06.12.2024 yildagi 814-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.12.2024 yildagi 814-son
Date of entry into force
12.12.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 19-apreldagi PF-68-son Farmoni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 19-apreldagi PF-68-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish faoliyatini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 19-apreldagi PF-68-son Farmoniga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni (keyingi oʻrinlarda — Internet tarmogʻidagi oʻyinlar) tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lotereya, Internet tarmogʻidagi oʻyinlarni va bukmekerlik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida tashkil etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik lotereya, Internet tarmogʻidagi oʻyinlarini tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini tartibga solish hamda litsenziyalash boʻyicha vakolatli organ (keyingi oʻrinlarda — litsenziyalovchi organ) etib belgilanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tomonidan lotereya, Internet tarmogʻidagi oʻyinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini litsenziyalash tartibi belgilanishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni, lotereyalar tashkil etish faoliyati va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga qoʻyiladigan litsenziya talablari hamda shartlari 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni, lotereyalar tashkil etish va oʻtkazishda hamda bukmekerlik faoliyatidagi cheklovlar 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni, lotereyalar va bukmekerlik faoliyatini tashkil etish faoliyati tashkilotchilarining mijozlarini raqamli (masofadan) identifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni, lotereyalar tashkil etish faoliyati va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga oid ayrim toʻlovlar turlari hamda miqdorlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Agentlikning quyidagilarni nazarda tutuvchi Stavkalar va oʻyinchilarning yagona davlat registrini (keyingi oʻrinlarda — Registr) yuritish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻyinchilar yagona reyestri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Cheklovlar (taqiqlar), shu jumladan, bukmekerlik garovlarida yoki Internet tarmogʻidagi oʻyinlarda sarflash (yutqazish) mumkin boʻlgan mablagʻlar boʻyicha limitlar yagona reyestri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib olingan lotereya chiptalari, bukmekerlik garovlari uchun qabul qilingan mablagʻlar va Internet tarmogʻidagi oʻyinlarga kiritilgan mablagʻlar bilan bogʻliq moliyaviy tranzaksiyalar reyestri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yutuqlar boʻyicha toʻlovlar reyestri.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagilar Registrni tashkil etish va uning faoliyat koʻrsatishining asosiy maqsadlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohasida pul aylanmalari ustidan nazorat hamda konsolidatsiyalashgan hisobni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereya va bukmekerlik tashkilotchisi bilan manfaatlar toʻqnashuvi holatlarida oʻyinchining manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻyin qaramligiga qarshi kurashish va uning oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Agentlik Registrni ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi vazifasini bajaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ Registrni ishlab chiquvchi va uning operatori hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) quyidagilar moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Registrni ishlab chiqish ishlari — Agentlik yoki Registr operatorining mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Registrni texnik qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish — ushbu qarorga 4-ilovaning 5-bandida nazarda tutilgan mablagʻlarning 50 foizi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan litsenziyalar asosida tashkil etilgan lotereya, Internet tarmogʻidagi oʻyinlar va bukmekerlik garovlarida qatnashish qimor va boshqa tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarda qonuniy qatnashish hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lotereyalar anʼanaviy (lotereya chiptalarini qogʻoz shaklda chiqarish) va elektron shaklda tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish uchun 5 yil muddatga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereya va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari oʻz xizmatlarini koʻrsatish uchun Internet jahon axborot tarmogʻi milliy segmentidagi faqatgina bitta domen nomidan foydalanishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet tarmogʻidagi oʻyinlar tashkilotchilarining oʻyinlar dasturiy taʼminoti hamda lotereyalar tashkilotchilarining tasodifiy raqamlar generatori texnologiyalari litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan tegishli muvofiqlikni baholash boʻyicha organlarning va sinov laboratoriyalarning sertifikatiga ega boʻlishlari shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lotereyalar tashkil etishdan yigʻilgan mablagʻlar gʻoliblarga yutuq (sovrin) sifatida anʼanaviy tarzda tashkil etilgan lotereyalar uchun kamida 50 foiz hamda elektron shaklda esa — kamida 75 foiz miqdorida taqsimlanadi (toʻlanadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet tarmogʻidagi