04.10.2024 yildagi PQ-347-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 04.10.2024 yildagi PQ-347-son
Date of entry into force
05.10.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inson resurslarini rivojlantirish, mehnat bozorini isloh qilish, bandlikning zamonaviy shakllarini tatbiq etish orqali kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha sohada koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish, xalqaro andozalar asosida munosib mehnat munosabatlarini keng joriy qilish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi PF-143-son Farmoniga muvofiq “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi qabul qilinganligi hamda ushbu dastur ijrosini tashkil qilish vazifasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) yuklatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosini tashkil qilishning yaxlit tizimini joriy etishni nazarda tutgan holda quyidagilar Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuritish — mehnat bozorini tahlil qilish va ishsizlarning hisobini manzilli (nomma-nom) yuritish, iqtisodiyotning rivojlanib kelayotgan tarmoq va sohalarida mehnat resurslariga boʻlgan talabni prognoz qilish, mehnat bozoridagi tarkibiy muammolarni aniqlash va nomutanosibliklarning oldini olish, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan faol hamkorlikda ishlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi bandligini taʼminlash dasturlarini shakllantirish, boʻsh ish oʻrinlari hisobini yuritish, ishsizlarni ishga joylashtirish — har yil uchun hududlar, tarmoq va sohalar kesimida aholi bandligini taʼminlash dasturini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, mavjud boʻsh ish oʻrinlari hisobini yuritish va monitoring qilish, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirishni tashkil etish va ish beruvchilar bilan bogʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kambagʻallikni qisqartirish — kambagʻallik dinamikasi va tarkibini tahlil qilish, oilalarni kambagʻallikdan chiqarish individual rejalarining ishlab chiqilishini tashkil etish va ijrosini muvofiqlashtirish, aholini kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni joylarga chiqqan holda oʻrganish hamda natijasi boʻyicha “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) har oyda maʼlumot kiritib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish — mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi (keyingi oʻrinlarda — hokim yordamchisi) faoliyatini uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, istiqbolli loyihalar bilan ishlash koʻnikmasi va malakasini oshirib borishni doimiy tahlil qilish, eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va baholash, faoliyatida aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbiy standartlarni ishlab chiqish, kasb-hunar va xorijiy tillarga oʻqitish, malakani baholash — xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda xorijda tan olinadigan kasbiy standartlarni ishlab chiqish, talab yuqori boʻlgan kasb va xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirish, standartlar asosida malakani baholash xizmatlari bozorini tartibga solish, sohaga xususiy sektorni keng jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat meʼyorlariga rioya etilishini oʻrganish, mehnat huquqini taʼminlash hamda mehnatni muhofaza qilish — munosib mehnat tamoyillari va xalqaro standartlarni joriy etish, mehnat munosabatlarini tartibga solishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, mehnat huquqlarini himoya qilish, shuningdek, mehnat xavfsizligi va gigiyenasi hamda munosib mehnat sharoitlarini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tugatilsin hamda uning shtat birliklari, vazifalari, funksiyalari va mol-mulki Vazirlik tasarrufiga oʻtkazilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlik Respublika komissiyasining ishchi organi sifatida quyidagilarni amalga oshirsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilalarni kambagʻallikdan chiqarish individual rejalarining toʻgʻri, maqsadli, manzilli tuzilganligi va natijadorligini hamda eng ogʻir ahvoldagi mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha ishlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tahlil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
individual rejalarning ijrosini muvofiqlashtiradi, zarur hollarda, ularga tegishli oʻzgartirishlar kiritish orqali samarali natijaga erishilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
individual rejalarni amalga oshirishda aniqlangan muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda hal qiladi hamda tizimli muammolar yechimi boʻyicha takliflarni Respublika komissiyasiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kambagʻal oilalarga va eng ogʻir ahvoldagi mahallalarga biriktirilgan tashkilotlar rahbariyatining faoliyati samaradorligini monitoring qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Vazirlik hududiy boʻlinmalarining kambagʻallikni qisqartirish va kasb-hunarga oʻqitish yoʻnalishlari boʻyicha faoliyati loyihaviy yondashuv tamoyili asosida tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan tuman (shahar) yoki mahalla boʻyicha aniq chora-tadbirlardan iborat loyihaviy boshqaruv tizimi joriy etiladi. Bunda eng ogʻir ahvoldagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, shu jumladan tomorqalarni sugʻorish suvi, mahallalarni elektr energiyasi va internet bilan uzluksiz taʼminlash mablagʻlari Vazirlikning aniq loyihalari boʻyicha ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Vazirlikning hududiy boʻlinmalariga quyidagi vakolatlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) hokimligi, mahalla fuqarolar yigʻini bilan mahallalarda kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan uch tomonlama shartnoma tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch tomonlama shartnoma shartlari bajarilishini nazorat qilish va uning shartlari bajarilmagan taqdirda, infratuzilmani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlarning ajratilishini toʻxtatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) mahallalarda infratuzilmani yaxshilash loyihalari va davlat tomonidan tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar Vazirlik taklifiga binoan Respublika komissiyasi tomonidan taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish orqali kambagʻallik darajasini qisqartirish boʻyicha Vazirlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda ijobiy natija bergan “100 ta eng samarali mikroloyiha” katalogini yaratsin hamda hokim yordamchilari orqali respublikaning barcha hududlarida ommalashtirish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-dekabrga qadar 50 ta tumanda, 2026-yilda qolgan tumanlarda 50 — 100 gektardan ijara asosida ajratilgan qishloq xoʻjaligi yer maydonlarida sanoatlashgan plantatsiya, bogʻ va uzumzorlar tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-dekabrga qadar ijara asosida yer maydonlari ajratilgan tumanlarda kamida 40 gektar maydonda “bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida yuqori daromadli va eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha namunaviy loyihalarni amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 1-avgustga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda kamida ikkitadan koʻp qavatli kompleks sanoat markazlarini barpo etish va tadbirkorlarni joylashtirish loyihalarini amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat kirib bormagan mahallalarda 2025-yil 1-dekabrga qadar 1 000 ta, 2026-yilda 2 000 ta qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda