27.12.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3592
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi, 27.12.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3592
Date of entry into force
01.01.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (9-son BHMS) “Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot”ni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 27-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3592]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (9-sonli BHMS) “Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 16-oktabrda 51-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (9-sonli BHMS) “Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot” (roʻyxat raqami 519, 1998-yil 4-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 6-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq 2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir D. KUCHKAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 5-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
199-son

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 5-dekabrdagi 199-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (9-sonli BHMS) “Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (bundan buyon matnda BHMS deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi boʻlib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur BHMS xoʻjalik yurituvchi subyektlar (bundan budjet tashkilotlari va nobank kredit tashkilotlari mustasno) (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) tomonidan buxgalteriya hisobini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur BHMSda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlari — tashkilotning naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, shuningdek, bankdagi hisob-kitob, valyuta va boshqa hisobvaraqlaridagi mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlari ekvivalentlari — maʼlum miqdordagi pul mablagʻiga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi oʻzgarishlar tufayli ahamiyatli boʻlmagan tavakkalchiligi boʻlgan qisqa muddatli (3 oy yoki undan kam), yuqori likvidli investitsiyalardir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul oqimlari — pul mablagʻlari va ular ekvivalentlarining kirimi (tushumi) va chiqimi (sarflanishi, chiqib ketishi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsion faoliyat — tashkilotning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek uning investitsiya va moliyaviy faoliyatiga tegishli boʻlmagan boshqa xoʻjalik faoliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya faoliyati — pul mablagʻlari ekvivalentlariga va uzoq muddatli aktivlarga kirmaydigan boshqa investitsiya obyektlarini xarid qilish va hisobdan chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy faoliyat — tashkilotning xususiy kapitali va qarz mablagʻlari miqdori va tarkibida oʻzgarishlarga olib keladigan faoliyat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tashkilot mazkur BHMS talablariga muvofiq pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlaydi va uni har bir hisobot davri uchun tuziladigan moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi sifatida taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda foydalanish chogʻida pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotlari moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun tashkilotning pul mablagʻlari va uning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholash imkonini beradigan maʼlumot bilan taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot pul tushumlari va toʻlovlari uchta asosiy toifaga ajratiladi: operatsion faoliyat, investitsiya faoliyati va moliyaviy faoliyat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tashkilot tomonidan olingan bank kreditlari moliyaviy faoliyatga kiradi. Agar talab qilingan paytda toʻlanadigan bank overdraftlari tashkilotlar pul mablagʻlarini boshqarishning ajralmas qismi boʻlsa, ular pul mablagʻlari va pul mablagʻlari ekvivalentining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot pul mablagʻlari va pul mablagʻlari ekvivalentlari moddalari oʻrtasidagi harakatni oʻz ichiga olmaydi. Ushbu moddalari oʻrtasidagi harakat pul mablagʻlarini boshqarishning bir qismi sanalib, pul mablagʻlarini boshqarish ortiqcha pul mablagʻlarini pul mablagʻlari ekvivalentlariga kiritishni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot tashkilotning hisobot davri davomida operatsion, investitsiya yoki moliyaviy faoliyatlari natijasida olgan pul oqimlari haqidagi maʼlumotlarni oʻz faoliyati xususiyatidan kelib chiqqan holda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Tashkilotning operatsion faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tashkilotning operatsion faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimlari hajmi tashkilotning qarzlarini toʻlash, ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab turish, dividendlarni toʻlash va oʻz mablagʻlari hisobidan yangi investitsiyalar qilish uchun qanchalik yetarli ekanini aks ettiruvchi asosiy koʻrsatkich hisoblanadi. Oʻtgan davrlarda operatsion faoliyatdan olingan pul oqimlarining ayrim qismlari toʻgʻrisidagi maʼlumotdan boshqa maʼlumotlar bilan birgalikda operatsion faoliyat boʻyicha kelgusi pul oqimlarini prognoz qilishda foydalanish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Operatsion faoliyatning pul oqimlari tashkilotning asosiy faoliyatidan kelib chiqadi. Operatsion faoliyatning pul oqimlariga quyidagilar kirishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot (ishlar va xizmatlar) sotishdan pul mablagʻlarining kelib tushishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
