Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 28.10.2024 yildagi 5005-IV-son
Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
17.11.2025
16.06.2025
28.10.2024
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshma qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashning demokratik institutsional tizimini yaratish, ularning davlat va jamiyat hayotidagi rolini yanada kuchaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlari faoliyati fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar masalalarni hal etishdagi ishtirokini ragʻbatlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jumladan, 2014 — 2024-yillarda fuqarolik jamiyati institutlarining bandlik, ekologiya, yoshlar, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, millatlararo totuvlikni mustahkamlash sohalaridagi 4 300 dan ziyod loyihalariga respublika va mahalliy budjetlardan 2 trln. 56 mlrd. soʻm ajratildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga fuqarolik jamiyati institutlarini mamlakatda olib borilayotgan tub islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish va ularni qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish zarurati mavjud.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi hamda 2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining ijrosini taʼminlash, fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning shaffof va sogʻlom raqobat prinsipiga asoslangan tizimini yoʻlga qoʻyish, shuningdek ijtimoiy foydali dasturlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-124-sonli Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlarini (bundan buyon matnda hududiy jamoat fondlari deb yuritiladi) qoʻshib yuborish va ularning negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondini hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida alohida boʻlinmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi tashabbus qoʻllab-quvvatlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalari tomonidan tegishincha hududiy jamoat fondlarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondini qoʻshib yuborish va ularning negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinganligi hamda ushbu qarorlar tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan maʼqullanganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasining 2024-yil 5-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlarini qoʻshib yuborish va ularning negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan olinadigan mablagʻlarni jamlash, bu mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi alohida boʻlinmalari tomonidan vertikal va shaffof tizim orqali fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish hamda qoʻllab-quvvatlashga, ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar masalalarni hal etishda ularning davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga qaratilgan dasturlar va loyihalarni amalga oshirish uchun taqsimlanishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlarining moddiy-texnik jihatdan taʼminlanganlik darajasini oshirish, ularga huquqiy, maslahat, tashkiliy, texnik va boshqa xil yordam koʻrsatish bilan bogʻliq loyihalar hamda dasturlarni, ularning jamiyat manfaatlari va aholining haqiqiy ehtiyojlarini koʻzlagan, joylarda saqlanib qolayotgan dolzarb muammolarni, nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga, ularning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish, shuningdek amalga oshirilayotgan loyiha va dasturlarning joriy monitoringini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida taʼsirchan jamoatchilik nazorati olib borilishini ragʻbatlantirish;

fuqarolik jamiyati institutlarining xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarini yoʻlga qoʻyish hamda ularning xorijdagi uyushmalari bilan hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash.

4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi Ijro etuvchi devonining shtatlar jadvali 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi Ijro etuvchi devoni xodimlarining mehnatiga Yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlash razryadlari 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi alohida boʻlinmalarining shtatlar jadvali 5-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi alohida boʻlinmalari xodimlarining mehnatiga Yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlash razryadlari 6-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti toʻgʻrisidagi nizom 8-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofotiga taqdim etilgan nomzodlarni koʻrib chiqish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (bundan buyon matnda Jamoat fondi deb yuritiladi) jami 45 ta, shu jumladan Jamoat fondining Ijro etuvchi devoni 17 ta, alohida boʻlinmalari 28 ta (har biri 2 tadan) shtat birligidan iborat boʻladi. Bunda, Jamoat fondi Ijro etuvchi devonining 17 ta shtat birligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining amaldagi 3 ta va hududiy jamoat fondlarining bittadan shtat birliklari hisobidan shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondining Ijro etuvchi devoni faoliyatini saqlash xarajatlari, xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan, alohida boʻlinmalarining faoliyatini saqlash xarajatlari, xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor boshqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamda hududiy jamoat fondlarining huquq va majburiyatlari, shuningdek, shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining qayta tashkil etilishi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon bersin, kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilsin, shuningdek ushbu jamoat fondini qayta tashkil etish bilan bogʻliq boshqa ishlar amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy jamoat fondlarining topshirish hujjatlari amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilishiga koʻmaklashsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy jamoat fondlarining qayta tashkil etilishi bilan bogʻliq ishlar ushbu jamoat fondlarining muassislari va vasiylik kengashlari vazifalarini bajaradigan organlar tomonidan amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshirilishini oʻrganib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy jamoat fondlarining topshirish hujjatlarini, shu jumladan taʼsis hujjatlarini, ularning kreditorlari bilan hisob-kitoblar, shuningdek qayta tashkil etish bilan bogʻliq ishlar yakuniga koʻra hududiy jamoat fondlarining mol-mulki va boshqa hujjatlar qabul qilib olinishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining faoliyati toʻgʻrisidagi yakuniy hisobotni joriy yil 10-noyabrga qadar eʼlon qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining alohida boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin, Jamoat fondini va alohida boʻlinmalarni belgilangan tartibda adliya organlari tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlariga davlat subsidiyalari, davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalarini ajratish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomlarning yangi tahririni ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin. Hujjatlar loyihalarida tanlovlar yoʻnalishlarini shakllantirish hamda ularning muhokamasi, loyihalar va buyurtmalarni taqdim qilish, ularni koʻrib chiqish va baholash jarayonlarini kuzatib borish hamda talab etiladigan hujjatlarni davlat organlarining maʼlumotlar bazalaridan onlayn olish elektron platforma orqali amalga oshirilishi nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi tuzilguniga qadar ushbu parlament komissiyasi vazifalarini bajarib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamoat fondi Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan kelishilgan holda 2024-yil 1-dekabrga qadar “Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofotining statuetkasi va sertifikatlar namunasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (A. Tashkulov) Jamoat fondi va uning alohida boʻlinmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazilishiga koʻmaklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2025-yildan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida ushbu Qoʻshma qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni nazarda tutsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondini va uning alohida boʻlinmalarini saqlash hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash xarajatlarida nazarda tutilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek Jamoat fondi faoliyatini tashkil etish va uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasining asoslantirilgan hisob-kitoblariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlari uchun ajratilgan, hisobot yili oxirida foydalanilmay qolgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga qaytarilmaydi va ulardan kelgusi yili belgilangan tartibda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy jamoat fondlarini qayta tashkil etish qonunchilik hujjatlari talablariga asosan amalga oshirilishiga koʻmaklashsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzurida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat boʻlgan maslahat guruhlarining faoliyatini jamoatchilik asosida yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondi alohida boʻlinmalarining faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jamoat fondi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi balansidagi Toshkent shahar, Islom Karimov koʻchasi, 9-uydagi binoga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondi ushbu binodan tekin foydalanishini va Jamoat fondi joylashtirilgan qismiga xizmat koʻrsatilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondiga koʻrsatilgan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qoʻshma qarorlari 10-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ushbu Qoʻshma qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ushbu Qoʻshma qaror tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislariga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2024-yil 28-oktabr,

