06.05.1994 yildagi 1062-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 06.05.1994 yildagi 1062-XII-son
Date of entry into force
01.06.1994
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IXTIROLAR, FOYDALI MODELLAR VA SANOAT NAMUNALARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 397-II-sonli “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanishning huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy asoslari va tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonun bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini (matnda bundan keyin sanoat mulki obyektlari deb yuritiladi) yaratish, huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasida sanoat mulki obyektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi (matnda bundan keyin Patent idorasi deb yuritiladi) ushbu Qonunga muvofiq sanoat mulki obyektlarini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent idorasi sanoat mulki obyektlariga talabnomalarni koʻrib chiqish uchun qabul qiladi, ular boʻyicha davlat ilmiy-texnik ekspertizasini oʻtkazadi, ularni davlat roʻyxatiga oladi, muhofaza hujjatlarini beradi, rasmiy axborotnoma nashr etadi, ushbu Qonunning qoʻllanilishiga oid qoidalar va tushuntirishlarni ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Patent idorasi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent idorasining faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlashning manbai davlat budjeti mablagʻidan, patent bojlaridan, shuningdek Patent idorasi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar va beriladigan materiallar uchun olinadigan haqdan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Sanoat mulki obyektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektiga boʻlgan huquq muallifga (mualliflarga) yoki uning (ularning) huquqiy vorisiga (vorislariga) tegishli boʻladi hamda patent, dastlabki patent (matnda bundan keyin patent, dastlabki patent deb yuritiladi) bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti bir necha shaxs bir-biridan mustaqil ravishda sanoat mulki obyektini yaratgan boʻlsa, patent yoki dastlabki patentga boʻlgan huquq Patent idorasiga birinchi boʻlib talabnoma topshirgan shaxsga tegishli boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektining muallifi, basharti oʻzining obyektiga nisbatan gʻayrihuquqiy ravishdagi oʻzlashtirish natijasida talabnoma topshirilgan yoxud patent yoki dastlabki patent olingan boʻlsa, sud tartibida patent yoki dastlabki patent berilishiga norozilik bildirish yoxud patent yoki dastlabki patentga boʻlgan huquq egasi (matnda bundan keyin patent egasi deb yuritiladi) sifatida patent yoki dastlabki patent oʻziga berilishini talab qilish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki patent dastlabki ekspertiza oʻtkazilganidan soʻng, patent esa — obyekt mohiyatan ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiro patenti ixtironing yangiligini, ixtirochilik darajasini, ixtironing haqiqiyligini va patent egasining ixtiroga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat namunasi patenti sanoat namunasining yangiligi va oʻziga xosligini, sanoat namunasining haqiqiyligini va patent egasining sanoat namunasiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali model patenti uning yangiligini, foydali modelning haqiqiyligini va patent egasining foydali modelga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patentning toʻla hajmdagi huquqiy muhofaza yoki bu muhofazaning bir qismi jihatidan haqiqiy emasligini isbotlash vazifasi patentni haqiqiy emas deb daʼvo qilayotgan tomon zimmasiga yuklanadi va sud tartibida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki patent patent egasining sanoat mulki obyektiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent egasining mutlaq huquqi patent yoki dastlabki patent haqidagi maʼlumotlar Patent idorasining rasmiy axborotnomasida eʼlon qilingan sanadan boshlab amalda deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustuvorlik (prioritet) sanasidan yoki ushbu Qonun 18-moddasining qoidalariga muvofiq belgilanadigan boshqa sanadan eʼtiboran hisoblanganda ixtiro patenti yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti oʻn yil mobaynida, foydali model patenti besh yil mobaynida amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki patent ustuvorlik sanasidan boshlab hisoblanganda besh yil mobaynida amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat namunasi patentining va foydali model patentining amal qilish muddati patent egasining iltimosiga koʻra Patent idorasi tomonidan tegishlicha besh yilga va uch yilga uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektiga dastlabki patent egasining iltimosnomasiga koʻra obyekt mohiyatan ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng patent berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiro hamda foydali model patenti va dastlabki patenti bilan taʼminlanadigan huquqiy muhofaza hajmi ularning formulasi bilan, sanoat namunasi patenti va dastlabki patenti bilan taʼminlanadigan huquqiy muhofaza hajmi esa, buyumning (maketning, rasmning) fotosuratlarida aks ettirilgan muhim alomatlari majmui yoki (va) ularning kombinatsiyasi (matnda bundan keyin muhim alomatlar majmui deb yuritiladi) bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tomonidan maxfiy deb topilgan sanoat mulki obyektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida yoki bitimlarida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan oʻzgacha qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II BOB. SANOAT MULKI OBYEKTLARINING PATENTGA LAYoQATLILIK ShARTLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Ixtironing patentga layoqatlilik shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiro sifatida koʻrsatilgan obyekt, basharti u yangi, ixtirochilik darajasiga ega boʻlsa va uni sanoatda qoʻllash mumkin boʻlsa, huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiro, basharti u texnika taraqqiyoti darajasidan maʼlum boʻlmasa, yangi deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiro, basharti u texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi maʼlumotlardan yaqqol ayon boʻlmasa, ixtirochilik darajasiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor boʻlgan har qanday maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtironing yangiligini aniqlash chogʻida birmuncha oldin ustuvorlikka ega boʻlgan holda topshirilgan va qaytarib olinmagan talabnomalar ham hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiro, basharti uni sanoat, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarda qoʻllash mumkin boʻlsa, sanoatda