Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.2016 27.02.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1317
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori , 27.02.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1317
Date of entry into force
08.03.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

“BOJ OLINMAYDIGAN SAVDO DOʻKONI” BOJXONA REJIMI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 27-fevralda 1317-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 29-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 523-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Boj olinmaydigan savdo doʻkoni” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olinganidan soʻng oʻn kun muddat oʻtgach kuchga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu qaror kuchga kirishi bilan “Boj olinmaydigan savdo doʻkoni” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin (1997-y., 10-may, roʻyxat raqami 719-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish rais oʻrinbosari S. Nasirov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 20-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01-02/12-4-son

Davlat bojxona qoʻmitasining
2004-yil 20-yanvardagi 01-02/12-4-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 29-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 523-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni shunday rejimki, bunda tovarlar bojxona hududining bojxona organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq belgilangan joylarda boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanmasdan bojxona nazorati ostida turadi hamda sotuvga chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni rejimiga bojxona hududiga olib kirish hamda undan olib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotilishi taqiqlangan tovarlar joylashtirilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotilishi cheklangan tovarlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boj olinmaydigan savdo doʻkoni rejimida sotilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni rejimiga joylashtirilgan tovarlar boj olinmaydigan maxsus savdo doʻkonlarida sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni ikki turga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni — Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga kirib kelayotgan va Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududi doirasidan chiqib ketayotgan jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelingan xorijiy tovarlarni yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqadigan tovarlarni erkin almashtiriladigan valyutada sotish, shu jumladan joyning oʻzida isteʼmol qilish uchun chakana sotish uchun moʻljallangan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni — xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlar va ularga tenglashtirilgan ushbu tashkilotlarning vakolatxonalariga, xorijiy xodimlariga, shuningdek ular bilan birga yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanmaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan ularning oila aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelingan xorijiy tovarlarni shaxsiy foydalanish uchun erkin almashtiriladigan valyutaga sotishga moʻljallangan.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 22-dekabrdagi 01-02/12-30-sonli qarori (roʻyxat raqami 1317-1, 21.01.2011-y.) bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 31-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlari yoʻlovchilarning xalqaro yoʻnalishlari uchun ochilgan aeroportlarda, portlarda, jismoniy shaxslar chegarani kesib oʻtishlari uchun moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegaralari orqali oʻtkazish punktlarida taʼsis etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlari Toshkent shahrida va davlat bojxona xizmati organlari tomonidan belgilanadigan joylarda ochilishi va faoliyat koʻrsatishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 22-dekabrdagi 01-02/12-30-sonli qarori (roʻyxat raqami 1317-1, 21.01.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 31-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni hududi (savdo zallari, yordamchi binolar va ombor) bojxona nazorati zonasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Agar bojxona toʻlovlari toʻlanishi lozim boʻlsa, ularning toʻlanishi uchun javobgarlik boj olinmaydigan savdo doʻkonining egasi zimmasiga tushadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Boj olinmaydigan savdo doʻkoniga tovarlarning kelib tushishi va tovarlarni boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimida joylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimida joylashtirilgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish joyi boj olinmaydigan savdo doʻkoni joylashgan bojxona organining faoliyat hududida boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tovarlar boj olinmaydigan savdo doʻkoni omboriga bojxona organining vakolatli mansabdor shaxsi ishtirokida yoki uning xabardorligi ostida joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tovarlarni boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimiga joylashtirish 1-ilovaga muvofiq bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bojxona yuk deklaratsiyasi bilan bir vaqtda yuk va tovar ishlab chiqarish hujjatlari (yukxatlar, konosamentlar, spetsifikatsiyalar, fakturalar) taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sertifikatlanishi lozim boʻlgan tovarlarni boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimida joylashtirganda, ularni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirganda tegishli sertifikatni taqdim etish talab qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tovarlarni boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimida joylashtirganda bojxona rasmiylashtiruvlari uchun bojxona yigʻimlari belgilangan tartibda undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimiga maʼlum qilinmagan tovarlarni saqlash va sotish uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallari, yordamchi binolari va omboridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Boj olinmaydigan savdo doʻkonida tovarlarni sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida tovarlarni sotish faqat xaridorning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalari Davlat reyestriga kiritilgan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining tovar sotilganligini tasdiqlaydigan chekida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kassa cheki raqami;

reysning raqami va xaridorning samolyotdagi joyi raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid qilingan vaqt va sana;