kichik ishlab chiqarish loyihalarini ishga tushirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili kamida 500 ta hunarmandchilik va kasanachilik loyihalarini mahallaning oʻzida joriy etish hamda kengaytirish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-dekabrga qadar 2 000 ta mahallada, 2026-yil yakuniga qadar qolgan mahallalarda salohiyatli tadbirkorlar, eksportyorlar va brokerlar bilan hamkorlikda yetakchi tadbirkorlar faoliyatini yoʻlga qoʻysin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yildan boshlab yetakchi tadbirkorlarni jalb qilgan holda iqtisodiyotning tegishli tarmoq va sohalariga ixtisoslashgan mahallalar sonini har yili 10 foizga oshirib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 50 ming nafar oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarni bosqichma-bosqich kichik biznes subyektlariga aylantirish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish orqali kambagʻallik darajasini qisqartirish boʻyicha hududlar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilansinki, Vazirlikda yuqori natijaga erishib kelayotgan, ijobiy tajribaga ega 50 nafar hokim yordamchisidan iborat “Loyiha menejerlari” guruhi tashkil etiladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Loyiha menejerlari” guruhi tarkibidagi har bir hokim yordamchisi samaradorlik koʻrsatkichlari past boʻlgan tuman (shahar)larga biriktiriladi va ular olti oygacha mazkur tuman (shahar)lardagi mahallalarga xizmat safariga yuboriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat safari davomida “Loyiha menejerlari” guruhidagi hokim yordamchilari, ish haqi va boshqa ijtimoiy toʻlovlar saqlab qolingan holda, lavozim maoshining 50 foizi miqdorida qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Loyiha menejerlari” guruhi tarkibidagi hokim yordamchilarining xizmat safari va ularni moddiy ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlar Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hokim yordamchilarini qonunchilikda ularga yuklatilgan vazifalardan tashqari boshqa ishlarni bajarishga jalb etish taqiqlanganligi qayd etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ishsiz va kambagʻal aholini ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos boʻlgan ishchi kasblarga oʻqitish tizimini tashkil etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Vazirlik huzuridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlari negizida kasbiy koʻnikmalar markazlari tashkil etilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Vazirlik kasbiy koʻnikmalar markazlarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-yanvardan ish beruvchilar talabiga moslashuvchan oʻqitish muddati va vaqtini nazarda tutuvchi tezkor kurslar yoʻlga qoʻyilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-martdan boshlab amaliy kasbiy koʻnikmalarni bevosita ish joyida shakllantirish imkonini beruvchi yangi tajribaning joriy etilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-maydan boshlab xalqaro tan olingan taʼlim dasturlarining bosqichma-bosqich joriy etilishini;
(9-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 1-yanvarga qadar kasbiy koʻnikmalar markazlarini xalqaro baholash tashkilotlarining akkreditatsiyasidan oʻtkazish orqali ularning bitiruvchilariga xorijda tan olinadigan sertifikatlar (malaka pasportlari) berilishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil yakuniga qadar malakali xorijiy tashkilotni jalb qilgan holda xalqaro standartlar boʻyicha kasbiy malakani baholovchi markazni tashkil qilsin va ushbu markazda xorijiy davlatlarda tan olinadigan malaka sertifikati berishni yoʻlga qoʻysin;
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Vazirlikka quyidagi huquqlar berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbiy koʻnikmalar markazlarini hamda Vazirlik tasarrufidagi boshqa binolarni (inshootlarni) yoki ularning bir qismini jihozlari bilan birga ularda kasb-hunar va xorijiy tillarga oʻqitish kurslarini hamda dual taʼlim tashkil qilish sharti bilan ish beruvchilarga va taʼlim tashkilotlariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida 15 yilgacha muddatga ijaraga yoki tekin foydalanishga berish;
(9-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbiy koʻnikmalar markazlarini sohada yetarli tajribaga ega mahalliy va xorijiy tashkilotlarga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida ishonchli boshqaruvga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro tan olingan kasb standartlarini ishlab chiqish uchun yuqori malakali xorijiy ekspertlarni shartnoma asosida jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) kasbiy koʻnikmalar markazlarini hamda Vazirlik tasarrufidagi boshqa binolarni (inshootlarni) yoki ularning bir qismini ijara yoki tekin foydalanishga olgan ish beruvchilar va taʼlim tashkilotlariga Vazirlik bilan kelishgan holda bino-inshootlarni taʼmirlash (rekonstruksiya qilish) va boʻsh yer uchastkalarida qoʻshimcha bino-inshootlarni davlat xaridlari tartib-taomillarini qoʻllash majburiyatisiz qurish huquqi berilsin va obyektlar Vazirlik tomonidan qabul qilinsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara yoki tekin foydalanishga olingan hamda qoʻshimcha qurilgan bino-inshootlarda taʼlim jarayoni bilan uygʻun faoliyat turlarini amalga oshirishga ruxsat beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara va tekin foydalanish shartnomasi muddati tugaganda investorlar tomonidan amalga oshirilgan qurilish-taʼmirlash xarajatlari ularga qaytarilmaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoniga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlari negizida tashkil etiladigan kasbiy koʻnikmalar markazlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasbiy koʻnikmalar markazlarining asosiy faoliyat yoʻnalishlari 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatilayotgan hamda bino va inshootlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazilayotgan kasb-hunarga oʻqitish markazlari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 1-yanvardan Toshkent shahri va Samarqand viloyatida, 2025-yil 1-sentabrdan respublikaning boshqa hududlarida ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni buyurtma asosida davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari hamda ish beruvchilarni jalb qilgan holda oʻqitish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni buyurtma asosida oʻqitish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik tomonidan talab yuqori boʻlgan kasb va xorijiy tillar roʻyxati hamda ushbu jarayonga jalb etiladigan xususiy oʻquv markazlarining reyestri shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasblar va xorijiy tillarga oʻqitish uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan ajratiladigan grantlar qiymati Vazirlik tomonidan belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarga roʻyxatda belgilangan kasb va xorijiy tillarni hamda ularni oʻqitadigan taʼlim tashkilotlari yoki ish beruvchilarni mustaqil tanlash huquqi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim tashkilotlari va ish beruvchilarga grant mablagʻlarining 50 foizgacha miqdori oʻqish boshlanishidan oldin, qolgan qismi oʻqish yakuni boʻyicha ishsiz aholi tomonidan yakuniy imtihon muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2024-yil 1-noyabrdan boshlab Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar tekshiruv boshlangan paytdan boshlab Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilgan holda oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2025-yil 