ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish muddati |
Moliyalashtirish manbai |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar hamda oʻrmon fondi yerlarini ijaraga berish tartibini belgilovchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga 1 gektardan 2 gektargacha yer uchastkasi ovchilik bazalari va 50 gektargacha yer uchastkasi pitomniklar barpo etish uchun bitta lot sifatida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. Amalga oshirish shakli: Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. |
2024-yil sentabr |
- |
Ekologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
Ov qilish hududlarida ovchilik xoʻjaliklarini tashkil etish boʻyicha investitsiya takliflarini ishlab chiqish. Bunda, investitsiya takliflari asosida ushbu sohada tajribaga ega salohiyatli investorlarni jalb qilish, “Road-Show”lar oʻtkazish boʻyicha choralar koʻrish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. |
2024-yil sentabr |
- |
Ekologiya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Fanlar akademiyasi |
|
3. |
Ovchilik faoliyati va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish: |
Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari |
||
|
ovchilik yoʻllanmasini berish boʻyicha elektron dasturni ishlab chiqish; |
2024-yil sentabr |
Ekologiya vazirligi |
||
|
ov qilish joylari va ovchilik xoʻjaliklarining interaktiv elektron xaritasini ishlab chiqish. Bunda ushbu hududlarda yashovchi yovvoyi hayvonlar haqidagi maʼlumotlar ham aks ettiriladi; |
2024-yil oktabr |
Ekologiya vazirligi, Fanlar akademiyasi |
||
|
hayvonot dunyosi obyektlari hisobini yuritishda ilgʻor metodologiya va texnologiyalarni joriy qilish. Bunda: AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Tojikiston kabi xorijiy mamlakatlarning hayvonot dunyosi obyektlari hisobini yuritish tajribasini oʻrganish; GPS, uchuvchisiz uchish apparatlari, teplovizor va boshqa uskunalar va ilgʻor texnologiyalardan foydalanishni joriy qilish; |
2025-yil fevral-mart |
Ekologiya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi |
||
|
ov qilish mavsumi boshlanishida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek, ovchilar bilan uchrashuvlar va seminarlar tashkil qilgan holda ov qilish etikasi boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish; |
Har yili avgust-sentabr |
Ekologiya vazirligi, Fanlar akademiyasi, ovchilar jamoat birlashmalari |
||
|
ovchilik xoʻjaligini yuritishda qonunbuzilishi holatlarini, shuningdek, amaldagi shartnomalarda belgilangan majburiyatlarni bajarilishini oʻrganish; |
2024-yil sentabr-oktabr |
Ekologiya vazirligi, Bosh prokuratura, Fanlar akademiyasi |
||
|
yovvoyi hayvonlar yashash muhitini oʻrganish hamda natijalariga koʻra yovvoyi hayvonlarni yangi yashash joylariga koʻchirish, fauna uchun yangi boʻlgan yovvoyi hayvon turlarini iqlimga moslashtirish, shuningdek yovvoyi hayvonlarni chatishtirish tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha dastur ishlab chiqish; |
2024-yil oktabr |
Ekologiya vazirligi, Fanlar akademiyasi |
||
|
respublikadagi zooparklar faoliyatini oʻrganish, ularni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va Toshkent shahridagi zoopark misolida ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha taklif ishlab chiqish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. |
2024-yil oktabr |
Ekologiya vazirligi, Fanlar akademiyasi |
||
|
4. |
Oʻzbekiston Respublikasining “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida” gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. Amalga oshirish shakli: Qonun loyihasi. |
2024-yil oktabr |
- |
Ekologiya vazirligi, Adliya vazirligi, Fanlar akademiyasi |
|
5. |
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 2-mavze, Axmad Donish koʻchasi, 28-uyda joylashgan Toshkent turizm va servis kolleji (sobiq) bino-inshootlarini Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetiga (Green University) operativ boshqaruv huquqi asosida bepul oʻtkazish. |
2024-yil sentabr |
- |
Ekologiya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
Mazkur sobiq kolleji negizida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetining (Green University) zamonaviy kampusini tashkil etish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. |
2025-yil dekabr |
|||
|
6. |