qoʻllash mumkin deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti, ixtiroga oid talabnoma, shu ixtiroga taalluqli maʼlumot muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita Ushbu maʼlumotni olgan boshqa har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor qilingan sanadan boshlab olti oydan kechiktirmay Patent idorasiga topshirilgan boʻlsa, bu holat ixtironing patentga layoqatliligini tan olishga taʼsir koʻrsatadigan vaziyat sifatida eʼtirof etilmaydi. Bunday holda ushbu faktni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilmalar, usullar, moddalar, mikroorganizmlarning shtammlari, oʻsimliklar va hayvonlar hujayralarining turlari, ilgaridan maʼlum boʻlgan qurilmalar, usullar, moddalarning, mikroorganizmlar shtammlarining yangi maqsadda qoʻllanilishi ixtiro sifatida eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar ixtiro sifatida eʼtirof etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy nazariyalar va matematika usullari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalikni tashkil etish va boshqarish usullari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va sxemalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
estetika talablarini qanoatlantirishga yoʻnaltirilgan, mahsulotlarning faqat tashqi koʻrinishiga oid yechimlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
integral sxemalarning topologiyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimlik navlari va hayvon zotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat manfaatlari, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Foydali modelning muhofazaga layoqatliligi shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali model sifatida koʻrsatilgan obyekt, basharti u yangi boʻlsa va uni sanoatda qoʻllash mumkin boʻlsa, huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali model, basharti uning muhim alomatlari majmui texnika taraqqiyoti darajasidan maʼlum boʻlmasa, yangi deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma topshirilgan foydali model amalga oshirishi mumkin boʻlgan vazifalarni bajara oladigan vositalar haqidagi hamma foydalana oladigan barcha maʼlumotlar, shuningdek ularni qoʻllashga doir maʼlumotlar texnika taraqqiyoti darajasiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali model, basharti undan amalda foydalanish imkoni boʻlsa, sanoatda qoʻllash mumkin deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti foydali modelga oid talabnoma, shu foydali modelga taalluqli maʼlumot muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita ushbu maʼlumotni olgan boshqa har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor qilingan sanadan boshlab olti oydan kechiktirmay Patent idorasiga topshirilgan boʻlsa, bu holat foydali modelning yangiligiga taʼsir koʻrsatadigan vaziyat sifatida eʼtirof etilmaydi. Bunday holda ushbu faktni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amaliyotbop qilib tayyorlangan ishlab chiqarish vositalari va isteʼmol buyumlari, shuningdek ularning tarkibiy qismlari foydali modellar jumlasiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar foydali modellar sifatida muhofaza qilinmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
usullar, moddalar, mikroorganizm shtammlari, oʻsimlik va hayvonlar hujayralarining turlari, shuningdek ularning yangi maqsadda qoʻllanilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonun 5-moddasining toʻqqizinchi qismida koʻrsatilgan obyektlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat namunasi sifatida koʻrsatilgan obyekt, basharti u yangi, oʻziga xos boʻlsa va uni sanoatda qoʻllash mumkin boʻlsa, huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat namunasi, basharti buyumning estetik va (yoki) ergonomik xususiyatlarini belgilovchi muhim alomatlari majmui sanoat namunasiga ustuvorlik berish sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor boʻlgan maʼlumotlardan ayon boʻlmasa, yangi deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat namunasining yangiligini aniqlash chogʻida birmuncha oldin ustuvorlikka ega boʻlgan holda topshirilgan va qaytarib olinmagan talabnomalar ham hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat namunasi, basharti uning muhim alomatlari majmui buyum estetik xususiyatlarining ijodiy xarakteri bilan bogʻliq boʻlsa, asl hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat namunasi, basharti uni takror-takror hosil qilish mumkin boʻlsa, sanoatda qoʻllash mumkin deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti sanoat namunasiga oid talabnoma, shu sanoat namunasiga taalluqli maʼlumot muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yohud bilvosita ushbu axborotni olgan boshqa har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor qilingan sanadan boshlab olti oydan kechiktirmay Patent idorasiga topshirilgan boʻlsa, bu holat sanoat namunasining patentga layoqatliligini tan olishga taʼsir koʻrsatadigan vaziyat sifatida eʼtirof etilmaydi. Bunday holda ushbu faktni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyumning tashqi koʻrinishini ifodalaydigan badiiy konstruktorlik yechimlari sanoat namunasi jumlasiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar sanoat namunalari sifatida eʼtirof etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
matbaa mahsulotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meʼmorchilik obyektlari, (kichik meʼmorchilik shakllaridan tashqari), sanoat, gidrotexnika inshootlari va boshqa statsionar inshootlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suyuq, gazsimon sochiluvchan yoki shunga oʻxshash moddalardan iborat oʻzgaruvchan shakldagi obyektlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyumning faqat texnik funksiyasi bilan bogʻliq boʻlgan yechimlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotlarning jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III BOB. HUQUQ SUBYEKTLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Sanoat mulki obyektining muallifi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektini shaxsiy ijodiy mehnati bilan yaratgan jismoniy shaxs bu obyektning muallifi deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti, sanoat mulkining obyekti bir necha jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati asosida yaratilgan boʻlib, ular oʻrtasida tuzilgan shartnomada oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning barchasi bu obyektning teng huquqli muallifi deb eʼtirof etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflik huquqi begonalashtirilmaydigan hamda oʻzgaga oʻtkazilmaydigan shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi.
