12.12.2024 yildagi PQ-430-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 12.12.2024 yildagi PQ-430-son
Date of entry into force
18.12.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish, tadbirkorlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, investitsiyalarni jalb qilish, har bir tuman va shaharni ixtisosligidan kelib chiqib rivojlantirish, kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash, daromadlarini oshirish va turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar Navoiy viloyatini 2025-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-ilovaga* muvofiq yalpi hududiy mahsulot hajmi 100,4 trillion soʻmdan 114,1 trillion soʻmga yoki 6,0 foizga oʻsishini taʼminlashni nazarda tutuvchi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlarga erishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-ilovaga* muvofiq 140 ming nafar aholi bandligini taʼminlash, ishsizlik darajasini 2,5 foizgacha, kambagʻallik darajasini 3,4 foizgacha pasaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3 va 3a-ilovalarga* muvofiq tijorat banklari tomonidan barcha manbalardan ajratiladigan 8,5 trln soʻm kreditlar hisobidan kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlar loyihalarini moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-5-ilovalarga* muvofiq vazirlik va idoralar tomonidan 1,7 mlrd dollar, viloyat hokimi va uning oʻrinbosarlari tomonidan 3 mlrd dollar miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-7-ilovalarga* muvofiq 60 ta noruda yer qaʼri uchastkalarini, 11 ta strategik turdagi (asosiy) foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish orqali togʻ-kon sanoatida yangi loyihalarni yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8 — 10-ilovalarga* muvofiq kamida 1 500 ta lotda yer uchastkalarini va 15 ta davlat mulki obyektini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish, 6 ta texnikum va politexnikumlarning boʻsh turgan bino va inshootlarini ijaraga berish orqali sanoat, savdo va xizmat koʻrsatish sohalari uchun tijorat maydonlari taklifini koʻpaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-ilovaga* muvofiq 3 mln nafar sayyohlar, shundan 500 ming nafar xorijiy sayyohlar kelishini taʼminlash, turistik xizmatlar eksportini 150 mln dollardan oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12 — 14-ilovalarga* muvofiq muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy sohani rivojlantirish hamda madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-ilovaga* muvofiq maktabgacha taʼlim qamrovini 86,5 foizga yetkazish, aholini sportga keng jalb qilish, yoshlarni kasbga oʻqitish, ayollarda uchraydigan kasalliklarni barvaqt aniqlash boʻyicha koʻrsatkichlarga erishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-ilovaga* muvofiq 20 ming gektar qishloq xoʻjaligi yerlarini oʻzlashtirish orqali qoʻshimcha 100 ming tonna qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va 10 mingta yangi ish oʻrinlari yaratish, 15 ming gektar yerni lazerli tekislash, 7 ming gektar samarasiz bogʻ va tokzorlarni yangilash, 1,3 ming gektar dala chetlari va kanal-kollektorlar atrofida oziq-ovqat ekinlari va boshqa daromadli mahsulotlar yetishtirish, 62,5 kilometr uzunlikdagi xoʻjaliklararo kanallar, 1,0 ming kilometr uzunlikdagi ichki ariqlarni betonlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-ilovaga* muvofiq 2025-2026-yillarda Navoiy viloyatining shahar va tumanlarini kompleks rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qoʻchqorov, J.A. Xodjayev, Navoiy viloyati hokimi N.T. Tursunov va uning oʻrinbosarlari R.D. Sulaymonov, E.I. Gʻafforov, E.Sh. Kamolov, S.N. Hikmatov, J.B. Xodjayev va S. Mirzayev oʻz yoʻnalishlari boʻyicha 2025-yilda mazkur asosiy koʻrsatkichlarga erishish uchun shaxsan masʼul etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, 2025-yildan boshlab Navoiy viloyatida “yashil belbogʻ”lar barpo etish va choʻllanishga qarshi kurashish boʻyicha quyidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka koʻra atrof-muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlovchi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — kompensatsiya toʻlovchi tashkilotlar) tomonidan shahar va shaharchalar atrofida “yashil belbogʻ”lar tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng birinchi “yashil belbogʻ”lar 2025-yil bahor va kuz mavsumidan boshlab Navoiy shahri va Karmana tumani markazi atrofidagi 300 gektarda — “Qizilqumsement” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, Zarafshon shahri atrofida — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, Uchquduq tumani markazi va Zafarobod qoʻrgʻoni atrofida “Navoiyuran” AJ tomonidan tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yashil belbogʻ”larni tashkil etish