19.03.2025 yildagi 171-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.03.2025 yildagi 171-son
Date of entry into force
19.03.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, adliya organlari va muassasalari xodimlari, yuridik xizmat, advokatura, notariat, mediatsiya, intellektual mulk, sud ekspertizasi, arxiv ishi va ish yuritish hamda boshqa soha mutaxassislarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning zamonaviy tizimini yoʻlga qoʻyish hamda ularni oʻqitishni xalqaro tajriba va zamonaviy taʼlim standartlari talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud ekspertlarining malakasini oshirish oʻquv markazi hamda Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy talablar va jarayonlarni hisobga olgan holda adliya organlari va muassasalari xodimlari, yuridik xizmat, advokatura, notariat, sud ekspertizasi, arxiv ishi va ish yuritish, ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash, mediatsiya va intellektual mulk sohalari mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachilarga malaka oshirish shakllarini kasbiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda mustaqil tanlash imkoniyatini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbiy oʻqitishning ish jarayoni bilan birgalikda amalga oshiriladigan shakllarini (dual taʼlim) joriy qilish va takomillashtirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro miqyosda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini munosib ifoda eta oladigan yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik maʼlumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash, shuningdek, professional va oliy taʼlim tizimida huquqiy fanlardan dars beradigan pedagog kadrlarning belgilangan davriylikka muvofiq malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va noyuridik sohalarda faoliyat yurituvchi davlat xizmatchilari, xususiy sektor hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan oʻquv kurslarini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotlarning ichki hujjatlari, ish yuritish tartiblari, shartnomaviy munosabatlari hamda xodimlarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini yuridik jihatdan tahlil qilgan holda, tashkilotlarning tegishli mutaxassislarini talab va ehtiyojlardan kelib chiqib shartnoma asosida manzilli oʻqitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbiy rivojlanish uchun raqamli taʼlim resurslarini yaratish, kadrlarning nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarini uzluksiz rivojlantirish hamda davriy baholab borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit-modul tizimidan foydalangan holda kadrlar salohiyatini oshirish, yuridik taʼlimda kazus va keys-texnologiyalar asosida oʻqitishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalari faoliyatini, huquqiy xizmatlar koʻrsatish, sud ekspertiza, arxiv ishi va ish yuritish sohalarini ilmiy-metodik va konsultativ jihatdan taʼminlash, shuningdek, ularning faoliyat yoʻnalishlarini tahlil qilgan holda yanada takomillashtirish boʻyicha ilmiy asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqni qoʻllashdagi muammolar va yurisprudensiyaning eng dolzarb masalalari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar loyihalarini, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni hamda ilmiy faoliyatga yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni keng jalb qilish, pedagogika sohasida ilgʻor tajriba almashish borasida xalqaro hamkorlikni keng yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha qisqa muddatli professional oʻqitish kurslari toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik maʼlumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki, Institutda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2025-yil 1-apreldan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalari xodimlari hamda yuridik xizmat, advokatura va notariat sohalari boʻyicha yuridik kadrlarning bilim va koʻnikmalarini doimiy oshirib borishni nazarda tutuvchi kredit-modul mexanizmiga asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi joriy etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalar hamda boshqa tashkilotlarning yangi ishga qabul qilingan arxiv ishi va ish yuritishga masʼul xodimlari hamda arxiv mutaxassislari olti oy ichida va keyinchalik har uch yilda bir marotaba oʻz malakasini oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog kadrlar va sud ekspertlarini qayta tayyorlash kurslarida mashgʻulotlar dual taʼlim prinsipi asosida tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat huquqiy siyosati sohasida yaxlit ilmiy tadqiqotlar tizimini yaratish maqsadida tegishli ixtisosliklar, shu jumladan, arxiv ishi va ish yuritish sohasi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim joriy etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut tadqiqotchilarini tadqiqot sohalari boʻyicha tashkilotlarga biriktirish amaliyoti joriy etiladi, ularning ilmiy-tadqiqot mavzulari biriktirilgan sohalarning aniq muammolarini hal etishga yoʻnaltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalari xodimlariga navbatdagi martaba darajalari ular Institutning maxsus malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli bitirgandan soʻng beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2025-yil 1-maydan boshlab oilaviy mediatsiya ishlari boʻyicha fuqarolar yigʻini raislari professional mediatorlikka bepul oʻqitiladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil davomida Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan kelishilgan holda har bir tumanda (shaharda) 5 nafardan fuqarolar yigʻini raislari oʻqitiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelgusida barcha fuqarolar yigʻini raislari professional mediatorlikka bosqichma-bosqich oʻqitib boriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professional mediatorlikka oʻqitilgan fuqarolar yigʻini raislari otaning (onaning) voyaga yetmagan farzandlari uchun ota-onalik huquqlarini taʼminlash bilan bogʻliq nizolar boʻyicha mediatorlik faoliyatini bepul amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2025-yil 1-iyundan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim jarayonlarini boshqarish va avtomatlashtirish boʻyicha xalqaro standartlar va texnologiyalarni joriy etish orqali “Raqamli institut” platformasi yaratilib, unda yuridik kadrlarga oʻz kasbiy rivojlanish ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan malaka oshirish shakllari va dasturlarini mustaqil tanlash va oʻzlashtirish imkoniyati yaratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Raqamli institut” platformasi orqali yuridik kadrlar tegishli bilim va koʻnikmalar boʻyicha kasbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi hamda natijasiga koʻra yuridik kadrlarning kompetensiya pasporti va individual kasbiy rivojlanish dasturi tuziladi hamda ushbu dastur orqali kadrlar malaka oshirishga yoʻnaltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchilarning malaka oshirishga boʻlgan ehtiyojini aniqlash uchun raqamli portfolio tizimi joriy qilinadi, ularning kasbiy faoliyat samaradorligi baholanadi va reytingi yuritiladi;

oʻquv jarayoni amaliy va huquqiy nizolarni tahlil qilishga qaratilgan bilim va koʻnikmalarga asoslangan yondashuvga muvofiq tashkil etiladi, ularning kamida 40 — 50 foizi amaliy mashgʻulotlarga ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mantiqiy fikrlash, tahlil va tadqiqotga yoʻnaltirilgan zamonaviy texnologiyalar va taʼlimning ilgʻor yondashuvlari joriy etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 2025-2026-yillarda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beradigan oliy noyuridik maʼlumotga ega pedagog kadrlar kasbiy qayta tayyorlash kurslarida bepul oʻqitiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Adliya vazirligi) Institut va Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha qisqa muddatli professional oʻqitish kurslarini tashkil etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda tinglovchilarning investitsiya va tijorat faoliyatida xalqaro huquq asoslarini oʻzlashtirishini, xalqaro xususiy, tijorat huquqi, xalqaro arbitrajning moddiy va protsessual huquq normalarini amalda qoʻllash, ilgʻor advokatlik texnikasi, aktivlarni xalqaro qidirish va qaytarish texnikasi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish sohasida oʻqitishni taʼminlash boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy ravishda tijorat arbitraji sohasidagi xalqaro yuridik amaliyotni, shuningdek, bu borada mamlakatlarning huquqiy pozitsiyasini ishlab chiqish va himoya qilishning zamonaviy tendensiyalarini oʻrganib, oʻquv faoliyatiga jalb qilib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchilarning xalqaro investitsiya va tijorat faoliyati, xalqaro arbitraj ish yurituvini huquqiy jihatdan taʼminlash sohalarida protsessual va boshqa huquqiy hujjatlarni tayyorlash, huquq va xalqaro shartnomalar normalarini talqin qilish boʻyicha koʻnikmalarini takomillashtirib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2025-yil 1-iyundan boshlab mamlakatimizda yaratilayotgan zamonaviy biznes va tadbirkorlik muhitida investorlar huquq va manfaatlarining ishonchli himoyasini taʼminlash maqsadida “ingliz huquqining fundamental asoslari” boʻyicha maxsus oʻquv kurslarini yoʻlga qoʻysin, bunda shartnoma huquqi, arbitraj tartib-taomillari, investitsiya huquqi, advokatlik texnikasi, nizolarni muqobil hal qilish asoslari boʻyicha oʻquv jarayonlari tashkil etilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) bir oy muddatda intellektual mulk sohasidagi kadrlarning malakasini oshirib borish oʻquv dasturlarini ishlab chiqsin va ular asosida oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun “IP Management” (intellektual mulkni boshqarish) oʻquv kurslarini tashkil qilib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ikki oy muddatda yuridik amaliyotda zamonaviy texnologiyalarni qoʻllashning asosiy jihatlari, jumladan, yuridik jarayonlarni avtomatlashtirish, keng hajmli maʼlumotlarni (big data) tahlil qilish hamda huquqiy ekspertizada sunʼiy intellekt tizimlaridan foydalanish boʻyicha adliya organlari va yuridik xizmatlar xodimlarining malakasini oshirish va ularni yuridik sohaning raqamli transformatsiyasi talablari asosida tayyorlash maqsadida Legal Tech va sunʼiy intellekt kompleks oʻquv dasturini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ikki oy muddatda adliya organlari va muassasalari xodimlariga martaba darajalarini berish uchun maxsus malaka oshirish kurslarining oʻquv dasturlarini ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut Vazirlik qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud ekspertlarining malakasini oshirish oʻquv markazi hamda Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi, shu jumladan, ushbu muassasalarning balansida boʻlgan mol-mulki va tovar-moddiy boyliklari xatlovdan oʻtkazilgan holda Institutga beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut davlat taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutga Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi, uning maqomi, transport, mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va tibbiy taʼminoti shartlari oliy taʼlim muassasalari rektorlariga tenglashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutning rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilariga oliy taʼlim muassasalarida amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlash miqdorlari, qolgan xodimlariga esa Vazirlik markaziy apparati xodimlari mehnatiga haq toʻlashning (shu jumladan, ragʻbatlantirish koeffitsiyenti, alohida mehnat sharoitlari uchun va boshqa toʻlovlar) amaldagi miqdorlari qoʻllaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutning Pedagoglar markazi mudiri mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shart-sharoitlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalarining kafedra mudiri lavozimiga tenglashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutda oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun jalb qilinadigan mutaxassislar mehnatiga Institutni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan soatbay haq toʻlash tartibi asosida haq toʻlanadi, bunda Institutga belgilangan miqdorni ikki yuz foizgacha oshirish huquqi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarining hamda shartnoma asosida ishlarni bajarish va xizmat koʻrsatishdan tushadigan boshqa mablagʻlarning (ularni amalga oshirish uchun xarajatlarini chegirib tashlagan holda) sakson foizgacha qismini Institut xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga yoʻnaltirish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutda yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash oʻquv kurslarini tugatgan va diplom olgan shaxslar yuridik xizmatlarda, davlat xizmatlari markazlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, shuningdek, advokatura va notariat tizimida oliy yuridik maʼlumot talab etilmaydigan lavozimlarda ishlash, yuridik maslahat xizmatlarini koʻrsatuvchi tijorat tashkilotlarida yuridik maslahat xizmati bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutda oliy taʼlim muassasalarining huquqiy fanlardan dars beradigan professor-oʻqituvchilari qonunchilikda belgilangan tartibda qayta tayyorlanadi va ularning malakasi oshiriladi hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga qatʼiy hisobda turadigan davlat namunasidagi hujjat hisoblanadigan malaka attestati beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutda kadrlarning malakasini oshirish xarajatlari adliya organlari va muassasalari xodimlari hamda davlat taʼlim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beradigan pedagog kadrlar uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi, qolgan tinglovchilar uchun shartnoma asosida haq evaziga amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tayyorlash kurslarida oʻqish uchun Institut bilan buyurtmachi oʻrtasida belgilangan tartibda shartnoma (toʻlov kontrakti) rasmiylashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik xodimlari, Institutning pedagog va boshqa xodimlari hamda tinglovchilarini xorijiy yuridik kompaniyalar, xalqaro arbitraj institutlari va xorijiy taʼlim tashkilotlariga stajirovka va malaka oshirishga yuborish bilan bogʻliq xarajatlar budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, kelishuvga asosan tinglovchi yoki uning ish joyi yoxud homiylik mablagʻlari hisobidan ham qoplanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Institut faoliyatini moliyalashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjeti mablagʻlari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Vazirlikka ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshirilishi, 2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda Institut tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi doirasida oʻzgartirishlar kiritish hamda Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha shtatlar joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Institutga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi tashkilotlarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlarini mustaqil ravishda ishlab chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy, taʼlim, noshirlik, matbaa va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy sohaning dolzarb masalalari hamda Institutning real imkoniyatlaridan kelib chiqib, yangi malaka oshirish va qayta tayyorlash dasturlarini ochish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot grantlarini eʼlon qilish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogika texnologiyalarini qoʻllay oladigan sudyalar, advokatlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va boshqa amaliyotchi mutaxassislarni, mahalliy hamda xorijiy professor-oʻqituvchilarni shartnoma asosida soatbay va oʻrindoshlik shartlarida jalb etish, shuningdek, xorijiy mutaxassislarning ish haqi va boshqa toʻlovlari miqdorlarini belgilash hamda mazkur toʻlovlarni Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor-oʻqituvchilarning oʻquv yuklamasini, shuningdek, oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda shartnoma asosida oʻqitish qiymatlarini mustaqil belgilash (qayta tayyorlash kurslari va yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish kurslari bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Institut direktoriga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish borasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum va bitimlar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut xodimlariga Vazirlik va Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan lavozim maoshining ikki yuz foizigacha oylik ustamalar belgilash, shuningdek, ushbu ustamalarni belgilashning tartibi va mezonlarini Vazirlik bilan kelishilgan holda tasdiqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) uch oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tajriba asosida Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan “Raqamli institut” elektron platformasini yaratish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron platforma tizimida diagnostika va raqamli portfolio tizimini ishlab chiqsin hamda amaliyotga joriy qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlar va yuridik xizmatlar xodimlarining ixtisoslashuvi boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqsin hamda ular asosida zarur oʻquv kontentlarini tayyorlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish kurslari boʻyicha oʻquv kontentlarini yaratish uchun malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni keng jalb qilsin va ularni videodarslar, interfaol dasturlar, tahliliy materiallar bilan boyitish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet jahon axborot tarmogʻi orqali aholining keng qatlami oʻrtasida ularning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan masofaviy oʻquv kurslarini tashkil qilishni yoʻlga qoʻysin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagi ustuvor masalalarda Institutga har tomonlama koʻmaklashib borsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutni strategik rivojlantirish, uning xalqaro nufuzini oshirish, taʼlim faoliyatini xalqaro standartlar darajasiga koʻtarish, ilmiy-pedagogik va moddiy-texnik salohiyatini kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy ravishda kadrlar malakasini oshirishning ilgʻor shakl va usullarini joriy etish, oʻquv-metodik resurslarni ishlab chiqish, taʼlim dasturlarini doimiy takomillashtirish;

