1-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Chora- tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmlari | Amalga oshirish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
1. | Futbol akademiyalari, futbol maktablari, shu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablari futbolchilarining tibbiy va jismoniy koʻrsatkichlarini monitoring qilishda sunʼiy intellektni qoʻllash boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish. | 1. Tajriba-sinov loyihasining loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan birlamchi maʼlumotlarni toʻplash. 3. Tajriba-sinov loyihasini sinov tariqasida amalga oshirish va natijasi boʻyicha oʻrnatilgan tartibda taklif kiritish. | 2026-yil noyabr | Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mablagʻlari | Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Sport vazirligi (A. Ikramov) |
2. | Futbol uchrashuvlarida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimidan foydalanishni yanada kengaytirish. | 1. Futbol uchrashuvlarini markazlashgan tarzda VAR tizimidan foydalangan holda kuzatish uchun Milliy futbol markazi tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “VAR” markazini tashkil etish. 2. Futbol maydonlari zamonaviy talablarga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlanganligini oʻrganish. 3. Oʻrganish natijalari boʻyicha Superliga, Proliga va Oʻzbekiston kubogi musobaqalari oʻtkaziladigan stadionlarni Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi bilan bogʻlaydigan optik tolali aloqa liniyalari (asosiy va zaxira) va zarur qurilmalar bilan taʼminlash. | 2026-yil mart | 2025-yilda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga Davlat budjetidan qoʻshimcha ajratiladigan 15 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar | Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
3. | Milliy futbol markazi tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Raqamli futbol situatsion markazini va “DATA futbol” markazini tashkil etish. | 1. Raqamlashtirish ishlarini onlayn kuzatish, monitoring qilish, statistik va operativ maʼlumotlarni nazorat qilish boʻyicha Raqamli futbol situatsion markazini tashkil etish. | 2026-yil yanvar | 2025-yilda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga Davlat budjetidan qoʻshimcha ajratiladigan 15 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar | Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Sport vazirligi (A. Ikramov) |
2. Xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb etgan holda raqamlashtirish ishlarini onlayn kuzatish, monitoring qilish, statistik va operativ maʼlumotlarni nazorat qilish kasbiy standartlar va malakani baholash dasturlarini ishlab chiqish. | 2026-yil aprel | ||||
3. “Milliy futbol elektron platformasi” axborot tizimidagi maʼlumotlarni saqlash uchun “DATA futbol” markazini tashkil etish. 4. “DATA futbol” markazining texnik infratuzilmasi va maʼlumotlarni uzatish tizimini yaratish. 5. Maʼlumotlarni yagona bazada yigʻish va integratsiya qilish imkoniyatini yaratish. | 2026-yil sentabr | ||||
4. | Mahallalar va taʼlim muassasalarida futbol musobaqalarini oʻtkazib borish tizimini takomillashtirish. | 1. “Mahalla ligasi” musobaqalarini oʻtkazib borish tartibini tasdiqlash. 2. “Futbolimiz kelajagi sening qoʻlingda” musobaqalarini oʻtkazib borish tartibini tasdiqlash. | 2025-yil dekabr | - | Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova), Sport vazirligi (A. Ikramov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov) |
3. “Maktablar futbol ligasi” yangi formatda “Futbolimiz kelajagi sening qoʻlingda” musobaqasi sifatida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 1 — 4 va 5 — 8-sinflari jamoalari oʻrtasida uch bosqichda (tuman (shahar) — viloyat — respublika) oʻtkazib borishni yoʻlga qoʻyish. | 2026-yildan boshlab har yili | ||||
4. “Futbolimiz kelajagi sening qoʻlingda” musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga zarur sport jihozlari va anjomlari yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish. | doimiy | Davlat budjetidan birlamchi sport jihozlari uchun har yili Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratiladigan mablagʻlari | |||
5. “Mahalla ligasi” va “Futbolimiz kelajagi sening qoʻlingda” musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga 40 foizgacha har oylik ustama toʻlash tartibini tasdiqlash. | 2026-yil may | - | |||
5. | Futbol oʻyinlariga chiptalarni xarid qilishda shaxslarni identifikatsiyalash va chiptalarni zamonaviy texnologiyalar (QR-kod) yordamida roʻyxatga olish tizimini joriy etish. | 1. Axborot tizimining texnik hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil dekabr | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
2. Axborot tizimini ishlab chiqish va zarur resurslar bilan integratsiya qilish. | 2026-yil fevral | ||||
6. | Futbol musobaqalarini oʻtkazishda optik tolali aloqa liniyalari va zarur tezlikdagi VPN (Virtual Private Network) kanallarini tashkil etish. | 1. Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) talablariga muvofiq belgilangan tartibda shartnoma asosida Milliy futbol markazi hamda respublikadagi professional futbol klublariga tegishli stadionlarda 150 Mb/s tezlikdagi VPN (Virtual Private Network) kanallarini (asosiy va zaxira) tashkil etish. 2. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi murojaatiga asosan: mazkur obyektlarda oʻtkaziladigan musobaqalar va boshqa tadbirlardan bir kun avval hamda musobaqa yakuniga qadar VPN kanallari ulanishi; futbol akademiyalari, futbol maktablari, shu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablari stadionlarida oʻtkaziladigan mashgʻulotlarni onlayn nazorat qilishda respublika miqyosida alohida tarmoq — VPN kanallari tashkil etilishini inobatga olish. | 2025-yil noyabr | 2025-yilda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga Davlat budjetidan qoʻshimcha ajratiladigan 15 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
3. Superliga, Proliga va Oʻzbekiston kubogi musobaqalari oʻtkaziladigan stadionlarni Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi bilan bogʻlaydigan optik tolali aloqa liniyalari (asosiy va zaxira) va zarur qurilmalar bilan taʼminlash. | 2025-yil dekabr | ||||
4. Superliga, Proliga va Oʻzbekiston kubogi musobaqalari oʻtkaziladigan stadionlar uchun VAR tizimi hamda qurilmalarni xarid qilish va oʻrnatish. | 2026-yil mart | Professional futbol klublari mablagʻlari | |||
7. | Futbol stadionlari va maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish. | 1. Davlat mulkidagi futbol stadionlari va maydonlarini xatlovdan oʻtkazish. | 2025-yil dekabr | - | Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Kadastr agentligi (F. Pulatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Xatlov natijalari boʻyicha futbol stadionlari va maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Milliy futbol elektron platformasi” axborot tizimiga kiritish. 3. Egasi nomaʼlum stadion va futbol maydonlarining yer uchastkalari va bino-inshootlarini xatlovdan oʻtkazish va ularga boʻlgan huquqlarni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash. | 2026-yil iyul | ||||
4. Kadastr agentligining axborot tizimlariga davlat mulkidagi futbol stadion va maydonlarining foydalanish maqsadlari oʻzgartirilishi hamda sotuvga chiqarilishi taqiqlanishi boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish. | doimiy | ||||
8. | “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi doirasida mahallalarda futbol infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Davlat mulki boʻlgan futbol maydonlari va stadionlari boʻlmagan mahallalarda boʻsh turgan yer uchastkalarini xatlovdan oʻtkazish. 2. Xatlov natijalari boʻyicha auksionga chiqariladigan davlat mulklari (yer uchastkalari) roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil noyabr | - | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Kuranboyev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) |
3. “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi doirasida mahallalarda futbol maydonlarini barpo etish boʻyicha manzilli dasturni tasdiqlash. | 2025-yil dekabr |