5005-IV-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 28-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KQ-842-IV-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-oktabrdagi 5005-IV/KQ-842-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining (bundan buyon matnda Jamoat fondi deb yuritiladi) maqomi, maqsadi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, hisobot berish, faoliyatini tashkil etish, shuningdek Jamoat fondini qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamoat fondi aʼzoligi boʻlmagan jamoat fondi boʻlib, mustaqil yuridik shaxsdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamoat fondi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga asosan amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamoat fondi oʻz mol-mulkiga, mustaqil balansiga, milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlariga, shu jumladan milliy va chet el valyutasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, oʻz nomi davlat tilida yozilgan dumaloq muhriga, oʻz nomi yozilgan shtamplar va blankalariga hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan ramziy belgilariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondi oʻz nomidan shartnomalar tuzishi, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi, majburiyatlarga ega boʻlishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamoat fondining rasmiy nomi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat tilidagi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, qisqartirilgan nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi jamoat fondi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) rus tilidagi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Obshestvenniy fond po podderjke institutov grajdanskogo obshestva pri Oliy Majlise Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Obshestvenniy fond pri Oliy Majlise Respubliki Uzbekistan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ingliz tilidagi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — The Public Fund for support of civil society institutions under the Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — The Public Fund under the Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamoat fondi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma qaroriga binoan tashkil etiladi, uning faoliyati mamlakatning butun hududida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamoat fondining joylashgan yeri (pochta manzili): 100078, Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi 9-uy.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamoat fondining asosiy maqsad va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jamoat fondining asosiy maqsadi fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning shaffof va sogʻlom raqobat tamoyiliga asoslangan tizimini yaratish, shuningdek davlat va jamiyat hayotida ularning faolligini yanada oshirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼnaviy va gumanitar sohalarni rivojlantirish boʻyicha ijtimoiy foydali dasturlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamoat fondining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan olinadigan mablagʻlarni jamlash, ushbu mablagʻlarning Jamoat fondi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi alohida boʻlinmalari tomonidan vertikal va shaffof tizim orqali fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish hamda qoʻllab-quvvatlashga, ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar masalalarni hal etishda ularning davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga qaratilgan dasturlar va loyihalarni amalga oshirish uchun taqsimlanishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlarining moddiy-texnik taʼminoti darajasini oshirish, ularga huquqiy, tashkiliy, texnik va boshqa xil yordam koʻrsatish bilan bogʻliq loyihalar hamda dasturlarni, ularning jamiyat manfaatlari va aholining haqiqiy ehtiyojlarini koʻzlagan, joylarda saqlanib qolayotgan dolzarb muammolarni, nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilishga, ularning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish, shuningdek amalga oshirilayotgan loyiha va dasturlarning joriy monitoringini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida taʼsirchan jamoatchilik nazorati olib borilishini ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlarining xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarini yoʻlga qoʻyish hamda ularning xorijdagi uyushmalari bilan hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jamoat fondi oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal etish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar ajratish masalalarining koʻrib chiqilishida ishtirok etadi, respublika va Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan mablagʻlarni jamlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼnaviy va gumanitar sohalardagi muammolarni hal etish uchun zarur boʻladigan mablagʻlar hajmlari yuzasidan tegishli talabnomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasiga (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoatchilikni fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlarining aholi muammolarini hal etishga qaratilgan takliflarini muhokama qilish uchun jalb etadi va muhokama natijalarini umumlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyiha va dasturlarni qoʻllab-quvvatlash uchun tanlovlarning dolzarb mavzu va yoʻnalishlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha va dasturlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ngo.gov.uz elektron tizimi orqali fuqarolik jamiyati institutlari uchun tanlovlar tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkazilgan tanlovlar natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan fuqarolik jamiyati institutlarining loyiha va dasturlarini ushbu fuqarolik jamiyati institutlari va Jamoat fondi oʻrtasida tuziladigan shartnomalar asosida moliyalashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoatchilikni fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlarning shaffof, adolatli hamda maqsadli taqsimlanishi va sarflanishi masalalarini muhokama qilishga jalb etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda, amalga oshirish hamda gumanitar masalalarni hal etishda koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularga huquqiy, tashkiliy, texnik va boshqa xil yordam koʻrsatish bilan bogʻliq loyihalar hamda dasturlarni amalga oshirishda moliyaviy yordam koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini rivojlantirish hamda ularning yutuqlarini targʻib qilish masalalari boʻyicha tadbirlar (konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar, treninglar va shu kabilar) oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlariga davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik yoʻnalishlari asosida aloqalar oʻrnatishda amaliy yordam koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlarining taʼsirchan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini joriy etishiga va ularning tashabbuslarini amaliyotda qoʻllashga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan loyiha va dasturlarning amalga oshirilishini ular taqdim etgan hisobotlar asosida monitoring qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilgan loyiha va dasturlarning samaradorligi va natijadorligini tahlil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qonunchilik bazasini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini hamda jamoatchilik ekspertizasini tashkil etishda fuqarolik jamiyati institutlarining tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining milliy tajribalarini xalqaro miqyosda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targʻib etishni qoʻllab-quvvatlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlarining xorijiy ilgʻor tajribani oʻrganish va milliy tajribani targʻib etishga qaratilgan tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari va chet el nohukumat tashkilotlari bilan aloqalarni rivojlantiradi, ular bilan birgalikda tadbirlar oʻtkazadi, ularning grantlarini aniq ijtimoiy va umum ahamiyatga molik loyihalarni hal etishga, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirishga jalb etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimiga zamonaviy IT-texnologiya dasturlarini keng joriy etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini, faol jamoatchilik vakillari hamda tashabbuskor fuqarolarni tegishincha “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni, “Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti bilan taqdirlash boʻyicha barcha tashkiliy masalalarni koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda belgilangan tartibda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining normativ-huquqiy, moddiy-moliyaviy, tashkiliy jihatlariga bagʻishlangan adabiyotlar nashr etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jamoat fondining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jamoat fondi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati sohasiga doir axborotni davlat organlaridan, fuqarolik jamiyati institutlaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olishga va oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni tarqatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslar bilan qonun hujjatlariga zid boʻlmagan va oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan bitimlar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar asosida mol-mulkka ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
homiylik xayriyalari, grantlar va boshqa mablagʻlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudda, boshqa muassasalar va tashkilotlarda oʻz manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro aloqalar oʻrnatish, hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzish va xalqaro dasturlar hamda loyihalarda ishtirok etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Jamoat fondi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili hisobot eʼlon qilishi, faoliyati va Jamoat fondi mol-mulkidan foydalanishning ochiq-oshkora boʻlishini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar vakillari Jamoat fondi tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlarda ishtirok etishiga imkon yaratishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga, Parlament komissiyasiga, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga, soliq va statistika organlariga qonunda belgilangan tartibda hisobot taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondi oʻz faoliyatini ochiqlik va oshkoralik prinsiplari asosida amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan fuqarolik jamiyatining institutlariga beriladigan mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondi oʻz faoliyati, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash doirasida ajratilgan mablagʻlarning taqsimlanishi hamda ishlatilishi toʻgʻrisidagi hisobotni har yili ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jamoat fondi yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha huquqlaridan foydalanadi. Jamoat fondi faoliyati va uni rivojlantirishning har yilgi dasturi Parlament komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Jamoat fondining mol-mulki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Jamoat fondining mol-mulkini asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq qiymati Jamoat fondi balansida aks ettiriladigan boshqa mol-mulk tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Jamoat fondi mablagʻlarini shakllantirish manbalari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining hamda norezidentlarining) ixtiyoriylik asosidagi homiylik xayriyalari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining, chet el tashkilotlarining grantlari hamda begʻaraz beriladigan mablagʻlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Jamoat fondining mol-mulkidan garov yoki majburiyatlarni taʼminlashning boshqa vositasi sifatida, shuningdek kreditlar berish uchun foydalanilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jamoat fondi oʻz majburiyatlari boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan oʻz mol-mulki bilan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Jamoat fondini boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Jamoat fondining faoliyatiga rahbarlikni quyidagilar amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondining vasiylik kengashi vazifalarini bajaradigan Parlament komissiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondining boshqaruvi vazifalarini bajaradigan Fondning Ijro etuvchi devoni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Parlament komissiyasi Jamoat fondining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Parlament komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondi mablagʻlarini fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun ochiqlik, shaffoflik va adolatlilik prinsiplari asosida taqsimlaydi, fuqarolik jamiyati institutlarining va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining takliflarini oʻrganish asosida aniq ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirish boʻyicha qarorlar qabul qiladi;

