11.02.2026 yildagi 53-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.02.2026 yildagi 53-son
Date of entry into force
12.05.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Yuk koʻtarish qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, yuk koʻtarish qurilmalarining texnik soz holatda saqlanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yuk koʻtarish qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk koʻtarish qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi ixtisoslashgan tashkilotlarga qoʻyiladigan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli ruxsatnomaga ega boʻlgan ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan yuk koʻtarish qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi uch oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha xavfli ishlab chiqarish obyektlarida mavjud boʻlgan yuk koʻtarish qurilmalarini xatlovdan oʻtkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi A.V. Rafiqov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 11-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-fevraldagi 53-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk koʻtarish qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom yuk koʻtarish qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organ — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dinamik sinov — yuk koʻtarish qurilmalarining mexanizmlari, xavfsizlik qurilmalari va tormoz tizimi sozligini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dastlabki texnik koʻrik — yangi oʻrnatilgan yuk koʻtarish qurilmasini ishga tushirishdan avval uning (shu jumladan, mexanizmlari va uzellarini) mustahkam va sozligini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davriy texnik koʻrik — yuk koʻtarish qurilmasidan foydalanish jarayonida uning mustahkam va soz holatda saqlanishini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslashgan tashkilot — yuk koʻtarish qurilmalarini koʻrikdan oʻtkazish uchun malakali mutaxassislar va zarur moddiy-texnik bazaga ega boʻlgan hamda belgilangan tartibda vakolatli organning ruxsatnomasini olgan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish qurilmasi — asosi poydevor yordamida joyiga harakatsiz holatida qotirilgan yoki rels yoʻlagida harakatlanuvchi yuk koʻtarish qurilmalari (temir yoʻl kranlari bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
modernizatsiya (rekonstruksiya) — yuk koʻtarish qurilmasi pasporti koʻrsatkichlarini oʻzgartirishga olib keladigan (masalan, yuritma xili, strela uzunligi, minora balandligi, yuk koʻtarish quvvati ortishi yoki kamayishi) kran konstruksiyasini oʻzgartirish, yuk koʻtarish qurilmalarini va ularning elektr sxemasini qayta jihozlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
navbatdan tashqari texnik koʻrik — yuk koʻtarish qurilmalarida nosozliklar yuzaga kelganda, unda oʻtkazilgan taʼmirlash ishlaridan soʻng uning soz holatda ekanini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasport — yuk koʻtarish qurilmasini ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan berilgan, uning texnik xususiyatlarini ifodalovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statik sinov — yuk koʻtarish qurilmalarini yoki ularning alohida uskunalarini mustahkamligi va konstruktiv jihatdan barqarorligini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼmirlash — buzilgan, yemirilgan yoki nosoz holatga kelgan yuk koʻtarish qurilmalarining uzellarini ishchi holatga keltirib, qayta tiklash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq texnik koʻrik — qisman texnik koʻrikka qoʻshimcha ravishda dinamik va statik sinovlarni oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk koʻtarish qurilmalari — yuklarni koʻtarish, tushirish, bir joydan boshqa joyga koʻchirish ishlarini amalga oshiruvchi koʻchmas asosga oʻrnatilgan yoki harakatlanuvchi kranlar, telferlar va tallar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk koʻtarish qurilmasi mulkdori — yuk koʻtarish qurilmasiga nisbatan egalik huquqi boʻlgan yoki yuk koʻtarish qurilmasi oʻrnatilgan bino va inshootga egalik qiluvchi yuridik hamda jismoniy shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisman texnik koʻrik — yuk koʻtarish qurilmasining asosi, koʻtarish, harakatlantiruvchi va toʻxtatish qismlarini toʻliq koʻzdan kechirish hamda xavfsizlik moslamalarining ishlash holatini amalda ishlatib koʻrish orqali tekshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yangi oʻrnatilgan, modernizatsiya (rekonstruksiya) qilingan yoki mukammal taʼmirlangan yuk koʻtarish qurilmalari foydalanishga topshirilgunga qadar toʻliq texnik koʻrikdan oʻtkazilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydalanishda boʻlgan yuk koʻtarish qurilmalari bir yilda kamida bir marta qisman texnik koʻrikdan va uch yilda bir marta toʻliq texnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yuk koʻtarish qurilmalarining texnik koʻrigi yuk koʻtarish qurilmasining pasporti yoki yuk koʻtarish kranlari tuzilishi va ularni xavfsiz ishlatish qoidalari talablariga muvofiq oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yuk koʻtarish qurilmalarining texnik koʻrigi ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq Yuk koʻtarish qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish sxemasiga muvofiq oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yuk koʻtarish qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yuk koʻtarish qurilmalarining texnik koʻrigi mulkdorning yozma yoki elektron tarzdagi murojaatiga asosan, ixtisoslashgan tashkilot tomonidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yuk koʻtarish qurilmalari dastlabki, davriy va navbatdan tashqari texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Dastlabki, davriy va navbatdan tashqari texnik koʻriklar mulkdorning yozma yoki elektron tarzdagi murojaati asosida ixtisoslashgan tashkilot tomonidan mulkdor bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ixtisoslashgan tashkilot tuzilgan shartnoma muddati davomida yuk koʻtarish qurilmalarini davriy texnik koʻrikdan oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Dastlabki texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yuk