(8-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Patent egasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulkining obyektiga patent yoki dastlabki patent quyidagilarga beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat mulki obyektining muallifiga (mualliflariga) yoki uning (ularning) merosxoʻriga (merosxoʻrlariga) ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muallif yoki uning huquqiy vorisi tomonidan patent yoki dastlabki patent berish toʻgʻrisidagi talabnomada yoki sanoat mulki obyekti roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar Patent idorasiga topshirilgan arizada koʻrsatilgan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarga (ular rozi boʻlgan taqdirda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda ish beruvchiga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmatchi oʻz xizmat vazifasini yoki ish beruvchidan olgan aniq bir topshiriqni bajarish munosabati bilan yaratgan sanoat mulki obyektiga patent yoki dastlabki patent olish huquqiga, agar bu hol ular oʻrtasidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, ish beruvchi ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti ish beruvchi bilan muallif oʻrtasida ushbu modda ikkinchi qismidagi qoidalar nazarda tutilgan boʻlmasa, muallif talabnoma topshirish va patent yoki dastlabki patentni oʻz nomiga olish huquqiga ega boʻladi. Bunda ish beruvchi sanoat mulkining tegishli obyektidan oʻz korxonasida patent egasiga shartnomada belgilanadigan haqni toʻlagan holda foydalanish huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchi tomonidan sanoat mulki obyekti maxfiy saqlanadigan boʻlsa, u muallifga mutanosib miqdorda haq toʻlashi shart, bu haq miqdori shartnoma asosida belgilanib, mutlaq litsenziyaning bozor narxidan kam boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektiga patent yoki dastlabki patent, shuningdek uni olish huquqi meros boʻlib oʻtadi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk davlat fondi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk davlat fondi (matnda bundan keyin Intellektual mulk davlat fondi deb yuritiladi) patent egasining davlat mulkiga kiradigan yoki shartnoma asosida olinadigan intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquq hamda majburiyatlarini roʻyobga chiqaradi va davlat manfaatlari yoʻlida ularning amalga oshirilishiga koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intellektual mulk davlat fondi faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash manbai sanoat mulki va intellektual mulkning boshqa turlari obyektlaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya sotilishidan tushadigan mablagʻlarning bir qismidan, davlat budjeti mablagʻlari hamda boshqa tushumlardan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intellektual mulk davlat fondi oʻz faoliyatini ushbu Qonun va Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ustavga binoan amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV BOB. SANOAT MULKI OBYEKTIGA BOʻLGAN MUTLAQ HUQUQ
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Patent egasining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent egasi sanoat mulki obyektiga oʻz xohishicha egalik qilish va uni tasarruf etish hamda undan foydalanish, basharti bunday foydalanish boshqa patent egalarining huquqlarini buzmasa, shu jumladan boshqa shaxslarning mazkur obyektdan foydalanishini taqiqlab qoʻyish mutlaq huquqiga egadir, bunday foydalanish ushbu Qonunga muvofiq patent egasining huquqini buzish hisoblanmaydigan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir necha patent egasiga qarashli boʻlgan sanoat mulki obyektidan foydalanish borasidagi oʻzaro munosabatlar ular oʻrtasida tuzilgan bitimga binoan belgilanadi. Bunday bitim boʻlmagan taqdirda, har bir patent egasi muhofazalangan sanoat mulki obyektidan oʻz xohishicha foydalanishi mumkin, lekin qolgan patent egalarining roziligisiz obyektga oid litsenziya berishga yoki patent yoki dastlabki patentni oʻzga shaxsga topshirishga haqli emas.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent egalari oʻrtasidagi nizolar oʻzaro murosaga kelishning iloji boʻlmasa, sud tartibida hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent egasi foydalanilayotgan sanoat mulki obyektlariga patent berilganligini koʻrsatuvchi ogohlantirgich tamgʻadan foydalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent egasi sanoat mulki obyektidan foydalanishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent yoki dastlabki patent roʻyxatga olingan sanadan boshlab uch yil mobaynida patent egasi sanoat mulki obyektidan butunlay yohud yetarli darajada foydalanmasa, ushbu muhofaza etilayotgan sanoat mulki obyektidan foydalanmoqchi va foydalanishga tayyor boʻlgan har qanday shaxs, basharti patent egasi u bilan litsenziya shartnomasi tuzishdan bosh tortgan taqdirda, majburiy oddiy litsenziya berishni soʻrab sudga iltimosnoma bilan murojaat etishi mumkin.
(11-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti patent egasi sanoat mulki obyektidan butunlay yoki yetarli darajada foydalanilmaganligiga uzrli sabablar borligini isbotlab bera olmasa, sud aytilgan litsenziyani berib, undan foydalanish meʼyorlarini, toʻlov miqdori, muddati va tartibini belgilab qoʻyadi. Toʻlov miqdori litsenziyaning bozor narxidan kam boʻlmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Patent egasi mutlaq huquqining buzilishi sifatida eʼtirof etilmaydigan harakatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi hollar patent egasi mutlaq huquqining buzilishi sifatida eʼtirof etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan qurilmalarni Parij konvensiyasi qatnashchisi boʻlgan boshqa davlatning transport vositasida, mazkur vosita Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki tasodifan turgan vaqtda qoʻllash — bu qurilmalardan faqat mazkur vositaning ehtiyojlari uchungina foydalanish sharti bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patentlar yoki dastlabki patentlar bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalar ustida ilmiy tadqiqot yoki tajriba oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patentlar yoki dastlabki patentlar bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalarni tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiya va boshqa favqulodda holatlarda qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patentlar yoki dastlabki patentlar bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalarni, basharti, bu vositalar xoʻjalik muomalasiga qonuniy yoʻl bilan kiritilgan boʻlsa, qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patentlar bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalarni daromad olmay shaxsiy maqsadlarda qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dorixonalarda vrach retseptlari boʻyicha bir gallik dorilar tayyorlash.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Patent egasi mutlaq huquqlarining buzilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent yoki dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektlaridan ushbu Qonun 11 va 31-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga xilof ravishda foydalanuvchi har qanday shaxs patent egasining mutlaq huquqlarini buzuvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patentlangan ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasidan foydalangan holda ruxsatsiz mahsulot tayyorlash, uni qoʻllash, import qilish, sotuvga taklif etish, sotish, fuqaro muomalasiga oʻzga tarzda kiritish yoki shu maqsadlarda uni saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan qoʻriqlanadigan usulni qoʻllash yoki ixtiro patenti bilan qoʻriqlanadigan usulda bevosita tayyorlangan mahsulotni fuqaro muomalasiga kiritish yoxud shu maqsadlarda saqlab turish patent egasining mutlaq huquqini buzish deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektidan patent egasining huquqlariga xilof ravishda foydalanayotgan shaxslar patent egasi talabiga binoan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patent egasining mutlaq huquqini buzayotgan harakatlarni toʻxtatishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patent egasiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashlari shart. Zarar oʻrniga patent egasi huquqbuzardan shu harakati orqasidan olgan daromadini undirib olishga haqlidir.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V BOB. PATENT YOKI DASTLABKI PATENT OLISh
