Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.04.1995 04.07.1994 yildagi 341-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.07.1994 yildagi 341-son
Date of entry into force
04.07.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.04.1995
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SAVDO VA XIZMAT KOʻRSATISh SOHASI OBYEKTLARINI ULAR JOYLAShGAN YER UChASTKALARI BILAN BIRGALIKDA XUSUSIY MULK QILIB SOTISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-apreldagi 126-sonli “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer maydonlari bilan birgalikda hamda yer maydonlarini meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun xususiy mulk sifatida sotish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 28-dekabrdagi 988-XII-son qarorini va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 21-yanvardagi va “Oʻzbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 1994-yil 5-martdagi Farmonlarini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda xususiy mulk qilib sotish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Qoraqalpogʻicton Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahap hokimliklari bilan birgalikda respublika sharoitida amalda sinab koʻrilganligini hisobga olgan holda mazkur nizomni 1994-yil 1-noyabrgacha tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 1994-yil 1-oktabrgacha respublika shaharlari, shaharchalari va boshqa aholi yashash joylaridagi yerlarni kompleks iqtisodiy baholashni amalga oshirsinlar hamda materiallarni Vazirlar Mahkamasiga va Davlat mulki qoʻmitasiga taqdim etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, qishloq xoʻjaligi vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda yer uchastkalarining xususiy mulk qilib sotilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida takliflar tayyorlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xususiy mulk qilib berilmaydigan yerlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari V.A.Chjen zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yil 4-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
341-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 4-iyuldagi 341-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda xususiy mulk qilib sotish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VAQTINChALIK NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 28-dekabrdagi 986-XN-son qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 21-yanvardagi va “Oʻzbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 1994-yil 15-martdagi Farmonlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga, xususiylashtiriladigan obyektlarni sotib olishda ular foydalanadigan mablagʻlarning manbalar haqida deklaratsiya talab qilmagan holda, xususiy mulk qilib olish Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning belgilangan tartibiga va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda xususiy mulk qilib sotish tanlov boʻyicha yoki kim oshdi savdolarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotish Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tegishli hokimliklar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini va yer uchastkalarini xususiy mulk qilib sotish haqidagi qarorlari taqdim etilganidan keyin qonun hujjatlari bilan belgilangan vakolatlar doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi bilan yangi mulk egasi oʻrtasida obyektning faoliyat ixtisosini saqlab qolish toʻgʻrisida shartnoma tuzish tanlov yoki kim oshdi savdosining majburiy sharti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulk egasi tomonidan obyektning faoliyat ixtisosini saqlab qolish haqida tuzilgan shartnomaning shartlari buzilganda obyekt Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan dastlabki narx boʻyicha qiymati toʻlangan holda olib qoʻyiladi, yer uchastkasi esa uning qiymati toʻlanmasdan olib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Viloyat, tuman va shahar yer tuzish xizmatlari tegishli hudud boʻyicha qurilgan va chala qurilgan maydonlardagi yer uchastkalarining chegaralarini (konturlarini) natura tarzida belgilab beradilar hamda sotuvchiga (Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasiga) ana shu maydonlarning oʻlchamini tasdiqlovchi hujjatlarni beradilar. Bunda yer maydoni savdo va xizmat koʻrsatish sohasining sotib olinayotgan obyekti sanitariya va texnologik jihatdan faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan minimal oʻlchamdan oshmasligi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ishlab turgan va qurilishi tugallanmagan savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarini yer uchastkalari bilan birgalikda xususiy mulk qilib sotishdan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika koʻchmas mulk birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 29-apreldagi 228-son qaroriga muvofiq Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi hamda tegishli hokimliklar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻrtasida taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tanlov yoki kim oshdi savdosi gʻolibiga Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan uni keyinchalik tegishli hokimliklar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda yer uchastkasiga egalik qilish huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Turar joylarda yoki maʼmuriy binolarda joylashgan savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari band qilgan yer uchastkalari xususiy mulk qilib sotilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yer uchastkalariga tabaqalashtirilgan boshlangʻich (dastlabki) narxlarni belgilash maqsadida bu uchastkalar qayerda joylashganligiga, muhandislik kommunikatsiyalari bilan taʼminlanganligiga, arxitektura va boshqa xususiyatlariga bogʻliq ravishda tegishli shaharlar va tumanlar hokimliklarning qarorlari bilan mintaqalar hududi quyidagi zonalarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida — 14 zonaga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyat markazlarida hamda aholisi 100 ming kishidan ziyod boʻlgan shaharlarda — 4 zonaga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholisi 100 ming kishidan kam boʻlgan shaharlarda — 3 zonaga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharchalarda — 2 zonaga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari yer uchastkalari bilan birgalikda tanlov boʻyicha va kim oshdi savdosida xususiy mulk qilib sotilayotganda obyektning va yer uchastkasining narxini oʻz ichiga olgan yagona boshlangʻich narx belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yer maydoni birligining boshlangʻich narxi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yilgi budjetining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida” 1993-yil 31-dekabrdagi 615-son qarori (6-ilovaning, 1, 2-jadvallari va 3-jadvalidagi 2-ustun) bilan tasdiqlangan korxonalar, muassasalar, tashkilotlardan olinadigan yer soligʻi stavkasining 50 baravari miqdorida belgilanadi. Boshlangʻich narxlar jadvallari ilova qilinmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bozor sharoitlari oʻzgarishlarini hisobga olgan holda Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda yer maydon birligining boshlangʻich narxiga oshiruvchi koeffitsiyentlar joriy etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura yodgorliklariga ega boʻlgan shaharlarda ularga yaqin joylashgan yer uchastkalarining boshlangʻich narxi 3 baravar koʻpayadi. Oshirilgan boshlangʻich narxlar belgilanadigan zonalarning chegaralari tegishli shaharlar hokimliklarining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Nukus shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi shaharlari va boshqa aholi yashash joylari boʻyicha tanlov orqali va kim oshdi savdosida sotiladigan savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari uchun moʻljallangan yer uchastkalarining boshlangʻich narxini mazkur Nizomga muvofiq belgilangan tartibda aniqlaydi va tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Bitishuvlarni yoxud yer uchastkalarini xususiy mulk qilib sotish shartlarini haqiqiy emas deb hisoblash toʻgʻrisidagi nizolar tegishli sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-jadval
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharlarda va shaharchalarda yer uchastkalarining boshlangʻich (dastlabki) narxi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎ ‎‏‎Shahar, viloyat‎ ‎1 kv. m. yer uchastkasining narxi‎‎ (soʻm)
‎1-zona‎ ‎2-zona‎ ‎3-zona‎ ‎4-zona‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎
Oqtosh‎ 8,23‎ 6,76‎ 5,82‎ —‎
Olmaliq‎ 11,45‎ 10,44‎ 8,97‎ 8,18‎
Angren‎ 11,45‎‎ 10,44‎‎ 8,97‎‎ 8,18‎‎
Andijon‎ 13,50 12,67 11,84‎ 10,90‎
Asaka‎ 8,00‎ 6,53‎ 5,58‎ —‎
Ohangaron‎ 8,21‎ 6,74‎ 5,80‎ —‎‎
Bekobod‎ 9,31‎ 7,84‎ 6,67‎ —‎‎
Buxoro‎ 11,10‎ 10,08‎ 8,61‎ 7,82‎
Gʻijduvon‎ 7,86‎ 6,39‎ 5,45‎ —‎
Guliston‎ 8,65‎ 7,18‎ 6,01‎ —‎
Denov‎ 9,55‎ 7,93‎ 6,90‎ —‎
Drujba‎ 7,86‎ 6,39‎ 5,45‎ —‎
Jizzax‎ 10,98‎ 9,97‎ 8,50‎ 7,71‎
Zarafshon‎ 8,23‎ 6,76‎ 5,82‎ —‎
Kogon‎ 7,86‎ 6,39‎ 5,45‎ —‎
Qorasuv‎ 8,00‎ 6,53‎ 5,58‎ —‎
Qarshi ‎ 10,76‎ 9,74‎ 8,27‎ 7,48‎
Kosonsoy‎ 7,93‎ 6,46‎ 5,52‎ —‎
Kattaqurgʻon‎ 9,32‎ 7,85‎ 6,68‎ —‎
Qoʻqon‎ 11,08‎ 10.06‎ 8,59‎ 7,80‎

