19.03.2025 yildagi PQ-115-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 19.03.2025 yildagi PQ-115-son
Date of entry into force
21.03.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi “Umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni yangi bosqichga olib chiqishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-52-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Mamlakatimizda umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash boʻyicha “yoʻl xarita” 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*2-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi Millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy jamoatchilik kengashlari) deb qayta nomlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasi Qoʻmita huzuridagi jamoatchilik kengashining yangilangan tarkibi va hududiy jamoatchilik kengashlarining yangilangan (namunaviy) tarkibini davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar aʼzolari, fan va madaniyat namoyandalari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillaridan iborat tarkibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Qoʻmita huzuridagi jamoatchilik kengashi maslahat-kengash organi hisoblanib, Qoʻmitaga yuklangan vazifa va majburiyatlarning bajarilishiga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) hududiy jamoatchilik kengashlarning tashkiliy-texnik taʼminoti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hamda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoʻmita huzuridagi jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Oʻzbekiston xalqining birdamligini taʼminlash, xorijdagi vatandoshlarni tarixiy Vatani bilan birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini kompleks tahlil qilishda ishtirok etish, ularning amalga oshirilishi yuzasidan samarali jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) mamlakatimizda umummilliy totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash, Oʻzbekistonning xalqaro imijini oshirishda xalq diplomatiyasi mexanizmlaridan foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar tayyorlash va Qoʻmitaga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) aholida Oʻzbekiston xalqining umummilliy qadriyatlari ustuvorligini anglash tuygʻusini kuchaytirishda davlat va jamoat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) jamiyatda umummilliy birdamlik, xorijiy davlatlar hududlari bilan doʻstlik va birodarlik aloqalarini rivojlantirishga oid targʻibot ishlarini tizimli olib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Qoʻmita boshqaruv xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlariga koʻra tarif koeffitsiyentlari 3 baravar (Qoʻmita rahbariyatiga 4 baravar) oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi;
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Qoʻmita xodimlari oylik maoshining 50 foizi miqdorida Qoʻmita xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Qoʻmita boshqaruv xodimlari uchun avvalgi ish joyida harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun berilgan ustama va qoʻshimcha toʻlovlar saqlab qolinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) Qoʻmitada ishlangan davr harbiy va maxsus unvonlarni (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik darajalar va boshqalarni) olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) Qoʻmita boshqaruv xodimlarining lavozim maoshiga ragʻbatlantirish koeffitsiyenti hisobga olingan holda davlat organlaridagi koʻp yillik mehnati uchun 2 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan 20 yilgacha — 0,4; 20 yildan ortiq — 0,5 koeffitsiyentlarda har oylik ustamalar toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoʻmita boshqaruv xodimlari tarkibi yuklatilgan vazifalarga mos, ularni professional darajada amalga oshirishga qodir boʻlgan malakali, zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega (ustuvorlik asosida sotsiolog, siyosatshunos, xalqaro munosabatlar sohasidagi mutaxassislar, tarixchi, yurist, filolog) boʻlgan masʼuliyatli kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoʻmita:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) sohada faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat tashkilotlarga doimiy ravishda axborot, maslahat, tashkiliy va uslubiy jihatdan koʻmaklashib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tashqi ishlar vazirligi xorijiy mamlakatlarda faoliyat olib borayotgan turdosh tashkilotlar, oʻzbek madaniy markazlari va jamiyatlari haqida maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritishda, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda faoliyat olib borayotgan tegishli tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishda va rivojlantirishda Qoʻmitaga amaliy yordam koʻrsatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoʻmita xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, shuningdek, Qoʻmitaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bilan bogʻliq xarajatlar 2025-yilda Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondidan “Vatandoshlar” jamoat fondiga ajratilgan davlat subsidiyasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin hamda 2026-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoʻmita:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) “Vatandoshlar” jamoat fondi, milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlariga doimiy ravishda axborot, maslahat, tashkiliy va uslubiy jihatdan koʻmaklashib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-yanvarga qadar Umummilliy birdamlikni taʼminlash sohasida davlat siyosati konsepsiyasi va Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar sohasida davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoʻmita Toshkent shahri Bobur koʻchasi 45-uyda joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi va oʻz binolariga ega boʻlmagan milliy madaniy markazlar, “Vatandoshlar” jamoat fondi va “Oʻzbekiston” jurnali tahririyati” davlat muassasasi ushbu manzilda joylashgan binoning Qoʻmita tomonidan belgilanadigan joylariga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi belgilangan tartibda Qoʻmitani zarur aloqa vositalari, shu jumladan, Hukumat aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qoʻmita boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 19-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-115-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PQ-115-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitaning (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoʻmita umummilliy totuvlik hamda xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha vakolatli respublika ijro etuvchi organi hisoblanadi hamda ushbu masalalar boʻyicha davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoʻmita oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoʻmitaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoʻmita yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻzining nomi davlat tilida yozilgan muhr va blanklarga, mustaqil balansga, milliy va chet el valyutasidagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoʻmitaning rasmiy nomi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita, qisqartirilgan nomi — Millatlararo munosabatlar qoʻmitasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) rus tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Komitet po voprosam mejnatsionalnix otnosheniy i sootechestvennikov za rubejom Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — KMOS;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ingliz tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — The Committee on Interethnic relations and Compatriots abroad of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — the CIRCA.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoʻmitaning joylashgan joyi (pochta manzili): 100100, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 45-uy.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Qoʻmitaning tashkiliy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoʻmita tizimiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita tarkibiy boʻlinmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston” jurnali tahririyati” davlat muassasasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha Qoʻmitaga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston” jurnali tahririyati” davlat muassasasi Qoʻmitaga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Qoʻmitaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagilar Qoʻmitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
millatlararo munosabatlarni uygʻunlashtirish, jamiyatda doʻstlik, oʻzaro hamjihatlik, bagʻrikenglik va birdamlikni mustahkamlash orqali yagona fuqaroviy oʻzlikni shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda yashovchi barcha millat va elatlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlash orqali ularning umummilliy taraqqiyotga daxldorligini kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq diplomatiyasi mexanizmlari orqali xorijiy mamlakatlar bilan ijtimoiy-madaniy va doʻstlik aloqalari hamda Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijdagi vatandoshlar jamoalari va oʻzbek diasporalarining milliy oʻzligini saqlashga koʻmaklashish hamda ularning ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatini Vatanimiz rivojiga safarbar etishni qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatda va axborot makonida millatlararo totuvlikka salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xavfli omillarni barvaqt aniqlash hamda ularning oldini olishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston xalqi hamda xorijdagi vatandoshlarning jamiyatning mushtarak maqsadlari yoʻlida birdamligi, umummilliy hamjihatlik masalalarini tizimli yondashuv asosida tahlil qilish, strategik istiqbollarni belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) millatlararo munosabatlarni uygʻunlashtirish, jamiyatda doʻstlik, oʻzaro hamjihatlik, bagʻrikenglik va birdamlikni mustahkamlash orqali yagona fuqaroviy oʻzlikni shakllantirish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umummilliy totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosatini izchil amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatda doʻstlik, oʻzaro ishonch va tushunish muhitini asrab-avaylash hamda mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va nodavlat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda “Birgalikda kuchmiz” gʻoyasi ostida yoshlarni umummilliy qadriyatlar atrofida birlashtiruvchi targʻibot tadbirlarini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umummilliy hamjihatlikni aks ettiruvchi sport va madaniy-maʼrifiy tadbirlar, tanlovlarni respublika — tuman — mahalla (ovul) miqyosida oʻtkazishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
millatlararo totuvlik, doʻstlik va hamjihatlikni qaror toptirishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy tashabbuslarni ragʻbatlantiradi va qoʻllab-quvvatlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarni umummilliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, milliy anʼana va urf-odatlarni asrash va rivojlantirishga qaratilgan gʻoya va loyihalarni keng targʻib qilishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi orasida umummilliy totuvlik, doʻstlik va birdamlikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi, uni davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarni Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning Vatan oldidagi burch va masʼuliyatini teran anglashiga xizmat qiladigan zamonaviy mediakontentlar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat dasturlari, konseptual va strategik hujjatlarda bagʻrikenglik, birdamlikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda yoshlarni keng jalb qiladi va ularning salohiyatidan toʻlaqonli foydalanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekistonda yashovchi barcha millat va elatlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlash orqali ularning umummilliy taraqqiyotga daxldorligini kuchaytirish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatdagi barcha millat va elatlarning konstitutsiyaviy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ular oʻrtasida oʻzaro tushunish hamda yordam hissini kuchaytirishga zarur shart-sharoit yaratishda koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha fuqarolarni “Yangi Oʻzbekiston — mening taqdirim” shiori atrofida birlashtirish, bu orqali ularning oʻz taqdiri Oʻzbekiston bilan bogʻlanganini anglab yetishiga qaratilgan tadbirlar tashkil etishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yurtimizda yashovchi turli millat va elatlar vakillarining oʻziga xos anʼanalari, urf-odatlari va rasm-rusumlarini asrab-avaylashga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston taraqqiyotiga daxldorlikni oshirishga qaratilgan “Oʻzbekiston — yagona Vatan” gʻoyasi atrofida madaniy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazishda faol ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizga ishlash, taʼlim olish maqsadida uzoq muddatga kelgan xorijiy fuqarolarning mahalliy shart-sharoitlarga va ijtimoiy-madaniy moslashuvini taʼminlash va umumiy manfaatlarni roʻyobga chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqadi hamda uni idoralararo hamkorlik asosida amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy madaniy markazlar va sohaga ixtisoslashgan boshqa jamoat birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularga amaliy va uslubiy yordam koʻrsatadi, ular faoliyatining qonuniyligini taʼminlashda adliya organlari bilan hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy madaniy markazlarga umummilliy manfaatlarga xizmat qiluvchi madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatda yashovchi turli millat va elat vakillarini umummilliy qadriyatlar atrofida birlashtiruvchi ijtimoiy buyurtmalar amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlaydi va bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xalq diplomatiyasi mexanizmlari orqali xorijiy mamlakatlar bilan ijtimoiy-madaniy va doʻstlik aloqalari hamda Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshirishda bevosita ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy tashkilotlar va diplomatik vakolatxonalar, xorijiy davlatlardagi turdosh tashkilotlar bilan xalq diplomatiyasi asosida doʻstona munosabatlar oʻrnatadi va uni rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlar olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahon hamjamiyatida mamlakatimizning boy tarixi hamda Yangi Oʻzbekistonning bugungi taraqqiyot bosqichidagi yutuqlariga bagʻishlangan koʻrgazmalar, ilmiy-amaliy seminarlar, anjumanlar, madaniy tadbirlarni tashkil qiladi va nufuzli OAVda yoritilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzbek xalqining boy tarixiy anʼanalari toʻgʻrisida turkum materiallar tayyorlaydi va keng jamoatchilikka yetkazilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzbek zaminida tugʻilgan buyuk olim va mutafakkirlarning barhayot merosini, ularning jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga qoʻshgan hissasini keng namoyon etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzbek xalqining xorijiy davlatlar hududlarida joylashgan va saqlanayotgan moddiy-madaniy merosi obyektlarini asrab-avaylashda davlat va nodavlat tashkilotlar bilan faol hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yurtimiz va xorijiy mamlakatlar hududlari oʻrtasida doʻstlik, oʻzaro ishonch va birodarlik aloqalarini oʻrnatish hamda rivojlantirishda manfaatdor tashkilotlar bilan chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi va koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalar va boshqa xalqaro hujjatlar tuzadi, Oʻzbekistonning davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan xorijiy mamlakatlarning turdosh tashkilotlari va fuqarolik jamiyatlari institutlari oʻrtasidagi koʻp tomonlama aloqalar va almashinuvlar rivojlanishini qoʻllab-quvvatlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doʻstlik jamiyatlari va birodarlashgan hududlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi hamda investitsiya loyihalari, ijtimoiy buyurtmalarni shakllantiradi va ularni amalga oshirishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) xorijdagi vatandoshlar jamoalari va oʻzbek diasporalarining milliy oʻzligini saqlashga koʻmaklashish hamda ularning ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatini Vatanimiz rivojiga safarbar etishni qoʻllab-quvvatlash borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijdagi vatandoshlarni “Oʻzbekiston — yagona Vatan”, “Yangi Oʻzbekiston — mening taqdirim” gʻoyalari atrofida birlashtirish, ularning tarixiy Vataniga daxldorligi, oʻz taqdiri u bilan uzviy bogʻlanganini ifodalovchi madaniy-maʼrifiy tadbirlar gʻoyasini yaratadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlardagi vatandoshlarimiz va ular tomonidan tuzilgan tashkilotlar, shuningdek, chet eldagi turdosh tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlashga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijdagi vatandoshlar jamoalari bilan hamkorlikning yangi “oʻsish nuqta”larini belgilashga qaratilgan maqsadli loyiha va dasturlar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlardagi vatandoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, investitsiyaviy va turistik startap loyihalarda faol ishtirok etishga jalb qilish orqali ularda tarixiy Vatani rivojiga daxldorlik tuygʻusini kuchaytirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalarini qoʻllab-quvvatlash borasida davlat organlari va jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijdagi vatandoshlarimiz bilan doimiy axborot almashinuvini taʼminlaydi hamda oʻzaro hamkorlikning zamonaviy mexanizmlarini joriy qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijdagi vatandoshlar, birinchi, ikkinchi va uchinchi avlod oʻzbek diaspora vakillarini Oʻzbekistonning umummilliy taraqqiyotiga daxldorligini kuchaytirishga qaratilgan maqsadli, manzilli dastur va loyihalarni qoʻllab-quvvatlaydi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijda vatandoshlar ishtirokidagi tadbirlarda mamlakatimizning taniqli yozuvchi va shoirlari, fan arboblari, madaniyat va sanʼat vakillari, sportchilari ishtirokini taʼminlashga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) jamiyatda va axborot makonida millatlararo totuvlikka salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xavfli omillarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga koʻmaklashish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot makonida millatlararo totuvlikka, umummilliy hamjihatlikka raxna soluvchi holatlarni (millatchilik, ayirmachilik va boshqalar) monitoring va tahlil qiladi, bunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turli millat va elat vakillarining turmush tarzi, urf-odatlari va anʼanalari bilan bogʻliq masalalarni tizimli oʻrganadi va bu borada davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatda milliy, etnik omillar sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan bahsli holatlarni baholaydi, ularni profilaktika qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