koʻtarish qurilmalari davlat roʻyxatiga olinishidan avval dastlabki texnik koʻrikdan oʻtkazilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yuk koʻtarish qurilmalarining dastlabki texnik koʻrigida mulkdor tomonidan quyidagi hujjatlar nusxalari ixtisoslashgan tashkilotga taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar (avval foydalanishda boʻlgan yuk koʻtarish qurilmalari bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish qurilmasining oʻrnatish boʻyicha loyiha hujjatining ekspertizadan oʻtkazilgani toʻgʻrisida xulosasi (qurilish ishlarida vaqtincha foydalaniladigan yuk koʻtarish qurilmalari bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish qurilmasini oʻrnatish dalolatnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan berilgan pasporti yoki uning dublikati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish qurilmasini oʻrnatish boʻyicha yoʻriqnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanish yoʻriqnomasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ixtisoslashgan tashkilot tomonidan yuk koʻtarish qurilmalarining holati taqdim etilgan hujjatlarga mosligi toʻliq tekshiriladi va ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan tartibda yuk koʻtarish qurilmalari dastlabki texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Dastlabki texnik koʻrikni tashkil qilish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha xarajatlar yuk koʻtarish qurilmalarining mulkdori zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vakolatli organ tomonidan davlat roʻyxatiga olingan yuk koʻtarish qurilmalarining boshqaruv kabinasi yoki asos qismiga ixtisoslashgan tashkilot tomonidan yozuvi oʻchib ketmaydigan mustahkam jismdan tayyorlangan ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq Texnik koʻrikdan oʻtkazilgan yuk koʻtarish qurilmasining yorligʻi oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Davriy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yuk koʻtarish qurilmalarini ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan muddatlarda davriy texnik koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuk koʻtarish qurilmalarining mulkdori zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yuk koʻtarish qurilmalarining davriy texnik koʻrigida mulkdor tomonidan ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan hujjatlar nusxalari ixtisoslashgan tashkilotga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ixtisoslashgan tashkilot tomonidan yuk koʻtarish qurilmalarining holati taqdim etilgan hujjatlarga mosligi toʻliq tekshiriladi va ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan talablar asosida yuk koʻtarish qurilmalari davriy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Davriy texnik koʻrik ixtisoslashgan tashkilot va mulkdor ishtirokida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mulkdor davriy texnik koʻrikdan oʻtkazishda ixtisoslashgan tashkilotga koʻrik toʻliq oʻtkazilishi uchun zarur sharoit yaratib berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ixtisoslashgan tashkilot yuk koʻtarish qurilmalarini davriy texnik koʻrikdan oʻtkazishda mulkdor tomonidan zarur sharoit yaratilmagan taqdirda, bu haqda vakolatli organni xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Davriy texnik koʻrikdan oʻtkazish natijasida yuk koʻtarish qurilmalarida nosozliklar aniqlangan taqdirda, yuk koʻtarish qurilmalarining mulkdori tomonidan qayta taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Davriy texnik koʻrik natijalari salbiy boʻlganda, ixtisoslashgan tashkilot yuk koʻtarish qurilmalarining mulkdoriga yozma xabar beradi va yuk koʻtarish qurilmalaridan foydalanishni oʻttiz kunga taqiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkdor tomonidan ushbu muddat ichida kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, ixtisoslashgan tashkilot bu haqda vakolatli organni yozma yoki elektron tarzda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli organ kelib tushgan xabarlar asosida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kamchiliklarni bartaraf etmagan mulkdorga nisbatan tekshiruv oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Navbatdan tashqari texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Yuk koʻtarish qurilmalarida navbatdan tashqari texnik koʻrik ularda amalga oshirilgan taʼmirlash, modernizatsiya yoki rekonstruksiya ishlaridan soʻng oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Yuk koʻtarish qurilmalarini navbatdan tashqari texnik koʻrikdan oʻtkazishga mulkdor masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Yuk koʻtarish qurilmalarining asos qismlariga oʻzgartirish kiritilganda yoki taʼmirlanganda, ularni ishga tushirishdan avval navbatdan tashqari toʻliq texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar yuk koʻtarish qurilmalarining koʻtaruvchi yoki asos boʻlmagan qismlarida konstruktiv oʻzgartirishlar yoki taʼmirlash ishlari (elektr qismi, asosga va yuk koʻtarishga taalluqli boʻlmagan ikkilamchi qismlari) amalga oshirilgan boʻlsa, qisman texnik koʻrik oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Texnik koʻrik natijalarini rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Yuk koʻtarish qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish natijalari yuk koʻtarish qurilmalarining pasportida ixtisoslashgan tashkilot tomonidan qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Yuk koʻtarish qurilmalarining pasportida ixtisoslashgan tashkilot tomonidan texnik koʻrik sanasi, yuk koʻtarish qurilmalarining joylashgan manzili yoki sinov oʻtkazilgan manzil, zavod raqami, koʻtarish quvvati, oʻtkazilgan dinamik va statik sinovlarning natijalari hamda kelgusida oʻtkaziladigan qisman yoki toʻliq texnik koʻrik muddati koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Yuk koʻtarish qurilmalarining mulkdori texnik koʻrik natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotni uch kun muddatda vakolatli organga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk koʻtarish qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Yuk koʻtarish qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(Vakolatli organ)