oʻyinlarni, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berishdan hamda litsenziyani oʻzgartirishdan tushadigan davlat bojining 20 foizi litsenziyalovchi organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bir vaqtning oʻzida quyidagi mezonlardan kamida ikkitasi mavjud boʻlganda, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar, shu jumladan, Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, bukmekerlik garovi va lotereyalarning (keyingi oʻrinlarda — oʻyinlar) oʻtkazish joyi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi tan olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻyinchi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻyin Oʻzbekiston Respublikasining hududida tashkil etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻyinchi Oʻzbekiston Respublikasining hududidan oʻyinda ishtirok etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻyinga kirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining hududida roʻyxatdan oʻtgan IP-manzildan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro kodi mavjud boʻlgan mobil telefon raqamidan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻyinga pul kiritish hamda chiqarish uchun Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banki tomonidan emissiya qilingan bank kartasidan foydalanilganda yoki toʻlovlarga ishlov berish va ularning kliringi Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻyin Oʻzbekiston Respublikasining hududida yashovchi oʻyinchilar uchun moʻljallanganda, shu jumladan, davlat tilida taqdim etilganda yoki reklama qilinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, elektron shakldagi lotereyalar va bukmekerlik tashkilotchilari yangi oʻyinchilarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda bukmekerlik garovlariga stavkalarni qabul qilish, internet tarmogʻidagi oʻyinlarga pul kiritish faqat elektron shaklda Registrdan foydalangan va oʻyinchini shaxsi tasdiqlangan holda, oʻzining veb-sayti orqali amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Agentlikka quyidagi vakolatlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar va lotereya tashkil etish hamda oʻtkazish sohasida noqonuniy xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy yuridik shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — xorijiy yuridik shaxslar) faoliyatini tekshirish. Bunda ushbu tekshirishlarga Oʻzbekiston Respublikasining tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati sohasidagi qonunchilik hujjatlari tatbiq etilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lotereya va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun xorijiy yuridik shaxslarga nisbatan jarimalar qoʻllash. Bunda ushbu jarimaning 50 foizi litsenziyalovchi organning hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lotereya va Internet tarmogʻidagi oʻyinlarni tashkil etish, bukmekerlik faoliyatini litsenziyalashda, shuningdek, lotereyalar va Internet tarmogʻidagi oʻyinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini tartibga solish hamda nazorat qilishda asoslantirilgan mulohazadan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) litsenziyalovchi organ tomonidan qoʻyidagilar yuritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet tarmogʻidagi tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereya va bukmekerlik garovlarida qatnashishi taqiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va chet el fuqarolarining toifalari roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — cheklovlar roʻyxati);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga qaramligi mavjud shaxslar roʻyxati. Mazkur roʻyxatga jismoniy shaxs oʻz arizasiga 6 oydan 5 yilgacha muddatga yoki uning yaqin qarindoshining arizasiga muvofiq sudning qarori asosida 5 yil muddatga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Agentlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) uch oy muddatda fuqarolarning yoshi, sogʻligʻi, daromad manbai va boshqa maʼlumotlarni inobatga olgan holda, Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik garovlarda qatnashishi taqiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining toifalari roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli texnologiyalar vazirligining texnik koʻmagida cheklovlar roʻyxati tasdiqlangan soʻng ikki oy muddatda Registr tegishli maʼlumotlardan foydalanish uchun vazirlik va idoralarining axborot tizimlari hamda bazalariga ulanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Agentlik 2025-yil 1-yanvarga qadar Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini litsenziyalash, Lotereyalar tashkil etish va oʻtkazish, Bukmekerlik faoliyatini tashkil etish va oʻtkazish, Internet butunjahon axborot tarmogʻida oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish tartiblari, Stavkalar va oʻyinchilar yagona davlat registri toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish sohasida noqonuniy xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy yuridik shaxslarga jarima qoʻllash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Markaziy bank, Soliq qoʻmitasi, Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunga xilof ravishda qimor oʻyinlarini tashkil etish va oʻtkazish, shu jumladan, qimorxonalar tashkil etish va ularni saqlashni hamda oʻyinlarga pul kiritish uchun xalqaro toʻlov tizimlaridan foydalanish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori D.R. Li zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 6-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