millatlararo munosabatlar yoʻnalishidagi jarayonlar monitoringini olib boradi, axborot-tahliliy sharhlar tayyorlaydi, eʼlon qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot makonida umummilliy totuvlikka salbiy taʼsir koʻrsatuvchi turli daʼvatlar, chaqiriqlarni tezkor oʻrganadi hamda Oʻzbekistonning bu boradagi qatʼiy pozitsiyasi boʻyicha asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatda va axborot makonidagi turli tahdidlarga qarshi asoslantirilgan fikrlarni shakllantirishda olimlar, ekspertlar va fikr yetakchilari bilan faol hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Oʻzbekiston xalqi hamda xorijdagi vatandoshlarning jamiyatning mushtarak maqsadlari yoʻlida birdamligi, umummilliy hamjihatlik masalalarini tizimli yondashuv tahlil qilish va strategik istiqbollarni belgilash borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunlar, Prezident hujjatlari, Prezident Administratsiyasi topshiriqlari, Hukumat qaror va farmoyishlari, bayonlari, idoralararo va idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarda Qoʻmitaga yuklatilgan vazifalar ijrosi oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umummilliy birdamlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashga oid asosiy koʻrsatkichlarni ishlab chiqadi va sohaga oid maʼlumotlar bazasini yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohaga oid vaziyatni tezkor va avtomatik ravishda sunʼiy intellekt yordamida tahlil qiluvchi va baholovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganadi va kompleks tahlil asosida strategik istiqbollarni belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaqin, oʻrta va uzoq istiqbolda umummilliy birdamlikni taʼminlashga xizmat qiladigan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda uni davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalariga doir qonun va qonunosti hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ulardagi dolzarb masalalar yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning professional koʻnikmalarini oshirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uslubiy qoʻllanmalar, oʻquv darsliklari, ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlovchi taklif va tavsiyalarni ilgari suradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan amalga oshiriladigan sohaga oid masalalar boʻyicha ilmiy-amaliy loyihalar va ijtimoiy buyurtmalarni qoʻllab-quvvatlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohaga oid tadqiqot ishlarini olib borayotgan ilmiy izlanuvchilarga koʻmaklashadi, ularni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetakchi mahalliy va xorijiy olimlar, ekspertlar va mutaxassislar ishtirokida millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferensiyalar, anjumanlar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etadi va oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Qoʻmitaning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Qoʻmitaning huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar uchun bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlarni qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaning vakolatiga kiruvchi masalalarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaga tegishli vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan statistika, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va bepul olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga mamlakatimizdagi umummilliy totuvlik va hamjihatlik, vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash masalalariga oid qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaning vakolatiga kiruvchi masalalarda sudlarga ariza (shikoyat) va daʼvolarni kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umummilliy birdamlik hamda vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolati doirasida milliy madaniy markazlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga ushbu faoliyatni amalga oshirishda tashkiliy, huquqiy, uslubiy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy madaniy markazlar, doʻstlik jamiyatlari va boshqa tegishli tashkilotlarning roʻyxatdan oʻtishda taqdim etadigan hujjatlari boʻyicha adliya organlari soʻrovlariga muvofiq xulosalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyatini samarali tashkil etish, unga yuklangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlarining mutaxassis va ekspertlarini shartnoma asosida jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohaga doir ilmiy va amaliy tadqiqotlar hamda ishlanmalarni amalga oshirish boʻyicha loyihalarni saralab olish uchun tanlovlar eʼlon qilish va tanlov komissiyalarini tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita xodimlari tomonidan faoliyat samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlari (KPI) bajarilishini hisobga olgan holda moddiy ragʻbatlantirish tartibini, miqdorini va shartlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Vazirlar Mahkamasiga, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalariga koʻrib chiqish uchun kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita vakolati doirasida xalqaro shartnomalar va idoralararo bitimlar tuzish, xalqaro, hukumatlararo bitim loyihalarini taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro miqyosda himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifalar doirasida xorijiy davlatlardagi turdosh tashkilotlar, ilmiy va taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Qoʻmitaning tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalarning funksional vazifalari hamda boshqa hujjatlari, smeta va shtat jadvallarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita tizimida kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini samarali tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar ochish, konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar oʻtkazish, shuningdek, uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolarga xizmat koʻrsatish, jihoz va uskunalar, avtotransport, aloqa hamda hisoblash vositalari, kompyuter va tashkiliy texnika vositalarini saqlash va ishlatish boʻyicha ishlarni bajarish, dasturiy taʼminotni sotib olish toʻgʻrisida belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita hamda idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga muvofiq Qoʻmitaning ijtimoiy infratuzilmasini yaratish va takomillashtirish hamda Qoʻmita, uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va mukofotlashning yagona tizimini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qoʻmita:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, umummilliy totuvlikni va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash boʻyicha davlat siyosatini samarali amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Qoʻmita tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash uchun javob beradi.

