01.07.2025 yildagi PQ-212-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 01.07.2025 yildagi PQ-212-son
Date of entry into force
04.07.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston tasviriy va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirish va jahon miqyosida ommalashtirish, isteʼdodli yosh rassomlarni qoʻllab-quvvatlash, badiiy taʼlim sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini ilgʻor xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish hamda yangi zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda kreativ loyihalarni amalga oshirish maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn sohasini rivojlantirishda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Badiiy akademiya) faoliyatining asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn sohasi xodimlarini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash hamda ularning samarali ijod qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) isteʼdodli yosh rassomlar uchun moʻljallangan ijodiy ustaxonalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ularning shaxsiy va jamoaviy koʻrgazmalarini uyushtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida isteʼdodli yoshlarni tasviriy va amaliy sanʼat sohalariga keng jalb etish hamda ularning ushbu yoʻnalishda turli kreativ loyihalardagi ishtirokini ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) badiiy taʼlim sohasida kadrlar tayyorlashga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, ularni amaliyotga joriy etish va takomillashtirish, shuningdek, akademik badiiy taʼlimning izchilligini taʼminlash bilan bogʻliq vazifalarni hal etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) Oʻzbekiston tasviriy va amaliy sanʼatini jahon miqyosida ommalashtirish maqsadida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2026-2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Badiiy koʻrgazmalar direksiyasining koʻrgazmalar zali jahon standartlari asosida rekonstruksiya qilinsin va jihozlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi fondining Toshkent shahri Chilonzor tumani Lutfiy koʻchasi 10a-uy manzilida joylashgan binosi rekonstruksiya qilinsin, uning hududida zamonaviy galereya binosi qurilsin hamda 40 ta ijodiy ustaxonadan iborat yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Yosh rassomlar markazi faoliyati yoʻlga qoʻyilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura sanʼati muzeyi hududida qoʻshimcha bino qurilsin va u yerda milliy usulda qogʻoz tayyorlash boʻyicha yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonasi tashkil etilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi hududida qoʻshimcha 400 oʻrinli oʻquv binosi qurilsin, shuningdek, ushbu maktabning oʻquv binolarini kapital taʼmirlash ishlari uchun zarur kapital qoʻyilma mablagʻlari nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi hududida 200 oʻrinli oʻquvchilar turarjoyi binosini qurish davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilishi koʻzda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Badiiy akademiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan 2026-yilda Badiiy akademiyaga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan Toshkent fotosuratlar uyida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Multimedia markazini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) zamonaviy galereya binosi va uning hududida 15 mingdan ortiq noyob asarlarni saqlash uchun fond, kutubxona, fotolaboratoriya, tasviriy va amaliy sanʼat, haykaltaroshlik asarlari, suvenirlarni tayyorlash va taʼmirlash ustaxonalari hamda laboratoriyasini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yosh rassomlar markazida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Badiiy ijodkorlar uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) yosh aʼzolari uchun rassomlar ijodiy ustaxonalari faoliyati yoʻlga qoʻyilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Uyushma tavsiyasiga koʻra, Badiiy akademiya boshqaruv kengashi qaroriga muvofiq mazkur ijodiy ustaxonalar yosh ijodkorlarga muayyan muddatga tekin foydalanish huquqi asosida berilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) tegishli yoʻnalishlar boʻyicha toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Badiiy akademiya Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2026-yildan boshlab Badiiy akademiya hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylar va xalqaro grantlar hisobidan har yili tanlov asosida Rassomlik mahorati ustaxonasi stajyorlari, eng isteʼdodli yosh rassom, haykaltarosh, dizayner, restavrator, sanʼatshunos va muzeyshunoslarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Rassomlik mahorati ustaxonasida isteʼdodli yosh rassomlarni ustoz-shogird anʼanalari asosida tarbiyalab kelayotgan taniqli ijodkorlar Badiiy akademiyaga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,6 baravarigacha miqdorda har oy qoʻshimcha ragʻbatlantirib borilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Badiiy akademiya, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi sohadagi nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarining oʻquv reja va dasturlari hamda kadrlar tayyorlash andozalarini Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti faoliyatiga 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich joriy etish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida tashqi oʻrindoshlik asosida faoliyat olib borayotgan ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega boʻlgan ijodkor pedagog kadrlar mazkur taʼlim tashkilotining ilmiy salohiyat koʻrsatkichlarida inobatga olinadi, asosiy ish joyi boshqa oliy taʼlim tashkilotlarida boʻlgan xodimlar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlar tomonidan yaratilgan yuksak badiiy asarlar institut kengashi qaroriga asosan monografiyaga tenglashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining oʻquv dasturi doirasida psixologiya va pedagogika fanlaridan tahsil olgan rangtasvir, amaliy sanʼat va dizayn bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilariga umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tasviriy sanʼat fanidan taʼlim berishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari shaharlar infratuzilmasining estetik koʻrinishini yanada boyitish hamda shaharsozlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy soha obyektlari qurilish smetasiga badiiy-ijodiy ishlarni xarid qilish xarajatlarini kiritib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Badiiy akademiya 2026-yildan boshlab Badiiy akademiyaga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida “Yangi Oʻzbekiston manzaralari”, “Buyuk allomalar” va “Zamon qahramonlari” kabi turkumdagi ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tizimini yoʻlga qoʻysin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Badiiy akademiya markaziy apparatiga 2027-yilda 1 ta mikroavtobus sotib olish va saqlash uchun limit ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. 2025-yil 1-iyuldan boshlab Badiiy akademiya markaziy apparati va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi xodimlari uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moddiy ragʻbatlantirishning quyidagi turlari joriy etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) xodimlarning lavozim maoshiga 200 foiz miqdorida oylik ustamalar belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) koʻp yillik mehnati uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda xodimlarning lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda ustama toʻlash (xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlardan tashqari): 1 yildan 5 yilgacha — 0,3; 5 yildan 10 yilgacha — 0,6; 10 yildan 15 yilgacha — 0,9; 15 yildan ortiq — 1,2.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish 2025-yilda Badiiy akademiyaga ajratilgan mablagʻlar doirasida, 2026-yildan esa Davlat budjeti parametrlarida mazkur maqsadlar uchun belgilangan tartibda nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Badiiy akademiyaning Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Sharof Rashidov koʻchasi 40-uy manzilida joylashgan bino va inshootlari tegishli hududi bilan birga Badiiy koʻrgazmalar direksiyasiga operativ boshqarish huquqi bilan bepul berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Badiiy ijodkorlar uyushmasi Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Sharof Rashidov koʻchasi 40-uy manzilida joylashgan Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi bino va inshootlarining bir qismiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Uyushma huzuridagi Badiiy ishlab chiqarish ustaxonasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Lutfiy koʻchasi 10a-uy manzilida joylashgan Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi fondi bino va inshootlarining bir qismiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) “Sanʼat” jurnali tahririyati Toshkent shahri Mirobod tumani Istiqbol koʻchasi 4-uy manzilida joylashgan Toshkent fotosuratlar uyi bino va inshootlarining bir qismiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) Badiiy akademiya huzuridagi Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi Toshkent shahri Uchtepa tumani Shirin koʻchasi 1a-uy manzilida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi bino va inshootlarining bir qismiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Badiiy akademiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) tasviriy va amaliy sanʼat tarixi hamda bugungi kundagi rivojini keng targʻib qilib borish maqsadida davlat telekanallarida sohaning yetuk mutaxassislari ijodiga bagʻishlangan teledasturlar turkumini muntazam ravishda namoyish etib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) ikki oy muddatda sohadagi isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning faoliyatini keng targʻib qilish maqsadida “Madaniyat va maʼrifat” telekanalida “Yoshlar ijodi” koʻrsatuvini tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati va qaror ijrosi bilan bogʻliq tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Badiiy akademiya manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.V. Nuridinov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-212-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-iyuldagi PQ-212-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbasi

Masʼul ijrochilar

I. Ijodkorlar faolligini oshirish, ularni qoʻllab-quvvatlash hamda kreativ loyihalar yoʻnalishida

1.

Xalqaro anʼanaviy tasviriy va amaliy sanʼat festivali doirasida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY)ga aʼzo davlatlar sanʼati koʻrgazmasini oʻtkazish.

1. Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY)ga aʼzo davlatlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2. Ishchi guruh tomonidan koʻrgazma konsepsiyasini ishlab chiqish.

3. Koʻrgazmani Xalqaro anʼanaviy tasviriy va amaliy sanʼat festivali dasturiga kiritish va yuqori saviyada oʻtkazib borish.

Har yili yanvar — aprel oylari

Badiiy akademiyaga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar

Badiiy akademiya

(A. Nuridinov)

2.

Davlat buyurtmalariga asosan yaratiladigan tasviriy va amaliy sanʼat asarlari mualliflarining ish haqi va ular tomonidan sarflanadigan xomashyolar xarajatlarini belgilash tartibini ishlab chiqish.

1. Sohaning malakali mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2025-yil iyul

-

Badiiy akademiya

(A. Nuridinov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

2. Mualliflarning ish haqi va ular tomonidan sarflanadigan xomashyolar xarajatlarini belgilash tartibini ishlab chiqish.

2025-yil noyabr

3. Ishlab chiqilgan tartibni tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2025-yil dekabr

3.