(V bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Patent yoki dastlabki patent berish soʻralgan talabnomani topshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent yoki dastlabki patent berish soʻralgan talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi (matnda bundan keyin talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan Patent idorasiga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent yoki dastlabki patent soʻralgan talabnomaga belgilangan miqdorda boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat yoki boj toʻlashdan ozod qilishning yoxud boj miqdorini kamaytirishning asoslari ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektlariga oid talabnoma hujjatlariga doir boshqa talablar Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma shaxsan yoki Patent idorasida roʻyxatdan oʻtgan patent vakili orqali topshirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashayotgan jismoniy shaxslar yoki ajnabiy yuridik shaxslar patent olish va uni kuchda saqlab turish boʻyicha Patent idorasida roʻyxatdan oʻtgan patent vakillari orqali ish olib boradilar. Patent vakilining vakolatlari talabnoma kirituvchi tomonidan berilgan ishonch qogʻozi bilan tasdiqlanadi.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Ixtiroga patent yoki dastlabki patent berilishi soʻralgan talabnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiroga patent yoki dastlabki patent berilishi soʻralgan talabnoma (matnda bundan keyin ixtiroga oid talabnoma deb yuritiladi) bitta ixtiroga yoki yagona ixtirochilik fikrini (ixtiro birligi talabi) tashkil qilib, bir-biri bilan uzviy bogʻlangan ixtirolar guruhiga tegishli boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiroga oid talabnoma oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtiro muallifi (mualliflari) va nomiga patent yoki dastlabki patent berilishi soʻralayotgan shaxs (shaxslar), shuningdek ularning yashash yoki turar joyi koʻrsatilib, patent yoki dastlabki patent berish soʻralgan ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtironing uni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan darajada toʻliq bayon etilgan tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtiro mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga toʻla muvofiq boʻlgan ixtiro formulasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa, chizmalar va boshqa materiallar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
referat.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Foydali modelga patent berilishi soʻralgan talabnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali modelga patent berilishi soʻralgan talabnoma (matnda bundan keyin foydali modelga oid talabnoma deb yuritiladi) bitta foydali modelga yoki yagona ijodiy fikrni (foydali model birligi talabi) tashkil qilib, bir-biri bilan uzviy bogʻlangan foydali modellar guruhiga tegishli boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali modelga oid talabnoma oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali model muallifi (mualliflari) va nomiga patent berilishi soʻralayotgan shaxs (shaxslar), shuningdek ularning yashash yoki turar joyi koʻrsatilib, patent berish soʻralgan ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali modelning uni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan darajada toʻliq bayon etilgan tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali model mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga toʻla muvofiq boʻlgan foydali model formulasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
basharti foydali model mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa, chizmalar va boshqa materiallar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
referat.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Sanoat namunasiga patent yoki dastlabki patent berilishi soʻralgan talabnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat namunasiga patent yoki dastlabki patent berilishi soʻralgan talabnoma (matnda bundan keyin sanoat namunasiga oid talabnoma deb yuritiladi) bitta sanoat namunasiga tegishli boʻlishi kerak va u shu namuna variantlarini (sanoat namunasi birligi talabi) qamrab olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat namunasiga oid talabnoma oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat namunasining muallifi (mualliflari) va nomiga patent yoki dastlabki patent berilishi soʻralayotgan shaxs (shaxslar), shuningdek ularning yashash va turar joylari koʻrsatilib, patent yoki dastlabki patent berish soʻralgan ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyumning oʻzi, uning maketi yoki rasmining buyum tashqi koʻrinishi haqida toʻla-toʻkis, bor tafsiloti bilan tasavvur beruvchi turkum fotosuratlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
basharti sanoat namunasining mohiyatini ochish uchun zarur boʻlsa, buyum umumiy koʻrinishining chizmasi, ergonomik sxemasi, konfeksion xaritasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat namunasining undagi muhim alomatlar majmuini oʻz ichiga olgan tavsifi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Sanoat mulki obyekti ustuvorligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyekti ustuvorligi talabnoma ushbu Qonun talablariga muvofiq holda rasmiylashtirilib, Patent idorasiga topshirilgan kundan boshlab belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustuvorlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat mulkini muhofaza qilish Parij konvensiyasi qatnashchisi boʻlgan boshqa davlatda (konvensiya ustuvorligi) berilgan birinchi talabnomada qayd etilgan sanaga koʻra, basharti Patent idorasiga ana shu sanadan boshlab ixtiroga, foydali modelga oid talabnoma oʻn ikki oy ichida, sanoat namunasiga oid talabnoma esa olti oy ichida topshirilgan boʻlsa, belgilanadi. Basharti konvensiya ustuvorligi soʻralgan talabnoma uni beruvchiga bogʻliq boʻlmagan sharoitlarga koʻra belgilangan muddatda topshirib ulgurilmasa, bu muddat Patent idorasi tomonidan uzogʻi bilan yana ikki oyga uzaytirilishi mumkin. Konvensiya ustuvorligi huquqidan foydalanish istagidagi talabnoma beruvchi oʻzining ana shu istagini talabnomani topshirish paytida koʻrsatishi va (yoki) zarur materiallarni talabnoma topshirilgan sanadan boshlab uch oydan kechiktirmay Patent idorasiga taqdim etishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etadigan sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha davlatlararo bitimlarga muvofiq topshirilganiga ayni oʻxshash birinchi talabnoma topshirilgan sanaga koʻra, basharti ushbu talabnoma uning egasi tomonidan qaytarib olinib, ustuvorlik sanasi bilan Patent idorasiga talabnoma tushgan sana oʻrtasidagi vaqt ixtiro uchun oʻn ikki oydan va sanoat namunasi uchun olti oydan oshmagan boʻlsa, belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha materiallar topshirilgan sanaga koʻra, basharti talabnomaga ilova qilingan qoʻshimcha materiallar talabnoma qaratilgan ixtiro mohiyatini oʻzgartirib yuborishi va shu sababga koʻra ular qabul qilinmasligi Patent idorasi tomonidan talabnoma beruvchiga maʼlum qilingan sanadan boshlab uch oy muddat ichida talabnoma beruvchi tomonidan qoʻshimcha materiallar mustaqil talabnoma tarzida rasmiylashtirilgan boʻlsa, belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu talabnoma beruvchining Patent idorasiga birmuncha oldin taqdim etgan, ushbu sanoat mulki obyektining mohiyatini ochib beruvchi talabnomasi topshirilgan sanaga koʻra, basharti ustuvorlik soʻralgan talabnoma birmuncha oldin berilgan talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab ixtiro va foydali model yuzasidan oʻn ikki oy va sanoat namunasi yuzasidan olti oy ichida topshirilgan boʻlsa, belgilanadi. Bunda birmuncha oldin topshirilgan talabnoma qaytarib olingan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti ekspertiza jarayonida sanoat mulki obyektlariga ayni oʻxshash talabnomalarning ustuvorlik sanalari bir xilligi aniqlansa, u holda patent yoki dastlabki patent Patent idorasiga oldinroq joʻnatilganligi isbotlangan talabnoma boʻyicha, bordi-yu joʻnatilgan sanalari ham bir xil boʻlib chiqsa, Patent idorasida kelgan hujjat sifatida qaysi biri oldin qayd etilgan boʻlsa, shu talabnomaga beriladi.