royalti, badallar, vositachilik haqqi va boshqalar boʻyicha pul mablagʻlari tushumi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazib beruvchilarga toʻlangan pul mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarga toʻlangan mablagʻlar va xodimlar nomidan pul mablagʻlari toʻlovlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsion faoliyatga tegishli boʻlgan soliqlar boʻyicha pul mablagʻlari toʻlovlari yoki ularning qaytarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo yoki dilerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar boʻyicha pul mablagʻlari tushumlari va toʻlovlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asosiy vositalar obyektini sotish boʻyicha pul oqimlari investitsiya faoliyatining pul oqimlariga kiritiladi. Lekin, ijaraga berish va keyinchalik sotish maqsadida aktivlarni ishlab chiqarish yoki xarid qilish uchun amalga oshirilgan pul mablagʻlari toʻlovlari operatsion faoliyatning pul oqimlari sifatida qaraladi. Bunday aktivlarni ijaraga berish va keyinchalik sotishdan pul mablagʻlari kelib tushishi ham operatsion faoliyatning pul oqimlari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qimmatli qogʻozlarni qayta sotish maqsadida xarid qilinishi natijasida kelib chiqadigan pul oqimlari operatsion faoliyat tarzida tasniflanadi. Xuddi shunday, moliyaviy tashkilotlar tomonidan beriladigan qarzlar, odatda, moliyaviy tashkilotning asosiy daromad keltiruvchi faoliyatiga tegishli boʻlganligi sababli shunday tashkilotlarda operatsion faoliyat tarzida tasniflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Tashkilotning investitsiya faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tashkilot investitsiya faoliyatining pul oqimlari haqidagi maʼlumotni pul oqimlari toʻgʻrisida hisobotda alohida yoritib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya faoliyatining pul oqimlari haqidagi maʼlumot kelgusi daromad va pul oqimlarini hosil qilish uchun moʻljallangan resurslarga qancha sarflar amalga oshirilganini koʻrsatadi. Investitsiya faoliyatidan olingan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kirishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlarni xarid qilish uchun pul mablagʻlari toʻlovlari. Ushbu toʻlovlar kapitallashtiriladigan tajriba-konstruktorlik ishlari boʻyicha va tashkilotning oʻzida yaratilgan asosiy vositalar boʻyicha toʻlovlarni oʻz ichiga oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlarni sotishdan olingan pul mablagʻlari tushumi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlari ekvivalentlari hisoblangan dilerlik yoki savdo maqsadlari uchun moʻljallangan toʻlov instrumentlarini xarid qilish uchun toʻlovlardan tashqari, boshqa tashkilotlarning ulushli instrumentlari yoki qarz instrumentlarini hamda qoʻshma korxonalarda ishtirok etish huquqini xarid qilishga doir pul mablagʻlari toʻlovlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlari ekvivalentlari hisoblangan dilerlik yoki savdo maqsadlari uchun moʻljallangan toʻlov instrumentlari boʻyicha pul mablagʻlari kelib tushishidan tashqari boshqa tashkilotlarning ulushli instrumentlari yoki qarz instrumentlarini hamda qoʻshma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotishdan olgan pul mablagʻlari kelib tushishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa tashkilotlarga berilgan pul mablagʻlaridagi boʻnaklar va qarzlar (moliyaviy tashkilotlar tomonidan berilgan boʻnaklar va qarzlar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fyuchers va forvard bitimlari, opsion bitimlar va svop-bitimlar boʻyicha pul mablagʻlari toʻlovlari, bundan moliyaviy faoliyat sifatida tasniflanadigan dilerlik yoki savdo maqsadlari uchun moʻljallangan bitimlar yoki toʻlovlar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fyuchers va forvard bitimlari, opsion bitimlar va svop bitimlar boʻyicha pul mablagʻlari tushumlari, bundan moliyaviy faoliyat sifatida tasniflanadigan dilerlik yoki savdo maqsadlari uchun moʻljallangan bitimlar yoki tushumlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma muayyan pozitsiyani xejlash sifatida hisobga olinsa, bunday bitim boʻyicha pul oqimlari xejlangan faoliyat turi pozitsiyasidagi pul oqimlari sifatida qaraladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, xejlash deganda bu tashkilot oʻzini valyuta kurslaridagi farqdan vujudga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlardan himoya qilish maqsadida aktivlar yoki majburiyatlarni forvard, fyuchers va boshqa bitimlar boʻyicha xorijiy valyutada xarid qilish tarzida ifodalangan himoya qilish sifatidagi bitim tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Tashkilotning moliyaviy faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tashkilot moliyaviy faoliyatidan pul oqimlari haqidagi maʼlumotni pul oqimlari toʻgʻrisida hisobotda alohida yoritib beradi. Ushbu maʼlumot moliyaviy faoliyatning kelgusi pul oqimlarini prognoz qilish uchun zarur hisoblanadi. Moliyaviy faoliyatdan keladigan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kirishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyalarni yoki boshqa ulushli instrumentlarni chiqarishdan pul mablagʻlari tushumlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotlar aksiyalarini xarid qilish yoki muomaladan chiqarish uchun