sotiladigan tovarning nomi, narxi va miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchi tomonidan olingan xorijiy valyuta summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat-kassa mashinasining zavod raqami;

fiskal rejim belgisi;

boj olinmaydigan savdo doʻkonining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchi — boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasining identifikatsiya raqami.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonida tovarlarni sotish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida belgilangan tartibda berilgan akkreditatsiya kartochkasi taqdim etilganidan keyin amalga oshiriladi. Bunda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalari Davlat reyestriga kiritilgan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining tovar sotilganligini tasdiqlaydigan chekida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kassa cheki raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasi — nomi va pochta manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida berilgan akkreditatsiya kartochkasining toifasi, raqami, xodimning yoki uning oila aʼzosining familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, kartochka kim tomonidan berilganligi va uning amal qilish muddati koʻrsatilishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid qilingan vaqt va sana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarning nomi, miqdori, bittasining qiymati, umumiy qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat-kassa mashinasining zavod raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fiskal rejim belgisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchi — boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasining identifikatsiya raqami.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 10-yanvardagi 01-05/12-2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1317-2, 30.01.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 5-son, 49-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
151. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar boj olinmaydigan savdo doʻkonlaridan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ikki nusxada tuziladigan buyurtmanomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun tovarlarni sotib olishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmanomaning bir nusxasi boj olinmaydigan savdo doʻkonida saqlanadi, ikkinchi nusxasi xaridorga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmanomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining, xalqaro tashkilot vakolatxonasining va unga tenglashtirilgan vakolatxonaning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining, xalqaro tashkilot vakolatxonasi va unga tenglashtirilgan vakolatxonaning xaridni amalga oshirish vakolati berilgan shaxsining familiyasi, ismi, otasining ismi, toifasi, shuningdek akkreditatsiya kartochkasi raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarning nomi, miqdori, bittasining qiymati, umumiy qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmanoma tuzilgan sana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot vakolatxonasi va unga tenglashtirilgan vakolatxona boshligʻining familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni sotib olish maqsadi.
(151-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 22-dekabrdagi 01-02/12-30-sonli qarori (roʻyxat raqami 1317-1, 21.01.2011-y.) bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 31-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Boj olinmaydigan savdo doʻkonida tovarlar erkin muomaladagi valyutada naqd pulga yoki bank plastik va kredit kartochkalari yoki xorijiy valyutadagi bank oʻtkazmalari boʻyicha sotiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 22-dekabrdagi 01-02/12-30-sonli qarori (roʻyxat raqami 1317-1, 21.01.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 31-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Quyidagilar boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimida sotilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kelish va undan olib chiqish taqiqlangan tovarlar, shu jumladan olib chiqilishiga litsenziya talab etiladigan tovarlar, rangli va qora metallardan tayyorlangan yuksak darajada qayta ishlangan tayyor buyumlar bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 22-dekabrdagi 01-02/12-30-sonli qarori (roʻyxat raqami 1317-1, 21.01.2011-y.) bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 31-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) chakana sotish uchun oʻralgan dori-darmon vositalari (shu jumladan, provitaminlar, vitaminlar, gormonlar va antibiotiklar), agar ular vrachning retseptisiz (tayinlashuvisiz) sotilishi mumkin boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) davlat asillik tamgʻasiga ega boʻlmagan qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan buyumlar;
(17-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 22-dekabrdagi 01-02/12-30-sonli qarori (roʻyxat raqami 1317-1, 21.01.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 31-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Oʻzbekiston Respublikasi hududida aylanishi va sotilishi taqiqlangan tovarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) boshqa davlat organlarining nazoratidan oʻtishi kerak boʻlgan tovarlar, ushbu organlarning ruxsatnomasi mavjud boʻlmagan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo) jismoniy shaxslarning shaxsiy foydalanishi yoki isteʼmol qilishi uchun moʻljallanmagan tovarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) vazni ogʻir tovarlar (20 kilogrammdan ortiq ogʻirlikda) va oʻlchami katta tovarlar (uzunligi, kengligi va balandligi oʻlchamlari jami 200 santimetrdan ortiq boʻlganda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtmaydigan jismoniy shaxslarga va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinmagan xorijiy shaxslarga boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida tovarlar sotishga (sotib olishga) ruxsat berilmaydi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 22-dekabrdagi 01-02/12-30-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1317-1, 21.01.2011-y.) muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 31-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Boj olinmaydigan savdo doʻkonida namunalar boʻyicha, oldindan buyurtma berish orqali (Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlaridan tashqari), uyga olib borib berish bilan, toʻlov muddatini uzaytirish bilan, shuningdek, qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatish bilan sotishga yoʻl qoʻyilmaydi (sotishdan oldingi tayyorgarlik, qadoqlashdan, namoyish qilishdan, qayta oʻrab berishdan va shunga oʻxshash ishlardan tashqari).