Ovchilik xoʻjaliklaridagi pitomniklarda yovvoyi hayvonlarni toʻliq bosqichda yetishtirish (koʻpaytirish) xarajatlarining bir qismini qoplash tartibini ishlab chiqish. Amalga oshirish shakli: Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. |
2024-yil noyabr |
Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari |
Ekologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
7. |
Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan toʻlovlar miqdorini oshirish yuzasidan asoslangan taklif ishlab chiqish. Amalga oshirish shakli: Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan taklif kiritish. |
2024-yil oktabr |
- |
Ekologiya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
8. |
Quyidagilarni belgilash: yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish boʻyicha pitomniklarni tashkil etish va ularni saqlashga qoʻyiladigan talablar; yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish boʻyicha pitomniklar faoliyatini monitoring qilish tartibi; ovchilik guvohnomasini olish uchun maxsus onlayn oʻquv kurslarini tashkil etish tartibi; biriktirilgan ov qilish joylaridan foydalanganlik uchun undiriladigan yillik haq miqdori; ovchilik xoʻjaliklarini tashkil etish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar hamda oʻrmon fondi yerlarini ijara huquqi asosida ajratishda qoʻyiladigan minimal investitsiya majburiyatlari. Amalga oshirish shakli: Ekologiya vazirligi buyrugʻi. |
2024-yil sentabr — noyabr |
- |
Ekologiya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
9. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahridagi kamida bitta davlat oliy taʼlim muassasasida ekologiya sohasiga oid taʼlim yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. Bunda, har yili hududlar kesimida 20 nafargacha salohiyatli talabalar uchun grant mablagʻlarini ajratish. Amalga oshirish shakli: Ekologiya vazirligi buyrugʻi. |
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab |
Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari |
Ekologiya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
10. |
Orolboʻyi mintaqasida ekologik vaziyatni yaxshilash va “Yashil makon” tadbirlari doirasida Nukus shahrida ekobogʻ hamda yovvoyi hayvonlarni koʻpaytirish pitomnigini tashkil etish maqsadida 2 milliard soʻm miqdorda mablagʻ ajratish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil sentabr |
Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari |
Ekologiya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
11. |
Ovchilik xoʻjaliklarida quyidagilarni belgilash: 1. Ekspertlar bilan birgalikda quyidagi infratuzilma obyektlarini nazarda tutgan holda ovchilik xoʻjaligining namunaviy loyihasi. Bunda: ovchilarni qabul qilish punkti; ovchilik qurollarini saqlash joylari; ov minoralari, ovchilar va tashrif buyuruvchilar uchun hordiq chiqarish joylari; ov mahsulotini qayta ishlash va saqlash xonalari; yovvoyi hayvonlarni takror koʻpaytirish uchastkalari (pitomniklar va tabiiy koʻpaytirish hududlari); ovchilik xoʻjaligi faoliyati uchun zarur infratuzilma va moddiy-texnika bazasi nazarda tutiladi. 2. Yovvoyi hayvonlar hisobi asosida erkin ov qilish hududlarini belgilash (erkin ov qilish hududlarining aniq chegaralari bir ovchilik mavsumiga belgilanadi va ushbu hududda ovchilik yoʻllanmasi yovvoyi hayvonlar hisobi asosida beriladi). Amalga oshirish shakli: Ekologiya vazirligi buyrugʻi. |
2024-yil sentabr-oktabr |
- |
Ekologiya vazirligi |
|
12. |
Ekologiya vazirligining umumiy shtatlari doirasida vazirlik tuzilmasidagi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tarkibida Amudaryo suv havzasini nazorat qilish boʻlimini tashkil qilish. Amalga oshirish shakli: Ekologiya vazirligi buyrugʻi. |
2024-yil sentabr |
- |
Ekologiya vazirligi |
|
13. |
Respublikada brakonyerlik avj olgan hududlar xaritasini ishlab chiqish va ushbu hududlarni nazorat qilish boʻyicha Ekologiya vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlaridan iborat tezkor guruhlar tashkil etish. Bunda: tezkor guruhlar faoliyati Ekologiya vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi; tezkor guruhlar faoliyatiga Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika vositalari jalb qilinadi. Amalga oshirish shakli: qoʻshma idoraviy buyruq. |
2024-yil oktabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Ekologiya vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |