Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.08.2001 09.07.1998 yildagi 289-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 09.07.1998 yildagi 289-son
Date of entry into force
09.07.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.08.2001
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DEHQON XOʻJALIKLARI AʼZOLARINI IJTIMOIY SUGʻURTALASh VA ULARNING IJTIMOIY TAʼMINOTI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari aʼzolarini davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalash toʻgʻrisida”gi 2001-yil 24-avgustdagi 351-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dehqon xoʻjaliklarida mashgʻul boʻlgan fuqarolarning davlat ijtimoiy sugʻurtasiga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqini roʻyobga chiqarish va ularning ijtimoiy himoya qilinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Dehqon xoʻjaliklari aʼzolarini ijtimoiy sugʻurtalash va ularning ijtimoiy taʼminoti toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom 1998-yil 15-iyuldan boshlab amalga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy taʼminot vazirligi va mehnat vazirligi Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan Nizomni Dehqon xoʻjaliklarida mashgʻul boʻlgan barcha fuqarolarga yetkazsinlar va uning amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Mehnat vazirligi Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari orqali Dehqon xoʻjaliklarida mashgʻul boʻlgan fuqarolarni ijtimoiy sugʻurta qilish tamoyillari va mexanizmi toʻgʻrisida faol tushuntirish ishlari olib borsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 9-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
289-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 9-iyuldagi 289-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dehqon xoʻjaliklari aʼzolarini ijtimoiy sugʻurtalash va ularning ijtimoiy taʼminoti toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining “1998 — 2000-yillardagi davrda qishloq xoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 19-martdagi 120-son qarorini bajarish yuzasidan, dehqon xoʻjaligi aʼzolarining davlat ijtimoiy sugʻurtasi va ijtimoiy muhofazaga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlari roʻyobga chiqarilishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dehqon xoʻjaligi aʼzolarini ijtimoiy muhofaza qilish Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”, “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga, mazkur Nizomga va boshqa meʼyoriy hujjatlarga muvofiq taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Dehqon xoʻjaliklari aʼzolariga beriladigan ijtimoiy kafolatlar shartlari va turlarini tartibga soladi, ular tomonidan daromadlardan Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini, shuningdek, mehnat stajini hisoblab chiqarish va mehnat daftarchalarini yuritish tartibini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Dehqon xoʻjaligi aʼzolari ixtiyoriylik asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan taqdirda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dehqon xoʻjaligida ishlagan davrlarini pensiya (yoshga doir pensiya, nogironlik pensiyasi, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi) tayinlash uchun mehnat stajiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq koʻrsatib oʻtilgan pensiyalar miqdorini belgilashda dehqon xoʻjaligida ishlab olgan daromadlarini hisobga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar olish, shu jumladan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi, homiladorlik va tugʻruq boʻyicha nafaqa, bola tugʻilgandagi nafaqa hamda dafn marosimi uchun nafaqa olish huquqiga ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Dehqon xoʻjaligi aʼzolarining pensiya olishga boʻlgan huquqi ular pensiya yoshiga toʻlganda yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar, agar ushbu nafaqalarni olish huquqi dehqon xoʻjaligi aʼzolari tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash davridan boshlangan boʻlsa beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlamayotgan dehqon xoʻjaligi aʼzolarining dehqon xoʻjaligida ishlagan davri pensiya tayinlashda mehnat stajiga kiritilmaydi hamda dehqon xoʻjaligida ishlagan davrida ularga ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqa toʻlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Dehqon xoʻjaliklarini Pensiya jamgʻarmasida roʻyxatdan oʻtkazish, ular tomonidan ijtimoiy sugʻurta boʻyicha badallar toʻlash, pensiya va ijtimoiy sugʻurta boʻyicha pensiya va nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan dehqon xoʻjaliklari uchun ham, yuridik shaxs boʻlmasdan tashkil etilgan dehqon xoʻjaliklari uchun ham bir xildir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Dehqon xoʻjaliklari aʼzolarini Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida roʻyxatdan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Dehqon xoʻjaligi aʼzolari ularning shaxsiy arizalari asosida dehqon xoʻjaligi joylashgan joyidagi Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimida sugʻurtachi (sugʻurta badallari toʻlovchi shaxs) sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan namunadagi arizada dehqon xoʻjaligi aʼzosining familiyasi, ismi va otasining ismi, uning toʻliq manzili, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkasining maydoni, ariza berish paytidagi mehnat staji, Xalq banki boʻlimidagi foizsiz shaxsiy schyotining nomeri, shuningdek ariza beruvchining xohishiga koʻra, uning faoliyatiga tegishli boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi (1-ilova).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida roʻyxatdan oʻtkazish chogʻida sugʻurtachi pasporti va mehnat daftarchasini (agar mavjud boʻlsa) koʻrsatishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan dehqon xoʻjaligining har bir aʼzosiga roʻyxatdan oʻtkazish nomeri hamda Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlash muddatlari va tartibi toʻgʻrisida yozma bildirishnoma beriladi (2-ilova), Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimida saqlanadigan Sugʻurta badallari toʻlanishini hisobga olish daftari yuritiladi (3-ilova).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin dehqon xoʻjaligi aʼzosi kelgusida ijtimoiy sugʻurta boʻyicha oʻziga toʻlanadigan nafaqani oʻtkazish uchun Xalq banki boʻlimida mustaqil ravishda foizsiz shaxsiy schyot ochishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Dehqon xoʻjaligi aʼzolari tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarining toʻlanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Dehqon xoʻjaligi aʼzolari oʻzidagi mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan taʼminlanish va ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqaning oʻzi istaydigan miqdoridan kelib chiqib Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari miqdorini mustaqil ravishda belgilaydilar, biroq u badallarning mazkur Nizom bilan belgilangan eng kam miqdoridan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tayinlanadigan pensiya, shuningdek ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqa (bola tugʻilganda beriladigan nafaqa va dafn marosimi uchun nafaqa bundan mustasno) miqdoriga hamda stajiga bogʻliq boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻliq mehnat staji (“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq erkaklar uchun 25 yil, ayollar uchun 20 yil) sharoitida yoshga doir eng kam miqdordagi pensiya olish uchun Pensiya jamgʻarmasiga oyiga toʻlanadigan sugʻurta badallarining oʻrtacha miqdori Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam boʻlmasligi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Pensiya jamgʻarmasiga toʻlanadigan sugʻurta badallarining eng kam miqdori har bir oy uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari yilning har choragidan keyingi oyning 8-kunidan kechikmay toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Sugʻurta badallari naqdinasiz hisob-kitob yoʻli bilan yoxud naqd pul bilan Xalq banki boʻlimi orqali dehqon xoʻjaligi joylashgan joyidagi Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi schyotiga toʻlanadi. Sugʻurta badallari naqdinasiz hisob-kitob boʻyicha toʻlagan taqdirda sugʻurta badali toʻlaganligi haqidagi toʻlov hujjatida koʻrsatilgan sana sugʻurta badali toʻlagan kun hisoblanadi. Sugʻurta badali toʻlaganligi haqidagi toʻlov hujjatlari sugʻurtachida sugʻurta badallari tushumini va Sugʻurta badallari toʻlanishini hisobga olish daftaridagi tegishli yozuvlarni solishtirish vaqtigacha saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Toʻlangan sugʻurta badallari qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Sugʻurta badallari toʻlanishini hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Dehqon xoʻjaligi aʼzolari tomonidan sugʻurta badallari toʻlanishining hisobi Sugʻurta badallari toʻlashni hisobga olish daftarida toʻlangan sugʻurta badallari sanasi va miqdori toʻgʻrisidagi yozuvlar qayd etiladi. Sugʻurta badallari toʻlashni hisobga olish daftari dehqon xoʻjaligi aʼzosi tomonidan sugʻurta badallari toʻlaganligini va uning miqdorini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Pensiya jamgʻarmasining tuman boʻlimlari tomonidan dehqon xoʻjaligi aʼzolaridan tushadigan sugʻurta badallari tushumi boʻyicha yilning har choragida yakunlar chiqariladi hamda, toʻlamaganlik yoki muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlovlar aniqlangan taqdirda, sugʻurtachilarga ularning qarzi miqdorlari haqida ushbu qarz hosil boʻlgan davr koʻrsatilgan holda bildirishnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Sugʻurtachining birinchi talabiga koʻra, biroq bir yilda kamida bir marta Pensiya jamgʻarmasiga dehqon xoʻjaligi aʼzolaridan tushgan toʻlovlarni Sugʻurta badallari toʻlanishini hisobga olish daftaridagi yozuvlar bilan solishtirishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yashash joyini oʻzgartirgan yoki boshqa sabablar bilan dehqon xoʻjaligida shugʻullanishni toʻxtatgan dehqon xoʻjaligi aʼzolarining talabiga koʻra Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi rahbarining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan Sugʻurta badallari toʻlanishini hisobga olish daftarini sugʻurtachining qoʻliga beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Dehqon xoʻjaligi aʼzolarining mehnat stajini hisoblab chiqarish va mehnat daftarchalarini yuritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Dehqon xoʻjaligi aʼzolarining mazkur Nizomga binoan Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan davrlari ularning mehnat stajiga qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat daftarchasi dehqon xoʻjaligi aʼzolarining mehnat stajini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Yuridik shaxs boʻlmasdan tashkil etilgan dehqon xoʻjaligi aʼzolarining mehnat daftarchalari ular roʻyxatdan oʻtkazilgan joyida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida ular tomonidan sugʻurta badallari toʻlanishining barcha muddatlari mobaynida saqlanadi va yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dehqon xoʻjaligi aʼzosi Pensiya jamgʻarmasida roʻyxatdan oʻtgan paytgacha mehnat daftarchasiga ega boʻlmagan taqdirda, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi amaldagi meʼyoriy hujjatlarda belgilangan tartibda ushbu shaxs uchun yangi mehnat daftarchasi ochadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan dehqon xoʻjaligi aʼzolarining mehnat daftarchalari, dehqon xoʻjaligining tanlanishiga koʻra, yoxud dehqon xoʻjaligi rahbari tomonidan, yoxud Pensiya jamgʻarmasi tomonidan saqlanadi va yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan dehqon xoʻjaligi aʼzosining mehnat daftarchasidagi dehqon xoʻjaligi rahbari tomonidan kiritilgan yozuvlar Pensiya jamgʻarmasi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dehqon xoʻjaligi ishlash davrlari toʻgʻrisidagi dehqon xoʻjaligi rahbari tomonidan kiritilgan hamda Pensiya jamgʻarmasi tomonidan tasdiqlanmagan yozuvlar haqiqiy deb hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan dehqon xoʻjaligining ilgari ishlamagan (mehnat daftarchasi boʻlmagan) aʼzolari uchun mehnat daftarchalari mazkur dehqon xoʻjaligi mablagʻlari hisobiga belgilangan tartibda sotib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mehnat daftarchasida fuqaroning dehqon xoʻjaligida ishlaganligi toʻgʻrisidagi quyidagi yozuvlar yoziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sana” ustunida — fuqarolar mehnat stajini hisoblay boshlash sanasi fuqarolarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha badallar toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab yoziladi, u Pensiya jamgʻarmasiga toʻlovlarni toʻlab borgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu ustunda dehqon xoʻjaligida ish bilan mashgʻul boʻlingan mehnat stajini hisoblashni toʻxtatish kuni yoziladi. Pensiya jamgʻarmasining tegishli qarorida koʻrsatilgan, davlat sugʻurtasi boʻyicha oxirgi badal toʻlangan kun dehqon xoʻjaligida mashgʻul boʻlingan mehnat staji toʻxtatilgan kun hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ishga qabul qilish, boshqa ishga oʻtkazish va ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” ustuniga — “dehqon xoʻjaligida mashgʻul” deb yoziladi, shuningdek fuqaroning roʻyxatdan oʻtish raqami va fuqaroni sugʻurtachi sifatida roʻyxatdan oʻtkazgach Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining nomi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qaysi hujjatga asosan yozilgan” ustuniga — mehnat stajining boshlanishi haqidagi yozuv yozilganda — “ Pensiya jamgʻarmasining dehqon xoʻjaligi aʼzolarining sugʻurtachi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomasi asosida” deb va — mehnat stajining toʻxtatilishi haqidagi yozuv yozilganda — “Pensiya jamgʻarmasining dehqon xoʻjaligi aʼzosining mehnat stajini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori asosida” deb yoziladi; mazkur yozuvlar tegishli hujjatlarning sanasi va tartib raqami qoʻrsatilgan holda yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Pensiya va davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar belgilash uchun mehnat stajini hisoblab chiqarishda, agar dehqon xoʻjaligi aʼzosi ushbu yilda kamida 9 oy mobaynida badallar toʻlagan boʻlsa, mehnat stajiga toʻliq yil qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Stajni hisoblashda hisobga olinadigan, dehqon xoʻjaligi aʼzolariga sugʻurta badallarini toʻlamaslik huquqi berilgan oylar (bir yil uch oy) berilgan ariza asosida Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimining qarori bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu oylar mazkur Nizom 22-bandining amal qilishi tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa hollarda staj sugʻurta badallari toʻlangan oylar soniga mutanosib ravishda hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Dehqon xoʻjaligi aʼzosi tomonidan Pensiya jamgʻarmasi mazkur Nizomning 10-bandiga muvofiq belgilangan muddatdan soʻng bir oy mobaynida sugʻurta badallari toʻlanmagan taqdirda Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dehqon xoʻjaligi aʼzosining mehnat daftarchasiga ish stajini toʻxtatilganligi toʻgʻrisida yozib qoʻyadi — yuridik shaxs boʻlmasdan tashkil etilgan dehqon xoʻjaliklari aʼzolari uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dehqon xoʻjaligi rahbarini davlat ijtimoiy sugʻurtasi olish huquqi toʻxtatilganligi haqida xabardor qiladi hamda dehqon xoʻjaligi aʼzosining mehnat daftarchasiga dehqon xoʻjaligida mehnat staji toʻxtatilganligi toʻgʻrisida yozuv kiritish toʻgʻrisida talabnoma kiritadi — yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan dehqon xoʻjaligi aʼzolari uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli yozuv kiritilgan mehnat daftarchasi dehqon xoʻjaligi aʼzosi qoʻliga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar fuqaro mehnat daftarchasiga uning mehnat staji toʻxtatilganligi toʻgʻrisida tegishli yozuv yozilgandan keyin bir oy mobaynida sugʻurta badallari boʻyicha oʻzining sugʻurta badallarini toʻlamagan butun davri uchun qarzlarini toʻlasa, u holda mehnat stajini toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozuv bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Pensiya va nafaqalarni tayinlash va toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Pensiyalar (yoshga doir, nogironlik pensiyasi, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi) fuqarolarning arizasiga asosan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimi tomonidan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar (vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻruq boʻyicha, bola tugʻilganda, dafn etish uchun nafaqa) dehqon xoʻjaligi aʼzosini roʻyxatdan oʻtkazgan Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. “Davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 32-moddasiga muvofiq pensiya miqdorini hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqa va homiladorlik va tugʻruq boʻyicha nafaqa miqdorini hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan oylik daromad miqdori ijtimoiy sugʻurta boʻyicha toʻlangan oylik badallari summasini 30 ga boʻlish va olingan natijani 100 ga koʻpaytirish yoʻli bilan hisoblab chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oylik badal miqdorini aniqlash uchun ushbu oyni oʻz ichiga oluvchi choraklik badallar summasi uchga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yillik daromad miqdori kalendar yilda olingan oylik daromadlarini qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Pensiya tayinlashda mehnat staji mazkur Nizomning V boʻlimiga muvofiq mehnat daftarchasiga yozilgan yozuvlar asosida tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimi tomonidan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻruq boʻyicha nafaqa tayinlashda mehnat staji Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dehqon xoʻjaligi aʼzosi Pensiya jamgʻarmasida roʻyxatdan oʻtish paytigacha boʻlgan staj — mehnat daftarchasidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dehqon xoʻjaligida mashgʻul boʻlgan davrdagi staj — (Pensiya jamgʻarmasida sugʻurta badallari toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin) sugʻurta badallari toʻlanishini hisobga olish daftaridagi yozuvlar asosida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻruq boʻyicha nafaqalarni hisoblab chiqarish uchun oʻtgan yilda Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan badallar summasi asosida aniqlanadigan daromad olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtgan yilda toʻlangan badallar boʻlmaganda dehqon xoʻjaligi aʼzosiga eng kam oylik ish haqidan kelib chiqib, keyinchalik yil yakunlari boʻyicha qayta hisoblangan holda, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqa belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Dehqon xoʻjaligi aʼzosi sugʻurtachi sifatida Pensiya jamgʻarmasida roʻyxatdan oʻtkazilgan davrda pensiya ishlovchi pensionyerlar uchun belgilangan miqdorlarda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Pensiyalar pensionerning xohishiga koʻra pensionerning turar joyidagi pochta aloqa boʻlimlari yoki Xalq banki boʻlimlari orqali ijtimoiy taʼminot organlari tomonidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan nafaqa summasini dehqon xoʻjaliklarida mashgʻul boʻlgan fuqarolarning foizsiz shaxsiy schyotiga oʻtkazish yoʻli bilan Xalq banki boʻlimlari orqali toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dehqon xoʻjaliklari aʼzolarini
ijtimoiy sugʻurtalash va ularning
ijtimoiy taʼminoti toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

________________________________‎

(tumani, shahri)‎

Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi‎

‎‎1. ___________________________________________________________________

‎‎(Dehqon xoʻjaligi aʼzosining familiyasi, ismi va otasining ismi)

‎‎2.______________tumani (shahri); Manzili______________ ‎
Telefoni______________ ‎
‎‎3. Pasport: Seriyasi______________ raqami______________ ;
‎‎Qayerda va qachon berilgan__________________________________________;
‎‎4. Nafaqalarni oʻtkazish uchun foizsiz schyot:
______________ raqami;‎

_________________________ ‎

(Xalq banki boʻlimi nomi)‎

‎‎5. Umumiy mehnat staji:______________yil, ___________oy, __________kun;
‎‎soʻz bilan______________ yil, ______________ oy, ___________kunni tashkil etadi.
‎‎6. Boshqa maʼlumotlar (murojaat qiluvchining xohishiga koʻra)
‎‎________________________________________________________
‎‎________________________________________________________;

ARIZA‎

‎‎Meni sugʻurta — Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazishingizni soʻrayman.
Dehqon xoʻjaliklari aʼzolarini ijtimoiy sugʻurtalash va ularning ijtimoiy taʼminoti toʻgʻrisidagi nizom bilan tanishib chiqdim.

Sana: 199__yil___________________‎

__________________________‎

(shaxsiy imzo)‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dehqon xoʻjaliklari aʼzolarini ijtimoiy
sugʻurtalash va ularning ijtimoiy taʼminoti toʻgʻrisidagi
nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlash muddatlari va tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta bildirishnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‎Sugʻurtachining familiyasi, ismi va otasining ismi_______________________________
‎‎____________________________________________________________________________‎
Sugʻurtachining manzili_______________________________________________________

‎‎(tumani, shahri)‎

Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi shuni bildiradiki, Siz taqdim etgan hujjatlarga muvofiq Siz‎‎‎
‎‎______________________________________________________________dan‎

‎‎(roʻyxatdan oʻtkazilgan yil, kun, oy)‎

boshlab_______________________________raqami bilan ijtimoiy sugʻurta badallarini toʻlovchi shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtdingiz. Mazkur roʻyxatdan oʻtkazish raqami Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga Siz taqdim etgan sugʻurta badallari hisob-kitoblari bilan bogʻliq barcha hujjatlarda koʻrsatilishi kerak.‎‎‎
‎‎Siz badallarni Pensiya jamgʻarmasiga yil choraklari boʻyicha, 199__yil___________dan boshlab, sugʻurta badali toʻlanadigan yil choragi oxirgi oyidan keyin keladigan oyning 8-kunidan kechikmay toʻlashingiz kerak. Sizning har oylik badalingizning eng kam miqdori hisob-kitob qilinadigan yil choragining oylari uchun eng kam ish haqi summasidan kam boʻlmasligi kerak.‎
Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar, Dehqon xoʻjaliklari aʼzolarini ijtimoiy sugʻurta�ash va ularning ijtimoiy taʼminoti toʻgʻrisidagi nizomga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ularni olish huquqi paydo boʻlgan hollarda, ular Sizning, Xalq bankining_________________________boʻlimidagi______________-son foizsiz shaxsiy schyotingizga oʻtkaziladi.‎‎‎

_______________________________‎

(tumani, shahri)‎

Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining boshligʻi‎

_______________________________‎

(imzo)‎

199____yil “____”___________________‎

M. Oʻ.‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dehqon xoʻjaliklari aʼzolarini ijtimoiy
sugʻurtalash va ularning ijtimoiy taʼminoti toʻgʻrisidagi
nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

____________________________‎

(tumani, shahri)‎

Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi‎

‎‎Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlanishini hisobga olish

‎‎DAFTARI

‎‎____________________________tumani (shahri) Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlovchi hisoblanuvchi
‎‎____________________________________________________________________________________ga

‎‎(dehqon xoʻjaligi aʼzosining familiyasi, ismi va otasining ismi)

berildi. U 199__yil_____________________da_________________raqami b�lan Pensiya jamgʻarmasiga badal toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan.‎‎

____________________________‎

(tumani, shahri)‎

Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi‎

________________‎

199_____yil____________________‎

(imzo)‎

M. Oʻ.‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

199___yil‎‎‎

199___yil‎‎

199___yil‎‎‎

yil choragi‎

summa‎

yil choragi‎

summa‎

yil choragi‎

summa‎

1-chorak‎

2-chorak‎

3-chorak‎

4-chorak‎

JAMI‎

imzo
‎M. Oʻ.

‎‎imzo
‎‎M. Oʻ. ‎

imzo
‎‎M. Oʻ.‎

‎‎199___yil

199___yil

‎‎199___yil

yil choragi‎

summa‎

yil choragi‎

summa‎

yil choragi‎

summa‎

1-chorak‎

2-chorak‎

3-chorak‎

4-chorak‎

JAMI‎

imzo ‎
‎M. Oʻ.

‎‎imzo ‎
‎M. Oʻ.‎

‎‎imzo ‎
‎M. Oʻ.‎

‎‎199___yil

‎‎199___yil

‎‎199___yil‎

yil choragi‎

summa‎

yil choragi‎

summa‎

yil choragi‎

summa‎

1-chorak‎

2-chorak‎

3-chorak‎

4-chorak‎

‎‎imzo ‎ ‎
‎M. Oʻ.

‎‎imzo ‎
‎‎M. Oʻ. ‎

‎‎imzo ‎ ‎
‎M. Oʻ.