1-ILOVA
T/r | Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish muddati | Moliyaviy manbasi | Masʼul |
1. | Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini 80 foizga yetkazish. | 1. Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari doirasida yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish, mavjud taʼmirtalablarni rekonstruksiya qilish. Bunda 2025-yilda 14 tani yangi qurish, 83 tani rekonstruksiya qilish. | 2025-2026-yillar | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirishga qoʻshimcha bola oʻrinlarini yaratish boʻyicha yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish yoki mavjudlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish. | Har yili sentabr | ||||
3. Yangi 2 000 ta nodavlat, jumladan, xususiy, davlat-xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish. Bunda maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan mahallalarda: chekka va olis mahallalarda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari; boʻsh turgan ijtimoiy soha obyektlarida qisqa muddatli guruhlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 2025-2026-yillarda | ||||
2. | 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari bilan toʻliq qamrab olish. | 1. 6 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni taʼminlash boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarga erishish ishlarini davom ettirish. Bunda: qisqa muddatli va toʻliq kunlik tayyorlov guruhlarini; toʻliq koeffitsiyentda ishlamayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining boʻsh xonalarida bir yillik majburiy tayyorlov guruhlarini tashkil qilish. 2. Maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini joriy etish. | 2025-2026-yillar | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
3. | Aholining yashash darajasi va toʻlov qobiliyati yuqori boʻlgan (kambagʻal oilalar kam boʻlgan) mahallalarda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish. | 1. Mahalliy hokimliklar tomonidan aholining yashash darajasi va toʻlov qobiliyati yuqori boʻlgan mahallalarni tanlab olish va ularning roʻyxatini shakllantirish. | 2025-2026-yillar davomida | - | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Oʻz mablagʻlari hisobidan davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskor tadbirkorlarni aniqlash. | har yili yanvar | ||||
3. Tadbirkorlar tomonidan “Maktabgacha taʼlimni boshqarish” axborot tizimida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun taqdim etilgan elektron arizalar asosida davlat-xususiy sheriklik bitimlarini tuzish. | Doimiy | ||||
4. | Aholining toʻlov qobiliyati past (kambagʻal oilalar nisbatan koʻp boʻlgan) va demografik oʻsish darajasi yuqori boʻlgan mahallalarda davlat, shuningdek, xalqaro moliya institutlari kredit va grantlari hisobidan davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish. | 1. Aholining toʻlov qobiliyati past boʻlgan va demografik oʻsish darajasi yuqori boʻlgan mahallalar reyestrini shakllantirish. 2. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish tashabbusini bildirgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash. 3. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish uchun resurs taʼminotini belgilash. 4. Resurs mablagʻlari shakllangandan soʻng belgilangan tartibda davlat va xususiy sherik oʻrtasida bitim imzolash. 5. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moliyalashtirish chorasini koʻrish. | 2025-2026-yillar | Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari doirasida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
5. | Respublikaning chekka va olis mahallalarida oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish. | 1. Respublikaning chekka va olis mahallalarini aniqlash va ularning reyestrini shakllantirish. 2. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil qilish istagini bildirgan yakka tartibdagi tadbirkorlar roʻyxatini shakllantirish. 3. Yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan oʻrnatilgan tartibda bitimlarni imzolash. 4. Maktabgacha taʼlimning afzalliklari boʻyicha ota-onalar oʻrtasida targʻibot ishlarini olib borish va bolalarni qamrab olish. | 2025-2026-yillar | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida, ijrochilar mablagʻlari hisobidan | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
6. | Boʻsh turgan ijtimoiy soha muassasalarining binolarida qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish. | 1. Boʻsh turgan ijtimoiy soha obyektlari va ulardagi boʻsh turgan xonalarning holatini aniqlash. 2. Boʻsh turgan obyektlar joylashgan mahallalardagi maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalar roʻyxatini shakllantirish. 3. Boʻsh turgan xonalarni taʼmirlash va bolalarning yosh xususiyatini inobatga olgan holda jihozlash. 4. Qisqa muddatli guruhlar faoliyatini yuritish uchun malakali pedagoglarni ishga jalb qilish va ularning faoliyatini moliyalashtirish. 5. Qisqa muddatli guruhlarga bolalarni qamrab olish. | 2025-2026-yillar | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2-ILOVA
T/r | Hudud nomi | Maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinadigan bolalar soni | |
2025-yil | 2026-yil | ||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 130 901 | 136 791 | |
Andijon viloyati | 256 807 | 268 363 | |
Buxoro viloyati | 138 650 | 144 889 | |
Jizzax viloyati | 109 512 | 114 440 | |
Qashqadaryo viloyati | 211 221 | 220 726 | |
Navoiy viloyati | 76 758 | 80 213 | |
Namangan viloyati | 217 993 | 227 803 | |
Samarqand viloyati | 281 270 | 293 927 | |
Surxondaryo viloyati | 190 041 | 198 592 | |
Sirdaryo viloyati | 66 154 | 69 131 | |
Toshkent viloyati | 174 873 | 182 743 | |
Fargʻona viloyati | 296 727 | 310 079 | |
Xorazm viloyati | 136 114 | 142 240 | |
Toshkent shahri | 171 302 | 179 010 | |
JAMI: | 2 458 322 | 2 568 946 | |
3-ILOVA
T/r | Hudud nomi | Oʻyin maydonchalari | Tayyorlov guruhlari uchun stol-stul | |
MTT soni | Oʻyin maydonchalari soni | MTT soni | ||
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 479 | 475 | 396 |
2. | Andijon viloyati | 552 | 610 | - |
3. | Buxoro viloyati | 506 | 489 | 433 |
4. | Jizzax viloyati | 243 | 259 | 151 |
5. | Navoiy viloyati | 225 | 223 | 204 |
6. | Namangan viloyati | 620 | 674 | - |
7. | Qashqadaryo viloyati | 479 | 468 | 315 |
8. | Samarqand viloyati | 765 | 763 | 695 |
9. | Sirdaryo viloyati | 203 | 209 | 120 |
10. | Surxondaryo viloyati | 469 | 466 | 315 |
11. | Toshkent viloyati | 568 | 572 | - |
12. | Fargʻona viloyati | 917 | 981 | - |
13. | Xorazm viloyati | 368 | 367 | 340 |
14. | Toshkent shahri | 489 | 587 | - |
JAMI: | 6 883 | 7 143 | 2 969 | |