23.07.2025 yildagi 462-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.07.2025 yildagi 462-son
Date of entry into force
26.07.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-son Farmoniga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari orqali koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamlar Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va sogʻliqni saqlash boʻyicha ijtimoiy yordamlar esa — oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan oilalarga ham taqdim etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmonining 12-bandiga muvofiq yoʻnaltirilishi belgilangan mablagʻlarning 70 foizi tuman (shahar)dagi aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soni va Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar sonidan kelib chiqib, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalariga teng ulushda oʻtkazilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mablagʻlarni “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Saxovat va koʻmak” va “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmalariga oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son Farmoniga muvofiq tuman (shahar)ning ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda belgilangan toifasi boʻyicha quyidagi tuzatish koeffitsiyentlari qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 0,88;

2-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 0,95;

3-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,03;

4-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,06;

5-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,1;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mazkur qarorning 1 va 2-bandlariga muvofiq mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan har chorakda tasdiqlanadigan taqsimot asosida taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda mablagʻlarni taqsimlashda tuman (shahar)dagi nogironligi boʻlgan shaxslar va Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi hamda tumanlar (shaharlar) boʻyicha aholi soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Statistika” integrallashgan axborot tizimi orqali idoralararo elektron hamkorlik vositasida olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalariga tushgan mablagʻlar har oyda keyingi oyning 5-sanasiga qadar tuman (shahar)lardagi mahallalar aholisi soni, Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soniga mutanosib ravishda har bir mahalla kesimida taqsimlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari mahallalar kesimida taqsimlanadigan mablagʻlar miqdorini tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari hamda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari mablagʻlarini taqsimlovchi masʼul tashkilotlar tashabbusiga koʻra mahalla fuqarolar yigʻinlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib, mazkur jamgʻarmalarda shakllangan umumiy mablagʻlar doirasida kamaytirish yoki koʻpaytirish huquqiga ega;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) har yilning yanvar oyida mazkur bandning “v” kichik bandiga muvofiq tuman (shahar)lardagi mahallalar kesimida taqsimlangan, biroq oʻtgan moliya yili yakuni bilan foydalanilmagan qoldiq mablagʻlar mazkur bandda nazarda tutilgan tartibda mahallalar kesimida qayta taqsimlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va ularning aʼzolariga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2026-yil 1-yanvarga qadar koʻrsatilgan ijtimoiy yordamlar pullari fuqarolar ixtiyorida qoldirilsin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tuman (shahar) hokimliklari 2025-yil 15-oktabrga qadar “mahalla yettiligi” tomonidan ijtimoiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida 2025-yil 1-avgustga qadar qabul qilingan kollegial qarorlarga muvofiq tuman (shahar) “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalaridan tegishli xarajatlarni amalga oshirsin hamda hisobvaraqdagi qoldiq mablagʻlarni tegishlicha Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari huzuridagi “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalariga oʻtkazib bersin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Raqamli texnologiyalar vazirligi bir oy muddatda Sogʻliqni saqlash vazirligining Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimini fuqarolarning qonunchilik hujjatlariga koʻra tibbiy yordam olish uchun imtiyozli toifalarini vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Agentlik Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 15-avgustga qadar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan vaucher asosida yordam koʻrsatish tizimini joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda mazkur tizim eksperiment tariqasida 2025-yil 15-avgustdan boshlab Toshkent shahri hamda Andijon viloyatining tuman (shahar)larida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 23-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
462-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 31-martdagi 145-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari “Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 4, 5 va 6-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “Ayollar daftari” jamgʻarmasining daromad va xarajatlari yillik parametrlarini va ularning ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni, yillik ish rejalarini tasdiqlash hamda jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlar “Ayollar daftari” jamgʻarmasi Vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) tomonidan amalga oshiriladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ayollar daftari” jamgʻarmasining daromad va xarajatlarning yillik parametrlari tuman (shahar)lar kesimida ulardagi aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soni va Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ayollar daftari” jamgʻarmasining taqsimlangan daromad va xarajatlarning yillik parametrlari Vasiylik kengashi tomonidan mahallalardagi aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soni va Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar soniga mutanosib ravishda mahallalar kesimida qayta taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Vasiylik kengashi aʼzolari jamgʻarmani boshqarish boʻyicha faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarining shakllanishi va sarflanishi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq mablagʻlarni taqsimlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib toifalarga ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi shahar va tumanlarining roʻyxatiga muvofiq tuman (shahar)ning ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda belgilangan toifasi boʻyicha quyidagi tuzatish koeffitsiyentlari qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 0,88;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 0,95;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,03;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,06;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,1.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimlari hamda sektorlar rahbarlari bilan hamkorlikda xotin-qizlar bandligini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari har chorakda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman (shahar) budjetlarida shakllangan qoʻshimcha manbalar hisobidan “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari xarajatlarini moliyalashtirishga yetarli boʻlgan miqdorda “Ayollar daftari” jamgʻarmasiga mablagʻ yoʻnaltirish yuzasidan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) Kengashlariga taklif kiritilishini taʼminlasin.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 8-banddan “davlat” soʻzi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

kambagʻal oilalar — Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-paragraf oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“turar joy ijarasi uchun toʻlovlarning 50 foizi, lekin koʻpi bilan 500 ming soʻmgacha boʻlgan qismi Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kambagʻal oila aʼzosi boʻlgan xotin-qizlarga esa “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan turar joy ijarasi uchun toʻlovlarning 50 foizi, lekin koʻpi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha, Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida BHMning 3 baravarigacha miqdorda qoplab beriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi ““Ayollar daftari”ga kiritilgan” soʻzlari “kambagʻal oila aʼzosi boʻlgan xotin-qizlarning hamda oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Har bir uy-joyni taʼmirlash uchun zarur boʻlgan qurilish materiallarini xarid qilish uchun tegishli tovarlarni (xizmatlar va ishlar)ni yetkazib beruvchilarga shartnomaga muvofiq “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda mablagʻ oʻtkazib beriladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi ““Ayollar daftari” jamgʻarmasi va Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan” soʻzlari “qonunchilik hujjatlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshidagi “Tibbiy-mehnat” soʻzlari “Tibbiy-ijtimoiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
““Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59-banddagi “Moliya vazirligi huzuridagi” soʻzlari “Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizomga 2-ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5, 11, 13, 17, 20, 21, 31, 36, 38, 39 va 41-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

14.

Turar joy ijarasi uchun kompensatsiya toʻlash.

turar joy ijarasi uchun toʻlovlarning 50 foizi, lekin koʻpi bilan 500 ming soʻmgacha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Xotin-qizlar faoli

;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning hamda oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalarning 30 yoshdan oshgan xotin-qizlariga ijtimoiy yordamlar koʻrsatilishini moliyalashtirish uchun belgilangan tartibda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qaroriga muvofiq “Ayollar daftari” jamgʻarmasi tashkil etiladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 41 va 42-bandlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“41. Mazkur Nizom 4-bandining uchinchi xatboshisida belgilangan mablagʻlar tuman (shahar)lar kesimida ulardagi aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soni va Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib toifalarga ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi shahar va tumanlarining roʻyxatiga muvofiq tuman (shahar)ning ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda belgilangan toifasi boʻyicha quyidagi tuzatish koeffitsiyentlari qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 0,88;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 0,95;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,03;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,06;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,1.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Mazkur Nizomning 41-bandiga muvofiq taqsimlangan mablagʻlar Vasiylik kengashi tomonidan mahallalardagi aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soni va Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar soniga mutanosib ravishda mahallalar kesimida qayta taqsimlanadi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomga 1 — 7-ilovalarga muvofiq pasportlarda nazarda tutilgan ijtimoiy yordamlarni koʻrsatishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan tartibga muvofiq xotin-qizlar uchun madaniy-maʼrifiy, sport va boshqa tadbirlar tashkil etish xarajatlarini moliyalashtirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga muvofiq ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar Vasiylik kengashi tomonidan quyidagilar hisobidan ajratiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobvaraqlarida shakllangan, biroq tegishli tuman (shahar)dagi mahallalar kesimida taqsimlanmagan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobvaraqlarida shakllanib, muqaddam tegishli tuman (shahar)dagi mahallalar kesimida taqsimlangan boʻlsada, biroq ushbu mablagʻlar taqsimlangan oyda foydalanilmagan qoldiq mablagʻlar.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning 30 yoshdan oshgan xotin-qizlariga — oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual reja asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalarning 30 yoshdan oshgan xotin-qizlariga — “mahalla yettiligi” tomonidan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning individual dasturlari asosida Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq sarflanadi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ayollar daftari” jamgʻarmasining daromad va xarajatlari yillik parametrlarining mahallalardagi aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soni va Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar sonidan kelib chiqib, har bir mahalla kesimida taqsimlanishini, ularning ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni, shuningdek, “Ayollar daftari” jamgʻarmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
““Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi murojaatlari bilan ishlaydi va koʻrib chiqish uchun Vasiylik kengashiga taqdim etadi;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-banddagi “Tuman (shahar)lar” soʻzlaridan keyin “iqtisodiyot va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-banddagi “Bosh prokuraturasi huzuridagi” soʻzlaridan keyin “Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 1 — 7-ilovalar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
““Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xotin-qizlarning bandligi va ijtimoiy faolligini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun grant ajratish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI

1.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 60 baravarigacha

2.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

Jismoniy shaxslar va nodavlat tashkilotlar

3.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy loyiha va uni amalga oshirish natijasida olinadigan natijalar toʻgʻrisida maʼlumot;

ijtimoiy loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlar hisob-kitobi (smeta).

4.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

Ijtimoiy yordam tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari — tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi rahbarligidagi komissiya* tomonidan har yili oʻtkaziladigan “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovida gʻolib deb topilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratiladi. Bunda:

“Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovini oʻtkazish, shu jumladan ijtimoiy loyihalarni koʻrib chiqish va gʻolib loyihalarni tanlash tartibi Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;

“Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovi yakuni boʻyicha gʻolib deb topilgan ijtimoiy loyihalar har yili 8-mart — “Xotin-qizlar kuni”da eʼlon qilinadi.

5.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Bir yilda bir marta

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Mazkur yordam:

jismoniy shaxslarga ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun zarur asbob-uskuna, jihozlar, xomashyo yoki xizmatlar xarid qilib berish orqali ajratiladi;

nodavlat tashkilotlarga ish oʻrinlarini yaratish, ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) koʻlamini kengaytirish, xomashyo xarid qilish, loyiha doirasida ishga qabul qilingan shaxslarning bilimi va malakasini oshirish maqsadida oʻqitish xarajatlarini qoplash uchun ularning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga shartnomaga muvofiq oʻtkazib beriladi.

7.

Izoh:

“Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovida qatnashadigan ijtimoiy loyihalar quyidagi tartibda shakllantiriladi va koʻrib chiqiladi:

har bir mahallada jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan ijtimoiy loyihalar har yili yanvar oyi yakuniga qadar ushbu mahallada faoliyat yurituvchi xotin-qizlar faoliga taqdim etiladi;

jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan hamda xotin-qizlar faoli tomonidan shakllantiriladigan roʻyxatga kiritilgan mahallada amalga oshirilishi rejalashtirish ijtimoiy loyihalar ushbu “mahalla yettiligi” tomonidan har yili fevral oyining 20-sanasiga qadar koʻrib chiqiladi hamda eng yaxshi deb topilgan 3 ta loyiha tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari — tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi rahbarligidagi komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritiladi;

tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari — tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi rahbarligidagi komissiya tomonidan har yili 8-martga qadar mahallalar tomonidan taqdim etilgan loyihalar orasidan mahallalar kesimida har bir mahallada yashovchi Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning kamida 3 nafar xotin-qizlarining bandligini taʼminlash va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan bitta loyiha gʻolib deb topiladi.

Bunda mazkur pozitsiyaning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ijtimoiy loyihalarni koʻrib chiqish va gʻolibni aniqlashda quyidagi mezonlarga asoslaniladi:

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning xotin-qizlarini** doimiy ish joyi bilan taʼminlashga yoki ularni ijtimoiy faolligini oshirishga (tadbirkorlik faoliyatini boshlash, sport bilan shugʻullanish, sanʼat va madaniy faoliyat bilan shugʻullanish) qaratilganligi;

loyihani amalga oshirish uchun zarur moliyaviy resurs, dastgoh, uskuna va jihozlarga ega boʻlish;

loyihaning mahallani ixtisoslashuviga mosligi, dolzarbligi, bozorbop va daromadliligi, ijtimoiy jozibadorligi;

jismoniy va yuridik shaxslarning amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy loyiha boʻyicha tajribaga egaligi;

xodimlar uchun zarur mehnat sharoitlari yaratish va munosib ish haqi toʻlashga qobiliyatliligi;

ish bilan taʼminlash bilan bir qatorda malakasi yetarli boʻlmagan xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish yoki malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash imkoniyati mavjudligi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Mazkur komissiya tarkibi Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovini oʻtkazish tartibida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Ijtimoiy loyihani amalga oshirish natijasida birinchi navbatda quyidagi toifaga mansub Kambagʻal oilalarning xotin-qizlarini bandiligini taʼminlash va ijtimoiy faolligini oshirish talab etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan shugʻullanayotgan xotin-qizlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan xotin-qizlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi boʻlgan mehnatga layoqatli ishsiz xotin-qizlar (ularning mehnat muhofazasi talablariga mos ravishda bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norasmiy bandlikni qisqartirish maqsadida kundalik mehnat faoliyati bilan shugʻullanib, daromad topayotgan xotin-qizlar (ularning bandligini taʼminlash boʻyicha ushbu xotin-qizlarni shugʻullanib kelayotgan faoliyat turlarini hamda ehtiyoj va qiziqishlarini inobatga olgan holda, oʻqitish va bandligini taʼminlash);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odam savdosidan hamda tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan, ogʻir iqtisodiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy oʻrta va professional taʼlim muassasalarini tugatgan, oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kira olmagan yoki oliy taʼlimda oʻqish uchun imkoniyati boʻlmagan ishsiz xotin-qizlar (mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasblarga va IT texnologiyalariga oʻqitib, ularning bandligini taʼminlash);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik roʻyxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan xotin-qizlar yoki ularning ikki va undan ortiq farzandlarining bir nafariga toʻlov-kontraktini toʻlab berish tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Toʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda

2.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilaning 30 yoshdan katta xotin-qizlari va ularning farzandlari

3.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilaning 30 yoshdan katta xotin-qizlari yoki ularning farzandlarining oliy taʼlim tashkilotiga oʻqishga kirganligi haqidagi oliy taʼlim tashkiloti buyrugʻi;

toʻlov-kontrakt asosida taʼlim berish toʻgʻrisidagi shartnoma.

4.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

Mazkur yordam quyidagilarga taqdim etiladi:

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilaning xotin-qizlari oliy taʼlim tashkilotining bakalavriat yoki magistratura yoʻnalishning kunduzgi shaklida taʼlim olayotganda bevosita ushbu shaxslarga;

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilaning xotin-qizlarning ikki yoki undan ortiq farzandlari oliy taʼlim tashkilotining bakalavriat yoki magistratura yoʻnalishning kunduzgi shaklida taʼlim olayotganda mazkur farzandlarning bir nafariga.

5.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Oliy taʼlim tashkilotini tugatgunga qadar bir marotaba

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Oliy taʼlim tashkilotiga toʻlov-kontrakt asosida taʼlim berish toʻgʻrisidagi shartnoma muvofiq oʻtkaziladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Jarrohlik amaliyotisiz davolanish hamda jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Jarrohlik amaliyotisiz davolanish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha;

jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanishi belgilangan bazaviy narxlar doirasida.

2.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning 30 yoshdan katta xotin-qizlari;

oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalarning 30 yoshdan katta xotin-qizlari.

3.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Yordam oluvchining kasalligiga muvofiq ixtisoslashtirilgan muassasalarda davolanishlarini taʼminlaydigan, tibbiy xizmatning qiymati koʻrsatilgan hamda matritsali shtrix kod (QR-kod)ga ega boʻlgan yoʻllanma.