1-martdan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari mansabdor shaxslariga mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish, aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini bajarmaganligi uchun kameral nazorat oʻtkazish vakolati beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan, Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga aralashgan, toʻsqinlik qilgan yoki taʼsir oʻtkazgan shaxslarga nisbatan jarima qoʻllash tartibi joriy etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalariga “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi maʼlumotlaridan foydalangan holda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qurilayotgan, taʼmirlanayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan obyektlardagi ishchilar sonining loyiha-smeta hujjatlari hamda pudrat ishlari hajmiga muvofiqligi yuzasidan nazorat tadbirlarini oʻtkazishga ruxsat etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalarining xodimlarini bir oyda jami 10 ish kunidan ortiq muddatga tekshiruvlar oʻtkazishga jalb qilish taqiqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 2026-yil 1-yanvardan boshlab tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga (tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasiga oʻtkazilgan boʻlimlardan tashqari) amaldagi moliyalashtirish tartibi saqlab qolingan holda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan xizmat koʻrsatiladi.
(12-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-son qaroriga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vazirlik 2025-yil 1-aprelga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Milliy vakansiyalar bazasida mamlakatdagi mavjud boʻsh ish oʻrinlarini, talab yuqori boʻlgan kasblar va mutaxassisliklarni aniqlash, taklif etilayotgan ish haqi, talab qilinadigan malaka talablari, mehnat sharoitlari, ish vaqti rejimi va boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan platformani ishga tushirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Yagona milliy mehnat tizimi orqali:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchilar va xodimlarga tijoriy elektron xizmatlar koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻysin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi uslubiyot asosida qisqa va oʻrta muddatlarda kasb hamda mutaxassisliklarga boʻlgan talabning prognozlarini shakllantirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda mehnat resurslari hisobi va statistikasini yuritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) aholiga bandlik xizmatlarini eksterritorial tarzda koʻrsatish tartibini ishlab chiqsin. Bunda ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolarga ishga joylashtirish yoʻllanmasini istalgan bandlik organlari orqali berish nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Belgilansinki, ichki mehnat bozorini himoya qilish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida mehnat qilayotgan xorijiy fuqarolar hisobini yuritish maqsadida yuridik shaxslarga va xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berish Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berganlik uchun undiriladigan yigʻimlar summasining taqsimoti boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vazirlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Mehnat bozori tadqiqotlari institutini Kambagʻallik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti etib qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Kambagʻallik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti zimmasiga respublikada demografik oʻzgarishlar, mehnat bozorida vujudga kelayotgan tendensiyalar, ixtisosliklar boʻyicha mehnat resurslariga nisbatan talab va ehtiyojlar hamda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish vazifalari yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining tashkiliy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 6-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini ragʻbatlantirish shartlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzurida davlat muassasalari shaklida tashkil etilgan Yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalari yuridik shaxs maqomi tugatilgan holda Vazirlikka oʻtkazilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy jamgʻarmalarning ijro etuvchi direksiyalari tugatiladi hamda hududiy jamgʻarmalar faoliyatini tashkil etish va yuritish vazifalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy jamgʻarmalar mablagʻlari amaldagi yoʻnalishlarga qoʻshimcha ravishda “Loyiha menejerlari” guruhi tomonidan yuqori samara bergan ijobiy tajribalarni boshqa hududlarda joriy etish bilan bogʻliq loyihalarni moliyalashtirish, yetakchi tadbirkorlar va usta dehqonlarni jalb etishga sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Belgilansinki, xodimlarning mehnat huquqlarini kafolatlash hamda mehnat muhofazasini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-yanvardan boshlab xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatni muhofaza qilishni kuchaytirish, ish beruvchilar bilan xodimlar oʻrtasidagi muvozanatli mehnat munosabatlarini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda mehnat sohasidagi nizolarni hal etishni mediatsiya usulida videokonferensaloqa shaklida amalga oshirish tizimi joriy etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-martdan boshlab mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilotlarda mehnat huquqlari va mehnat muhofazasi taʼminlanganlik holati onlayn reyting asosida baholanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 1-yanvarga qadar ish joylaridagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish hamda xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlash maqsadida mehnat xavfsizligi va gigiyenasi standartlari ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari hamda davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining inson resurslari bilan ishlashga masʼul tarkibiy tuzilmalarining rahbar va xodimlari har uch yilda kamida bir marta mehnat munosabatlarini tashkil etish boʻyicha Vazirlik huzuridagi malaka oshirish markazida shartnoma asosida malakasini oshirib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziriga quyidagi vakolatlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazir maslahatchilari, hududiy boshqarmalar, Vazirlik huzuridagi tashkilotlar, hududiy inspeksiya rahbari va oʻrinbosarlarini mustaqil tarzda lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish. Bunda hududiy boshqarmalar rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va Vazirlik tizimidagi tashkilotlarning rahbarlari va xodimlari uchun faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlarini (KPI) belgilash hamda nazoratini olib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 1-yanvarga qadar Vazirlikka tegishli jamgʻarmalar hisobidan va oʻz hisobidan moliyalashtiriladigan Vazirlik tizimidagi tashkilotlar shtat birliklarini, rahbar va xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda moddiy ragʻbatlantirish shartlarini va miqdorlarini mustaqil belgilash.
(20-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Vazirlik Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 4-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-347-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktabrdagi PQ-347-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish orqali kambagʻallik darajasini qisqartirish boʻyicha hududlar kesimidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadli koʻrsatkichlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Jami