2-§. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlarining Qoʻmita faoliyatiga oid masalalar boʻyicha huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita zimmasiga yuklangan vazifalarni oʻz hududlarida samarali tashkil etish maqsadida davlat organlari va tashkilotlaridan statistika, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va bepul olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda, zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolati doirasida milliy madaniy markazlarga tashkiliy, huquqiy, uslubiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy madaniy markazlarning jamiyatda umummilliy totuvlikni taʼminlashga qaratilgan faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, xorijiy davlatlar hududlari bilan doʻstlik va birodarlik aloqalarini rivojlantirishga oid takliflarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohaga oid qonunchilik hujjatlarining ijro etilishini, shu jumladan, hududlarda turli millat vakillarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini oʻrganish va tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soha faoliyati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan davlat boshqaruvi organlari va jamoat birlashmalarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining millatlararo munosabatlarni qoʻllab-quvvatlashga oid masalalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq majlislari va yigʻilishlarida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlimlari, shuningdek, ilmiy tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umummilliy hamjihatlikning mavjud holati, uni yanada mustahkamlash istiqbollari toʻgʻrisida tegishli axborot, axborot-tahliliy hujjatlar, hisobotlar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari oʻz vakolatlari doirasida oʻzlariga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaga yuklangan vazifalarni hududlarda sifatli bajarilishini tashkil etish, taʼsirchan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlarda umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarning mavjud holati, uni yanada mustahkamlash istiqbollari toʻgʻrisida tegishli axborot, axborot-tahliliy hujjatlar, hisobotlarni Qoʻmitaga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohani rivojlantirish va hududlarning muammoli masalalarini hal qilish boʻyicha dastur, chora-tadbirlar rejasi, “yoʻl xaritalari” va boshqa hujjatlar ijrosini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlarda milliy madaniy markazlar umummilliy hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan faoliyatini amalga oshirishiga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar hududlari bilan doʻstlik va birodarlik aloqalarini rivojlantirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Qoʻmita rahbariyatining asosiy funksional vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qoʻmita raisining asosiy funksional vazifalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va chora-tadbirlar rejalarini amalga oshirish boʻyicha tanqidiy va chuqur tahlillar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaning hududiy vakillari faoliyati bilan bogʻliq istiqboldagi koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan Qoʻmita faoliyatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi yigʻilishlarida va uning Rayosati majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri koʻrsatmalarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, majburiyatlarni taqsimlash, Qoʻmita tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining vakolatlarini belgilash, Qoʻmita faoliyatining maʼlum bir sohalarini boshqarishda oʻz oʻrinbosarlari va boʻlinma rahbarlarining shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita tizimida raqamlashtirishni joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar sohasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan kompleks dastur va chora-tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq koʻrsatkichlar, maqsadli indikatorlar va rivojlantirish dasturlarining samarali amalga oshirilishiga erishishni soʻzsiz taʼminlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tarkibiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan Qoʻmita faoliyat sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, masalalarning Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosarlari topshiriqlarining oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli ijro etilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Qoʻmita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, hududiy boʻlimlar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita tizimida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Qoʻmitaga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning kasb mahorati, oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga va oʻz tashabbusiga koʻra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasi hamda Prezident Administratsiyasi Reglamentlari talablariga muvofiq ravishda oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasida himoya qilinishi va Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaga kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Administratsiyasi Reglamentlarida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, zarur hollarda, davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda qarorlar va boshqa hujjatlarni qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita xodimlarining xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻla muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, ularga ajratiladigan mablagʻlardan oqilona foydalanishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz oʻrinbosarlari va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Qoʻmita hayʼat majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, muhokama yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini, shu jumladan, kelgusida ularning egallab turgan lavozimlariga loyiqligi masalalarini koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli choralarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita xodimlarining Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishi boʻyicha nazoratni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Qoʻmita tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali davlat xizmatlari koʻrsatishning samaradorligi va ochiqligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib sayyor qabul qilish;