4.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

a) oila Kambagʻal oilalar reyestrida turganda yoki soliq organlarining maʼlumotiga koʻra oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromadi minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan oshmaganda;

b) yordam oluvchining kasalligiga muvofiq ixtisoslashtirilgan muassasalarda davolanishlarini taʼminlaydigan, tibbiy xizmatning qiymati koʻrsatilgan hamda matritsali shtrix kod (QR-kod)ga ega boʻlgan yoʻllanma (keyingi oʻrinlarda — yoʻllanma)ga koʻra, tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha navbat kamida ikki oy va undan ortiq boʻlganda. Bunda navbat muddati avvalgi bir oyda navbati kelgan bemorlar sonidan kelib chiqib Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan hisoblanadi.

5.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Bir yilda bir marta

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Mazkur yordamni koʻrsatish boʻyicha mablagʻlar Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga oʻtkazib beriladi. Bunda:

yordam koʻrsatiladigan shaxsni jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyotini oʻtkazish Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tanlangan hamda imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga koʻrsatilgan tibbiy yordam xarajatlarini qoplash boʻyicha shartnoma tuzilgan tibbiyot tashkiloti (davlat yoki nodavlat) tomonidan yoʻllanma asosida amalga oshiriladi;

yordam koʻrsatiladigan shaxslar Sogʻliqni saqlash vazirligining imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimida boshqa shaxslardan alohida tarzda yuritiladigan navbat asosida davolanadi;

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarni har oyga alohida rejalashtiradi;

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi har oyning 5 sanasiga qadar mazkur oyda “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazish uchun ajratilgan mablagʻlar miqdori haqidagi maʼlumotlarni Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga taqdim etadi;

yordam koʻrsatiladigan shaxslar Sogʻliqni saqlash vazirligining Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimida boshqa shaxslardan alohida tarzda yuritiladigan navbat asosida davolanadi, bunda rejalashtirilgan mablagʻlar miqdori yordam koʻrsatiladigan shaxs jarrohlik amaliyotisiz davolanadigan holatda BHMning 50 baravaridan kam boʻlsa, jarrohlik amaliyoti oʻtkaziladigan holatda ushbu amaliyotni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanishi belgilangan bazaviy narxdan kam boʻlsa, yoʻllanmani tasdiqlash rad etiladi va bemor davolanish uchun navbatdagi oyda murojaat qiladi;

yordam koʻrsatiladigan shaxsni jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganidan soʻng Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasining talabnomasiga muvofiq tegishli xarajatlarni moliyalashtirish uchun mablagʻlar 3 ish kuni ichida Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati tomonidan tegishli mablagʻlar tibbiyot tashkilotiga oʻtkazib beriladi.

7.

Izoh:

a) mazkur yordam uni oluvchilar uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq Davlat tibbiy sugʻurtasi mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatilmagan yoki ushbu yordam xarajatlari boshqa manbalar (“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi va boshqa manbalar) hisobidan qoplanmagan holatlarda koʻrsatiladi.

b) Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Ijro etuvchi apparati tomonidan “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tibbiyot tashkilotlariga oʻtkazilgan mablagʻlar boʻyicha alohida hisob-kitob yuritiladi.

v) yordam oluvchilarning hisobi Sogʻliqni saqlash vazirligining Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimida alohida yuritiladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Xotin-qizlarga turar joy ijarasi uchun kompensatsiya toʻlab berish tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Ijara toʻlovining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha (Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha)

2.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar

3.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi oʻrtasida tuzilgan turarjoy ijarasi toʻgʻrisidagi shartnoma

4.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

-

5.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Cheklanmagan muddatga

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Turar joy ijarasi toʻgʻrisidagi uch tomonlama shartnomaga muvofiq toʻlab beriladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

Xotin-qizlarning uy-joyini taʼmirlash uchun mablagʻ ajratish tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha

2.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar;

oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalarning 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar.

3.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

-

4.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

-

5.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Bir marta

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Uy-joyni taʼmirlash uchun zarur boʻlgan qurilish materiallarini xarid qilish uchun tegishli tovarlarni (xizmatlar va ishlar)ni yetkazib beruvchilarga shartnomaga muvofiq toʻlanadi.

7.

Izoh:

a) mazkur yordamdan foydalanish uchun unga haqiqatda muhtojlik mavjudligi “mahalla yettiligi” tomonidan yordam oluvchilarga mulk huquqi yoki boshqa huquqlar asosida tegishli boʻlgan uy-joylarga borgan holda oʻrganish oʻtkazilib, dalolatnoma tuziladi.

Bunda, mazkur dalolatnomada yordam oluvchiga tegishli uy-joyni taʼmirlanishi lozim boʻlgan qismlari hamda yangisiga almashtirilishi lozim boʻlgan jihozlar (eshik-rom, shifer va boshqalar) aniq koʻrsatiladi;

b) yordam oluvchiga tegishli uy-joyni taʼmirlash uchun xarid qilinadigan tovarlar, shu jumladan qurilish mollari xaridini amalga oshirishda tovar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilarni maxsus axborot portalida eʼlon joylashtirmasdan va xarid qilish tartib-taomillarini elektron shaklda oʻtkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali aniqlanadi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

Bir martalik moddiy yordam koʻrsatish tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha

2.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

“Ayollar daftari”ga kiritilgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar uchun beriladi:

boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;

ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;

qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar.

3.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlardan — boquvchisini yoʻqotganligini yoki boquvchisi sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb eʼlon qilingan yoxud vafot etgan deb topilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (oʻlim haqidagi guvohnoma, sud hal qiluv qarori yoki boshqa hujjatlar);

b) ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlardan:

I va II guruh nogironlik belgilanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;

tezkor tibbiy muolajaga muhtojlikni tasdiqlovchi hujjat yoki maʼlumotnoma;

v) qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlardan — farzandi nogironligi boʻlgan bola ekanligi yoki farzandiga I va II guruh nogironlik belgilanganligini tasdiqlovchi hujjatlar.

4.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

-

5.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Bir marta

6.

Izoh:

a) mazkur yordam “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida yordam koʻrsatish uchun belgilangan tartib-taomillar asosida taqdim etiladi;

b) mazkur pasportning 3-pozitsiyasida nazarda tutilgan hujjatlar idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadi. Agarda tegishli hujjatlarni idoralararo elektron hamkorlik orqali olish imkoniyati boʻlmaganda, ular mazkur pasportning 2-pozitsiyasiga muvofiq tegishli toifadagi xotin qizlardan soʻrab olinadi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash yordamini koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam miqdori:

BHMning 100 baravarigacha boʻlgan miqdorda.

Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlari miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha boʻlganda toʻliq, xarajatlar miqdori ushbu chegaradan yuqori boʻlgan hollarda esa — xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha boʻlgan qismi qoplab beriladi.

2.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan 30 yoshdan oshgan nogironligi boʻlgan xotin-qizlar.

3.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

-

4.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

a) oxirgi 12 oy davomida oʻzi yoki oila aʼzolari nomida yashash uchun moʻljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud boʻlmasligi.

b) yer uchastkasi oxirgi uch oy ichida auksion orqali xarid qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi;

v) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan ekspertiza natijalari boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan, shuningdek, Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan boʻlishi.

5.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Faqat bir marotaba

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Mazkur yordam boʻyicha tegishli mablagʻlar yordam oluvchining bank plastik kartasiga oʻtkazib beriladi.

7.

Izoh:

Yordam oluvchi shaxslarga bir martalik toʻlov 14 — 30 yoshdagi shaxslar uchun “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari,

30 yoshdan katta boʻlgan xotin-qizlar uchun “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari, boshqa ehtiyojmand shaxslar uchun “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Bunda, Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan, biroq “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilmagan shaxslar xotin-qizlar faoli yoki yoshlar yetakchisi tomonidan bir oy muddatda “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari”ga kiritiladi hamda ularga bir martalik toʻlov amalda oshiriladi.

.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-iyundagi 312-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 4 va 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar)lardagi “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs boʻlmagan hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasini tashkil etish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarish va ulardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmalarini hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining, tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlarini tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining ishchi organi etib belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ularning davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy koʻmakka muhtoj hamda iqtidorli va faol yoshlarga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning isteʼdodlarini qoʻllab-quvvatlash, besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish hamda amaliy yordamlar toʻliq koʻrsatish orqali yoshlarni “Yoshlar daftari”dan chiqarish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalarining daromadlar va xarajatlar parametrlarini, ularning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni, ish rejalarini tasdiqlash hamda mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlar tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari Vasiylik kengashlari hamda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — tegishli hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi Vasiylik kengashi raisi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari Vasiylik kengashlari aʼzolarining faoliyati jamoatchilik asosida tashkil etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 14-banddagi “Sportni rivojlantirish” soʻzlari “Sport” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 16-banddagi “xizmati” soʻzi “qoʻmitasi” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 18-banddagi “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga” soʻzlari “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamentiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar)lardagi “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi), shuningdek, tuman (shahar)lardagi “Yoshlar daftari” jamgʻarmalarini (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi) tashkil etish, ularning mablagʻlarini shakllantirish va ushbu mablagʻlardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qaroriga, shuningdek, tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qaroriga muvofiq belgilangan tartibda shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining mablagʻlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar gʻaznachilik boshqarmalarida, shuningdek, tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining mablagʻlari tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimlarida alohida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida yigʻiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish manbalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti qoʻshimcha manbalari hisobidan har chorakda ajratiladigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlari;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari qarorlariga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti qoʻshimcha manbalari hisobidan har chorakda ajratiladigan mablagʻlarni, birinchi navbatda, tegishli hududning qoʻshimcha manbalari nisbatan kam miqdorda shakllangan tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalariga oʻtkazib borish yuzasidan takliflarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan ajratmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari qaroriga asosan tuman (shahar) budjetlari qoʻshimcha manbalari hisobidan har chorakda ajratiladigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmonining 12-bandida belgilangan tushumlarning mazkur Farmonga 3-ilovaga muvofiq miqdordagi mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan manba hisobidan tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalariga ajratiladigan mablagʻlarning umumiy miqdori tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari qarorlariga asosan belgilanadi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi tomonidan tumanlar (shahar)lar kesimida ulardagi aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soni va Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar soniga mutanosib miqdorlarda tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalariga avtomatik ravishda taqsimlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaruratga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari qarorlariga asosan tuman (shahar) budjetlari qoʻshimcha manbalari nisbatan kam miqdorda shakllangan tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalariga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu Nizomning 5-bandi toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus hisobvaraqda jamlanadi hamda tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalariga tumanlar (shaharlar)dagi aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soni va Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar soniga mutanosib miqdorlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib toifalarga ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi shahar va tumanlarining roʻyxatiga muvofiq tuman (shahar)ning ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda belgilangan toifasi boʻyicha quyidagi tuzatish koeffitsiyentlarini qoʻllagan holda avtomatik ravishda taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 0,88;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 0,95;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,03;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,06;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,1.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasida shakllangan mablagʻlar tuman (shahar) hokimligi tomonidan har oyning 5-sanasiga qadar mahallalarda yashovchi aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soni va Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar soniga mutanosib ravishda tuman (shahar)dagi mahallalar kesimida qayta taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimlari ushbu Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan manbalar hisobidan hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlarini oʻz vaqtida va toʻliq shakllantirishga shaxsan masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududning qoʻshimcha manbalari nisbatan kam miqdorda shakllangan tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar ishlari agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan kalendar rejada belgilangan mahalla, sektor, tuman (shahar) va hudud darajasidagi loyihalar, yoshlar festivallari, forumlar, tanlovlar va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni moliyalashtirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallalarda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga moʻljallangan yengil turdagi kichik kutubxonalar va sport obyektlarini barpo etish hamda ularni zamonaviy jihozlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallalardagi yoshlar yetakchilari uchun ajratilgan xizmat xonalarini moddiy-texnik jihozlar (mebel, planshet, kompyuter toʻplami, aloqa, internet va boshqalar) bilan taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa xarajatlarni qoplashga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kamida 3 nafar Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning aʼzosi boʻlgan yoshlarning bandligi va ijtimoiy faolligini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi oʻrinlarda — BHM) 60 baravarigacha grant ajratishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning aʼzolari uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BHMning 1 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda nogironligi boʻlgan yoshlarning parasport toʻgaraklariga qatnashishi uchun yoʻlkira xarajatlarini qoplashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6 oy davomida muntazam sport va sanʼat toʻgaraklariga qatnashayotgan yoshlar uchun BHMning 10 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda maxsus sport formasi, inventar yoki musiqa va cholgʻu asboblarini xarid qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplash uchun BHMning 8 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professional va oliy taʼlim tashkilotlari yosh oʻquvchi-talabalarining toʻlov-kontrakt summasining 50 foizi, ammo BHMning 50 baravaridan koʻp boʻlmagan qismini toʻlab berishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning tadbirkorlik, anʼanaviy va zamonaviy kasblarni egallash, axborot texnologiyalarini oʻrganish va xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarida 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga oʻqish xarajatlarining har oyda BHMning 4 baravarigacha boʻlgan qismini qoplashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi oʻquv kurslari uchun olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga har oyda BHMning 1 baravarigacha subsidiya ajratishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun mahalliy bosqichdagi tadbirlarga BHMning 4 baravarigacha, xalqaro bosqichdagi tadbirlarga BHMning 40 baravarigacha subsidiya berishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga taʼlim, madaniyat va sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohasiga va fanlarni oʻqitishga ixtisoslashgan nodavlat taʼlim tashkilotining noturar joy ijarasi yoki zarur jihozlar bilan taʼminlash xarajatlarini BHMning 50 baravarigacha miqdorda qoplashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini toʻliq miqdorda qoplash uchun subsidiya berishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga har oyda ijara toʻlovlarining 50 foizi, biroq BHMning 2 baravarigacha, Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida BHMning 3 baravarigacha miqdorda 12 oygacha turar joy ijarasi uchun kompensatsiya toʻlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan hamda oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga nisbatan minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan oilalarning 14 — 30 yoshdagi aʼzolarining jarrohlik amaliyotisiz davolanish uchun BHMning 50 baravarigacha va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan belgilangan bazaviy narxlar doirasidagi xarajatlarini qoplash maqsadida Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) mahalla darajasida bir kalendar oy uchun BHMning 20 baravarigacha, biroq moliya yili davomida jamgʻarma tushumlarining 25 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplashga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga koʻra ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarga ham yoʻnaltirilishi mumkin. Bunda ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan quyidagilar hisobidan ajratiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobvaraqlarida shakllangan, biroq tegishli tuman (shahar)dagi mahallalar kesimida taqsimlanmagan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobvaraqlarida shakllanib, muqaddam tegishli tuman (shahar)dagi mahallalar kesimida taqsimlangan boʻlsada, biroq ushbu mablagʻlar taqsimlangan oyda foydalanilmagan qoldiq mablagʻlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan ijtimoiy yordam boshqa manbalar va jamgʻarmalar tomonidan koʻrsatilganda taqdim etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan, zarur hollarda, ushbu Nizomning 10-bandi “b” kichik bandi beshinchi-sakkizinchi va oʻninchi xatboshilarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun mablagʻlar ajratilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan, zarur hollarda, ushbu Nizomning 10-bandi “b” kichik bandi beshinchi — sakkizinchi va oʻninchi xatboshilarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun mablagʻlar ajratilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tarkibda Vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik kengashi tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qaroriga muvofiq tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik kengashi raisi va aʼzolari hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik kengashi raisi hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqaruvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmalari hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining, tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlari tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining ishchi organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlarini sarflash, tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalariga yoʻnaltirish tegishlicha Vasiylik kengashining qarori asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik kengashi yigʻilishlari har oyda kamida bir marta — har oyning oxirgi sanasigacha oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalarida shakllanib, ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan tartibda mahallalar kesimida taqsimlangan mablagʻlarni sarflash tegishliligiga koʻra “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida, shuningdek, ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga koʻra tuman (shahar) hokimliklari buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vasiylik kengashi raisi Vasiylik kengashi yigʻilishlariga raislik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Vasiylik kengashlari qarorlari Vasiylik kengashi yigʻilishi bayoni bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Vasiylik kengashi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasiga umumiy rahbarlik qiladi va uning faoliyatini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining daromad va xarajatlari yillik parametrlarini, ularning ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni, shuningdek, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining yillik ish rejasi va dasturlarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishda shaffoflikni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan alohida tadbirlarni moliyalashtirish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasiga homiylik xayriyalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlarini jalb qilishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasiga yuklatilgan vazifalarni Vasiylik kengashi aʼzolari oʻrtasida taqsimlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi faoliyatiga taalluqli masalalarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi faoliyatiga aloqador boshqa masalalarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining ishchi organi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasining yillik ish rejasi va dasturlarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik kengashi yigʻilishi kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlaydi, yigʻilish bayonnomasini yuritadi va rasmiylashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik kengashi aʼzolariga Vasiylik kengashi yigʻilishining vaqti va oʻtkaziladigan joyi toʻgʻrisida xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik kengashi tomonidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisida murojaat etuvchiga xabar yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik kengashi qarori bilan ishchi organga qoʻshimcha vazifalar ham yuklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining ishchi organi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallalar boʻyicha taqsimlangan mablagʻlarga doir maʼlumotlarni “Yoshlar daftari” axborot tizimiga kiritib borilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tomonidan beriladigan ijtimoiy koʻmak va koʻrsatiladigan moddiy yordam toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning yakka tartibdagi anketasida qayd etib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan tartibda tegishli mahallaga taqsimlangan mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda, “mahalla yettiligi”ning qarorini ilova qilgan holda tuman (shahar) mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasiga mablagʻ ajratish haqida tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashiga murojaat yuborishni soʻrab tuman (shahar) hokimiga soʻrov xati kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning murojaatlari bilan ishlaydi va koʻrib chiqish uchun “mahalla yettiligi”ga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobotlar tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari hisobot boʻlimlari tomonidan har oyning 5-sanasiga qadar tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasida shakllangan mablagʻlarning mahalla kesimida taqsimlanishi va jamgʻarmaning xarajatlari toʻgʻrisida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya boshqarmalari hamda tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari mahalliy budjetning orttirilgan qismi miqdori toʻgʻrisida Yoshlar ishlari agentligiga maʼlumot berib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan budjet ijrosi hisobotini shakllantirish davrida tegishlicha “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisoboti ham qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Vasiylik kengashi raisi har chorakda hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisida tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlariga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar

24. Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalarining joriy yilda foydalanilmay qolgan mablagʻlari keyingi yilga oʻtadi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) mahalliy budjetiga olib qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hududiy boshqarmalari mazkur Nizom doirasida tuman (shahar)larda amalga oshiriladigan ishlar uchun ajratilgan mablagʻlar samarali va maqsadli ishlatilishi boʻyicha nazorat oʻrnatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar)lardagi “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi vasiylik kengashining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Vasiylik kengashi raisi

2.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari (kelishuv asosida)

4.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari

5.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari

6.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari

7.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari boshliqlari

8.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat vazirligi, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari boshliqlari

9.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari boshliqlari

10.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari boshliqlari

11.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmasi boshliqlari, Vasiylik kengashi kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, Vasiylik kengashi tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan xodimlar yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan masʼullar kiritiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi — “Yoshlar daftari”ga kirish yoki “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mazkur Nizomga muvofiq murojaat qilgan oʻn toʻrt yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan (oʻttiz bir yoshga toʻlmagan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yoki ularning vakili (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili) hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik kengashi — hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor tashkilotlar rahbarlari va masʼul xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan kollegial organ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa turdagi qoʻllab-quvvatlashga, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi boʻlgan yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazorat qilib borish tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari” elektron platformasi (elektron platforma) — yoshlarga tegishli boʻlgan maʼlumotlarni jamlash, tahlil qilish, qayta ishlash tizimini yaratish hamda tegishli vazirliklar va idoralar bilan raqamli maʼlumotlar almashuvini tashkil etish, yoshlarning murojaatlari bilan tizimli ishlash yuzasidan chora-tadbirlar samaradorligi monitoringini olib borish imkonini beruvchi maxsus elektron platforma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi — “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ragʻbatlantirish maqsadida belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar)larda tashkil etilgan jamgʻarma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasining ishchi organi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmalari hamda tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar yetakchisi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori bilan har bir mahallada joriy etilgan mahallalardagi yoshlar yetakchisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsiz yoshlar — haq toʻlanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor boʻlgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan oʻtishga yoki malakasini oshirishga tayyor boʻlgan, ishga joylashishda koʻmak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan mehnatga layoqatli yoshlar (bundan taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotganlar mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kalendar reja — yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasidagi mahalla, sektor, tuman (shahar) va hududiy tadbirlarni moliyalashtirish uchun “Yoshlar daftari” elektron platformasi orqali shakllantiriladigan hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tasdiqlanadigan yil yoki yarim yilga moʻljallangan reja;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“mahalla yettiligi” — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari namunaviy tuzilmasiga kiritilgan mahalla raisi rahbarligidagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori aʼzolaridan iborat boʻlgan guruh;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat kasb-hunarga oʻqitish tashkilotlari — yoshlarni kasb-hunar, tadbirkorlik, taʼlim, fan, madaniyat va sanʼat, sport, axborot texnologiyalar va xorijiy tillarga oʻqitish vakolatiga ega boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan, nodavlat taʼlim tashkilotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sektorlar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlarini tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining kollegial ishchi tuzilmasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kalendar rejada aks etmagan biroq hududning oʻziga xosligidan kelib chiqib, mahalla, sektor, tuman (shahar) bosqichlarini oʻzida aks ettirgan tadbirlarni moliyalashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmasi bilan kelishilgandan soʻng “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mahallada yoshlar siyosati sohasida tashkil etiladigan loyiha, tanlov va tadbirlarini moliyalashtirish Yoshlar ishlari agentligi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda kalendar rejaga kiritilgandan soʻng hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar ushbu Nizomga muvofiq hamda tegishli qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. “Yoshlar daftari”ni shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Yoshlar daftari”ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi boʻyicha oʻn toʻrt yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan (oʻttiz bir yoshga toʻlmagan) quyidagi toifadagi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oila aʼzosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” yoki Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilasining oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boquvchisini yoʻqotgan, yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan ishga layoqatsiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I yoki II guruh nogironligi boʻlgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farzandida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini toʻxtatgan holda bemorga qarashga majbur boʻlgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuzaga kelgan holatlar sababli ogʻir turmush sharoitida qolgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zoʻravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yongʻinlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sogʻligʻiga, mulkiga zarar yetgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haq toʻlanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davolanishga muhtoj boʻlgan bemor yoshlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
psixologik maslahatga muhtoj;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dehqonchilik yoki tomorqa xoʻjaligini yuritayotgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yosh tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtgan yoshlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Yoshlar daftari”ga yoshlar yashab turgan joyi boʻyicha kiritiladi. Bunda yoshlarning yashab turgan joyi boʻyicha hisobda turmasligi ularni “Yoshlar daftari”ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomning 4-bandida keltirilgan toifadagi ariza beruvchilar elektron platforma orqali:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchining bevosita oʻzi tomonidan elektron platformaga tegishli maʼlumotlarni kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi tomonidan Yoshlar ishlari agentligining “1093” qisqa raqamli Call-markaziga murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar yetakchisining koʻmagida elektron platformaga ariza beruvchining tegishli maʼlumotlarini kiritish yoʻli bilan “Yoshlar daftari”ga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual rejaga muvofiq kambagʻal oilalarning yoshlari “Yoshlar daftari”ga qoʻshimcha murojaat talab etmagan holda avtomatik ravishda kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ariza beruvchining ijtimoiy toifasi “Yoshlar daftari” axborot tizimiga integratsiya qilingan maʼlumotlar bazalari orqali avtomatik tekshiriladi. Arizachining maʼlumotlari ushbu Nizomning 2 — 10 va 12-13-ilovalariga muvofiq pasportlarda nazarda tutilgan ijtimoiy yordam ajratish talab va shartlarga toʻgʻri kelishi tasdiqlangandan soʻng yoshlar yetakchisi tomonidan “Yoshlar daftari” axborot tizimi orqali tavsiyanoma shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tavsiyanoma shakllantirilgandan soʻng, ushbu Nizomning 2 — 10 va 12-13-ilovalarida nazarda tutilgan ijtimoiy yordamlar boʻyicha tavsiyanoma bir ish kun ichida koʻrib chiqish uchun “mahalla yettiligi”ga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual rejada kambagʻal oilalarga muayyan ijtimoiy yordamlarning belgilanishi ushbu toifadagi shaxslardan qoʻshimcha murojaat talab etmagan holda oʻrganilmasdan tavsiyanoma shakllantiriladi hamda “mahalla yettiligi”ga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomning 4-ilovasida koʻrsatilgan yordamdan foydalanish uchun tavsiyanoma shakllantirilgandan soʻng, bir ish kuni ichida yordam oluvchining kasalligiga koʻra ixtisoslashtirilgan muassasalarda davolanishlarini taʼminlaydigan, tibbiy xizmatning qiymati koʻrsatilgan hamda matritsali shtrix kod (QR-kod)ga ega boʻlgan yoʻllanma (keyingi oʻrinlarda — yoʻllanma) Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimidan tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda agar ikki oy muddat ichida yordam oluvchining yoʻllanmasi mavjudligi tasdiqlanmasa tavsiyanoma bekor qilinadi.

7. “Mahalla yettiligi” tomonidan yoshlar yetakchisining tavsiyanomasi besh ish kuni ichida (shoshilinch kechiktirib boʻlmaydigan hollar bundan mustasno) kollegial tartibda koʻrib chiqiladi va quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizachiga “Yoshlar daftari”ga kiritish va ijtimoiy yordam ajratish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavsiyanomada koʻrsatilgan yordam miqdori tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasida shakllangan mablagʻlarning mahalla fuqarolar yigʻini boʻyicha taqsimlangan miqdoridan ortiq boʻlgan taqdirda, koʻrsatiladigan yordamlarning miqdorini kamaytirish yoki yordam koʻrsatishni keyingi oyga kechiktirish haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizachiga tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yordam koʻrsatishni rad etish toʻgʻrisida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalla yettiligi” tomonidan qabul qilinadigan qaror matni “Yoshlar daftari” axborot tizimida avtomatik shakllantiriladi. Bunda koʻrsatiladigan yordamning miqdori fuqaroning ehtiyojidan kelib chiqib, yoshlar yetakchisi tomonidan kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalla yettiligi” tomonidan yoshlar yetakchisining har bir tavsiyanomasi alohida koʻrib chiqilib, ovoz beriladi hamda “Mahalla yettiligi” aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan arizachiga “Yoshlar daftari”ga kiritish va yordam koʻrsatish boʻyicha qaror qabul qilinadi. Bunda ovozlar teng boʻlib qolganda, mahalla raisining ovozi hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ariza beruvchiga “Yoshlar daftari”ga kiritilganligi yoki kiritish rad etilganligi haqida asoslangan xabar, shu jumladan, SMS-xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan, shuningdek, oilasining oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan yoshlarga ushbu Nizomning 1 — 13-ilovalariga muvofiq pasportlarda nazarda tutilgan ijtimoiy yordamlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kambagʻal oila yoshlariga ijtimoiy yordamlarni koʻrsatish qoʻshimcha murojaat talab etmagan holda ularning oilasini kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha ishlab chiqilgan individual rejaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Kalendar rejada belgilangan loyiha, tanlov va tadbirlarni mahalla, sektor, tuman (shahar) va hudud darajasida tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ushbu Nizomga 14-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir mahalla darajasidagi tadbirlarga bir kalendar oy uchun — BHMning 20 baravarigacha mablagʻ ajratiladi. Kalendar rejaga kiritilmagan tadbirlar “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan moliyalashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kalendar rejaga kiritilgan loyiha, tanlov va tadbirlarni sektor va tuman (shahar) bosqichlarini moliyalashtirish tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlari tomonidan asosli hisob-kitob qilingan holda tadbir tashkil etish rejalashtirilgan mahalladagi “mahalla yettiligi”ga yuboriladi. “Mahalla yettiligi” murojaatga asosan qaror qabul qiladi va tadbirlarni moliyalashtirish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududda oʻtkaziladigan respublika va hudud darajasidagi tadbirlar hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mahalla darajasidagi tadbirlarni tashkil etish uchun mahalladagi yoshlar yetakchisi Kalendar rejadan kelib chiqib, tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlariga choraklik loyiha, tanlov va tadbirlar soni va turi xususidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlari besh ish kuni ichida mahallalar boʻyicha choraklik loyiha, tanlov va tadbirlar soni va turi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kalendar rejaga muvofiqligini tekshiradi va ajratiladigan tovar moddiy boyliklar turi va soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli “mahalla yettiligiga” yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Mahalla yettiligi” mahallalar boʻyicha rejadagi tovar moddiy boyliklarni xarid qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalla yettiligi” qarori asosida tovar moddiy boyliklar “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda xarid qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tuman (shahar) hokimligi tovar moddiy boyliklar xarid qilingandan soʻng uch ish kuni ichida tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlariga yetkazilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlari ikki ish kuni ichida tovar moddiy boyliklarni mahallalar boʻyicha taqsimlab, mahalladagi yoshlar yetakchilariga tarqatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tovar moddiy boyliklarni yoshlarga tarqatish boʻyicha, topshirish, qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtiradi va qonunchilikda belgilangan tartibda tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlariga hisobot topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Kalendar rejada belgilangan loyiha, tanlov va tadbirlarni sektor, tuman (shahar) bosqichlarini oʻtkazish uchun tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlari tegishliligi boʻyicha “mahalla yettiligi”ga choraklik tadbirlar rejasini taqdim etadi va xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirlar rejasi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangandan soʻng tadbirlarni oʻtkazish uchun tegishli “mahalla yettiligi”ning qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratiladi va qonunchilikda belgilangan tartibda tadbirlarga ajratiladigan tovar moddiy boyliklarni xarid qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) hokimligi tovar moddiy boyliklar xarid qilingandan soʻng uch ish kuni ichida tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlariga yetkazilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlari oʻtkazilgan tadbirlar boʻyicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga hisobot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Kalendar rejaga kiritilmagan tadbirlarni tashkil etishga mahalladagi yoshlar yetakchisini jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ish bilan bandligini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarning bandligiga quyidagi yoʻnalishlarda koʻmaklashiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sektorlar rahbarlari tuman (shahar) hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari tomonidan kasbiy koʻnikmalar markazlari, davlat va nodavlat kasb-hunarga oʻqitish markazlari, mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlarida kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitishni tashkil etish, tadbirkorlikka jalb etish, oʻzini oʻzi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sektorlar rahbarlari tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlari (tuman investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshliqlari), Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, tijorat banklari hamkorligida tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda yoshlar uchun yaratilayotgan yangi ish oʻrinlariga ishga joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sektorlar rahbarlari aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari bilan birgalikda mavjud vakansiya va zaxira (kvota) ish oʻrinlariga ishga joylashtirish hamda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sektorlar rahbarlari tuman (shahar) hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari bilan birgalikda fermer va dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi kooperativlariga jalb qilish, shuningdek, dehqonchilik bilan shugʻullanish uchun yangi oʻzlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlarini 0,10 gektardan 1 gektargacha belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolari orqali 10 yilga ijaraga yer berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sektorlar rahbarlari tuman (shahar) hokimlarining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari bilan birgalikda hududdagi qurilish ishlariga jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar ishlari agentligi hamda Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari bilan birgalikda yoshlar bandligiga koʻmaklashish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yoshlarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarni ragʻbatlantirish maqsadida subsidiyalar ajratishga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandda koʻrsatilgan yoʻnalishlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashish quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Savdo-sanoat palatasi va “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48 soatlik (haftalik) oʻquv dasturi asosida oʻquv kurslarida tadbirkorlikka bepul oʻqitiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli bitirib, sertifikatga ega bitiruvchilarning oʻzini oʻzi daromadli mehnat bilan band qilish yoki ularning doimiy mehnat bilan bandligini taʼminlashga (ish oʻrinlari yaratishga) qaratilgan loyihalarini tuzish va amalga oshirishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) filiallari orqali tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kreditlar ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mikrokreditbank” ATB “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularga kredit olishda koʻmaklashish, bu masalada respublikada ajratilgan kreditlarning statistik hisobotini yuritish va kredit ajratilgandan soʻng ularning tadbirkorligini rivojlantirish uchun doimiy qoʻllab-quvvatlash borasidagi amaliy ishlarni muvofiqlashtirishga masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Kreditlar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan yoshlarning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:

tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslarga, shu jumladan, yoshlarga oʻz biznesini tashkil etish uchun 33 million soʻmgacha boʻlgan miqdordagi kreditlar garovsiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik tadbirkorlik subyektlariga uchinchi shaxs kafilligi, sugʻurta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulk garovi va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa taʼminot turlari asosida 225 million soʻmgacha miqdorda kreditlar ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditlarni ilgari olingan kreditlar yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarishga, shaxsiy ehtiyoj uchun avtotransport sotib olishga, maʼmuriy xarajatlarni toʻlashga, jumladan, avtotransport vositasining taʼminoti, mebel, aloqa xizmatlari toʻlovi va uyali telefon sotib olishga hamda qonunchilik hujjatlari va Markaziy bankning qoidalariga koʻra taqiqlangan faoliyatlarga ajratishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditlar hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida 14 foizlik stavkada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan yoshlarga — 3 oydan 6 oygacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chorvachilik (chetdan keltirilgan naslli qoʻy va echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yoʻnalishi) uchun — 1 yilgacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun — 3 yilgacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Kreditlar qarz oluvchining ssuda hisob raqamidan kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi hisob raqamiga pul oʻtkazish yoʻli bilan ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan va oʻzini oʻzi band qiladigan yoshlarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zarur xom ashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 million soʻmgacha miqdorda kredit mablagʻlari naqd pulda berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditlar “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) filiallari tomonidan “Yoshlar daftari”da hisobda turgan yoshlarning qatʼiy navbatma-navbat murojaat qilishi asosida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona platformasi orqali ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, biroq kredit olishni rad qilgan yoshlarning doimiy bandligini taʼminlash maqsadida tadbirkorlik subyektlarining “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ish bilan bandligini taʼminlashga qaratilgan loyihalariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturi doirasidagi resurslar hisobidan yillik 14 foizlik stavkada imtiyozli kreditlar ajratilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni doimiy ish bilan taʼminlash sharti bilan samaradorligi yuqori va barqaror ish oʻrinlari yaratishga qaratilgan loyihalariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturi doirasidagi resurslar hisobidan 225 million soʻmdan ortiq, biroq 1 milliard soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilangan tartib asosida kredit ajratilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit summasining aniq miqdori tadbirkor tomonidan ish bilan taʼminlanadigan har bir yosh uchun 33 million soʻmgacha miqdorda mutanosib ravishda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Savdo-sanoat palatasi, “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari joylarda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagini bildirgan yoshlarning tadbirkorlik koʻnikmalarini oshirish va biznes loyihalarini tuzishga koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Yoshlarning xorijda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish qonunchilik hujjatlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan xorijga chiqib ketayotgan yoshlar ishga yuborilishidan oldin davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida, xususan hududlardagi kasbiy koʻnikmalar markazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari, qisqa muddatli kasb-hunarga oʻqitish kurslari, mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlarida kasb-hunarga oʻqitiladi (xorijiy ish beruvchining malaka talablariga javob beradigan shaxslar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoshlarning haq-huquqlarini taʼminlashga va koʻmaklashishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan yoshlarni reintegratsiya qilish, shu jumladan ularning bandligini taʼminlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirish hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralar-tadbirlar koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. “Yoshlar daftari”dan chiqarish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Yoshlar quyidagi hollarda “Yoshlar daftari”dan chiqariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bandligi taʼminlangan yoki doimiy daromad manbaiga ega boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq davlat taʼminotiga olinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz arizasiga koʻra;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ga noqonuniy kiritilganligi aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa davlatlarga ishlash yoki doimiy yashash uchun chiqib ketganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning “Yoshlar dasturi”ga kiritilgan masalalari toʻliq hal etilgunga qadar ularni “Yoshlar daftari”dan chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchi tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi yoki ijtimoiy soliq toʻlovi hisoblanganda hamda ushbu maʼlumotlar Soliq qoʻmitasining markazlashtirilgan axborot bazasida va Yagona milliy mehnat tizimida aks etgan taqdirda, ish bilan bandligi taʼminlangan deb hisoblanadi hamda “Yoshlar daftari”dan chiqarish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy va vaqtincha yashash uchun respublikaning boshqa hududiga koʻchib oʻtganda, doimiy yashash va vaqtincha turar joyi boʻyicha roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmasdan “Yoshlar daftari”ga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Yoshlar yetakchilari mazkur Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan holatlarga asosan yoshlarni “Yoshlar daftari”dan chiqarish boʻyicha tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlariga elektron platforma orqali tavsiya beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlari yoshlar yetakchilari tomonidan “Yoshlar daftari”dan chiqarish tavsiya etilayotgan yoshlarni besh ish kuni ichida mazkur Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha oʻrganib, haqiqatda chiqarish yoki rad etishni elektron platformada belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan holatlardan boshqa sabablar bilan “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan taqdirda, amaliy yordam berish uchun “Yoshlar daftari”ga qayta kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. “Yoshlar daftari”dan chiqarilayotgan yoshlar bir kun ichida bu haqida xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasida ushbu Nizomda nazarda tutilgan ijtimoiy yordamlarni moliyalashtirish uchun yetarli mablagʻlar mavjud boʻlmagan taqdirda, tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi “mahalla yettiligi”ning qarorini ilova qilgan holda tuman (shahar) mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻ ajratish haqida tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashiga murojaat yuborishni soʻrab tuman (shahar) hokimiga soʻrov xati kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashining qarori asosida zarur mablagʻlar tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasiga ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlarning ehtiyojlari va xohish-istaklarini oʻrganish natijalari boʻyicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qaroriga asosan qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham yoshlarga moddiy va ijtimoiy yordam berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari elektron platformada “Yoshlar daftari”ni yuritish bilan bogʻliq masalalar toʻliq aks ettirib borilishini taʼminlaydi hamda unga maʼlumotlarni kiritish va chiqarish, ularning haqqoniyligi boʻyicha shaxsan javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida barcha hisobotlar elektron platformada shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalla darajasida — tuman (shahar) sektorlari rahbarlari, tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlari boshliqlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) darajasida — viloyat sektorlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari boshliqlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyat darajasida — Yoshlar ishlari agentligi, sektorlar, tegishli vazirliklar va idoralar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika darajasida — Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Yoshlar yetakchilari tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan har bir yoshlarning aniqlangan muammolari bartaraf etilganligi haqidagi hisobotlar elektron platformaga kiritib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Yoshlar ishlari agentligi elektron platformaga maʼlumotlarning kiritilishi yuzasidan monitoring yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yoshlar dasturi”ning ijrosi har chorakda kamida bir marta xalq deputatlari tuman (shahar) kengashida muhokama qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash sessiyalarida muammolarni hal qilishga masʼul boʻlgan sektorlar va tashkilot rahbarlarining hisobotlari eshitib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Yoshlar ishlari agentligi “Yoshlar daftari”ga yuritilishi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida hududiy boʻlinmalardan olingan maʼlumotlarni tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar bilan har oy yakuni bilan tahlil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika darajasida hal etilishi lozim boʻlgan muammolarni hududlar boʻyicha bartaraf etish maqsadida Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasiga axborot kiritib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-kuniga qadar “Yoshlar dasturi” ijrosi boʻyicha maʼlumotlarni Yoshlar ishlari agentligiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. “Yoshlar dasturi” va “Yoshlar daftari” yuritilishi boʻyicha mutasaddi boʻlgan vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarning barcha darajadagi rahbarlarining hisobdorligini Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining Rayosat majlisida koʻrib chiqish uchun har chorak yakunida “Yoshlar daftari” yuritilishi boʻyicha tahliliy maʼlumotlar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi kamchilikka yoʻl qoʻygan masʼul tashkilotlar rahbarlariga baho beradi, choralar koʻradi, kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilishi va ijroga yoʻnaltirilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Kamida 3 nafar yoshlarning bandligi va ijtimoiy faolligini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun grant ajratish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 60 baravarigacha

2.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

Jismoniy shaxslar va nodavlat tashkilotlar

3.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy loyiha va uni amalga oshirish natijasida olinadigan natijalar toʻgʻrisida maʼlumot;

Ijtimoiy loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlar hisob-kitobi (smeta).

4.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

Ijtimoiy yordam tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari rahbarligidagi komissiya* tomonidan har yili iyun oyida oʻtkaziladigan “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovida gʻolib deb topilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratiladi. Bunda:

“Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovini oʻtkazish, shu jumladan ijtimoiy loyihalarni koʻrib chiqish va gʻolib loyihalarni tanlash tartibi Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;

“Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovi yakuni boʻyicha gʻolib deb topilgan ijtimoiy loyihalar har yili 30-iyun — “Yoshlar kuni”da eʼlon qilinadi.

5.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Bir yilda bir marta

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Mazkur yordam:

jismoniy shaxslarga loyiha uchun zarur asbob-uskuna, jihozlar, xomashyo yoki xizmatlar xarid qilib berish orqali ajratiladi;

nodavlat tashkilotlarning hisobvaraqlariga shartnomaga muvofiq oʻtkazib beriladi.

7.

Izoh:

“Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovida qatnashadigan ijtimoiy loyihalar quyidagi tartibda shakllantiriladi va koʻrib chiqiladi:

har bir mahallada jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan ijtimoiy loyihalar har yili aprel oyi yakuniga qadar ushbu mahallada faoliyat yurituvchi yoshlar yetakchisiga taqdim etiladi;

jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan hamda yoshlar yetakchisi tomonidan shakllantiriladigan roʻyxatga kiritilgan mahallada amalga oshirilishi rejalashtirish ijtimoiy loyihalar ushbu “mahalla yettiligi” tomonidan har yili may oyi yakuniga qadar koʻrib chiqiladi hamda eng yaxshi deb topilgan 3 ta loyiha tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari rahbarligidagi komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritiladi;

tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari rahbarligidagi komissiya tomonidan har yili 25-iyunga qadar mahallalar tomonidan taqdim etilgan loyihalar orasidan mahallalar kesimida har bir mahallada yashovchi Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning kamida 3 nafar yoshlarini bandligini taʼminlash va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan bitta loyiha gʻolib deb topiladi.

Bunda mazkur pozitsiyaning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ijtimoiy loyihalarni koʻrib chiqish va gʻolibni aniqlashda quyidagi mezonlarga asoslaniladi:

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning yoshlarini** doimiy ish joyi bilan taʼminlashga yoki ularni ijtimoiy faolligini oshirishga (tadbirkorlik faoliyatini boshlash, sport bilan shugʻullanish, sanʼat va madaniy faoliyat bilan shugʻullanish) qaratilganligi;

loyihani amalga oshirish uchun zarur moliyaviy resurs, dastgoh, uskuna va jihozlarga ega boʻlish;

loyihaning mahallani ixtisoslashuviga mosligi, dolzarbligi, bozorbop va daromadliligi, ijtimoiy jozibadorligi;

jismoniy va yuridik shaxslarning amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy loyiha boʻyicha tajribaga egaligi;

xodimlar uchun zarur mehnat sharoitlari yaratish va munosib ish haqi toʻlashga qobiliyatliligi;

ish bilan taʼminlash bilan bir qatorda malakasi yetarli boʻlmagan yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish yoki malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash imkoniyati mavjudligi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Mazkur komissiya tarkibi Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovini oʻtkazish tartibida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Ijtimoiy loyihani amalga oshirish natijasida birinchi navbatda quyidagi toifaga mansub Kambagʻal oilalarning yoshlarini bandiligini taʼminlash va ijtimoiy faolligini oshirish talab etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsiz yoshlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan yoshlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi boʻlgan mehnatga layoqatli ishsiz yoshlar (ularning mehnat muhofazasi talablariga mos ravishda bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norasmiy bandlikni qisqartirish maqsadida kundalik mehnat faoliyati bilan shugʻullanib, daromad topayotgan yoshlar (ularning bandligini taʼminlash boʻyicha ushbu yoshlarni shugʻullanib kelayotgan faoliyat turlarini hamda ehtiyoj va qiziqishlarini inobatga olgan holda, oʻqitish va bandligini taʼminlash);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odam savdosidan hamda tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan, ogʻir iqtisodiy ahvolga tushib qolgan yoshlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy oʻrta va professional taʼlim muassasalarini tugatgan, oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kira olmagan yoki oliy taʼlimda oʻqish uchun imkoniyati boʻlmagan ishsiz yoshlar (mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasblarga va IT texnologiyalariga oʻqitib, ularning bandligini taʼminlash);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik roʻyxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan yoshlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironligi boʻlgan yoshlarning parasport toʻgaraklariga qatnashishi uchun yoʻlkira xarajatlarini qoplash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Nogironligi boʻlgan yoshlarning parasport toʻgaraklariga qatnashishi uchun yoʻlkira xarajatlarini qoplash.

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

BHMning 1 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda.

3.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun asos:

Oilani kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual reja.

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Yoʻnalishsiz taksi xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma.

5.

Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi:

14 — 30 yosh

6.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

Oila Kambagʻal oilalar reyestrida turishi.

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Har oyda

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

1. Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning nogironligi boʻlgan aʼzolari haqiqatda parasport toʻgaraklariga qatnashishi Sport vazirligining “ERP-sport” axborot tizimi orqali monitoring qilib boriladi.

2. Mazkur yordam mablagʻlari yoʻnalishsiz taksi xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga shartnoma asosida har oyda keyingi oyning 5-sanasiga qadar oʻtkazib beriladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6 oy davomida muntazam sport va sanʼat toʻgaraklariga qatnashayotgan yoshlar uchun maxsus sport formasi, inventar yoki musiqa va cholgʻu asboblarini xarid qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

6 oy davomida muntazam sport va sanʼat toʻgaraklariga qatnashayotgan yoshlar uchun maxsus sport formasi, inventar yoki musiqa va cholgʻu asboblarini xarid qilish.

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

BHMning 10 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda.

3.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun asos:

Oilani kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual reja.

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Kambagʻal oilalar yoshlarining 6 oy davomida muntazam sport va sanʼat toʻgaraklariga qatnashayotganligi toʻgʻrisida toʻgarak rahbari maʼlumotnomasi.

Bunda maʼlumotnomaning ishonchliligi oʻsha hududdagi yoshlar yetakchisi tomonidan oʻrganiladi.

Maxsus sport formasi, inventar yoki musiqa va cholgʻu asboblarining aniq nomi, turi va boshqa zaruriy parametrlari koʻrsatilgan talabnoma.

5.

Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi:

14 — 20 yosh

6.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

Oila Kambagʻal oilalar reyestrida turishi.

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Bir marotaba

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Mazkur yordam doirasida tegishli buyum yoki instrument Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilaning 14 — 20 yoshdagi aʼzosining talabnomalariga muvofiq mablagʻ ajratuvchi tomonidan xarid qilib beriladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarrohlik amaliyotisiz davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlari qoplash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Jarrohlik amaliyotisiz davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash.

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Jarrohlik amaliyotisiz davolanish uchun — BHMning 50 baravarigacha;

Jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun — Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan qoplashini belgilangan bazaviy narxlar doirasida.

3.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun asos:

1. Oilani kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual reja.

2. Oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oila aʼzolarining murojaati.

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

­

5.

Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi:

14 — 30 yosh

6.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

a) oila Kambagʻal oilalar reyestrida turishi;

b) Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilmagan oilalar uchun soliq organlarining maʼlumotiga koʻra oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromadi minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan oshmaganda;

v) yordam oluvchining kasalligiga muvofiq ixtisoslashtirilgan muassasalarda davolanishlarini taʼminlaydigan, tibbiy xizmatning qiymati koʻrsatilgan hamda matritsali shtrix kod (QR-kod)ga ega boʻlgan yoʻllanma (keyingi oʻrinlarda — yoʻllanma)ga koʻra, tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha navbat kamida ikki oy va undan ortiq boʻlganda. Bunda navbat muddati avvalgi bir oyda navbati kelgan bemorlar sonidan kelib chiqib Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan hisoblanadi.

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Bir yilda bir marotaba

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Mazkur yordamni koʻrsatish boʻyicha mablagʻlar Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasiga oʻtkazib beriladi. Bunda:

yordam koʻrsatiladigan shaxsni jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyotini oʻtkazish Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tanlangan hamda shartnoma tuzilgan tibbiyot tashkiloti (davlat yoki nodavlat) tomonidan amalga oshiriladi;

yordam koʻrsatiladigan shaxslar Sogʻliqni saqlash vazirligining Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimida boshqa shaxslardan alohida tarzda yuritiladigan navbat asosida davolanadi;

yordam koʻrsatiladigan shaxsni jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyotini oʻtkazilganidan soʻng, Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasining talabnomasiga muvofiq tegishli xarajatlarni moliyalashtirish uchun mablagʻlar 3 ish kuni ichida Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;

Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi Ijro etuvchi apparati tomonidan tegishli mablagʻlar tibbiyot tashkilotiga oʻtkazib beriladi.

9.

Izoh:

1. Mazkur yordam uni oluvchilar uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq Davlat tibbiy sugʻurtasi mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatilmagan yoki ushbu yordam xarajatlari boshqa manbalar (“Ayollar daftari” jamgʻarmasi, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi va boshqa manbalar) hisobidan qoplanmagan holatlarda koʻrsatiladi.

2. Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Ijro etuvchi apparati tomonidan “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tibbiyot tashkilotlariga oʻtkazilgan mablagʻlar boʻyicha alohida hisob-kitob yuritiladi.

3. Yordam oluvchilarning hisobi Sogʻliqni saqlash vazirligining Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimida alohida yuritiladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish.

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

BHMning 8 baravarigacha

3.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun asos:

Oilani kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual reja.

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursini tashkil qilgan davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma.

5.

Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi:

18 — 30 yosh

6.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

Oila Kambagʻal oilalar reyestrida turishi.

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Bir marta

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

1. Mazkur subsidiyaning 50 foizi oʻquv kursi boshlanishida, qolgan qismi milliy haydovchilik guvohnomasi olinganidan soʻng toʻlab beriladi.

2. Subsidiya toʻlovlarining 50 foizi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursini tashkil qilgan davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlariga shartnoma asosida, qolgan 50 foizi shartnoma shartlariga koʻra taʼlim tashkilotiga oʻtkazib beriladi yoki fuqaroga toʻlab beriladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Professional va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalarining toʻlov-kontrakt summasining bir qismini toʻlab berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Professional va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalarining toʻlov-kontrakt summasining bir qismini toʻlab berish.

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Toʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda.

3.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun asos:

Oilani kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual reja.

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Professional va oliy taʼlim tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma.

5.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

Oila Kambagʻal oilalar reyestrida turishi.

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

-

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Mazkur yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning 14 — 30 yoshdagi kasbiy taʼlim, bakalavriat va magistraturaning kunduzgi yoʻnalishida taʼlim olayotgan oʻquvchi-talaba aʼzolariga beriladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Ushbu ijtimoiy yordamlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ham koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turarjoy ijarasi uchun kompensatsiya toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turarjoy ijarasi uchun kompensatsiya toʻlash.

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Har oyda, ijara toʻlovlarining 50 foizi, biroq BHMning 2 baravarigacha (Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida BHMning 3 baravarigacha).

3.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun asos:

Oilani kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual reja.

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Soliq organlari tomonidan beriladigan elektron ijara shartnomasi.

5.

Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi:

Oila aʼzolari 30 yoshdan oshmagan shaxslar.

6.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

Oila Kambagʻal oilalar reyestrida turishi.

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

12 oydan koʻp boʻlmagan muddatga.

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

1. Mazkur kompensatsiya Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan yosh oilalarga ajratiladi.

2. Mazkur kompensatsiya soliq organlarida hisobga qoʻyilgan ijara shartnomasiga muvofiq ajratiladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA

Yoshlarning tadbirkorlik, anʼanaviy va zamonaviy kasblarni egallash, axborot texnologiyalarini oʻrganish va xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlarini qoplash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Yoshlarning tadbirkorlik, anʼanaviy va zamonaviy kasblarni egallash, axborot texnologiyalarini oʻrganish va xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlarini qoplash.

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

BHMning 4 baravarigacha boʻlgan miqdorda.

3.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun asos:

Oilani kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual reja.

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Tegishli mablagʻlar oʻquv kurslarini tashkil etgan taʼlim tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma.

5.

Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi:

14 — 30 yosh.

6.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

Oila Kambagʻal oilalar reyestrida turishi.

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Har oyda, biroq 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga.

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Tegishli mablagʻlar oʻquv kurslarini tashkil etgan taʼlim tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq oʻtkaziladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Ushbu ijtimoiy yordamlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ham koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA

Ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi oʻquv kurslari uchun subsidiya ajratish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi oʻquv kurslari uchun subsidiya ajratish.

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

BHMning 1 baravarigacha boʻlgan miqdorda.

3.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun asos:

Oilani kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual reja.

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Tegishli mablagʻlar oʻquv kurslarini tashkil etgan taʼlim tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma.

5.

Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi:

14 — 30 yosh.

6.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

Oila Kambagʻal oilalar reyestrida turishi.

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Har oyda, biroq 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Tegishli mablagʻlar oʻquv kurslarini tashkil etgan taʼlim tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq oʻtkaziladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Ushbu ijtimoiy yordamlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ham koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA

Yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun subsidiya berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun subsidiya berish.

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Mahalliy bosqichdagi tadbirlar uchun BHMning 4 baravarigacha;

Xalqaro bosqichdagi tadbirlar uchun BHMning 40 baravarigacha.

3.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun asos:

Oilani kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual reja.

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Olimpiada, tanlov yoki musobaqalarda ishtirok etish huquqini tasdiqlovchi hujjat.

5.

Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi:

14 — 30 yosh.

6.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

Oila Kambagʻal oilalar reyestrida turishi.

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Bir yilda bir marta

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Ushbu ijtimoiy yordamlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ham koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
11-ILOVA

Yoshlarga taʼlim, madaniyat va sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohasiga va fanlarni oʻqitishga ixtisoslashgan nodavlat taʼlim tashkilotining noturar joy ijarasi yoki zarur jihozlar bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Yoshlarga taʼlim, madaniyat va sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohasiga va fanlarni oʻqitishga ixtisoslashgan nodavlat taʼlim tashkilotining noturar joy ijarasi yoki zarur jihozlar bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash.

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

BHMning 50 baravarigacha.

3.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun asos:

-

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ijara shartnomasi yoki zarur jihozlar xarid qilinganligi toʻgʻrisidagi shartnoma.

5.

Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi:

18 — 30 yosh.

6.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

-

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Bir marta.

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

1. Mazkur yordam chekka va olis hududlardagi qishloq joylarda tashkil etilgan ixtisoslashgan nodavlat taʼlim tashkilotlariga tatbiq etiladi.

2. Mazkur yordamdan foydalanish uchun ixtisoslashgan nodavlat taʼlim tashkilotida oʻqitiladigan oʻquvchilarining kamida 20 foizini Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning farzandlari tashkil etishi lozim.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Chekka va olis hududlar Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-sentabrdagi 510-son qaroriga ilovaga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
12-ILOVA

Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini toʻliq miqdorda qoplash uchun subsidiya berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini toʻliq miqdorda qoplash uchun subsidiya berish.

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalining toʻliq qismi.

3.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun asos:

Oilani kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual reja.

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

“Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqamiga badal oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma.

5.

Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi:

18 — 27 yosh.

6.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

Oila Kambagʻal oilalar reyestrida turishi.

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Bir marta.

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Subsidiya yordam koʻrsatiladigan yoshlar va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi oʻrtasida tuzilgan “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqamiga badal oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq oʻtkazib beriladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Ushbu ijtimoiy yordamlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ham koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
13-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash yordamini koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish.

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

BHMning 100 baravarigacha boʻlgan miqdorda.

Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlari miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha boʻlganda toʻliq, xarajatlar miqdori ushbu chegaradan yuqori boʻlgan hollarda esa — xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha boʻlgan qismi qoplab beriladi.

3.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun asos:

-

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

-

5.

Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi:

14 — 30 yosh

6.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

a) oxirgi 12 oy davomida oʻzi yoki oila aʼzolari nomida yashash uchun moʻljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud boʻlmasligi.

b) yer uchastkasi oxirgi uch oy ichida auksion orqali xarid qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi;

v) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan ekspertiza natijalari boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan, shuningdek, Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan boʻlishi.

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Faqat bir marotaba

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Mazkur yordam boʻyicha tegishli mablagʻlar yordam oluvchining bank plastik kartasiga oʻtkazib beriladi.

9.

Izoh:

Yordam oluvchi shaxslarga bir martalik toʻlov 14 — 30 yoshdagi shaxslar uchun “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari, 30 yoshdan katta boʻlgan xotin-qizlar uchun “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari, boshqa ehtiyojmand shaxslar uchun “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Bunda, Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan, biroq “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilmagan shaxslar xotin-qizlar faoli yoki yoshlar yetakchisi tomonidan bir oy muddatda “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari”ga kiritiladi hamda ularga bir martalik toʻlov amalda oshiriladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
14-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

Tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlariga kalendar rejaga muvofiq choraklik loyiha, tanlov va tadbirlar soni va turidan kelib chiqib, tovar moddiy boyliklar ajratish boʻyicha murojaat yuboradi.

Har chorakdan avvalgi oyning 25-kuniga qadar

Tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi

Mahallalar boʻyicha choraklik loyiha, tanlov va tadbirlar soni va turi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kalendar rejaga muvofiqligini tekshiradi va ajratiladigan tovar moddiy boyliklar turi va soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tadbir tashkil etish rejalashtirilgan “mahalla yettiligi”ga yuboradi.

5 ish kuni ichida

2-bosqich

“Mahalla yettiligi”

Mahallalar boʻyicha rejadagi tovar moddiy boyliklar xarid qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Qonunchilikda belgilangan muddatlarda

Tuman (shahar) hokimligi

Tovar moddiy boyliklarni “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda xarid qiladi hamda ularni tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlariga yetkazilishini taʼminlaydi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi

Tovar moddiy boyliklarni mahallalar boʻyicha taqsimlab, mahalladagi yoshlar yetakchilariga tarqatadi.

2 ish kuni ichida

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

Tovar moddiy boyliklarni yoshlarga tarqatish boʻyicha, topshirish, qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtiradi va qonunchilikda belgilangan tartibda tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlariga hisobot topshiradi.

