yoki muhandislik kommunikatsiyasi mustaqil, mexanik jihatdan ajratilgan holda oʻtkazilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud boʻlgan moddalar quvur oʻtkazgichlar orqali tashish jarayonida ularning qotib (kristallanib) qolishining oldini olish zarur. Bunda peroksidlar uchun issiqlik izolyatsiyasining maksimal harorati ishlab chiqaruvchi tavsiyasi asosida 20 — 25 °C dan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud boʻlgan moddalar tashiladigan quvur oʻtkazgichlar texnologik idishlar yoki maxsus yigʻish sigʻimlariga ulardagi suyuqlikni toʻliq boʻshatish imkonini beradigan nishablik bilan loyihalanishi oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud boʻlgan moddalar tashiladigan quvur oʻtkazgichlari loyihalashtirilganda, ularni yuvish, bugʻ bilan tozalash, vakuumlash yoki siqilgan (quritilgan) havo yoki azot bilan tozalash imkoniyati majburiy tarzda koʻzda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Texnologik uskuna va quvuroʻtkazgichlarni joylashtirishda ularga xizmat koʻrsatish, ularni taʼmirlash va almashtirish boʻyicha bajariladigan ishlar qulayligi va xavfsizligi taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Quvur oʻtkazgichlarda ogohlantiruvchi belgilar boʻlishi kerak. Peroksid, kislota va ishqorlar uchun — sariq (oksidlovchi), qizil (zanglatuvchi) va koʻk (ishqor muhitlar) belgilar mos ravishda qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud boʻlgan moddalar tashiladigan quvur oʻtkazgichlari normativ texnik hujjatlar talablariga muvofiq mustahkamlik va germetiklikka bosim ostida sinovdan oʻtkazilishi kerak. Sinov turi modda xususiyatiga qarab belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud boʻlgan moddalar uchun moʻljallangan quvur oʻtkazgichlar va armaturalar foydalanishga topshirishdan oldin uning germetikligi normativ texnik hujjatlar talablariga muvofiq tekshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Yengil alangalanish va portlash xavfi mavjud boʻlgan moddalar ishlatiladigan ishlab chiqarish obyektlaridagi harakatlanuvchi qismga ega texnik qurilmalar xavfsiz ishlashini taʼminlash maqsadida toʻsilgan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Funksional vazifasiga koʻra toʻsish texnik jihatdan imkoniyati boʻlmagan qismlar, shuningdek, 2,5 m dan yuqori balandlikda joylashgan, xavf tugʻdirmaydigan harakatlanuvchi qismlar toʻsilmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻsiqlar konstruktiv jihatdan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrnatishga va xizmat koʻrsatishga qulay;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kimyoviy taʼsirlarga bardoshli materialdan tayyorlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Toʻsiqlari nosoz yoki yechib olingan boʻlsa, bunday texnik qurilmalar ishlatilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Texnik qurilmalarning harakatlanuvchi qismlari toʻsigʻi turgʻun boʻlishi kerak. Agar texnik yoki texnologik sabablarga koʻra turgʻun toʻsiqni oʻrnatish imkoni boʻlmasa, yechiladigan himoya va toʻsiq konstruksiyalaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Ishlab chiqarish bino va inshootlarida hamda texnik qurilmalarda qoʻllanadigan maydonchalar, zinalar va ularning toʻsiqlarini oʻrnatish qurilish meʼyorlari hamda qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Yer sathidan 2 m va undan yuqori balandlikda joylashgan texnik qurilmalar va quvur oʻtkazgich armaturalariga xizmat koʻrsatish uchun doimiy maydonchalar hamda ularga chiqish zinalari nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Xavfli uchastkalarda ishlovchi xodimlar Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-yanvardagi 26-son qarori bilan tasdiqlangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq davriy attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yengil alangalanuvchi suyuqliklar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Yengil alangalanuvchi suyuqliklardan foydalanadigan xavfli ishlab chiqarish obyektlari (quyish, aralashtirish, quvur orqali tashish) germetik yopiq tizimlar va masofadan boshqariladigan uskunalar bilan jihozlanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha texnologik qurilmalar, nasoslar va armaturalar portlashdan himoyalangan hamda yerga ulangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bugʻ chiqishi mumkin boʻlgan joylarda yer (qoplama) sathida havoni majburiy ravishda chiqaruvchi shamollatish tizimlari oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar texnologik jarayonda yengil alangalanuvchi suyuqliklarning harorati uning yonish haroratidan yuqori boʻlsa, havodagi bugʻ konsentratsiyasi nazorat qilinadi va binoda soatiga kamida 4 — 6-marta toza havo aylanishini taʼminlaydigan doimiy shamollatish tizimi ishlatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Koʻrsatkichlar meʼyordan chetga chiqqan hollarda (qizib ketish, bosimning oshishi yoki shamollatish tizimi ishdan chiqqanida) yengil alangalanuvchi suyuqliklarning kelishini toʻxtatadigan avtomatik blokirovka tizimlari joriy etilishi lozim va avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmasi bilan integratsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uskunalarda portlash yoki qizib ketish holatlarida shikastlanishni oldini olish maqsadida saqlovchi qurilmalar va membranalar oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hajmi 0,5 litrdan ortiq boʻlgan barcha texnologik qurilmalar nafas olish klapani, shamollatish quvurlari va olov soʻndirgich bilan jihozlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yengil alangalanuvchi suyuqliklarni tashish uchun moʻljallangan quvur oʻtkazgichlari yongʻinga qarshi toʻsiqlar hamda olovning teskari zarbasining oldini oluvchi klapanlar bilan jihozlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Yengil alangalanuvchi suyuqliklar toʻkilish ehtimoli mavjud boʻlgan sex qoplamalari suyuqlik oʻtkazmaydigan holda tayyorlanishi hamda yopiq gidravlik toʻsqichlar bilan jihozlangan chuqurchalar yoki trap tomonga nishablikka ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yengil alangalanuvchi suyuqliklar toʻkilishi mumkin boʻlgan joylarda statsionar yutuvchi (sorbsion) gilamchalar yoki ariqchalar (lotok) oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Yengil alangalanuvchi suyuqliklardan foydalanuvchi korxona texnologik jarayonlardagi xavflarni muntazam tahlil qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tahlilda yonish, bugʻ-havo aralashmasining portlashi, yongʻin mahsulotining zaharli taʼsiri kabi ehtimoliy oqibatlar inobatga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uskunalar uchun belgilangan anʼanaviy putur yetkazmaydigan nazorat usullariga muqobil tarzda xavfga asoslangan nazorat uslubiyati asosida nazorat oʻrnatish va texnik koʻrikdan oʻtkazilishiga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yengil alangalanuvchi suyuqliklar saqlanadigan poʻlat sigʻimlar uchun xavfga asoslangan nazorat dasturi korroziya va eroziya jarayonlarini, korroziyadan himoyalanganlik holatini hisobga olishi hamda sigʻimning eng kam (kritik) ruxsat etilgan qiymati darajasiga muvofiq rejali qalinlikni oʻlchash va defektoskopiya ishlarini amalga oshirishni nazarda tutishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Yengil alangalanuvchi suyuqliklar bilan ishlashga ruxsat etilgan xodimlar maxsus tayyorgarlikdan oʻtkaziladi va oʻquv kurslarida oʻqitiladi. Oʻquv jarayonida saqlash va quyish qoidalari, suyuqliklar toʻkilishi yoki yongʻin sodir boʻlishi holatidagi harakatlar, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalaridan foydalanish usullari boʻyicha bilim hamda koʻnikmalar berilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Yengil alangalanuvchi suyuqliklardan foydalanuvchi har bir xavfli ishlab chiqarish obyekti uchun sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi ishlab chiqilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu deklaratsiyada xavfli moddalarning xususiyatlari, ehtimoliy avariya oqibatlari hamda ularning oldini olish va taʼsirini kamaytirish boʻyicha himoya choralari bayon etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir modda boʻyicha kimyoviy mahsulotning xavfsizlik pasporti mavjud boʻlishi va u xodimlar uchun ochiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Obyektda yengil alangalanuvchi suyuqliklar bilan bogʻliq avariya holatlariga tayyorgarlikni taʼminlash maqsadida AVTCHBER ishlab chiqilib, tasdiqlanishi lozim. Ushbu rejada quyidagi ehtimoliy ssenariylar inobatga olinadi: katta hajmdagi suyuqlik toʻkilishi bilan kelib chiqadigan yongʻin, yopiq hajmda bugʻ portlashi, omborda katta yongʻin chiqishi va boshqalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir ssenariy boʻyicha xodimlar hamda avariya xizmatlarining harakat tartibi belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reja tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmasi hamda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining hududiy boshqarma yoki boʻlimlari bilan kelishilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sodir boʻlishi mumkin boʻlgan AVTCHBER boʻyicha xodimlar Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga rioya qilgan holda oʻqitiladi, sizib chiqish va yongʻin holatlarini imitatsiya qilgan holda yongʻin xavfsizligi xizmatlarini jalb etib oʻtkaziladigan amaliy mashqlarda qatnashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Yengil alangalanuvchi suyuqliklar saqlanadigan binolar avtomatik yongʻin xabar berish (signalizatsiya) tizimi (alanga, issiqlik va tutun xabarlagichlari) hamda gaz nazorati tizimi (yengil alangalanuvchi suyuqlik bugʻlarini aniqlovchi detektorlar, bugʻ toʻplanishi mumkin boʻlgan joylarda) bilan jihozlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xabar berish tizimi (signalizatsiya) ishga tushganida xodimlar ovozli va yorugʻlik ogohlantirish signallarini qabul qilib, instruksiyada belgilangan harakatlar tartibiga muvofiq ish koʻrishlari: bunda ish jarayonini toʻxtatish, elektr taʼminotini oʻchirish, boshlangʻich yongʻinni oʻchirishga yoki evakuatsiyaga kirishish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomatik xabar berish tizimi (signalizatsiya) sprinkler yoki drencher turidagi yongʻin avtomatikasi tizimi bilan integratsiya qilingan boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Yengil alangalanuvchi suyuqliklar ishlatiladigan joylarda birlamchi yongʻinni oʻchirish vositalari doimiy ravishda mavjud boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday vositalar qatoriga oʻt oʻchirgichlar (kichik yongʻinlar uchun kukunli yoki uglekislota bilan toʻldirilgan hamda suyuqlik toʻkilishi holatlarida — koʻchma havo-koʻpikli oʻt oʻchirgichlar) kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ular har 50 m2 maydonga kamida 2 ta, lekin har bir xona uchun kamida bitta oʻt oʻchirgich joylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlar yongʻin chiqqan suyuqliklarni oʻchirishda oʻt oʻchirgichlardan toʻgʻri foydalanish usullarini qoʻllash boʻyicha oʻqitilgan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda koʻpikni yelpigʻichsimon shaklda sepish, yongʻinni panada turib oʻchirish va boshqa xavfsiz amaliy usullar boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Yengil alangalanuvchi suyuqliklar toʻkilish holatlarini bartaraf etish uchun obyektda avariya jihozlari toʻplami shakllantirilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avariya jihozlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inert adsorbentlar (qum, vermikulit);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus sorbsion miqdordagi matolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bon toʻsiqlari (toʻkilgan suyuqliklar kanalizatsiyaga kirishini cheklash uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yonishga chidamli idishlar, ifloslangan grunt va sarflash materiallari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik yongʻin oʻchogʻini yopish uchun moʻljallangan yongʻinga qarshi toʻsiqlar va uchqun soʻndiruvchi yelpigʻichlar ham doimiy ravishda mavjud boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avariya jihozlari toʻplami tarkibiga, shuningdek, shaxsiy himoya vositalari ham kiritiladi, yaʼni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik bugʻlardan himoya qiluvchi “A” turdagi filtrli gaz niqoblari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻinga chidamli qoʻlqoplar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avariya brigadalari uchun issiqlikni qaytaruvchi maxsus kiyimlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Yongʻin yoki portlash ehtimoli mavjud boʻlgan zonalardan xodimlarni tez va xavfsiz chiqarishni taʼminlash maqsadida evakuatsiya hamda oʻzaro hamkorlik sxemalari ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu sxemalarda avariya vaqtida chiqishlar joylashuvi, harakat yoʻnalishlari hamda yigʻilish punktlariga borish yoʻllari aniq koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Yengil alangalanuvchi suyuqliklar ishlatiladigan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida quyidagilar boʻlishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yengil alangalanuvchi suyuqliklar uchun maxsus shamollatish tizimi bilan jihozlangan alohida omborxona yoki maxsus metall shkaf mavjud boʻlishi, bunda inshootning devorlari, tom qismi va yongʻinga qarshi eshiklari belgilangan yongʻinga chidamlilik darajasi boʻyicha shaharsozlik meʼyorlari hamda yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga toʻliq mos boʻlishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yengil alangalanuvchi suyuqliklar saqlanadigan xonalarda begona buyumlar va materiallar saqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi, faqat shu toifaga kiruvchi moddalar saqlanishi lozim. Ochiq olov yoki issiqlik manbalariga ega uskunalar ushbu xonalardan kamida 10 m masofada joylashtirilishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) shamollatish tizimining ishlash holati chiqaruvchi ventilyatorlar faoliyati tekshirilgan, shamollatish teshiklarining berk yoki toʻsilmagani tegishli hujjatlar (dalolatnomalar) bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim, binolarning pastki qismida oʻlchangan bugʻ tarqalishining quyi konsentratsiyasi chegarasidan ancha past boʻlishi kerak, shkaflarning shamollatish tizimining chiqish quvurlarida uchqun soʻndirgich qurilmalar oʻrnatilgan boʻlishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) barcha yoritgichlar, kabel liniyalari va elektr dvigatellar portlashdan himoyalanganlik belgisiga ega boʻlishi lozim, uskunalar va idishlarning yerga ulangani tekshirilgan boʻlib, yerga ulanish qarshiligi 4 Om koʻrsatkichdan oshmasligi megommetr oʻlchovi yordamida tasdiqlangan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Binolarda uchqun chiqaruvchi asboblar hamda litsenziyalanmagan (tegishli ruxsatsiz) elektr jihozlari boʻlmasligi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) oʻt oʻchirgichlar joyida boʻlishi, ularni qayta quvvatlash muddatlari tekshirilgan, yongʻin oʻchirish kranlari qoʻl dastakli yongʻin oʻchirish yenglari bilan toʻliq jihozlangan va suv bosimi bilan yetarli taʼminlangan boʻlishi, qum yoki absorbent solingan idishlar erkin foydalanish uchun ochiq hamda yaqin joyda boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yongʻindan xabar berish tizimi (signalizatsiya) va yongʻin avtomatikasi tizimi (agar loyihada koʻzda tutilgan boʻlsa) ishchi holatda boʻlishi, ularga texnik xizmat koʻrsatish jurnallari hamda soʻnggi sinov natijalari mavjud boʻlishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) yengil alangalanuvchi suyuqliklar saqlanadigan sigʻimlarda saqlovchi klapanlar va nafas olish qurilmalari boʻlishi, shamollatish liniyalarida yongʻinga qarshi toʻsiqlar oʻrnatilgan, barcha berkitish armaturalar (kranlar, klapanlar) aniq va koʻrinarli tamgʻalangan (markirovkalangan) hamda oqim yoʻnalishi va modda nomi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uskunalarning texnik koʻrikdan oʻtkazilgani boʻyicha hujjatlar, defektoskopiya dalolatnomalari, xavfga asoslangan nazorat tahlili natijalari va ular asosida belgilangan chora-tadbirlar boʻlishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) yengil alangalanuvchi suyuqliklar boʻyicha operativ hisob jurnali (kelib tushishi va sarfi) yuritilayotgan boʻlishi, har bir modda uchun amaldagi xavfsizlik pasporti mavjudligi, xodimlar uchun moddalar bilan ishlash boʻyicha yoʻriqnoma hamda AVTCHBER koʻzga koʻrinib turadigan joyda osilgan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Siqilgan va suyultirilgan gazlar xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Sex va laboratoriyalardagi gaz ballonlari faqat tik holatda oʻrnatilishi, ular maxsus tutqichlar yoki devorga zanjir bilan mahkamlanishi lozim. Bunday xonalar doimiy ishlab turadigan havoni kiritish va chiqarish, shamollatish tizimi yoki gaz bilan ishlash uchun moʻljallangan tortuvchi shkaf bilan taʼminlanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaharli yoki yonuvchan gazlar (xlor, vodorod) qoʻllanilayotganda, ballonlar shamollatish tizimiga ulangan maxsus shkaflarda joylashtirilishi tavsiya etiladi. Shkaflardan tashqi muhitga chiqadigan gazlar filtr yoki absorber qurilmalari orqali chiqarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino ichidagi gaz quvur oʻtkazgichlari metall quvurlardan tayyorlanishi va flanetsli birikmalar soni minimal darajada boʻlishi lozim. Egiluvchan shlanglar talablarga muvofiq aniq identifikatsiyalanishi va oʻchmaydigan tamgʻaga ega boʻlishi kerak hamda amal qilish muddati tekshirilgan holda qoʻllanilishi mumkin. Sizib chiqishni aniqlash uchun barcha birikmalar muntazam ravishda sovunli emulsiya bilan tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir gaz balloni chiqish qismida ventil oʻrnatilishi, undan keyin esa bosim pasaytirgich (reduktor) va manometr oʻrnatilishi lozim. Reduktordan oldin va isteʼmolchi liniyasida gaz datchiklari hamda yongʻin xabar berish tizimidan keluvchi signal taʼsirida avtomatik gaz oqimini toʻxtatib, yopiluvchi elektromagnit klapanlar oʻrnatilishi tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Yonuvchan gazlar (vodorod, atsetilen, propan) qoʻllanadigan binolarda yongʻin keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan barcha manbalar bartaraf etilishi shart. Barcha elektr jihozlari portlashdan himoyalanib yasalgan Yex-komponenti, uskunalar esa yerga ulangan holda boʻlishi lozim. Atsetilen generatorlari va atsetilen (C2N2) gazi saqlanadigan ballonlar loyiha hujjatlaridan belgilangan mis saqlovchi quvurlar va jihozlardan xavfsizlik masofalariga rioya qilgan holda joylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kislorod bilan ishlashda faqat moysiz uskunalardan foydalanish talab etiladi. O2 toʻldirish zonasida har qanday moy va organik moddalarning mavjudligi qatʼiyan taqiqlanadi. Barcha shlanglar, reduktorlar va manometrlar faqat kislorod bilan ishlash uchun maxsus moʻljallangan boʻlishi shart. Xodimlar kislorod uskunalaridagi burilish (rezba) qismiga moy surtmaslik va moyli materiallar qoʻllamaslik boʻyicha oʻqitilgan boʻlishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Gaz taʼminoti tizimi avtomatlashtirilgan boshqaruv vositalari bilan jihozlanishi lozim. Agar havo muhitidagi gaz konsentratsiyasi belgilangan meʼyordan oshsa (yonuvchan gazlar tarqalishining quyi konsentratsiya chegarasi 20 foizdan yuqori yoki zaharli gazlar uchun chegaraviy yoʻl qoʻyiladigan konsentratsiya (keyingi oʻrinlarda — CHYQK) ortiq holatda) — gaz analizatori ovozli signal berish bilan bir vaqtda elektromagnit klapanlarni avtomatik ravishda yopishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Inert gazlar (azot, argon) chiqariladigan shamollatish chiqindilari uchun tabiiy havo chiqarish tizimi yetarli hisoblanadi. Zaharli gazlar (xlor, ammiak) va yonuvchan gazlar (vodorod) ishlatiladigan binolardagi shamollatish tizimlari esa adsorberlar yoki skrubberlar bilan jihozlangan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot ballonlar va gaz xoʻjaligi ustidan doimiy nazoratni taʼminlashi lozim. Buning uchun tegishli attestatsiyadan oʻtgan, gaz xoʻjaligi uchun masʼul shaxs tayinlashi shart. Masʼul shaxs ballonlar hisob jurnalini yuritadi (qabul qilish, ishga berish, boʻshatilganini qaytarish), sinov va texnik koʻrik muddatlarini kuzatib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ballon ishga berilishidan oldin navbatdagi sinov sanasi (sanali tamgʻa) tekshiriladi. Shuningdek, har oyda kamida bir marta rejali tashqi koʻriklar oʻtkazilishi shart. Koʻrikda ballonlarda korroziya va shikastlanish belgilari koʻzdan kechiriladi, mahkamlash zanjirlari va shamollatish tizimining ishlashi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar ballonlarda saqlanadigan yonuvchi va portlovchi gazlar bilan bogʻliq xavfsizlik talablari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ballonlar saqlanadigan xonalar tabiiy shamollatish tizimiga ega va quyosh nuridan muhofaza qilingan boʻlishi shart. Oyna boʻlsa — oq rangga boʻyalgan yoki quyosh nurini qaytaruvchi pardalar oʻrnatilgan boʻlishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ochiq maydonlarda saqlanayotgan ballonlar yogʻingarchilik va quyosh taʼsiridan himoyalanishi, bunday himoya vositalari yonmaydigan materiallardan tayyorlanishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) kislorod, ftor, xlor kabi oksidlovchi gazlar ballonlari yonuvchi va portlovchi gazlardan alohida saqlanishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ballonlar saqlanadigan joyda gaz sizib chiqishini aniqlash uchun gaz analizatorlari oʻrnatilishi, ular boʻlmagan holda — havo muhitini nazorat qilish tartibi tashkil etilishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) moylangan buyumlar va moy tiqilgan materiallar bilan kislorod ballonlariga tegish qatʼiyan man etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) ballonlar maxsus shkaflarda, vertikal holda va qulashiga yoʻl qoʻymaydigan usulda joylashtirilishi kerak. Shtabellashtirilgan holda — balandligi 1,5 m dan oshmasligi, klapanlari bir tomonga qaratilgan va himoya qalpogʻi bilan yopilgan boʻlishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) ballonlar saqlanayotgan omborlarda uchqun chiqaruvchi jihozlar, yonuvchi moddalar va metall mixli oyoq kiyimlardan foydalanish man etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) ballonlarni yuklash-tushirish ishlari avtomashina dvigateli oʻchirilgan holda amalga oshirilishi kerak. Avtoyuklagichlardan foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Suyultirilgan gazlar ishlatiladigan yirik obyektlarda xavfga asoslangan nazorat tizimlari joriy etilishi lozim. Ushbu tizim doirasida gaz sizib chiqishi va portlash xavflari