joylardagi fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan ajratiladigan mablagʻlarning hajmlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari buyurtmalari asosida aniqlaydi hamda taqsimlaydi;

sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun tanlovlarning dolzarb mavzu va yoʻnalishlarini ishlab chiqadi, eʼlon qiladi hamda ularni oʻtkazish muddatlarini tasdiqlaydi;

fuqarolik jamiyati institutlarining va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining dastur va loyihalarini ijtimoiy sheriklik sohalari kesimida dolzarb ijtimoiy ahamiyatini aniqlash, ularni moliyalashtirish boʻyicha qarorlar qabul qiladi;

Jamoat fondining ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishi hamda fuqarolik jamiyati institutlarining moliyalashtirilgan loyihalari va dasturlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga koʻmaklashadi;

fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;

mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, aholining siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash ishlariga munosib hissa qoʻshgan hamda jamiyatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda faol ishtirok etayotgan fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda tashabbuskor fuqarolarni “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlaydi;

mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan fuqarolik jamiyati institutlari va faol jamoatchilik vakillari hamda tashabbuskor fuqarolarni “Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti bilan taqdirlaydi.

Parlament komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

21. Parlament komissiyasi aʼzolari bir vaqtning oʻzida Jamoat fondining Ijro etuvchi devoni va Taftish komissiyasi aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Parlament komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, masʼul kotibi va aʼzolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Parlament komissiyasi vakolatlariga kiradigan masalalar Jamoat fondining Ijro etuvchi devoni yoki Taftish komissiyasiga hal etish uchun topshirilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Parlament komissiyasining qarorlari Jamoat fondining Ijro etuvchi devoni va boshqa organlari uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Jamoat fondining Ijro etuvchi devoniga Jamoat fondi direktori rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondining tuzilmasi, vakolatlari va uni shakllantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Jamoat fondi direktori Parlament komissiyasining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori bilan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Jamoat fondi direktori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondining faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun javobgardir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondining faoliyatiga oid hujjatlarni imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro tashkilotlar va chet el nohukumat tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarda Jamoat fondi nomidan ish koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslar bilan Jamoat fondining faoliyatiga taalluqli shartnomalarni tuzadi, Jamoat fondi nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondining xarajatlari smetasini tuzadi va Parlament komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolati doirasida buyruqlar, farmoyishlar va boshqa ichki hujjatlarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondi va uning filiallari xodimlarini lavozimga tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi, bundan Fond direktorining oʻrinbosari mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondining mol-mulkini, shu jumladan pul mablagʻlarini boshqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parlament komissiyasiga Jamoat fondining faoliyati toʻgʻrisida yiliga kamida ikki marta hisobot taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parlament komissiyasi koʻrib chiqishi uchun zarur boʻlgan materiallar va takliflar tayyorlanishini hamda mazkur komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar va koʻrsatmalarning bajarilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Jamoat fondi direktorining oʻrinbosari Jamoat fondi direktorining tavsiyasi asosida, Parlament komissiyasining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondi direktorining oʻrinbosari Jamoat fondi direktori yoʻqligida yoki u oʻz vazifalarini amalga oshirishi mumkin boʻlmagan hollarda Jamoat fondi direktorining vazifasini bajarib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Jamoat fondining alohida boʻlinmalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Jamoat fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan alohida boʻlinmalariga (bundan buyon matnda alohida boʻlinmalar deb yuritiladi) ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida boʻlinmalar Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida faoliyat yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida boʻlinmalardagi mol-mulklar Jamoat fondi mol-mulki hisoblanadi. Alohida boʻlinmalarning hisob raqamlaridagi pul mablagʻlari Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga asosan boʻlinmalar boshliqlari tomonidan tasarruf etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Alohida boʻlinmaga Parlament komissiyasi bilan kelishilgan holda Jamoat fondi direktori tomonidan tayinlanadigan boʻlinma boshligʻi rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Alohida boʻlinma boshligʻi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alohida boʻlinma faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondi organlarining qarorlarini va ularning oʻz vakolatlari doirasida bergan boshqa topshiriqlarining bajarilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda Jamoat fondiga ish rejalarining bajarilishi va mablagʻlardan foydalanish yuzasidan hisobot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yillik xarajatlar smetasi xamda ish rejasini ishlab chiqadi va Jamoat fondiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududdagi davlat organlari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda boʻlinma nomidan ish koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududdagi yuridik va jismoniy shaxslar bilan belgilangan tartibda shartnomalar va bitimlar tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilgan mol-mulk uchun javobgar hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parlament komissiyasi va Jamoat fondi Ijro etuvchi devoni tomonidan zimmasiga yuklatilgan boshqa vakolatlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida boʻlinmalarning huquq va majburiyatlari, shu jumladan mol-mulkni boshqarish borasidagi huquqlari, ularni tugatish tartibi ularning nizomlarida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Jamoat fondi mablagʻlaridan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Jamoat fondi mablagʻlari fuqarolik jamiyatining institutlariga ularning buyurtmanomalari asosida va Parlament komissiyasining qarorlariga muvofiq davlat subsidiyalari, grantlari, ijtimoiy buyurtmalari tariqasida ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondi mablagʻlarning maʼlum bir qismini davlat subsidiyalari, davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalari shaklida alohida boʻlinmalarga yoʻnaltiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida boʻlinmalarga ajratilgan hamda hisobot yili oxirida foydalanilmay qolgan mablagʻlar Fondga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik jamiyatining institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun Jamoat fondiga ajratilgan hamda hisobot yili oxirida foydalanilmay qolgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadiga qaytarilmaydi, balki ulardan belgilangan maqsadga muvofiq kelgusi yilda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Jamoat fondi mablagʻlarini taqsimlash tartibi Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Jamoat fondining faoliyatini saqlash xarajatlari, xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish hamda tibbiy taʼminoti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Jamoat fondining Ijro etuvchi devoni faoliyatini saqlash xarajatlari, xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan, alohida boʻlinmalar faoliyatini saqlash xarajatlari, xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Jamoat fondi direktori va uning oʻrinbosariga tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari devonlarining boshqarma boshligʻi va uning oʻrinbosari uchun belgilangan tibbiy taʼminot shartlari tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Jamoat fondi xodimlariga belgilangan tarif setkasi lavozim maoshi 1,25 baravar oshirilgan miqdorda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondi xodimlariga lavozim maoshi tarkibiga kiritiladigan 80 foiz (yordamchi texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga 50 foiz) miqdorida qoʻshimcha haq, 40 foiz (yordamchi texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga 20 foiz) miqdorida ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyent, 15 foiz (yordamchi texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga 10 foiz) miqdorida qoʻshimcha haq hamda uzoq muddat xizmat qilganlik uchun ushbu nizomga ilovada keltirilgan miqdorda ustama haq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondining direktori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vazifalarini vijdonan, shuningdek alohida muhim va masʼuliyatli ishlarni bajarayotgan xodimlarni, shu maqsadlarga ikki oylik mehnat haqi fondi miqdoridagi mablagʻlarni yoʻnaltirgan holda mukofotlash (bunda mukofotlashning miqdorlari ishning umumiy natijalariga ularning shaxsiy ulushiga qarab belgilanadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oylik ish haqi fondini yoʻnaltirgan holda xodimlarga moddiy yordam koʻrsatish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondining Ijro etuvchi devoni Axborot texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligi boʻyicha bosh mutaxassisiga xodim lavozim maoshining 100 foizi miqdorida har oylik ustama beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlaridan foydalanish tartibi amaldagi qonunchilikka asosan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Jamoat fondining fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga (yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) ega xodimlariga lavozim maoshining 5 foizi, fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga (yoxud xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) ega xodimlariga lavozim maoshining 10 foizi miqdorida har oylik ustama toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Taftish komissiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Jamoat fondining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun Parlament komissiyasi tomonidan, qoida tariqasida, besh kishidan iborat tarkibda Taftish komissiyasi saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taftish komissiyasining tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Hisob palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining vakillari ushbu idoralar bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Taftish komissiyasining aʼzolari bir vaqtning oʻzida Jamoat fondi Ijro etuvchi devonining va Parlament komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Jamoat fondining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish Parlament komissiyasining qaroriga binoan Jamoat fondining yillik faoliyati yakunlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Taftish komissiyasining talabiga koʻra Jamoat fondining mansabdor shaxslari unga fondning moliyaviy faoliyati toʻgʻrisidagi hujjatlarni taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Taftish komissiyasi Jamoat fondining yillik hisobotlari va buxgalteriya balanslari Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlanguniga qadar ularni majburiy tartibda tekshirishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Hisobga olish va hisobot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Jamoat fondi buxgalteriya va statistika hisobi hamda hisobotini yuritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa toʻlovlarni toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Jamoat fondi tomonidan oʻtgan yilgi faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlar har yili 1-martga qadar Parlament komissiyasiga taqdim etiladi. Fondning buxgalteriya balansi hisobotdan keyingi yilning 15-martiga qadar Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Jamoat fondining moliya-xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar, soliq va boshqa organlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Qonun hujjatlariga muvofiq Jamoat fondi oʻz faoliyatining har yilgi auditorlik tekshiruvini oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkilotini tanlash Parlament komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Ushbu nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Ushbu nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Parlament komissiyasining taklifi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori bilan kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida tasdiqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-bob. Jamoat fondini qayta tashkil etish va tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Jamoat fondi Parlament komissiyasining qaroriga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan qayta tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondini qayta tashkil etishga faqat boshqa fondga qoʻshib yuborilgan, boshqa fond qoʻshib olingan yoki boshqa jamoat fondiga qoʻshilingan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Jamoat fondini tugatish manfaatdor shaxslarning arizasi asosida sudning hal qiluv qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Jamoat fondini tugatish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Jamoat fondining kreditorlar talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulki Parlament komissiyasi, Jamoat fondining Ijro etuvchi devoni, Taftish komissiyasi aʼzolari yoki Jamoat fondining xodimlari oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas va undan Jamoat fondi qaysi maqsadda tuzilgan boʻlsa, oʻsha maqsadda hamda homiylik maqsadlarida ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganlik uchun toʻlanadigan ustama
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MIQDORI