814-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-dekabrdagi 814-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni, lotereyalar tashkil etish faoliyati va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga qoʻyiladigan litsenziya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TALABLARI VA SHARTLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni (keyingi oʻrinlarda — Internet tarmogʻidagi oʻyinlar), lotereyalar tashkil etish faoliyatini hamda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) faoliyatning faqat Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari — yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda joylashgan elektron platforma mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Internet tarmogʻida oʻyinlarni va lotereya tashkil etish faoliyati hamda bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari faqat mazkur faoliyat turlari bilan shugʻullanishga haqli. Bunda bir paytning oʻzida Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni va lotereyalar tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish uchun har bir faoliyat turi uchun alohida litsenziya olish mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ariza berilgan sanada mablagʻ shaklida shakllantirilgan quyidagi ustav kapitali mavjudligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet tarmogʻida oʻyinlar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchisi uchun bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir yuz ellik ming baravari miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lotereya tashkilotchisi — bazaviy hisoblash miqdorining kamida ellik besh ming baravari miqdorida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustav kapitalini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablagʻlardan va majburiyatlar yuklatilgan boshqa mablagʻlardan, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan mablagʻlardan foydalanish taqiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) yutuqlar boʻyicha qarzdorlikni toʻlash, stavkalarni qaytarib berish, soliq majburiyatlar va boshqa qarzdorliklarni qoplash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet tarmogʻida oʻyinlar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchisi uchun bazaviy hisoblash miqdorining kamida yetmish besh ming baravari miqdorida, lotereya tashkilotchisi — bazaviy hisoblash miqdorining kamida qirq ming baravari miqdorida mablagʻ shaklida rezerv fondini litsenziyalovchi organning Oʻzbekiston Respublikasining tijorat bankida alohida hisobvaraqda zaxiraga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur bandning ikkinchi xatboshisida belgilangan tegishli summaga bank kafolati yoki sugʻurta tashkilotining sugʻurta polisini taqdim qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Internet tarmogʻida oʻyinlar va lotereya tashkil etish faoliyati hamda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish, shaxsga doir maʼlumotlarni saqlash va ulardan foydalanish hamda reklama sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) litsenziat faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq maʼlumotlarni vakolatli organning soʻroviga binoan bepul taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) Internet jahon axborot tarmogʻi milliy segmentidagi faqat bitta domen nomidan foydalangan holda faoliyatni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) Internet tarmogʻida oʻyinlar va lotereya tashkil etish faoliyati hamda bukmekerlik faoliyati tashkilotchilarini boshqarishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terroristik faoliyatda yoki ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm, ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatish, ularni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar noqonuniy savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlik uchun gumonlanayotgan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan yoxud sudlanganlik holati tugallanmagan shaxslar tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan, kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan, Internet tarmogʻida oʻyinlarni va lotereyalar tashkil etish faoliyatini yoki bukmekerlik faoliyatni amalga oshirgan yuridik shaxslarning, ushbu shaxslarning aybi bilan yoʻl qoʻyilgan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi uchun koʻrsatib oʻtilgan yuridik shaxslarda faoliyatning tegishli turini amalga oshirishga berilgan litsenziyalarning amal qilishi toʻxtatilgan paytda, agar bunday toʻxtash paytidan boshlab uch yildan kam vaqt oʻtgan boʻlsa, muassislari yoki bosh hisobchilari boʻlgan shaxslar tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs bankrot deb eʼtirof etilgan paytda va eʼtirof etilgan paytdan boshlab ikki yil oʻtmagan boʻlsa, yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan yoki kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan shaxslar tomonidan yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) Internet tarmogʻida oʻyinlar, lotereyalar tashkil etish faoliyati hamda bukmekerlik faoliyati tashkilotchilarining ustav kapitalida quyidagilarning mulkdori va (yoki) oxirgi benefitsiar mulkdori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“i” bandida koʻrsatilgan