18.12.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3729
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 18.12.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3729
Date of entry into force
22.12.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarning oʻz mablagʻlari miqdori va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 18-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3729]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-son “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarning oʻz mablagʻlari miqdori va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor D. LI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 14-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-son

Kelishildi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 17-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 15-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 14-noyabrdagi 20-son buyrugʻiga
1-ILOVA

Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarning oʻz mablagʻlari miqdori va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarning (investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarishni amalga oshiruvchi tijorat banklari bundan mustasno) oʻz mablagʻlari miqdori va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchli boshqaruvchining ishonchli boshqaruvida boʻlgan investitsiya aktivlari (bundan buyon matnda investitsiya aktivlari deb yuritiladi) — qimmatli qogʻozlar, pul mablagʻlari va qonunchilikka muvofiq investitsiya aktivlari deb eʼtirof etiladigan boshqa mol-mulk;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi (bundan buyon matnda ishonchli boshqaruvchi deb yuritiladi) — investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchli boshqaruvning taʼsischisi — ishonchli boshqarish shartnomasiga binoan investitsiya aktivlarini maʼlum muddatga boshqarish uchun topshiradigan ishonchli boshqarish shartnomasining tarafi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naf oluvchi — ishonchli boshqaruvning taʼsischisi yoki ishonchli boshqaruv shartnomasida belgilangan ishonchli boshqaruvchining oʻz zimmasiga olgan majburiyatlari bajarilishini talab qilish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ishonchli boshqaruvchi oʻzi boshqaradigan investitsiya aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining kamida 5 foizi miqdorida oʻz mablagʻlariga (ustav kapitaliga qoʻyilgan nomoddiy aktivlarni chegirib tashlagan holda) ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ishonchli boshqaruvchining oʻz mablagʻlari va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymati toʻgʻrisidagi hisobot Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga (roʻyxat raqami 2383, 2012-yil 31-iyul) muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli boshqaruvchilarning oʻz mablagʻlari miqdori mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan talabga muvofiqligi har chorakda ular tomonidan taqdim etiladigan oʻz mablagʻlari va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymati toʻgʻrisidagi hisobotga asosan qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ishonchli boshqaruvchining oʻz mablagʻlari miqdori investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida moliyaviy barqarorlikni taʼminlash, ishonchli boshqaruvchining oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish imkoniyatini baholash hamda ishonchli boshqaruvning taʼsischisi yoki naf oluvchining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchli boshqaruvchi oʻz mablagʻlari miqdorining mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan talabga muvofiqligini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchli boshqaruvchining faoliyati natijalarini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa maqsadlarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur Nizom maqsadlari uchun ishonchli boshqaruvchining oʻz mablagʻlari miqdori quyidagilar asosida belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav kapitali (aksiyadorlardan (ishtirokchilar) olingan va (yoki) sotib olingan oʻzining aksiyalari (ulushlari, hissalari) bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshilgan kapital;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaxira kapital;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadli tushumlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelgusi xarajatlar va toʻlovlar zaxiralari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ishonchli boshqaruvchining oʻz mablagʻlari miqdori va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymati Oʻzbekiston Respublikasi pul birligi — soʻmda ifodalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agar ishonchli boshqaruvchining oʻz mablagʻlari miqdori mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan talabga muvofiq boʻlmasa, ishonchli boshqaruvchi uni bir oydan kechiktirmay ushbu talabga muvofiqlashtirishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini baholash va qayta baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini baholash har chorakda hisobot choragi tugaganidan keyingi kundan kechiktirmay ishonchli boshqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini baholash natijalari ishonchli boshqaruvchining oʻz mablagʻlari va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymati toʻgʻrisidagi hisobotida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini qayta baholash naf oluvchining talabiga koʻra ishonchli boshqaruv shartnomasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini baholash va qayta baholash natijalari ishonchli boshqaruvchi tomonidan ishonchli boshqaruv shartnomasida belgilangan muddatlarda naf oluvchining eʼtiboriga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini baholash va qayta baholashda hisobga olinadigan investitsiya aktivlarining tarkibi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qimmatli qogʻozlari, shu jumladan ular tomonidan ishonchli boshqaruv toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan vaqtda davlat mulki boʻlgan qimmatli qogʻozlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ularni ishonchli boshqarish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan vaqtda davlat mulki boʻlgan ulushlari (paylari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼsischi tomonidan ishonchli boshqaruvchiga boshqarish uchun berilgan qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish uchun moʻljallangan pul mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchli boshqaruvchi tomonidan shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarish natijasida olingan pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini baholash va qayta baholash natijalari ishonchli boshqaruvchining buxgalteriya hisobida belgilangan tartibda qayd etiladi. Investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini baholash va qayta baholashda listingga kiritilgan, birja va birjadan tashqari savdo tashkilotchilarining savdo maydonchalarida kotirovka qilingan emitentlarning qimmatli qogʻozlari, hisobot davrining oxirida ushbu qimmatli qogʻozlar boʻyicha mazkur hisobot davrida tuzilgan bitimlar natijasida shakllangan oʻrtacha narx asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar hisobot davrida mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar tuzilmagan boʻlsa, avvalgi hisobot davridagi qimmatli qogʻozlarning oʻrtacha narxi investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini baholash yoki qayta baholash uchun qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Birja va birjadan tashqari savdo tashkilotchilarining listingiga kiritilmagan, lekin ikkilamchi birja va birjadan tashqari bozorda sotilgan emitentlarning qimmatli qogʻozlari, agar ular hisobot davrida kamida ikkita yuridik shaxs tomonidan sotilgan va bitimlar hajmi ushbu emitent tomonidan chiqarilgan bir turdagi qimmatli qogʻozlar umumiy miqdorining kamida 5 foizini tashkil etgan boʻlsa, mazkur hisobot davrida tuzilgan bitimlar natijasida shakllangan qimmatli qogʻozlarning oʻrtacha narxi asosida investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini baholash yoki qayta baholash amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar hisobot davrida mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar tuzilmagan boʻlsa, avvalgi hisobot davridagi qimmatli qogʻozlarning oʻrtacha narxi investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini baholash va qayta baholash uchun qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Agar hisobot davrida mazkur Nizomning 13 va 14-bandlarida koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar birja va birjadan tashqari savdo tashkilotchilarining savdo maydonchalarida tuzilmagan boʻlsa, unda investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini baholash yoki qayta baholashda ushbu bitimlar boʻyicha avvalgi hisobot davridagi qimmatli qogʻozlarning oʻrtacha narxi qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bitimlarning oʻrtacha narxi va hajmi birja tashkilotlari va birjadan tashqari savdo tashkilotchilari tomonidan belgilanadi va ishonchli boshqaruvchining soʻroviga asosan ikki ish kunida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Davlat qimmatli qogʻozlari har bir chiqarish uchun alohida baholanadi, bunda ushbu davlat qimmatli qogʻozlarini baholash va qayta baholashda investitsiya aktivlarini oxirgi baholash sanasidan boshlab ikkilamchi savdolarda sotilgan oʻrtacha narx hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar investitsiya aktivlarini baholash va qayta baholash vaqtigacha davlat qimmatli qogʻozlarining maʼlum bir chiqarilishi boʻyicha ikkilamchi savdolar oʻtkazilmagan boʻlsa, ushbu davlat qimmatli qogʻozlari ularning birlamchi joylashtirish boʻyicha kimoshdi savdosida sotilgan oʻrtacha narx asosida baholanadi yoki qayta baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Muayyan diler orqali savdo qilish belgilangan davlat qimmatli qogʻozlarini baholash yoki qayta baholash diler tomonidan eʼlon qilingan oxirgi kotirovkaning qiymati boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini baholash yoki qayta baholash kunida ayni bir qimmatli qogʻozning kotirovkasi ikki yoki undan ortiq dilerlar tomonidan eʼlon qilingan boʻlsa, bunday qimmatli qogʻozning baholash qiymati, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, dilerlar tomonidan eʼlon qilingan barcha kotirovkalarning oʻrtacha narxi asosida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kupon boʻyicha toʻlanadigan daromad bilan chiqariladigan davlat qimmatli qogʻozlarining kotirovkalari jamgʻarilgan daromad summasini oʻz ichiga olmasa, u holda investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini baholash yoki qayta baholash qimmatli qogʻozlarni sotib olishda toʻlangan jamgʻarilgan daromad summasini chegirgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ tomonidan ishonchli boshqaruvchiga berilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ulushlari (paylari) boʻyicha investitsiya aktivlari qiymatini baholash va qayta baholash qimmatli qogʻozlarning nominal qiymati boʻyicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ushbu Nizomning 11 — 18-bandlariga muvofiq investitsiya aktivlarini baholash va qayta baholash imkoni boʻlmaganda, investitsiya aktivlarining qiymati qimmatli qogʻozlarning nominal qiymati boʻyicha hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymati har chorakda amaldagi hisobot choragi va undan oldingi uch hisobot choragi uchun investitsiya aktivlarining qiymati asosida mazkur Nizomda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