Hududlar kesimida:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Andijon viloyati

Buxoro viloyati

Jizzax viloyati

Qashqadaryo viloyati

Navoiy viloyati

Namangan viloyati

Samarqand viloyati

Sirdaryo viloyati

Surxondaryo viloyati

Toshkent viloyati

Fargʻona viloyati

Xorazm viloyati

Toshkent shahri

1.

Ijara asosida ajratilgan qishloq xoʻjaligi yer maydonlarida sanoatlashgan plantatsiya, bogʻ va uzumzorlar tashkil etish.

167

16

15

12

12

14

6

11

14

9

14

15

18

11

-

1.1.

2025-yil 1-dekabrga qadar

50

5

4

4

4

4

2

3

4

3

4

4

6

3

0

1.2.

2026-yil davomida

117

11

11

8

8

10

4

8

10

6

10

11

12

8

0

2.

Ijara asosida yer maydonlari ajratilgan tuman (shahar)larda kamida 40 gektar maydonda “bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida yuqori daromadli va eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha namunaviy loyihalarni amalga oshirish.

6680

640

600

480

480

560

240

440

560

360

560

600

720

440

0

3.

Har bir viloyatda kamida ikkitadan yirik koʻp qavatli kompleks sanoat markazlarini barpo etish va tadbirkorlarni joylashtirish.

28

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

4.

Sanoat kirib bormagan mahallalarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda kichik ishlab chiqarish loyihalarini ishga tushirish.

3 000

144

288

173

98

261

105

250

357

76

230

326

338

168

186

4.1.

2025-yil 1-dekabrga qadar

1 000

48

96

58

33

87

35

83

119

25

77

109

113

56

61

4.2.

2026-yil davomida

2 000

96

192

115

65

174

70

167

238

51

153

217

225

112

125

5.

Har yili hunarmandchilik va kasanachilik loyihalarini mahallaning oʻzida joriy etish hamda kengaytirish choralarini koʻrish.

500

41

39

31

32

38

26

34

38

26

36

53

46

31

29

6.

Mahallalarda salohiyatli tadbirkorlar, eksportyorlar va brokerlar bilan hamkorlikda yetakchi tadbirkorlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

4 122

198

398

237

136

359

144

344

492

105

316

447

464

231

251

6.1.

2025-yil 1-dekabrga qadar

2 000

96

193

115

66

174

70

167

239

51

153

216

225

112

123

6.2.

2026-yil davomida

2 122

102

205

122

70

185

74

177

253

54

163

231

239

119

128

7.

Har yili oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarni bosqichma-bosqich kichik biznes subyektlariga aylantirish choralarini koʻrish.

50 000

2 727

4 621

2 783

2 017

4 847

1 471

4 175

5 730

1 231

3 869

4 155

5 530

2 717

4 127

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktabrdagi PQ-347-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlari negizida tashkil etiladigan kasbiy koʻnikmalar markazlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tuman (shahar) nomi

Negizida kasbiy koʻnikmalar markazlari tashkil qilinayotgan muassasalar nomi

Kasbiy koʻnikmalar markazi nomi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Nukus shahri

Nukus shahar “Ishga marhamat” monomarkazi

Nukus shahri kasbiy koʻnikmalar markazi

2.

Ellikqalʼa tumani

Ellikqalʼa kasb-hunarga oʻqitish markazi

Ellikqalʼa tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

3.

Taxiatosh tumani

Taxiatosh kasb-hunarga oʻqitish markazi

Taxiatosh tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

4.

Nukus tumani

Nukus kasb-hunarga oʻqitish markazi

Nukus tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

Andijon viloyati

5.

Andijon shahri

Andijon shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

Andijon shahri kasbiy koʻnikmalar markazi

6.

Shahrixon tumani

Shahrixon kasb-hunarga oʻqitish markazi

Shahrixon tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

7.

Asaka tumani

Asaka kasb-hunarga oʻqitish markazi

Asaka tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

8.

Qoʻrgʻontepa tumani

Qoʻrgʻontepa kasb-hunarga oʻqitish markazi

Qoʻrgʻontepa tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

Buxoro viloyati

9.

Buxoro shahri

Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

Buxoro shahri kasbiy koʻnikmalar markazi

10.

Jondor tumani

Jondor kasb-hunarga oʻqitish markazi

Jondor tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

11.

Romitan tumani

Romitan kasb-hunarga oʻqitish markazi

Romitan tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

Jizzax viloyati

12.

Jizzax shahri

Jizzax shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

Jizzax shahri kasbiy koʻnikmalar markazi

13.

Zafarobod tumani

Zafarobod kasb-hunarga oʻqitish markazi

Zafarobod tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

Qashqadaryo viloyati

14.

Qarshi shahri

Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

Qarshi shahri kasbiy koʻnikmalar markazi

15.

Kasbi tumani

Kasbi kasb-hunarga oʻqitish markazi

Kasbi tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

16.

Dehqonobod tumani

Dehqonobod kasb-hunarga oʻqitish markazi

Dehqonobod tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

17.

Koʻkdala tumani

Koʻkdala tuman “Ishga marhamat” monomarkazi

Koʻkdala tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

18.

Qamashi tumani

Qamashi kasb-hunarga oʻqitish markazi

Qamashi tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

19.

Shahrisabz shahri

Shahrisabz shahridagi Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazi (KOICA)

Qashqadaryo viloyati kasbiy koʻnikmalar mintaqaviy markazi

Navoiy viloyati

20.

Navoiy shahri

Navoiy shahri “Ishga marhamat” monomarkazi

Navoiy shahri kasbiy koʻnikmalar markazi

21.

Uchquduq tumani

Uchquduq tuman kasb-hunarga oʻqitish markazi

Uchquduq tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

22.

Nurota tumani

Nurota tuman “Ishga marhamat” monomarkazi

Nurota tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

Namangan viloyati

23.

Namangan shahri

Namangan shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

Namangan shahri kasbiy koʻnikmalar markazi

24.

Namangan tumani

Namangan kasb-hunarga oʻqitish markazi

Namangan tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

25.

Toʻraqoʻrgʻon tumani

Toʻraqoʻrgʻon kasb-hunarga oʻqitish markazi

Toʻraqoʻrgʻon tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

26.

Uchqoʻrgʻon tumani

Uchqoʻrgʻon kasb-hunarga oʻqitish markazi

Uchqoʻrgʻon tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

Samarqand viloyati

27.

Samarqand shahri

Samarqand shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

Samarqand shahri kasbiy koʻnikmalar markazi

28.

