Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.01.2003 yildagi 43-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.01.2003 yildagi 43-son
Date of entry into force
24.01.2003
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“TOShGUZAR—BOYSUN—QUMQOʻRGʻON” YaNGI TEMIR YOʻL LINIYASI QURILIShINI JADALLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakat transport kommunikatsiyalarini, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tabiiy yer osti boyliklari konlarini oʻzlashtirish loyihalari amalga oshirilishini jadallashtirish, shuningdek respublika janubiy mintaqalarining ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Toshguzar—Boysun—Qumqoʻrgʻon” yangi temir yoʻl liniyasining ayrim uchastkalarini:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toshguzar—Dehqonobod” va “Boysun—Qumqoʻrgʻon” uchastkalari boʻyicha 2003—2005-yillarda davlat budjeti mablagʻlari (20%) hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining oʻz mablagʻlari (80%) hisobiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Dehqonobod—Boysun” uchastkasi boʻyicha 2004—2007-yillarda jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar mablagʻlari hisobiga bosqichma-bosqich foydalanishga topshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi “Dehqonobod—Boysun” uchastkasi qurilishini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash uchun Yaponiyaning tegishli Hukumat muassasalari bilan imtiyozli uzoq muddatli yenlardagi kreditlarni jalb etish masalasi ishlab chiqilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-noyabrdagi 559-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, bosh loyihalovchilar (“Boshtransloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat va “Toshtemiryoʻlloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati), Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari yangi temir yoʻl liniyasining togʻdagi “Dehqonobod—Boysun” uchastkasi toʻliq ishga tushirilgunga qadar “Toshguzar—Dehqonobod” va “Boysun—Qumqoʻrgʻon” uchastkasidan cheklangan, yopiq siklda foydalanishni taʼminlovchi barcha zarur loyihalash ishlari va qurilish yechimlarini nazarda tutsinlar, bunda ushbu mintaqalarning tabiiy-xomashyo resurslaridan foydalanish uchun transport borishini taʼminlashni koʻzda tutsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Toshguzar—Boysun—Qumqoʻrgʻon” yangi temir yoʻl liniyasini qurish masalalarini tezkorlik bilan hal qilish uchun Qurilishning borishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻyicha 1-ilovaga muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qoʻyilsinki, yangi temir yoʻl liniyasini loyihalashtirish va qurishga subpudratchi tashkilotlarni jalb qilish, qurilish materiallari, konstruksiyalar va uskunalar xarid qilish “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan oʻtkaziladigan tender savdolari asosida amalga oshiriladi, tender savdolari natijalari keyinchalik Respublika komissiyasi bilan kelishilgandan keyin tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bosh pudratchi tashkilotlar bilan birgalikda Toshguzar—Boysun—Qumqoʻrgʻon” yangi temir yoʻl liniyasi qurilishi uchun subpudrat tashkilotlarni, uskunalar va materiallar yetkazib beruvchilarni tanlab olish boʻyicha tanlov savdolari (tendyerlar)ning sifatli oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yangi temir yoʻl liniyasini loyihalashtirish va qurish ishlarini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining oʻz mablagʻlari hisobiga bir paytda olib borishga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi “Toshguzar—Dehqonobod”, Dehqonobod—Boysun” va “Boysun—Qumqoʻrgʻon” uchastkalari boʻyicha asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazsin, tasdiqlash uchun Respublika komissiyasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, budjet mablagʻlari hisobiga kapital mablagʻlarni moliyalashtirishni boshlash loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda tasdiqlangandan keyin “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining oʻz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishning belgilangan hajmlariga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi yangi temir yoʻl liniyasi uchastkalarini oʻz vaqtida foydalanishga topshirish uchun 2003—2007-yillar investitsiya dasturlarida davlat budjeti, kompaniyaning oʻz mablagʻlari hamda 2-ilovaga* muvofiq jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga zarur kapital mablagʻlarni nazarda tutsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq buyurtmachi mablagʻlari hisobiga bosh pudratchilar huquqi bilan belgilangan muddatlarda aloqa liniyalari va boshqa muhandislik kommunikatsiyalari koʻchirilishini va qayta qurilishini taʼminlasinlar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 243-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni, istisno tariqasida, qurilish davrida yangi temir yoʻl liniyasi qurilishida foydalaniladigan olib kelinayotgan uskunalar va materiallar uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalari muddati “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni bilan kelishilgan jadvalga muvofiq kechiktirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mintaqaning murakkab tabiiy sharoitlarini va ishlarning koʻchma xarakterini hisobga olgan holda “Toshguzar—Boysun—Qumqoʻrgʻon” temir yoʻl liniyasi qurilishida bevosita band boʻlgan xodimlarning barcha toifalari ish haqiga Qashqadaryo viloyati boʻyicha 1,4 hamda Surxondaryo viloyati boʻyicha 1,3 koeffitsiyenti belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi tasdiqlangan limitlar doirasida va asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha qurilish qatnashchilarini yonilgʻi-moylash materiallari bilan muntazam ravishda uzluksiz taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vaqtida yer ajratilishini va qurilish trassasidagi imoratlar buzilishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudratchi tashkilotlarni jalb qilgan holda zarur qurilish ishlarini tashkil etsinlar, qurilish-montaj ishlari hajmlari bajarilishini nazoratga olsinlar hamda qoʻyilgan vazifalarni koʻrsatilgan muddatlarda bajarish chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish qatnashchilari uchun amaldagi normalarga muvofiq zarur maishiy shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Gʻuzor—Boysun—Qumqoʻrgʻon (Qizil Oktyabr)” yangi temir yoʻl liniyasini loyihalashtirish va qurish masalalari toʻgʻrisida” 1995-yil 17-avgustdagi 323-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 24-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 358-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)