21.11.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3579
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi, 21.11.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3579
Date of entry into force
23.02.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taʼminotini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 21-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3579]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 3391-moddasiga muvofiq bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taʼminotini qoʻllash tartibini belgilash maqsadida buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taʼminotini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir D. KUCHKAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 7-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
187-son

Kelishildi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori D. LI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 21-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 17-oktabr

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 17-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 7-noyabrdagi 187-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taʼminotini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taʼminotini (bundan buyon matnda bosh taʼminot deb yuritiladi) qoʻllash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh taʼminot — toʻlovchi tomonidan muayyan vaqt ichida bir necha bojxona operatsiyalarini bajarish chogʻida yuzaga keladigan bojxona toʻlovlarini toʻlanishini bank kafolatini taqdim etish, bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyatini sugʻurtalash yoki tovarlarni garovga qoʻyish orqali taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona operatsiyasi — tovarlarning va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida tovarlarga va transport vositalariga nisbatan bojxona organlarining mansabdor shaxsi va (yoki) vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladigan harakat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼminlov hujjati — bank kafolati yoki sugʻurta polisi yoxud garov shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlovchi — bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyati bajarilishini taʼminlash sharti bilan bojxona operatsiyalarini amalga oshiruvchi shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona toʻlovlarini toʻlashni taʼminlovchi shaxs (bundan buyon matnda taʼminlovchi deb yuritiladi) — bank kafolati yoki sugʻurta polisi taqdim etgan tijorat banki yoxud sugʻurta tashkiloti, shuningdek garov narsasini taqdim etgan toʻlovchi yoki boshqa shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy bojxona organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining (bundan buyon matnda Bojxona qoʻmitasi deb yuritiladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Toʻlovchi tomonidan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash maqsadida bosh taʼminotni qoʻllash ixtiyoriy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, bojxona organi tomonidan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda toʻlovchidan bosh taʼminot qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi Bojxona qoʻmitasining qarorini taqdim etishni talab qilishga, shuningdek ushbu qarorning mavjud emasligini asos qilib, bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Toʻlovchi bosh taʼminotni Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 336, 337 va 338-moddalarida belgilangan hollarda yuzaga keladigan bojxona toʻlovlarini toʻlashni taʼminlashga doir bir yoki bir necha majburiyat boʻyicha istalgan vaqtda taqdim etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bosh taʼminot quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼminlov hujjatlarining amal qilish muddatlari toʻlovchining arizasida koʻrsatilgan muddat ichida yuzaga keladigan bojxona toʻlovlarini toʻlashni taʼminlashga doir majburiyatlarni toʻlovchi tomonidan bajarish muddatlaridan koʻp boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona operatsiyalari boʻyicha bojxona toʻlovlari bosh taʼminot hisobidan hududiy bojxona organi tomonidan undirilishi mumkin boʻlganda. Bunda, bosh taʼminot summasi bojxona operatsiyalari boʻyicha bojxona toʻlovlari summasidan kam boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Bosh taʼminotni qabul qilish uchun murojaat qilish, murojaatni koʻrib chiqish va rad etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Toʻlovchi bosh taʼminotni qabul qilish uchun mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan Bojxona qoʻmitasiga yozma yoki Bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-sayti (bundan buyon matnda veb-sayt deb yuritiladi) orqali elektron tarzda murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlovchi veb-sayt orqali murojaat qilganda, arizani oʻzining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Arizaga quyidagi hujjatlardan biri ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kafolati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta polisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholovchi tashkilotning bozor qiymati boʻyicha garov narsasini baholash toʻgʻrisidagi hisoboti (bundan buyon matnda baholash hisoboti deb yuritiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Arizaga ilova qilingan bank kafolati va sugʻurta polisida toʻlovchining arizasida koʻrsatilgan bojxona operatsiyalarini bajarish chogʻida yuzaga keladigan bojxona toʻlovlarini toʻlanishini taʼminlash nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bosh taʼminot sifatida taqdim etilayotgan bank kafolati, sugʻurta polisi va garov narsasi Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 342 — 345-moddalarida belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ariza hamda unga ilova qilinadigan hujjatlardagi maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq boʻlishi lozim. Bunda, maʼlumotlarning toʻgʻriligi hamda toʻliqligi uchun toʻlovchi javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Veb-sayt orqali murojaat qilinganda, ariza Bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (bunda buyon matnda YAAAT deb yuritiladi) avtomatik ravishda kelib tushadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma shaklda topshirilgan arizalar kelib tushgan kundan kechiktirmay Bojxona qoʻmitasining masʼul xodimi tomonidan YAAATga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizalar YAAATda kelib tushgan kunning oʻzida elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ariza roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng YAAAT tomonidan avtomatik tarzda toʻlovchining arizasida koʻrsatilgan telefon raqamiga ariza qabul qilinganligi va uning roʻyxat raqami koʻrsatilgan SMS xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Veb-saytda arizaning roʻyxat raqami orqali uning holatini onlayn tarzda koʻrish mumkin boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ariza u kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida Bojxona qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi hamda bosh taʼminotni qabul qilish yoki uni qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona qoʻmitasi toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 4, 6 — 9-bandlari talablariga muvofiqligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Bojxona qoʻmitasi tomonidan quyidagi hollarda bosh taʼminotni qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh taʼminot mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan bosh taʼminotni qabul qilish shartlariga muvofiq boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizaga mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kafolati, sugʻurta polisi va garov narsasi mazkur Nizomning 7 va 8-bandlarida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiy emasligi yoki ularda notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlovchining bosh taʼminotni qabul qilish haqidagi arizasida bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish nazarda tutilgan boʻlsa, ariza taqdim etilgan paytda bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garov shartnomasi boʻyicha bosh taʼminotni qabul qilishda oʻttiz kun ichida garov shartnomasi notarial tartibda rasmiylashtirilmaganda yoki notarius tomonidan garov shartnomasini tasdiqlash rad etilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh taʼminotni qabul qilishni ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa asoslarga koʻra rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bojxona qoʻmitasi tomonidan bosh taʼminotni qabul qilish rad etilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida bu haqda toʻlovchiga xabarnoma yuboriladi. Xabarnomada bosh taʼminotni qabul qilishning rad etish sabablari koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Toʻlovchi bosh taʼminotni qabul qilishni rad etilishiga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan holda, bosh taʼminotni olish uchun takroran murojaat qilishi mumkin. Takroran kiritilgan ariza ushbu Nizomga muvofiq umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Bosh taʼminotni qabul qilish boʻyicha ariza koʻrib chiqilganligi hamda bosh taʼminotni qabul qilish haqida qaror chiqarilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Garov shartnomasi boʻyicha bosh taʼminotni qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Toʻlovchining tovarlarni garovga qoʻyish orqali bosh taʼminotni qabul qilish uchun bergan arizasi boʻyicha Bojxona qoʻmitasi tomonidan yetti ish kuni ichida garov narsasining Bojxona kodeksi va ushbu Nizom talablariga muvofiqligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Garov narsasini bosh taʼminot sifatida qabul qilishni rad etish uchun mazkur Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan asoslar mavjud emasligi aniqlangan taqdirda, Bojxona qoʻmitasi tomonidan bir ish kuni ichida toʻlovchiga garov shartnomasini rasmiylashtirish uchun hududiy bojxona organiga murojaat qilishi lozimligi toʻgʻrisida SMS xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. SMS xabarnoma olingan kundan boshlab oʻttiz kun ichida garov narsasi joylashgan hududiy bojxona organi bilan toʻlovchi oʻrtasida notarial tartibda garov shartnomasi rasmiylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov shartnomasini rasmiylashtirish muddati Bojxona qoʻmitasi tomonidan bosh taʼminotni qabul qilish uchun arizani koʻrib chiqish muddatini hisoblashda inobatga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Toʻlovchi tomonidan garov shartnomasini tuzish boʻyicha hududiy bojxona organiga murojaat etilganda, hududiy bojxona organiga bosh taʼminotni qabul qilish boʻyicha Bojxona qoʻmitasiga kiritilgan arizaning roʻyxat raqami va SMS xabarnoma taqdim etiladi. Hududiy bojxona organi tomonidan toʻlovchining arizasi YAAAT orqali tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Toʻlovchi tomonidan murojaat etilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida hududiy bojxona organining garov shartnomasini imzolash huquqiga ega boʻlgan xodimi bilan taʼminlovchi oʻrtasida garov shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanishi lozim, bundan notarius tomonidan garov shartnomasini tasdiqlashni rad etish holatlari mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Garov shartnomasi notarial tartibda tasdiqlangan kundan boshlab bir ish kuni ichida hududiy bojxona organi tomonidan YAAATga garov shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi va uning nusxasi biriktiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius tomonidan garov shartnomasini tasdiqlash rad etilgan taqdirda, hududiy bojxona organi bir ish kuni ichida garov shartnomasini tasdiqlash rad etilganligi va uning sabablari haqidagi maʼlumotlarni YAAATga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Garov narsasini baholash va notarial tasdiqlangan garov shartnomasini tuzish bilan bogʻliq xarajatlar toʻlovchining hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Hududiy bojxona organi tomonidan garov shartnomasi tasdiqlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar YAAATga kiritilgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida Bojxona qoʻmitasi tomonidan bosh taʼminotni qabul qilish toʻgʻrisida qaror chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanganidan soʻng bosh taʼminotni qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Bosh taʼminotni qabul qilish toʻgʻrisida qaror chiqarish va uni qoʻllash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Mazkur Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan bosh taʼminotni qabul qilishni rad etish uchun asoslar mavjud boʻlmaganda, Bojxona qoʻmitasi tomonidan ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda bosh taʼminotni qabul qilish toʻgʻrisida qaror chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh taʼminotni qabul qilish toʻgʻrisidagi qaror Bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari tomonidan elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash orqali YAAATda qabul qilinadi hamda unga avtomatik ravishda matritsali shtrix kod (QR-kod) va roʻyxat raqam beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Bosh