shaxslarning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda roʻyxatdan oʻtgan kompaniyalar hamda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslarning boʻlishiga (ishtirok etishiga) yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) “i” va “k” bandlarda koʻrsatilgan shaxslarning Internet tarmogʻida oʻyinlar va lotereyalar tashkil etish faoliyati hamda bukmekerlik faoliyati tashkilotchilarini bosh hisobchi sifatida ishga qabul qilmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) taʼsischilari boʻlgan yuridik shaxslarning haddan tashqari (oxirgi benefitsiar mulkdorgacha uchta pogʻonadan koʻp) darajalarga tabaqalashtirilgan Internet tarmogʻida oʻyinlarni va lotereya tashkil etish faoliyati hamda bukmerkerlik faoliyati tashkilotchisi faoliyatiga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) Internet tarmogʻida oʻyinlar, bukmekerlik garovlarida ishtirok etish uchun mablagʻlarni qabul qilish, lotereya chiptalarini sotib olish va yutuqlarni toʻlash faqat Stavkalar va oʻyinchilarning yagona davlat registri orqali amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o) Internet tarmogʻida oʻyinlar, bukmekerlik garovlari va lotereya chiptalarini sotib olish uchun mablagʻlarni kiritish boʻyicha belgilangan limitlar hamda internet tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni lotereyalar tashkil etish hamda oʻtkazish va bukmekerlik faoliyatidagi taqiqlarga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
p) Internet tarmogʻida oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchisining ustav kapitalidagi ulushini jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan, norezidentlarga realizatsiya qilish masalalarini litsenziyalovchi organ bilan kelishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
r) Internet tarmogʻida oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchisining rahbariyati (direktori va uning oʻrinbosarlari), bosh hisobchi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tarkibiy boʻlinma rahbarini oʻzgartirish masalalarini litsenziyalovchi organ bilan kelishish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lotereyalar tashkilotchilariga qoʻyiladigan qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlari quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) chiqarilayotgan va muomaladagi oʻyin chiptalari hajmi faoliyatning birinchi yili mobaynida — litsenziat oʻz sarmoyasining besh baravaridan, faoliyatning ikkinchi yili mobaynida — oʻn baravaridan va faoliyatning keyingi yillarida — yigirma besh baravaridan ortiq boʻlmasligi kerak. Litsenziatning oʻz sarmoyasi miqdori yetarli boʻlmagan taqdirda, lotereyalar moʻljallanayotgan hajmda faqat moliya tashkilotlarining zarur miqdorlarda taʼminlash kafolati mavjud boʻlganda oʻtkazilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oʻyinlarni faqat litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan tegishli muvofiqlikni baholash boʻyicha organlarning va sinov laboratoriyalarning sertifikatiga ega yutuqli chiptalarni tasodifiy tanlab olish jarayoniga inson omilining biron-bir taʼsirini toʻliq istisno qiluvchi texnologiyalar va jihozlarni, shu jumladan, tasodifiy raqamlar generatorini qoʻllagan holda oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) yutuqli lotereya chiptalari ishlab chiqarish davomida aniqlanadigan yoxud bir yoki bir necha chiptalar uchun qisman oʻyinlar oʻtkaziladigan tirajsiz lotereyalarni oʻtkazmaslik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmatlarni koʻrsatish uchun foydalanayotgan oʻyinlarning dasturiy taʼminoti litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan tegishli muvofiqlikni baholash boʻyicha organlarning va sinov laboratoriyalarning sertifikatiga ega boʻlishi Internet tarmogʻidan oʻyinlar tashkilotchisining qoʻshimcha litsenziya talabi va sharti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Ushbu ilova Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni va lotereya tashkil etish faoliyatini hamda bukmekerlik faoliyatini litsenziyalashga oid tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgandan soʻng kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-dekabrdagi 814-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni, lotereyalar tashkil etish va oʻtkazishda hamda bukmekerlik faoliyatidagi cheklovlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni, lotereya tashkil etish va oʻtkazishdagi hamda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishda quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga tegishli hisobraqamlardan, shu jumladan, bank kartasi hisobraqamlaridan, tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik garovlarida ishtirok etishi, yutishi yoki yutqazishi bilan bogʻliq toʻlovlar amalga oshirilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Lotereya biletlarni sotish punktlaridan tashqari oʻyinchilar bevosita ishtiroki va boʻlishi bilan bogʻliq tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan statsionar yoki koʻchma oʻyin zallari, kazino, oʻyin avtomatlar zallari yoki boshqa oʻyin muassasalarining tashkil etilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagi bukmekerlik garovlarini tashkil etish va oʻtkazish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining hududida va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirokida hodisalarga (sport oʻyinlari va musobaqalari, siyosiy jarayonlar, tanlovlar