31.01.2025 yildagi 55-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.01.2025 yildagi 55-son
Date of entry into force
04.05.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish doirasida bojxona yigʻimlari stavkalarini ushbu tashkilot qoida va talablariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Bojxona yigʻimlari stavkalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar miqdorini bojxona organlari tomonidan harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning taxminiy qiymatidan kelib chiqib belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni “eksport” va “import” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojxona yigʻimlari stavkalarini oʻzaro muvofiqlashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Bojxona qoʻmitasi raisi A.Yu. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 31-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 55-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona yigʻimlari stavkalari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Bojxona yigʻimi turi

Yigʻim stavkalari

1.

Quyidagilarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun*:

a) bojxona yuk deklaratsiyasi (BYD)ni taqdim etish orqali ekvivalenti quyidagi bojxona qiymatidagi tovarlarni tegishli bojxona rejimlarida (“vaqtincha saqlash”, “davlat foydasiga voz kechish”, “yoʻq qilish” va mazkur bandning “b”, “v”, “g” hamda “d” kichik bandlarida koʻrsatilgan tovarlardan tashqari):

10 000 AQSH dollarigacha

BHMning** 1 baravari

10 000 dan 20 000 AQSH dollarigacha

BHMning 1,5 baravari

20 000 dan 40 000 AQSH dollarigacha

BHMning 2,5 baravari

40 000 dan 60 000 AQSH dollarigacha

BHMning 4 baravari

60 000 dan 100 000 AQSH dollarigacha

BHMning 7 baravari

100 000 dan 200 000 AQSH dollarigacha

BHMning 10 baravari

200 000 dan 500 000 AQSH dollarigacha

BHMning 15 baravari

500 000 dan 1 000 000 AQSH dollarigacha

BHMning 20 baravari

1 000 000 AQSH dollari va undan ortiq

BHMning 25 baravari

b) tovarlarni “tranzit”, “bojxona hududida qayta ishlash”, “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimlarida (bir dona deklaratsiya uchun)

BHMning 25 foizi

v) yuridik shaxslar tomonidan olib kelinayotgan naqd chet el valyutasining (bir dona deklaratsiya uchun)

BHMning 2,5 baravari

g) umumiy shakldagi bojxona kirim orderini qoʻllash orqali (bir dona bojxona kirim orderi uchun)

BHMning 25 foizi

d) xalqaro kuryerlik tashkilotining murojaatiga asosan xalqaro kuryerlik joʻnatmalari (1 kg brutto uchun)

BHMning 2 foizi

2.

Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsning BYDga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish boʻyicha murojaatiga asosan BYDni oʻzgartirish va (yoki) unga qoʻshimcha kiritish uchun (qogʻoz shakldagi BYDda bir dona BYD, elektron shakldagi BYDda bir dona BYDni tuzatish shakli uchun)

BHMning 25 foizi

3.

Bojxona rasmiylashtiruvi uchun belgilangan joylardan*** tashqari va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtdagi bojxona rasmiylashtiruvi uchun (bojxona axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan tartibda rasmiylashtiruvdan oʻtkazilgan BYDlar bundan mustasno):

a) bojxona organlari ish vaqtidan tashqari vaqtlar****, dam olish va bayram kunlari (har bir BYD uchun)

BHMning 25 foizi

b) bojxona organi xodimi tomonidan (uning ishtirokida) istalgan bojxona nazorati davomida bojxona koʻrigini, bojxona nazorati ostidagi tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechiruvni, yuk operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq harakatlarni bajarganligi (bir soatlik ish uchun)*****:

bojxona organlari ish vaqtida;

BHMning 25 foizi

bojxona organlari ish vaqtidan tashqari vaqtlar, dam olish va bayram kunlari.

BHMning 2 baravari

4.

Egasi bojxona organi boʻlgan bojxona omborida tovarlarni saqlaganlik uchun (har bir sutka uchun)******:

dastlabki oʻn sutka mobaynida (toʻliq, toʻliq boʻlmagan) 1 tonna (brutto) uchun

BHMning 3 foizi

har bir keyingi sutkalar uchun (toʻliq, toʻliq boʻlmagan) 1 tonna (brutto) uchun

BHMning

4 foizi

5.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida bitta avtotransport vositasini quyidagi masofalarga bojxona hamrohligida kuzatib borganlik uchun:

200 km masofagacha

BHMning 2 baravari

200 km dan ortiq masofagacha

BHMning 5 baravari

6.

Bojxona organlari tomonidan tovar boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun*******

BHMning 75 foizi

7.

Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan, belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlgan tovarlarini chegara bojxona postlari tomonidan vaqtincha saqlaganlik uchun har 100 kg.gacha ogʻirlikka (brutto) toʻliq va toʻliq boʻlmagan har bir kalendar kun uchun:

dastlabki besh kunda

BHMning 5 foizi

keyingi oʻn kunda

BHMning 7 foizi

qolgan kunlarda

BHMning 10 foizi

tez buziladigan tovarlarni vaqtincha saqlaganlik uchun

BHMning 15 foizi

8.

Deklarantning murojaatiga asosan bojxona organi tomonidan tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish uchun (axborot tizimida deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish bundan mustasno)

BHMning 10 foizi

9.

Bir intellektual mulk obyektini bojxona reyestriga kiritish uchun

BHMning 1 baravari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Tovarlarni “vaqtincha saqlash”, “davlat foydasiga voz kechish” va “yoʻq qilish” bojxona rejimlariga rasmiylashtirganlik uchun bojxona yigʻimlari undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki, vaqtinchalik, toʻliq boʻlmagan va davriy deklaratsiyalash orqali tovarlar rasmiylashtirilganda, bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻim faqatgina dastlabki deklaratsiyalashda bir marta undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlar boʻyicha dastlabki deklaratsiyalash amalga oshirilganda bojxona yigʻimining 20% miqdorida chegirma taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitta yuk qabul qiluvchining manziliga bitta transport hujjati va bitta temir yoʻl tarkibidagi tovarlarga bir nechta tranzit deklaratsiyalari rasmiylashtirilganligi uchun bir yigʻim stavkasida bojxona yigʻimi undiriladi.
(izoh qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** BHM — bazaviy hisoblash miqdori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*** Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirayotgan xodim xizmat olib boradigan bojxona posti va unga biriktirilgan bojxona ombori, erkin ombor hamda boj olinmaydigan savdo doʻkoni, shuningdek, ularga bevosita tutash boʻlgan doimiy bojxona nazorati zonalari bojxona rasmiylashtiruvi joylari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
**** Bojxona organlarining boshliqlari tomonidan tasdiqlangan kun tartibiga muvofiq ish vaqtidan tashqari vaqtda BYD rasmiylashtirganligi BYDning “D” grafasiga bojxona organi tomonidan belgi qoʻyilgan vaqt orqali aniqlanadi. Bunda tadbirkorlik subyektining bojxona rasmiylashtiruvini ish vaqtidan tashqari vaqtda rasmiylashtirish uchun roziligi olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
***** Bojxona organi tomonidan bir soatdan kam boʻlgan vaqt sarf qilingan taqdirda, bojxona yigʻimi bir xodimning toʻliq bir soat ish vaqti uchun undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
****** Sud qaroriga asosan davlat foydasiga oʻtkazilgan yoki yoʻq qilinadigan tovarlarni saqlaganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
******* Dastlabki qaror bekor qilinganda, oʻzgartirilganda yoki qaytib olinganda uni qabul qilganlik uchun toʻlov qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: mazkur ilovaning 1-pozitsiya “a” kichik bandi hamda 3-pozitsiya 2026-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 55-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish bilan bogʻliq operatsiyalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 31-dekabrdagi 737-son qarori quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“31. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havo transporti uchun bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar va transport vositalari uchun belgilangan yetkazib berish muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kuni uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositasida bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar va transport vositalari uchun belgilangan yetkazib berish muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kuni uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl transportida bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar va transport vositalari uchun belgilangan yetkazib berish muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kuni uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida, 2028-yil 1-yanvardan bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida toʻqson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganda, uni olib chiqib ketish muddatining oʻtkazib yuborilgan har kuni uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yigʻimlar undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida toʻqson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun umumiy hisoblangan yigʻimlar, transport vositasini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirgandagi toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari summasidan oshmasligi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandda nazarda tutilgan yigʻimlar bojxona organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 55-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 9-noyabrdagi 700-son qarori *.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashqi savdo yuklarini bojxona nazorati ostida tashishni soddalashtirish, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 2020-yil 20-dekabrdagi 800-son qaroriga 3-ilovaning 6-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-avgustdagi 531-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 13-apreldagi PF-6207-son Farmoni hamda “Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 13-apreldagi PQ-5073-son qarori)” 2022-yil 9-iyundagi 323-son qaroriga 1-ilovaning 16-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona sohasidagi tartib-taomillar takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 5-sentabrdagi 487-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish bilan bogʻliq operatsiyalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 31-dekabrdagi 737-son qarorining 4-bandi hamda qarorga 2-ilova.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 24-oktabrdagi 560-son qaroriga ilovaning 12-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2024-yil 6-maydagi 266-son qaroriga ilovaning 453-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona tartib-taomillari yanada takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2024-yil 4-oktabrdagi 630-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yigʻimlari stavkalarining 1-pozitsiya “a” va “b” kichik bandlari hamda 3-pozitsiya 2026-yil 1-yanvargacha amal qiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2025-y., 09/25/55/0102-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)