loyihasida tejamkor doimiy suv taʼminoti manbalari majburiy ravishda nazarda tutiladi, ekish ishlariga tashabbus asosida kompensatsiya toʻlovchi tashkilotlar, obodonlashtirish boʻlimlari, boshqa tashkilotlar va hududda yashovchi faol fuqarolar jalb qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yashil belbogʻ”lar tashkil etiladigan hududlar tuman va shaharlar hokimliklari tomonidan Oʻrmon xoʻjaligi agentligi bilan birgalikda tanlanadi hamda eng yaqin davlat oʻrmon xoʻjaligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yashil belbogʻ”larni tashkil etish ishlarida Oʻrmon xoʻjaligi agentligi — buyurtmachi, “Yashilloyiha” loyihalash instituti — loyiha tashkiloti, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tizimidagi tashkilotlar — pudratchi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashi ushbu bandda belgilangan tartibda “yashil belbogʻ”larni tashkil etishda yuzaga keladigan masalalarni tezkor hal qilish yuzasidan qarorlar qabul qiladi, “yashil belbogʻ”larni tashkil etish ishlari yuzasidan vakillik va jamoatchilik nazorati amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi tashkilotlarning umumiy shtat birliklari doirasida Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qaʼridan foydalanish markazi” davlat muassasasining Navoiy viloyati boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarma) tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy boshqarmaga “Yer qaʼridan foydalanish markazi” davlat muassasasining yer qaʼridan foydalanish sohasida tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishga doir vakolatlarini, shu jumladan, yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish, ularni berishni rad etish, amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish yoki tugatish, yer qaʼri uchastkalari joylashgan yer maydonlarini doimiy foydalanish huquqi bilan olish va ularni realizatsiya qilish boʻyicha vakolatlarini axborot tizimlaridan foydalangan holda hududning oʻzida amalga oshirish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.F. Islomov hududiy boshqarmani oʻz vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur malakali mutaxassislar, maʼlumotlar bazalari, moddiy-texnika jihozlari bilan taʼminlash, nizomi va tuzilmasini tasdiqlagan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda uning faoliyatini 2025-yil 1-yanvardan toʻliq yoʻlga qoʻyish uchun masʼul etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmani Karmana tumani Temiryoʻl koʻchasi 40-uy manzilda joylashgan binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish masalasi “Oʻzbekgeologiyaqidiruv” AJ boshqaruv organi yigʻilishida koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hududiy boshqarma, Geologiya fanlari universiteti, Fanlar akademiyasi, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yilda viloyat hududida yangi zaxiralarni aniqlash va ishga tushirish ishlarini tashkil qilsin hamda ushbu ishlarni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda mablagʻ ajratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda viloyatning yaylov yerlarida joylashgan barcha istiqbolli yer qaʼri uchastkalari roʻyxatini, shu jumladan, mazkur qarorga 6-7-ilovalarga* muvofiq yer qaʼri uchastkalari roʻyxatini konturlari va koordinatalari bilan birga shakllantirib, yer fondi toifasini oʻzgartirish va auksion savdolariga chiqarish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-martga qadar 50 dan ziyod sochma oltin konlariga tadbirkorlarni jalb qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi bir oy muddatda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlarini berish boʻyicha asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzmilliybank” AJ, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Navoiy viloyati hokimligi bir oy muddatda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib oluvchilardan qimmatbaho metallarni joyida sotib olish uchun alohida markaz tashkil qilish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Savdo-sanoat palatasi va Navoiy viloyati hokimligi bir oy muddatda Navoiy shahridagi boʻsh turgan yer uchastkasida Sanoat kooperatsiyasi va investitsiya markazini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin, bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy ishlaydigan ochiq va yopiq koʻrgazmalarda viloyat hududida ishlab chiqarilayotgan 860 turdagi sanoat mahsulotlari, 50 turdan ortiq xomashyo, 29 turdagi tabiiy qazilma namunalari, mahalliylashtirish talab etilayotgan import tovarlari namunalarini namoyish etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi hamda tuman va shahar investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimlarining asosiy faoliyatini ushbu markaz huzurida tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatga kelayotgan investorlarga taqdim etiladigan, ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan tayyor loyiha takliflarini tayyorlash uchun xorijiy mutaxassislarni jalb qilish nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Savdo-sanoat palatasi va “Oʻzsanoatqurilishbank” AJning 2025-yil davomida sanoat ipotekasi asosida kredit ajratib, Karmana tumani “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi 40 gektar boʻsh yer uchastkasini elektron onlayn auksion orqali olgan holda temir-betondan sanoat bokslari qurish boʻyicha tashabbusi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Navoiy viloyati hokimligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi hamda Oʻrmon xoʻjaligi agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda 18-ilovaga* muvofiq 2 143 gektar yaylov yerlari va oʻrmon fondi yer uchastkalarini tegishli tuman hokimliklari zaxirasiga qaytarib, yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil davomida ilgʻor xorijiy tajriba asosida 2-3 qavatdan kam boʻlmagan sanoat maydonlari tashkil etish sharti bilan ushbu yer uchastkalarini (bundan yer qaʼri uchastkalari mustasno) elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilib, 35 ta loyiha amalga oshirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorga 4-5-ilovalarda* nazarda tutilgan yangi investitsiya loyihalari uchun yer uchastkalarining oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlash maqsadida Navoiy viloyati hokimligining murojaatiga asosan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi — yer uchastkalarini oʻz vaqtida elektron onlayn auksion savdolariga chiqarsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi — yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflarni tezkorlik bilan koʻrib chiqib, yer uchastkalarini belgilangan tartibda toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berish boʻyicha Hukumat qarori loyihalarini kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi — yer fondi toifasini oʻzgartirish masalasidagi takliflarni oʻrnatilgan tartibda tezkorlik bilan koʻrib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Turizm qoʻmitasi va Navoiy viloyati hokimligi uch oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Aydarkoʻl suv havzasi atrofidagi 150 gektar hududda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi bilan birgalikda yer uchastkasini Nurota tumani hokimligi zaxirasiga qaytarsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzmilliybank” AJ bilan birgalikda nufuzli loyiha kompaniyalari ishtirokida master reja ishlab chiqqan holda 2025-2026-yillarda oyiga 10 ming nafargacha xorijiy va mahalliy sayyohlarga zamonaviy xizmatlar koʻrsatishga ixtisoslashgan mehmonxona, dam olish va koʻngilochar maskanlar barpo etish loyihalarini amalga oshirish va 200 nafar aholi bandligini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Nurota tumanining Sentob va Chuya, Xatirchi tumanining Langar va Angidon qishloqlarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qishloqlarni turizm qishloqlari sifatida rivojlantirib, ularda 2025-yilda 50 ta yangi oilaviy mehmon uylari tashkil etish, 500 ming nafar mahalliy, 80 ming nafar xorijiy sayyohlarni jalb qilish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan Langar va Angidon qishloqlaridan tanlangan 200 gektar hududning master rejasini ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Zarafshon shahridagi Marvarid koʻli atrofida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Asakabank” AJ bilan birgalikda xorijiy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan master reja asosida kanat yoʻli, suzish havzasi, savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari barpo etib, tadbirkorlarga tayyor holda lotlarga boʻlgan holda lizingga berish va 1 000 nafar aholi bandligini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda drayver loyiha sifatida mazkur hudud uchun zarur infratuzilma obyektlarini barpo etish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Navbahor tumanidagi “Sarmishsoy” davlat muzey qoʻriqxonasi hududida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Turonbank” ATB bilan birga asosiy obyektlarga olib boruvchi yoʻl boʻylab joylashgan, alohida tarixiy-madaniy ahamiyatga ega boʻlmagan jami 100 gektar yer uchastkalarida turizm maskanlari tashkil etishni nazarda tutuvchi master reja ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Madaniy meros agentligi bilan birgalikda master rejani amalga oshirish uchun zarur yer uchastkalarini Navbahor tumani hokimligi zaxira yerlari tarkibiga qaytarsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Samarqand va Buxoro viloyati hokimliklari bilan birga 2025-yil 1-iyulga qadar Nurota tumanidagi “Chashma” ziyoratgohini Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi va Buxoro viloyatidagi “Yetti pir” ziyoratgohlari bilan bogʻlagan holda “Turizm halqasi” dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda mahalliy va xorijiy investorlarning takliflari asosida Toʻdakoʻl suv havzasining investitsiyaviy va turistik salohiyatidan samarali foydalanish boʻyicha quyidagi modellardan birini tanlash va 2025-2026-yillarda amalga oshirish yuzasidan qaror loyihasini kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer kodeksining 24-moddasida belgilangan tartibda butun hududni yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish asosida toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PQ-245-son qaroriga muvofiq hududni master reja asosida lotlarga boʻlgan holda elektron onlayn auksion savdolarida realizatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alohida direksiya tashkil etgan holda hududga turistik markaz yoki turistik-rekreatsion zona maqomini berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Energetika vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, Turizm qoʻmitasining uch oy muddatda Navoiy viloyatidagi Muruntov koni atrofida hamda shamol elektr stansiyalari joylashtirilgan hududda sanoat turizmi yoʻnalishidagi loyihalarni ishga tushirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihalar doirasida sayyohlar uchun xorijiy tajriba asosida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muruntov koni hamda shamol generatorlarini kuzatishga moʻljallangan tomosha maydonchalari barpo etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yurtimizda topilgan qadimiy tilla va boshqa qimmatbaho metallar, tarixiy xazina va tangalar namunasini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qadimgi oltin konlari maketlari, qazilmalar va mineralogiya tarixiga oid rasmlar bilan tanishish imkoniyatini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarafshon shahridan loyihalar hududigacha yoʻl infratuzilmasini yaxshilash va transport qatnovini yoʻlga qoʻyish nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turizm qoʻmitasi va Navoiy viloyati hokimligi 2025-yilda mazkur hududni turistik koʻrgazmalar va ommaviy axborot vositalarida targʻib qilish, turistik yoʻnalishlarga kiritish orqali mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Navoiy viloyatida choʻl va “safari” turizmi yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining takliflariga asosan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-sonli qarori 2-bandining “b” kichik bandida nazarda tutilgan yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha imtiyozning amal qilish muddati palatkali (kemping) lagerlar va oʻtovli lagerlar shaklidagi mehmonxonalar (joylashtirish vositalari) uchun 2037-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlari hududida palatkali (kemping) lagerlar va oʻtovli lagerlar uchun turistik (mehmonxona) yigʻim miqdori amaldagi stavkalarning 50 foizi miqdorida belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi 2024-2025-yillarda tadbirkorlikning rivojlanishiga turtki beruvchi drayver loyihalar sifatida, loyiha-smeta hujjatlari asosida tegishli tuzatishlar kiritgan holda, quyidagi loyihalarni amalga oshirish maqsadida tegishli hududlar infratuzilmasini yaxshilash uchun mablagʻ ajratsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro ahamiyatdagi yoʻllar boʻyida 240 ta savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish va kamida 1 000 ta ish oʻrinlari yaratish maqsadida — 7,4 mlrd soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xatirchi tumanida Zarafshon daryosi sohilida hamda Navbahor tumanida tuman markazidan oʻtuvchi kanal atrofida jami 100 ta savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari tashkil etish va kamida 500 ta ish oʻrinlari yaratish maqsadida — 10,2 mlrd soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7 ta tuman va shahar markazida 12,0 km uzunlikda tunu kun ishlaydigan koʻchalar tashkil qilish va kamida 1 000 ta ish oʻrinlari yaratish maqsadida — 13,9 mlrd soʻm.