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 22-dekabrdagi 01-02/12-30-sonli qarori (roʻyxat raqami 1317-1, 21.01.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 31-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tovarlarni boj olinmaydigan savdo doʻkonining yordamchi binolaridan va omboridan sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimida joylashtirilgan tovarlar bilan ularning saqlanishini taʼminlash uchun zarur operatsiyalarni, shuningdek, tovarlarni sotishga tayyorlash boʻyicha operatsiyalarni (oʻramlarni ochish, idishlardan boʻshatib olish va h.k.) amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Tovarlar saqlanishini taʼminlash operatsiyalari boj olinmaydigan savdo doʻkonining omborida, tovarlarni sotishga tayyorlash operatsiyalari esa boj olinmaydigan savdo doʻkonining ombori yoki yordamchi binolarida amalga oshiriladi. Mazkur operatsiyalar bojxona nazorati ostida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Boj olinmaydigan savdo doʻkonida sotiladigan tovarlar bojxona organi bilan kelishib olingan maxsus markirovkaga ega boʻlishi va chakana sotish uchun oldindan qadoqlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Bojxona organi boj olinmaydigan savdo doʻkonidan sotib olingan tovarlarning haqiqatda olib oʻtilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 22-dekabrdagi 01-02/12-30-sonli qarori (roʻyxat raqami 1317-1, 21.01.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 31-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslarning boj olinmaydigan savdo doʻkonidan sotib olgan tovarlarni almashtirish va ayirboshlash Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, agar yangi tovar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilmayotgan boʻlsa, bunday tovar import boji va soliqlarga tortiladi, ularni undirish esa bojxona organlari zimmasiga yuklatiladi, Oʻzbekiston tovarlari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni bojsiz olib kirishning normasi hamda aksiz soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi solinmaydigan tovarlarni olib kirish normasi jismoniy shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisidan olib kiriladigan va uning tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirishda boj olinmaydigan savdo doʻkonlaridan sotib olingan tovarlarning jamiga nisbatan qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy jismoniy shaxslarga, shuningdek xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlaridan aksiz toʻlanadigan tovarlarni mazkur Nizomning 3 va 4-ilovalarida koʻrsatib oʻtilgan miqdorlarda xarid qilishga ruxsat beriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 22-dekabrdagi 01-02/12-30-sonli qarori (roʻyxat raqami 1317-1, 21.01.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 31-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimida joylashtirilgan tovarlarni bunday tovarlarni sotib olish huquqiga ega boʻlmagan shaxslarga sotish yoki boshqacha tarzda begonalashtirishda yoxud ana shunday tovarlardan ularning bojxona rejimiga muvofiq boʻlmagan holda foydalanganda, shuningdek, tovarlar yoʻqolganda yoki yetishmaganda boj olinmaydigan savdo doʻkonining egasi erkin muomalaga chiqarish yoki eksport bojxona rejimiga koʻra toʻlanishi lozim boʻladigan bojxona toʻlovlarini toʻlashi kerak, lekin tovarlar falokatlar yoki yengib boʻlmas kuchlarning xatti-harakatlari oqibatida yoʻq boʻlib ketgan, qaytarib boʻlmaydigan darajada yoʻqolgan yoxud kamomad tabiiy ishdan chiqish natijasida yuz bergan yoki tashish va saqlashning normal sharoitida kamayib ketgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar hisobi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimidagi tovarlar doʻkon egasi va bojxona organi tomonidan albatta hisobga olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Boj olinmaydigan savdo doʻkonining egasi boj olinmaydigan savdo doʻkoniga joylashtiriladigan tovarlar hisobini hisobga olish daftarini yuritish orqali (shu jumladan, avtomatlashtirilgan tarzda) olib boradi va bojxona organiga ushbu tovarlar harakati toʻgʻrisida har chorakda mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda boj olinmaydigan savdo doʻkonidagi tovarlar harakati boʻyicha hisobot taqdim etadi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 24-avgustdagi 01-02/12-25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1317-3, 27.09.