(18-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustuvorlik birmuncha oldin ustuvorlik soʻralgan talabnoma kelib tushgan sanaga koʻra belgilanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Davlat ilmiy-texnik ekspertizasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektiga oid talabnoma boʻyicha Patent idorasi rasmiy ekspertiza, dastlabki ekspertiza va (yoki) mohiyatan ekspertizadan iborat boʻlgan davlat ilmiy-texnik ekspertizasini oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma topshirilgan sanadan boshlab ikki oy mobaynida talabnoma beruvchi talabnoma berilayotgan sanoat mulki obyektining mohiyatini oʻzgartirmagan holda unga tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar kiritish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektiga oid talabnomaga tuzatishlar, aniqliklar kiritish yoki qoʻshimcha materiallar taqdim etish, boj toʻlash sharti bilan, mazkur muddat oʻtganidan keyin ham, biroq muhofaza hujjatini berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingunga qadar amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga soʻrov yuborilib, unda shu soʻrovni olgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida tuzatilgan yoki yetishmaydigan materiallarni topshirish taklif qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti talabnoma beruvchi mazkur muddatda soʻralgan materiallarni taqdim etmasa yoki belgilangan muddatni uzaytirib berish toʻgʻrisida iltimosnoma topshirmasa, talabnoma qaytarib olingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyekti birligi talablari buzilgan holda berilgan talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga tegishli soʻrov olgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida ushbu obyektlardan qaysi biri koʻrib chiqilishi lozimligini xabar qilish hamda talabnoma hujjatlariga tegishli aniqliklar kiritish taklif qilinadi. Dastlabki talabnoma materiallariga kiritilgan boshqa obyektlar mustaqil talabnomalar tarzida rasmiylashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti talabnoma beruvchi sanoat mulki obyekti birligi talablari buzilganligi haqida soʻrov olganidan soʻng ikki oy ichida ushbu obyektlardan qaysi biri koʻrib chiqilishi lozimligini xabar qilmasa va aniqlik kiritilgan materiallarni taqdim etmasa, ixtiro, foydali model formulasida yoki sanoat namunasi tavsifida birinchi boʻlib koʻrsatilgan obyekt ekspertizadan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi sanoat mulki obyekti tegishli Davlat reyestrida qayd qilingunga qadar ekspertizaning istalgan bosqichida patentlar va dastlabki patentlar soʻralgan talabnomani qaytarib olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patentlar va dastlabki patentlar soʻralgan talabnomalarga doir materiallardagi maʼlumotlar Patent idorasida maxfiy saqlanishi kerak va ular haqidagi axborotlar talabnoma beruvchi yoki patent egasining roziligisiz berilmaydi. Patent va dastlabki patent haqidagi maʼlumotlar rasmiy ravishda eʼlon qilingunga qadar talabnomalarga doir materiallardagi axborotlarni oshkor etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
(19-moddaning sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent idorasi tomonidan koʻrib chiqish uchun qabul qilingan talabnomalar talabnoma beruvchilarga qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Rasmiy va dastlabki ekspertizalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy ekspertiza Patent idorasi tomonidan sanoat obyekti mulkiga oid talabnoma topshirilgan sanadan boshlab ikki oy oʻtganidan soʻng oʻtkaziladi. Talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra rasmiy ekspertiza mazkur muddat oʻtmasdan boshlanishi mumkin. Bu holda talabnoma beruvchi iltimosnoma berilgan paytdan boshlab talabnoma materiallariga qoʻshimcha boj toʻlamasdan oʻz tashabbusi bilan tuzatishlar va aniqliklar kiritish huquqidan mahrum boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnomani rasmiy ekspertizadan oʻtkazish chogʻida taqdim qilingan taklifning huquqiy muhofaza taʼminlanadigan sanoat mulki obyektlariga qay darajada mosligi koʻrib chiqiladi va uning ustuvorligi belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy ekspertizaning ijobiy natijasi va ustuvorlik belgilanganligi haqida talabnoma beruvchiga xabar qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki ekspertiza Patent idorasi tomonidan ixtiroga, sanoat namunasiga yoki foydali modelga dastlabki patent berish soʻralgan talabnoma boʻyicha oʻtkaziladi.
(20-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki ekspertiza oʻtkazish chogʻida koʻrsatilgan obyektning talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan talabnoma materiallarida keltirilgan texnika taraqqiyoti darajasi boʻyicha yoki (va) Oʻzbekiston Respublikasining patent hujjatlari boʻyicha yangilik va sanoatda qoʻllash shartlariga qanchalik mosligi tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti talabnomani dastlabki ekspertizadan oʻtkazish natijasida sanoat mulki obyektiga oid talabnoma materiallari qoʻyilayotgan talablarga mos kelishi aniqlansa, Patent idorasi dastlabki patent berish haqida qaror qabul qiladi va bu haqda rasmiy xabar eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti dastlabki ekspertiza natijasida obyekt qoʻyilayotgan talablarga mos emasligi aniqlansa, Patent idorasi dastlabki patent berishni rad qilish haqida qaror qabul qiladi.
(20-moddaning oltinchi va yettinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi Patent idorasining qarori ustidan qarorni olgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida Patent idorasining Apellatsiya kengashiga (matnda bundan keyin Apellatsiya kengashi deb yuritiladi) shikoyat berishi mumkin. Apellatsiya kengashi shikoyatni u tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida koʻrib chiqishi lozim. Apellatsiya kengashining Patent idorasi vakolat doirasidagi qarori uzil-kesil hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnomalarni rasmiy va dastlabki ekspertizalardan oʻtkazishning ushbu moddada belgilangan va talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatlari muddatlar uzaytirilishini muqarrar qilib qoʻygan sabablar tasdiqlangan va boj toʻlangan taqdirda Patent idorasi tomonidan tiklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani oʻtkazib yuborilgan muddat tugagan kundan boshlab oʻn ikki oydan kechiktirmay topshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya kengashiga murojaat qilish muddati tiklanmaydi.