Quva‎

7,84‎ 6,37‎ 5,43‎ —‎
Quvasoy ‎ 7,84‎ 6,37‎ 5,43‎ —‎
Margʻilon‎ 8,93‎ 7,46‎ 6,29‎ —‎
Navoiy‎ 10,95‎ 9,94‎ 8,47‎ 7,67‎
Namangan‎ 13,43‎ 12,60‎ 11,77‎ 10,83‎
Samarqand‎ 13,73‎ 12,90‎ 12,07‎ 11,13‎
Sirdaryo‎ 7,56‎ 6,09‎ 5,15‎ —‎
Termiz‎ 9,77‎ 8,31‎ 7,14‎ —‎
Urganch‎ 11,10‎ 10,09‎ 8,62‎ 7,83‎
Urgut‎ 8,23‎ 6,76‎ 5,82‎ —‎
Uchquduq‎ 7,71‎ 6,24‎ 5,30‎ —‎
Uchqurgʻon‎ 7,93‎ 6,46‎ 5,52‎ —‎
Fargʻona‎ 11,08‎ 10,06‎ 8,59‎ 7,80‎
Xaqqulobod‎ 7,93‎ 6,46‎ 5,52‎ —‎
Xonobod‎ 8,00‎ 6,53‎ 5,58‎ —‎
Xiva‎ 7,86‎ 6,39‎ 5,45‎ —‎
Chortoq‎ 7,93‎ 6,46‎ 5,52‎ —‎
Chirchiq‎ 11,45‎ 10,44‎ 8,97‎ 8,18‎
Chust‎ 7,93‎ 6,46‎ 5,52‎ —‎
Shahrisabz‎ 9,47‎ 7,86‎ 6,57‎ —‎
Shahrixon‎ 8,00‎ 6,53‎ 5,58‎ —‎
Shirin‎ 7,56‎ 6,09‎ 5,15‎ —‎
Yangiobod‎ 8,21‎ 6,74‎ 5,80‎ —‎
Yangiyer‎ 7,56‎ 6,09‎ 5,15‎ —‎
Yangiyoʻl‎ 8,21‎ 6,74‎ 5,80‎ —‎
‎‎Viloyatlar boʻyicha boshqa kichik shaharlar‎‏‎
Andijon‎ 8,00‎ 6,53‎ 5,58‎ —‎
Buxoro‎ 7,86‎ 6,39‎ 5,45‎ —‎
Jizzax‎ 7,52‎ 6,05‎ 5,11‎ —‎
Qashqadaryo‎ 8,61‎ 7,14‎ 5,97‎ —‎
Navoiy‎ 7,71‎ 6,24‎ 5,30‎ —‎
Namangan‎ 7,93‎ 6,46‎ 5,52‎ —‎
Samarqand‎ 8,23‎ 6,76‎ 5,82‎ —‎
Surxondaryo‎ 8,68‎ 7,21‎ 6,27‎ —‎
Sirdaryo‎ 7,56‎ 6,09‎ 5,15‎ —‎
Toshkent‎ 8,21‎ 6,74‎ 5,80‎ —‎
Fargʻona‎ 7,84‎ 6,37‎ 5,43‎ —‎
Xorazm‎ 7,86‎ 6,39‎ 5,45‎ —‎