mulkdorlarga pul mablagʻlari toʻlovlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obligatsiyalar emissiyasi, qarz majburiyatlari, garov va boshqa qisqa hamda uzoq muddatli qarz majburiyatlarini chiqarishdan pul mablagʻlari tushumlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzlarni qaytarish boʻyicha pul mablagʻlari toʻlovlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy ijara boʻyicha pul mablagʻlari toʻlovlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Operatsion faoliyat boʻyicha pul oqimlarini taqdim etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tashkilot operatsion faoliyat boʻyicha pul mablagʻlari harakatini hisobotda quyidagi usullardan birini qoʻllagan holda taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bevosita usul, bunda pul mablagʻlarining yalpi tushumlari va yalpi toʻlovlarining asosiy turlari yoritib beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bilvosita usul, bunda operatsion faoliyatdan sof pul oqimlari sof foyda (zarar)ni pulsiz operatsiyalarning taʼsirini va har qanday kechiktirilgan yoki hisoblangan oʻtgan yoki kelgusi davrga tegishli operatsion pul mablagʻlari tushumlari yoki toʻlovlarini, hamda investitsiya yoki moliyaviy pul oqimlari bilan bogʻliq daromad yoki xarajat moddalarini hisobga olgan holda tuzatishlar kiritish orqali aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Bevosita usul qoʻllanganda, pul mablagʻlarining yalpi tushumlari va yalpi toʻlovlarining asosiy sinflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni quyidagi yoʻllar bilan olish mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotning buxgalteriya hisobi yozuvlaridan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladigan sotishdan tushum, sotish tannarxi (moliyaviy tashkilotlar uchun foizlar va shunga oʻxshash daromadlar hamda foiz xarajatlari va shunga oʻxshash xarajatlar) va boshqa moddalarni quyidagilar boʻyicha tuzatish orqali:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davr mobaynida tovar-moddiy zaxiralardagi va joriy debitorlik va kreditorlik qarzlaridagi oʻzgarishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa pulsiz moddalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya yoki moliyaviy faoliyat boʻyicha pul oqimlarini keltirib chiqaradigan boshqa moddalar.

17. Bilvosita usul qoʻllanganda, operatsion faoliyat boʻyicha sof pul oqimlari foyda yoki zararni quyidagilarning taʼsirini hisobga olgan holda tuzatish orqali aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davr mobaynida tovar-moddiy zaxiralardagi, joriy debitorlik va kreditorlik qarzlaridagi oʻzgarishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eskirish, baholangan majburiyat, kechiktirilgan soliqlar realizatsiya qilinmagan ijobiy va salbiy kurs farqlari, shuningdek taʼsir ostidagi tashkilotlarning taqsimlanmagan foydasi kabi pulsiz moddalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya yoki moliyaviy faoliyat boʻyicha pul oqimlarini keltirib chiqaradigan boshqa moddalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muqobil ravishda operatsion faoliyat boʻyicha sof pul oqimlarini moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda yoritilgan tushumlar va xarajatlarni aks ettirish hamda davr mobaynida tovar-moddiy zaxiralardagi va joriy debitorlik va kreditorlik qarzlaridagi oʻzgarishlarni aks ettirish orqali bilvosita usulda taqdim etish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Pul oqimlari boʻyicha maʼlumotlarni netto asosda taqdim etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tashkilot investitsiya va moliyaviy faoliyatlarning pul mablagʻlarining yalpi tushumlari va yalpi toʻlovlarini hisobotda alohida aks ettirilishi lozim, bundan 19-bandda belgilangan, netto asosda taqdim etiladigan pul oqimlari mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, hisobot davrida pul mablagʻlarining sof kirimi yoki kamayishi netto-asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Quyidagi operatsion, investitsiya yoki moliyaviy faoliyatdan kelib chiqadigan pul oqimlari netto asosda taqdim etilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul oqimlari tashkilotning emas, balki xaridorning faoliyatini aks ettirgan holda, xaridorlar nomidan pul mablagʻlarining kelib tushishi va toʻlovi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aylanma davri qisqa, yirik summadagi va soʻndirish muddati qisqa boʻlgan moddalar boʻyicha pul mablagʻlari kelib tushishi va toʻlovi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, moliyaviy tashkilotlarning quyidagi faoliyatlardan kelib chiqadigan pul oqimlari hisobotda netto asosda taqdim etilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