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PQ-3301-son qarorining 9-bandida Navoiy viloyatining ayrim hududlarida joylashgan foydalanilmay boʻsh yotgan davlat obyektlarini ushbu obyektlar negizida tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlariga yangi ish oʻrinlari yaratish sharti bilan tekin foydalanish huquqi asosida oʻn yil muddatgacha ijaraga berish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mazkur qarorga 6-ilovaga* muvofiq yuqoridagi qaror talablari asosida Konimex va Nurota tumanlaridagi 2 ta, shuningdek, ushbu qaror talablarini tatbiq etgan holda Gʻozgʻon shahri, Navbahor va Xatirchi tumanlaridagi 4 ta texnikum va politexnikumlarning boʻsh turgan bino va inshootlari yangi ish oʻrinlari yaratish sharti bilan tekin foydalanish huquqi asosida ijaraga berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Navoiy viloyati hokimligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy shahri M. Torobiy koʻchasi 105B-uy manzilidagi taʼmirtalab yotoqxonada yashab kelayotgan nogironligi boʻlgan shaxslarni Navoiy shahri boʻylab koʻp kvartirali uylarga koʻchirish orqali ijtimoiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yangi Navoiy shaharchasi” ishbilarmonlik markazida yangi amfiteatr qurilayotganligini inobatga olib, Navoiy shahri Doʻstlik mahallasi 8-dahada joylashgan yaroqsiz holatdagi amfiteatrni foydalanishdan chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqoridagi eskirgan obyektlar oʻrnida zamonaviy arxitektura yechimlariga ega boʻlgan yangi majmualar barpo etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomdi tumani Tomdibuloq ovulida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning ishlab chiqarish faoliyati natijasida yaroqsiz holga kelgan 67 ta yakka tartibdagi uy-joylarda yashovchi aholini koʻchirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni 19-ilovaga* muvofiq shaffof va barcha uchun birdek manfaatli mexanizmlar asosida amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1 — 19 ilovalar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy viloyati hokimligi mazkur bandga asosan amalga oshirilgan ishlar yakunlari toʻgʻrisida 2026-yil oxiriga qadar har olti oyda Vazirlar Mahkamasiga batafsil axborot kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Navoiy viloyati hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarafshon shahri, Xatirchi va Navbahor tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 mln dollar mablagʻ ajratgan holda Navoiy shahridagi “Yangi Navoiy shaharchasi” ishbilarmonlik markazi va “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi qurilishini jadallashtirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda “Yangi Navoiy shaharchasi” ishbilarmonlik markazi va “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurilishi boʻyicha dastlabki ishlarni boshlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun nazarda tutilgan xarajatlar hisobidan Navoiy viloyati mahalliy budjetiga 100 mlrd soʻm ajratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda yuqoridagi takliflarni amalga oshirishga qaratilgan Hukumat qarorlarini qabul qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-sentabrga qadar Tomdi tumani hisobidan Zarafshon shahri hududini kengaytirish va ushbu hududlarning chegaralarini oʻzgartirish boʻyicha Oliy Majlis palatalarining qarorlari loyihalarini belgilangan tartibda kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Navoiy viloyati hokimligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Strategik islohotlar agentligi bilan birgalikda 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Navoiy davlat universitetida viloyatda ehtiyoj yuqori boʻlgan iqtisodiyot, biznes va turizm, investitsiyalarni boshqarish, qishloq xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, logistika kabi yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilishini inobatga olib, dars mashgʻulotlariga xorijiy davlatlardan malakali mutaxassislarni jalb etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Xitoy Xalq Respublikasining qishloq xoʻjaligi sohasidagi yetakchi universitetlari bilan Navoiy davlat universitetida qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish yuzasidan muzokaralar oʻtkazib, natijasiga koʻra taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tijorat banklari va Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xitoy, Turkiya kabi davlatlardan olimlar va mutaxassislarni jalb qilib, 350 ming gektar yaylovga dron bilan iqlimga mos ozuqa ekinlari, dorivor va ziravorlar urugʻlarni sepish, Buxoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tomonidan qoʻshimcha urugʻchilik maydonlarini tashkil etish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelgusi uch yilda 3 mln gektar yaylovda ekin ekishni tashkil qilib, chorva bosh sonini 10 karra koʻpaytirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Karmana, Xatirchi, Navbahor, Tomdi tumanlari va Zarafshon shahrida 600 ming bosh parranda boqish boʻyicha 9 ta kichik loyihani amalga oshirishga koʻmaklashsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlariga xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan 30 mln dollar miqdoridagi imtiyozli mablagʻlarni yoʻnaltirgan holda qoʻychilik, echkichilik va boshqa yoʻnalishlarda chorvachilikni rivojlantirish boʻyicha loyihalar roʻyxatini shakllantirib, ularni 2025-2026-yillarda amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yilda 50 ming bosh