‎Viloyatlar boʻyicha shaharchalar‎

Andijon‎ 6,53‎ 5,58‎ —‎‎ —‎‎
Buxoro‎‎ 6,39‎ 5,45‎ —‎‎ —‎‎
Jizzax‎‎ 6,05‎ 5,11‎ —‎‎ —‎‎
Qashqadaryo‎‎ 6,05‎ 5,11‎ —‎‎ —‎‎
Navoiy‎‎ 6,24‎ 5,30‎ —‎‎ —‎‎
Namangan‎‎ 6,46‎ 5,52‎ —‎‎ —‎‎
Samarqand‎ 6,76‎ 5,82‎ —‎‎ —‎‎
Surxondaryo‎‎ 7,21‎ 6,27‎ —‎‎ —‎‎
Sirdaryo‎‎ 6,09‎ 5,15‎ —‎‎ —‎‎
Toshkent‎‎ 6,74‎ 5,80‎ —‎‎ —‎‎
Fargʻona‎‎ 6,37‎ 5,43‎ —‎‎ —‎‎
Xorazm‎‎ 6,39‎ 5,45‎ —‎‎ —‎‎

‎‎Viloyatlar boʻyicha qishloq aholi yashash joylari

Andijon‎‎‎ 4,50‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Buxoro‎‎‎ 4,35‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Jizzax‎‎ 4,05‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Qashqadaryo‎‎‎ 4,05‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Navoiy‎‎‎ 4,20‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Namangan‎‎‎ 3,95‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Samarqand‎‎ 4,75‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Surxondaryo‎‎‎ 5,20‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Sirdaryo‎‎‎ 4,05‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Toshkent‎‎‎ 4,75‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Fargʻona‎‎‎ 4,35‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Xorazm‎‎‎ 4,40‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-jadval
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida yer uchastkasining boshlangʻich (dastlabki) narxi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Zonalar‎

‎1 kv. m. yer uchastkasining
‎narxi (soʻm)‎
1‎ 13,69‎
2‎ 14,10‎
3‎ 23,54‎
4‎ 35,31‎
5‎ 41,96‎
6‎ 58,70‎
7‎ 70,44‎
8‎ 82,42‎
9‎ 93,96‎
10‎ 105,23‎
11‎ 116,81‎
12‎ 128,48‎
13‎ 140,05‎
14‎ 149,44‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-iyuldagi 341-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy mulk qilib berilmaydigan yerlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy foydalanishdagi yerlar (maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, sohil boʻylari, istirohat bogʻlari, skverlar, xiyobonlar, hovuzlar, plyajlar va boshqalar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiat yodgorliklari, botanika bogʻlari yerlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻlomlashtirish va tarixiy-madaniy maqsadlarga moʻljallangan yerlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligini yuritish, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni qoʻriqlash uchun berilgan yerlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xavfli moddalar bilan zaharlangan va biogen zaharlanishga uchragan yerlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharlarni rivojlantirish bosh rejalarida, mukammal rejalashtirish loyihalarida va obyektlarni (savdo va xizmat koʻrsatish obyektlaridan tashqari) joylashtirish sxemalarida nazarda tutilgan yerlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistral yoʻllarga tutash yerlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr quvvati uzatish liniyalari, kabel liniyalari va podstansiyalar, issiqlik, vodoprovod va kanalizatsiya trassalari hamda gaz quvurlari, umumdavlat aloqa liniyalari uchun ajratilgan yerlar va ulardagi inshootlar.