baholanadi, shu asosda nazorat qilinishi lozim ustuvor uchastkalar aniqlanadi, jumladan, sigʻimlardagi korroziya zonalari, saqlagich klapanlarining holati va gardish (flanets) birikmalarining germetikligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eng ustuvor nazorat elementi sifatida saqlash qurilmalarini tekshirish belgilanadi. Barcha klapanlar har 1-2 yilda qayta hisoblanib, qayta oʻrnatilishi (yoki almashtirilishi) hamda ishga tushish bosimining toʻgʻriligi tasdiqlanishi lozim. Zaharli va qimyoviy faol gazlar (xlor, ammiak) saqlangan ballonlar qayta toʻldirishdan oldin ichki tomondan tekshirilib, oqish yoki korroziya izlari mavjud emasligi aniqlanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Xodimlar bilan gazlar bilan xavfsiz ishlash usullari boʻyicha har yili oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv dasturi quyidagi mavzularni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ballonlarni saqlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uskunalarga toʻgʻri ulanish qoidalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sizishlarni aniqlash usullari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz chiqishi holatida favqulodda berkitish amaliyoti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlar bilan gaz niqoblaridan foydalanish boʻyicha amaliy mashqlar muntazam oʻtkazilishi shart (xlor uchun — “V”, ammiak uchun — “KD” turdagi gaz niqoblari va boshqalar). Gaz xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda ishlovchi xodimlar doimiy ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtishi, bu jarayonda ayniqsa nafas olish tizimi holatiga alohida eʼtibor qaratilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻzga yaqqol koʻrinib turadigan joylarda “Gaz sizib chiqishi aniqlanganda harakat tartibi” va “Ballonlarni saqlash tartibi” yoʻriqnomalari osib qoʻyilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Gazlar saqlanadigan joylardagi pol yuzasida turli gazlar uchun saqlash zonalarini ajratib koʻrsatuvchi chiziqlar belgilanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qizil rang — yonuvchan gazlar zonasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashil rang — inert gazlar zonasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sariq rang — zaharli gazlar zonasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kirish qismida saqlanayotgan gazlar roʻyxati ularning xavf darajalari (toifalari) koʻrsatilgan holda osib qoʻyilishi lozim. Shuningdek, “Yongʻin xavfi bor”, “Zaharli moddalar”, “Chekish taqiqlanadi”, “Himoya koʻz oynaklarida ishlang” (zarur hollarda), “Xonani shamollating” kabi ogohlantiruvchi belgilar boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Gaz sizib chiqishini avtomatik aniqlovchi qurilmalar (statsionar gaz analizatorlari — metan, vodorod yoki xlor uchun) xabar berish tizimiga (signalizatsiya) ulangan holda oʻrnatilishi lozim. Ular umumiy ogohlantirish va avariyadan xabar berish tizimi bilan integratsiya qilingan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomatik nazoratdan tashqari laboratoriya usulida havo namunalarini davriy tekshirish amalga oshirishi lozim. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaharli gazlar uchun — havodagi modda CHYQK boʻyicha nazorat qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inert gazlar uchun — kislorod darajasi tekshiriladi, azot sizib chiqishi natijasida havodagi kislorod miqdori 19 foiz koʻrsatkichdan pastga tushishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻlchov natijalari maxsus jurnalda qayd etiladi, meʼyordan oshish holatlarida ish toʻxtatilib, binolar shamollatiladi va xavfsizlik choralari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Korxonaning umumiy favqulodda holatlarda AVTCHBER tarkibida gazsimon moddalar bilan bogʻliq avariyalarga bagʻishlangan alohida boʻlimlari boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rejada shamol yoʻnalishi boʻyicha gaz buluti tarqalish sxemalari hamda xavfli zonalar radiuslari keltirilishi lozim. Zaharli gazlar (xlor, ammiak) sizib chiqish holatlarida xodimlarni ogohlantirish tizimi, katta hajmdagi chiqish holatlarida esa Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi orqali korxona hududiga yaqin boʻlgan aholini xabardor qilish tartibi nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Gaz analizatorida yonuvchan gazlar uchun tarqalishning quyi konsentratsiya chegarasi 20 foiz yoki zaharli gazlar uchun CHYQK 50 foizga teng konsentratsiyasini aniqlaganda, avariyaviy shamollatish tizimi toʻliq quvvatda ishga tushishi, gaz quvurlaridagi elektr magnit klapanlar avtomatik ravishda yopilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yonuvchan gazlar mavjud boʻlgan zonada uchqun chiqish xavfini bartaraf etish maqsadida elektr taʼminoti avtomatik ravishda oʻchirilishi lozim. Xodimlar shaxsiy himoya vositalarini (gaz niqoblari) kiyib, agar bu xavfsiz boʻlsa, gaz sizib chiqish manbaini aniqlashga kirishishi, aks holda zonani tark etishlari kerak. Shu bilan birga, avtonom elektr taʼminotli avariyaviy yoritish tizimi (portlashdan himoyalangan fonarlar) ishga tushirilishi lozim. Tashqi ventilyatorlar ishlaganda, gaz chiqindilarini odamlar toʻplanadigan yoki turar joylar tomon emas, balki xavfsiz yoʻnalishga chiqarishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Obyektda gaz sizib chiqishlarini bartaraf etish uchun maxsus vositalar mavjud boʻlishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz sizib chiqishini toʻsuvchi vosita;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ballonlarga qoʻyiladigan bandajlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoriqlar uchun konussimon tiqinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quvurlar uchun avariyaviy xomutlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar siqilgan hamda suyultirilgan gazlarni quyish, tashish va avariyaviy holatlarni bartaraf etish boʻyicha talablar sanaladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) smena ehtiyoji 200 litrgacha boʻlgan hollarda, yengil alangalanuvchi suyuqliklar xavfsiz germetik qadoqlarda ish joylariga yetkazilishi mumkin. Katta hajmdagi mahsulotlar markazlashtirilgan tartibda yetkazib beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) barcha quyish va toʻkish operatsiyalari germetik qoplamalar yordamida avtomatlashtirilgan usulda amalga oshirilishi, bugʻlarning havoga tarqalishiga yoʻl qoʻyilmasligi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) texnologik sigʻimlar va idishlardan gaz mahsulotlarini ochiq oqim bilan quyish taqiqlanadi. Bu ishlar faqat maxsus jihozlangan, bugʻ toʻplanishining oldini oluvchi tizimlar orqali amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) toʻkilib ketgan moddalar tezkor ravishda sorbentlar (qipiq, qum va boshqalar) orqali yigʻib olinishi hamda xavfsiz joyga olib chiqilishi shart. Obyektda avariyaviy zaxira sifatida sorbent vositalari boʻlishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) texnologik ehtiyoj tufayli ochiq idishlar va vannalardan foydalanilayotgan sexlarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq vannalar xavfsiz qopqoqlar bilan taʼminlangan boʻlishi, foydalanilmayotganda yopilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suyuqlikni avariyaviy holda toʻkib olish imkoniyati boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Gaz xoʻjaligida ogohlantirish signallari va harakat tartibi aniq belgilab qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ogohlantirish signali berilganda xodimlar shamol yoʻnalishi boʻylab yoki xavfsiz yoʻnalishda evakuatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar portlash xavfi (gaz ombori yaqinida yongʻin) yuzaga kelsa, cheklov (chetlashtirish) zonasi belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ballonlar uchun — kamida 100 m radiusda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yirik hajmli rezervuarlar uchun — 300 m gacha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha shaxslar mazkur zona hududidan tashqariga chiqarilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Obyekt vakolatli organlariga saqlanayotgan gazlar va ularning miqdori haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yilda bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda zaharli gaz sizib chiqishi yoki ballon portlashi bilan yongʻin ssenariysi boʻyicha qoʻshma amaliy oʻquv mashqlari oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektda noxush holat bartaraf etilgandan soʻng binoda degazatsiya ishlari amalga oshiriladi, yaʼni majburiy shamollatish tizimi yordamida havo almashishi va zaharli qoldiqlarni neytrallash boʻyicha kimyoviy ishlov beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Siqilgan va suyultirilgan gazlardan foydalanadigan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida quyidagilar boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kislorod ballonlari alohida saqlanayotgani (boshqa seksiyada yoki kamida 5 m masofada joylashgan boʻlishi), yonuvchan gazlar, zaharli va oksidlovchi gazlardan vizual tarzda yoki toʻsiq orqali ajratilgani hamda ballonlar yaqinida yonuvchan materiallar (yogʻlar, vetosh) mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) barcha ballonlar ishonchli mahkamlangan boʻlishi lozim. Bunda tik holatdagi ballonlar zanjirlar bilan qotirilgani, yotgan holatdagi ballonlar esa maxsus oʻrindiqlarga (uyaga) joylashtiriladi. Ballonlarda yiqilish yoki zarba izlari mavjud emasligi, yotgan holatda ustma-ust saqlanayotgan ballonlar balandligi 1,5 m dan oshmasligi, shuningdek, ventillar bir tomonga qaratib joylashtirilgan boʻlishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ballonlar quyosh nuridan himoya qilingan holda saqlanishi lozim (bostirma yoki ekran orqali). Ular isitish uskunalaridan kamida 1 m va ochiq olov manbalaridan kamida 5 m oraliq masofada joylashtirilishi kerak. Bino ichidagi harorat loyiha boʻyicha yoʻl qoʻyiladigan meʼyordan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shamollatish tizimi ishchi holatda boʻlishi shart: chiqaruvchi panjaralar tozaligi (toʻsilmagan), ventilyatorlar va xabar berish tizimi (signalizatsiya) ishlashi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ballonlar amaldagi talablarga muvofiq ranglarga boʻyalgan va aniq tamgʻalangan (yozuvli) boʻlishi lozim. Ballonlarda oxirgi texnik koʻrikda belgili tamgʻalar mavjudligi va muddati oʻtmagani aniqlanadi. Ballonlar hisob jurnali yuritilayotgan va yangilanib borilayotgan boʻlishi shart. Shuningdek, gaz partiyasi uchun pasport maʼlumotlari (sifat sertifikati, aralashmalar toʻgʻrisida maʼlumotlar) mavjud boʻlishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ballonlar ventillarida sizib chiqishlar yoʻqligi tekshiriladi. Reduktorlar mavjud va soz holatda, manometrlar — tekshirish muddati oʻtmagan boʻlishi lozim. Suyultirilgan gazlar uchun saqlovchi klapanlar mavjudligi va ulardagi plombalar butunligi tekshiriladi. Foydalanilmayotgan ballonlarda qopqoqlar yopiq holda boʻlishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) ogohlantiruvchi yozuvli belgilar (“Gaz ballonlari”, “Olov man etilgan”, “Chekish taqiqlanadi”, “Gaz! Yongʻin holatida zudlik bilan uzoqlashing!”) oʻrnatilgan boʻlishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) binoda oʻt oʻchirgichlar (kukunli yoki uglekislota bilan toʻldirilgan) mavjud boʻlishi lozim (har bir xonada kamida 2 