Kattaqoʻrgʻon shahri

Kattaqoʻrgʻon shahri “Ishga marhamat” monomarkazi

Kattaqoʻrgʻon shahri kasbiy koʻnikmalar markazi

29.

Bulungʻur tumani

Bulungʻur kasb-hunarga oʻqitish markazi

Bulungʻur tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

30.

Ishtixon tumani

Ishtixon kasb-hunarga oʻqitish markazi

Ishtixon tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

31.

Jomboy tumani

Jomboy kasb-hunarga oʻqitish markazi

Jomboy tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

32.

Samarqand shahri

Samarqand ishsizlarni kasb- hunarga oʻqitish markazi (KOICA)

Samarqand viloyati kasbiy koʻnikmalar mintaqaviy markazi

Surxondaryo viloyati

33.

Angor tumani

Angor tuman “Ishga marhamat” monomarkazi

Angor tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

34.

Denov tumani

Denov “Ishga marhamat” monomarkazi

Denov tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

35.

Sherobod tumani

Sherobod kasb-hunar oʻqitish markazi

Sherobod tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

36.

Sariosiyo tumani

Sariosiyo kasb-hunarga oʻqitish markazi

Sariosiyo tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

37.

Shoʻrchi tumani

Shoʻrchi kasb-hunarga oʻqitish markazi

Shoʻrchi tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

38.

Qiziriq tumani

Qiziriq kasb-hunarga oʻqitish markazi

Qiziriq tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

Sirdaryo viloyati

39.

Guliston shahri

Guliston shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

Guliston shahri kasbiy koʻnikmalar markazi

40.

Oqoltin tumani

Oqoltin kasb-hunarga oʻqitish markazi

Oqoltin tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

41.

Sardoba tumani

Sardoba tumani “Ishga marhamat” monomarkazi

Sardoba tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

42.

Sayxunobod tumani

Sayxunobod kasb-hunarga oʻqitish markazi

Sayxunobod tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

43.

Xovos tumani

Xovos kasb-hunarga oʻqitish markazi

Xovos tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

Toshkent viloyati

44.

Oqqoʻrgʻon tumani

Oqqoʻrgʻon tumani “Ishga marhamat” monomarkazi

Oqqoʻrgʻon tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

45.

Qibray tumani

Qibray kasb-hunarga oʻqitish markazi

Qibray tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

46.

Bekobod shahri

Bekobod shahar kasb-hunarga oʻqitish markazi

Bekobod shahri kasbiy koʻnikmalar markazi

47.

Piskent tumani

Piskent “Ishga marhamat” monomarkazi

Piskent tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

48.

Bekobod tumani

Bekobod kasb-hunarga oʻqitish markazi

Bekobod tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

Fargʻona viloyati

49.

Fargʻona shahri

Fargʻona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

Fargʻona shahri kasbiy koʻnikmalar markazi

50.

Oʻzbekiston tumani

Oʻzbekiston tuman kasb-hunarga oʻqitish markazi

Oʻzbekiston tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

51.

Buvayda tumani

Buvayda tumani “Ishga marhamat” monomarkazi

Buvayda tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

52.

Fargʻona tumani

Fargʻona tuman kasb-hunarga oʻqitish markazi

Fargʻona tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

53.

Quva tumani

Quva tuman kasb-hunarga oʻqitish markazi

Quva tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

54.

Fargʻona shahri

Fargʻona shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazi (KOICA)

Fargʻona viloyati kasbiy koʻnikmalar mintaqaviy markazi

Xorazm viloyati

55.

Urganch shahri

Urganch shahar “Ishga marhamat” monomarkazi

Urganch shahri kasbiy koʻnikmalar markazi

56.

Xonqa tumani

Xonqa kasb-hunarga oʻqitish markazi

Xonqa tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

57.

Qoʻshkoʻpir tumani

Qoʻshkoʻpir kasb-hunarga oʻqitish markazi

Qoʻshkoʻpir tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

58.

Yangibozor tumani

Yangibozor kasb-hunarga oʻqitish markazi

Yangibozor tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

59.

Tuproqqalʼa tumani

Tuproqqalʼa kasb-hunarga oʻqitish markazi

Tuproqqalʼa tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

591.

Urganch shahri

Xorazm viloyati kasbiy koʻnikmalar mintaqaviy markazi

Toshkent shahri

60.

Yashnobod tumani

Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

Respublika kasbiy koʻnikmalar markazi

61.

Shayxontohur tumani

Toshkent shahar Ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv markazi

Shayxontohur tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

62.

Olmazor tumani

Olmazor kasb-hunarga oʻqitish markazi

Olmazor tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

64.

Yunusobod tumani

Toshkent Kreativ texnologiyalar markazining bir qismi

(sobiq Yunusobod mashinasozlik kasb-hunar kolleji)

Yunusobod tumani kasbiy koʻnikmalar markazi

65.

Sirgʻali tumani

Toshkent shahar ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazi (KOICA)

Toshkent shahar kasbiy koʻnikmalar mintaqaviy markazi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: “Ishga marhamat” monomarkazlarining filiallari qayta tashkil etilayotgan kasbiy koʻnikmalar markazlarining filiallar sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasbiy koʻnikmalar markazlari ijaraga yoki tekin foydalanishga berilganda Vazirlik mazkur markazlar faoliyatini tugatish vakolatiga ega.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktabrdagi PQ-347-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasbiy koʻnikmalar markazlarining asosiy faoliyat yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) fuqarolarni ichki va tashqi mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, xorijiy tillarga oʻqitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirmoqchi boʻlgan fuqarolarni xorijiy ish beruvchilar talabi va xalqaro standartlar asosida kasb-hunarga tayyorlash va chet tillarga oʻqitish, ularni xorijga ketishidan oldin moslashtirish tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) xorijiy ish beruvchilar tanlovlarini oʻtkazish va ularga xorijda ishlash uchun talab etiladigan hujjatlarni rasmiylashtirishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) ish beruvchilar bilan ishchi kasblarga boʻlgan ehtiyojlari va malaka talablarini oʻrganish hamda kasb-hunarga tayyorlashda hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) ish beruvchilarga mehnat unumdorligini oshirish uchun kerakli kasblarni aniqlashda hamda xodimlarining malakasini oshirishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) ishchi kasblar boʻyicha kasbiy malakani baholash va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolarni kasbga yoʻnaltirish, maslahatlar berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktabrdagi PQ-347-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatilayotgan hamda bino va inshootlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazilayotgan kasb-hunarga oʻqitish markazlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tuman (shahar) nomi

Muassasalar nomi

Andijon viloyati

1.