kadrlar buyurtmachilari bilan manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, yuridik kadrlarning kasbiy oʻsishlarini monitoring qilish, shuningdek, yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor-oʻqituvchilar va tinglovchilar stajirovka oʻtashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan, ularning malakasini oshirish sohasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy ishlanmalar natijalarini qonun ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyotiga joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yuridik kompaniyalar, xalqaro arbitraj institutlari va xorijiy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik qilishda Institutga koʻmaklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari zaruratga qarab, oʻz kadrlarining huquqiy bilimlarini oshirish hamda xalqaro standartlar asosida oʻqitish uchun doimiy ravishda tegishli mutaxassislarini Institutga yoʻnaltirib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vazirlik uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.D. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 19-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
171-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-son qaroriga
1-ILOVA

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Direktor

Institut kengashi

Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari

Direktorning moliya-iqtisod va xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari

Direktorning ilmiy ishlar va xalqaro hamkorlik boʻyicha oʻrinbosari

Oʻquv-uslubiy boʻlim

4

Buxgalteriya va reja-moliya boʻlimi

2

Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish fakulteti

3

Raqamli taʼlim texnologiyalari markazi

3

Maʼmuriy-xoʻjalik va mehnatni muhofaza qilish boʻlimi

2

Xalqaro hamkorlik va loyihalar boʻlimi

2

Mediastudiya

Marketing va buyurtmachilar bilan aloqalar boʻlimi*

Ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni muvofiqlashtirish boʻlimi

2

Pedagoglar markazi**

19

Tashkiliy-nazorat boʻlimi*

Inson resurslari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Matbuot kotibi*

Yuriskonsult*

Institut nashrlari*

Axborot-resurs markazi

1

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Xodimlarning cheklangan soni (texnik, xizmat koʻrsatuvchi, oʻquv-yordamchi va boshqa xodimlardan tashqari) — 43 nafar, shu jumladan, professor-oʻqituvchilar 19 nafar, boshqaruv xodimlari — 24 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlar soni oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Pedagoglar markazi markaz mudiri, professor, dotsent, katta oʻqituvchi va oʻqituvchi shtat birliklaridan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-son qaroriga
2-ILOVA

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida (keyingi oʻrinlarda — Institut) hamda buyurtmachi tashkilotlarda adliya organlari va muassasalari xodimlari, yuridik xizmat, advokatura, notariat, patent vakillari, mediatsiya, intellektual mulk, arxiv ishi va ish yuritish hamda boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutda yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha qisqa muddatli professional oʻqitish, oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik maʼlumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash, professional va oliy taʼlim tizimida huquqiy fanlardan dars beradigan pedagog kadrlarning belgilangan davriylikka muvofiq malakasini oshirish hamda sud ekspertlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:

buyurtmachi — qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida taʼlim olish uchun murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka talablari — tinglovchilarning umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qoʻyiladigan talablar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tayyorlash — davlat va jamiyat qurilishi sohasini yanada demokratlashtirish jarayonlari, shuningdek, davlat hokimiyati hamda boshqaruvi sohasida xalqaro standartlar va talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan oʻquv dasturlari asosida zarur bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirish orqali yangi kasbiy faoliyatga yoʻnaltirishga qaratilgan oʻqitish shakli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish — tegishli oʻquv dasturlari talablaridan kelib chiqqan holda, mutaxassislarning malaka va koʻnikmalarini muntazam ravishda yangilab borish orqali ularning kasbiy bilim va mahorati oshirilishini taʼminlashga qaratilgan oʻqitish shakli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus tayyorlash — muayyan kasbni egallash uchun talabgorlarning tegishli soha boʻyicha ishlash va ish yuritishga yoʻnaltirilgan zarur bilim, koʻnikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan oʻqitish shakli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog-maslahatchi — taʼlim jarayonida tegishli oʻquv kursi (moduli) boʻyicha tinglovchilar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va yoʻnaltiruvchi, metodik yordam koʻrsatuvchi, oʻqish va bilishni nazorat qiluvchi subyekt;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchitegishli toʻlovni amalga oshirgan va oʻquv kurslariga qabul qilingan jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv dasturi — oʻquv kursining taʼlim mazmunini, uning tinglovchilar tomonidan oʻzlashtirilishining maqsadga muvofiq usullarini tashkil etishni nazarda tutadigan, axborot manbai boʻlgan, mutaxassisliklarning malaka talablari, oʻquv kursining asosiy mazmuni va metodik tuzilishini aniqlab beruvchi asosiy hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv rejasi — bloklar va oʻquv fanlari (kurslar)ning nomlarini, ularni oʻzlashtirish uchun ajratilgan soatlar hajmini hamda tinglovchilarning bilimlarini nazorat qilish shakllarini belgilab beruvchi asosiy hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy bilimlarni oshirishtegishli sohada faoliyat yuritish uchun lozim boʻlgan huquqiy bilimlarni egallash va amaliyotda qoʻllay olish koʻnikmalarini shakllantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizomga koʻra Institutda oʻquv kurslari quyidagi taʼlim dasturlari asosida tashkil etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun — davomiyligi 144 soat, zaxiradagi rahbar xodimlar uchun — 72 soat, martaba darajalarini olish uchun — 36 soatdan 72 soatgacha boʻlgan malaka oshirish kurslari (qisqa muddatli kurslar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokat, notarius va yuridik xizmat xodimlari, patent vakillari uchun — davomiyligi 72 soat boʻlgan malaka oshirish kurslari (qisqa muddatli kurslar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalar hamda boshqa tashkilotlarning yangi ishga qabul qilingan arxiv ishi va ish yuritishga masʼul xodimlari hamda arxiv mutaxassislari uchun — davomiyligi 36 soatdan 72 soatgacha boʻlgan malaka oshirish kurslari (qisqa muddatli kurslar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlaydigan xodimlari uchun — davomiyligi 12 soat boʻlgan malaka oshirish kurslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizolarni sudgacha muqobil hal qilish mexanizmi sifatida mediatsiya institutida faoliyat yuritadigan mediatorlar uchun — davomiyligi 36 soatdan 72 soatgacha boʻlgan maxsus tayyorlash hamda 24 soatdan iborat malaka oshirish kurslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
intellektual mulk huquqi sohasiga oid kasbiy bilim va koʻnikmalarni oshirish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga masʼul xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va noyuridik sohalarda faoliyat yurituvchi davlat xizmatchilari, xususiy sektor hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli oʻquv kurslari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutga zaruratga koʻra oʻquv kurslarining davomiyligi va oʻquv dasturlarining hajmiga oʻzgartirish kiritish, shuningdek, yangi malaka oshirish va qayta tayyorlash dasturlarini ochish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Institutda tashkil etiladigan oʻquv kurslari (maxsus tayyorlash kurslari va qisqa muddatli oʻquv kurslari bundan mustasno) buyurtmachi tashkilotlar bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan va Institut direktori tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv dasturlari asosida faoliyat koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Institutda tashkil etiladigan kurslarda tinglovchining asosiy ish joyidan ajralgan yoki ajralmagan holda oʻqitiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutda tashkil etiladigan kurslarda auditoriya oʻquv yuklamasining eng koʻp hajmi, qoida tariqasida, haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻqitish davomiyligi, qoida tariqasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tayyorlash kurslarida — 16 — 24 haftani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus tayyorlash kurslarida — 1 — 4 haftani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish kurslarida — 1 — 4 haftani tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻquv kurslarida oʻquv jarayoni, qoida tariqasida, 25 nafardan ortiq boʻlmagan tinglovchilardan iborat akademik guruhlarda tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda auditoriya mashgʻulotlari barcha turlarining davomiyligi Institut tomonidan belgilanadi, lekin 80 daqiqadan oshmasligi va oʻquv mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffus 10 daqiqadan kam boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Qayta tayyorlash va maxsus tayyorlash kurslarini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qayta tayyorlash kurslarida oʻquv jarayoni buyurtmachi tashkilotlar bilan kelishilgan holda, Institut kengashi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlari asosida tashkil etiladi hamda oʻquv mashgʻulotlari jadvali boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus tayyorlash kurslarida oʻquv jarayoni Institut tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan oʻquv dasturlari asosida tashkil etiladi hamda oʻquv mashgʻulotlari jadvali boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tinglovchilar qayta tayyorlash va maxsus tayyorlash kurslarida Institut bilan tuziladigan shartnomaga (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) muvofiq toʻlov asosida oʻqitiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Buyurtmachi qayta tayyorlash va maxsus tayyorlash kurslarini tashkil etish uchun onlayn tarzda (Institutning rasmiy veb-sayti yoki maxsus elektron dasturlar orqali) yoki bevosita Institutga murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qayta tayyorlash va maxsus tayyorlash kurslariga tinglovchilar buyurtmachining murojaatiga asosan Institut direktorining buyrugʻi bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻquv jarayonida oʻquv mashgʻulotlarining quyidagi asosiy turlari qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼruza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seminar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaliy (laboratoriya) mashgʻulotlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv mashgʻulotlarining qoʻshimcha turlari — klinik taʼlim, sud majlislari imitatsiyasi (moot court), sayyor mashgʻulotlar va dars mashgʻulotlarini tashkil etishning amaliyotga yoʻnaltirilgan zamonaviy shakllari — keys-stadi, ilmiy taqdimotlar, jamoada ishlash va boshqalar ham qoʻllanilishi mumkin.

13. Masofaviy taʼlim shaklidagi oʻquv kurslarida oʻquv jarayoni maxsus taʼlim platformalarida onlayn (real vaqt rejimida) va oflayn (tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) rejimda tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qayta tayyorlash kurslarida tinglovchilarning bilimi, qoida tariqasida, quyidagi nazorat turlari boʻyicha baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joriy nazorat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oraliq nazorat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakuniy nazorat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Masofaviy taʼlim shaklida tashkil etilgan qayta tayyorlash kurslarida yakuniy nazorat, qoida tariqasida, tinglovchining bevosita ishtirokida Institut auditoriyalarida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asosiy ish joyidan ajralmagan holda masofaviy taʼlim olayotgan tinglovchilarga yakuniy nazorat topshirish vaqtida oʻrtacha oylik maoshi saqlangan qoʻshimcha taʼtil beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qayta tayyorlash va maxsus tayyorlash kurslarida tinglovchilar bilimini baholash shakllari hamda ularni oʻtkazish tartibiga doir talablar Institut tomonidan tasdiqlanadi. Bunda tinglovchilarning fanlar (kurslar)ni oʻzlashtirish darajasining nazorati elektron tizim orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muayyan nazorat turlaridan oʻtolmagan tinglovchilarga faqat bir marta qayta topshirish imkoniyati beriladi.

17. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi bilan qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining Davlat attestatsiyasini oʻtkazish boʻyicha davlat attestatsiya komissiyasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tinglovchilarning Davlat attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazishga doir talablar Institut kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Davlat attestatsiya komissiyasining qarori Institut direktori tomonidan tinglovchilarga belgilangan namunadagi diplomlarni berish toʻgʻrisidagi buyruq qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Davlat attestatsiyasi yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho olgan shaxslarga faqat bir marta keyingi qayta tayyorlash kurslarida Davlat attestatsiyasini takroran topshirish imkoniyati beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Davlat attestatsiya komissiyasi aʼzolari mehnatiga haq toʻlash mehnatga soatbay haq toʻlashning belgilangan miqdorlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qayta tayyorlash kurslarining oʻquv rejasiga kiritilgan oʻquv fanlarni (kurslarni) oʻzlashtirmagan tinglovchilar Davlat attestatsiyasiga qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qayta tayyorlash kursini tamomlagan, yakuniy nazoratlarni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga mazkur Nizomga 1-ilovada belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tayyorlashga ikkinchi oliy taʼlim sifatida qaralmaydi. Qayta tayyorlash natijasida beriladigan hujjat (diplom) faqat muayyan lavozimda faoliyat koʻrsatish huquqini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus tayyorlash kursi boʻyicha yakuniy nazoratdan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga mazkur Nizomga 2-ilovada belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Malaka oshirish kurslarini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Malaka oshirish kurslarida oʻqish muddati Institut bilan kelishilgan holda buyurtmachi tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadigan taʼlim oluvchilarning malaka oshirish kurslari vaqti, shakli va yoʻnalishi koʻrsatilgan taqsimot-rejalarga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Buyurtmachi tashkilotlar tomonidan taqsimot-rejalar yarim yil uchun tuziladi hamda har yili iyun va dekabr oyining 15-sanasiga qadar tasdiqlanib, Institutga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Buyurtmachi tashkilotlar taqsimot-rejalarga asosan oʻqishi belgilangan xodimlarining malaka oshirish kurslarida qatnashishlarini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Tinglovchilar malaka oshirish kurslarida Institut bilan shartnomaga muvofiq toʻlov asosida oʻqitiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish Institut direktorining buyrugʻi bilan, qoida tariqasida, oʻquv kurslari boshlangan kunning oʻzida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut tinglovchilarning malaka oshirish kurslariga oʻz vaqtida kelmaganligi yoki ularda qatnashmaganligi haqida buyurtmachi tashkilotlarga xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka oshirish kurslariga uzrli sabablarga koʻra oʻz vaqtida kelmagan tinglovchilarga oʻqishning tegishli yoʻnalishi boʻyicha navbatdagi malaka oshirish kurslarida oʻqishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Malaka oshirish kurslarida oʻquv jarayoni Institut direktorining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan mashgʻulotlar jadvali boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Malaka oshirish jarayonlari quyidagi shakllarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv mashgʻulotlarini bevosita Institutda tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv mashgʻulotlarini xodimning ish joyida tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit-modul tizimi asosida oʻqitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masofaviy taʼlim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish tegishli ixtisoslik yoʻnalishlari boʻyicha ishlab chiqilgan oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv mashgʻulotlari 1+3, 2+2 yoki 3+1 sxemalari boʻyicha (tegishli ravishda 25, 50 yoki 75 foiz — mustaqil ravishda bilim orttirish, 75, 50 yoki 25 foiz — bevosita Institutda) masofaviy taʼlim yoki manfaatdor tashkilotlar bazasida yakka tartibdagi topshiriqlarni bajarish shaklida tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqitishning bunday shakllari axborot uzatishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini qoʻllash imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Oʻquv mashgʻulotlarini xodimning ish joyida tashkil etish ishdan ajralmagan holda xizmat joyiga Institut tomonidan mutaxassislarni jalb etib, tegishli oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv mashgʻulotlari xodimning ish joyida buyurtmachi tashkilotlar bilan kelishilgan holda, Institut direktori tomonidan tasdiqlanadigan malaka oshirishning yakka tartibdagi rejasi asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka oshirishning yakka tartibdagi rejasida xodim tomonidan oʻquv dasturida belgilangan mavzularni (modullarni) mustaqil oʻzlashtirish tartibi, mutaxassislarni jalb qilish hamda yakuniy sinov imtihonini topshirish shakli va muddatlari koʻrsatiladi. Bunda xodim tomonidan oʻquv dasturida belgilangan mavzularni (modullarni) oʻzlashtirish uchun koʻpi bilan bir oy muddat belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka oshirishning ushbu shakli boʻyicha oʻquv jarayoni tinglovchilar soni, qoida tariqasida, kamida oʻn nafar boʻlgan guruhlarda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Kredit-modul tizimi boʻyicha malaka oshirish mutaxassis kadrlar malakasini oshirishning belgilangan davriyligiga rioya qilingan holda oʻquv dasturi modullarini uzluksiz, mustaqil ravishda oʻzlashtirib borishni nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut direktori oʻquv dasturining har bir moduli boʻyicha modul rahbarini, yaʼni alohida modulni oʻqitishning sifati, oʻquv materialini shakllantirish, shuningdek, barcha turdagi nazorat savollarini tuzish, tinglovchilar bilimini tekshirishda yagona standartlarni taʼminlashga masʼul boʻlgan pedagog xodimni belgilaydi. Modullar boʻyicha tinglovchilar bilimi yil davomida nazorat jadvallari va baholash mezonlari asosida baholab boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Modulning oʻquv dasturi mazmunini oʻzlashtirish kreditni, yaʼni tinglovchilarning oʻquv yuklama hajmini aniqlashning shartli birligini qoʻllagan holda belgilanadi. Kredit tinglovchi tomonidan tegishli oʻquv ishlarini (modul xususiyati, mutaxassislarning malaka va koʻnikmalarini muntazam ravishda yangilab borish uchun oʻquv ishlarining muhimligidan kelib chiqib Institut tomonidan belgilanadigan) bajarishga sarflanadigan vaqtdan (soatlardan) tashkil topadi. Har bir modul mustaqil kreditga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv kurslari boʻyicha bir kredit tarkibi va oʻqish davrini tamomlash uchun tinglovchi tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlarning umumiy soni hamda ushbu shakl boʻyicha malaka oshirishning tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Kredit-modul tizimi boʻyicha malaka oshirishda tegishli kredit ballarni toʻplash uchun quyidagilar ham hisobga olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joriy davrda ilmiy maqolalar chop etish, monografiya, darslik va oʻquv qoʻllanmasini nashr ettirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirishning muqobillik tamoyiliga asoslangan holda Institut tomonidan tashkil qilinadigan qisqa muddatli oʻquv kurslarida ixtiyoriy ravishda oʻqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutning tinglovchilar kontingentiga bir oʻquv yilida 100 soatdan kam boʻlmagan hajmda oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirishning belgilangan davriyligi davomida falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga ega boʻlish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodim mos ravishda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega boʻlganda, malaka oshirish uchun belgilangan umumiy kredit ballini toʻplashdan ozod qilinib, toʻgʻridan-toʻgʻri yakuniy sinov imtihonini topshirishga ruxsat beriladi, fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlganda esa, xodim besh yil muddatga malaka oshirish kurslarida oʻqishdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit-modul tizimi boʻyicha malaka oshirish uchun jalb qilingan xodim soʻnggi uch yildagi maʼlumotlarni elektron portfolio tizimiga shaxsan oʻzi kiritadi va koʻrsatkichlar elektron monitoring tizimi orqali qayd etib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalarini berish boʻyicha maxsus malaka oshirish oʻquv kurslari dasturi tinglovchilarning egallab turgan lavozimi boʻyicha individual kasbiy bilim va koʻnikmalarini oshirishga hamda huquq sohasidagi mantiqiy va tahliliy fikrlashini rivojlantirishga qaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda maxsus malaka oshirish oʻquv kurslari, qoida tariqasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3-darajali yurist” va “2-darajali yurist” martaba darajalari uchun 36 soatlik oʻquv dasturlari asosida masofaviy taʼlim shaklida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1-darajali yurist” va “3 darajali adliya maslahatchisi” martaba darajalari uchun 72 soatlik oʻquv dasturlari asosida masofaviy taʼlim shaklida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2-darajali adliya maslahatchisi” va “1-darajali adliya maslahatchisi” martaba darajalari uchun xodimlarning rahbarlik qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan 72 soatlik oʻquv dasturlari asosida maxsus malaka oshirish oʻquv kurslari bevosita Institutda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Malaka oshirish kurslari oʻquv dasturiga muvofiq belgilangan mavzular (modullar) boʻyicha yakuniy sinov imtihonini topshirish bilan yakunlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qisqa muddatli oʻquv kurslarida yakuniy sinov imtihoni oʻquv dasturida nazarda tutilgandagina oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka oshirish kurslarida yakuniy sinov imtihonlarini qabul shakli va tartibiga doir talablar Institut kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Institut yuridik va noyuridik sohalarda faoliyat yurituvchi davlat xizmatchilari, xususiy sektor hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etishi mumkin. Bunday kurslar shartnomaga muvofiq toʻlov asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Qisqa muddatli oʻquv kurslari Institut tomonidan mustaqil ravishda yoki buyurtmachi tashkilotlar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan oʻquv dasturlariga muvofiq ixtiyoriy tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda oʻquv kurslarining davomiyligi, oʻquv yuklamasining hajmi, oʻqitish shakllari hamda oʻquv kurslari yakunlari boʻyicha qabul qilinadigan yakuniy sinov imtihoni Institut tomonidan buyurtmachi tashkilotlar bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tinglovchilar oʻquv kurslariga buyurtmachining murojaatiga asosan Institut direktorining buyrugʻi bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Malaka oshirish kursini (shu jumladan, qisqa muddatli oʻquv kurslarini) muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga mazkur Nizomga 3-ilovada belgilangan namunadagi sertifikat beriladi. Sertifikat, qoida tariqasida, elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy sinov imtihonini topshirmagan tinglovchiga bir marotaba qayta topshirish uchun uch oygacha muddat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta topshirish natijasidan ham yakuniy sinov imtihonidan oʻtolmagan tinglovchiga sertifikat berilmaydi. Bu holda tinglovchiga malaka oshirish kursida qatnashganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Masofaviy taʼlimni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Masofaviy taʼlim tegishli soha mutaxassislarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan oʻquv dasturlari orqali onlayn hamda oflayn tarzda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Masofaviy taʼlimning davomiyligi tegishli oʻquv kursi uchun ajratilgan akademik soatlarda belgilanadi, bunda oʻqishning kalendar muddatlari akademik muddatlardan ortiq boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Onlayn shakldagi masofadan oʻqitish usuli maxsus jihozlangan oʻquv xonalarida real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarning masofaviy oʻqishda ishtiroki buyurtmachi tashkilotlar tomonidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Masofaviy taʼlim kurslari boshlanishidan uch kun oldin tinglovchilarga Institut tomonidan elektron login va parol beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Tinglovchilar oʻziga berilgan login va parol yordamida Institutning rasmiy veb-saytidagi maxsus boʻlimiga kiradi va unda oʻzining shaxsiy kabinetiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Tinglovchiga berilgan login va parolni hamda shaxsiy kabinetini boshqa shaxslarga foydalanish uchun berish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Masofaviy taʼlim davomida tinglovchilar kurslarni tashkil etish va oʻtkazish rejasiga, oʻqish davomiyligiga amal qilishi, shuningdek, onlayn va offlayn rejimdagi taʼlim jarayonida shaxsan oʻzi ishtirok etishi talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Masofaviy taʼlim shakli boʻyicha oʻqitish jarayonida tinglovchilar faoliyati, taʼlim jarayonini muvofiqlashtirish va yoʻnaltirish Institut direktorining buyrugʻi bilan biriktiriladigan pedagog-maslahatchi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Tinglovchilar bilan doimiy aloqani yoʻlga qoʻyish, tinglovchilarga zarur metodik yordam berish, yakka tartibdagi mashgʻulotni oʻtkazish yuzasidan nazoratni amalga oshirish va tinglovchilar bilimlarini baholash pedagog-maslahatchining vazifalariga kiradi. Pedagog-maslahatchi yakka tartibdagi topshiriqning tinglovchi tomonidan bajarilishi xolisona baholanishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pedagog-maslahatchi bilan aloqa elektron pochta, telefon va boshqa elektron aloqa vositalari yordamida amalga oshiriladi. Pedagog-maslahatchi bilan aloqa sessiyalar (bevosita yuzma-yuz muloqot) tarzida ham amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Tinglovchilarning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Tinglovchilar oʻquv mashgʻulotlari boshlanishidan oldin Institut tinglovchilarining ichki tartib-qoidalari bilan tanishtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Tinglovchilar quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayonini yanada yaxshilash, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha Institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tayyorlash va malaka oshirish bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlar va maslahatlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutning axborot-resurs markazi, oʻquv xonalari va kompyuter texnika vositalaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut xodimlari xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tinglovchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Tinglovchilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda oʻquv rejasi va dasturlari asosida oʻqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv mashgʻulotlariga oʻz vaqtida shaxsan oʻzlari ishtirok etishi va onlayn oʻquv mashgʻulotlarida veb-kamerasini yoqqan holda qatnashishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv dasturlarida nazarda tutilgan nazorat turlarini va yakuniy sinov imtihonlarini topshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz nazariy bilimlarini, kasbiy koʻnikmalari va mahorat darajasini oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayonida berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutga tegishli boʻlgan mol-mulkni asrab-avaylashi, Institut tinglovchilarining ichki tartib-qoidalariga qatʼiy rioya etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tinglovchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Tinglovchi quyidagi holatlarda tinglovchilar safidan chiqariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz xohishiga binoan;

oʻquv intizomi va Institut tinglovchilarining ichki tartib-qoidalarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda;

uzrli sabablarsiz qayta tayyorlash kurslari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini oʻttiz soatdan va malaka oshirish kurslari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini oʻn olti akademik soatdan ortiq qoldirganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchiga berilgan login va parolni hamda shaxsiy kabinetini boshqa shaxslarga foydalanish uchun berganligi aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma asosida oʻqitish bilan bogʻliq majburiyatlarni bajarmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);

sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;

vafot etganda.

53. Tinglovchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursi tinglovchilari safidan chiqarilganda, Institut bu haqida uni oʻqishga yuborgan buyurtmachi tashkilotga xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tinglovchi mazkur Nizomning 52-band uchinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlarga koʻra tinglovchilar safidan chiqarilgan taqdirda, ushbu tinglovchi uchun toʻlangan toʻlov miqdori qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar

54. Diplom yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan, buzilgan hollarda diplomning dublikati (keyingi oʻrinlarda — dublikat) beriladi. Bunda ushbu shaxslar Institut direktoriga diplomning yoʻqotish, yaroqsiz holga kelish yoki buzilish holati toʻliq bayon etilgan yozma ariza beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Dublikat murojaat qilingan sanadan boshlab oʻn besh kun muddat mobaynida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Dublikatda hujjatlarning avvalgi qayd etilgan raqami, seriyasi, berilgan sanasi koʻrsatiladi, yangi blankaning yuqoridagi oʻng burchagiga “Dublikat” soʻzi yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Yaroqsiz holatga kelgan yoki buzilgan diplom Institutga qaytarilishi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻq qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Mazkur Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplom

SHAKLI

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi

Oʻzbekiston Respublikasi

Qayta tayyorlash haqida

DIPLOM

QT №000000

__________________________________________________________________________________

(tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20_____-yil ____________________________________dan 20______-yil ______________________gacha

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ____________

_________________ soatga moʻljallangan ______________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(qayta tayyorlash kursining nomi)

qayta tayyorlash kursida taʼlim olib, _______________________________________________ bitiruv-malaka ishini ___________ bahoga himoya qildi va qayta tayyorlash oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomladi.

Muhr oʻrni

Direktor _____________

Sana _____________

Qayd raqami __________

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplomning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI

Qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi diplom A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida, besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda, eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.

Varaqning qolgan qismida yuqorida davlat tilida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI” va “Qayta tayyorlash haqida DIPLOM” soʻzlari bosiladi. Diplom ikki harf — QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqamiga ega. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplom:

bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;

yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;

naqshli rastr;

har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;

maxsus qogʻoz;

oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus tayyorlash kursini tamomlaganlik haqida davlat namunasidagi sertifikat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SHAKLI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi

Oʻzbekiston Respublikasi

__________________________________________________________________________

(maxsus tayyorlash kursining nomi)

Maxsus tayyorlash kursini tugatganligi haqida

SERTIFIKAT

MT № 000000

________________________________________________________________________________

(tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20____ yil ____________________________________dan 20_____ yil ________________________gacha

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida jami ________ soatga moʻljallangan ________________________________________________________________________

(maxsus tayyorlash kursining nomi)

oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomladi.

Muhr oʻrni

Direktor _____________

Sana _______________

Qayd raqami __________

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus tayyorlash kursini tamomlaganlik haqida davlat namunasidagi sertifikat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka oshirish toʻgʻrisidagi sertifikat A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida, besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och kulrangda bosib chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda, eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Varaqning qolgan qismida yuqorida davlat tilida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI” va “Maxsus tayyorlash kursini tagatganligi haqida SERTIFIKAT” soʻzlari bosiladi. Sertifikat ikki harf — MT va olti raqamli sondan iborat tartib raqamiga ega. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kulrang fonda bosib chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naqshli rastr;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda toʻrtta himoyaga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka oshirish haqida davlat namunasidagi sertifikat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SHAKLI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi

Oʻzbekiston Respublikasi

Malaka oshirish haqida

SERTIFIKAT

MO № 000000

________________________________________________________________________________

(tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20____-yil __________________________________ dan 20_____-yil ______________________ gacha

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida jami ________ soatga moʻljallangan ________________________________________________________________ boʻyicha

(malaka oshirish kursining nomi)

malakasini oshirdi.

Muhr oʻrni

Direktor _____________

Sana ________________

Qayd raqami __________

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka oshirish haqida davlat namunasidagi sertifikat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka oshirish toʻgʻrisidagi sertifikat A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida, besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och kulrangda bosib chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda, eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Varaqning qolgan qismida yuqorida davlat tilida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI” va “Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT” soʻzlari bosiladi. Sertifikat ikki harf — MO va olti raqamli sondan iborat tartib raqamiga ega. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kulrang fonda bosib chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naqshli rastr;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda toʻrtta himoyaga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha qisqa muddatli professional oʻqitish kurslari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida (keyingi oʻrinlarda — Institut) yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha qisqa muddatli professional oʻqitish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor — professional oʻqitish kurslarida taʼlim olish uchun murojaat qilgan, ingliz tilini amaliyotda erkin qoʻllay olish darajasida biladigan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchi — belgilangan miqdordagi toʻlov-kontrakt pulini toʻlagan hamda Institut direktorining buyrugʻi bilan professional oʻqitish kurslariga qabul qilingan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha qisqa muddatli professional oʻqitish kurslari (keyingi oʻrinlarda — professional oʻqitish kurslari) — investitsiya va tijorat faoliyatida xalqaro huquq asoslarini shakllantirishni taʼminlashga, shuningdek, xalqaro yuridik amaliyotda ularning kasbiy bilim va koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan kadrlarni qisqa muddatli oʻqitish shakli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Professional oʻqitish kurslari quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayanch kurs — xalqaro tijorat faoliyati, xalqaro arbitraj va sud nizolarini huquqiy taʼminlash sohasida asosiy malaka va koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan kurslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohaviy kurs — xalqaro investitsiya va tijorat faoliyatini samarali huquqiy qoʻllab-quvvatlash orqali taʼminlash, xalqaro xususiy, tijorat huquqi, xalqaro arbitrajning moddiy va protsessual huquq normalarini qoʻllash, ilgʻor advokatlik texnikasi, aktivlarni xalqaro qidirish va qaytarish, xalqaro tergov qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish hamda boshqa shu kabi muayyan sohaga oid bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish uchun zarur boʻlgan kurslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ingliz huquqining fundamental asoslari boʻyicha kurs — mamlakatda yaratilayotgan zamonaviy biznes va tadbirkorlik muhitida investorlar huquq va manfaatlarining ishonchli himoyasini taʼminlash maqsadida ingliz huquqi elementlari asosida tinglovchilarning sud pretsedenti, odat huquqi, shartnoma huquqi, arbitraj tartib-taomillari, investitsiya huquqi, advokatlik texnikasi, nizolarni muqobil hal qilish asoslari va boshqa shu kabi sohalar boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan kurslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Professional oʻqitish kurslarida oʻqish muddati va auditoriya mashgʻulotlarining davomiyligi Institut tomonidan oʻquv dasturlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tinglovchilar Institut tomonidan Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan oʻrinlar sonidan kelib chiqqan holda, toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Professional oʻqitish kurslarida oʻquv mashgʻulotlari asosan ingliz tilida oʻtkaziladi. Oʻquv mashgʻulotlari zaruratga qarab boshqa tillarda ham oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kurslarda oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish shaklidan (masofadan, anʼanaviy, aralash) kelib chiqqan holda, tinglovchining asosiy ish joyidan ajralgan yoki ajralmagan holda oʻqitiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Professional oʻqitish kurslari tinglovchining asosiy ish joyidan ajralgan holda tashkil etilganda, kurslarda oʻqish davomida Institut tinglovchilarining asosiy ish joyidagi oʻrtacha ish haqini saqlab qolish masalasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Professional oʻqitish kurslari mazkur Nizomga ilovadagi sxema boʻyicha tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Professional oʻqitish kurslariga qabulni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Professional oʻqitish kurslarida oʻquv mashgʻulotlari boshlanishidan bir oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, boshqa tashkilotlarga oʻz xodimlarini kurslarga oʻqitishga yoʻnaltirish toʻgʻrisida xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Institut vazirlik va idoralar, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan tegishli buyurtmanomalar asosida professional oʻqitish kurslarini oʻtkazish grafigi (dasturi)ni tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda, Institut tomonidan turli mavzularda qoʻshimcha kurslar ham tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Kurs kontingentini shakllantirish va yuridik taʼlim olishga keng imkoniyat yaratish maqsadida zaruratga koʻra Institut tomonidan kurslarga qabul yuzasidan barcha uchun ochiq eʼlon berilishi, kurslarda oʻqish istagini bildirgan talabgorlar oʻqishga qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Professional oʻqitish kurslarida oʻqish uchun yoʻnaltirilgan talabgorlarga tegishli namunadagi toʻlov-kontraktlari yuridik shaxslar uchun uch nusxada, jismoniy shaxslar uchun ikki nusxada beriladi hamda Institutning rahbari va buxgalteri imzolari bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Professional oʻqitish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish belgilangan muddatda toʻlov-kontrakt toʻlovi summasi oʻtkazilgan taqdirda, Institut direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Professional oʻqitish kurslarida oʻqish uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdori Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda Institut tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Professional oʻqitish kurslarida oʻquv jarayoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Institut Adliya vazirligi, shuningdek, xorijiy yuridik kompaniyalar va taʼlim muassasalari bilan birgalikda ehtiyojlardan kelib chiqib, professional oʻqitishning talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarini aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Professional oʻqitish kurslarining oʻquv dasturi Institut tomonidan xorijiy yuridik kompaniyalar va taʼlim muassasalari bilan birgalikda professional oʻqitishning aniqlangan yoʻnalishidan kelib chiqib, xalqaro arbitraj muhokamalarida ishtirok etish doirasida yuzaga keladigan dolzarb muammolarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Professional oʻqitish kurslarini oʻtkazish muddati va tartibi, mavzular hamda oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazuvchi mutaxassislarga oid maʼlumotlar aks etgan oʻquv dasturi Institut tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻquv jarayonida amaliyotga yoʻnaltirilgan, shu jumladan, videokonferensaloqa, masofaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalangan holda oʻqitishning zamonaviy interfaol usullari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Institutda oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun asosan xorijiy yuristlar va tegishli chet el mutaxassislari shartnoma asosida jalb etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishga arbitraj, sud protsesslarini oʻz ichiga olgan xalqaro huquqni qoʻllash tajribasiga ega boʻlgan, oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshiruvchi xorijiy yuridik kompaniyalar hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning xodimlari va boshqa malakali mutaxassislar ham jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi sertifikat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Kursni muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilar xorijiy mamlakatlarga stajirovkaga yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilar orasidan ularning kasbiy koʻnikma va bilimlari shakllanganligi hamda rivojlanganligi, shuningdek, xorijiy tillarni bilish darajasini inobatga olgan holda, xorijiy yuridik kompaniyalar va xalqaro arbitraj institutlari, shuningdek, boshqa tegishli tashkilotlarda stajirovkalarni tashkil etish uchun tinglovchilarni tanlab oladi. Stajirovka, qoida tariqasida, 2-3 oygacha boʻlgan muddatda tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Adliya vazirligi tinglovchilarning oʻquv jarayoni va stajirovkasi monitoringini yuritadi, ular bilan doimiy aloqada boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tinglovchi professional oʻqitish kursida oʻqishni davom ettirishni rad etganda, kurslarda ishtirok etmagan yoki oʻqishdan chetlashtirilganda toʻlangan toʻlov-kontrakt summasi qaytarib berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha qisqa muddatli professional oʻqitish kurslari toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha qisqa muddatli professional oʻqitish kurslarini tashkil qilish va oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Adliya vazirligi

(Institut)

1. Vazirlik va idoralar, boshqa tashkilotlarga oʻz xodimlarini kurslarga oʻqitishga yoʻnaltirish toʻgʻrisida xabar (zaruratga koʻra ochiq eʼlon) beradi.