tadan kam boʻlmasligi shart). Oʻt oʻchirgichlar tekshirilgan va ishchi holatda boʻlishi kerak. Agar binoda yongʻin avtomatikasi tizimi mavjud boʻlsa, uning barcha tugunlari butun, oʻchirilmagan va faol holatda boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ballonlar oʻrnatilgan metall stellaj yoki ramaning yerga ulangani tekshiriladi (multimetr yordamida oʻlchov oʻtkazish orqali amalga oshiriladi). Barcha elektr jihozlarida portlashdan himoyalanib yasalgan Yex-komponenti boʻlishi, elektr simlari esa poʻlat quvurlar yoki kabel kanallari orqali oʻtkazilgan boʻlishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) gaz sizib chiqishi holatida harakat qilish rejasi boʻlishi shart. Xodimlar gaz niqoblari saqlanadigan va oʻzini oʻzi qutqarish joyni bilishlari, ushbu shaxsiy himoya vositalari mavjud va ularning foydalanish muddati oʻtmagan boʻlishi lozim. Dori qutichalari maxsus antidotlar bilan toʻliq taʼminlangan holda saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Zaharli moddalar xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Zaharli moddalar qoʻllanadigan texnologik jarayonlarda toʻliq germetiklik tamoyiliga rioya etilishi lozim. Bunday jarayonlar yopiq uskunalarda, kichik vakuum ostida amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaharli moddalarning kukunsimon shakldagi turlarini tushirish va miqdorlash jarayonlari mexanizatsiyalashtirilgan holda, yaʼni shneklar, taʼminlovchilar hamda tortuvchi zontlar ostida amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Zaharli moddalar bilan ishlashda qoʻllanadigan materiallar yemirilish va sizib chiqish holatlarining oldini olish uchun moddaning taʼsiriga chidamli boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha germetiklikni taʼminlovchi elementlar (qistirmalar, salniklar) moddaning taʼsiriga chidamlilik va oʻtkazuvchanlikning minimal darajada boʻlishini hisobga olgan holda tanlanishi lozim. Rejaviy profilaktik taʼmirlash yoki xavfga asoslangan nazoratga muvofiq lyuk qistirmalari, nasos salniklari va miqdorlash shlanglari kabi muhim qismlar doimiy ravishda tekshirilib, zarurat tugʻilganda almashtirilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Kislotali yoki ishqoriy zaharli moddalar ishlatiladigan sexlarda joyida neytrallash tizimlari (maxsus vannalar yoki sigʻimlar) boʻlishi hisobga olinishi lozim. Ushbu neytralizatorlar favqulodda holatda toʻkilgan moddani neytrallovchi reagent bilan aralashtirish uchun xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaharli organik suyuqliklar uchun adsorbent — aktivlashtirilgan koʻmir yoki moddalarni parchalovchi maxsus aralashmalar bilan toʻldirilgan idishlar boʻlishi lozim. Bunday uskunalar zaharli moddalarning umumiy kanalizatsiya tizimiga yoki tuproq qatlamiga tushishining oldini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Yuqori darajadagi zaharli moddalar ishlatiladigan obyektlarda xavfsizlik tizimida maxsus boʻlimlar tashkil etiladi. Ushbu boʻlimlar faoliyatida xavfsiz ishlash tartib-qoidalari, xodimlar sogʻligʻini nazorat qilish tizimi hamda har qanday kichik ogʻish holatlarida amalga oshiriladigan harakat rejasi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona oʻz obyektida mavjud boʻlgan kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalar roʻyxatini tasdiqlaydi hamda har bir modda uchun masʼul shaxslarni tayinlaydi. Xavfsizlikni boshqarish tizimi doirasida mustaqil ekspertlar ishtirokida zaharli moddalarni saqlash va ulardan foydalanish xavfsizligi boʻyicha muntazam auditlar oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Uskunalarning texnik holatini nazorat qilishdagi eng muhim jihat — sizib chiqishlarning oldini olishdir. Xavfga asoslangan nazoratdan tashqari zaharli moddalarni tashish uchun moʻljallangan kommunikatsiyalarda kunlik koʻrik amalga oshirilishi lozim. Bu jarayonda masʼul xodim gardishlar (flanets) ostidagi tomchilar yoki sizib chiqish izlarining yoʻqligi, shuningdek, sizib chiqishni aniqlovchi datchiklar koʻrsatkichlarini nazorat qilishi lozim. Uskunani ishga tushirishdan oldin germetiklikni vakuum yoki inert bosim ostida sinovdan oʻtkazish usuli qoʻllanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gazsimon zaharli muhitlarda faoliyat koʻrsatadigan obyektlarda avtomatik namuna oluvchi qurilmalar qoʻllanilishi lozim. Ular muhitdagi fon konsentratsiyasini doimiy ravishda nazorat qilishni taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Zaharli moddalar bilan ishlovchi xodimlar muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtishi shart. Har bir xodim uchun shaxsiy tibbiy karta yuritiladi va surunkali zaharlanish alomatlari aniqlansa, bunday xodim ishdan vaqtincha chetlashtiriladi hamda boshqa ishga oʻtkaziladi. Shuningdek, barcha xodimlar favqulodda holatlarda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Zaharli moddalar bilan ishlovchi barcha xodimlar maxsus yoʻriqnomadan oʻtishlari shart. Tuzilgan yoʻriqnomalarda ehtiyot choralari va xavfsiz ishlash qoidalari aniq bayon etilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Ish joylarida yetarli miqdorda va toʻgʻri turdagi shaxsiy himoya vositalari mavjud boʻlishi lozim (muvofiq markadagi filtrli gaz niqoblari yoki yuqori konsentratsiyalar uchun izolyatsiyalovchi uskunalar). Gaz niqoblari filtrlari germetik sharoitda saqlanishi va foydalanish muddati tugaganda oʻz vaqtida almashtirilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaharli suyuq moddalar bilan ishlashda xodimlar kimyoviy moddalarga chidamli maxsus kiyim, changdan himoya qiluvchi bir martalik himoya korjamalari bilan taʼminlanishi lozim. Koʻzni yopuvchi himoya koʻzoynaklari yoki yuzni toʻliq yopuvchi qalqonlar boʻlishi zaharli va yediruvchi moddalar toʻkilishi holatlarida majburiy. Qoʻlqoplar modda bilan muvofiqligi hisobga olingan holda tanlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Kimyoviy avariyalarga oid AVTCHBER zaharli moddalar chiqishi holatida bajariladigan amaliy qadamlar batafsil bayon etilgan boʻlishi lozim. Ushbu rejada kommunikatsiyalardagi zulfinlarni yopish uchun masʼul, avariyaviy shamollatish tizimini ishga tushirish uchun masʼul xodimlar, tashqi xizmatlar bilan hamkorlik va harakatlarni muvofiqlashtirish uchun masʼul xodimlar belgilanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlar va vakolatli organlar ishtirokidagi mashgʻulotlar yiliga kamida 1-marta oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Zaharli gaz yoki tutunning katta hajmdagi sizib chiqishi holatlarida korxona atrofidagi aholini xabardor qilish uchun ogohlantirish tizimi (sirenalar, ovoz kuchaytirgichlar, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi orqali SMS-xabarlar) yoʻlga qoʻyilgan boʻlishi lozim. Obyektdagi barcha qoʻriqlash postlari va dispetcherlik punktlarida quyidagilar mavjud boʻlishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telefon raqamlari roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shamol yoʻnalishi sxemasi — zaharli bulut tarqalish yoʻnalishini aniqlash uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ogohlantirish xabarlar matnlarining namunaviy shakllar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avariyani bartaraf etishga jalb etilmagan xodimlar avariya vaziyatlari tarqalishini chegaralash va bartaraf etish rejalarida belgilangan evakuatsiya yoʻnalishlari boʻyicha binolarni tark etishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Zaharli moddalar uchun avariya jihozlari toʻplami sorbentlar (universal, kislota yoki ishqorlarni neytrallovchi — zaharli moddaning xususiyatiga qarab tanlanadi), ifloslangan materiallarni toʻplash uchun idishlar, “Avariyaviy chiqindilar” yozuvli germetik yopiladigan konteynerlarni (bochkalar) oʻz ichiga olishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish joylariga yaqin masofada avariyaviy dush va koʻzni yuvish uchun favqulodda favvorachalar oʻrnatilgan boʻlishi shart. Baʼzi maxsus turdagi moddalar bilan ishlanganda, ularga mos avariyaviy neytrallovchi reagentlar oldindan tayyorlab qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Avariya holatida qattiq zaharli moddalar toʻkilgan taqdirda, maxsus tayyorgarlikka ega xodimlar shaxsiy himoya vositalaridan foydalanib, ularni maxsus asboblar yordamida yigʻishlari lozim. Toʻplangan moddalar keyinchalik utilizatsiya qilish uchun germetik idishlarga joylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻkilgan zaharli suyuqliklar, birinchi navbatda, neytrallovchi kukun yoki sorbent bilan qoplanadi, yigʻilgan massa maxsus konteynerlarga toʻplanadi. Pol yoki uskuna ostida qolgan qoldiqlar neytrallovchi eritma bilan ishlov beriladi va ular ham yigʻilib utilizatsiya qilinadi. Bino ichidagi shamollatish tizimi kuchaytiriladi, havo holati tozalashdan oldin va keyin tekshiriladi. Avariya bartaraf etilgandan soʻng ishlab chiqarish laboratoriyasi mutaxassislari yoki akkreditatsiyadan oʻtgan tashkilot tomonidan havodagi zararli moddalar konsentratsiyasining nazorat oʻlchovlari oʻtkazilib, toʻliq zararsizlangani tasdiqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Oʻtkir zaharlanish holatlari yuzaga kelganda, obyektda tez tibbiy yordam koʻrsatishga tayyor sanitariya posti boʻlishi shart. Ushbu xona kislorod ingalyatori, antidotlar (zaharga qarshi vositalar) va zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlar qaysi joyga murojaat qilishlari kerakligi haqida oldindan xabardor qilingan boʻlishlari shart. Favqulodda holatdan soʻng hatto zaharlanish alomatlari kuzatilmagan taqdirda ham, barcha ishtirokchilar 24 soat ichida tibbiy koʻrikdan oʻtishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Zaharli moddalardan foydalanadigan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida quyidagilar boʻlishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) zaharli moddalar saqlanadigan alohida xona yoki shkaf mavjud boʻlishi, unga cheklangan ruxsat (qulf va masʼul saqlovchi shaxs) belgilangan boʻlishi lozim. Eshikda “Zaharli” deb yozilgan ogohlantiruvchi belgi boʻlishi shart. Shamollatish tizimi ishchi holatda ekanligi (tortuvchi ventilyator faoliyati va havo almashinuv karra oʻlchovi). Harorat rejimi meʼyorda boʻlishi, modda etiketkasidan kelib chiqqan holda belgilangan talablarga mos boʻlishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) barcha idishlar mahkam yopilgan, oqish yoki sizish holatlari yoʻq, etiketkalar oʻqilishi oson va zarur maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yengil uchuvchan moddalar uchun (yoʻriqnomada koʻrsatilgan boʻlsa) sovuq joyda yoki muzlatkich kamerasida saqlash talab etiladi. Yuqori zaharli yoki kanserogen reaktivlar (benzol, dixromatlar, simob tuzlari) shamollatish tizimiga ulangan tortuvchi shkaflarda yoki shamollatish tizimli germetik bokslarda saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xavfli reaksiya berishi mumkin boʻlgan moddalar bir joyda saqlanmasligi kerak (kislotalar sianidlar bilan, oksidlovchi moddalar organik moddalar bilan);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) saqlash zonasida neytrallash uchun zarur moddalar, kislotalar uchun — ohak yoki soda, ishqorlar uchun — kislota (uksus yoki bor kislotasi), galogenlar uchun — sulfitlar va boshqalar boʻlishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) xodimlarning talab etiladigan markadagi gaz niqoblari bilan taʼminlangani, ulardagi filtrlar mavjudligi va yaroqlilik