Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2019 30.06.2001 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1044
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining Qarori, 30.06.2001 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1044
Date of entry into force
10.07.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijozlarga hisobvaraqlar ochish boʻyicha belgilangan talablarni, ularning hisobvaraqlariga mablagʻlarni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish, ish haqi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ehtiyojlar uchun naqd pul berish tartibini buzganlik uchun tijorat banklariga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1044]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/12-sonli ““Mijozlarga hisobvaraqlar ochish, ularning hisobvaraqlariga pul mablagʻlarini hisobga kiritish va hisobdan chiqarish, ish haqi va qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan boshqa ehtiyojlar uchun naqd pul mablagʻlarini berishning oʻrnatilgan tartiblarini buzganliklari uchun tijorat banklariga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1044-3, 25.09.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-iyundagi “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklari masʼuliyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 264-son qarori 6-bandini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mijozlarga hisobvaraqlar ochish boʻyicha belgilangan talablarni, ularning hisobvaraqlariga mablagʻlarni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish, ish haqi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ehtiyojlar uchun naqd pul berish tartibini buzganlik uchun tijorat banklariga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan keyin amalga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi v. b. M. JUMAGALDIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 23-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14/22-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2001-yil 23-iyundagi 14/22-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijozlarga hisobvaraqlar ochish boʻyicha belgilangan talablarni, ularning hisobvaraqlariga mablagʻlarni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish, ish haqi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ehtiyojlar uchun naqd pul berish tartibini buzganlik uchun tijorat banklariga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, 12-son, 412-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining masʼuliyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 264-sonli qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-yil, 12-son, 79-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qonun hujjati tijorat banklariga nisbatan jarima jazo choralari miqdori va ularni qoʻllash, shuningdek ularni tijorat banklarining noqonuniy harakatlari tufayli huquq va manfaatlari buzilgan mijozlar foydasiga oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan masʼuliyat choralari bank va mijoz oʻrtasida tuzilgan shartnoma matniga kiritilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. HISOBVARAQLAR OChISh TARTIBINI BUZGANLIK UChUN BANKLARGA NISBATAN QOʻLLANILADIGAN JAZO ChORALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Markaziy bank meʼyoriy hujjatlarda nazarda tutilgan barcha zaruriy hujjatlar taqdim etilganidan keyin banklar tomonidan hisobvaraqlar ochishda sababsiz kechiktirilganlik yoki ochishdan bosh tortganlik, shuningdek mazkur turdagi hisobvaraq ochish uchun ortiqcha hujjatlarni talab qilganligi uchun bank ustav sarmoyasi belgilangan eng kam miqdorining 0,02 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. MABLAGʻ MAVJUD BOʻLGANIDA ISh HAQI VA QONUNLARDA NAZARDA TUTILGAN BOShQA EHTIYOJLAR UChUN OʻZ VAQTIDA NAQD PUL BERMAGANLIGI UChUN BANKLARGA NISBATAN QOʻLLANILADIGAN JAZO ChORALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Banklar tomonidan ish haqi va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa ehtiyojlar uchun oʻz vaqtida naqd pul bermaganlik uchun mijozlarga, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlariga ular hisobvaraqlarida mablagʻ boʻlganida bank ustav sarmoyasi belgilangan eng kam miqdorining 0,005 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. MIJOZLAR HISOBVARAQLARIGA MABLAGʻ OʻTKAZISh VA HISOBDAN ChIQARIShNING BELGILANGAN TARTIBIGA RIOYA QILMAGANLIK UChUN BANKLARGA NISBATAN QOʻLLANILADIGAN JAZO ChORALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qonunchilikda oʻrnatilgan mijozlar hisobvaraqlariga pullarni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish tartibini buzganlik uchun, elektron toʻlovlarni amalga oshirishning va xato amalga oshirilgan elektron toʻlovlarni qaytarishning oʻrnatilgan muddatlarini buzishni istisno etgan holda, bank ustav kapitalining eng kam miqdorining 0,01 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron toʻlovlarni amalga oshirishning qonun hujjatlarida oʻrnatilgan muddatlari bank tomonidan buzilgan taqdirda, u mijozga kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan elektron toʻlov summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin kechiktirilgan elektron toʻlov summasining 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning aybi bilan elektron toʻlov notoʻgʻri amalga oshirilgan taqdirda, u mablagʻni xatolik aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazishi shart. Aks holda, mijoz bankdan mablagʻlarni qaytarishni, shuningdek kechiktirilgan har bir kun uchun notoʻgʻri amalga oshirilgan elektron toʻlov summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin notoʻgʻri amalga oshirilgan elektron toʻlov summaning 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlashni qonunda belgilangan tartibda talab qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. BANKLARNI JARIMALAR TOʻLAShDAN OZOD QILISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Banklar quyidagi hollarda jarima toʻlashdan ozod qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) fors-major holatlari, shu jumladan, banklararo elektron toʻlovlar tizimida roʻy berishi mumkin boʻlgan uzilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bank mijozi tomonidan amaldagi qonunlarda belgilangan talablarga mos kelmaydigan toʻlov hujjatlari taqdim qilinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qonunlarda belgilangan tartibga bank yoki mijoz hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar toʻxtatilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. YAKUNIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bank va mijoz oʻrtasida nizolar shartnoma shartlariga koʻra hal qilinadi. Vujudga kelgan nizolar oʻzaro kelishib hal qilinishining imkoni boʻlmasa, ular sud tartibida koʻrib chiqilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur Nizomning 4 — 6-bandlariga muvofiq, bank tomonidan toʻlangan jarima summasi qisman qonunbuzarlikka yoʻl qoʻygan bank (filiali) rahbari va bosh buxgalteri tomonidan qoplanadi.