21-modda. Mohiyatan ekspertiza oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent idorasi ixtiro va sanoat namunasiga patent berish soʻralgan talabnomani talabnoma topshirilgan sanadan boshlab oʻn ikki oy ichida talabnoma beruvchi tomonidan kiritilishi mumkin boʻlgan iltimosnomaga koʻra mohiyatan ekspertizadan oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mohiyatan ekspertiza oʻtkazish haqidagi iltimosnoma berishning mazkur muddati buzilgan taqdirda talabnoma qaytarib olingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti talabnomani mohiyatan ekspertizadan oʻtkazish natijasida talabnoma beruvchi taklif qilgan formula bilan ifodalangan ixtiro sifatida taʼriflangan obyekt, muhim alomatlar majmui sifatida ifodalangan sanoat mulki sifatida taʼriflangan obyekt belgilangan talablarga mosligi aniqlansa, Patent idorasi patent berish haqida qaror qabul qiladi va bu haqda rasmiy xabar eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi yoki boshqa shaxslar dastlabki patent soʻralgan talabnomani topshirgan sanadan boshlab istalgan paytda, lekin dastlabki patentning amal qilish vaqti tugamasdan oldin beradigan iltimosnomaga koʻra Patent idorasi ixtiro yoki sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlariga muvofiq mohiyatan ekspertiza oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektini mohiyatan ekspertizadan oʻtkazishning tugash muddati dastlabki patentning amal qilish muddatidan uzoqroq boʻlsa, iltimosnoma dastlabki patent egasi tomonidan berilishi sharti bilan dastlabki patentning amal qilish muddati mohiyatan ekspertiza oʻtkazish davriga teng muddatga uzaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa shaxslardan tushgan iltimosnomalar talabnoma beruvchiga maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti talabnoma beruvchi mohiyatan ekspertiza oʻtkazish haqida mazkur muddatda iltimosnoma topshirmasa, ixtiro yoki sanoat namunasining huquqiy muhofazasi dastlabki patentning amal qilish muddati tugashi bilan toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiro yoki sanoat namunasi sifatida ifodalangan obyektning patentga layoqatlilik shartlariga mos kelmasligi aniqlansa, patent berishni rad qilish haqida qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi Patent idorasining qarori ustidan qarorni olgan sanadan boshlab uch oy muddat ichida Apellatsiya kengashiga shikoyat berishi mumkin. Apellatsiya kengashi shikoyat tushgan sanadan boshlab toʻrt oy muddat ichida uni koʻrib chiqishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi Apellatsiya kengashi qaroriga rozi boʻlmasa, qarorni olgan sanadan boshlab olti oy muddat ichida Oliy sudga daʼvo bilan murojaat qilishi mumkin. Oliy sudning qarori uzil-kesil hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnomalarni mohiyatan ekspertizadan oʻtkazishning ushbu moddada belgilangan va talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatlari, muddatlar uzaytirilishini muqarrar qilib qoʻygan sabablar tasdiqlangan va boj toʻlangan taqdirda Patent idorasi tomonidan tiklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani oʻtkazib yuborilgan muddat tugagan kundan boshlab oʻn ikki oydan kechiktirmay topshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya kengashiga murojaat qilish muddati tiklanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Talabnomalarni oʻzgartirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi muhofaza hujjati berish haqida qaror qabul qilingunga qadar ixtiroga oid talabnomani foydali modelga oid talabnoma, foydali modelga oid talabnomani esa ixtiroga oid talabnoma qilib oʻzgartirishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday oʻzgartirishlar qilinganda birinchi talabnomaning ustuvorligi saqlanib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnomalarni oʻzgartirish tegishli boj toʻlangandan soʻng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Sanoat mulki obyektini roʻyxatdan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent idorasi patent yoki dastlabki patent berish haqida qaror qabul qilgandan soʻng tegishli sanoat mulki obyektini Ixtirolar davlat reyestri, Foydali modellar davlat reyestri yoki Sanoat namunalari davlat reyestri roʻyxatidan oʻtkazadi.
(23-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Patent va dastlabki patent toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasman eʼlon qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent idorasi sanoat mulki obyektlari roʻyxatdan oʻtkazilganligiga doir maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan rasmiy axborotnoma chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki patentlar bilan muhofaza etiladigan sanoat mulki obyektlarining roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi maʼlumotlarni rasman eʼlon qilish ularga boshqa davlatda (davlatlarda) patent olinayotganligi munosabati bilan obyektlar ustuvorligi sanasidan boshlab, oʻn ikki oyga vaqtincha toʻxtatib qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eʼlon qilinadigan maʼlumotlarning toʻliq roʻyxati va tarkibini Patent idorasi belgilaydi.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Patent va dastlabki patent berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent va dastlabki patent berish ular roʻyxatga olinganligi haqidagi maʼlumotlar rasmiy axborotnomada eʼlon qilinganidan soʻng uch oy oʻtgach, Patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent va dastlabki patent Oʻzbekiston Respublikasi nomidan beriladi hamda Patent idorasi rahbari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent yoki dastlabki patent bir necha kishi nomiga soʻralganda bitta muhofaza hujjati beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektiga boʻlgan huquqni Intellektual mulk davlat fondiga topshirgan obyekt muallifiga Patent idorasi uning muallifligini tasdiqlovchi hujjat beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhofaza hujjati shaklini va unda koʻrsatiladigan maʼlumotlar tarkibini Patent idorasi belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Berilgan muhofaza hujjatidagi koʻzga yaqqol tashlanib turgan va texnik xatolarni patent egasining talabi boʻyicha Patent idorasi tuzatadi.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Patent bojlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent yoki dastlabki patent bilan bogʻliq boʻlgan yuridik harakatlar va tadbirlar amalga oshirilganligi uchun patent boji undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent boji olinadigan harakatlar va tadbirlar roʻyxati, ularning miqdori va toʻlash muddati, boj toʻlovidan ozod qilish, boj miqdorini kamaytirish yoki olingan bojni qaytarib berishning asoslari Patent idorasi tomonidan Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor davlat boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojlar talabnoma beruvchi, patent egasi, shuningdek boshqa manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslari bojlarni milliy pul birligida toʻlaydilar. Boshqa davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari bojlarni, basharti, xalqaro shartnomalar va bitimlarda oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, chet el valyutasida toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent yoki dastlabki patentni kuchda saqlab turish bojini toʻlash uchun patent egasiga qoʻshimcha boj toʻlash sharti bilan olti oylik imtiyozli muddat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent yoki dastlabki patentning kuchini saqlab turish uchun boj va qoʻshimcha boj imtiyozli muddat davomida toʻlanmasa, sanoat mulki obyektiga boʻlgan mutlaq huquq yoʻqoladi, patent, yoki dastlabki patent esa belgilangan muddat tugagan kundan boshlab bekor qilinadi.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI BOB. PATENT YOKI DASTLABKI PATENTNING AMAL QILIShINI TOʻXTATISh