muddati. Shuningdek, xodimlarda muvofiq turdagi maxsus kiyimlar, kislotalarga chidamli fartuklar va qoʻlqoplar mavjudligi aniqlanadi. Yuqori xavf darajasidagi ishlarda ishtirok etuvchi xodimlarda koʻchma gaz analizatorlari (indikator naychalar) borligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) xavfli moddalar hisobi — jurnal yoki roʻyxatlar koʻrinishida yuritilishi lozim. Har bir modda uchun xavfsizlik pasporti mavjud boʻlishi shart. Toksinlarning har bir toifasi bilan ishlash boʻyicha yoʻriqnomalar ochiq holda saqlanishi va amalda boʻlishi, xodimlar esa ular bilan tanishgani haqida imzo qoʻygan boʻlishlari lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) nasoslar, klapanlar va quvurlarda sizib chiqishlar mavjud emasligi, ularda kristallashuv izlari, dogʻlar yoki hidlar boʻlmasligi lozim. Shuningdek, zaharli chiqindilar saqlanadigan barcha idishlar tamgʻalangan boʻlishi, ular tortuvchi shamollatish tizimi ostida yoki mahkam germetik yopiq holda saqlanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Oksidlovchi moddalar xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Ishlab chiqarish jarayonlarida (reaktorlar, dozalash uzellari) oksidlovchi moddalar yonilgʻi komponentlaridan alohida holda reaksiya zonasiga uzatiladi, bu esa rejadan tashqari aralashish va nazoratsiz reaksiya yuz berishi xavfining oldini olishni taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektdagi kommunikatsiyalar toʻliq germetik boʻlishi lozim. Nasoslar ikki tomonlama zichlangan monoblok turda jihozlangan boʻlishi hamda moddaning tashqi muhitga chiqishini butunlay istisno etadigan toʻsuvchi suyuqlik tizimiga ega boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsentratsiyani nazorat qilishni taʼminlashda: agar texnologik jarayonda oksidlovchi modda yonilgʻi bilan aralashtiriladigan boʻlsa, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi ularning xavfsiz nisbatini saqlab turishi va portlash reaksiyani keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan ortiqcha oksidlovchining qoʻshilishiga yoʻl qoʻymasligi lozim. Reaksiya nazoratdan chiqqan taqdirda, tizimda ingibitor moddani yoki reaktor qurilmasini favqulodda sovitkichni avtomatik dozator uskunalari mavjud boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Oksidlanish reaksiyalari xavfsizligi: tarkibida kuchli oksidlovchi moddalar (peroksidlar, ozon, nitratlar) ishtirok etuvchi reaksiyalar odatda, ekzotermik boʻladi. Reaktorlarda samarali sovitish tizimi hamda oksidlovchi modda berilishi harorat boʻyicha avtomatik tarzda boshqarilishi hisobga olinishi lozim. Shuningdek, reaksion massa nazoratsiz parchalanishi holatida bosim ortishini xavfsiz bartaraf etish uchun uyurma soʻndiruvchi qurilmaga ega avariya chiqarish klapanlari yoki bosimni idishga xavfsiz yoʻnaltiruvchi quvurlar tizimi oʻrnatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oksidlanish jarayonlari amalga oshiriladigan binolarda portlash bosimini chiqaruvchi portlashdan himoyalovchi konstruksiyalar boʻlishi lozim, bular yengil chiquvchi panellar yoki shamollatish teshiklari portlash bosimini xavfsiz ravishda chiqarish imkoniyatini taʼminlaydi. Elektr jihozlari kislorod yoki xlor ajralishi ehtimoli hisobga olingan holda tanlanadi, ular moylanmagan boʻlishi va korroziyaga qarshi himoyaga ega boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Kukunsimon oksidlovchi moddalar bilan ishlanganda, jihoz va inshootlarda chang (xlorat yoki permanganat changlari) toʻplanishiga yoʻl qoʻyilmaslik lozim. Bunday chang toʻplanishining oldini olish uchun uskunalar va sirtlar davriy ravishda suv bilan yuvib tozalanishi, shu orqali portlovchi chang “yostiqchalari” hosil boʻlmasligini taʼminlanish kerak. Ammiak selitrasi (NH4NO3) saqlanadigan omborlarda mahsulot toʻplanib qolishi mumkin boʻlgan boʻshliq yoki kovak joylar boʻlishi qatʼiyan man etiladi. Bunday binolar barcha sirtlari silliq va tozalash uchun qulay holda loyihalashtirilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Oksidlovchi moddalar metall materiallarda korroziyani keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun bunday muhitlarda ishlatiladigan uskunalar mos zanglamaydigan poʻlat yoki qoplamali tayyorlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kislotali muhit uchun — qoʻshimchali zanglamas poʻlatdan tayyorlangan uskunalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gipoxlorit va peroksidlar uchun — emal qoplamali reaktorlar yoki plastik (PVX, PVDF) quvuroʻtkazgichlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“nam xlor” bilan ishlash uchun — titan materialidan yasalgan jihozlar tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moy mavjud boʻlgan sharoitda bosim ostidagi kislorod portlash xavfini keltirib chiqarishi mumkinligi sababli, ikkilamchi reaksiyalar ham hisobga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Armatura va nasoslarda qoʻllanadigan barcha surkov materiallari kislorod bilan muvofiq kelishi, yaʼni uglevodorodli moylar ishlatilmasligi, silikonli yoki ftoruglerodli surkovlar qoʻllanilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Oksidlovchi moddalar ishtirokidagi jarayonlar boʻyicha xavf tahlili amalga oshirilishi lozim. Tahlil jarayonida quyidagi ehtimoliy ogʻishlar aniqlanadi: “oksidlovchining ortiqcha miqdori”, “sovitishning yetishmasligi”, “oksidlovchi moddaga begona moddaning tushishi” va boshqalar. Tahlil natijalari asosida zarur himoya choralari va xavfsizlik texnik tadbirlari ishlab chiqilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Oksidlovchi muhitlar uskunalarning eskirishi va yemirilishini tezlashtiradi, shuning uchun taʼmirlashlar orasidagi intervallar qisqartirilgan holda belgilanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kislorod kompressorlari uchun zichlagich elementlarni tez-tez almashtirish, shuningdek, korroziya taʼsirida yoriqlar hosil boʻlishi ehtimoliga koʻra kuraklarni muntazam koʻzdan kechirish talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Peroksidlar saqlanadigan omborlarda har oyda bir marta bino ichidagi termometrlar va haroratdan xabar berish tizimi (signalizatsiyasi) qurilmalarining holati koʻrilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Peroksidlar uchun moʻljallangan muzlatkich kameralaridagi sovitish uskunalari kabi parchalanishning oldini olish tizimi har chorakda tekshiriladi va ishchi holati tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Xodimlar oksidlovchi moddalar bilan ishlashning maxsus xavfsizlik chora-tadbirlari boʻyicha oʻqitilgan boʻlishlari lozim. Shuningdek, oksidlovchi moddalarga oid yongʻin xavfsizligi qoidalari boʻyicha amaliy oʻquv mashgʻulotlari muntazam ravishda oʻtkazilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Oksidlovchi moddalar boʻyicha favqulodda holatlarga tayyorgarlik yongʻin va portlash xavfini hisobga olgan holda tashkil etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Ayrim oksidlovchi moddalar, jumladan, organik peroksidlar, oʻzidan oʻzi parchalanib portlash xavfini keltirib chiqarishi mumkin. Agar datchiklar saqlanayotgan peroksid haroratining belgilangan darajadan ortishini aniqlasa, tizim avtomatik ravishda sovitishni ishga tushirishi yoki evakuatsiya ogohlantirish va xabar berish tizimlari ishga tushishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AVTCHBER barcha shaxslarni xavfsiz masofaga evakuatsiya qilishni nazarda tutishi lozim. Agar organik peroksidning nazoratdan chiqqan parchalanish jarayonini toʻxtatish imkoni boʻlmasa, reaksiya toʻliq yakunlanmaguncha yongʻinni oʻchirish ishlarini boshlamaslik talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Suyuq oksidlovchi modda (50 foiz vodorod peroksid) toʻkilishi holatida xodimlar himoya qoʻlqoplari va koʻz oynaklarini kiyib, toʻkilgan joyni inert qum bilan toʻsishlari lozim. Bu holatda paxta yoki mato va boshqa yonuvchan tolali materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi, ular oksidlovchi modda bilan reaksiyaga kirishi mumkin. Toʻyingan nam qum metall chelakka toʻplanishi, binodan tashqariga chiqarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qattiq oksidlovchi moddalar (selitra, permanganat va boshqalar) toʻkilishi holatida modda toza idishga yigʻib olinadi, qoldiq esa koʻp miqdordagi suv bilan yuvib tozalanadi. Granulalarni polga bosib kiritish qatʼiyan man etiladi, ishqalanish natijasida organik moddalar yonishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik avariyalarni bartaraf etish rejasi xodimlar uchun qadamma-qadam koʻrsatmalar yoʻriqnomasini oʻz ichiga olishi lozim. Yoʻriqnomada toʻkilgan moddani qanday modda bilan qoplash (sorbent yoki qum), qaysi modda bilan yuvilishi, toʻplangan moddalarni qayerga va qanday tarzda chiqarilishi yoki vaqtincha saqlanishi aniq koʻrsatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Zaharli gazlar ajralib chiqishi sababli yongʻin sodir boʻlganda (nitrat sellyulozasi yonishida azot oksidlari (NOx) ajraladi) ogohlantirish tizimi kimyoviy hodisa kabi ishga tushishi lozim. Yaʼni, sirenalar orqali signal berilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan aholiga axborot yetkazilishi taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Yongʻindan saqlash xizmatlari (davlat, idoraviy va koʻngilli yongʻindan saqlash xizmatlari) obyektda oksidlovchi moddalar mavjudligi toʻgʻrisida oldindan xabardor qilingan boʻlishi va ular bilan ishlash taktikasi boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan boʻlishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, ular quyidagilarni bilishlari shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv oksidlovchi moddalarda yongʻinni oʻchirishning asosiy vositasi ekanligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uglevodorodli erituvchilar asosidagi koʻpik tarkiblardan foydalanish man etilishi, chunki ular oksidlovchi muhitda oʻzlari yonuvchan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ftorli birikmalar asosidagi maxsus chidamli koʻpiklar yoki mayin purkaladigan suv qoʻllanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, yongʻindan saqlash xizmati qayta portlashlar ehtimoli (agar omborda turli partiyada peroksidlar boʻlsa) haqida xabardor boʻlishi kerak. Korxona mahalliy yongʻindan saqlash xizmatiga obyektdagi oksidlovchi moddalar zaxirasi va ularning asosiy xususiyatlari toʻgʻrisida maʼlumot berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Oksidlovchi moddalar bilan ishlaydigan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida quyidagilar boʻlishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oksidlovchi moddalar yengil alangalanuvchi suyuqliklar (YEAS), yonuvchan suyuqliklar (YOS), yonuvchan gazlar yoki boshqa yonuvchan moddalar bilan bir joyda saqlanmasligi lozim. Oksidlovchi moddalar saqlanadigan xona yoki boʻlimda har qanday yonuvchan materiallar (yogʻoch quti, qogʻoz qoplama, mato va boshqalar) boʻlmasligi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oksidlovchi moddaning qadoq qoplamasi yonuvchan materialdan (karton quti) tayyorlangan boʻlsa, u holda uni metall yoki keramik tagdonga, yongʻin chiqarishi mumkin boʻlgan manbalardan uzoq masofada joylashtirilishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) saqlash joylarida ogohlantiruvchi belgilar mavjud boʻlishi lozim. Idishlar (bochkalar, kanistrlar) tamgʻalangan boʻlishi shart: ularda sariq romb shaklidagi belgi, doira ustida alanga tasviri va “Oksidlovchi modda” degan yozuv boʻlishi kerak. Yorliqlar aniq oʻqiladigan, ularda moddaning konsentratsiyasi va ishlab chiqarilgan sanasi koʻrsatilgan boʻlishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) bino ichida havo aylanishi yaxshi va harorat moʻtadil, ombordagi termometr koʻrsatkichi belgilangan meʼyor (15 — 25 °C) doirasida boʻlishi lozim (alohida maxsus talablar belgilanmagan boʻlsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) pol va javonlar holati, ularda toʻkilgan kristall yoki suyuqlik oqishi mavjud emasligi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) “Oksidlantiruvchi moddalarni saqlashda yongʻin xavfsizligi choralari” va “Toʻkilishi/avariya holatida harakatlar tartibi” nomli yoʻriqnomalar boʻlishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) ombor yaqinida oʻchirish va neytrallashga moʻljallangan vositalar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kislotali oksidlovchilar uchun — kalsiylangan (suvsizlantirilgan) soda solingan qoplar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