Prezidentning Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, Qoʻmita rahbarlari va xodimlarining ular faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita tizimida kadrlar zaxirasini shakllantirish, shuningdek, tizim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish (xorijiy mamlakatlarda) ishlarini tizimli asosda tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyati sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzish va belgilangan tartibda oʻziga yuklangan vazifalar doirasida xorijiy davlatlarning organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Qoʻmita nomidan ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish boʻyicha majlislarida ishtirok etish va ularga doir fikr bildirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Qoʻmitaning tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita xodimlari bajarishi shart boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar qabul qilish hamda koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etish, shuningdek, soha tarmoqlarini rivojlantirishda alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni faxriy yorliqlar hamda boshqa ragʻbatlantirishlar bilan taqdirlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita mol-mulkini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini qonunchilikda belgilangan tartibda tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita hayʼat majlislarida raislik qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita raisi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional vazifalarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Qoʻmita raisi oʻrinbosarlarining umumiy funksional vazifalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

Qoʻmita raisi vaqtincha boʻlmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan Qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan dastur va chora-tadbirlar ijrosi holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini, jumladan, uning yigʻilishlarini samarali tashkil etishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda yashovchi millat va elatlarning tili va madaniyatini saqlashga sharoit yaratish orqali milliy madaniy xilmaxillikni taʼminlab borish yoʻnalishidagi ishlarni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
etnik kelib chiqishi va madaniy mansubligidan qatʼiy nazar barchaga bir xil imkoniyatlar yaratish, bagʻrikenglik va birdamlik qadriyatlarini mustahkamlash orqali yagona fuqaroviy oʻzlikni shakllantirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatda millatlararo munosabatlarning mavjud holatini oʻrganish, tahlil qilish hamda jamiyatda umummilliy totuvlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy asoslangan takliflar tayyorlashda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro va respublika darajasidagi ilmiy konferensiya, seminarlar tashkil etish, sohaga ixtisoslashgan xorijiy institutlar va markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistondagi milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari faoliyatining qonuniyligini taʼminlashda adliya organlari bilan hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistondagi milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlariga tashkiliy, huquqiy va uslubiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va ekspertiza qilishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellardagi vatandoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda Tashqi ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va boshqa manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turli sohalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizning salohiyatini mamlakatimiz taraqqiyotiga samarali yoʻnaltirish yuzasidan tashabbuslar ishlab chiqish, ushbu yoʻnalishdagi ishlarni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va ekspertiza qilishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doʻstlik jamiyatlariga tashkiliy, huquqiy va uslubiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlar, ularning shaharlari va fuqarolik hamjamiyatlari bilan doʻstlik hamda birodarlashgan aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilishi hamda ularning ijro etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, Qoʻmitada ijro intizomi boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun xodimlar shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita hayʼati qarorlari, Qoʻmita raisi buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita raisiga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha takliflar taqdim etish, ularning kasb mahorati, oʻz ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va maʼnaviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Qoʻmitada tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama etish, imzolash (viza qoʻyish) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi Reglamentlari talablariga qatʼiy rioya qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, Qoʻmita raisi topshirigʻiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaga taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son, 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻla muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablagʻlardan oqilona foydalanishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilib borish, Qoʻmitaning hayʼat yigʻilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, muhokama yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyatini takomillashtirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar qabul qilish, millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorlik sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Qoʻmita raisiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolish-qolmasligi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida Qoʻmita raisiga takliflar kiritish, ularning funksional majburiyatini va yuklangan vazifalar bajarilishida shaxsiy masʼuliyatini oshirish yuzasidan tizimli choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita xodimlari tomonidan Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishi taʼminlanishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Qoʻmita tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita raisiga davlat xizmatlarini koʻrsatish samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanish darajasini oshirish boʻyicha takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib sayyor qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ular faoliyatida faol ishtirok etish, Prezidentning Virtual qabulxonasidan tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita xodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlash va xorijiy mamlakatlarda ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Qoʻmita tarkibiy tuzilmasi boʻlinmalari rahbarlarining funksional vazifalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar ijrosini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatni muntazam tahlil qilib borish