2026-yildan boshlab Badiiy akademiya hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylar va xalqaro grantlar hisobidan har yili tanlov asosida Rassomlik mahorati ustaxonasi stajyorlari, eng isteʼdodli yosh rassom, haykaltarosh, dizayner, restavrator, sanʼatshunos va muzeyshunoslarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborishni yoʻlga qoʻyish.

1. Xorijiy mamlakatlardagi sohaning yetakchi tashkilot va muassasalari bilan memorandum va boshqa hamkorlik shartnomalarini tuzish.

2. Xorijiy mamlakatlar kesimida har yilgi malaka oshirish va stajirovkalar rejasini ishlab chiqish.

3. Malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladigan ijodkorlarni saralash boʻyicha tanlov tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

4. Tanlov natijalariga koʻra ijodkorlarni tasdiqlangan rejaga asosan xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborish.

2026-yildan boshlab har yili reja asosida

Badiiy akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylar va xalqaro tashkilotlar grantlari

Badiiy akademiya

(A. Nuridinov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

4.

Oʻzbekiston tasviriy va amaliy sanʼatini xorijda targʻib qilish maqsadida jahonning rivojlangan mamlakatlarida oʻtkaziladigan sanʼat yarmarkalari, biyennalelar, koʻrgazmalar hamda festival va simpoziumlarda ijodkor va olimlarning ishtirokini taʼminlash.

1. Soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish hamda ishchi guruh tomonidan jahonning rivojlangan mamlakatlarida oʻtkaziladigan sanʼat yarmarkalari, biyennalelar, xalqaro koʻrgazmalar, festival va simpoziumlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Roʻyxat asosida har yilgi ijodiy va ilmiy safarlar rejasini ishlab chiqish shu asosida xalqaro tadbirlarda ijodkor va olimlarning ishtirokini taʼminlab borish.

2026-yildan boshlab har yili reja asosida

Badiiy akademiyaga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar

Badiiy akademiya

(A. Nuridinov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

5.

Yoshlarning sanʼatga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish hamda tasviriy va amaliy sanʼat sohasida loyihalarni tashkil etishda koʻmaklashishga qaratilgan Yosh ijodkorlar klubi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Yosh ijodkorlar klubi nizomini ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

-

Badiiy akademiya

(A. Nuridinov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

2. Yosh ijodkorlar klubi faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash.

Doimiy

6.

Oʻzbekiston tasviriy va amaliy sanʼatini keng targʻib qilish va sohaga qiziqqan isteʼdodli yoshlarni yuzaga chiqarish maqsadida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda “Art chellenj” (Art challenge) loyihasini doimiy amalga oshirib borish.

1. Soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2025-yil sentabr

-

Badiiy akademiya

(A. Nuridinov),

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

(A. Djurabayev)

2. Ishchi guruh tomonidan “Art chellenj” loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

3. Konsepsiya asosida turli videoroliklar yaratish hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda doimiy ravishda eʼlon qilib borish.

Doimiy

7.

Zamonaviy galereya va Yosh rassomlar markazi faoliyati toʻliq yoʻlga qoʻyilgandan soʻng ularni oʻrnatilgan tartibda turistik yoʻnalishlar (marshrutlar)ning yagona reyestriga kiritish.

1. Zamonaviy galereya va Yosh rassomlar markazini turistik yoʻnalishlar (marshrutlar)ning yagona reyestriga kiritish.

2. Obyektlarni sayyohlar orasida keng targʻib qilish.

Doimiy

-

Turizm qoʻmitasi

(U. Shadiyev),

Badiiy akademiya

(A. Nuridinov)

8.

“Yangi Oʻzbekiston manzaralari”, “Buyuk allomalar” va “Zamon qahramonlari” kabi turkumdagi ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibini tasdiqlash.

1. Turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan tartibni ijroga yoʻnaltirish.

2025-yil noyabr

 

Badiiy akademiya

(A. Nuridinov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Badiiy taʼlim sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash yoʻnalishida

9.

Tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

Badiiy akademiya tomonidan idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlash sifatini monitoring qilish hamda xulosalar tayyorlash;

tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, oʻqitish va tarbiyalash boʻyicha yaxlit tizimni yaratish;

amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutish.

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil sentabr

-

Badiiy akademiya

(A. Nuridinov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

10.

Sohadagi atoqli ijodkorlar nomini abadiylashtirish maqsadida Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari hamda maktab-internatlariga ularning nomini berish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

1. Soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2025-yil oktabr

-

Badiiy akademiya

(A. Nuridinov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalariga atoqli ijodkorlar nomini berish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2025-yil noyabr

3. Takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil fevral

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2025-y., 07/25/212/0568-son)