permanganat toʻkilishi holatida — suv toʻldirilgan bochkalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻta reaksion moddalar uchun — qum, belkuraklar va boshqa yordamchi jihozlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) oksidlantiruvchi moddalarning kelib tushishi va sarfi hisobi yuritilishi kerak (ayniqsa, ular prekursor yoki nazoratdagi moddalar boʻlsa). Binoni davriy koʻrikdan oʻtkazish jurnali mavjudligi va unda organik materiallar yoʻqligi hamda tozalash ishlari amalga oshirilgani haqidagi yozuvlar borligi aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Portlovchi moddalar xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish yoki qoʻllash jarayonlarida ish joyida bir vaqtning oʻzida mavjud portlovchi moddalar miqdori minimal darajada saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Portlovchi moddalar bilan ishlaydigan mashinalar va mexanizmlar sodda tuzilishda hamda ular umuman uchqun chiqarmaydigan boʻlishi lozim. Elektr yuritmalar oʻrniga pnevmatik boshqaruv tizimlari qoʻllanishi, havo bosimi meʼyoriy darajada cheklanishi kerak (uskunalar qizimasligi uchun).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar elektr taʼminotidan foydalanish zarurati boʻlsa, u holda past kuchlanishli (12 V gacha) elektr tizimi qoʻllanishi lozim. Barcha elektr uskunalari uchqun xavfsizligi toʻsiqlari orqali ulanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portlovchi moddalar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri kontaktda boʻladigan barcha mashinalar sirtlari antifriksion (ishqalanish va issiqlik ajralib chiqishini kamaytiruvchi) materiallar bilan qoplangan boʻlishi lozim. Foydalaniladigan asbob-uskunalar faqat yogʻoch, mis yoki plastmassadan tayyorlangan boʻlishi mumkin. Poʻlat yoki temir asboblardan foydalanish qatʼiyan man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Portlash xavfi mavjud moddalar bilan bogʻliq texnologik jarayonlar amalga oshiriladigan binolar portlash oqibatlarini kamaytirishga moʻljallangan himoya tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Bunday tizimlar quyidagi turlarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlashni bostirishning faol tizimlari, porox ishlab chiqarishda qoʻllanadigan soʻndiruvchi avtomatik tizimlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
passiv tizimlar, yengil tashlanadigan panellar va portlash toʻlqinini yuqoriga yoʻnaltiradigan maxsus kanallar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari, binolar portlovchi moddalar yonganda xavfsiz masofadan boshqariluvchi yongʻin oʻchirish qurilmalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portlash xavfi yuqori boʻlgan uchastkalarga faqat bilim sinovlaridan oʻtgan va maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan cheklangan sondagi xodimlarga kirishiga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Agar jarayon uzluksiz tarzda amalga oshiriladigan boʻlsa, u holda har qanday favqulodda holatda avtomatik toʻxtatish blokirovka tizimi boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Portlovchi moddalardan foydalanadigan korxonada portlovchi moddalarni saqlash, ishlatish va tashishga oid amal qiluvchi litsenziyalar boʻlishi lozim. Shuningdek, portlovchi moddalar hisobi jurnali yuritilishi, unda kelgan miqdor, sarflangan va qoldiq miqdorlar, masʼul shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102. Portlovchi moddalar bilan ishlovchi xodimlar maxsus tayyorgarlikdan oʻtishlari va bilimlarini davriy ravishda tekshirilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. Portlovchi moddalar bilan ishlashga ruxsat etilgan xodimlar tegishli jismoniy holatga va sogʻlom ruhiy-psixologik qobiliyatga ega boʻlishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104. Portlovchi moddalar saqlanadigan omborlarda davriy ichki taftishlar oʻtkazilishi shart. Bunda mavjud moddalarni qayta sanab chiqish, hisob jurnalidagi miqdor bilan amalda mavjud miqdorni solishtirish, saqlash idishlari va tamgʻalar butunligini tekshirish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105. Portlovchi moddalar saqlanadigan obyektlardagi avariya vaziyatlari tarqalishini chegaralash va bartaraf etish rejasi quyidagi ssenariylarni oʻz ichiga olishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Portlovchi moddalar omborida yongʻin (portlashsiz)”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Omborda qisman portlash”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ishlab chiqarish liniyasini detonatsiya holati”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir ssenariy uchun evakuatsiya zonalari va parchalar sochilish radiuslari aniq belgilab qoʻyilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106. Portlash yoki yongʻin holatida maxsus ogohlantiruvchi sirena signali avtomatik ravishda ishga tushishi lozim. Aholi va xodimlar bu signalning maʼnosini oldindan bilishlari kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
signal eshitilganda yerga yotish yoki xavfsiz joyda panoh topish,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlashlar toʻxtagandan soʻng evakuatsiya buyrugʻi berilgach, belgilangan yoʻnalish boʻyicha binodan chiqish talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107. Portlovchi moddalarni saqlash va foydalanish obyektlarida quyidagilar boʻlishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlovchi moddalarni saqlashga oid amaldagi litsenziya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlovchi moddalarni saqlash uchun masʼul shaxslar roʻyxati (korxona buyrugʻi bilan tasdiqlangan) mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarda portlovchi moddalar bilan ishlash huquqini beruvchi guvohnomalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalarni saqlashga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108. Yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalar ularning fizik-kimyoviy xususiyatlari, reaksiyaga kirishish qobiliyati hamda xavf darajasini hisobga olgan holda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
109. Yengil alangalanuvchi suyuqliklar, oksidlovchi moddalar, kislotalar, ishqorlar, zaharli moddalar, siqilgan va suyultirilgan gazlar guruhlarga ajratilib saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110. Yengil alangalanuvchi suyuqlik va oksidlovchi moddalar, kislotalar va ishqorlar, zaharli moddalar, oziq-ovqat mahsulotlari, oksidlovchi moddalar hamda organik moddalarni birgalikda saqlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Har bir guruhga mansub moddalar alohida xonalarda, seksiyalarda yoki izolyatsiyalangan joylarda saqlanishi shart, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil alangalanuvchi suyuqliklar portlash xavfli zonada, shamollatish tizimi bilan jihozlangan maxsus omborlarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oksidlovchi moddalar yonuvchan materiallardan kamida 5 m masofada yoki yonmaydigan toʻsiqlar bilan ajratilgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kislotalar va ishqorlar korroziyaga chidamli idishlarda, bir-biridan alohida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siqilgan va suyultirilgan gazlar tashqi maydonlarda yoki maxsus shamollatish tizimi mavjud shkaflarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112. Suyuq moddalar saqlanadigan barcha joylar ikkillamchi toʻsiq (ariqchalar (lotok), poddon taralar, marza) bilan jihozlangan boʻlishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkillamchi toʻsiq (marzalangan hudud) hajmi eng katta idish (rezervuar) hajmining mahsulot sigʻadigan qilib, kamida 110 foizini tashkil qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariqchalar (lotok) kislotalar uchun kislotabardosh plastik yoki qoplamalar, yengil alangalanuvchi suyuqliklar uchun antistatik va yongʻinga chidamli materialdan tayyorlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariqchalarda (lotok) avariya holatida moddani chiqarish uchun klapanli tizimlar koʻzda tutilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113. Umumiy hajmi 5 000 kg dan ortiq kimyoviy moddalar alohida binoda saqlanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114. Kimyoviy moddalarni yertoʻlalarda saqlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
115. Saqlash binolari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
devorlar yongʻinga chidamli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoplamalar suyuqlik oʻtkazmaydigan va antistatik qoplamaga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eshiklar avtomatik yopiluvchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shamollatish tizimi doimiy ishchi holatda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116. Havo almashinuvining hajmi va karraligi ishlab chiqarish hamda maishiy xonalar uchun shamollatish va havoni moʻtadillash boʻyicha amaldagi qurilish normalari talablariga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
117. Bir xonaning ichida saqlanadigan kimyoviy moddalar miqdori quyidagi chegaralardan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xonalarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil alangalanuvchi suyuqliklar — 200 kg gacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaharli moddalar — 50 kg gacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oksidlovchi moddalar — 100 kg gacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼmuriy xonalarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil alangalanuvchi suyuqliklar — 50 kg gacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaharli moddalar — 10 kg gacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oksidlovchi moddalar — 25 kg gacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
omborxonalarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil alangalanuvchi suyuqliklar — 5 000 kg gacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaharli moddalar — 1 000 kg gacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oksidlovchi moddalar — 2 000 kg gacha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
118. Yengil alangalanuvchi suyuqliklar saqlanadigan xonalarda harorat 27 °C dan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