Ish staji
Oylik tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) nisbatan uzoq muddat xizmat qilganlik uchun har oyda beriladigan ustama miqdori
2 yildan 5 yilgacha
10 %
5 yildan 10 yilgacha
20 %
10 yildan 15 yilgacha
30 %
15 yildan 20 yilgacha
40 %
20 yildan 25 yilgacha
50 %
25 yildan ortiq
60 %
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Ustama haq olish huquqi xodimda Jamoat fondida mehnat shartnomasi asosida ishlashni boshlagan kundan eʼtiboran yuzaga keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustama haq olish huquqini beruvchi umumiy ish staji amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqariladi. Ustama haq olish huquqini beruvchi umumiy ish stajiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) xodimning faoliyat turidan, mulkchilik va xoʻjalik shaklidan qatʼi nazar budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlagan taqdirda davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurta qilinadigan har qanday ish davri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar, davlat xavfsizlik xizmati organlaridagi, chegara qoʻshinlaridagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmat davri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar harbiylashtirilgan soqchilikdagi, maxsus aloqa organlari va togʻ-kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yuridik shaxs tuzmay tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullangan shaxslar va dehqon xoʻjaliklari aʼzolari tomonidan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlagan davri.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimning mehnat daftarchasidagi ish stajiga oid qaydlar ish stajini hisoblash uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustama haq olish huquqini beruvchi umumiy ish stajini hisoblash Jamoat fondining xodimlari umumiy ish stajini hisoblash boʻyicha komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondi xodimlari umumiy ish stajini hisoblash boʻyicha komissiyaning tarkibi Jamoat fondining direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondi xodimlari umumiy ish stajini hisoblash boʻyicha komissiyaning kotibi xodimlar ish stajining hisobini yuritadi hamda koʻrib chiqish uchun komissiyaga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustama haq miqdori xodimning oylik tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) kelib chiqib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustama haq ushbu oyda amalda ishlagan vaqt uchun, shu jumladan xodimning maoshi amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq toʻliq yoki qisman saqlanib qoladigan taʼtillar vaqti va vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz boʻlib qolgan davrlar uchun toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimda kalendar oy mobaynida ustama haq olish huquqi yuzaga kelsa, ushbu ustama haq miqdorini birinchi marta hisoblash bunday ustama haq olish huquqi yuzaga kelgandan keyin ishlagan vaqt uchun amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kalendar oy mobaynida ustama haq miqdorini oshirish huquqi yuzaga kelgan xodimga nisbatan ustama haqning yangi miqdori keyingi oyning 1-sanasidan qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kalendar oy mobaynida tarif stavkasi (lavozim maoshi) oʻzgargan xodimga nisbatan ustama haqning yangi miqdori keyingi oyning 1-sanasidan qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodim Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 141, 142 va 145-moddalarida koʻrsatilgan tartibda vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilganda unga ustama haq asosiy ishi boʻyicha oylik tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) kelib chiqib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustama haq oʻrtacha ish haqiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-oktabrdagi 5005-IV/KQ-842-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Parlament komissiyasi
Taftish komissiyasi
Direktor — Ijro etuvchi devon rahbari
Direktor oʻrinbosari
Ijtimoiy muammolarni oʻrganish va tanlovlarni shakllantirish boʻlimi
3
Dasturlar va loyihalarning samaradorligini monitoring qilish boʻlimi
3
Tanlovlarni tahlil qilish, texnik baholash va muvofiqlashtirish boʻlimi
3
Moliya va buxgalteriya hisobi boʻlimi
2
Tashkiliy ishlar va kadrlar boʻyicha mutaxassis
1
Axborot texnologiyalarini joriy qilish va axborot xavfsizligi boʻyicha bosh mutaxassis
1
Matbuot kotibi
1
Bosh yuriskonsult
1
Jamoat fondining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi alohida boʻlinmalari
28
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 45 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-oktabrdagi 5005-IV/KQ-842-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi Ijro etuvchi devonining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SHTATLAR JADVALI

Lavozim nomi
Shtat birligi soni
Direktor
1
Direktor oʻrinbosari
1
Ijtimoiy muammolarni oʻrganish va tanlovlarni shakllantirish boʻlimi
3
Boʻlim boshligʻi
1
Bosh mutaxassis
1
Yetakchi mutaxassis
1
Tanlovlarni tahlil qilish, texnik baholash va muvofiqlashtirish boʻlimi
3
Boʻlim boshligʻi
1
Bosh mutaxassis
1
Yetakchi mutaxassis
1
Dasturlar va loyihalarning samaradorligini monitoring qilish boʻlimi
3
Boʻlim boshligʻi
1
Bosh mutaxassis
1
Yetakchi mutaxassis
1
Moliya va buxgalteriya hisobi boʻlimi
2
Boʻlim boshligʻi
1
Bosh mutaxassis
1
Axborot texnologiyalarini joriy qilish va axborot xavfsizligi boʻyicha bosh mutaxassis
1
Matbuot kotibi
1
Bosh yuristkonsult
1
Tashkiliy ishlar va kadrlar boʻyicha mutaxassis
1
Jami
17
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-oktabrdagi 5005-IV/KQ-842-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi Ijro etuvchi devoni xodimlarining mehnatiga Yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RAZRYADLARI