3 ish kuni ichida

.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Temir daftar” orqali ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2024-yil 31-maydagi 313-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “ularga kiritilgan fuqarolar” soʻzlari “tuman (shahar)dagi aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soni va Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2 va 3-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“21. 2025-yil 1-avgustdan boshlab tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) huzuriga oʻtkazilsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi moliyalashtirish manbalari saqlab qolingan holda, hududiy boshqarmalar huzuridagi “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari gʻaznachilik boʻlinmalarida ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar huzuridagi “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari uchun ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlangan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tuman (shahar)lar kesimida aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soni va Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar sonidan kelib chiqqan holda, har bir tuman (shahar) boʻyicha hududiy boshqarmalar uchun gʻaznachilik boʻlinmalarida ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga taqsimlanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 5-band qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yigʻilgan mablagʻlar tuman (shahar)lardagi aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soni va Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar soniga mutanosib ravishda hududiy boshqarmalar huzuridagi “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga avtomatik ravishda taqsimlanishini taʼminlasin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar va oilalarga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yordam koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda tashkil etiladi va uning mablagʻlari tegishli gʻaznachilik boʻlimlarida alohida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida yigʻiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaucher — ayrim turdagi tovarlarni davlat tomonidan qoplab beriladigan mablagʻlar (subsidiya) hisobidan xarid qilish imkoniyatini taqdim etuvchi, amal qilish muddati ikki oy boʻlgan matritsali shtrix kod (QR-kod) bilan tasdiqlangan elektron hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchi — qurilish materiallari, koʻmir yoki yoqilgʻi mahsulotlari hamda oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlarni yetkazib berish xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron savdo platformasi — tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisini masofadan turib amalga oshirish imkonini beruvchi “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT)ning tarkibiy qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron savdo maydonchasi — qurilish materiallari, koʻmir yoki yoqilgʻi mahsulotlari hamda oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlarning oldi-sotdisini raqobatli usulda masofadan turib amalga oshirish imkonini beruvchi axborot tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron savdo maydonchasining operatori — elektron savdo maydonchasi xizmatlarini raqobatli usulda koʻrsatuvchi hamda buyurtmalar yetkazib berilishini taʼminlovchi yuridik shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili)ga yordamlar koʻrsatish fuqarolarning ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish va shunday vaziyatga tushganlarni ogʻir ijtimoiy vaziyatdan chiqarish maqsadida yordam koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlaridan ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan shaxslar va oilalarning yashash joyi boʻyicha doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turishidan qatʼiy nazar murojaati yoki bevosita “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlari tomonidan keys-menejment usulidan foydalangan holda oʻtkaziladigan oʻrganishlar natijalari boʻyicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yordam oluvchilar vaucher asosida uy-joy taʼmirlash uchun qurilish materiallari, koʻmir yoki yoqilgʻi mahsulotlari hamda oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlarni oʻz tanloviga koʻra mazkur Nizomning 5-bobi 1-paragrafida belgilangan talablarga muvofiq “Ijtimoiy himoya” ATda avtorizatsiyadan oʻtgan sotuvchilardan elektron savdo platformasi yoki elektron savdo maydonchalari (keyingi oʻrinlarda — elektron savdo) orqali xarid qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratiladigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar (shaharlar) xalq deputatlari Kengashlari qaroriga asosan tumanlar (shaharlar) budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan har chorakda ajratiladigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmonining 12-bandiga muvofiq oʻtkaziladigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmaklari va grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga maqsadli mablagʻlar ajratilgan taqdirda, ushbu mablagʻlar faqat shu maqsadlar uchun sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur Nizomning 7-bandi toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus hisobvaraqda jamlanadi hamda har chorakda Agentlik tomonidan tuman (shahar)dagi aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soni va Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar sonidan kelib chiqib teng ulushda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalariga avtomatik ravishda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan koʻrsatkichlar boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar miqdoriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib toifalarga ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi shahar va tumanlarining roʻyxatiga muvofiq tuman (shahar)ning ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda belgilangan toifasi boʻyicha quyidagi tuzatish koeffitsiyentlari qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 0,88;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 0,95;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,03;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,06;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,1.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Har oyning 5-sanasiga qadar tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan oldingi oyda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga tushgan mablagʻlar mahalla fuqarolar yigʻinidagi aholi, nogironligi boʻlgan shaxslar va mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar sonidan kelib chiqib teng ulushda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Agentlik tomonidan mazkur bandda nazarda tutilgan maʼlumotlar Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining “Raqamli mahalla” platformasi va “Ijtimoiy himoya” ATdan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalla fuqarolar yigʻinlari boʻyicha taqsimlangan mablagʻlarga doir maʼlumotlar “Ijtimoiy himoya” ATga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan kiritib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tumanlar (shaharlar) xalq deputatlari Kengashlari mazkur Nizomning 10-bandiga muvofiq taqsimlanadigan mablagʻlar miqdorini tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashabbusiga koʻra mahalla fuqarolar yigʻinlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasida shakllangan umumiy mablagʻlar doirasida kamaytirish yoki koʻpaytirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan yordamlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ushbu Nizomning 1 — 12-ilovalariga muvofiq pasportlarda nazarda tutilgan yordamlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarrohlik amaliyotisiz davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash, turarjoy ijarasi uchun kompensatsiya hamda uy-joyni taʼmirlash xarajatlarini qoplash tarzidagi yordamlar aynan bir fuqaro uchun bir “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari yoki boshqa manbalar hisobidan koʻrsatilgan boʻlsa, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan koʻrsatilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga koʻra ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarga ham yoʻnaltirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar Agentlik tomonidan quyidagilar hisobidan ajratiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobvaraqlarida shakllangan, biroq tegishli tuman (shahar)dagi mahallalar kesimida taqsimlanmagan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobvaraqlarida shakllanib, muqaddam tegishli tuman (shahar)dagi mahallalar kesimida taqsimlangan boʻlsada, biroq ushbu mablagʻlar taqsimlangan oyda foydalanilmagan qoldiq mablagʻlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi bosqichda — ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs yoki oilaning ahvoli keys-menejment asosida oʻrganiladi hamda unga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yordam koʻrsatish boʻyicha tavsiya shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi bosqichda — keys-menejment natijasi boʻyicha shakllantirilgan tavsiya asosida yordam koʻrsatish “Mahalla yettiligi” tomonidan kollegial tarzda koʻrib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi, kechiktirib boʻlmaydigan hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi bosqichda — “Mahalla yettiligi”ning yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi kollegial qarori asosida Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan tegishli mablagʻlar ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ijtimoiy xodim tomonidan birinchi bosqich doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs yoki oilaning ahvoli quyidagi asoslar boʻyicha keys-menejment asosida oʻrganib chiqiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning murojaati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy xodim tashabbusi bilan oilani oʻrganish davomida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yordam oluvchining maʼlumotlari elektron axborot almashish tizimlari orqali ushbu Nizomning 2 — 12-ilovalariga muvofiq pasportlarda nazarda tutilgan talab va shartlarga toʻgʻri kelishi tasdiqlangandan soʻng keys-menejment oʻtkazish natijasida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsga (oilaga) “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan yordamni koʻrsatish toʻgʻrisida ijtimoiy xodim tomonidan “Ijtimoiy himoya” AT orqali tavsiyanoma shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tavsiyanoma shakllantirilgandan soʻng, mazkur Nizomning 3 — 12-ilovalarida koʻrsatilgan yordamlar boʻyicha tavsiyanoma bir kun ichida koʻrib chiqish uchun “Mahalla yettiligi”ga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual rejada kambagʻal oilalarga muayyan ijtimoiy yordamlarning belgilanishi ushbu toifadagi shaxslardan qoʻshimcha murojaat talab etmagan holda keys-menejment asosida oʻrganilmasdan tavsiyanoma shakllantiriladi hamda “Mahalla yettiligi”ga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ushbu Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan yordamdan foydalanish uchun tavsiyanoma shakllantirilgandan soʻng, bir ish kuni ichida yordam oluvchining kasalligiga koʻra ixtisoslashtirilgan muassasalarda davolanishlarini taʼminlaydigan, tibbiy xizmatning qiymati koʻrsatilgan hamda matritsali shtrix kod (QR-kod)ga ega boʻlgan yoʻllanma (keyingi oʻrinlarda — yoʻllanma) Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimidan tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda agar ikki oy muddat ichida yordam oluvchining yoʻllanmasi mavjudligi tasdiqlanmasa tavsiyanoma bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. “Mahalla yettiligi” tomonidan ijtimoiy xodimning tavsiyanomasi besh kun ichida (shoshilinch kechiktirib boʻlmaydigan hollar bundan mustasno) kollegial tartibda koʻrib chiqiladi va quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs yoki oilaga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yordam koʻrsatish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavsiyanomada koʻrsatilgan yordam miqdori “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasida shakllangan mablagʻlarning mahalla fuqarolar yigʻini boʻyicha taqsimlangan miqdoridan ortiq boʻlgan taqdirda, koʻrsatiladigan yordamlarning miqdorini kamaytirish yoki yordam koʻrsatishni keyingi oyga kechiktirish haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs yoki oilaga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yordam koʻrsatishni rad etish toʻgʻrisida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalla yettiligi” tomonidan qabul qilinadigan qaror matni “Ijtimoiy himoya” ATda avtomatik shakllantiriladi. Bunda koʻrsatiladigan yordamning miqdori fuqaroning ehtiyojidan kelib chiqib, xodim tomonidan kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. “Mahalla yettiligi” tomonidan ijtimoiy xodimning har bir tavsiyanomasi boʻyicha oila alohida koʻrib chiqilib, ovoz beriladi hamda “Mahalla yettiligi” aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan oilaga yordam koʻrsatish boʻyicha qaror qabul qilinadi. Bunda ovozlar teng boʻlib qolganda, mahalla raisining ovozi hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan muddatda “Mahalla yettiligi” vakillari tomonidan ovoz berilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ushbu Nizomning 18-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan bir oilaga yordam koʻrsatish ketma-ket uch marotaba keyingi oyga kechiktirilganda, yordamni tayinlash “Ijtimoiy himoya” AT tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratiladigan yordamlarni olish uchun ijtimoiy yordam olish istagida boʻlgan oila (shaxs) tomonidan qayta murojaat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari “Mahalla yettiligi”ning ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qarorlariga asosan yordamlar boʻyicha tegishli mablagʻlar mazkur Nizomning 1 — 12-ilovalariga muvofiq pasportlarda nazarda tutilgan tartibda oʻtkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ijtimoiy xodim tomonidan ushbu Nizomning 15 va 16-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish jarayonida oilaga shoshilinch yordam koʻrsatish lozimligi aniqlanganda, zudlik bilan “Ijtimoiy himoya” AT orqali tavsiyanoma shakllantiriladi hamda “shoshilinch” grifi ostida koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun “Mahalla yettiligi”ga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu tavsiyanoma “Mahalla yettiligi” tomonidan bir sutka ichida koʻrib chiqilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ushbu Nizomning 3, 4, 6, 7, 8, 10-11-ilovalariga muvofiq pasportlarda nazarda tutilgan ijtimoiy yordamlarni koʻrsatish quyidagi holatlarda toʻxtatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yordam oluvchi yoxud ularning qonuniy vakili tomonidan tegishli ijtimoiy yordamdan foydalanishni toʻxtatish haqida ariza bilan murojaat qilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yordam oluvchi vafot etgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yordam oluvchi ozodlikdan mahrum etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yordam oluvchi oila “mahalla yettiligi”ning yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi kollegial qarori qabul qilingunga qadar Kambagʻal oilalar reyestridan chiqarilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yordam oluvchi doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Ayrim turdagi ijtimoiy yordamlarni koʻrsatishning oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Elektron tijorat vositasida amalga oshiriladigan ijtimoiy yordam koʻrsatuvchilarni aniqlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Mazkur Nizomning 3, 5 va 8-ilovalariga muvofiq pasportda nazarda tutilgan uy-joy taʼmirlash uchun qurilish materiallari, koʻmir yoki yoqilgʻi mahsulotlari hamda oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlarni (keyingi oʻrinlarda — tovar) xarid qilish tarzidagi ijtimoiy yordamlar elektron tijorat vositasida elektron savdo platformasi orqali koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni xarid qilish tadbirkorlik subyektlari tomonidan yuritiladigan elektron savdo maydonchalari orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda, elektron savdo maydonchalari orqali tovarlarni xarid qilish va ular boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish ushbu elektron savdo maydonchalari operatorlari va Agentlik tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Elektron savdo platformasi orqali xarid qilinadigan tovarlar ushbu turdagi tovarlarni realizatsiya qiluvchi sotuvchilar tomonidan elektron savdo platformasiga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Sotuvchilar tomonidan elektron savdo platformasiga ular tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlarni joylashtirish uchun “Ijtimoiy himoya” ATda elektron ofertani tasdiqlash orqali bepul va ixtiyoriylik asosida avtorizatsiyadan oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchilar “Ijtimoiy himoya” ATda avtorizatsiyadan oʻtishda quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar uchun soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) hamda telefon raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun pasport seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) hamda telefon raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyekti va uning filiali yuridik manzillari, hisobvaragʻi, bank rekvizitlari, ishonchli vakil haqida maʼlumotlar hamda uning telefon raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotiladigan tovarlarning turlari va nomi hamda qonunchilikda belgilangan hollarda ularning muvofiqlik sertifikati raqamlari hamda amal qilish muddatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Avtorizatsiyadan tegishli maʼlumotlar toʻldirilib, elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) yoki “Ijtimoiy himoya” ATda “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilishning yagona axborot tizimi (OneID) orqali tasdiqlangandan soʻng oʻtiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, sotuvchilar elektron ofertani tasdiqlaganidan soʻng ular tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarining mavjud emasligi “Ijtimoiy himoya” ATda idoralararo elektron hamkorlik orqali avtomatik tarzda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchilar tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligi hamda ularning faoliyati tugatilmaganligi aniqlangan taqdirda, sotuvchilar avtorizatsiyadan oʻtkaziladi va ular uchun “Ijtimoiy himoya” ATda shaxsiy kabinet ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Mazkur Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan talablarga javob bermaydigan sotuvchilar “Ijtimoiy himoya” ATda avtorizatsiyadan oʻtkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Quyidagilar sotuvchilarni elektron savdo platformasida tovarlarni realizatsiya qilish faoliyatini cheklash uchun asos hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyekti tugatilganda yoki bankrot deb topilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yordam oluvchiga ayni bir sotuvchi tomonidan uch va undan koʻp marotaba sifatsiz va nuqsonli tovarlar yetkazib berilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. “Ijtimoiy himoya” ATda avtorizatsiyadan oʻtkazilgan sotuvchilar tovarlarni elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilish uchun ular toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlarni tegishlicha “Ijtimoiy himoya” ATning “Tovarlar” boʻlimiga elektron ofertaga Agentlik tomonidan tasdiqlangan ilova qilinadigan minimal texnik talablarga muvofiq joylashtiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir tovarning nomi, narxi, foydalanish va kafolat muddatlari, ularning texnik tavsifi va koʻrsatkichlari, foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma, kafolat va foydalanish muddatlari tugamasdan yoki tugaganidan soʻng amalga oshiriladigan tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda muvofiqligi baholanishi yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlar boʻyicha ularning muvofiqlik sertifikati va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tomonidan belgilangan talablar boʻyicha har bir tovarning turli xil rakursdan olingan fotosuratlari. Bunda realizatsiya qilinadigan tovarga muvofiq kelmaydigan fotosuratlarni joylashtirish taqiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarni yetkazib berish muddati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Sotuvchi tomonidan Agentlikning elektron savdo platformasi orqali sotiladigan tovarlar mazkur elektron savdo platformasining “Tovar” boʻlimida mavjud shu turdagi tovarlarning oʻrtacha qiymatidan kelib chiqqan holda Agentlik tomonidan belgilanadigan narx diapazoni doirasida belgilangan narxlar boʻyicha joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Tovarlarning minimal texnik talablarga muvofiqligi va maʼlumotlarning toʻliqligi Agentlikning masʼul xodimlari tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATda qabul qilingandan soʻng ular tegishlicha “Ijtimoiy himoya” ATning “Tovarlar” boʻlimi orqali elektron savdo platformasiga chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda minimal texnik talablarga muvofiq kelmaydigan hamda qonunchilikda belgilangan hollarda olinishi lozim boʻlgan muvofiqlik sertifikati yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma olinmaganda va ularning amal qilish muddati tugaganda ushbu tovarlarni elektron savdo platformasiga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Elektron tijorat vositasida tovarlarni xarid qilish va yetkazib berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Mazkur Nizomning 3, 5 va 8-ilovalariga muvofiq pasportlarda nazarda tutilgan ijtimoiy yordamlarni koʻrsatish belgilangan taqdirda, “Inson” markazlari tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yordam oluvchi nomiga “Ijtimoiy himoya” AT orqali vaucher shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yordam oluvchining nomiga vaucher shakllantirilganligi toʻgʻrisida “Ijtimoiy himoya” AT yoki SMS-xabarnoma orqali xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Yordam oluvchi unga nisbatan vaucher shakllanganligi toʻgʻrisidagi xabarni olgandan soʻng ikki oy ichida bevosita oʻzi yoki qonuniy vakili orqali elektron savdo platformasida vaucherga muvofiq tegishli tovarni xarid qilish boʻyicha buyurtma berish uchun “Ijtimoiy himoya” ATda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud tugʻilganlik haqidagi guvohnoma) maʼlumotlari va telefon raqamini kiritgan holda roʻyxatdan oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kiritilgan maʼlumotlar yordam oluvchi yoxud uning qonuniy vakilining roziligini ifodalaydigan hamda uni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari (SMS-xabarnoma, Face-ID) yoki “Ijtimoiy himoya” ATda yaratilgan maxsus identifikatsiya qilish (Yagona identifikatsiya tizimi (OneID), Mobile-ID) orqali tasdiqlangandan soʻng roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatdan oʻtgan yordam oluvchi yoxud uning qonuniy vakiliga “Ijtimoiy himoya” ATda shaxsiy kabinet ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Yordam oluvchi “Ijtimoiy himoya” ATda roʻyxatdan oʻtish hamda vaucherga muvofiq tovarga buyurtma berish uchun bevosita oʻzi yoki qonuniy vakili orqali “Inson” markazi yoki ijtimoiy xodimga murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, ushbu shaxslarning murojaatlariga asosan “Inson” markazi yoki ijtimoiy xodim elektron qurilma vositalari yordamida real vaqt rejimida ularni “Ijtimoiy himoya” ATda roʻyxatdan oʻtkazadi hamda ularning nomidan vaucherga muvofiq tegishli tovarga buyurtmani shakllantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Yordam oluvchi yoxud ularning qonuniy vakillari elektron savdo orqali tovarga bergan buyurtmalarining toʻliqligi va toʻgʻriligi uchun masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Yordam oluvchini tegishli tovarlar bilan taʼminlashda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yordam oluvchi yoxud ularning qonuniy vakillari oʻz xohishiga koʻra “Ijtimoiy himoya” ATning “Tovarlar” boʻlimi orqali tovarlar sotuvchisini hamda vaucherda koʻrsatilgan tovarning turini tanlaydi va buyurtma qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchi buyurtmani “Ijtimoiy himoya” AT orqali qabul qilib olgandan soʻng uch kun ichida buyurtma qilingan tovarni yetkazib berish vaqtni haqidagi maʼlumotlarni yordam oluvchi yoxud ularning qonuniy vakillarini elektron tarzda yoki mobil aloqa vositasi orqali xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchilar tovarlar boʻyicha buyurtmani qabul qilib olgandan soʻng buyurtma qilingan tovarni yordam oluvchi yoxud ularning qonuniy vakillariga uch kun ichida yetkazib berilishini taʼminlashi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar bevosita yordam oluvchi yoki ularning qonuniy vakillarining oʻziga topshirilgan soʻng yordam oluvchi yoxud ularning qonuniy vakillari tomonidan tovar qabul qilib olinganligi toʻgʻrisidagi SMS-xabarnoma tasdiq kodi maʼlum qilinganda, sotuvchilar buyurtma ularga yetkazib berilganligini “Ijtimoiy himoya” ATda tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Elektron tijorat vositasida xarid qilingan va yetkazib berilgan tovarlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Iqtisodiyot va moliya vazirligining Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — DMBAT) mazkur bobga muvofiq xarid qilinadigan tovarlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish va hisobini yuritish maqsadida Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari uchun tuman va shaharlar kesimida alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Yordam oluvchi yoxud ularning qonuniy vakillari tomonidan vaucherga muvofiq mazkur bobda belgilangan tartibda berilgan buyurtmalar kesimidagi maʼlumotlar “Ijtimoiy himoya” ATda shakllantirilib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Yordam oluvchi yoxud ularning qonuniy vakillari tomonidan vaucherga muvofiq tanlangan buyurtmaning xarid narxi va vaucherda koʻrsatilgan miqdordagi mablagʻ oʻrtasida salbiy farq mavjud boʻlganda, yordam oluvchi yoxud ularning qonuniy vakillari tomonidan dastlab ushbu salbiy farq summasi toʻlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmaning xarid narxi va vaucherda koʻrsatilgan miqdordagi mablagʻ oʻrtasidagi salbiy farq summasi yordam oluvchi yoxud ularning qonuniy vakillari tomonidan toʻlanmagan taqdirda, ushbu tovarni sotayotgan sotuvchi buyurtmani qabul qilishni rad qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Buyurtmalar mazkur Nizomning 37-bandida belgilangan tartibda yordam oluvchi yoxud ularning qonuniy vakillariga yetkazib berilganligi tasdiqlanganidan soʻng ushbu shaxslarning yashash joyi boʻyicha “Inson” markazining “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabinetiga bu toʻgʻrisida xabarlar kelib tushadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Buyurtma yordam oluvchi yoxud ularning qonuniy vakillariga yetkazib berilganligi tasdiqlangandan soʻng, bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Ijtimoiy himoya” AT orqali Davlat imtiyozlari yagona elektron platformasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat imtiyozlari yagona elektron platformasi orqali buyurtmaning xarid narxi, biroq ushbu Nizomga 3, 5 va 8-ilovalariga muvofiq pasportlarda koʻrsatilgan miqdordagi mablagʻdan koʻp boʻlmagan miqdordagi mablagʻ DMBATga yoʻnaltiriladi. Bunda DMBAT tomonidan tegishli pul mablagʻlari tovarlarni sotuvchilarning bank hisobvaragʻiga buyurtma yordam oluvchi yoxud ularning qonuniy vakillariga yetkazib berilganligi tasdiqlangandan soʻng avtomatik tarzda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mablagʻlar sotuvchilarning bank hisobvaragʻiga dam olish kuniga yoxud bayram yoki boshqa ishlanmaydigan kunga toʻgʻri kelsa, undan keyingi birinchi ish kunida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xarid qilingan tovarlar xarid narxi vaucherdan kam boʻlgan taqdirda, oʻrtada hosil boʻlgan ijobiy farq summasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan tasarruf etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari quyidagilar uchun masʼul hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan muddatda “Mahalla yettiligi”ning qarorida koʻrsatilgan yordam boʻyicha mablagʻlarni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlaridan moliyalashtirilgan yordamlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda “Ijtimoiy himoya” ATga kiritib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Sotuvchi tovarlarni sifati va oʻz vaqtida yordam oluvchining uyigacha yetkazib berilishini taʼminlash uchun javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq bepul yoki imtiyozli tarzda yordam koʻrsatiladigan shaxslarga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan aynan shu turdagi yordam koʻrsatilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yordam olish uchun murojaatlarni koʻrib chiqish bosqichlari boʻyicha ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga SMS-xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda SMS-xabarnoma yuborish bilan bogʻliq xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan koʻrsatilgan yordamlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Ijtimoiy himoya” ATga kiritib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan mazkur Nizomga muvofiq tumanlar (shaharlar)da ijtimoiy yordamlar uchun ajratilgan mablagʻlarning samarali va maqsadli ishlatilishi boʻyicha nazorat amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning bandligini va ijtimoiy faolligini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun grant ajratish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning bandligini va ijtimoiy faolligini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun grant ajratish