Ulugʻnor tumani

Ulugʻnor kasb-hunarga oʻqitish markazi

2.

Boʻston tumani

Boʻston kasb-hunarga oʻqitish markazi

Buxoro viloyati

3.

Qorakoʻl tumani

Qorakoʻl kasb-hunarga oʻqitish markazi

Jizzax viloyati

4.

Mirzachoʻl tumani

Mirzachoʻl kasb-hunarga oʻqitish markazi

Namangan viloyati

5.

Yangiqoʻrgʻon tumani

Yangiqoʻrgʻon kasb-hunarga oʻqitish markazi

6.

Pop tumani

Pop tuman “Ishga marhamat” monomarkazi

Toshkent viloyati

7.

Piskent tumani

Piskent kasb-hunarga oʻqitish markazi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Kasb-hunarga oʻqitish markazlarining bino va inshootlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga belgilangan tartibda oʻtkazilganidan soʻng, ularni tugatish ishlari amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktabrdagi PQ-347-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TASHKILIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari

(14)

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarining malakasini oshirish markazi

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Kasbiy koʻnikmalar markazlari

Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari

(208)

Kambagʻallik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti

“Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ

Milliy texnik malakani baholash va malaka oshirish markazi

Toshkent shahridagi xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji

Hokim yordamchilari

(9 445)

 

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini boshqarish direksiyasi

Yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jami boshqaruv xodimlari soni 3 234 nafar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktabrdagi PQ-347-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

Bajariladigan chora-tadbirlarning pirovard natijasi

I. Aholi bandligini taʼminlash va ishsizlikni kamaytirish borasida

1.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda aholiga bandlik xizmatlarining mahalla darajasida koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish, bandlik xizmatlarini koʻrsatishda yagona hisobot yuritish tizimini joriy etish.

Boʻsh ish oʻrinlariga ishga joylashtirish boʻyicha yoʻllanmalarni mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi (keyingi oʻrinlarda — hokim yordamchisi) tomonidan berish tizimini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil fevral

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(keyingi oʻrinlarda — Vazirlik)

Quyidagilar:

mahallaning oʻzida fuqaro murojaatini hisobga olish va bandlik xizmatlarini koʻrsatish imkoniyati yaratiladi;

xizmat koʻrsatilgan fuqarolarning manzilli roʻyxati va yoʻnalishlar boʻyicha hisobotlar shakllanadi;

koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha yagona tizim hamda yagona elektron baza shakllanadi. Mehnat boʻlimlarining ish samaradorligini baholash boʻyicha aniq normalar belgilanadi.

2.

Ish beruvchilar tomonidan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ish oʻrinlarini shakllantirishda ish oʻrniga qoʻyiladigan malakaviy va boshqa talablarni kiritishni majburiy etib belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2025-yil mart

Vazirlik

Milliy vakansiyalar bazasiga kiritilayotgan boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha malaka talablari va boshqa maʼlumotlar toʻliq shakllanadi va ish qidiruvchilar uchun boʻsh ish oʻrni toʻgʻrisida batafsil maʼlumot olish imkoni yaratiladi.

3.

Aholiga bandlik xizmatlarini koʻrsatishda “Barchaga ish” tamoyili asosida mavjud avtomatlashtirilgan tizimlarni takomillashtirish.

Bunda aholining barcha qatlamlari, jumladan yoshlar, ayollar, nogironligi boʻlgan shaxslar, pensionerlar hamda kam uchraydigan kasblar (mutaxassisliklar)ni nazarda tutish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil yanvar

Vazirlik

Mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlar asosida ish beruvchilar uchun munosib nomzodlarni aniqlash va aholining barcha qatlamlarini ish bilan taʼminlash imkoniyatlari ortadi.

4.

Mehnat bozoriga kirib keluvchi fuqarolarning bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishda mahallalar kesimida manzilli ishlash tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida vazirlik va idoralar oʻz axborot tizimlarini Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining axborot tizimiga integratsiya qilgan holda manzilli maʼlumotlarni jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami bilan birga real vaqt rejimida taqdim etib borish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil yanvar

Vazirlik, manfaatdor vazirlik va idoralar

Aholi bandligi taʼminlanadi, kambagʻallik darajasi qisqartiriladi.

II. Kambagʻallikni qisqartirish va ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash borasida

5.

“Mahalla yettiligi” tomonidan integratsiyalashgan yagona platformada “Individual dastur”ni tuzish orqali ehtiyojmand oilalar muammolarini hal etish asosida kambagʻallikdan chiqarish imkoniyatini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Vazirlik,

Ichki ishlar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Soliq qoʻmitasi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

Kambagʻal oilalarning muammolarini hal etishda kompleks yondashuv joriy etiladi.

6.

Xitoy Xalq Respublikasining Qishloq xoʻjaligi va qishloq ishlari vazirligining texnik va moliyaviy yordami bilan amalga oshiriladigan loyihalar roʻyxatini shakllantirish.

Loyihalarni amalga oshirish muddatlarini kelishish va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash.

Kelishuv

2025-yil davomida

Vazirlik,

Tashqi ishlar vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Manzilli roʻyxat asosida ishlab chiqiladigan loyihalar amaliyotga tatbiq etiladi.

7.

Hokim yordamchilarining malaka talablari muvofiqligini oʻrganish va tegishli hokimliklarga takliflar kiritish hamda ularning malakasini doimiy ravishda oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil mart

Vazirlik,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

tuman (shahar) hokimlari

Hokim yordamchilari lavozimlari malakali kadrlar bilan taʼminlanadi.

8.

Oʻz faoliyatida yaxshi natijalarga erishayotgan hokim yordamchilarining 200 nafarini Xitoy Xalq Respublikasiga amaliyot oʻtashga yuborish

Amaliy chora-tadbirlar

2025-2026-yillar davomida

Vazirlik,

Tashqi ishlar vazirligi

Kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligi boʻyicha Xitoy tajribasi oʻrganiladi va amaliyotga joriy etiladi.