Mehnatga haq toʻlash razryadlari
Direktor
18
Direktor oʻrinbosari
17
Boʻlim boshligʻi
16
Bosh mutaxassis
15
Matbuot kotibi
15
Bosh yuristkonsult
15
Yetakchi mutaxassis
14
Tashkiliy ishlar va kadrlar boʻyicha mutaxassis
13
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-oktabrdagi 5005-IV/KQ-842-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi alohida boʻlinmalarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SHTATLAR JADVALI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lavozim nomi
Shtat birligi soni
Boʻlinma boshligʻi
14
Bosh hisobchi
14
Jami
28
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-oktabrdagi 5005-IV/KQ-842-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi alohida boʻlinmalari xodimlarining mehnatiga Yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RAZRYADLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lavozim nomi
Mehnatga haq toʻlash razryadlari
Boʻlinma boshligʻi
14
Bosh hisobchi
12
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-oktabrdagi 5005-IV/KQ-842-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasining (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) vazifalarini, vakolatlarini, faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini, shuningdek uning ishini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Parlament komissiyasi fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga hamda ularning mamlakatda demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishda va jamiyatni erkinlashtirishda ishtirok etishiga koʻmaklashish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Parlament komissiyasi bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining (bundan buyon matnda Jamoat fondi deb yuritiladi) vasiylik kengashi vazifalarini ham bajaradi, Jamoat fondi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini shakllantiradi, mazkur faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Parlament komissiyasi oʻz faoliyatini amaldagi qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Parlament komissiyasining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Parlament komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondi mablagʻlarini fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun ochiqlik, shaffoflik va adolatlilik prinsiplari asosida taqsimlaydi, fuqarolik jamiyati institutlarining va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining takliflarini oʻrganish asosida aniq ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirish boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylardagi fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan ajratiladigan mablagʻlarning hajmlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari buyurtmalari asosida aniqlaydi hamda taqsimlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun tanlovlarning dolzarb mavzu va yoʻnalishlarini ishlab chiqadi, eʼlon qiladi hamda ularni oʻtkazish muddatlarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlarining va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining dastur va loyihalarini ijtimoiy sheriklik sohalari kesimida dolzarb ijtimoiy ahamiyatini aniqlash, ularni moliyalashtirish boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat fondining ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishi hamda fuqarolik jamiyati institutlarining moliyalashtirilgan loyihalari va dasturlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, aholining siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash ishlariga munosib hissa qoʻshgan hamda jamiyatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda faol ishtirok etayotgan fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda tashabbuskor fuqarolarni “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan fuqarolik jamiyati institutlari va faol jamoatchilik vakillari hamda tashabbuskor fuqarolarni “Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti bilan taqdirlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parlament komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Parlament komissiyasi vakolatlariga taalluqli masalalar Jamoat fondining Ijro etuvchi devoniga yoki Taftish komissiyasiga hal etish uchun topshirilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Parlament komissiyasi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatiga amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Parlament komissiyasining tuzilmasi va komissiya faoliyatini boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Parlament komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari, Senatining aʼzolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parlament komissiyasining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadigan rais, uning oʻrinbosari, masʼul kotib va komissiya aʼzolaridan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parlament komissiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati va Senatining aʼzosi navbatma-navbat raislik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Parlament komissiyasining raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parlament komissiyasining faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parlament komissiyasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parlament komissiyasi ish rejasi loyihasining tayyorlanishini tashkil etadi va Parlament komissiyasining tasdiqlangan ish rejasi bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parlament komissiyasi qarorlarini tasdiqlaydi va ularning ijro etilishiga doir ishlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parlament komissiyasining raisi yoʻqligida uning vazifasini rais oʻrinbosari bajarib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Parlament komissiyasining masʼul kotibi Parlament komissiyasining majlislarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq vazifalarni amalga oshiradi, Parlament komissiyasi majlislarining bayonnomalarini yuritadi, shuningdek Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Parlament komissiyasining tarkibini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parlament komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga raisni, rais oʻrinbosarini, masʼul kotibni, ayrim aʼzolarni muddatidan ilgari vazifasidan ozod etish toʻgʻrisidagi masalani Parlament komissiyasi aʼzolari umumiy sonining uchdan ikki qismining talabiga koʻra kiritishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Parlament komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, masʼul kotibi va aʼzolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parlament komissiyasi raisi, rais oʻrinbosari, masʼul kotibi va aʼzolarining oʻz vazifasini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrni ularning asosiy ish joyidagi mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Parlament komissiyasi belgilangan maqsad va vazifalarni bajarishi uchun ekspertlar kengashi va ishchi guruhlarini tuzishi mumkin. Ekspertlar kengashi va ishchi guruhlarning faoliyati Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ekspertlar kengashi Parlament komissiyasining qaroriga asosan sogʻliqni saqlash, ekologiya, taʼlim, yoshlar, bandlik va boshqa sohalardagi davlat organlarining 7 — 9 nafar vakillaridan iborat shaklda 2 yil muddatga tuziladi va yangilanib boriladi. Ekspertlar kengashini shakllantirishda ekspertlarning kasbiy va hayotiy tajribasi hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Parlament komissiyasi aʼzolari bir vaqtning oʻzida Jamoat fondi Ijro etuvchi devoni va Taftish komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Parlament komissiyasining faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Parlament komissiyasining majlislari, zaruratga qarab, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parlament