va boshqalar), bundan xalqaro federatsiyalar qoidalar asosida tegishli darajada tayyorgarlik, nazorat va hakamlikni taʼminlangan holda, tomoshabinlar ishtirokida oʻtkaziladigan sport oʻyinlari va xalqaro darajadagi hodisalar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar va oʻsmirlar sport musobaqalariga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-dekabrdagi 814-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni, lotereyalar va bukmekerlik faoliyatini tashkil etish faoliyati tashkilotchilarining mijozlarini raqamli (masofadan) identifikatsiya qilish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan boʻlib, Internet tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyatini koʻrsatishni (keyingi oʻrinlarda — oʻyin) tashkil etish boʻyicha xizmatlarni taqdim etish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda chet ellik fuqarolarni raqamli (masofadan) identifikatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
verifikatsiya — mijozning identifikatsiya maʼlumotlarini tekshirish tartib-taomillari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
identifikatsiya — mijozning identifikatsiya maʼlumotlarini aniqlash tartib-taomili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazorat qoidalari — Internet tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereya va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz — Internetda tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni, lotereyalar va bukmekerlik faoliyatini tashkil etish boʻyicha tashkilotchilarning kontragenti sifatida bitimlarni (operatsiyalar) amalga oshiruvchi jismoniy shaxs, shu jumladan, chet ellik jismoniy shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
platforma — oʻyinlar bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha elektron maydoncha (platforma);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli (masofadan) identifikatsiya qilish — axborot tizimlaridan foydalangan holda masofadan mijozlarni identifikatsiya qilish va shaxsini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxat — terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashuvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlari taqdim etayotgan maʼlumotlar, shuningdek, chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlari rasmiy kanallar orqali taqdim etayotgan maʼlumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻyin tashkilotchisi — Internet tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkil etish bilan shugʻullanish uchun belgilangan tartibda litsenziya olgan yuridik shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻyin tashkilotchisi mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tizimini joriy etishdan avval jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatish xavfi darajasini oʻrganish, tahlil va identifikatsiya qilish, baholash, monitoringini yuritish, boshqarish, hujjatlashtirish boʻyicha ichki qoidalarni, shuningdek, ularni qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz ichiga oluvchi raqamli identifikatsiya qilish tartibini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz taqdim qilgan maʼlumotlarga asoslangan holda, mijoz shaxsini oʻyin tashkilotchisi masʼul xodimi tomonidan tekshirish va identifikatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻyin tashkilotchisi axborot tizimlari tomonidan real vaqt rejimida inson omilisiz mijozning shaxsini tekshirish va identifikatsiya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻyin tashkilotchisi ushbu Nizomning 4-bandi uchinchi xatboshisida qayd etilgan usul boʻyicha mijozning shaxsini tekshirish va identifikatsiya qilishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsni tasdiqlovchi hujjatning (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoki xorijiy davlatlar fuqarolari uchun ularga tenglashtirilgan hujjatlar) ichki nazorat qoidalari talablariga muvofiq tegishli maʼlumotlarga ega boʻlgan qismlari fotosuratlarini mijozdan qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizom talablariga muvofiq mijozning fotosurati va (yoki) videotasvirini qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, belgilangan tartibda Oʻzbekiston hududida doimiy yoki vaqtincha yashab turgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimining jismoniy va yuridik shaxslar markaziy maʼlumotlar bazalariga (keyingi oʻrinlarda — markaziy maʼlumotlar bazasi) soʻrov yuborish orqali undagi maʼlumotlar bilan solishtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el fuqarolari tomonidan taqdim etilgan elektron tasvirlar va hujjatlar nusxalari (keyingi oʻrinlarda — verifikatsiya uchun dasturiy mahsulotlar) haqiqiyligini taʼminlovchi dasturiy mahsulotlar (axborot tizimlari)dan foydalangan holda maʼlumotlarni solishtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi fotosuratni ushbu Nizomga muvofiq qabul qilingan fotosurat va (yoki) videotasvir bilan, shuningdek, markaziy maʼlumotlar bazasida joylashtirilgan fotosurat bilan (agar mavjud boʻlsa) solishtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz bilan bogʻlanishda foydalaniladigan mobil telefon raqamini aynan ushbu mijoz tomonidan foydalanilayotganligini aniqlash imkonini beruvchi usul (mobil telefonga bogʻlanish, SMS xabar yuborish) yordamida tekshiradi. Bunda xorijda joylashgan mijozlarni identifikatsiya qilishda mobil raqam oʻrniga elektron pochta manziliga joʻnatilgan