9.

Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda Jamgʻarma toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangunga qadar Jamoat ishlari jamgʻarmasi, Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmalarining amaldagi moliyalashtirish tartiblari saqlab qolinadi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024-yil dekabr

Vazirlik,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Maqsadli jamgʻarmalardan ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish orqali kambagʻallikni qisqartirishga erishiladi.

III. Zamonaviy kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlgan malakali oʻrta boʻgʻin ishchilarini tayyorlash borasida

10.

Kasbiy koʻnikmalar markazlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda quyidagi qoʻshimcha mexanizmlarni joriy etishni nazarda tutish:

xorijga ishchi kuchini tayyorlash, oʻquv kursi tinglovchilariga xalqaro namunadagi sertifikatlar taqdim etish, ish beruvchilar tanlovlarini oʻtkazish hamda tashkiliy ravishda xorijga yuborishni bir joydan amalga oshiruvchi sodda va shaffof tizimni oʻz ichiga olgan “bandlik klasteri”ni;

oʻquv kurslarida chinakam ish oʻrni muhiti va jarayonlari asosida amaliy kasbiy koʻnikmalarni shakllantirib boruvchi “work-study” tajribasini;

ish beruvchilar talabiga moslashuvchan oʻqitish muddati va vaqtini nazarda tutuvchi ekspress-kurslarni;

oʻquvchilar tomonidan kasb oʻrganish bilan birga, oʻz xohishlariga asosan xaridorgir mahsulotlar tayyorlab, ularni sotish orqali qoʻshimcha daromadga ega boʻlishni;

uzoq hududlardan kelib kasb oʻrganuvchi ishsiz fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yotoqxonalar fondini koʻpaytirishni.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2025-yil fevral

Vazirlik,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Kasbiy koʻnikmalar markazlari faoliyatini tashkil etish, takomillashtirish va natijaga yoʻnaltirilgan kasbiy rivojlantirish tizimi joriy etiladi.

11.

Kasbiy koʻnikmalar markazlarida mehnat bozoriga kirib kelgan yangi va zamonaviy kasblar, jumladan, quyosh panellarini oʻrnatish, elektromobillarni taʼmirlash, liftyor, interyer dizayneri va boshqa kasblar boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.

Innovatsion yondashuv asosida xomashyo xarajatlarini tejovchi virtual trenajyor-simulyatorlar, oʻquv va ishlab chiqarishga moʻljallangan zamonaviy jihozlarni xarid qilish.

Elektron va video darsliklar bazasini kengaytirish va uni amaliyotga joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil mart

Vazirlik,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Kasb egallash istagidagi aholining zamonaviy kasblarni egallash va munosib daromadga ega boʻlishi imkoniyati ortadi.

12.

Kasbiy koʻnikmalar markazlarida fuqarolarning xorijiy tillarni bilish darajasini xalqaro talablar asosida baholash tizimini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-2025-yillarda

Vazirlik,

Tashqi ishlar vazirligi

Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketmoqchi boʻlgan fuqarolar uchun chet tilini bilish darajasini oʻquv muassasasining oʻzida aniqlash imkoniyati yaratiladi.

14.

Kasbiy koʻnikmalar markazlarida xalqaro va xorijda tan olinadigan kasb-hunar, xorijiy tillarga oʻqitish va sertifikatsiyalash tizimlarini bosqichma-bosqich joriy etish. Bunda tajriba-sinov tariqasida:

a) Olmazor kasbiy koʻnikmalar markazida:

Yaponiyaning AOIKAI tibbiyot korporatsiyasi bilan hamkorlikda Yaponiya standartlari asosida yapon tili va oʻrta tibbiyot xodimlarini tayyorlash kurslarini;

santexnika yoʻnalishida Yevropa va Germaniyada tan olinadigan European Plumber Diploma kabi sertifikatsiyalash tizimini joriy etish;

b) Yunusobod kasbiy koʻnikmalar markazida:

Germaniyaning KfW taraqqiyot banki granti evaziga Germaniya standartlari boʻyicha oʻquv kurslarini;

lift va elevatorlarni oʻrnatish va taʼmirlash yoʻnalishida Yevropa va Germaniyada tan olinadigan European Elevator Specialist Diploma kabi sertifikatsiyalash tizimlarini joriy etish.

Yuqoridagi markazlarning barcha maydonlaridan samarali foydalanish, jumladan aholiga pullik xizmat koʻrsatish va xorijiy tillarni bilish darajasini baholash va tasdiqlash tizimini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-2025-yillarda

Vazirlik,

Tashqi ishlar vazirligi

Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketmoqchi boʻlgan fuqarolar uchun kasb va xorijiy tillarni bilish darajasini oʻquv muassasasining oʻzida aniqlash imkoniyati yaratiladi.

IV. Mehnat huquqlarini taʼminlash borasida

15.

Xalqaro ijtimoiy taʼminot assotsiatsiyasining (ISSA) konsepsiyasini joriy etishga asoslangan 2025 — 2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida “Qurilish maydonlarida jarohatlanishga barham berish” dasturini ishlab chiqish.

Bunda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan birgalikda qurilish tashkilotlarida xavfsizlik monitoringini oʻtkazish, xodimlarning sogʻligʻi va hayotiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni aniqlash hamda ularning oldini olish borasida profilaktik chora-tadbirlarini amalga oshirish nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar dasturi

2025-yil

iyul

Vazirlik,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Qurilish tashkilotlarida xavfsizlik monitoringi oʻtkaziladi, xodimlarning sogʻligʻi va hayotiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar aniqlanadi hamda ularning oldini olish borasida profilaktik chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

16.

Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qayta koʻrib chiqish.

Bunda Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari talablaridan kelib chiqqan holda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi tartiblarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil yanvar

Vazirlik,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Korxonalar va tashkilotlarda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi talablarini belgilash, ushbu talablarga rioya etish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish borasidagi vakolatlar belgilanadi.