Oʻquv mashgʻulotlari boshlanishidan bir oy oldin

2. Vazirlik va idoralar, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan tegishli buyurtmanomalar asosida professional oʻqitish kurslarini oʻtkazish grafigini (dasturi) tasdiqlaydi.

Oʻquv mashgʻulotlari boshlanishidan ikki hafta oldin

2-bosqich

Institut

1. Hujjatlarni qabul qiladi.

2. Toʻlov-kontraktlarni rasmiylashtiradi.

3. Tinglovchilarni kurslarga qabul qiladi.

Oʻquv jarayonlari boshlangan kuni

3-bosqich

Institut

1. Oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etadi.

Tasdiqlangan dasturga asosan

Adliya vazirligi

2. Belgilangan tartibda sertifikat beradi.

Kurs yakunlari boʻyicha

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-son qaroriga
4-ILOVA

Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida (keyingi oʻrinlarda — Institut) oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
anʼanaviy taʼlim shaklida oʻqish — oʻquv dasturlarini ishlab chiqarishdan ajralgan holda, qayta tayyorlash kurslarida bevosita ishtirok etish orqali oʻzlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masofaviy taʼlim shaklida oʻqish — oʻquv dasturlarini ishlab chiqarishdan ajralmagan holda onlayn (real vaqt rejimida) hamda oflayn (videomaʼruzalar, mavzuga doir maʼruzalar matni, assesment topshiriqlari, amaliyot materiallari tahlili, kichik nazorat ishini bajarish orqali tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) tarzda oʻzlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslari (keyingi oʻrinlarda — qayta tayyorlash kurslari) — davlat organlari va tashkilotlarining yuridik maʼlumot hamda bilim talab etadigan kasb va lavozimlarida faoliyat yuritish uchun yetarli darajadagi bilim olish va koʻnikma shakllantirishni nazarda tutadigan oliy taʼlimdan keyingi oʻqitish shakli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor — qayta tayyorlash kurslarida taʼlim olish uchun murojaat qilgan oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchi — kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan, oʻqish uchun kontrakt toʻlovini toʻlagan va qayta tayyorlash kurslariga qabul qilingan shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tinglovchilar Institut kengashi tomonidan kursni tashkil etish shakli boʻyicha belgilangan oʻrinlarga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tinglovchilar suhbat shaklida oʻtkaziladigan kirish imtihonlariga koʻra qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kirish imtihonlari yuridik kasbni tanlashning asoslantirilishi, huquq sohasidagi tayanch bilimlar va tahliliy fikrlashni aniqlash nuqtai nazaridan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qayta tayyorlash kurslarida anʼanaviy yoki masofaviy taʼlim shaklida davlat va rus tillarida oʻqitiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kirish imtihonlari tinglovchi qayta tayyorlash kurslarida taʼlim oladigan tilda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qayta tayyorlash kurslarida oʻqitishning davomiyligi, qoida tariqasida, olti oyni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tayyorlash kurslarida ishdan ajralgan holda oʻqish davomida tinglovchilarning asosiy ish joyidagi oʻrtacha ish haqini saqlab qolish masalasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qayta tayyorlash kurslarida oʻqish ikkinchi oliy maʼlumot olish hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qayta tayyorlash kurslari mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Hujjatlarni qabul qilish va qayta tayyorlash kurslariga qabulni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qayta tayyorlash kurslariga qabulni tashkil etish uchun Institut direktorining buyrugʻi bilan Qabul komissiyasi tuziladi. Qabul komissiyasi tarkibi Institut xodimlari orasidan shakllantiriladi. Institut direktori lavozimi boʻyicha qabul komissiyasining raisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qabul komissiyasi kursni tashkil etish shaklidan kelib chiqib, hujjatlarni qabul qilish muddatlari va oʻqish uchun ajratilgan oʻrinlarning umumiy soni haqidagi maʼlumotlarni, qoida tariqasida, hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan bir hafta oldin Institutning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalariga joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qabul paytida talabgorlar hujjatlarni qabul qilish uchun maxsus yaratilgan veb-sayt orqali taʼlim olish tilini belgilagan holda, mazkur Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish haqidagi elektron arizani onlayn rejimda toʻldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qabul qilish toʻgʻrisidagi arizaga identifikatsiyalovchi ID-karta (pasport) va oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom elektron shaklda ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizaga ilova qilinayotgan har bir hujjat haqiqiyligi saqlanishini taʼminlovchi (har bir duymga 200 nuqtadan kam boʻlmagan) alohida fayl koʻrinishida boʻlishi kerak. Har bir fayl oʻlchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizani hujjatlar PDF (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalari koʻrinishida ilova qilingan holda joʻnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ushbu Nizomning 13 va 14-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq barcha hujjatlar taqdim etilganda, ariza 48 soat ichida noyob raqam berish orqali roʻyxatga olinadi va talabgorga kirish imtihonlari oʻtkaziladigan kunda hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etish haqida xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizaga noyob raqam berish payti qabul komissiyasi tomonidan hujjatlar qabul qilingan vaqt hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Nizomning 13 va 14-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmaganda, bir kun ichida arizada koʻrsatilgan elektron pochta manzili boʻyicha talabgorga tegishli xabarnoma yuboriladi. Bunda talabgorga koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni tuzatish va hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish imkoni beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan soʻng ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qayta tayyorlash kurslarida oʻqish uchun roʻyxatga olingan arizalar soni tillar kesimida qabul yakunlariga koʻra Institutning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Kirish imtihonlari Institut direktori buyrugʻi bilan tuzilgan Imtihon komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. Imtihon komissiyasi tarkibiga Institut xodimlari bilan bir qatorda boshqa tashkilotlarning vakillari ham ularning rahbarlari bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtihon komissiyasiga komissiya aʼzolari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiruvchi rais rahbarlik qiladi. Imtihon komissiyasi faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash uning kotibiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jalb qilingan imtihon komissiyasi aʼzolariga shartnoma asosida haq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Suhbat savollarini tuzish uchun ekspert guruhi tashkil etiladi. Ekspert guruhi shartnoma asosida tegishli sohaning malakali mutaxassislari orasidan shakllantiriladi. Ekspert guruhi faoliyatiga qabul komissiyasi raisi rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kirish imtihonlari uchun savollar mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan mezonlar boʻyicha tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tuziladigan savollarning sifati va mazmuni yuzasidan masʼuliyat ekspertlar guruhi aʼzolariga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Kirish imtihonlari biletlari ekspertlar guruhi tomonidan tuzilgan savollardan shakllantiriladi. Har bir bilet uchta savoldan (ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan har bir mezon boʻyicha bittadan) iborat boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Kirish imtihonlarini oʻtkazish jadvallari Institut direktori tomonidan tasdiqlanadi va Institutning rasmiy veb-saytida qoidaga koʻra suhbat boshlanishidan bir hafta oldin joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Zaruratga koʻra kirish imtihonlari oʻtkazilishiga qadar konsultatsiyalar tashkil etilishi mumkin. Konsultatsiyalar jadvali Institut direktori oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Talabgorlar kirish imtihonlari oʻtkaziladigan kunda qabul komissiyasiga mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning aslini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarning soxta yoki qalbakiligi aniqlanganda, talabgor kirish imtihonlaridan chetlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Kirish imtihonlari boshlanishidan oldin talabgor identifikatsiyalovchi ID-kartasini (pasport) koʻrsatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Kirish imtihonlariga mobil telefon hamda boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini, shuningdek, imtihon jarayonlarining shaffof va adolatli oʻtishiga taʼsir qiladigan boshqa har qanday materiallarni olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kirish imtihoni jarayonida talabgorning taqiqlangan materiallardan foydalanishi, foydalanishga urinishi, boshqa talabgorlar bilan muloqot qilishi, shuningdek, imtihon oʻtkazish tartibiga zid boshqa xatti-harakatlar sodir qilishi unga nisbatan dalolatnoma rasmiylashtirilib, imtihondan chetlashtirilishiga asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Kirish imtihonlarida talabgor uchta savoldan iborat biletni tanlaydi. Talabgorga tayyorlanish uchun oʻn daqiqagacha vaqt ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suhbat jarayonida talabgorga bilet mazmuni doirasida qoʻshimcha savollar berilishi mumkin. Bitta talabgor bilan suhbat oʻn — oʻn besh daqiqagacha davom etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Kirish imtihonlari natijalarini aniqlash uchun imtihon komissiyasining har bir aʼzosi boshqa aʼzolardan mustaqil ravishda har bir talabgor uchun alohida baholash varaqasini toʻldiradi va uni imtihon komissiyasi kotibiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtihon komissiyasining kotibi imtihon komissiyasi aʼzolari tomonidan talabgorga qoʻyilgan oʻrtacha ballni hisoblaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kirish imtihonlari natijalari reyting tizimiga muvofiq talabgorga qoʻyilgan ballarni (0 dan 100 gacha boʻlgan doirada) nazarda tutgan holda aniqlanadi va Institut direktori tomonidan tasdiqlanadigan Imtihon komissiyasi majlisi bayonnomasiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kirish imtihonlari kursni tashkil etish shakli va belgilangan oʻrinlar sonini inobatga olgan holda alohida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Kirish imtihonlari natijalari Institutning rasmiy veb-saytida suhbat jarayonining soʻnggi bosqichi boʻlib oʻtgandan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Talabgor kirish imtihonlariga kelmagan taqdirda, unga 0 ball qoʻyiladi. Talabgor suhbat yakuni boʻyicha belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball toʻplagan taqdirda, qayta tayyorlash kurslariga qabul qilinmaydi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinish holatlari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Qayta tayyorlash kurslariga tinglovchilarni qabul qilish uchun qayta kirish imtihonlarini oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Kirish imtihonlari natijalari yuzasidan Institutga shikoyat qilinishi va apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Qayta tayyorlash kurslariga quyidagi holatlarda qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 3-bandiga muvofiq belgilangan oʻrinlar sonini inobatga olgan holda, kirish imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtganda (suhbatda belgilangan maksimal ballning 55 foizidan yuqori ball toʻplaganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut tomonidan belgilangan muddatda talabgorning kontrakt toʻlovi summasi oʻtkazilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan va oʻqish uchun mablagʻlarni toʻlagan talabgor Institut direktorining buyrugʻi bilan oʻqishga qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Institut imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, kirish imtihoni natijalariga koʻra qabul qilinmagan talabgorlar qoʻshimcha ravishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshimcha ravishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagida boʻlgan talabgorlar Institut tomonidan belgilangan muddatlarda toʻlov-kontrakt shartlari bajarilgandan soʻng Institut direktorining buyrugʻi bilan oʻqishga qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Tasdiqlangan namunadagi toʻlov-kontrakt blankalari kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab yuridik shaxslar uchun uch nusxada, jismoniy shaxslar uchun ikki nusxada beriladi hamda Institut direktori va buxgalteri imzolari bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tayyorlash kurslarida oʻqish uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdori taʼlim shaklini inobatga olgan holda Institut kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Qayta tayyorlash kurslarida oʻquv yuklamasi hajmi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Auditoriya oʻquv yuklamasining eng koʻp hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqitish davomiyligi, qoida tariqasida, 24 haftani tashkil etadi. Institut zaruratga koʻra oʻqitish davomiyligi va oʻquv dasturlarining hajmiga oʻzgartirish kiritishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Umumiy oʻquv vaqti hajmi quyidagicha taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazariy taʼlim — 18 — 21 hafta;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiya (yakuniy imtihonlar) — 2 — 4 hafta;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat attestatsiyasi — 1-2 hafta.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Qayta tayyorlash kurslarida oʻquv jarayoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Oʻquv jarayoni Institut kengashi tomonidan taʼlim shakllari boʻyicha tasdiqlangan malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Oʻquv jarayonida oʻquv mashgʻulotlarining quyidagi asosiy turlari qoʻllaniladi — maʼruza va seminar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv mashgʻulotlarining qoʻshimcha turlari — klinik taʼlim, sud majlislari imitatsiyasi (moot court), sayyor mashgʻulotlar va dars mashgʻulotlarini tashkil etishning amaliyotga yoʻnaltirilgan zamonaviy shakllari — keys-stadi, ilmiy taqdimotlar, jamoada ishlash va boshqalar ham qoʻllanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Masofaviy taʼlim shaklidagi qayta tayyorlash kurslarida oʻquv jarayoni maxsus taʼlim platformalarida, onlayn (real vaqt rejimida) hamda oflayn (videomaʼruzalar, mavzuga doir maʼruzalar matni, assesment topshiriqlari, amaliyot materiallari tahlili, kichik nazorat ishini bajarish orqali tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) rejimda tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Barcha turdagi auditoriya mashgʻulotlarining davomiyligi 80 daqiqani, oʻquv mashgʻulotlari oʻrtasidagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Oʻquv jarayoni, qoida tariqasida, 25 kishidan ortiq boʻlmagan tinglovchilardan iborat akademik guruhlarda tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Tinglovchilarning bilimi, qoida tariqasida, quyidagi 3 ta turdagi — joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari boʻyicha baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masofaviy taʼlim shaklida tashkil etilgan qayta tayyorlash kurslarida yakuniy nazorat tinglovchining bevosita ishtirokida Institut auditoriyalarida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asosiy ish joyidan ajralmagan holda masofaviy taʼlim olayotgan tinglovchilarga bevosita Institutga kelishi talab etiladigan yakuniy nazoratni topshirish vaqtida oʻrtacha oylik maoshi saqlangan qoʻshimcha taʼtil beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tinglovchilarning bilimlari yozma ishlarni tekshirish va baholashda anonimlikni taʼminlaydigan, asosan yozma shaklda nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muayyan nazorat turlaridan oʻtolmagan tinglovchilarga faqat bir marta qayta topshirish imkoniyati beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Qayta tayyorlash kurslarida oʻquv jarayonlarini tashkil etish va tinglovchilar bilimini baholash Institut kengashi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida nazorat qilinadi. Bunda tinglovchilarning fanlar (kurslar)ni oʻzlashtirish darajasining nazorati elektron tizim orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Oʻquv rejasiga kiritilgan fanlarni (kurslar) oʻzlashtirmagan tinglovchilar Davlat attestatsiyasiga qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Tinglovchilarning Davlat attestatsiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Tinglovchilar Davlat attestatsiyasiga oʻquv rejasiga kiritilgan fanlarni (kurslar) oʻzlashtirgandan soʻng qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi bilan tinglovchilarning Davlat attestatsiyasini oʻtkazish boʻyicha davlat attestatsiya komissiyasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Tinglovchilarning Davlat attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazishga doir talablar Institut kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Davlat attestatsiya komissiyasining qarori Institut direktori tomonidan tinglovchilarga belgilangan namunadagi diplomlarni berish toʻgʻrisidagi buyruqni qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Qayta tayyorlash kurslari yakunlari boʻyicha tinglovchilarga mazkur Nizomga 3-ilovada belgilangan shaklda davlat namunasidagi diplom beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Davlat attestatsiyasi yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho olgan shaxslarga faqat bir marta keyingi qayta tayyorlash kurslarida Davlat attestatsiyasini takroran topshirish imkoniyati beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Davlat attestatsiyasi komissiyasi aʼzolari mehnatiga haq toʻlash mehnatga soatbay haq toʻlashning belgilangan miqdorlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Qayta tayyorlash kurslaridagi pedagoglik faoliyatiga professor-oʻqituvchi, amaliyotchi mutaxassislar, shuningdek, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, advokatlar mehnatiga soatbay haq toʻlash tartibidagi shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Tinglovchilar quyidagi holatlarda oʻquv kursidan chetlashtiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz xohishiga binoan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzrli sabablarsiz oʻquv mashgʻulotlarini oʻttiz soatdan ortiq qoldirganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv rejasidagi fan (kurs)ni oʻzlashtirmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv intizomi va Institut tinglovchilarining ichki tartib-qoidalarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vafot etganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tinglovchilar oʻqishdan chetlashtirilganda oʻqish uchun toʻlangan kontrakt summasi qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzrli sabablar bilan tinglovchi kursdan chetlashtirilganda, keyingi kurslarda taʼlim olish imkoniyati berilishi mumkin.

56. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisidagi nizomga

Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini tashkil qilish va oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Institut

1. Tegishli yil uchun qabul komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi.

2. Hujjatlarni qabul qilish muddatlari va oʻqishga qabul qilish uchun oʻrinlarning umumiy soni toʻgʻrisida eʼlon beradi.

3. Imtihon komissiyasi va Ekspert guruhini tuzadi.

Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan, qoida tariqasida, bir hafta oldin

2-bosqich

Qabul komissiyasi

1. Hujjatlarni qabul qiladi.

Qabul vaqti davomida

Institut

2. Suhbat oʻtkazish jadvalini eʼlon qiladi.

Suhbat boshlanishidan bir hafta oldin

3-bosqich

Imtihon komissiyasi

1. Suhbat oʻtkazadi.

Oʻquv jarayoni boshlanishidan, qoida tariqasida, bir oy oldin

Institut

2. Suhbat natijalarini eʼlon qiladi.

Suhbat oʻtkazilganidan keyingi ish kuni

4-bosqich

Institut

1. Qayta tayyorlash kurslariga tinglovchilarni qabul qiladi.

Oʻquv mashgʻulotlari boshlanganidan soʻng oʻn kun ichida

Davlat attestatsiya komissiyasi

2. Oʻquv jarayonini tashkil etadi.

Oʻquv jarayoni davomida

3. Davlat attestatsiyasini oʻtkazadi.

Oʻquv jarayonining yakuni boʻyicha

5-bosqich

Institut

Diplom beradi.

Kurslarning yakuni boʻyicha

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Institut direktori

__________________________

(F.I.O.)

fuqaro:______________________dan

(familiya, ismi, otasining ismi)

ARIZA

Menga oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarida oʻqish uchun kirish imtihonlariga ruxsat berishingizni soʻrayman.

Men tugatgan oliy taʼlim yoʻnalishining nomi: _____________________________________________

_______________________________________________________________________________

Arizaga ilova qilaman:

1. _____________________________________________________________________________

2. _____________________________________________________________________________

3. _____________________________________________________________________________

4. _____________________________________________________________________________

Aloqa maʼlumotlari _________________________________________________

____________________________ (Telefon raqami)

20___-yil “_____”__________

___________________

imzo

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini tugatganligi toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom

Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi

Oʻzbekiston Respublikasi

Qayta tayyorlash haqida

DIPLOM

QT № 000000

________________________________________________________________________

(Tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20 _____-yil ________________dan 20 _____-yil _____________________gacha

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash

va malakasini oshirish institutida

____________________________________ soatga moʻljallangan

_______________________________________________________________________________________

(Qayta tayyorlash kursining nomi)

qayta tayyorlash kursida taʼlim olib,

Davlat attestatsiyasida _________ ball bilan

baholandi va qayta tayyorlash oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomladi.

Muhr oʻrni

Direktor ___________________

Sana ___________________

Qayd raqami _______________

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini tugatganligi toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplom A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplomning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda, eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi, pastki qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplomning qolgan yuqori qismida davlat tilida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI. Qayta tayyorlash haqida DIPLOM” soʻzlari bosiladi. Diplom ikki harf — QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqamiga ega. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kulrang fonda bosib chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplom:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naqshli rastr;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har xil rangli rastrlardan foydalanish natijasida turli ranglarni hosil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus qogʻoz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-son qaroriga
5-ILOVA

Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik maʼlumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida (keyingi oʻrinlarda — Institut) umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik maʼlumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmanoma — muayyan davr uchun buyurtmachi tomonidan pedagog kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish uchun Institutga taqdim etiladigan pedagog kadrlar roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va tizimida umumiy oʻrta, oʻrta maxsus hamda professional davlat taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar hamda idoralar, shuningdek, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasidagi nodavlat taʼlim tashkilotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masofaviy taʼlim — oʻquv dasturlarini ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, onlayn (real vaqt rejimida) hamda offlayn (videomaʼruzalar, mavzuga doir maʼruzalar matni, assesment topshiriqlari, amaliyot materiallari tahlili, kichik nazorat ishini bajarish orqali tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil bajarish) rejim orqali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib oʻzlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog kadr — umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beruvchi mutaxassis;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor — kasbiy qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish maqsadida belgilangan tartibda tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq buyurtmanoma asosida yoʻnaltirilgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchi — oʻqish uchun toʻlov-kontrakt summasini toʻlagan va kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilingan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik maʼlumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslari (keyingi oʻrinlarda — kasbiy qayta tayyorlash kurslari) — umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida huquqiy fanlar boʻyicha yuqori saviyada pedagogik faoliyatni yuritish uchun yetarli darajadagi bilim olish va koʻnikma shakllantirishni nazarda tutadigan oʻqitish shakli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kasbiy qayta tayyorlash kurslari, qoida tariqasida, masofaviy taʼlim shaklida davlat va rus tillarida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida Institut kengashi tomonidan tasdiqlanadigan toʻlov-kontrakt asosida oʻqitiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda toʻlov-kontrakt summasini ushbu kurslarda oʻqish davomida boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kasbiy qayta tayyorlash kurslari, qoida tariqasida, Institut kengashi tomonidan tasdiqlanadigan toʻrt oylik oʻquv rejasi va dasturlariga muvofiq oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida oʻqish ikkinchi oliy maʼlumot olish hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oliy maʼlumotga ega boʻlmagan pedagog kadrlar kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabulni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Buyurtmachi har yili 15-noyabrga qadar keyingi kalendar yilda kasbiy qayta tayyorlash kurslarida oʻqishi rejalashtirilgan pedagog kadrlar roʻyxatini Institutga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida oʻqishni xohlovchi pedagog kadrlar arizasini buyurtmachi tomonidan qabul qilish va Institutga taqdim etish maxsus elektron platforma orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkazishni nazarda tutgan holda tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kurs muddati, talabgorlar roʻyxati aks ettirilgan reja-grafik buyurtmachi va Institut tomonidan tasdiqlanib, har yili 15-dekabrdan kechiktirmasdan, buyurtmachi tomonidan talabgorlarning asosiy ish joyiga taqdim etiladi hamda talabgorlar bosqichma-bosqich kurslarga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasbiy qayta tayyorlash kurslari buyurtmanomasini toʻgʻri shakllantirish — pedagog kadrlarning tegishli taʼlim muassasasida ishlashi va huquqiy fanlardan dars berishini, oliy maʼlumotga egaligini inobatga olish, oʻz tizimidagi huquqiy fanlardan dars beruvchi oliy noyuridik maʼlumotga ega pedagoglarni kurslarga oʻqitish uchun yoʻnaltirish buyurtmachi zimmasida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Talabgorlar oʻqish oldidan quyidagi hujjatlarni Institutga taqdim qiladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorni kasbiy qayta tayyorlash kurslariga yuborish toʻgʻrisida asosiy ish joyidan chiqarilgan buyruq (ishdan ajralgan holda kursga yoʻnaltirilganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
identifikatsiyalovchi ID-kartasi (pasporti);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat (diplom).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida oʻqish uchun toʻlov-kontrakt summasini toʻlagan talabgorlar Institut direktorining buyrugʻi bilan tinglovchi sifatida oʻqishga qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq oʻquv jarayoni boshlangunga qadar Institutga oʻqish uchun murojaat qilmagan yoki oʻqishi uchun belgilangan toʻlovni toʻlamagan talabgorlar kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilinmaydi va bu haqida tegishli ravishda buyurtmachiga xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday holatda talabgor keyingi tashkil etiladigan kurslarda oʻqishga qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida oʻquv yuklamasi hajmi va oʻquv jarayoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida oʻquv jarayoni davomiyligi, qoida tariqasida, 16 haftani tashkil etadi. Institut zaruratga koʻra oʻquv jarayoni davomiyligi va oʻquv dasturlarining hajmiga oʻzgartirish kiritishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy oʻquv vaqti hajmi quyidagicha taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazariy (amaliy) taʼlim — 15-16 hafta;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakuniy imtihon — 1 hafta.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida oʻquv jarayoni Institutning va masofaviy taʼlimga oid maxsus boshqa taʼlim platformalarida onlayn hamda offlayn rejimda tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish, oʻtkazish tartibi va davomiyligi tegishli oʻquv dasturlarida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasbiy qayta tayyorlash kurslari masofaviy (ishdan ajralmagan holda) taʼlim shaklida tashkil etilishidan kelib chiqib, oʻquv jarayonlari dual taʼlim prinsipi asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda kursning oʻquv rejasi va dasturlari taʼlimning nazariy qismi Institut bazasida (tegishli taʼlim platformalarida), amaliy qismi esa tinglovchining asosiy ish joyida (taʼlim jarayoni bilan birga) tashkil etilishini nazarda tutgan holda ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻquv jarayonida oʻquv mashgʻulotlari, qoida tariqasida, maʼruza va seminar shakllarida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv mashgʻulotlarining qoʻshimcha turlari — klinik taʼlim, sud majlislari imitatsiyasi (moot court), sayyor mashgʻulotlar va dars mashgʻulotlarini tashkil etishning amaliyotga yoʻnaltirilgan zamonaviy shakllari — keys-stadi, ilmiy taqdimotlar, jamoada ishlash va boshqalar ham qoʻllanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Barcha turdagi oʻquv mashgʻulotlarining davomiyligi, qoida tariqasida, 80 daqiqani, oʻquv mashgʻulotlari oʻrtasidagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv jarayoni, qoida tariqasida, 25 kishidan ortiq boʻlmagan tinglovchilardan iborat akademik guruhlarda tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tinglovchilar fanlarni maxsus elektron platforma orqali oʻzlashtirib, barcha modullarni oʻzlashtirgan tinglovchilarga yakuniy imtihonga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Tinglovchilarning yakuniy imtihoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida tinglovchilarning yakuniy imtihoni test sinovlari shaklida oʻtkaziladi. Bunda test sinovlari onlayn rejimida oʻtkazilishi ham mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovlarini onlayn yoki offlayn rejimida oʻtkazish Institut tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Yakuniy imtihonda test sinovlari uchun ajratilgan maksimal ballning 56 foizidan kam ball toʻplagan tinglovchilar kurslarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirmagan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻta olmagan tinglovchilarga keyingi kasbiy qayta tayyorlash kurslari yakunida faqat bir marta qayta topshirish imkoni beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tinglovchilar test sinovlarini pulli asosida buyurtmachining mablagʻlari yoki tinglovchining oʻz hisobidan takroran topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovlari uchun toʻlanadigan toʻlov miqdori Institut tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan kasbiy qayta tayyorlash kurslari tinglovchilariga Institut direktorining buyrugʻi bilan mazkur Nizomga ilovada belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Tinglovchilarning bilimini baholash va yakuniy nazoratni oʻtkazishga doir talablar Institut kengashi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Kasbiy qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va belgilangan namunadagi diplomni olgan tinglovchilar — maktab taʼlimi tizimi pedagog kadrlari besh yil davomida, oʻrta maxsus va professional taʼlim tizimi pedagog kadrlari uch yil davomida belgilangan davriylikka muvofiq malaka oshirishdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida oʻquv mashgʻulotlarini olib borish, shuningdek, oʻquv materiallarini tayyorlash hamda nazorat ishlarini tekshirish uchun yuqori malakali mutaxassislar, pedagoglar, shu jumladan, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, advokatlar va boshqa mutaxassislar mehnatga soatbay haq toʻlash tartibida shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Tinglovchilar quyidagi holatlarda kasbiy qayta tayyorlash kurslaridan chetlashtiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz xohishiga binoan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut tinglovchilarining ichki tartib-qoidalari muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv rejasidagi fan(lar)ni oʻzlashtirmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzrli sabablarsiz oʻquv mashgʻulotlarini oʻttiz akademik soatdan ortiq qoldirganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli oʻta olmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vafot etganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tinglovchi kasbiy qayta tayyorlash kurslaridan chetlatilganda, unga Institut tomonidan sabablari koʻrsatilgan holda maʼlumotnoma berilishi mumkin, shuningdek, bu haqida uni kasbiy qayta tayyorlashga yuborgan buyurtmachiga xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Kasbiy qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari kurslarda taʼlim olishni rad etganda yoki oʻqishdan chetlashtirilganda, oʻqish uchun toʻlangan toʻlov-kontrakt summasi qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzrli sabablar bilan tinglovchi kursdan chetlashtirilganda, keyingi kurslarda taʼlim olish imkoniyati berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik maʼlumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SHAKLI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi

Oʻzbekiston Respublikasi

Qayta tayyorlash haqida

DIPLOM

QT № 000000

___________________________________________________________________

(tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20____-yil ________________dan 20______-yil _________________gacha

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash

va malakasini oshirish institutida

_________________ soatga moʻljallangan _______________________________

__________________________________________________________________

(qayta tayyorlash kursining nomi)

kursida taʼlim olib, uni muvaffaqiyatli yakunladi.

Muhr oʻrni

Direktor _________________

Sana ____________________

Qayd raqami ________________

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplomining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi diplom A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda, eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Varaqning qolgan qismida yuqorida davlat tilida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI. Qayta tayyorlash haqida DIPLOM” soʻzlari bosiladi. Diplom ikki harf — QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqamiga ega. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplom:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naqshli rastr;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda toʻrtta himoyaga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-son qaroriga
6-ILOVA

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil qilish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini samarali tashkil qilish

1.

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining (keyingi oʻrinlarda — Institut) shtatlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2025-yil aprel

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

2.

Tegishli sohalardagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha davlat taʼlim talablarini ishlab chiqish.

Idoraviy hujjat

2025-yil may

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Institutda tinglovchilar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlarini belgilash.

Institut kengashi qarori

2025-yil aprel

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

4.

Institutda professor-oʻqituvchilarni ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va qabul qilish.

Institut kengashi qarori

2025-yil aprel

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

5.

Institutni oʻqitishning zamonaviy shakl va uslublarini qoʻllash koʻnikmalariga hamda amaliy ish tajribasiga ega, shuningdek, xorijiy tillarni egallagan malakali kadrlar bilan toʻldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

6.

Uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida oʻquv kurslari boʻyicha bir kredit tarkibi va oʻqish davrini tamomlash uchun tinglovchi tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlarning umumiy soni hamda ushbu shakl boʻyicha malaka oshirish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2025-yil may

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

7.

Quyidagi ustuvor masalalarda Institutni har tomonlama rivojlantirishga koʻmaklashib borish:

Institutni strategik rivojlantirish, uning xalqaro nufuzini oshirish, taʼlim faoliyatini xalqaro standartlar darajasiga koʻtarish, ilmiy-pedagogik va moddiy-texnik salohiyatni kuchaytirish;

doimiy ravishda kadrlar malakasini oshirishning ilgʻor shakl va usullarini joriy etish, oʻquv-metodik resurslarni ishlab chiqish, taʼlim dasturlarini doimiy takomillashtirish;

buyurtmachi tashkilotlar bilan manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, yuridik kadrlarning kasbiy oʻsishini monitoring qilish, shuningdek, yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish;

taʼlim va ilmiy muassasalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda xorijiy hamkorlar bilan taʼlim va ilm-fan sohalarida maqsadli hamkorlik oʻrnatish va rivojlantirish;

professor-oʻqituvchilar, boshqa xodimlar va tinglovchilarni stajirovka oʻtashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan, ularning malakasini oshirish sohasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish;

ilmiy ishlanmalar natijalarini qonun ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyotiga joriy etish;

Institut faoliyatini taʼminlash va rivojlantirish uchun budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik xayriyalarini jalb etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Institut va Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

II. Oʻquv jarayonini rivojlantirish, taʼlim sifati va samaradorligini oshirish

8.

Ilgʻor xorijiy davlatlar tajribalari asosida taʼlim jarayonini sifatli tashkil qilish, oʻquv texnologiyalari va metodikalarini transformatsiya qilish. Bunda:

taʼlim jarayonlarini boshqarish va avtomatlashtirish boʻyicha xalqaro standartlar va texnologiyalarni joriy etish orqali “Raqamli institut” platformasi yaratiladi;

“Raqamli institut” platformasi orqali yuridik kadrlar tegishli kompetensiyalar boʻyicha kasbiy diagnostikadan oʻtkaziladi;

kasbiy diagnostika natijasiga koʻra yuridik kadrlarning bilim va koʻnikmalari pasporti va individual kasbiy rivojlanish dasturi tuziladi va u orqali kadrlar malaka oshirishga yoʻnaltiriladi;

yuridik kadrlarga oʻz kasbiy rivojlanish ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan malaka oshirish shakllari hamda dasturlarini mustaqil tanlash va oʻzlashtirish imkoniyati yaratiladi;

oʻquv jarayoni raqamlashtiriladi, shu jumladan, oʻquv mashgʻulotlari jadvali shakllantiriladi, imtihonlar oʻtkaziladi, taʼlim oluvchilar baholanadi va ularning reytingi shakllantiriladi;

tinglovchilarning malaka oshirishga boʻlgan ehtiyojini aniqlash uchun raqamli portfolio tizimi joriy qilinadi, ularning kasbiy faoliyat samaradorligi baholanadi va reytingi yuritiladi;

malaka oshirishning maqsadi, vazifalari va mazmunidan kelib chiqib, oʻquv jarayoni tashkil etiladi va kadrlarning uzluksiz malaka oshirishi uchun taʼlim dasturlari doimiy yangilab boriladi;

“Raqamli institut” platformasi vakolatli davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi;

tinglovchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini monitoring qilish tizimi joriy etiladi;

oʻquv jarayoni amaliy va huquqiy nizolarni tahlil qilishga qaratilgan bilim va koʻnikmalarga asoslangan yondashuvga muvofiq tashkil etiladi, ularning kamida 40-50 foizi amaliy mashgʻulotlarga ajratiladi;

mantiqiy fikrlash, tahlil va tadqiqotga yoʻnaltirilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va taʼlimning ilgʻor yondashuvlari joriy etiladi;

taʼlim oluvchini kasbiy faoliyatda ragʻbatlantirishga qaratilgan kasbiy motivatsiya tizimini joriy etgan holda malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi jozibadorligini oshirish choralari koʻriladi;

boshqaruv mexanizmlari milliy va xalqaro standartlar asosida modernizatsiya qilinadi.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025 yil iyun

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

9.

Oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek, masofaviy taʼlim hamda oʻquv mashgʻulotlarining interfaol (“aqliy hujumlar”, “keys stadi”, “jamoa boʻlib ishlash” hamda bilim va koʻnikmalar berishning boshqa zamonaviy shakllari) va muammoli-vaziyatli uslublarini keng joriy etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2025 yil aprel

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

10.

Adliya organlari va muassasalari xodimlariga martaba darajalarini berish boʻyicha maxsus malaka oshirish kurslarining oʻquv dasturlarini xodimlarga beriladigan martaba darajasidan kelib chiqib ishlab chiqish va muntazam yangilab borish.

Kompleks chora-tadbirlar

2025 yil aprel

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

11.

Institutda oʻquv jarayonining sifatini oshirish boʻyicha tajriba almashish maqsadida yuridik kadrlarni tayyorlovchi, qayta tayyorlovchi va ularning malakasini oshiruvchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot, shu jumladan, xorijiy davlatlar muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan samarali idoralararo hamkorlikni kengaytirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2025 yil may

Institut va Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Institut kengashi qarori

2025 yil aprel

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

13.

Uzluksiz kasbiy rivojlantirish uchun alohida oʻquv modullari boʻyicha taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Institut kengashi qarori

2025 yil aprel

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

14.

Yuridik kadrlarni ularning kasbiy malaka darajasi, bilimi, salohiyati, ish tajribasi va individual kasbiy rivojlanish dasturiga mos keladigan taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Kompleks chora-tadbirlar

2025 yil aprel

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

15.

Yuridik kadrlarni kredit-modul tizimi asosida malakasini oshirish uchun modul dasturlarining mavzulari va ular boʻyicha oʻquv kontentlarini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025 yil aprel

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

16.

Advokatlar va yuridik xizmat xodimlarini ixtisoslashuvi boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish hamda ular asosida zarur oʻquv kontentlarini tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

17.

Malaka oshirish kurslari boʻyicha oʻquv kontentlarini yaratish uchun malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni keng jalb qilish va mazkur oʻquv kontentlarini videodarslar, interfaol dasturlar, tahliliy materiallar bilan boyitish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

18.

Internet orqali keng aholi qatlami oʻrtasida ularning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan masofaviy oʻquv kurslarini tashkil qilishni yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025 yil sentabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

19.

Institut faoliyatiga zamonaviy innovatsion oʻqitish tizimini joriy etish, unda, jumladan, quyidagilarni nazarda tutish:

tinglovchilarni videokonferensaloqa va boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda masofaviy (elektron) oʻqitish;

oʻqitishda imitatsion modellashtirish (sud majlisi zallari, sud ekspertiza laboratoriyalari va boshqa)dan foydalanish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Institut va Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Statistika, arxiv va boshqa maʼlumotlardan (qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan maʼlumotlar bundan mustasno) foydalanish huquqini berish orqali Institut oʻquv va ilmiy jarayonining huquqni qoʻllash amaliyoti bilan uzviy integratsiyalashuvini taʼminlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2025 yil may

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning sifatini oshirish

21.