va qayd etilgan koʻrsatkichlarga tarkibiy boʻlinmalar tomonidan soʻzsiz erishishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha choralar koʻrish yuzasidan takliflarni koʻrib chiqish uchun Qoʻmita raisining mutasaddilik qiladigan oʻrinbosariga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, Qoʻmita tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayʼat qarorlari, Qoʻmita raisi va uning oʻrinbosarlari buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalarini ishlab chiqish, tasdiqlash uchun kiritish, ularda qayd etilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalarning ijrosini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalar faoliyati sohalariga oid qonunchilik hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Qoʻmita rahbariyatiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita rahbariyatiga tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalarga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat safarlarini belgilangan talablarga muvofiq ravishda amalga oshirish, ularning asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, ajratiladigan mablagʻlardan oqilona foydalanishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilib borish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarining Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita rahbariyatiga davlat xizmatlarini koʻrsatish samaradorligi, sifati va ulardan foydalanish darajasini oshirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib sayyor qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Qoʻmita rahbarlarining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Qoʻmita raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi PF-6166-son Farmoni hamda 2021-yil 31-maydagi “ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5132-son qarori oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli ijro etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Qoʻmitaga yuklangan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi, shuningdek, Qoʻmita ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilayotgan dasturlar, strategiya va konsepsiyalarda koʻzlangan natijalarga erishilishi, ularning mamlakatda umummilliy totuvlikni taʼminlash va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga taʼsiri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli sohalar va tarmoqlarni rivojlantirish boʻyicha belgilangan parametrlar va koʻrsatkichlarga erishishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita tizimida ijro intizomiga qatʼiy rioya etilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Qoʻmita raisining oʻrinbosarlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlari bilan yuklangan yoʻnalishlar va sohalar boʻyicha vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida bajarilishi hamda natijadorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddilik qilinayotgan yoʻnalishlar boʻyicha sohalarning barqaror rivojlanishini taʼminlashga oid chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qoʻmita tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida bajarilishi hamda natijadorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyat yoʻnalishlariga oid qonunchilik hujjatlari, Qoʻmita rahbarlarining topshiriqlari bajarilishining holati toʻgʻrisida haqqoniy tahliliy va boshqa axborotlarni sifatli tayyorlash va oʻz vaqtida taqdim etish yuzasidan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Qoʻmita faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Qoʻmita rahbariyati hamda xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Qoʻmita raisi maqomi, maishiy taʼminoti, tibbiy va transport xizmatidan foydalanish borasidagi shart-sharoitlariga koʻra ― vazirga, uning oʻrinbosarlari ― vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Qoʻmita raisining Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar oʻrinbosari boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Qoʻmita raisi boʻlmagan vaqtda, uning vakolatlari rais oʻrinbosari tomonidan raisning tegishli buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Qoʻmita xodimlari Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Qoʻmitaning davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Qoʻmita oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha kotibiyatlari millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash masalalarida oʻz vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Qoʻmita hayʼati va jamoatchilik kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Qoʻmitada rais (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari, shuningdek, uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Qoʻmita raisining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Qoʻmita tizimidagi xodimlar va rahbarlarning shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrgan holda tarkibiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini tizimli ravishda har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishni taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan, shu jumladan, joylarda sayyor majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni tayyorlash va qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarni yuklatilgan vazifalarga mos, ularni professional darajada bajarishga qodir, malakali, zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan (ustuvorlik asosida sotsiolog, siyosatshunos, xalqaro munosabatlar, filolog, tarixchi, yurist) masʼuliyatli kadrlar bilan jamlash masalalarini koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Qoʻmita rahbarlari hamda xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash, shaxsiy javobgarligini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat Qoʻmita vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Hayʼat majlisiga respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Hayʼat, agar uning majlisida hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Hayʼat qarorlari Qoʻmita raisining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Qoʻmita raisi va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Qoʻmita raisi yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrini maʼlum qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Hayʼat faoliyatining tartibi uning hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Qoʻmita faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida uning huzurida nodavlat notijorat tashkilotlar aʼzolari, fan va madaniyat namoyandalari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillaridan iborat tarkibda jamoatchilik kengashi tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Jamoatchilik kengashi maslahat-kengash organi hisoblanib, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek, sohaga oid davlat va tarmoq dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va fikri hisobga olinishi, Qoʻmita zimmasiga yuklangan ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni roʻyobga chiqarish boʻyicha Qoʻmita va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Qoʻmita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari bilan hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Qoʻmita huzuridagi Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston xalqining birdamligini taʼminlash, xorijdagi vatandoshlarni tarixiy Vatani bilan birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini kompleks tahlil qilishda ishtirok etish, ularning amalga oshirilishi yuzasidan samarali jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizda umummilliy totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash, Oʻzbekistonning xalqaro imijini oshirishda xalq diplomatiyasi mexanizmlaridan foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar tayyorlash va Qoʻmitaga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholida yagona Oʻzbekiston xalqining umummilliy qadriyatlar ustuvorligini anglash tuygʻusini kuchaytirishda davlat va jamoat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatda umummilliy birdamlik, xorijiy davlatlar hududlari bilan doʻstlik va birodarlik aloqalari rivojlantirishga oid targʻibot ishlarini tizimli olib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Qoʻmita huzuridagi Jamoatchilik kengashi toʻgʻrisidagi nizom va uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tegishli mezonlar va ishchi indikatorlarga asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Qoʻmita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki ularga nisbatan intizomiy jazo choralari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Qoʻmita faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Quyidagilar Qoʻmita faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Qoʻmita xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haq, ustamalar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlardan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Qoʻmita boshqaruv xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlariga koʻra tarif koeffitsiyentlari 3 baravar (Qoʻmita rahbariyatiga 4 baravar) oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Qoʻmita, uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshi Yagona tarif setkasining tasdiqlangan razryadlari boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita xodimlarining lavozim maoshi yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlari asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita xodimlari oylik maoshining 50 foizi miqdorida Qoʻmita xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Qoʻmita boshqaruv xodimlari uchun avvalgi ish joyida harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun berilgan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar saqlab qolinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitada ishlangan davr harbiy va maxsus unvonlarni (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik darajalar va boshqalarni) olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarini (bakalavriat, magistratura) tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassis xodimlarga — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmonida belgilangan tartib va miqdorlarda toʻlab beriladigan qoʻshimcha ustamalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy darajaga (PhD, DSc) ega xodimlarga — lavozim maoshining 10 foizigacha (PhD — 5 foiz, DSc — 10 foiz) miqdorida qoʻshimcha ustama.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Qoʻmita boshqaruv xodimlarining umumiy ish stajidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorda koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2 yildan 5 yilgacha — 0,1;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5 yildan 10 yilgacha — 0,2;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 yildan 15 yilgacha — 0,3;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15 yildan 20 yilgacha — 0,4;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 yildan ortiq — 0,5.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Qoʻmita xodimlari oylik maoshining 50 foizi miqdorida Qoʻmita xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi hisobidan qonunchilikda belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlarida va boshqa muhim sanalarda mukofotlash, shuningdek, ustama, ragʻbatlantirish va qoʻshimcha haq, mukofotlar va ish haqiga boshqa toʻlovlar miqdori Qoʻmita raisi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xodimlarga qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa toʻlovlar ham toʻlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Qoʻmita xodimlariga oylik ustamalar, moddiy va koʻp yillik mehnati uchun ragʻbatlantirishlar tarzidagi lavozim maoshlariga qoʻshimcha toʻlovlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Qoʻmitaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga hisobot berishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Qoʻmita rahbarlari oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga, Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan oʻzaro hamkorlik qilish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda oʻz faoliyati sohasidagi muammolarni hal etish, davlat boshqaruvi tizimini maqbullashtirishga qaratilgan taklif, tavsiya va tahliliy maʼlumotlar tayyorlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashning eng muhim yoʻnalishlari hamda vazifalarni amalga oshirishda mavjud tizimli muammo va kamchiliklarning muntazam ravishda koʻrib chiqilishi va bartaraf etilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Vazirlar Mahkamasi Qoʻmita rahbarlarining faoliyatini yuklangan vazifalarning ular tomonidan samarali bajarilishi boʻyicha doimiy monitoring qilib boradi, Qoʻmita faoliyati samaradorligini xolisona baholaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Monitoring va baholash natijalariga koʻra Qoʻmitaning alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirish choralari koʻriladi, jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan esa tegishli javobgarlik choralari qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Qoʻmita qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 07/25/115/0263-son; 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)