depozitlarni joylashtirish va ularni qaytarib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xaridorlarga taqdim etilgan avans pul mablagʻlari va qarzlar hamda ushbu avanslar va qarzlarning qaytarilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Chet el valyutasidagi pul oqimlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Chet el valyutasidagi operatsiyalardan pul oqimlari operatsiya amalga oshirilgan sanadagi chet el valyutasining soʻmga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursini qoʻllab aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Chet eldagi shuʼba jamiyatining pul oqimlari ular sodir boʻlgan sanadagi chet el valyutasining soʻmga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha qayta hisoblanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Chet el valyutasi kurslaridagi oʻzgarishlar natijasida hosil boʻladigan realizatsiya qilinmagan foyda va zararlar pul oqimlari hisoblanmaydi. Biroq almashtirish kursi stavkalari oʻzgarishining xorijiy valyutada saqlanayotgan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻiga yoki ular ekvivalentlariga taʼsiri, hisobot davri boshi va oxiridagi pul mablagʻlari va ular ekvivalentlari oqimining bir-biriga muvofiqlashtirish uchun pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladi. Bu summa operatsion, investitsiya va moliyaviy faoliyatlar natijasida vujudga keladigan pul oqimlaridan alohida koʻrsatiladi va bu pul oqimlari hisobot davri oxiridagi almashtirish kursi boʻyicha taqdim etilganda yuzaga keladigan kurs farqlarini oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Foizlar va dividendlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Foizlar va dividendlarni olish va toʻlash bilan bogʻliq pul oqimlarini alohida yoritib berish zarur. Ularni davrdan davrga izchillik bilan operatsion yoki investitsiya yoxud moliyaviy faoliyatning pul oqimlari sifatida tasnif etish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Toʻlangan va olingan foizlar hamda olingan dividendlar mos ravishda moliyaviy va investitsiya faoliyatidan keladigan pul oqimlari sifatida tasniflanishi mumkin, chunki ular moliyaviy resurslarni yoki investitsiya daromadlarini jalb qilish sarflarini anglatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Toʻlangan dividendlar moliyaviy faoliyat pul oqimlari sifatida tasniflanishi mumkin, chunki ular moliyaviy resurslarni jalb etish uchun sarf hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Foyda soligʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Foyda soliqlari natijasida kelib chiqadigan pul oqimlari alohida yoritib berilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga hamda boshqa tashkilotlarga investitsiyalar va ulardagi egalik ulushlarining oʻzgarishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga hamda qoʻshma korxonaga investitsiyalarning hisobi ulushli qatnashish usulida yoki boshlangʻich qiymat boʻyicha hisobga olinganda, investor pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobotda faqat oʻzi va investitsiya obyekti oʻrtasidagi pul oqimlari (masalan, dividendlar va avanslar ) toʻgʻrisidagi maʼlumotni aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Shuʼba xoʻjalik jamiyatlari yoki boshqa tashkilotlarni xarid qilish yoki sotishdan yalpi pul oqimlari alohida yoritiladi va investitsiya faoliyati sifatida tasniflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Shuʼba xoʻjalik jamiyatlari yoki boshqa tashkilotlarni xarid qilish va ularni sotish boʻyicha quyida maʼlumotlar moliyaviy hisobotlarga izohlarda yoritib beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid qilish yoki sotishning umumiy qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlari va pul mablagʻlari ekvivalentlari orqali xarid qilish yoki sotishning toʻlangan qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid qilingan yoki sotilgan shuʼba xoʻjalik jamiyatiga yoki boshqa tashkilotga tegishli boʻlgan pul mablagʻlari va pul mablagʻlari ekvivalentlari summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid qilingan yoki sotilgan shuʼba xoʻjalik jamiyatiga yoki boshqa tashkilotga tegishli pul mablagʻlari va pul ekvivalentlaridan tashqari aktivlar va majburiyatlar yoki ularning turlari boʻyicha summasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Pulsiz operatsiyalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Pul mablagʻlari yoki pul mablagʻlari ekvivalentlaridan foydalanishni talab qilmaydigan investitsiya va moliyaviy operatsiyalar pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobotga kiritilmaydi. Bunday operatsiyalar boshqa moliyaviy hisobot shaklida faoliyatning ushbu investitsiya va moliyaviy turlari toʻgʻrisidagi barcha muhim maʼlumotni taqdim etadigan tarzda yoritib berilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pulsiz operatsiyalarga quyidagilar misol boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivlarni bevosita tegishli majburiyatlarni olish orqali yoki moliyaviy ijara asosida xarid qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotni ulushli instrumentlarni chiqarish evaziga xarid qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz majburiyatlarining xususiy kapitalga aylantirilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-bob. Boshqa maʼlumotlarni yoritib berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Tashkilot pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlarining alohida moddalarini koʻrsatishi va pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobotdagi summalarni buxgalteriya balansining tegishli moddalari bilan solishtirmalarini yoritib berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Tashkilot oʻzida mavjud boʻlgan, lekin guruh foydalana olmaydigan ahamiyatli miqdordagi pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlari qoldigʻi miqdorini rahbariyatning tushuntirishi bilan birga yoritib berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Pul oqimlarini segmentlar boʻyicha foydalanuvchilarga butun tashkilotga tegishli boʻlgan pul oqimlari va uning tarkibiy qismlariga tegishli boʻlgan pul oqimlarining oʻzaro aloqasini hamda segmentlar boʻyicha pul oqimlarining mavjudligi va oʻzgaruvchanligi haqida yoritib berish zarur.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3592/1083-son)