119. Zaharli gazlar saqlanadigan xonalarda majburiy havo chiqarish shamollatish tizimi oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120. Shamollatish tizimida havoni qayta aylantirish (retsirkulyatsiya) taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Korxonada quyidagi hisob hujjatlari yuritilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelib tushish jurnali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sarf jurnali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inventarizatsiya hisoboti (kamida oyda bir marta).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish, boshqarish, xabar berish tizimi (signalizatsiya) va avariyaga qarshi avtomatik himoya tizimlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
122. Yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalar ishlatiladigan texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish boshqaruv xonasida joylashgan operator ish joyidan turib amalga oshirilishi, bunda jarayon xavfsizligini belgilab beruvchi texnologik koʻrsatkichlarni nazorat qilish, avariya oldi hamda avariya vaziyatlarida xabar berish tizimi (signalizatsiya) vositalarini uskuna joylashgan joyda va boshqaruv xonasida ham oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
123. Texnologik koʻrsatkichlarni (sarf, bosim, harorat) oʻlchash va tartibga solish ishchi muhitda korroziyaga chidamli yoki uning taʼsiridan himoyalangan texnik qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
124. Belgilangan tartibda qiyoslovdan oʻtkazilmagan, shuningdek, qiyoslash muddati oʻtgan nazorat-oʻlchov asboblari va avtomatlashtirish vositalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
125. Yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalar saqlanadigan idishlar chegaraviy sath qiymatlari xabar berish tizimiga (signalizatsiya) ega suyuqliklarning sathini oʻlchash, nazorat qilish va tartibga solish vositalari va belgilangan chegaraviy sathga yetganda, ularni idishga uzatilishini avtomatik tarzda uzib qoʻyadigan vositalar yoki suyuqlikning toshib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan boshqa vositalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
126. Yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalar bilan ishlar amalga oshiriladigan xonalarda havoning holatini muntazam nazorat qilish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydalanish sharoitlariga koʻra kuchli taʼsir koʻrsatadigan moddalar bugʻi ajralib chiqadigan xonalarda CHYQK meʼyordan oshganligini xabar berish tizimi (signalizatsiya) bilan birga ularning havodagi miqdorini avtomatik nazorat qilish taʼminlangan boʻlishi kerak. Agar ushbu xonalarda CHYQK oshib ketganda, quyidagilar ishga tushishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) boshqaruv xonasida va joyida yorugʻlik va ovozli xabar berish tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) zarur hollarda atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni yutuvchi avariyaviy tizim bilan blokirovka qilingan avariya holatida shamollatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
127. Foydalanish sharoitlariga koʻra ishchi hudud havosiga kuchli taʼsir koʻrsatadigan moddalar bugʻi ajralib chiqishi mumkin boʻlgan ochiq maydonchalarda joylashgan omborxonalarda, toʻkish-quyish punktlarida CHYQK meʼyordan oshganligini xabar berish tizimlari (signalizatsiya) avtomatik nazorat koʻzda tutilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatilgan joylarda CHYQK meʼyordan oshib ketganda, boshqaruv xonasida va joyda yorugʻlik va ovozli xabar berish tizimlari ishga tushishi kerak. Bunda barcha gazlanganlik holatlari asboblar yordamida qayd etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Datchiklarning sezuvchanlik chegarasi, ularning soni va joylashishi loyiha bilan belgilanadi va asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Texnik qurilmalar va uskunalar xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
128. Yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalar ishlatiladigan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllanadigan texnik qurilmalar va uskunalar (reaktorlar, nasoslar, armaturalar, filtrlar, idishlar) belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi, shu jumladan, chet elda ishlab chiqarilgan texnik qurilma va uskunalar davlatlar oʻrtasida tan olingan muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
129. Texnik qurilmalar va uskunalarning (ishlab chiqarish uskunalarining) konstruksiyasi ushbu Qoidalar talablariga, shuningdek, ishlab chiqarish uskunasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablariga javob berishi kerak. Jumladan, kislotabardosh, ishqorlarga chidamli, peroksidlar uchun antistatik, uchqun chiqarmaydigan, kislorod bilan reaksiya qilmaydigan materiallardan, germetik va zarbaga bardoshli boʻlishi, shuningdek, qoʻllanadigan moddaning fizik-kimyoviy xususiyatlariga toʻliq moslashtirilgan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
130. Barcha texnik qurilmalar uchun foydalanish qoʻllanma hujjatlari (pasport, texnik tavsif, xavfsizlik pasporti) ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan boʻlishi va tashkilot tomonidan davlat tiliga tarjima qilingan holda saqlanishi shart. Qoʻllanmada uskunaning xavfli zonalari, tozalash tartibi, xizmat koʻrsatish grafigi va avariya holatida harakat qilish tartibi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
131. Bevosita uskunalar yoki ularga xizmat koʻrsatish hamda boshqarish joylari yaqinida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uskunalar, kommunikatsiyalarning joylashish va texnologik aloqalar sxemalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddalar oqimi yoʻnalishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli zonalar va birinchi yordam punktlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shamol yoʻnalishi koʻrsatkichlari (peroksidlarning gazlanish xavfi bor hududlar uchun) osilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
132. Texnik qurilmalar va uskunalardan ishlab chiqarish sharoitlari va ushbu Qoidalar talablarini hisobga olgan holda, ishlab chiquvchi tashkilotning texnik hujjatlari asosida ishlab chiqilgan texnologik yoʻriqnomalar talablariga muvofiq foydalanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
133. Texnik qurilmalardan foydalanishga faqat qonunchilik hujjatlariga talablariga muvofiq tayyorlangan foydalanuvchi va taʼmirlovchi xodimlar qoʻyiladi. Taʼmirlash ishlari faqat maxsus tayyorgarlikka ega brigadalar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
134. Texnik qurilmalarga xizmat koʻrsatish uchun ishlatiladigan asbob-uskuna va moslamalar xavfsizlik talablari va bajariladigan ishlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yengil alangalanish va portlash xavfi boʻlgan hududlar va xonalarda ishlatiladigan asbob-uskunalar va moslamalar ular bilan ishlaganda uchqun chiqarmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
135. Ish oʻrinlarida asbob-uskunalar va moslamalar maxsus ajratilgan joylarda yoki asbob-uskuna shkaflarida yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy modda turiga mos boʻlinmada saqlanishi kerak. Peroksidlar bilan ishlovchi asbob-uskunalar boshqalardan alohida saqlanadi va ularning yuzida “Peroksid zonasi uchun” deb belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
136. Nosoz texnik qurilmalarda ishlash, shuningdek, nosoz moslama va asboblardan foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalarni yoʻq qilishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
137. Yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalar va ular qadoqlangan idishlarni yoʻq qilish ishlari kimyoviy mahsulotning xavfsizlik pasportida belgilangan talablarga hamda ushbu mahsulot turiga oid standartlar va normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
138. Yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalarni yoʻq qilish jarayonining xavfsizligi quyidagi himoya choralariga rioya etish orqali taʼminlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfsizlikni taʼminlaydigan texnologiya va uskunalarni, atrof-muhit ifloslanishning oldini oluvchi texnik vositalar va ish usullarini tanlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻq qilish jarayonida xavfsizlik darajasini nazorat qiluvchi texnik vositalardan foydalanish va ularga oʻz vaqtida texnik xizmat koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avariya holatlarining oldini olish usullarini ishlab chiqish hamda ularni bartaraf etish uchun zarur vositalar bilan jihozlanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
139. Yoʻq qilish jarayonida chiqindilarning havoga, suvga yoki tuproqqa tushishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Barcha chiqindilar zararsizlantirish yoki yigʻish tizimiga yoʻnaltirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chiqindilarni yoqish yoki neytrallash jarayoni vaqtida chiqariladigan gazlar tozalash (filtratsiya) qurilmalari orqali atmosferaga chiqarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
140. Yoʻq qilish jarayonida ishtirok etuvchi xodimlar maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan boʻlishi, shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish joylarida birinchi tibbiy yordam vositalari va zaharlanish holatida harakatlar boʻyicha yoʻriqnoma mavjud boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
141. Yoqish yoki zararsizlantirish uskunalari xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Bu uskunalar belgilangan muddatlarda texnik koʻrik va kalibrovkadan oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
142. Zaharli moddalar chiqindilarini yoʻq qilish jarayonida atrof-muhit parametrlarining (havo, suv, tuproq) holati doimiy monitoring orqali nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monitoring natijalari har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining hududiy boshqarmasiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-bob. Shaxsiy himoya vositalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
143. Yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalar bilan ishlash tashkilot xodimlariga belgilangan tartibda beriladigan shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
144. Ishchilarga yakka tartibda foydalanish uchun beriladigan shaxsiy himoya vositalari (keyingi oʻrinlarda — SHHV) ish vaqtida ularning ish joyida boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish vaqtida qoʻllanadigan maxsus kiyimlar, maxsus poyabzallar va boshqa SHHV roʻyxati, bajarilgan ishning oʻziga xos shartlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir ish joyi uchun mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomasida koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
145. Nafas organlarining shaxsiy himoya vositalari (keyingi oʻrinlarda — NOSHHV), xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ishchilarga taʼsirining oldini olish yoki kamaytirish uchun ishlatilishi va yuqori darajadagi himoya samaradorligi va foydalanish qulayligini taʼminlash, mehnat faoliyati uchun eng maqbul sharoitlarni yaratish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
146. Qoʻl terisini moddalar taʼsiridan himoya qilish uchun himoya va profilaktik malham, pasta va kremlardan foydalanish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
