Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.04.1994 yildagi 195-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 11.04.1994 yildagi 195-son
Date of entry into force
11.04.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PUL MUOMALASINI MUSTAHKAMLASH VA “SOʻM-KUPON”NING XARID QUVVATINI OSHIRISH BORASIDA KECHIKTIRIB BOʻLMAYDIGAN CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pulning barqaror muomalada boʻlishi, “Soʻm-kupon”ning xarid quvvatini oshirish hamda Markaziy bankning oltin-valyuta zaxirasini yaratish uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shu yilning 15-aprelidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida Rossiya Banki pullarining muomalada boʻlishi hamda ularning yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan barcha toʻlov turlariga qabul qilinishi taqiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 310-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotdi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda bir hafta muddatda 1-bandga muvofiq savdo-sotiq va xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, soliq solishni takomillashtirish tartibi toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga keltirilgan tovarlar boʻyicha ular sotib olingan mablagʻlarning manbalari deklaratsiyada koʻrsatilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzulgurjibirjasavdo”, “Oʻzbeksavdo” uyushmasi bilan birgalikda tovarlarning taqdim etiladigan roʻyxati asosida tegishli valyutalarning nisbatlarini muntazam va xolisona aniqlash uchun ichki, Rossiya hamda oʻrta Yevropa bozorlaridagi narxlarni hisobga oluvchi avtomatlashtirilgan tizimni vujudga keltirsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotdi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi bir oy muddatda korxonalarning xorijiy valyutalar, jumladan, sobiq SSSR respublikalarining milliy valyutalari bilan operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisob-kitobi hamda hisoboti Tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu yil 15-apreldan boshlab doimiy ishlaydigan Oʻzbekiston respublika valyuta birjasining faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli banklar, Ichki ishlar vazirligi, Aloqa vazirligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Oʻrta Osiyo temir yoʻl boshqarmasi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi hamda boshqa idoralar bilan birgalikda aholiga valyutani almashtirib beradigan joylar tarmogʻini tashkil qilib, ularning ishlashi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotdi)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotdi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda 10 kun muddatda Markaziy bankka oltin va boshqa valyuta resurslarini sotish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Chet el valyutasidagi daromaddan Respublika valyuta jamgʻarmasiga 10 foiz miqdorida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli valyuta jamgʻarmalariga 5 foiz miqdorida toʻlab kelingan soliq 1994-yilning 15-aprelidan boshlab bekor qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-yanvardagi 1-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli qarori bilan kuchini yoʻqotdi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Moliya vazirligi Markaziy bank va Milliy bank bilan birgalikda bir hafta muddatda chet el valyutasida mahsulot sotishdan, shu jumladan, barter yoʻli bilan tuzilgan bitimlar (bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar)dan tushadigan, boshqa moddiy boyliklarni sotish hamda savdo-sotiqdan tashqari ishlardan tushadigan valyuta daromadini Markaziy bankka majburiy tarzda sotish Tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-avgustdagi 355-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2003-y., 15-16-son, 129-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Markaziy bank va Moliya vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bilan birgalikda ikki hafta muddatda valyuta nazorati toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsinlar, unda korxonalar eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish chogʻida chet el valyutasidagi mablagʻlarning harakati tegishli tarzda nazorat qilinishini va bunday mablagʻlarning chet ellardagi banklarda beruxsat saqlanishi imkoniyati istisno etilishini taʼminlash koʻzda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha korxonalar va tashkilotlar sobiq SSSR respublikalarining banklarida subschyot hisob-kitob varaqalarini ochgan boʻlsalar, ularning zimmasiga mazkur subschyot hisob varaqalaridagi mavjud mablagʻlar va ularning harakati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xizmat koʻrsatuvchi banklariga majburiy tartibda muntazam axborot berib turish majburiyati yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Moliya vazirligi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni koʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan birgalikda, respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish boʻyicha tasdiqlangan davlat dasturini eʼtiborga olgan holda, davlatning qiymatli qogʻozlarini muomalaga chiqarish muddatlarini belgilasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi “Oʻzbeksavdo” uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv bilan birgalikda ikki hafta muddatda, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, savdo korxonalari va tashkilotlarini 1995-yilning 1-yanvariga qadar ularning buyurtmalariga muvofiq kassa apparatlari bilan bosqichma-bosqich taʼminlash boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbeksavdo” uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatga kassa apparatlaridan foydalangan holda savdo-sotiqni amalga oshirish tartibini ishlab chiqsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-dekabrdagi 621-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotdi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “Oʻzbeksavdo” uyushmasiga chet ellardan xalq isteʼmol mollari olib kelishni tashkil qilish uchun ilova*ga muvofiq xom ashyo resurslari ajratib berilishi uchun idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar rahbarlarining zimmasiga shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova rus tilida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari isteʼmol mollari ishlab chiqarishni koʻpaytirishning mahalliy manbalarini qidirib topish va pulli xizmatlar koʻrsatish, aholining erkin pul mablagʻlarini safarbar etish asosida aholining toʻlov qobiliyatiga ega boʻlgan ehtiyojini tovar resurslari bilan mutanosib holga keltirishni va oʻzlariga qarashli hududda pul emissiyasining kamaytirilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Vazirliklar va idoralar normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiq holga keltirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yil 11-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
195-son