17.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomaga ega boʻlmagan chet el fuqarolari mehnatidan foydalanayotgan ish beruvchilarni aniqlash va ularni tegishli javobgarlikka tortish vakolatini Vazirlikning Davlat mehnat inspeksiyasiga oʻtkazish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2025-yil iyul

Vazirlik,

Ichki ishlar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Soliq qoʻmitasi, Bosh prokuratura

Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston hududida noqonuniy mehnat faoliyatini olib borishi bartaraf etiladi.

V. Sohada axborotlashtirish tizimini takomillashtirish borasida

18.

“Raqamli ekotizim”ning mobil ilovasini yaratish va fuqarolarning shaxsiy kabinetini takomillashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil yanvar

Vazirlik,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Fuqarolarning bandlik va mehnat migratsiyasi sohasidagi xizmatlardan yagona nuqtadan turib foydalanish imkoniyatlari yaratiladi va fuqarolarning xizmatlardan qoniqish darajasi oshadi.

19.

Mehnat qonunchiligi buzilishi holatlari boʻyicha “Xavfni tahlil qilish” tizimini takomillashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil aprel

Vazirlik,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Ish beruvchilarning mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar mehnat qonunchiligi standartlariga rioya etishi elektron baholanadi, ular toifalarga ajratiladi va asossiz mehnat shartnomasini bekor qilish, ishdan boʻshatish, oylik ish haqlarini asossiz kechiktirish kabi holatlarning oldi olinadi.

VI. Vazirlik va tizim va tizim tashkilotlari faoliyatini tartibga solish borasida

20.

Vazirlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2025-yil yanvar

Vazirlik,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Vazirlik hamda hududiy boʻlinmalar va tarkibiy tashkilotlarning birlashtirilishi va qayta tashkil etilishi munosabati bilan ularning tegishli sohalardagi vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari aniq belgilanadi.

Bir-birini takrorlovchi hamda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan funksiyalar chiqarib tashlanadi.

21.

Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2025-yil yanvar

Vazirlik,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Davlat mehnat inspeksiyasi va uning mansabdor shaxslari vazifa va funksiyalari, vakolatlari takomillashtiriladi.

22.

Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji negizida “Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi markazi” davlat muassasasini tashkil etish boʻyicha takliflarni kiritish. Bunda:

mehnat xavfsizligi va gigiyenasi sohasida standartlar va dasturlarni ishlab chiqish;

mehnatni muhofaza qilish, mehnat xavfsizligi va gigiyenasi sohasida rahbar va mutaxassislarning bilimlarini tekshirish va sertifikat berish;

ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan tadqiqotlarni oʻtkazish, tahlil qilish, ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish;

ilgʻor xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda yangi tashkil etilayotgan markazga vazifalar belgilash nazarda tutiladi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2025-yil mart

Vazirlik,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Mehnat xavfsizligi va gigiyenasini joriy etish orqali munosib mehnat sharoitlari yaratiladi.

Har bir baxtsiz hodisalar tahlil qilinib, oldini olish choralari koʻriladi.

23.

Oʻzbekistonning 2024 — 2027-yillar uchun Xalqaro mehnat tashkiloti Maʼmuriy kengashi aʼzoligiga saylanganligini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT boʻlinmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi Doimiy vakolatxonasida qoʻshimcha 1 ta shtat birligidan iborat XMTning Jenevadagi shtab-kvartirasi bilan doimiy aloqalar boʻyicha masʼul boʻlgan lavozim joriy etish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil mart

Vazirlik,

Tashqi ishlar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Shtat birligini joriy etish natijasida Xalqaro mehnat tashkiloti Maʼmuriy kengashi aʼzoligidagi Oʻzbekiston Hukumatining vazifalari bajariladi.

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktabrdagi PQ-347-son qaroriga
7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini ragʻbatlantirish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari xodimlariga davlat organlari va tashkilotlaridagi koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmda har oyda ustamalar toʻlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 yildan 3 yilgacha — 0,3;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3 yildan 5 yilgacha — 0,6;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 yildan 15 yilgacha — 1,0;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15 yildan 20 yilgacha — 1,2;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 yildan yuqori — 1,5.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan vazirlik markaziy apparati boshqaruv xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti — 1,8 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-yanvardagi “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2722-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan har oylik ustamalar tatbiq etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-son qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hududiy boʻlinmalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Lavozim nomi

Razryadlar

Guruhdan tashqari

1-guruh

2-guruh

3-guruh

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boʻlinmalari

Vazir / Boshqarma boshligʻi

16

16

15

14

Vazir / Boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari

16 — 3%

15 — 3%

14 — 3%

13 — 3%

Vazir / Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

15 — 5%

15 — 5%

14 — 5%

13 — 5%

Boʻlim boshligʻi, bosh hisobchi

14

13

12

11

Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, shoʻba mudiri

14 — 5%

13 — 5%

12 — 5%

11 — 5%

Bosh mutaxassis

12

12

11

10

Yetakchi mutaxassis

11

11

10

9

Mutaxassis

10

10

9

8

Tuman (shahar) hududiy boʻlinmalari

Lavozim nomi

Razryadlar

Maʼmuriy markazlar va Toshkent shahar tumanlari

Viloyat boʻysunuvidagi shaharlar

Qishloq tumanlari

Boʻlim boshligʻi

14

13

13

Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari

13

12

11

Shoʻba mudiri, bosh hisobchi

13 — 5%

12 — 5%

11 — 5%

Bosh mutaxassis

12

11

10

Yetakchi mutaxassis

11

10

9

Mutaxassis

10

9

8

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Davlat mehnat huquq inspektorlari va Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha davlat texnik inspektorlariga tegishli bosh mutaxassisning razryadlari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlik hamda uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini tegishliligi boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobidan moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda qoʻshimcha ragʻbatlantirish ular faoliyatining natijadorligi (KPI) va erishgan yutuqlariga qarab hamda rasmiy bayram kunlari munosabati bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlik huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan saqlanadigan “Kambagʻallik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti”ning rahbar va xodimlariga mazkur ilovaning 1 va 2-bandlarida belgilangan shartlar tatbiq etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2024-y., 07/24/347/0776-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 21.01.2025-y., 07/25/12/0056-son; 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son; 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son; 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)