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

BHMning 60 baravarigacha boʻlgan miqdorda

3.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

Jismoniy shaxslar va nodavlat tashkilotlar

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy loyiha va uni amalga oshirish natijasida olinadigan natijalar toʻgʻrisida maʼlumot;

Ijtimoiy loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlar hisob-kitobi (smeta).

5.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

Ijtimoiy yordam tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari rahbarligidagi komissiya* tomonidan har yili bir marta oʻtkaziladigan “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovida gʻolib deb topilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratiladi. Bunda:

“Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovini oʻtkazish, shu jumladan ijtimoiy loyihalarni oʻtkazish vaqti, koʻrib chiqish va gʻolib loyihalarni tanlash tartibi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tasdiqlanadi.

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Bir yilda bir marotaba

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Mazkur yordam:

jismoniy shaxslarga ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun zarur asbob-uskuna, jihozlar, xomashyo yoki xizmatlar xarid qilib berish orqali ajratiladi;

nodavlat tashkilotlarga ish oʻrinlarini yaratish, ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) koʻlamini kengaytirish, xomashyo xarid qilish, loyiha doirasida ishga qabul qilingan shaxslarning bilimi va malakasini oshirish maqsadida oʻqitish xarajatlarini qoplash uchun ularning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga shartnomaga muvofiq oʻtkazib beriladi.

8.

Izoh:

“Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovida qatnashadigan ijtimoiy loyihalar quyidagi tartibda shakllantiriladi va koʻrib chiqiladi:

har bir mahallada jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan ijtimoiy loyihalar har yili yanvar oyi yakuniga qadar ushbu mahallada faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimga taqdim etiladi;

jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan hamda ijtimoiy xodim tomonidan shakllantiriladigan roʻyxatga kiritilgan mahallada amalga oshirilishi rejalashtirish ijtimoiy loyihalar ushbu “mahalla yettiligi” tomonidan har yili fevral oyi yakuniga qadar koʻrib chiqiladi hamda eng yaxshi deb topilgan 3 ta loyiha tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari rahbarligidagi komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritiladi;

tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari rahbarligidagi komissiya tomonidan har yili 25-martga qadar mahallalar tomonidan taqdim etilgan loyihalar orasidan mahallalar kesimida har bir mahallada yashovchi Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning kamida 3 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni bandligini taʼminlash va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan bitta loyiha gʻolib deb topiladi.

Bunda mazkur pozitsiyaning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ijtimoiy loyihalarni koʻrib chiqish va gʻolibni aniqlashda quyidagi mezonlarga asoslaniladi:

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarini doimiy ish joyi bilan taʼminlashga yoki ularni ijtimoiy faolligini oshirishga (tadbirkorlik faoliyatini boshlash, sport bilan shugʻullanish, sanʼat va madaniy faoliyat bilan shugʻullanish) qaratilganligi;

loyihani amalga oshirish uchun zarur moliyaviy resurs, dastgoh, uskuna va jihozlarga ega boʻlish;

loyihaning mahallani ixtisoslashuviga mosligi, dolzarbligi, bozorbop va daromadliligi, ijtimoiy jozibadorligi;

jismoniy va yuridik shaxslarning amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy loyiha boʻyicha tajribaga egaligi;

xodimlar uchun zarur mehnat sharoitlari yaratish va munosib ish haqi toʻlashga qobiliyatliligi;

ish bilan taʼminlash bilan bir qatorda malakasi yetarli boʻlmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish yoki malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash imkoniyati mavjudligi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Mazkur komissiya tarkibi ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning bandligini taʼminlash va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tasdiqlanadigan “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovini oʻtkazish tartibida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarrohlik amaliyotisiz davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlari qoplash yordamini koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Jarrohlik amaliyotisiz davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlari qoplash

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Jarrohlik amaliyotisiz davolanish uchun — BHMning 50 baravarigacha;

Jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun — Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan qoplashini belgilangan bazaviy narxlar doirasida.

3.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan yoki oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalar.

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

-

5.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

a) oila Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyxatda turishi;

b) Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilmagan oilalar uchun — Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qarori bilan tasdiqlangan Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan kam taʼminlangan deb eʼtirof etish va ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash shartlariga toʻgʻri kelganda.

Bunda, oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromadi minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan oshmasligi lozim;

v) yordam oluvchining kasalligiga muvofiq ixtisoslashtirilgan muassasalarda davolanishlarini taʼminlaydigan, tibbiy xizmatning qiymati koʻrsatilgan hamda matritsali shtrix kod (QR-kod)ga ega boʻlgan yoʻllanma (keyingi oʻrinlarda — yoʻllanma)ga koʻra, tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha navbat kamida ikki oy va undan ortiq boʻlganda. Bunda navbat muddati avvalgi bir oyda navbati kelgan bemorlar sonidan kelib chiqib Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan hisoblanadi.

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Bir yilda bir marotaba

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Mazkur yordamni koʻrsatish boʻyicha mablagʻlar Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasiga oʻtkazib beriladi. Bunda:

yordam koʻrsatiladigan shaxsni jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyotini oʻtkazish Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tanlangan hamda shartnoma tuzilgan tibbiyot tashkiloti (davlat yoki nodavlat) tomonidan amalga oshiriladi;

yordam koʻrsatiladigan shaxslar Sogʻliqni saqlash vazirligining Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimida boshqa shaxslardan alohida tarzda yuritiladigan navbat asosida davolanadi;

yordam koʻrsatiladigan shaxsni jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyotini oʻtkazilganidan soʻng, Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasining talabnomasiga muvofiq tegishli xarajatlarni moliyalashtirish uchun mablagʻlar 3 ish kuni ichida Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;

Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi Ijro etuvchi apparati tomonidan tegishli mablagʻlar tibbiyot tashkilotiga oʻtkazib beriladi;

Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi Ijro etuvchi apparati tomonidan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tibbiyot tashkilotlariga oʻtkazilgan mablagʻlar boʻyicha alohida hisob-kitob yuritiladi.

9.

Izoh:

Mazkur yordam uni oluvchilar uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq Davlat tibbiy sugʻurtasi mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatilmagan yoki ushbu yordam xarajatlari boshqa manbalar (“Ayollar daftari” jamgʻarmasi, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi va boshqa manbalar) hisobidan qoplanmagan holatlarda koʻrsatiladi.

Yordam oluvchilarning hisobi Sogʻliqni saqlash vazirligining Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimida alohida yuritiladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash yordamini koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Oziq-ovqat mahsulotlari uchun — BHMning 1 baravari miqdorda;

Kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar uchun — BHMning 5 baravari miqdorda.

3.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar.

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

-

5.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

Oilaning Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyxatda turishi.

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Oziq-ovqat mahsulotlari uchun — har chorakda bir marotaba;

Kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar uchun — bir yilda ikki marotaba.

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Mazkur yordam quyidagi shakllardan biri orqali koʻrsatiladi:

oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlarni elektron savdo platformasi va savdo maydonchalari orqali elektron shaklda xarid qilish uchun belgilangan qiymatdagi vaucher ajratiladi;

2025-yil 15-avgustga qadar oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlarni xarid qilish tuman (shahar) hokimliklari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

8.

Ijtimoiy yordam boʻyicha xarid qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar roʻyxati:*

Oziq-ovqat mahsulotlari

ROʻYXATI

T/r

Oziq-ovqat mahsuloti nomi

Un

Oʻsimlik yogʻi va choy

Guruch va donli mahsulotlar

Makaron mahsulotlari

Tuxum

Goʻsht mahsulotlari (mol, qoʻy, parranda, baliq)

Sabzavot va poliz mahsulotlari

Shakar

Kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar

ROʻYXATI

T/r

Mahsulot nomi

Maktab formasi (kostum-shim, koʻylak, oyoq kiyim, sumka)

Qishki va yozgi kiyim-kechaklar hamda oyoq kiyimlar

Sport kiyim-kechaklari va oyoq kiyimlari

Koʻrpa-toʻshak va choyshablar

Gigiyena vositalari (atir sovun, shampun, kir sovun, kir yuvish poroshogi, idish yuvish vositalari)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Mazkur ijtimoiy yordam boʻyicha xarid qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar roʻyxatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turar joy ijarasi uchun kompensatsiya yordamini koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Turar joy ijarasi uchun kompensatsiya

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Ijara toʻlovining 50 foizi, biroq BHMning 2 baravarigacha (Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida BHMning 3 baravarigacha)

3.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar.

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ijara shartnomasi nusxasi va ijara shartnomasining soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi haqidagi bildirishnoma.

5.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

Oilaning Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyxatda turishi.

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Olti oy davomida har oyda

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Mazkur kompensatsiya soliq organlarida hisobga qoʻyilgan ijara shartnomasiga muvofiq yordam oluvchining bank plastik kartasiga oʻtkazib beriladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyini taʼmirlash, shu jumladan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning yashash sharoitini moslashtirish xarajatlarini qoplash yordamini koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Uy-joyini taʼmirlash, shu jumladan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning yashash sharoitini moslashtirish xarajatlarini qoplash

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

BHMning 50 baravarigacha boʻlgan miqdorda

3.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan yoki oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalar.

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Uy-joyini taʼmirlash boʻyicha shartnoma nusxasi (yordam oluvchi uy-joyni taʼmirlash ishlarini oʻzi zimmasiga olgan taqdirda shartnoma talab etilmaydi).

5.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

a) oila Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestri yoki Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyxatda turishi;

b) Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilmagan oilalar uchun — Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qarori bilan tasdiqlangan Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan kam taʼminlangan deb eʼtirof etish va ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash shartlariga toʻgʻri kelganda.

Bunda, oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromadi minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan oshmasligi lozim.

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Faqat bir marotaba

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

1. Mazkur yordam boʻyicha qurilish materiallari va taʼmirlash uchun mablagʻlar:

a) shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi”ga shartnomaga muvofiq pul oʻtkazish yoʻli bilan taqdim etiladi. Bunda:

“Mahalla yettiligi”ning kollegial qarorida koʻrsatilgan mablagʻlarning 15 foizigacha boʻlgan qismi ish haqi va boshqa xarajatlar uchun sarflanadi;

shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi” tomonidan uy-joyni taʼmirlash imkoni boʻlmagan taqdirda mazkur bandning “b” kichik bandida koʻrsatilgan tartibda yordam oluvchi “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorida nazarda tutilgan mablagʻning 85 foizi miqdorida qurilish materiallarini elektron savdo platformasi yoki savdo maydonchasi orqali xarid qiladi.

Taʼmirlash ishlarini boshlash uchun shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi”ga “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorida koʻrsatilgan mablagʻlarning 30 foizi avans sifatida shartnomaga asosan oʻtkazib beriladi;

b) “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorida uy-joyni taʼmirlash ishlari yordam oluvchi tomonidan amalga oshirilishi koʻrsatilgan taqdirda, yordam oluvchi “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorida nazarda tutilgan mablagʻning 85 foizi miqdorida qurilish materiallarini elektron savdo platformasi yoki savdo maydonchasi orqali xarid qilishi mumkin.

2. Shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi” taʼmirlash ishlarini yakunlash “mahalla yettiligi” tomonidan topshirish dalolatnomasiga asosan qabul qilinadi hamda taʼmirlash uchun qolgan mablagʻlar oʻtkazib beriladi.

Bunda nuqson dalolatnomasida koʻrsatilgan holatlar toʻliq bartaraf etilmaganda, taʼmirlash ishlari yakunlanmagan hisoblanadi hamda “mahalla yettiligi” tomonidan qabul qilinmaydi.

3. 2025-yil 15-avgustga qadar qurilish materiallarini xarid qilish tuman (shahar) hokimliklari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

8.

Ijtimoiy yordam boʻyicha xarid qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar roʻyxati:*

Uy-joyini taʼmirlash uchun qurilish mahsulotlari

ROʻYXATI

T/r

Mahsulot nomi

1.

Sement, ohak, gips, qum, shagʻal va boshqa

2.

Tasmalar (armatura)

3.

Tom va shift materiallari

4.

Asbest va mineral vata

5.

Metall konstruksiyalar

6.

Yogʻoch mahsulotlari

7.

Gʻisht (beton qorishmali gʻishtlar, bloklar)

8.

Sendvich-panellar va gipsokarton

9.

Fibrobeton va shlakoblok

10.

Poliuretan, penoplast va issiq izolyatsiya materiallari

11.

Plitka va keramika

12.

Oyna va shisha mahsulotlari

13.