taʼminotni qabul qilish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida toʻlovchiga bosh taʼminot qabul qilinganligi toʻgʻrisida SMS xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Toʻlovchi veb-sayt orqali arizaning roʻyxat raqamini kiritgan holda bosh taʼminotni qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorning elektron shaklini yuklab oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Bosh taʼminotni qabul qilish toʻgʻrisida qarorda bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlangan bojxona operatsiyalari roʻyxati, taʼminlov summasi va ushbu taʼminotning amal qilish muddati koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Bojxona operatsiyalarini bajarish uchun bojxona toʻlovlarini toʻlanilishini taʼminlash sifatida qoʻllanilgan bosh taʼminot summasidan qayta foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Bojxona qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan bosh taʼminotlarning hisobi mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda YAAATda yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Toʻlovchi bosh taʼminot bilan taʼminlangan bojxona operatsiyalarini amalga oshirishda tegishli bojxona organiga bosh taʼminotni qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi bosh taʼminotni qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorni YAAAT orqali tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Bojxona organi tomonidan bosh taʼminotni qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Bosh taʼminotni qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorni oʻzgartirish, uni vaqtinchalik toʻxtatish va bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Bosh taʼminotni qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorga oʻzgartirish kiritish toʻlovchining arizasiga koʻra yoki Bojxona qoʻmitasining tashabbusi bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Toʻlovchi bosh taʼminotni qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorga oʻzgartirish kiritish uchun mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan Bojxona qoʻmitasiga yozma yoki veb-sayt orqali elektron tarzda murojaat qiladi. Arizaga oʻzgartirish kiritishni asoslovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Bosh taʼminotni qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorga oʻzgartirish kiritish uchun taqdim etilgan ariza Bojxona qoʻmitasi tomonidan mazkur Nizomning 2 va 3-boblarida belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Bosh taʼminotni qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorga toʻlovchining arizasiga koʻra quyidagi holatlar yuzasidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh taʼminotning amal qilish muddatini oʻzgartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh taʼminotni qabul qilish toʻgʻrisidagi qarordagi bosh taʼminotga taʼsir qilmaydigan xatoliklar boʻyicha oʻzgartirishlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh taʼminot summasini oʻzgartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona qoʻmitasining tashabbusi bilan mazkur bandning uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan holatda oʻzgartirish kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Bosh taʼminotning amal qilishi quyidagi hollarda vaqtinchalik toʻxtatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlovchi tomonidan bosh taʼminotning amal qilishini vaqtinchalik toʻxtatish toʻgʻrisida ariza taqdim etilganda — unda koʻrsatilgan muddatga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh taʼminot bilan toʻlanishi taʼminlangan bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzdorlik yuzaga kelganda — qarzdorlik bartaraf etilgunga qadar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh taʼminotning amal qilishini vaqtinchalik toʻxtatish muddati bosh taʼminotni qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan bosh taʼminotning amal qilish muddatidan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Bosh taʼminot quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlovchi tomonidan bosh taʼminotni bekor qilish toʻgʻrisida ariza taqdim etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlovchi yoki taʼminlovchining faoliyati tugatilganda yoxud toʻlovga qobiliyatsiz deb topilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlovchining bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha majburiyatini garov narsasi hisobidan undirish imkoniyati yoʻqolganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlovchi vafot etganda yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlovchi boʻlgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, bundan uning majburiyatlari saqlanib holda oʻzgartirilishi mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Bosh taʼminotni qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorni oʻzgartirish, uni vaqtinchalik toʻxtatish yoki bekor qilish boʻyicha Bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari tomonidan qaror chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Bosh taʼminotni qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorga oʻzgartirish kiritilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Bosh taʼminotni qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorga oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida uning veb-sayt va YAAATdagi shakli Bojxona qoʻmitasi tomonidan uning oʻzgartirilgan shakli bilan almashtirib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Bosh taʼminotni qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorga kiritilgan oʻzgartirishlar ular kiritilgan kundan boshlab amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Bosh taʼminotni qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorga oʻzgartirish kiritish, uni vaqtinchalik toʻxtatish yoki bekor qilish haqidagi qaror qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay toʻlovchiga yozma yoki elektron shaklda yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Toʻlovchi oʻzining arizasida va taʼminlovchi taʼminlov hujjatlarida koʻrsatilgan muddat ichida yuzaga keladigan bojxona toʻlovlarini toʻlashni taʼminlashga doir majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Mazkur Nizomda belgilangan talablar buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Toʻlovchi yoki taʼminlovchi bojxona organlarining qarorlaridan norozi boʻlgan taqdirda, bevosita Bojxona qoʻmitasining apellyatsiya kengashiga yoxud sudga murojaat qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taʼminotini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA

Bosh taʼminotni qabul qilish uchun

ARIZA

1. Ariza beruvchining nomi/F.I.O.:

2. Ariza beruvchining yashash va pochta manzili:

3. Ariza beruvchining STIR/JSHSHIR raqami:

4. Ariza beruvchining telefon va telefaks raqami:

5. Ariza beruvchining bank rekvizitlari:

(asosiy hisob raqami, bankning MFO va STIR raqamlari)

6. Taʼminlovchining bank rekvizitlari:

7. Bojxona operatsiyalari nomi:

8. Bosh taʼminot miqdori (soʻmda):

9. Bosh taʼminot amal qilish muddati:

10. Taʼminlov hujjati turi:

11. Taʼminlov hujjati raqami va sanasi:

12. Taʼminlov hujjati amal qilish muddati:

13. Taʼminlov hujjati miqdori (soʻmda):

14. Qoʻshimcha maʼlumotlar:

_________________

_________

_________

(ariza beruvchining nomi)

(imzo)

(sana)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taʼminotini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI BOJXONA QOʻMITASI

Bosh taʼminotni qabul qilish toʻgʻrisida

QAROR

___/____/___

________

(kun/oy/yil)

(raqami)

QR-kod

(matrik shtrixli kod)

1. Bosh taʼminotni roʻyxatga olish raqami va sanasi:

2. Toʻlovchi nomi va STIR/JSHSHIR raqami:

3. Bosh taʼminot miqdori (soʻmda):

4. Bosh taʼminot amal qilish muddati:

5. Taʼminlov hujjati turi:

6. Taʼminlov hujjati raqami va sanasi:

7. Taʼminlov hujjati amal qilish muddati:

8. Bojxona operatsiyalari turlari:

9. Qoʻshimcha maʼlumotlar:

10. Bojxona organining mansabdor shaxsi:

________________

(Elektron raqamli imzo)

___________________

(lavozim)

(F.I.O.)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taʼminotini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA

Qabul qilingan bosh taʼminotlarning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
HISOBI

Bosh taʼminot roʻyxatga olingan raqami

Bosh taʼminot summasi

Bosh taʼminot muddati

Taʼminlov hujjatining turi

Taʼminlov hujjati raqami va sanasi

Taʼminlov hujjatining amal qilish muddati

Bojxona operatsiyasi turi

Toʻlanishi taʼminlangan bojxona toʻlovlarining nazoratdagi summasi

Toʻlanishi taʼminlangan bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyatini bajarish muddati

1

2

3

4

5

6

7

8

9

Bojxona operatsiyasini amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat

Bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyatini amalda foydalanilgan summasi

Bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyatini amalda bajarish muddati

Bosh taʼminot boʻyicha boʻshagan mablagʻlar

Bosh taʼminot boʻyicha qoldik summa

Bosh taʼminot vaqtincha toʻxtalgan muddati

Bosh taʼminotning roʻyxatdan chiqarilgan sanasi

Izoh

10

11

12

13

14

15

16

17

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taʼminotini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosh taʼminotni qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorga oʻzgartirish kiritish uchun

ARIZA

1. Ariza beruvchining nomi/F.I.O.:

2. Ariza beruvchining yashash va pochta manzili:

3. Ariza beruvchining STIR/JSHSHIR raqami:

4. Ariza beruvchining telefon va telefaks raqami:

5. Ariza beruvchining bank rekvizitlari:

(asosiy hisob raqami, bankning MFO va STIR raqamlari)

6. Taʼminlovchining bank rekvizitlari:

(asosiy hisob raqami, bankning MFO va STIR raqamlari)

7. Oʻzgartirish kiritiladigan qarorning sanasi va raqami:

Oʻzgartirish kiritish koʻrsatkichlari:

8. Bosh taʼminot miqdori (soʻmda):

9. Bosh taʼminot amal qilish muddati:

Oʻzgartirish kiritish uchun hujjatlarning rekvizitlari:

10. Taʼminlov hujjati turi:

11. Taʼminlov hujjati raqami va sanasi:

12. Taʼminlov hujjati amal qilish muddati:

13. Taʼminlov hujjati miqdori (soʻmda):

14. Qoʻshimcha maʼlumotlar:

_________________

_________

_________

(ariza beruvchining nomi)

(imzo)

(sana)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2024-y., 10/24/3579/0953-son)