Xalqaro moliya institutlari va yetakchi tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, Institutda amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar uchun xalqaro grantlar va donor tashkilotlar mablagʻlarini jalb qilish.

Kompleks chora-tadbirlar

Doimiy

Xalqaro grantlar va donor tashkilotlar mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

22.

Professor-oʻqituvchilarning turli innovatsion, amaliy va fundamental tadqiqotlar loyihalari tanlovlarida ishtirok etishini taʼminlash.

Kompleks chora-tadbirlar

Doimiy

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

23.

Institutda huquq sohasidagi xalqaro maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil iyun

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

24.

Institutda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini joriy qilish va uning faoliyatini tashkil etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2025-yil aprel

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

25.

Adliya organlari va muassasalari faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan taʼminlash boʻyicha oʻquv va oʻquv-amaliy qoʻllanmalarni tayyorlash, Institut axborot-resurs markazi fondini muntazam yangilab borish hamda oʻquv va metodik adabiyotlar mualliflarini munosib ravishda moddiy ragʻbatlantirish va ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Institut va Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

26.

Institut professor-oʻqituvchilarini davlat huquqiy siyosatini takomillashtirishga va yuridik kadrlarning uzluksiz oʻqitishning dolzarb muammolariga doir ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

27.

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondiga doimiy va uzluksiz ravishda kirishni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil aprel

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Oʻzbekiston milliy kutubxonasi

(U. Teshabayeva)

28.

Davlat huquqiy siyosati hamda yuridik fan va taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy maqolalar chop etish, Institutning ilmiy jurnallar mavqeyini koʻtarish, shuningdek, jurnallarning alohida sonlarini xorijiy davlatlardagi nufuzli ilmiy yuridik jurnallar bilan hamkorlikda nashr ettirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

IV. Xalqaro hamkorlikni va sheriklik munosabatlarini rivojlantirish

29.

Quyidagilar orqali xalqaro hamkorlikni kengaytirish:

professor-oʻqituvchilar hamda tinglovchilarni yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot institutlarida malaka oshirishi va stajirovkalarini tashkil etish;

Institut xodimlari va tadqiqotchilarini yurisprudensiyaning dolzarb masalalari boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy forumlarda ishtirok etishini tashkil etish;

yetakchi malaka oshirish va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan memorandumlar, oʻzaro hamkorlik kelishuvlarini tuzish, qoʻshma dasturlarni amalga oshirish;

taʼlim, mahorat darslari va tajriba almashish uchun xorijiy olimlar, oʻqituvchilar, mutaxassislarni taklif etish;

xalqaro konferensiya va seminarlarni tashkil etish, qoʻshma xalqaro ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro grantlar va donor tashkilotlar mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Professor-oʻqituvchilar va tinglovchilarning xorijiy davlatlardagi oʻquv va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish choralarini koʻrish va bu borada tegishli xalqaro shartnoma va bitimlar tuzish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

doimiy

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro grantlar va donor tashkilotlar mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

V. Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

31.

Pulli xizmatlar, shu jumladan, qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish orqali Institutga qoʻshimcha moliyaviy mablagʻlarni jalb qilish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

32.

Oʻziga yuklangan vazifalarni vijdonan va samarali bajarayotgan Institutning boshqaruv, professor-oʻqituvchilar tarkibi, shuningdek, oʻquv-yordamchi va boshqa xodimlariga Adliya vazirligi va Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan har oylik shaxsiy ustamalarni belgilash tartibi va mezonlarini tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2025-yil aprel

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

33.

Masofaviy va mustaqil taʼlim olish uchun elektron oʻquv materiallarini ishlab chiqish maqsadida Institutning masofaviy taʼlim multimedia mahsulotlarini ishlab chiqish, texnik studiyasini zarur zamonaviy uskunalar va dasturiy mahsulotlar bilan jihozlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2025-yil may

Adliya vazirligi va Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

34.

Quyidagi tashkiliy chora-tadbirlar orqali Institutning yangi imijini shakllantirish:

Institutning oʻziga xos yangi ramzlarni tasdiqlash (logotip, bayroq va boshqalar);

prospektlar, turli broshyuralar, flayerlar va esdalik sovgʻalarini ishlab chiqish va nashr etish;

Institutning rasmiy veb-saytini zamonaviy va xalqaro standartlar asosida modernizatsiya qilish hamda jamoatchilik bilan aloqalarni kuchaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil aprel

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

35.

Institutning Axborot-resurs markazi fondini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

zamonaviy oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan yangilash, shu jumladan, mahalliy va xorijiy, huquqiy va axborot-tahliliy nashrlarga muntazam obunasini taʼminlash;

zamonaviy texnika va qoʻshimcha vositalar bilan jihozlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2025-yil may

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

36.

Institutda masofaviy taʼlimni rivojlantirish va videokonferensiyalar oʻtkazish, shuningdek, interfaol elektron kurslarni ishlab chiqish, onlayn baholash va soʻrovnomalarni oʻtkazish uchun tegishli uskunalar, qurilmalar va dasturiy mahsulotlarni xarid qilish va oʻrnatish, jumladan:

tarmoq va server qurilmalari, zarur qismlar, Institutning xodimlari va oʻquv auditoriyalarini zamonaviy kompyuter va ofis texnikalari bilan taʼminlash;

auditoriyalarni interfaol va innovatsion panel va monitorlar, videokonferensaloqa jihozlari, tinglovchilar orasida soʻrov oʻtkazishning interfaol vositalari bilan jihozlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2025 yil aprel

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

37.

Institutni yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Institut talabiga koʻra

Institut va Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

38.

Institutda oʻtkaziladigan tadbirlar (konferensiya, seminar va boshqalar) ishtirokchilariga va Institut tinglovchilariga qoʻshimcha qulaylik yaratish hamda oʻquv mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffus vaqtlardan unumli foydalanish maqsadida kofe-breyklar tashkil etish, autsorsing, keytering va boshqa xizmatlardan foydalanish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2026-y., 09/26/74/0165-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-son qaroriga
7-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlariga martaba darajalari ijobiy attestatsiya, malakasiga muvofiq oliy yuridik maʼlumot yoki boshqa oliy maʼlumot mavjud boʻlgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida maxsus malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli oʻtagan taqdirda, egallab turgan lavozimi va ish stajiga, shuningdek, oldingi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlarni hisobga olgan holda izchil tartibda beriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6. Martaba darajasida boʻlish muddati quyidagicha belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-darajali yurist — ikki yil;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-darajali yurist — uch yil;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-darajali yurist — toʻrt yil;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-darajali adliya maslahatchisi — besh yil;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-darajali adliya maslahatchisi — olti yil.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-darajali adliya maslahatchisi va undan yuqori martabada boʻlish muddati belgilanmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 7-banddagi “idoralari hamda davlat notariati xodimlariga” soʻzlari “xodimlariga 3-darajali davlat adliya maslahatchisidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“8. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda alohida oʻrnak koʻrsatgan yoki xizmat burchini namunali bajargan xodimlarga mavjud martaba darajasida xizmat qilish uchun belgilangan muddatning kamida uchdan ikki qismini oʻtganidan soʻng muddatidan oldin navbatdagi martaba darajasi berishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi marta attestatsiyadan oʻtayotgan xodimlarga ular egallab turgan lavozim boʻyicha nazarda tutilganidan bir daraja past martaba darajalari berishga haqlidir”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlari roʻyxatining 15-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

15.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

Yurisprudensiya;

huquqshunoslik.

Adliya vazirligi

.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertlarining malakasini oshirish tizimini tashkil qilish toʻgʻrisida” 2017-yil 13-apreldagi 206-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-banddagi “hamda Sud ekspertlarining malakasini oshirish oʻquv markazi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Sud ekspertlarining malakasini oshirib borish vazirliklar va idoralar tizimida amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Sud ekspertlarining huquqiy bilimlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida (keyingi oʻrinlarda — Institut) vazirliklar va idoralarning ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha taqdim qilinadigan buyurtmasiga asosan oshirib boriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-banddagi tegishli kelishikdagi “Oʻquv markazi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Institut” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oʻquv markaziga” soʻzlari “Institutga” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-banddagi “Oʻquv markazi” soʻzlari “Institut” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-banddagi “Oʻquv markazi” soʻzlari “Institut” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-banddagi “Oʻquv markazi” soʻzlari “Institut” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-banddagi “Sud ekspertizasi markazi” soʻzlari “Institut” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-banddagi “Oʻquv markaziga” va “Sud ekspertiza markazi” soʻzlari tegishincha “Institutga” va “Institut” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “Oʻquv markaziga” soʻzlari “Institutga” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “Sud ekspertiza markazining” soʻzlari “Institutning” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-banddagi “Oʻquv markaziga” va “Sud ekspertizasi markazi” soʻzlari tegishincha “Institutga” va “Institut” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-banddagi “Oʻquv markazida” soʻzlari “Institutda” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Oʻquv markazida” soʻzlari “Institutda” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “Sud ekspertiza markazi” soʻzlari “Institut” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “Oʻquv markazida” soʻzlari “Institutda” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Sud ekspertiza markazi” soʻzlari “Institut” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizomga 1-ilovadagi “X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizomga 3-ilovadagi “X. SULAYMONOVA NOMIDAGI RESPUBLIKA SUD EKSPERTIZASI MARKAZI” soʻzlari “YURIDIK KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-sentabrdagi 741-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Belgilansinki, Muassasa va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat subsidiyasi, shuningdek davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining shartnoma asosida Muassasaga toʻgʻridan-toʻgʻri ajratiladigan budjetdan tashqari mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muassislar va tashabbuskorlar tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining moliyaviy mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vazirligi Muassasaga har yili oʻzining budjetdan tashqari mablagʻlaridan davlat ijtimoiy buyurtmasi uchun ajratiladigan mablagʻlar miqdorini va ulardan foydalanish tartibini mustaqil belgilaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 5-bandda “taʼminlash” soʻzidan keyin “ularni va” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 19-martdagi 174-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-band va qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-banddagi “tashkilotlar hamda Markazning” soʻzlari “tashkilotlarning” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-banddan “Markaz direktorining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-bandning beshinchi xatboshisidagi “Arxiv ishi va ish yuritish markazi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizomga ilovadagi I bosqich pozitsiyasi “Masʼullar” va “Chora-tadbirlar” ustunlaridagi “Arxiv ishi va ish yuritish markazi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-fevraldagi 73-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2026-y., 09/26/73/0164-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 6-apreldagi 189-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1, 2, 4 va 6-bandlar hamda qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “Markazda” soʻzi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxslar yuridik xizmatlarda, davlat xizmatlari markazlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, shuningdek, advokatura va notariat tizimida oliy yuridik maʼlumot talab etmaydigan barcha lavozimlarda ishlash huquqiga ega boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“tadbirkorlar, davlat organlari va tashkilotlar vakillari, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarini intellektual mulkni yaratish va himoya qilish asoslari, tijoratlashtirish, brending va marketingga oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2-ilovaning 5 va 9-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 7-oktabrdagi 582-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va uning filiallarida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va uning filiallarida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizomga 1-ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I boʻlimda (Malaka oshirish kursini tashkil etish tartibi):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bosqich pozitsiyasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Subyektlar” ustunidagi “Yuristlar malakasini oshirish markazi” soʻzlari “Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Chora-tadbirlar” ustunining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Oʻquv dasturini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bosqich pozitsiyasi “Chora-tadbirlar” ustunining 3-bandidagi “Yuristlar malakasini oshirish markaziga” soʻzlari “Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3, 4 va 5-bosqich pozitsiyalari “Subyektlar” ustunidagi “Yuristlar malakasini oshirish markazi” soʻzlari “Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II boʻlim (Murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlarning maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi) 2-bosqich pozitsiyasi “Subyektlar” ustunidagi “Yuristlar malakasini oshirish markazi” soʻzlari “Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizomga 4-ilova nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktabrdagi 672-son qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” DUK buyurtmachi etib belgilansin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-son qaroriga
8-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshida Yuristlar malakasini oshirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 21-iyuldagi 364-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-iyundagi 453-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 27-iyundagi 531-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son qaroriga 5-ilovaning 3-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 8-sentabrdagi 544-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qaroriga 4-ilovaning 57-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 27-avgustdagi 545-son qaroriga 3-ilovaning 29-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son qaroriga 3-ilovaning 3-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining “Sud ekspertiza sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 22-noyabrdagi 706-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 651-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasining “Sud-ekspertlik faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 13-dekabrdagi 705-son qaroriga 3-ilovaning 3-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son; 23.02.2026-y., 09/26/74/0165-son; 23.02.2026-y., 09/26/73/0164-son; 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)