16.03.2026 yildagi 103-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 16.03.2026 yildagi 103-son
Date of entry into force
16.03.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Atoqli davlat va jamoat arbobi Qallibek Kamalov tavalludining 100 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbek va qoraqalpoq xalqlarining azaliy doʻstligi va qardoshligini mustahkamlash yoʻlida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy-siyosiy faoliyati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan atoqli davlat va jamoat arbobi Qallibek Kamalov tavalludining 100 yilligini munosib nishonlash va xotirasini abadiylashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda keng jamoatchilik vakillarining 2026-yilda atoqli davlat va jamoat arbobi Qallibek Kamalov tavalludining 100 yilligini nishonlash toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Atoqli davlat va jamoat arbobi Qallibek Kamalov tavalludining 100 yilligini keng nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tashkiliy qoʻmita (A. Orinbayev) uch kun muddatda Qallibek Kamalov tavalludining 100 yilligini nishonlash boʻyicha quyidagi chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi dasturni, uni moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilagan holda, ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan hamda Qallibek Kamalov tavalludining 100 yilligiga bagʻishlab 2026-yil 18-mart kuni Nukus shahridagi “Oq qush” majmuasida iftorlik dasturxonini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9-may — Xotira va qadrlash kuni” hamda Qallibek Kamalovning bir asrlik yubileyiga bagʻishlangan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri hamda ushbu tadbir doirasida ilmiy-amaliy konferensiyani Nukus shahridagi “Oq qush” majmuasida oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qallibek Kamalovning hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qallibek Kamalovning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan kitob-albomni nashrga tayyorlash va chop etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qallibek Kamalov yashagan xonadonda yodgorlik lavhasi oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taniqli siyosatshunos va olimlar hamda nuroniylar ishtirokida xotira tadbirlari, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, ushbu bandning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilaridagi vazifalar Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshisidagi vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligiga Davlat budjetidan filmlar ishlab chiqarish uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshisidagi vazifalar Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga Davlat budjetidan haykaltaroshlik asarlarini yaratish uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tashkiliy qoʻmitaga atoqli davlat va jamoat arbobi Qallibek Kamalov tavalludining 100 yilligini nishonlash doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarni yuksak saviyada tashkil etish, mazkur qaror va chora-tadbirlar dasturining oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq amalga oshirilishini muvofiqlashtirib borish vazifasi yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga atoqli davlat va jamoat arbobi Qallibek Kamalov tavalludining 100 yilligini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 16-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 103-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Atoqli davlat va jamoat arbobi Qallibek Kamalov tavalludining 100 yilligini keng nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

A.T. Orinbayev

—

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, Tashkiliy qoʻmita rahbari (kelishuvga asosan)

2.

F.U. Ermanov

—

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi

3.

O.A. Ataniyazova

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi

4.

M.K. Kamalov

—

Qallibek Kamalovning farzandi

5.

A.B. Tadjixanov

—

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

A.Ya. Xaydarov

—

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

7.

B.B. Alimov

—

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining birinchi oʻrinbosari

8.

F.E. Tashmuxamedov

—

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi oʻrinbosari

9.

Sh.T. Rizayev

—

Kinematografiya agentligi bosh direktori v.b

10.

M.A. Safarov

—

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi oʻrinbosari

11.

M.M. Hojimatov

—

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari

12.

S.T. Turmanov

—

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarma boshligʻi

13.

K.K. Karimov

—

Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

14.

T. Abdujabbarov

—

“Nuroniy” jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi boshligʻi

15.

U.A. Jalmenov

—

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Qoraqalpogʻiston Kengashi raisi

16.

T.J. Atamuratov

—

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoraqalpogʻiston boʻlimi rahbari

17.

A.M. Reymov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi raisi

18.

B.B. Jollibekov

—

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori

19.

A.S. Daniyarov

—

Nukus shahri hokimi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 09/26/103/0240-son)