kod orqali tasdiqlashga yoʻl qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning ichki nazorat qoidalariga muvofiq yuqori xavf toifasiga kirmasligini aniqlash uchun tekshirishlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlar markaziy maʼlumotlar bazasida topilmagan taqdirda, oʻyin tashkilotchisiga mijoz bilan onlayn videokonferensaloqani oʻrnatib, mijozni identifikatsiya qilishiga ruxsat beriladi. Bunda oʻyin tashkilotchisi masʼul xodimi videokonferensaloqa orqali quyidagilarni aniqlashi va videotasvirga tushirilishini taʼminlashi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aniq koʻrinadigan mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlgan davlat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning ushbu oʻyin tashkilotchisidan xizmatlarni olish istagini audiovizual tasdiqlash (mijozning ogʻzaki nutqi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻyin tashkilotchisining masʼul xodimi mijoz bilan onlayn video konferensiya tashkil qiladi va mijoz tomonidan taqdim etilgan qoʻyidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning maʼlumotlari aniq koʻringan shaxsini tasdiqlovchi hujjatini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz ushbu shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ushlab turgan holatini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning shartnoma imzolash istagida ekanligini tasdiqlovchi audiovizual tasdiq (mijozning ogʻzaki nutqi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻyin tashkilotchisining masʼul xodimi mijoz bilan onlayn videokonferensaloqani oʻrnatib, mijoz tomonidan taqdim qilingan axborotlarning aynan unga tegishliligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻyin tashkilotchisi raqamli identifikatsiya qilish uchun quyidagilarni taʼminlashi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) raqamli identifikatsiya qilish tartibini, shuningdek, mijoz tomonidan taqdim etiluvchi maʼlumotlarga (rasm yoki fayl hajmi, oʻqilishi, formati va boshqalar) qoʻyilgan talablarni belgilovchi ichki hujjatlarni ishlab chiqishi va tasdiqlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) konfidensiallik va shaxsga doir maʼlumotlar himoyasini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) markaziy maʼlumotlar bazasiga ulangan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) verifikatsiya uchun dasturiy mahsulotlar mavjud boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) shaxsiy platformalariga quyidagilarni taʼminlovchi funksiyalari boʻlishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsga doir maʼlumotlar subyektining uning shaxsga doir maʼlumotlarini belgilangan tartibda uzatish va qayta ishlashga roziligini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda soʻrovlarni shakllantirish va markaziy maʼlumotlar bazasidan javoblarni qabul qilishni avtomatlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni markaziy maʼlumotlar bazasidan yoki tekshirish uchun dasturiy mahsulotlardan olingan maʼlumotlar bilan solishtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz tomonidan kiritilgan maʼlumotlarni roʻyxat hamda Stavkalar va oʻyinchilar yagona davlat reyestrining cheklovlar (taqiqlar) yagona reyestri bilan avtomatik tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlar va amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar zaxira nusxalarini tizimli shakllantirish, maʼlumotlarning oʻzgarmasligi va saqlanishini hamda ularni qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda keyinchalik saqlash uchun yuklanishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Verifikatsiya qilish uchun dasturiy mahsulotlarni tanlashda chet ellik jismoniy shaxs davlatining vakolatli davlat organlari tomonidan taqdim etilgan shaxsga doir maʼlumotlarning haqiqiyligini tasdiqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi dasturiy mahsulotlarga (axborot tizimlari) ustunlik berilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Raqamli identifikatsiya qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish oʻyin tashkilotchisi tomonidan amaliy ish munosabatlari oʻrnatilgan holatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda amaliy ish munosabatlariga kirish vaqti sifatida mijozning oʻyinlarda ishtirok etish uchun oʻyin tashkilotchisi platformasiga maʼlumotlarni kiritishining boshlanishi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mijozning shaxsini tekshirish va aniqlash jarayonida oʻyin tashkilotchisi tomonidan ushbu Nizomning 4-bandi uchinchi xatboshisida belgilangan tartibda mijozlarni aniqlash uchun foydalaniladigan axborot tizimi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mijozdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud xorijiy davlatlar fuqarolari uchun ularga tenglashtirilgan hujjatlar) seriyasi va raqamini yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami va tugʻilgan sanasini yoxud ushbu maʼlumotlardan barchasini hamda ushbu Nizomga muvofiq fotosuratini yoki videotasvirini real vaqt rejimida oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) markaziy maʼlumotlar bazasiga soʻrov yuboradi va mijozning quyidagi shaxsga doir maʼlumotlarini oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), markaziy maʼlumotlar bazasida shaxsini tasdiqlaydigan maʼlumotlari boʻlmagan chet el fuqarolari bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud xorijiy davlatlar fuqarolari