(VI bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Patent yoki dastlabki patent yuzasidan eʼtiroz bildirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patentning haqiqiy yoki haqiqiy emasligi xususida patent huquqiy muhofazasining toʻliq hajmida yoki uning bir qismi boʻyicha, istalgan paytda Oliy sudga quyidagi asoslarga koʻra berilgan daʼvo yuzasidan bahslashilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhofazalangan sanoat mulki obyekti patentga layoqatlilik shartlariga mos kelmagan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnoma materiallarida ixtironing mohiyati yetarlicha ochib berilmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtiro formulasida yoki sanoat namunasining muhim alomatlar majmuida talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan belgilar mavjud boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki patentning amal qilishi xususida dastlabki patent huquqiy muhofazasining toʻliq hajmida yoki uning bir qismi boʻyicha Apellatsiya kengashiga berilgan shikoyat asosida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu moddaning birinchi qismida keltirilgan asoslarga koʻra;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali model formulasidagi muhim alomatlar majmuida talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan belgilar mavjud boʻlganda eʼtiroz bildirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya kengashining shikoyat boʻyicha Patent idorasi vakolatlari doirasida chiqargan qarori uzil-kesil hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Berilgan patent yoki dastlabki patentlar boʻyicha sanoat mulki obyektiga mualliflik va egalik huquqi (patent egasi) xususidagi nizolar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat mulki obyekti muallifi (mualliflari) yoki patent egasi (patent egalari)ning patentda notoʻgʻri koʻrsatilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patent egasida patent yoki dastlabki patent olish huquqi yoʻqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻayrihuquqiy ravishda oʻzlashtirilganlik fakti asoslariga binoan sudda koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent yoki dastlabki patent berish Apellatsiya kengashiga shikoyat berilishi munosabati bilan toʻxtatib qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti nizo sudda qarab chiqiladigan boʻlsa, masala hal etilguniga qadar sanoat mulki obyektiga doir ish yuritilishi Patent idorasi tomonidan toʻxtatib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya kengashining chiqargan qaroriga rozi boʻlmagan istalgan tomon qaror qabul qilingan sanadan boshlab olti oy muddat ichida Oliy sudga murojaat qilishi mumkin.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Patent yoki dastlabki patentning amal qilishini muddatidan ilgari toʻxtatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent yoki dastlabki patentning amal qilishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq patent yoki dastlabki patent amal qilmayotgan deb topilsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patent yoki dastlabki patent amalda saqlab turish uchun toʻlanadigan boj oʻz vaqtida toʻlanmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent idorasiga patent egasi tomonidan berilgan arizaga asosan muddatidan ilgari toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent yoki dastlabki patentning amal qilishi muddatidan ilgari toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot Patent idorasining rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII BOB. SANOAT MULKI OBYEKTLARIDAN FOYDALANISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtironing, foydali modelning formula mustaqil bandiga kiritilgan har bir belgisi yoki unga muodil boʻlgan belgi qoʻllanilgan boʻlsa, mahsulot (buyum) patent berilgan ixtiro, foydali modeldan foydalanilgan holda tayyorlangan, ixtiro patenti bilan muhofaza etiladigan usul esa, qoʻllanilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulotni olish usuliga berilgan patentning amal qilishi aynan shu usul yordamida olingan mahsulotga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda inkorini isbotlovchi dalillar boʻlmasa, bu yangi mahsulot patent berilgan usulda olingan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti mahsulotda patent berilgan sanoat namunasining barcha muhim alomatlari boʻlsa, u patent berilgan sanoat namunasidan foydalanilgan holda tayyorlangan deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Z0-modda. Avval foydalanganlik huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektiga oid talabnoma ustuvorligi sanasiga qadar uning muallifidan mustaqil tarzda aynan oʻxshash boʻlgan yechimdan foydalangan yoki shunga yetarli darajada tayyorgarlik koʻrgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs keyinchalik ham ishlab chiqarish hajmini kengaytirmagan tarzda, undan bepul foydalanish huquqini saqlab qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avval foydalanganlik huquqi oʻzga jismoniy yoki yuridik shaxsga oʻxshash yechimdan foydalanilgan yoki foydalanishga yetarli darajada tayyorgarlik koʻrilgan ishlab chiqarish bilan birgalikdagina topshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqini berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent egasi boʻlmagan har qanday shaxs patent yoki dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektidan faqat patent egasining ruxsati bilan litsenziya shartnomasi asosida foydalanish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya shartnomasi Patent idorasida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent egasi sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqini har qanday shaxsga topshirishga rozi ekanligi toʻgʻrisida Patent idorasiga ariza berishi mumkin (ochiq litsenziya). Bunday holda Patent idorasi bu xil arizalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilganidan keyingi yildan boshlab, patentning amal qilishini saqlab turish uchun toʻlanadigan boj haqi 50 foizga kamaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq litsenziyani sotib olish istagini bildirgan shaxs patent egasi bilan toʻlovlar haqida shartnoma yoki mutloq boʻlmagan oddiy litsenziyani berish toʻgʻrisida shartnoma tuzishi shart. Shartnoma talablari boʻyicha nizolar xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi. Patent egasining ochiq litsenziyaga huquq berilishi haqidagi arizasi qaytarib olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi milliy xavfsizlik manfaatlarini koʻzlab patent egasining ruxsatisiz unga mutanosib miqdorda tovon toʻlash sharti bilan sanoat mulki obyektidan foydalanishga ruxsat berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovon miqdori toʻgʻrisidagi nizolar Oliy xoʻjalik sudi tomonidan hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti patent egasi sanoat mulki obyektidan uning tarkibida boshqa jismoniy yoki yuridik shaxsga qarashli muhofazalangan oʻzga obyekt qoʻllanilishi tufayli foydalana olmasa, patent egasi mazkur shaxsdan shartnomada nazarda tutilgan talablar asosida bu obyektdan foydalanishga litsenziya berishni talab qilishga haqlidir.