chorva, xususan, Moʻgʻulistondan 20 ming bosh goʻsht yoʻnalishidagi mayda shoxli mollar olib kelishni tashkil qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xatirchi, Qiziltepa, Navbahor, Karmana va Konimex tumanlaridagi 30 ta mahallada sut yigʻish shoxobchalarini tashkil etish uchun 7 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻrmon xoʻjaligi agentligi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xatirchi tumanidagi davlat oʻrmon xoʻjaligiga qarashli 60 gektar yer uchastkasini uning yer fondi toifasini oʻzgartirmasdan, yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turini qayta koʻrib chiqqan holda, 30 yil muddatga ijara huquqida, 1 200 tonna baliq yetishtirish loyihasini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda ijaraga bersin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 gektar yer uchastkasini 1 mln bosh parranda va 100 ming bosh bedana yetishtirish loyihasini amalga oshirish sharti bilan belgilangan tartibda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarsin yoki shu maqsadda Xatirchi tuman hokimligi zaxirasiga qaytarsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi ushbu loyihalarni amalga oshirishda qimmatbaho navlarga kirmaydigan daraxtlar va butalarni oʻrmon bilan qoplanmagan boshqa yerlarga kamida besh yil parvarishlash sharti bilan loyiha tashabbuskorlari hisobidan koʻchirishga ruxsat bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi 2025-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, qishloq xoʻjaligi kooperatsiyalari va qishloq xoʻjaligiga agrotexnik xizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlarga zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari va uskunalarini kredit va lizinglar asosida xarid qilish hamda agrotexnik xizmatlar koʻrsatish uchun nazarda tutiladigan imtiyozlarning lazerli tekislash texnikalarini xarid qilish va lazerli tekislash xizmatlariga ham tatbiq etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Suv xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy viloyatidagi 7 ta nasos stansiyasini (Xatirchi, Navbahor, Konimex tumanlarida — 1 tadan, Qiziltepa tumanida — 4 ta) davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanishga berish boʻyicha bitimlar tuzish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur bitimlarda aqlli suv boshqarish tizimlarini joriy qilish orqali elektr energiyasi sarfini oʻrtacha 30 foizga kamaytirishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Viloyat markazidan olisda joylashgan Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlaridagi 150 ming nafarga yaqin aholining oʻziga yaqin hududda oliy taʼlim olishlari uchun sharoit yaratish, oʻqitish va ishlab chiqarish jarayonlarining uzviyligini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining Zarafshon fakulteti (keyingi oʻrinlarda — Konchilik universiteti fakulteti) va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Zarafshon fakulteti (keyingi oʻrinlarda — Axborot texnologiyalari universiteti fakulteti) tashkil etilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fakultetlarda oʻquv jarayoni 2025/2026 oʻquv yilidan yoʻlga qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Fakultetlardagi professor-oʻqituvchilar asosiy Universitet xodimlari hisoblanadi, zaruratga koʻra, xizmat safariga yuborish yoki masofadan dars oʻtish orqali qoʻshimcha ilmiy-pedagogik kadrlar jalb qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Fakultetlar tegishlicha Zarafshon shahri Favvoralar koʻchasi 1-uy hamda Amir Temur koʻchasi 1-uy manzilidagi binolarga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtiriladi, zaruratga koʻra, Zarafshon shahridagi mavjud 3 ta texnikum va politexnikumning binolari ularning quvvati va amaldagi oʻquvchilar soniga koʻra Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan qayta taqsimlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Konchilik universiteti fakultetida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Konchilik ishi”, “Konchilik elektr mexanikasi”, “Metallurgiya” kafedralarining filiallari va ularda oʻqitiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqitish tegishli modullar asosida hududdagi yirik sanoat korxonalari bilan hamkorlikda dual taʼlim shaklida yoʻlga qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konchilik universitetining yuqori kurslarida oʻqiyotgan, Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida doimiy yashaydigan 500 nafardan ortiq talabalar uchun ularning arizasiga koʻra mashgʻulotlar tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududdagi yirik sanoat korxonalariga malakaviy amaliyot (12 hafta) va bitiruv ishi oldi amaliyotini (4 hafta) oʻtash uchun yuborilgan talabalar faoliyati muvofiqlashtirib boriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Axborot texnologiyalari universiteti fakultetida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Axborot texnologiyalarining dasturiy taʼminoti”, “Algoritmlash va matematik modellashtirish”, “Tizimli va amaliy dasturlashtirish” kafedralarining filiallari va ularda oʻqitiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqitish masofaviy taʼlim shaklida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Fakultetlar tekin joylashtirilgan binolarni saqlash xarajatlari — balansda saqlovchilar tomonidan, mehnatga haq toʻlash, mebel, texnika bilan jihozlash va boshqa xarajatlar tegishli universitetlar mablagʻlari (ularga ajratilgan mablagʻlar) hisobidan moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Fakultetlarga rahbarlik qilish, oʻquv jarayonini muvofiqlashtirish fakultet dekanlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov, raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov, Navoiy viloyati hokimi N.T. Tursunov, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ bosh direktori Q.S. Sanaqulov, universitetlar rektorlari B.T. Mardonov va B.Sh. Maxkamov, Zarafshon shahri hokimi N.I. Raxmonov zimmasiga fakultetlar faoliyatini toʻliq va samarali tashkil etish uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy viloyati hokimligi bilan birga Navoiy shahrida 10 ta yoʻnalishda taʼlim beruvchi zamonaviy “Sharq universiteti” nodavlat oliy taʼlim tashkilotini tashkil etish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda koʻrib chiqib, bir oy muddatda tegishli qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev, Bosh prokuror oʻrinbosari S.I. Samadov Navoiy viloyati hokimi N.T. Tursunov bilan birgalikda quyidagi tadbirlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi boʻyicha kunlik nazorat oʻrnatsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 mlrd soʻm budjet ssudasi hisobiga Navoiy shahri, Karmana, Konimex va Uchquduq tumanlarini ichimlik suv bilan taʼminlovchi suv inshootlari va nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish hamda suv taʼminoti tizimiga energotejamkor uskunalar oʻrnatish orqali avtomatlashtirish loyihasi, bunda mazkur ssuda 2025-yil 1-fevralga qadar “Oʻzsuvtaʼminot” AJga uch yil muddatga qaytarish sharti bilan ajratiladi va grafik asosida “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tomonidan qaytariladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-sentabrga qadar texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqib, 2026-yil 1-martga qadar xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilgan holda Uchquduq tumanidagi Mingbuloq suv inshootida qoʻshimcha suv saqlash rezervuarlari qurish va yangidan 78 km ikkinchi tarmoq tortish loyihasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-2027-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida Qiziltepa tumani markazida kanalizatsiya tizimini qurish loyihasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-2026-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navbahor tumanida 4r48 “Zarafshon trakti” avtomobil yoʻlining Yaltirabot va Qalqonota aholi punktlari hududidan oʻtuvchi 159 — 177 km va 180 — 184 km oraliqlaridagi yoʻllarni taʼmirlash hamda piyodalar yoʻlagini qurish loyihasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-sentabrga qadar texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqib, 2026-yil 1-martga qadar xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilgan holda Navoiy shahri va Karmana tumani markazini janub tomonidan aylanib oʻtish uchun M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi avtomobil yoʻlining 147-kilometridan 181,5-kilometrigacha uzunligi 43 km aylanma avtomobil yoʻlini yangidan qurish loyihasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Energetika vazirligi, “Milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan — 2025-2026-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida dastlabki loyiha qiymati 35 mlrd soʻm boʻlgan Nurota tumani Suvliq mahallasigacha 30 km uzunlikda 35/10 kV yangi elektr uzatish havo tarmogʻi va 4 mVt podstansiya qurish loyihasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Navoiy viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” DK tomonidan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari hisobidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025 — 2028-yillarda dastlabki loyiha qiymati 214 mlrd soʻm, shundan 2025-yildagi xarajatlari 25 mlrd soʻm boʻlgan Navoiy, Zarafshon, Uchquduq shaharlari va Zafarobod qoʻrgʻonidagi 113 km yaroqsiz issiqlik tarmoqlarini taʼmirlash loyihasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Navoiy viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” DK tomonidan 2025-yilda Zarafshon shahri va