uchun ularga tenglashtirilgan hujjatlarning berilgan sanasi, amal qilish muddati hamda berilgan joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tilida familiyasi, ismi, otasining ismi (lotin yozuvida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinsi, tugʻilgan mamlakati, tugʻilgan joyi, millati, fuqaroligi hamda doimiy yoki vaqtincha yashash joyi haqidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mijozdan real vaqt rejimida olingan fotosuratni yoki videotasvirdagi fotosuratni markaziy maʼlumotlar bazasidan olingan fotosurat bilan (agar mavjud boʻlsa) avtomatlashtirilgan holda (inson omilisiz) solishtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) mijoz bilan bogʻlanishda foydalaniladigan mobil telefon raqami aynan ushbu mijoz tomonidan foydalanilayotganligini aniqlash imkonini beruvchi usul (mobil telefonga bogʻlanish, SMS xabar yuborish) yordamida tekshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) qabul qilingan maʼlumotlarni ichki nazorat qoidalariga muvofiq roʻyxat bilan avtomatlashtirilgan holda (inson omilisiz) solishtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻyin tashkilotchisi mijozni raqamli identifikatsiya qilishda oʻz axborot tizimlaridan yoki shartnoma asosida uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan axborot tizimlaridan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish uchun foydalaniladigan axborot tizimlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda joylashgan boʻlishi (mijoz bilan onlayn videokonferensiya sessiyasini oʻtkazish uchun foydalaniladigan serverlar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotni uzatishda oʻzaro shifrlashni taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faqat real vaqt rejimida yaratilgan fotosurat va (yoki) videotasvirdan foydalanishni taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fotosurat va (yoki) videotasvir almashtirish hamda buzishdan, ilgari yaratilgan fotosurat va (yoki) videotasvirdan foydalanishdan himoyalangan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
identifikatsiya qilishda mijozlar tomonidan boshqa mijozlarning fotosurati va (yoki) videotasviridan foydalanishga boʻlgan urinishlarni aniqlash imkonini berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mijozni raqamli identifikatsiya va raqamli autentifikatsiya qilishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fotosurat va (yoki) videotasvir rangli boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
videotasvir tovushli boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning yuzi qisman yoki toʻliq yashirilmagan boʻlishi, mijozning yuziga soya tushmasligi, shuningdek, mijoz yuzni qoplaydigan koʻzoynakda (shaffof oynali koʻzoynakdan tashqari) boʻlmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
video fonni oʻzgartirish yoki retush texnologiyasidan foydalanmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fotosurat va (yoki) videotasvirda mijozning yuzi yaqqol koʻrinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻyin tashkilotchisi tomonidan mijozlar bilan shartnoma tuzish vaqtida ularning shaxsga doir maʼlumotlarini olish maqsadida Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) talablaridan kelib chiqib, “Oʻz mijozingni bil” (KYC va e-KYC) va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish” (AML/CFT) tizimlariga muvofiq mijozlarni tekshirish tizimi amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar markaziy maʼlumotlar bazasi maʼlumotlariga, shuningdek, tekshirish uchun dasturiy mahsulotlardan olingan maʼlumotlarga mos kelsa va haqiqiy boʻlsa, mijoz identifikatsiya qilingan va maʼlumotlar verifikatsiyadan oʻtgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Raqamli identifikatsiya qilishdan oʻtgandan soʻng mijozga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli tekshirish choralari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Raqamli identifikatsiya qilish jarayonida mijoz anketasini toʻldirish va yuritish mijozlarni tegishli darajada tekshirishni tartibga soluvchi qonun talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Quyidagi holatlarda mijozlar raqamli identifikatsiya qilinmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligiga shubha tugʻilgan holatlarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxs 18 yoshga toʻlmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy shaxsining mobil telefon raqamidagi xalqaro mamlakat kodi bilan milliy kod oʻrtasidagi tafovut mavjud boʻlsa, shuningdek, uning IP-manzili Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telefon raqamini roʻyxatga olish davomida chet ellik jismoniy shaxs tomonidan fuqaroligi koʻrsatilgan davlatning xalqaro kodiga mos kelmaydigan mobil telefon raqami koʻrsatilsa yoki uning IP-manzili boshqa davlatda joylashgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi fotosuratning ushbu Nizomga muvofiq tayyorlangan fotosurat va (yoki) videoyozuvga hamda markaziy maʼlumotlar bazasiga joylashtirilgan fotosuratga mos kelishiga shubha mavjud boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozdan olingan maʼlumotlar va markaziy maʼlumotlar bazasida joylashgan maʼlumotlar oʻrtasidagi tafovut boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarning ushbu Nizom talablariga mos kelmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning shubhali xatti-harakati, shu jumladan, platformada