SA oʻrtacha yillik

=

A1 + A2 + A3 + A4

4

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:

SAoʻrtacha yillik — investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
A1 — amaldagi hisobot choragidagi investitsiya aktivlarining baholangan qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
A2 — oʻtgan hisobot choragidagi investitsiya aktivlarining baholangan qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
A3 — hisobot choragidan avvalgi ikki hisobot choragidagi investitsiya aktivlarining baholangan qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
A4 — hisobot choragidan avvalgi uch hisobot choragidagi investitsiya aktivlarining baholangan qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
A1, A2, A3, A4 — ushbu Nizomning 11 — 18-bandlarida belgilangan tartibda hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobot davri uchun maʼlumotlar boʻlmaganda, investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini hisoblash uchun mazkur Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan formulaning surati va maxraji qiymatlari tegishli chorak uchun hisobga olinmaydi, maxraj qiymati esa maʼlumotlar mavjud boʻlmagan davrlar soniga kamayadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ishonchli boshqaruvchi tomonidan bir nechta taʼsischisidan olingan investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymati ushbu Nizomda belgilangan tartibda hisoblangan investitsiya aktivlarining qiymatini jamlash yoʻli bilan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ishonchli boshqaruvchi tomonidan investitsiya fondlarining aktivlarini boshqarish faoliyati investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish faoliyati bilan birga qoʻshib olib borilganda investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymati hisobot choragidagi investitsiya aktivlarining baholangan qiymati asosida hamda investitsiya fondlarining sof aktivlari qiymati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 14-noyabrdagi 20-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2003-yil 30-dekabrdagi 2003-19-son “Boshqaruvchi kompaniyalar oʻz mablagʻlari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxati raqami 1322, 2004-yil 5-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 111-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 1-iyundagi 2009-30-son “Boshqaruvchi kompaniyalar oʻz mablagʻlari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxati raqami 1322-1, 2009-yil 20-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 26-son, 302-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 5-martdagi 2019-12-son “Boshqaruvchi kompaniyalar oʻz mablagʻlari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxati raqami 1322-2, 2019-yil 12-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 10/19/1322-2/2768-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2020-yil 20-yanvardagi 2020-03-son “Boshqaruvchi kompaniyalar oʻz mablagʻlari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 24-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxati raqami 1322-3, 2020-yil 5-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2020-y., 10/20/1322-3/0128-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 10/25/3729/1193-son)