Zafarobod qoʻrgʻonidagi “Issiqlik manbai” davlat korxonasiga qarashli va maʼnan eskirgan 6 ta qozonlarni zamonaviy va energotejamkor qozonlarga almashtirish loyihasi, bunda ushbu loyiha “Issiqlik manbai” davlat korxonasiga 6 yil muddatga qaytarib berish sharti bilan 77 mlrd soʻm budjet ssudasi ajratiladi, ushbu mablagʻ energiya tejamkorligiga erishish hisobiga 6 yil davomida qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi PQ-4929-son qarori asosida Karmana tumanidagi “Navoiy sanoatni rivojlantirish kompleksi” maxsus sanoat parkini muhandislik kommunikatsiyalari va yoʻl infratuzilmasi bilan taʼminlash hamda Karmana tumani Malikrabot qoʻrgʻonidagi oqova suv tozalash inshooti va “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlariga 2025-yilda mablagʻ ajratishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qoʻchqorov, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn kun muddatda Xatirchi tumani Maydonsoy mahallasidagi soy oʻzanida sel suvlarini yigʻish uchun Maydonsoy sel suv ombori qurish loyihasi yuzasidan aniq hisob-kitoblar asosida taqdimot oʻtkazib, qurilish ishlarini 2025-yilda boshlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda Nurota tumani Sentob mahallasidagi soy oʻzanida sel suvlarini yigʻish uchun 2026-yilda Sentobsoy sel suv omborini qurish masalasi boʻyicha aniq hisob-kitoblar asosida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Uzbekistan Airports” AJ hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Navoiy xalqaro aeroporti salohiyatini oshirib, uni mahalliy xabga aylantirish maqsadida ushbu aeroport yuk terminalini xususiy sektor boshqaruviga berish boʻyicha taklif kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-sentabrga qadar Zarafshon shahri aeroporti faoliyatini Navoiy xalqaro aeroporti filiali sifatida qayta tiklasin, bunda mahalliy aviaqatnovlar tashkil qilish nazarda tutilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil yakuniga qadar “Navoiy-Buxoro” elektrlashtirilgan yuqori tezlikdagi temiryoʻl liniyasining ikkinchi yoʻlini qurish ishlari amalga oshirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 20-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qoʻchqorov, J.A. Xodjayev va Navoiy viloyati hokimi N.T. Tursunov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 12-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-430-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi PQ-430-son qaroriga
20-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi “Respublika hududlarida mebelsozlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5155-son qarorining 2-bandi “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“b) kichik sanoat zonalaridagi ishlab chiqarish maydonlariga bosh rejaga asosan, ustuvor ravishda, mebel va uning butlovchi qismlarini ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish obyektlari joylashtiriladi, bunda elektron onlayn auksion savdolarida birorta talabgor ishtirok etmagan lotlarga mebel mahsulotlarini ishlab chiqarishga zarar yetkazmaydigan sanoat va xizmat koʻrsatish yoʻnalishlaridagi boshqa loyihalarni joylashtirishga ruxsat beriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-104-son qarori 2-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“(palatkali (kemping) lagerlar va oʻtovli lagerlar shaklidagi mehmonxonalar (joylashtirish vositalari) uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini 90 foizga kamaytirish boʻyicha imtiyozni 2037-yil 1-yanvarga qadar qoʻllash)”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 72-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“strategik turdagi yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini savdo platformasida sotishdan olingan pul mablagʻlari ketma-ketlik bilan quyidagi tartibda taqsimlanadi: boshlangʻich narxining uch foizi hamda boshlangʻich narx bilan sotilgan narx oʻrtasidagi farq summasining oʻn foizi Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining hisobvaragʻiga, boshlangʻich narxiga teng mablagʻ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, qolgan mablagʻlar Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi orqali teng taqsimlangan holda oʻtkaziladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “Joylashtirish vositalari” ustunidagi “kempinglar va boshqalar” soʻzlari “kempinglar va boshqalar*” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagi mazmundagi havola bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“* Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlari hududidagi palatkali (kemping) lagerlar va oʻtovli lagerlar uchun turistik (mehmonxona) yigʻim miqdori tegishlicha BHMning 7,5, 5 va 2,5 foizi miqdorida belgilanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2024-y., 07/24/430/1032-son)