Yuk koʻtarish qurilmalari nazoratini amalga oshiradi.

Doimiy

2-bosqich

Yuk koʻtarish qurilmasining mulkdori

Yuk koʻtarish qurilmasini dastlabki, davriy va navbatdan tashqari texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkillashtiradi.

Uch yilda bir marta

3-bosqich

Ixtisoslashgan tashkilot

Yuk koʻtarish qurilmasini dastlabki, davriy va navbatdan tashqari texnik koʻrikdan oʻtkazadi.

Shartnomaga koʻra

4-bosqich

Ixtisoslashgan tashkilot

Yuk koʻtarish qurilmasini dastlabki, davriy va navbatdan tashqari texnik koʻrik natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuk koʻtarish qurilmasining pasportiga qayd etadi.

Koʻrik natijalariga koʻra

5-bosqich

Yuk koʻtarish qurilmasining mulkdori

Yuk koʻtarish qurilmasida texnik koʻrik natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etadi.

Oʻttiz kunda

6-bosqich

Vakolatli organ

Ixtisoslashgan tashkilotlarning belgilangan talablarga muvofiq faoliyat koʻrsatishi ustidan nazorat tadbirlarini oʻtkazadi.

Doimiy

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk koʻtarish qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik koʻrikdan oʻtkazilgan yuk koʻtarish qurilmasining yorligʻi namunasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

300 mm

Roʻyxat raqami — R-_____

Koʻtarish quvvati — _____ t

Kelgusi qisman texnik koʻrik muddati — _____ yil

Kelgusi toʻliq texnik koʻrik muddati — _____ yil

Arial (40) — qalin shriftda

300 mm

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2026-y., 09/26/53/0133-son)