Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 01.04.1998 yildagi 140-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.04.1998 yildagi 140-son
Date of entry into force
01.04.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BOLALIKDAN nogironligi boʻlgan bolalar TUGʻILIShINING OLDINI OLISh UChUN YANGI TUGʻILGAN ChAQALOQLAR HAMDA HOMILADOR AYoLLARDA TUGʻMA VA BOShQA PATOLOGIYANI BARVAQT ANIQLASh BOʻYIChA “ONA VA BOLA SKRININGGI” DAVLAT TIZIMINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inson manfaatlarini taʼminlash chora-tadbirlari Dasturini bajarish va yangi tugʻilgan chaqaloqlar hamda homilador ayollardagi patologiyani barvaqt aniqlash davlat tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bolalikdan nogironligi boʻlgan bolalar tugʻilishining oldini olish uchun yangi tugʻilgan chaqaloqlar hamda homilador ayollarda tugʻma va boshqa patologiyani barvaqt aniqlash boʻyicha “Ona va bola skrininggi” davlat dasturi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasiga “Ona va bola skrininggi” dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirib borish va nazorat qilish vazifasi yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
skrining-markazlarni tashkil etish faoliyat koʻrsatayotgan davolash-profilaktika muassasalari shoxobchalari hisobiga amalga oshiriladi. Markazlarni mablagʻ bilan taʼminlash sogʻliqni saqlashga ajratiladigan budjet mablagʻlari hamda homiylar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993 — 2001-yillar davrida, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi tomonidan “Vallak” konserni (Finlyandiya) va “Bristol Mayers Skvibb” kompaniyasi (AQSh) bilan tuzilgan bitimlarga muvofiq, “Ona va bola skrininggi” dasturi doirasida tashkil etiladigan skrining-markazlar texnikaviy muruvvat yordami sifatida umumiy summasi 1,2 mln AQSh dollaridan iborat boʻlgan diagnostika apparatlari, tashkiliy texnika va kommunikatsiya vositalari bilan jihozlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Ona va bola skrininggi” davlat dasturini amalga oshirish uchun har yili 1 va 2-ilovalarga muvofiq mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Davlat bojxona qoʻmitasi “Ona va bola skrininggi” davlat dasturini bajarish doirasida tuzilgan kontraktlarni ustuvor asosda koʻrib chiqsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda “Oʻzavtotrans” korporatsiyasining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda skrining davomida aniqlangan patologiyali shaxslarni (homilador ayollar va bolalarni bir nafar kuzatuvchi bilan birga) shaharlararo qatnaydigan avtobuslarda yashash joyidan tegishli mintaqaviy skrining-markazgacha bepul olib kelish va olib ketish tartibini ishlab chiqsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi va “Mahalla” jamgʻarmasi bilan birgalikda “Ona va bola skrininggi” davlat dasturini bajarishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlasinlar hamda aholi oʻrtasida bolalarning rivojlanish xastaliklari bilan tugʻilishining oldini olishning ijtimoiy ahamiyati toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini tashkil qilsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari D. Gʻulomova va A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 1-aprel.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
140-son