Eshik, deraza va romlar (ichki va tashqi)

14.

Shpatlevka va suvoq materiallari

15.

Truba va furnituralari

16.

Epoksid pastalar va suyuq yopishmalar

17.

Boʻyoqlar

18.

Laminat, DSP va PVX panellar

19.

Santexnika va elektronika mahsulotlari

9.

Izoh:

a) Uy-joyni joriy taʼmirlash boʻyicha mablagʻlar fuqarolarga quyidagi hollarda ajratiladi:

uy-joyining tom qismini taʼmirlash uchun;

uy-joyining yashash xonalarini pol qismini taʼmirlash uchun;

uy-joyining yashash xonalari va oshxonasining eshik va derazasi yoʻq yoki yaroqsiz holatda boʻlsa yangilash yoki taʼmirlash uchun;

uy-joyining hammom yoki hojatxonasi mavjud boʻlmasa yoki taʼmirtalab boʻlsa, yangitdan qurish yoki taʼmirlash maqsadida ajratiladi.

Shuningdek, faqat Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar uchun uy-joyini issiqlik saqlovchi maxsus qoplamalar bilan qoplash hamda isitish tizimi uchun xarajatlar qoplab beriladi.

Mazkur yordamdan foydalanish uchun unga haqiqatda muhtojlik mavjudligi “mahalla yettiligi” tomonidan yordam oluvchilarga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida tegishli boʻlgan uy-joylarga borgan holda oʻrganish oʻtkazilib, nuqson dalolatnomasi tuziladi.

Bunda nuqson dalolatnomasida yordam oluvchiga tegishli uy-joyni taʼmirlanishi lozim boʻlgan qismlari hamda yangisiga almashtirilishi lozim boʻlgan jihozlar (eshik-rom, shifer va boshqalar) aniq koʻrsatilgan holda uy-joyning foto surʼatlari ilova qilinadi;

b) Ushbu yordam turar joyga nisbatan huquq belgilovchi hujjatlari mavjud boʻlmagan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino inshootlar kadastr organlari tomonidan hisobga olingan hamda soliq organlari axborot tizimiga soliq toʻlovchi sifatida kiritilgan shaxslarga ham koʻrsatiladi;

v) Mazkur yordam yongʻin, suv toshqini, zilzila va boshqa texnogen hodisalar oqibatida zarar koʻrgan uy-joylarni tiklash va taʼmirlash xarajatlarini qoplash yordamini olgan oila (shaxs)larga koʻrsatilmaydi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Mazkur ijtimoiy yordam boʻyicha xarid qilinadigan uy-joyini taʼmirlash uchun qurilish mahsulotlari roʻyxatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kommunal xarajatlarni qoplash yordamini koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Kommunal xarajatlarni qoplash

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

BHMning 1 baravarigacha boʻlgan miqdorda

3.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar.

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

-

5.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

Oilaning Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyxatda turishi.

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Bir yilda koʻpi bilan ikki marotaba kuz-qish mavsumida (1-oktabrdan 15-martga qadar)

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Mazkur yordam boʻyicha mablagʻlar kommunal xizmatlar boʻyicha taʼminot korxonalariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomaga muvofiq oʻtkazib beriladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kommunal xizmatlar boʻyicha qarzdorlikni qoplash yordamini koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Kommunal xizmatlar boʻyicha qarzdorlikni qoplash

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

BHMning 5 baravarigacha boʻlgan miqdorda

3.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar.

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Kommunal toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi mavjudligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (ariza beruvchi kommunal xizmat boʻyicha hisob raqamini koʻrsatiladi).

5.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

Oilaning Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyxatda turishi.

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Bir yilda koʻpi bilan ikki marotaba kuz-qish mavsumida (1-oktabrdan 15-martga qadar)

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Ushbu yordam boʻyicha tegishli mablagʻlar kommunal xizmatlar boʻyicha taʼminot korxonalariga shartnomaga muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazib beriladi.

8.

Izoh:

Ushbu pasportga muvofiq yordam miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetining hamda tumanlar (shaharlar) budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan koʻpaytirilishi mumkin.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻmir yoki boshqa yoqilgʻi mahsulotlari bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash yordamini koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Koʻmir yoki boshqa yoqilgʻi mahsulotlari bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

BHMning 2 baravarigacha (tabiiy gaz bilan taʼminlanmagan hududlarda BHMning 3 baravarigacha)

3.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar.

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Yordam oluvchi yashayotgan mahalla tabiiy gaz taʼminoti bilan taʼminlanmaganligi toʻgʻrisidagi asoslovchi hujjat.

5.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

a) oilaning Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyxatda turishi;

b) yordam oluvchi yashayotgan mahalla tabiiy gaz taʼminoti bilan taʼminlanmaganligi

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Kuz-qish mavsumida

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Ushbu yordam boʻyicha yordam oluvchi koʻmir yoki boshqa yoqilgʻi mahsulotlari:

elektron savdo platformasi yoki savdo maydonchasi orqali;

2025-yil 15-avgustga qadar tuman (shahar) hokimliklari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida xarid qilinadi.

8.

Ijtimoiy yordam boʻyicha xarid qilinadigan koʻmir yoki boshqa yoqilgʻi mahsulotlari:*

Koʻmir yoki boshqa yoqilgʻi mahsulotlari

ROʻYXATI

T/r

Koʻmir yoki boshqa yoqilgʻi mahsulotlari nomi

1.

Koʻmir

2.

Koks

3.

Pelet

4.

Oʻtin

9.

Izoh:

Mazkur pasportga muvofiq yordam miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetining hamda tumanlar (shaharlar) budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan koʻpaytirilishi mumkin.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Mazkur ijtimoiy yordam boʻyicha xarid qilinadigan koʻmir yoki boshqa yoqilgʻi mahsulotlari roʻyxatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yongʻin, suv toshqini, zilzila va boshqa texnogen hodisalar oqibatida zarar koʻrgan uy-joylarni tiklash va taʼmirlash xarajatlarini qoplash yordamini koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Yongʻin, suv toshqini, zilzila va boshqa texnogen hodisalar oqibatida zarar koʻrgan uy-joylarni tiklash va taʼmirlash xarajatlarini qoplash

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

BHMning 150 baravarigacha boʻlgan miqdorda

3.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan yoki oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalar.

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) Sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida davlat xizmatlari markazi tomonidan taqdim qilingan maʼlumotnoma yoki Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-noyabrdagi 747-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy ofatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan Tabiiy ofatlar oqibatida jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni aniqlash va baholash boʻyicha ishchi guruh tomonidan tabiiy ofatlar oqibatida yetkazilgan zararni aniqlash va baholash boʻyicha tuzilgan dalolatnoma;

b) Qurilish mahsuloti yetkazib beruvchi tadbirkorlik subyekti va ariza beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi.

5.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

a) oila Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyxatda turishi;

b) Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilmagan oilalar uchun — Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qarori bilan tasdiqlangan Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan kam taʼminlangan deb eʼtirof etish va ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash shartlariga toʻgʻri kelganda.

Bunda, oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromadi minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan oshmasligi lozim.

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Zaruratga koʻra, cheklanmagan marotaba

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

1. Mazkur yordam boʻyicha qurilish materiallari va taʼmirlash uchun mablagʻlar:

a) shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi” shartnomaga muvofiq pul oʻtkazish yoʻli bilan taqdim etiladi. Bunda “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorida koʻrsatilgan mablagʻlarning 15 foizigacha boʻlgan qismi ish haqi va boshqa xarajatlar uchun sarflanadi;

Tiklash va taʼmirlash ishlarini boshlash uchun shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi”ga “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorida koʻrsatilgan mablagʻlarning 30 foizi avans sifatida shartnomaga asosan oʻtkazib beriladi;

b) “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorida uy-joyni taʼmirlash ishlari yordam oluvchi tomonidan amalga oshirilishi koʻrsatilgan taqdirda, “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorida nazarda tutilgan mablagʻning 85 foizi qurilish materiallari yetkazib beruvchi tadbirkorlik subyektlariga shartnomaga muvofiq oʻtkazib beriladi.

2. Shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi” taʼmirlash ishlarini yakunlash “mahalla yettiligi” tomonidan topshirish dalolatnomasiga asosan qabul qilinadi hamda tiklash va taʼmirlash ishlari uchun qolgan mablagʻlar oʻtkazib beriladi.

Bunda nuqson dalolatnomasida koʻrsatilgan holatlar toʻliq bartaraf etilmaganda, taʼmirlash ishlari yakunlanmagan hisoblanadi hamda “mahalla yettiligi” tomonidan qabul qilinmaydi.

8.

Izoh:

a) Mazkur yordamdan foydalanish uchun unga haqiqatda muhtojlik mavjudligi “mahalla yettiligi” tomonidan yordam oluvchilarga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida tegishli boʻlgan uy-joylarga borgan holda oʻrganish oʻtkazilib, nuqson dalolatnomasi tuziladi.

Bunda nuqson dalolatnomasida yordam oluvchiga tegishli uy-joyni taʼmirlanishi lozim boʻlgan qismlari hamda yangisiga almashtirilishi lozim boʻlgan jihozlar (eshik-rom, shifer va boshqalar) aniq koʻrsatilgan holda uy-joyning foto surʼatlari ilova qilinadi;

b) Ushbu yordam turar joyga nisbatan huquq belgilovchi hujjatlari mavjud boʻlmagan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino inshootlar kadastr organlari tomonidan hisobga olingan hamda soliq organlari axborot tizimiga soliq toʻlovchi sifatida kiritilgan shaxslarga ham koʻrsatiladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning, xususan bolalarning shaxsga doir hujjatlarini rasmiylashtirish uchun shaxslarning kelib chiqishini aniqlashga doir tadbirlar xarajatlarini qoplash yordamini koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Fuqarolarning, xususan bolalarning shaxsga doir hujjatlarini rasmiylashtirish uchun shaxslarning kelib chiqishini aniqlashga doir tadbirlar xarajatlarini qoplash

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Toʻlanishi lozim boʻlgan ekspertiza xarajatlari doirasida

3.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar.

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) fuqarolik ishlari boʻyicha sudning odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimi nusxasi;

b) odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma.

5.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

Oilaning Kambagʻal oilalar reyestrida roʻyxatda turishi.

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Faqat bir marotaba

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Mazkur yordam tegishli mablagʻlar vakolatli organning qaroriga muvofiq shaxsning kelib chiqishini aniqlashga doir tadbirlarni amalga oshiruvchi tashkilotning hisob raqamlariga oʻtkaziladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
11-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash yordamini koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

BHMning 100 baravarigacha boʻlgan miqdorda.

Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlari miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha boʻlganda toʻliq, xarajatlar miqdori ushbu chegaradan yuqori boʻlgan hollarda esa — xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha boʻlgan qismi qoplab beriladi.

3.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan nogironligi boʻlgan shaxslar.

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

-

5.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

a) oxirgi 12 oy davomida oʻzi yoki oila aʼzolari nomida yashash uchun moʻljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud boʻlmasligi.

b) yer uchastkasi oxirgi uch oy ichida auksion orqali xarid qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi;

v) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan ekspertiza natijalari boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan, shuningdek, Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan boʻlishi.

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Faqat bir marotaba

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Mazkur yordam boʻyicha tegishli mablagʻlar yordam oluvchining bank plastik kartasiga oʻtkazib beriladi.

8.

Izoh:

Yordam oluvchi shaxslarga bir martalik toʻlov 14 — 30 yoshdagi shaxslar uchun “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari, 30 yoshdan katta boʻlgan xotin-qizlar uchun “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari, boshqa ehtiyojmand shaxslar uchun “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Bunda, Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan, biroq “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilmagan shaxslar xotin-qizlar faoli yoki yoshlar yetakchisi tomonidan bir oy muddatda “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari”ga kiritiladi hamda ularga bir martalik toʻlov amalda oshiriladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
12-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp xonadonli turar-joylarda pandus yoki koʻtarish moslamasini oʻrnatish xarajatlarini qoplash yordamini koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Koʻp xonadonli turar-joylarda pandus yoki koʻtarish moslamasini oʻrnatish xarajatlarini qoplash

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

BHMning 120 baravarigacha boʻlgan miqdorda

3.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan yoki oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan koʻp xonadonli turar-joylarda yashovchi tayanch harakatida nuqsoni bor oʻrindiqli aravachada harakatlanuvchi nogironligi boʻlgan shaxslar va bolalar (bundan, vaqtincha aravachada harakatlanuvchilar mustasno).

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) tadbirkorlik subyekti va tayanch harakatida nuqsoni bor oʻrindiqli aravachada harakatlanuvchi nogironligi boʻlgan shaxslar va bolalar (vakili) oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;

b) pandus yoki koʻtarish moslamasini oʻrnatish toʻgʻrisida Ijtimoiy inspeksiyaning hududiy boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan xulosa.

5.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

Ushbu yordam murojaatchi koʻp xonadonli turar-joylarda lifti mavjud koʻp xonadonli turar-joylarda liftgacha boʻlgan birinchi qavatgacha qismiga, shuningdek, lifti boʻlmagan koʻp xonadonli turar-joylarning birinchi qavatgacha qismigacha (tayanch harakatida nuqsoni bor oʻrindiqli aravachada harakatlanuvchi nogironligi boʻlgan shaxslar va bolalar (vakili) turar-joyning birinchi qavatida yashovchi boʻlgan taqdirda) yashovchi tayanch harakatida nuqsoni bor oʻrindiqli aravachada harakatlanuvchi nogironligi boʻlgan shaxslar va bolalar (vakili) boʻlganda taqdim etiladi.

a) fuqaro yashovchi koʻp qavatli xonadonning kirish qismiga pandus qilish xarajatlari qoplab beriladi;

b) pandus qilish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda lifti mavjud koʻp xonadonli turar-joylarda liftgacha boʻlgan birinchi qavatgacha qismiga, shuningdek, lifti boʻlmagan koʻp xonadonli turar-joylarning birinchi qavatgacha qismigacha (tayanch harakatida nuqsoni bor oʻrindiqli aravachada harakatlanuvchi nogironligi boʻlgan shaxslar va bolalar (vakili) turar-joyning birinchi qavatida yashovchi boʻlgan taqdirda) koʻtarish moslamasini oʻrnatish.

v) koʻtarish moslamasini oʻrnatish boʻyicha xulosa Ijtimoiy inspeksiyaning hududiy boshqarmalari tomonidan taqdim etiladi.

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Faqat bir marotaba

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Mazkur yordam shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.

Maxsus koʻtarish moslamasini oʻrnatish ishlari yakunlangandan soʻng, “mahalla yettiligi” tomonidan topshirish dalolatnomasiga asosan qabul qilinadi.

Koʻtarish moslamasining texnik xavfsizligi boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi tashkilot texnik nazoratchisi xulosasi hamda koʻtarish moslamasi haqiqatda oʻrnatilganligi yuzasidan Ijtimoiy inspeksiya hududiy boshqarmalarining ijobiy xulosasiga asosan, boshqaruv servis kompaniyasi (boshqaruv servis kompaniyasi boʻlmagan taqdirda mahalla fuqarolar yigʻini) balansiga oʻtkazilgandan soʻng, tegishli mablagʻlar tadbirkorlik subyektining hisob raqamiga oʻtkazib beriladi.

8.

Izoh:

Mazkur yordamdan foydalanish uchun unga haqiqatda muhtojlik mavjudligi “mahalla yettiligi” tomonidan yordam oluvchilarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan uy-joylarga borgan holda oʻrganish oʻtkazilib, nuqson dalolatnomasi tuziladi.

Bunda nuqson dalolatnomasida yordam oluvchiga tegishli uy-joyga pandus yoki koʻtarish moslamasi oʻrnatish zarurligi aniq koʻrsatilgan holda uy-joyga kirish qismining foto surʼatlari ilova qilinadi.

.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 23-martdagi 122-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning yer uchastkasini sotib olish xarajatlarini qoplash tartib-taomillarini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 27-oktabrdagi 566-son qarori.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son; 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son; 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)