komissiyasining majlislari Parlament komissiyasining raisi yoki rais oʻrinbosari tomonidan chaqiriladi, ular bu haqda komissiya aʼzolarini, qoida tariqasida, kamida ikki kun avval xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parlament komissiyasi majlisining kun tartibida koʻriladigan masalalar Parlament komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, masʼul kotibi va aʼzolari, shuningdek Jamoat fondi direktori tomonidan kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parlament komissiyasining majlislari, agar ularda Parlament komissiyasi aʼzolarining kamida yarmi hozir boʻlsa, vakolatlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parlament komissiyasining majlisini Parlament komissiyasining raisi yoki uning oʻrinbosari olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parlament komissiyasining majlisi ochiq tarzda oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda Parlament komissiyasi yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Parlament komissiyasining navbatdan tashqari majlisi Parlament komissiyasi raisining tashabbusi bilan, shuningdek Parlament komissiyasi aʼzolarining yoki Jamoat fondi Taftish komissiyasi aʼzolarining yozma talabiga binoan chaqiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Parlament komissiyasining aʼzolari uning majlislarida hozir boʻlishi shart. Parlament komissiyasi aʼzolari majlislarda ishtirok eta olmasligi haqida Parlament komissiyasi raisini yoki masʼul kotibini oldindan yozma ravishda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Parlament komissiyasining barcha aʼzolari teng huquqlardan foydalanadi, Parlament komissiyasining har bir aʼzosi bir ovozga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Parlament komissiyasining qarori uning majlisida ishtirok etayotgan aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Majlisda Parlament komissiyasining masʼul kotibi tomonidan bayonnoma yuritiladi va u raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parlament komissiyasining qarorlari Jamoat fondining Ijro etuvchi devoni ijro etishi uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Parlament komissiyasining majlislariga davlat organlarining, fuqarolik jamiyati institutlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Ushbu nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ushbu nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori bilan kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Parlament komissiyasini shakllantirish hamda uning faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha qoʻshma qarori tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining majlislarida tasdiqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-oktabrdagi 5005-IV/KQ-842-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 8-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. Ushbu Nizom mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan fuqarolik jamiyati institutlari va faol jamoatchilik vakillari hamda tashabbuskor fuqarolarni “Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti (bundan buyon matnda Milliy mukofot deb yuritiladi) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Milliy mukofot bilan taqdirlash anʼanaviy tarzda har ikki yilda bir marta fuqarolik jamiyati institutlari va faol jamoatchilik vakillari hamda tashabbuskor fuqarolar oʻrtasida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Milliy mukofotga nomzodlar inson huquqlarini himoya qilish, taʼlim, ilm-fan, madaniyat, ekologiya, tibbiyot, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish, homiylik, xayriya, metsenatlik, tarixiy-madaniy merosni muhofaza qilish va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan boshqa muhim yoʻnalishlarda faoliyat yuritayotgan fuqarolik jamiyati institutlari va faol jamoatchilik vakillari hamda tashabbuskor fuqarolar orasidan koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Milliy mukofotga nomzodlar “Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofotiga taqdim etilgan nomzodlarni koʻrib chiqish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (bundan buyon matnda Tashkiliy qoʻmita deb yuritiladi) xulosasi hamda keng jamoatchilik tanlovi asosida tanlab olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy qoʻmita jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi Tashkiliy qoʻmitaning ishchi organi (bundan buyon matnda ishchi organ deb yuritiladi) hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy qoʻmita ishchi organ taqdim etgan nomzodlar haqidagi hujjatlar va maʼlumotlarni puxta koʻrib chiqib, Milliy mukofotga tavsiya etish boʻyicha qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy qoʻmita qarori yigʻilish bayoni bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Milliy mukofot uchun nomzodlarni tanlab olish quyidagi nominatsiyalar asosida tashkil etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) “Fuqarolarning huquq va erkinliklari faoli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) “Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash faoli”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) “Tashabbuskor ekologiya faoli”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) “Ijtimoiy himoya faoli”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) “Xotin-qizlar boʻyicha ijtimoiy faol”.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-noyabrda qabul qilingan 1439-V/KQ-266-V-sonli Qoʻshma qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Milliy mukofot nominatsiyalari boʻyicha maʼlumotlar Milliy mukofot taqdim etiladigan yilning 1-iyuliga qadar ishchi organ tomonidan ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻi orqali eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Nomzodlarni koʻrib chiqish va tanlab olish quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi bosqichda — soʻnggi ikki yilda inson huquqlarini himoya qilish, taʼlim, ilm-fan, madaniyat, ekologiya, tibbiyot, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish, homiylik, xayriya, metsenatlik, tarixiy-madaniy merosni muhofaza qilish va shu kabi ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan boshqa muhim yoʻnalishlarda erishgan yutuqlaridan kelib chiqqan holda nomzodlarni koʻrib chiqish va tanlab olish Tashkiliy qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi bosqichda — Tashkiliy qoʻmita xulosasiga muvofiq faoliyati eng yuqori baholangan nomzodlar jamoatchilik tanlovidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Milliy mukofot bilan taqdirlash ushbu Nizomning ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Milliy mukofot bilan taqdirlash uchun nomzodlarni tanlab olish mezonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Milliy mukofot bilan taqdirlash uchun tavsiya etilayotgan nomzodlar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