147. Ishlab chiqarish xonalarida, moddalar saqlanadigan omborlarda va moddalar bilan ish olib boriladigan joylarda, avariyaviy shaxsiy himoya vositalari, shuningdek, avariya vaziyati sodir boʻlganda (dush yoki oʻziga yordam berish vannasi, oʻziga yordam berish rakovinasi va boshqalar) jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish toʻplamlari mavjud boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-bob. Yongʻin xavfsizligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
148. Yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalardan foydalanadigan sanoat korxonalarining barcha ishlab chiqarish, saqlash va boshqa yordamchi xonalari Vazirlar Mahkamasining “Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qaroriga muvofiq yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-bob. Yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalarni avtomobil transportida tashish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
149. Yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalarni avtomobil transportida tashishda Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari talablariga rioya qilinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
150. Yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalar xalqaro standartlar (SGS OT — Muvofiqlashtirilgan global tizim, ADR — Xalqaro xavfli yuklar tashish qoidalari) boʻyicha xavfli yuklar darajalariga muvofiq quyidagicha tasniflanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-daraja — portlovchi moddalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-daraja — siqilgan, suyultirilgan va bosim ostida eritilgan gazlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-daraja — yengil alangalanadigan suyuqliklar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-daraja — yengil alangalanadigan qattiq moddalar, oʻz-oʻzidan yonadigan moddalar (OʻOʻYOM), suv bilan reaksiyaga kirishib alangalanuvchi gazlar chiqaradigan moddalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-daraja — oksidlovchi moddalar va organik peroksidlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-daraja — zaharli moddalar va biologik xavfli moddalar (masalan, infeksiya tarqatuvchi moddalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-daraja — radioaktiv moddalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-daraja — oʻyuvchi va (yoki) korroziya qiluvchi moddalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-daraja — boshqa xavfli moddalar va buyumlar (masalan, ekologik xavfli moddalar, magnitli yoki litiy batareyalar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
151. Yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalarni tashishda qadoqlash va joylashtirish amaldagi normativ hujjatlarda belgilangan idishlar va qadoq turlariga muvofiq boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qadoqlar mahsulotni tashish, saqlash, yuklash-tushirish jarayonlarida xavfsizlik taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikatlangan va UN belgisiga ega qadoqlardan foydalanishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir qadoq va idishda quyidagilarni qamrab olgan tamgʻalar boʻlishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddaning toʻliq nomlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavf darajasi (UN raqami, piktogramma);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hajmi va ogʻirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli yuk darajasi (1 — 9);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqaruvchi, partiya raqami, ishlab chiqarilgan sana.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
152. Har bir modda oʻz xususiyatiga koʻra mos qadoqda va germetik holda tashilishi kerak (natriy va fosfor maxsus moyli bankalarda, kinoplyonkalar va plyonkalar metall qutilarda saqlanadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yorugʻlik, harorat va namlik taʼsirida yonishi mumkin boʻlgan moddalar izolyatsiyalangan idishlarda, metall barabanlarda va maxsus termoizolyatsiyalangan sisternalarda tashilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qadoqlar tashish paytida bir-biriga urilib yoki siljib ketmasligi uchun ortish vaqtida jips joylashtirilishi, sindirib yubormaslik uchun oraliqlar inert modda bilan toʻldirilishi talab qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
153. Barcha avtotransport vositalari, xususan, maxsus sisterna, konteyner va barabanlarda tashiladigan yengil alangalanuvchi va portlovchi moddalar uchun transport vositasi texnik jihatdan soz holda boʻlishi kerak. Uchqun chiqaruvchi yoki chidamsiz qismlar boʻlmasligi talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir transport vositasi quyidagi jihozlar bilan taʼminlangan boʻlishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlash xavfini kamaytiruvchi ventillar va klapanlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosim va daraja nazorati uskunalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotsisternada toʻkilish yoki gaz chiqishi holatida himoya mexanizmi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kimyoviy moddalar uchun idish va qadoqlar (ballonlar, bankalar, shisha idishlar) turiga qarab maxsus transport vositasida mahkamlanib, qoʻllanilgan qadoqlardan foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suyuq yoki gazsimon moddalarni tashishda idish toʻliq toʻldirilmaydi. Quyish hajmi sigʻimning 85 — 90 foizdan oshmasligi kerak (modda oʻz xususiyatiga koʻra).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
154. Har xil xavfli moddalarni bir vaqtda, bir konteyner yoki kuzovda tashish taqiqlanadi. Ayniqsa, oksidlovchi, zaharli, portlovchi va organik moddalarni birga joylashtirish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir yuk xavf darajasi boʻyicha belgilanib, tamgʻalangan boʻlishi va hujjatlarda aks ettirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
155. Organik peroksidlar kabi yengil parchalanadigan moddalarni qisqa masofalarda tashishda, haroratga sezgirlikni hisobga olgan holda, butun tashish vaqti mobaynida barqaror haroratni saqlab turuvchi maxsus sovituvchi elementlar bilan jihozlangan himoyaviy qadoqlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Bu holda modda termik parchalanish yoki avtokatalitik reaksiyaga kirishmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
156. Oksidlovchi moddalar va organik peroksidlar yuklanishidan oldin avtotransport vositasining yuk joyi (kuzov) sinchkovlik bilan changdan tozalanishi, shuningdek, avval tashilgan moddalar qoldiqlarining qolmasligi taʼminlanishi shart. Bu yonuvchanlik va reaktiv xavflarni kamaytirish uchun zarur hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
157. Avtomobil transportida yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalarni tashiyotgan haydovchida quyidagi rasmiylashtirilgan hujjatlar mavjud boʻlishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositasining xavfli yuklarni tashishga yaroqliligini tasdiqlovchi guvohnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haydovchining xavfli yuklarni tashish boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtganini tasdiqlovchi guvohnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashilayotgan modda toifasiga muvofiq holda avariyaviy holatda harakat qilish boʻyicha kartochka;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashuvchi, joʻnatuvchi va qabul qiluvchi tashkilotlarning masʼul shaxslari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining navbatchi qismlari manzil va aloqa maʼlumotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan berilgan xulosa (sigʻimning texnik jihatdan yaroqliligi boʻyicha);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harakat marshruti va toʻxtash joylari koʻrsatilgan, Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yoʻnalish sxemasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-bob. Atrof-muhit muhofazasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
158. Yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalardan foydalanishni yoʻlga qoʻyishda chiqindilarini ajratib chiqarishi meʼyorlarda koʻzda tutilgan darajalargacha kamaytiradigan texnologik jarayonlar va uskunalardan foydalanish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
159. Atrof-muhitning texnologik chiqindilar tarkibidagi zararli moddalar bilan ifloslanish ehtimolini hisoblash, yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalarni ishlatadigan korxonaning texnologik loyihasi tarkibiga kirishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda loyihada foydalanish davrida hisob-kitoblarda qabul qilingan zararli moddalarning chiqishi sharoitlari taʼminlanadigan tadbirlar majmui koʻzda tutilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
160. Bir vaqtning oʻzida gaz-chang tutib qoluvchi qurilmalarni rekonstruksiya qilmasdan turib, chiqadigan gazlar yoki ularning tarkibidagi zararli moddalar konsentratsiyalari hajmining oshishi bilan bogʻliq texnologik uskunalar unumdorligini oshirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161. Atrof-muhitni ifloslanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan manbalardan chiqayotgan sanoat chiqindilari ustidan doimiy nazorat vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi bilan bir qatorda, korxonalar tomonidan ham ishlab chiqarish nazorati doirasida taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona va tashkilotlarda zamonaviy kimyoviy va fizik-kimyoviy tahlil vositalari bilan jihozlangan maxsus laboratoriyalar boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
162. Sanoat oqova suvlarini zararsizlantirish yengil alangalanuvchi va portlovchi kimyoviy moddalar bilan muomala qiluvchi korxonalar uchun majburiy hisoblanadi. Oqova suvlar tarkibidagi zararli moddalarning konsentratsiyasi suv obyektlariga tashlanish joyida Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksi hamda amaldagi sanitariya va ekologik normalarda belgilangan meʼyorlardan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
163. Suv havzalari va joy relyefiga quyidagilarni chiqarish taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibida CHYQK yoki taxminiy yoʻl qoʻyiladigan darajasi belgilanmagan moddalar yoki moddalarning suvda transformatsiyalanishi mahsulotlari, shuningdek, analitik nazorat usullari mavjud boʻlmagan moddalar boʻlgan oqova suvlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv chiqarmaydigan ishlab chiqarishlarni tashkil etish, ratsional texnologiyalarni tatbiq qilish, aylanma va takroriy suv taʼminoti tizimlarida maksimal ishlatish, tegishli tarzda tozalangandan va zararsizlantirilgandan keyin sanoatda foydalanish yoʻli bilan bartaraf etilishi mumkin boʻlgan oqova suvlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
164. Oqova suvlar faqat maxsus ruxsatnoma va belgilangan chegaraviy yoʻl qoʻyiladigan oqizish meʼyorlari asosida tabiiy suv havzalariga yoki joy relyefiga oqiziladi. Bu tartib atrof-muhitni ifloslanishdan himoya qilish maqsadida suvdan maxsus foydalanish turiga kiradi va Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksi bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
165. Sanoat chiqindilari qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq koʻmib tashlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaharli sanoat chiqindilari, shuningdek, markazlashtirilgan holda poligonlarda va qayta ishlash, neytrallash stansiyalarida joylashtirilishi, qayta ishlanishi hamda neytrallanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
166. Ushbu Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 09/26/326/0639-son)