(31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Sanoat mulki obyektlaridan foydalanishning davlat tomonidan ragʻbatlantirilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflar va sanoat mulki obyektlaridan foydalanuvchi xoʻjalik yuritish subyektlariga soliq solish va kredit berishda imtiyozli shartlar belgilanadi, shuningdek ularga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa imtiyozlar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Sanoat mulki obyektini oʻz ichiga olgan yangi texnikani ishlab chiqish va yetkazib berishga buyurtma
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektlaridan foydalanilgan holda mahsulot ishlab chiqarish uchun korxonaga buyurtma bergan davlat boshqaruv organi, basharti ularga doir patentlar yoki dastlabki patentlar boshqa jismoniy yoki yuridik shaxslarga, shuningdek ajnabiy patent egalariga qarashli boʻlsa, yetarli moliyaviy mablagʻ ajratib, litsenziya sotib olinishini taʼminlaydi.
(33-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Ixtiro mualliflariga mukofot puli berish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent egasi boʻlmagan sanoat mulki obyektining muallifi (mualliflari) mazkur obyektdan foydalanilganligi yoki unga doir litsenziya sotilganligi uchun mukofot puli olishga haqlidir (haqlidirlar), haq miqdori va uni toʻlash shartlari va tartibi ish beruvchi, patent egasi yoki ularning huquqiy vorisi bilan tuzilgan shartnoma asosida belgilanadi.
(34-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent egasi patent, dastlabki patent yoki guvohnomaning amal qilish muddati mobaynida sanoat mulki obyekti muallifiga quyidagilar hisobidan haq toʻlaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektdan foydalanganlikdan keladigan foyda (daromad);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektga toʻgʻri kelgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi;

litsenziya toʻlovlari.

Litsenziya shartnomasi boʻyicha mukofot puli litsenziya shartnomasida koʻrsatilgan toʻlov valyutasida toʻlanishi mumkin.

35-modda. Sanoat mulki obyektlarini yaratish va ulardan foydalanishda koʻmaklashgan shaxslarga mukofot puli toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent egasi (litsenziar) oʻz xizmat vazifalarini bajarish davomida yoki shartnoma asosida ishlab, sanoat mulki obyektlarini yaratish, ulardan foydalanish, ularga litsenziya sotishga koʻmaklashgan shaxslarga (shu jumladan mazkur korxonada ishlamayotgan shaxslarga) mukofot puli toʻlashga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mukofot puli sanoat mulki obyektidan foydalanish boshlangan yoki litsenziya sotish natijasida toʻlov mablagʻlari tushgan sanadan boshlab ikki yil mobaynida quyidagilar hisobidan toʻlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektdan foydalanishdan tushgan foyda (daromad);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektga toʻgʻri kelgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya toʻlovlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya shartnomasi boʻyicha mukofot puli litsenziya shartnomasida koʻrsatilgan toʻlov valyutasida toʻlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII BOB. MUALLIFLAR VA PATENT EGALARI HUQUQLARINI HIMOYA QILISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Mualliflarning huquq va imtiyozlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnomani koʻrib chiqishning istalgan bosqichida muallif ariza berib, sanoat mulki obyektiga maxsus nom berish huquqiga ega.
(36-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muallif sanoat mulki obyektini foydalanishga tayyorlash ishida shartnoma asosida qatnashish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflarning boshqa huquq va imtiyozlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflikni oʻzlashtirish, hammualliflikka majbur qilish, sanoat mulki obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qonunga xilof ravishda oshkor qilish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-modda. Nizolarni koʻrib chiquvchi organlar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektlarini qoʻriqlash va ulardan foydalanish bilan bogʻliq nizolar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent idorasining Apellatsiya kengashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
(37-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-modda. Patent idorasining Apellatsiya kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya kengashi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnoma topshirilgan sanoat mulki obyektlariga doir ekspertiza xulosalari va Patent idorasining chiqargan qarorlar ustidan tushgan shikoyatlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslarning muhofaza hujjatlari berilishiga norozilik bildirgan shikoyatlarini;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dastlabki va patentlarning amal qilishiga norozilik bildirilgan shikoyatlarni;
(38-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patentlar haqiqiy emasligi toʻgʻrisidagi shikoyatlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa turdagi shikoyatlarni koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya kengashi qarorlar qabul qilishda mustaqil boʻlib, oʻz faoliyatida ushbu Qonunga Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Apellatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya kengashi tarkibiga Patent idorasining rahbari, uning oʻrinbosarlari va bosh ekspertlar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent idorasi vakolatlari doirasida faqat Apellatsiya kengashigina sanoat mulkining talabnoma topshirilgan yoki muhofazalangan obyektini davlat ilmiy-texnik ekspertizasidan qayta oʻtkazish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-modda. Nizolarni sud tartibida koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz vakolatlariga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy sud — patent berilganligi va patent yuzasidan bildirilgan eʼtirozlar toʻgʻrisidagi majburiy litsenziya berilganligi toʻgʻrisidagi nizolarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha instansiyadagi sudlar — sanoat mulki obyektiga mualliflik toʻgʻrisidagi, undan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqning buzilishi toʻgʻrisidagi, patent egasini aniqlash toʻgʻrisidagi, avval foydalanganlik huquqi toʻgʻrisidagi nizolarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik sudlari — patent egasining mulkiy huquqlari toʻgʻrisidagi, litsenziya shartnomalarining ijrosi toʻgʻrisidagi, muallifga mukofot puli toʻlash toʻgʻrisidagi nizolarni koʻrib chiqadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning vakilligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektlariga nisbatan Patent idorasi va sudda yuridik va jismoniy shaxslar vakilligi Patent vakillari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtgan patent vakili tomonidan taʼminlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlgan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Patent vakillari toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq tarzda malaka sinovidan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi (jismoniy shaxs) patent vakili sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX BOB. YAKUNIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41-modda. Sanoat mulki obyektlarini boshqa davlatlarda patentlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslari sanoat mulki obyektlarini boshqa davlatlarda patentlashtirish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektlarini patentlashtirish Patent idorasiga talabnoma topshirilganidan keyin uch oy oʻtgandan soʻng amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning talablarini buzgan holda berilgan patent yoki dastlabki patent haqiqiy emas deb hisoblanadi va Patent idorasining qarori bilan bekor qilinadi.
(41-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulki obyektini boshqa davlatda (davlatlarda) gʻayrihuquqiy ravishda patentlashtirgan har qanday shaxs qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42-modda. Boshqa davlatlar jismoniy va yuridik shaxslarining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi boshqa davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yil 6-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1062-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 138-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)