mijoz tomonidan taqdim etilgan videoda uning uchinchi shaxslar koʻrsatmalari boʻyicha harakat qilayotganligi, alkogol mahsulotlari yoki giyohvand moddalaridan mastlik holatida ekanligi, shuningdek, boshqa shubhali xatti-harakatlar belgilari mavjud boʻlgan holatlarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻyin tashkilotchisi raqamli identifikatsiya qilishdan oʻtgan mijozlarga nisbatan mijozlardan olingan fotosuratlar va (yoki) video yozuvlarni, tekshirishning aniq sanasi va vaqti koʻrsatilgan hujjatlarni, shuningdek, markaziy maʼlumotlar bazasini ishlatgan holda maʼlumotlar haqqoniyligini tekshirish natijalarini, tekshirish uchun ishlatilgan dasturiy mahsulotlarni mijozlar soʻrovnomalari bilan birgalikda ichki nazorat qoidalariga muvofiq kamida besh yil muddat saqlashlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻyin tashkilotchisi litsenziyalovchi organ yoki maxsus vakolatli organning talabiga (soʻrovi) koʻra mijozni raqamli identifikatsiya qilish bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar va materiallarni taqdim etishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilishning toʻliqligi va sifati uchun oʻyin tashkilotchilari javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻyin tashkilotchisi verifikatsiya uchun dasturiy mahsulotlardan foydalanganda, ulardan foydalanish bilan bogʻliq barcha xavflarni oʻz zimmasiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-dekabrdagi 814-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni, lotereyalar tashkil etish faoliyati va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga oid ayrim toʻlovlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TURLARI HAMDA MIQDORLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni, lotereyalar tashkil etish faoliyati va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya qayta rasmiylashtirilganligi uchun ariza berilgan kunidagi bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari miqdorida yigʻim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Litsenziyani oʻzgartirilganligi uchun tegishli litsenziyani rasmiylashtirilganligi uchun toʻlanadigan summaning 50 foizi miqdorida davlat boji.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Lotereyani oʻtkazish shartlari tasdiqlanganligi uchun lotereya tashkilotchisi oʻtkaziladigan oʻyin hajmining 0,1 foizi miqdorida litsenziyalovchi organning hisobvaragʻiga toʻlanadigan yigʻim. Ilgari tasdiqlangan shartlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda (chiqariladigan lotereyalar umumiy summasining oʻzgartirilishi va toʻldirilishidan tashqari, bunda yigʻim toʻliq miqdorda toʻlanadi), yigʻim ushbu shartlarni tasdiqlash uchun toʻlangan summaning 50 foizi miqdorida toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Litsenziyalovchi organ Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereya va bukmekerlik faoliyati tashkilotchisi tomonidan lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar toʻgʻrisidagi qonunchilik, shu jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi uchun Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereya va bukmekerlik faoliyati tashkilotchisining ustav fondi (ustav kapitali) eng kam miqdorining 1 foizidan oshmagan miqdorda belgilangan tartibda undiriladigan jarima.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu jarimaning 50 foizi litsenziyalovchi organning hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻyinchi tomonidan bukmekerlik garovlariga va Internet tarmogʻida oʻyiniga kiritilgan mablagʻlarning summasidan hamda sotilgan har bir lotereya chiptasining narxidan 1 foizi miqdorida litsenziyalovchi organning hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan ajratma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Ushbu ilovaning 1 va 4-bandlari tegishli qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgandan soʻng kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-dekabrdagi 814-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Pul-buyum lotereyalari oʻtkazishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Lotereyalar oʻtkazishni tashkil etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 2-avgustdagi 182-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Soliq imtiyozlari tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2009-yil 17-iyundagi 168-son qaroriga 2-ilovaning 29-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-son Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni)” 2018-yil 19-yanvardagi 34-son qaroriga 1-ilovaning 15-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qarori)” 2019-yil 10-avgustdagi 661-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qoʻllanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 23-noyabrdagi 943-son qaroriga 5-ilovaning 5-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 39-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son va “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonlari)” 2020-yil 14-apreldagi 217-son qaroriga 1-ilovaning 11-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 86-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasining “2022 — 2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 4-apreldagi 154-son qaroriga 2-ilovaning 31-pozitsiyasi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2024-y., 09/24/814/1019-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)