insonning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga, adolat va qonun ustuvorligini taʼminlashga hissa qoʻshganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, taʼlim, bandlik, tadbirkorlik va maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya borasida fidokorona faoliyat koʻrsatganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, aholida ekologik madaniyatni oshirish borasida, xususan chiqindilarni qayta ishlash, suv va havo tozaligi, daraxt ekish aksiyalari, “yashil iqtisodiyot”, qayta tiklanuvchi energiya manbalari yoki ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish borasida ilmiy-amaliy ishlar qilganligi, innovatsion yechimlar va texnologiyalar yaratganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining ehtiyojmand qatlamlarini, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarni, yetim va kam taʼminlangan bolalarni, keksalarni hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan boshqa shaxslarni qoʻllab-quvvatlash va ularning hayot sifatini oshirish borasida fidokorona mehnat qilayotganligi, shu bilan birga xayriya ishlarini, volontyorlik faoliyatini amalga oshirganligi yoki saxovat koʻrsatganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini, oʻrni va nufuzini oshirish, oila va jamiyat barqarorligini mustahkamlash borasida mahalla, tuman (shahar), viloyat yoki respublika miqyosida yuksak hissa qoʻshib kelayotganligi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-noyabrda qabul qilingan 1439-V/KQ-266-V-sonli Qoʻshma qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Milliy mukofotga nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Fuqarolik jamiyati institutlari va faol jamoatchilik vakillari hamda tashabbuskor fuqarolar (nomzodlar) oʻzlari, qonuniy vakillari yoki faoliyat yuritayotgan tashkiloti orqali Milliy mukofot bilan taqdirlanadigan yilning 1-oktabriga qadar arizalarni belgilangan tartibda ishchi organga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ngo.gov.uz elektron tizimi orqali taqdim etadi:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-noyabrda qabul qilingan 1439-V/KQ-266-V-sonli Qoʻshma qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodning maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatning (shahodatnomaning, diplomning) nusxasini (mavjud boʻlgan taqdirda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodga berilgan ijodiy tavsifnomani (tasdiqlangan shaklda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodning ish, oʻqish joyidan yoki harbiy xizmatni oʻtash joyidan yoxud nomzod yashab turgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan nomzodga berilgan, tasdiqlangan tavsifnomani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzod tomonidan amalga oshirilgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar (mavjud boʻlgan taqdirda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzod haqida ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan xabar yoki materiallarni, mamlakatimizda va xorijda chop etilgan maqolalar havolasini (mavjud boʻlgan taqdirda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodning faoliyati va erishgan yutuqlarini aks ettiruvchi hujjatlarni (sertifikat, faxriy yorliq, diplom nusxasi va shu kabi boshqa hujjatlarni);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan homiylik xayriyalari toʻgʻrisidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjatni yoki bunday axborotni homiylik xayriyalarini olgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning veb-saytlarida (mavjud boʻlgan taqdirda) eʼlon qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni (ilovani), homiylik xayriyalarining bank operatsiyasi orqali oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metsenat va metsenatlik koʻmagini oluvchi oʻrtasida tuziladigan metsenatlik koʻmagini berish toʻgʻrisidagi shartnoma nusxasini va metsenatlik koʻmagi koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjatni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan muddatni kechiktirgan holda taqdim etilgan hujjatlar qabul qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizomning 10-bandiga muvofiqligi ishchi organ tomonidan 1 — 20-oktabr kunlari davomida oʻrganilib, koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun Tashkiliy qoʻmitaga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tashkiliy qoʻmita 20 — 30-oktabr kunlari davomida har bir nominatsiya boʻyicha eng yuqori natijalarga erishgan 3 nafardan nomzodni saralaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Nominatsiyalar boʻyicha taqdim etilgan nomzodlarning faoliyati samaradorligi mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan mezonlarga mos kelmagan taqdirda, Tashkiliy qoʻmita mazkur nominatsiyalarga gʻoliblar aniqlanmasligi yuzasidan xulosa qabul qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tashkiliy qoʻmitaning tegishli qarori bilan Milliy mukofotga munosib deb topilgan uch nafar nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keng jamoatchilik tomonidan ularga ovoz berilishi uchun ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ovoz berish jarayoni Internet jahon axborot tarmogʻi orqali 1 — 20-noyabr kunlari davomida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ovoz berish natijalariga koʻra har bir nominatsiya boʻyicha uch nafar nomzod ichidan eng koʻp ovoz toʻplagan nomzod Milliy mukofot sovrindoriga aylanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-noyabrda qabul qilingan 1439-V/KQ-266-V-sonli Qoʻshma qarori tahririda)
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-noyabrda qabul qilingan 1439-V/KQ-266-V-sonli Qoʻshma qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-noyabrda qabul qilingan 1439-V/KQ-266-V-sonli Qoʻshma qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-noyabrda qabul qilingan 1439-V/KQ-266-V-sonli Qoʻshma qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Milliy mukofot sovrindorlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasining tegishli qarori asosida taqdirlanadi hamda ularga mazkur jamoat fondi mablagʻlari, homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti, Milliy mukofot maxsus statuetkasi va sertifikati topshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-noyabrda qabul qilingan 1439-V/KQ-266-V-sonli Qoʻshma qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Taqdirlash marosimini tashkil etish va oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Milliy mukofotning joriy gʻoliblarini taqdirlash marosimi dekabr oyining birinchi haftasida “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida Toshkent shahrida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Milliy mukofot bilan taqdirlanadigan fuqarolik jamiyati institutlari va faol jamoatchilik vakillari hamda tashabbuskor fuqarolar roʻyxati respublika ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ushbu Nizom talablarining buzilishi bilan bogʻliq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti bilan taqdirlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Ishchi organ
Nominatsiyalarni ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qiladi
Milliy mukofot taqdim etiladigan yilning 1-iyuliga qadar
2-bosqich
Fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar yoki nomzodlar
Ariza va hujjatlarni ishchi organga taqdim etadi
Milliy mukofot taqdim etiladigan yilning 1-oktabriga qadar
3-bosqich
Ishchi organ
Taqdim etilgan nomzodlar hujjatlarini oʻrganadi hamda tegishli qaror qabul qilish uchun Tashkiliy qoʻmitaga taqdim etadi
Milliy mukofot taqdim etiladigan yilning 1 — 20-oktabr kunlari davomida
4-bosqich
Tashkiliy qoʻmita
Taqdim etilgan nomzodlarni saralaydi
Milliy mukofot taqdim etiladigan yilning 20 — 30-oktabr kunlari davomida
5-bosqich
Tashkiliy qoʻmita, keng jamoatchilik
Har bir nominatsiya boʻyicha eng yuqori natijalarga erishgan 3 nafar nomzod roʻyxatini Internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qiladi hamda keng jamoatchilik tomonidan ovoz beriladi
Milliy mukofot taqdim etiladigan yilning 1 — 20-noyabr kunlari davomida
6-bosqich
Ishchi organ
Sovrindorlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining tegishli qarori asosida taqdirlanadi.
Milliy mukofot taqdim etiladigan yil dekabr oyining birinchi haftasida
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-noyabrda qabul qilingan 1439-V/KQ-266-V-sonli Qoʻshma qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-oktabrdagi 5005-IV/KQ-842-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 9-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofotiga taqdim etilgan nomzodlarni koʻrib chiqish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI

1.
Safoyev Sodiq Solixovich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita hamraisi
2.
Xodjayeva Mavludaxon Islamovna
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita hamraisi
3.
Eshmuratov Abdulxakim Xushbokovich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi
4.
Abdullayev Baxrom Ismoilovich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi
5.
Kozixonova Orzigul Moʻydinovna
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi
6.
Agzamova Gulrux Anvarovna
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi raisi
7.
Muxtorova Nazira Abdusattarovna
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisi
8.
Gapporov Xayrillo Lutpillayevich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi raisi
9.
Tashkulov Akbar Joʻraboyevich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri
10.
Tillaboyev Mirzatillo Alisherovich
—
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi oʻrinbosari
11.
Xodjayev Asadjon Azatbekovich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori
12.
Rafiqov Qudratilla Mirsagatovich
—
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi
13.
Ishanxodjayev Kamoliddin Nuriddinovich
—
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi
14.
Kuranbayev Kaxramon Kuchkarovich
—
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi
15.
Xusanov Otabek Nishonovich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi direktori, Tashkiliy qoʻmita masʼul kotibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ularning oʻrniga ushbu lavozimga yangi saylangan (tayinlangan) yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 16-iyundagi 968-V/KQ-199-V-sonli Qoʻshma qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-oktabrdagi 5005-IV/KQ-842-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 10-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan qoʻshma qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 3-iyuldagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 842-I/513-I-sonli Qoʻshma qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 409-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyuldagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 843-I/515-I-sonli Qoʻshma qarori 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 410-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 30-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida”gi 873-I/552-I-sonli Qoʻshma qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 9, 529-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 855-II/113-II-sonli Qoʻshma qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 3, 84-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 13-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 132-III/KQ-15-III-sonli Qoʻshma qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 5, 219-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2016-yil 2-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 442-III/KQ-87-III-sonli Qoʻshma qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 5, 150-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2018-yil 5-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish kiritish haqida”gi 1605-III/KQ-330-III-sonli Qoʻshma qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 259-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 6-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisida”gi Nizomga oʻzgartish kiritish haqida”gi 2493-III/KQ-537-III-sonli Qoʻshma qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 5, 326-modda).