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 458-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobga olish daftarlari va elektron baza maʼlumotlari kalendar yillari boʻyicha yuritiladi. Bunday daftarlar oldindan tikib qoʻyilgan, raqamlangan, broshyura holiga keltirilgan va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyat yuritayotgan hududda bojxona organi boshligʻining yoxud bojxona organi boshligʻi oʻrinbosarining imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oxirgi yozuv kiritilganidan keyin hisobga olish daftari taqdim qilingan hisobotlar bilan solishtirish uchun bojxona organiga beriladi. Solishtirib boʻlinganidan keyin hisobga olish daftari boj olinmaydigan savdo doʻkonining egasiga qaytariladi va u yerda kamida uch yil saqlanadi. Hisobga olish daftari solishtirib boʻlinganidan keyin unga qoʻshimcha yozuvlar yoki tuzatishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(27-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 24-avgustdagi 01-02/12-25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1317-3, 27.09.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 458-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobga olish daftarining shakli boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan maʼlumotlar asosida boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasi tomonidan belgilanadi. Bunda hisobga olish daftarining shaklida mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan Boj olinmaydigan savdo doʻkonidagi tovarlar harakati boʻyicha hisobot shaklida mavjud barcha maʼlumotlar boʻlishi kerak.
(27-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 24-avgustdagi 01-02/12-25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1317-3, 27.09.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 458-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Bojxona organi bojxona yuk deklaratsiyasidan va avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimidan foydalangan holda tovarlarni hisob-kitob qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Bojxona organi boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallarida, yordamchi binolarida va omborida turgan tovarlarni inventarizatsiyadan oʻtkazishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Boj olinmaydigan savdo doʻkonining egasi bilan bojxona organi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasi bojxona organi bilan kelishgan holda boj olinmaydigan savdo doʻkonini ishlatish qoidalarini tasdiqlaydi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 24-avgustdagi 01-02/12-25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1317-3, 27.09.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 458-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Qoidalarda quyidagilar qayd etiladi:
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 24-avgustdagi 01-02/12-25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1317-3, 27.09.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 458-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organining boj olinmaydigan savdo doʻkonining savdo zallarini, yordamchi binolarini va omborini jihozlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doʻkonning ish rejimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boj olinmaydigan savdo doʻkonida sotiladigan tovarlarni markirovkalash usuli va shakli;
Oldingi tahrirga qarang.
(31-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 22-dekabrdagi 01-02/12-30-sonli qarori (roʻyxat raqami 1317-1, 21.01.2011-y.) bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 31-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni hisobga olish daftarining shakli;
(31-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 24-avgustdagi 01-02/12-25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1317-3, 27.09.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 24-avgustdagi 01-02/12-25-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1317-3, 27.09.2012-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 458-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Mazkur tadbirlar ushbu Nizomga va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Doʻkon egasi sanitariya qoidalariga, omborga joylashtirish normalariga, tovarlarning yonma-yon qoʻyilishi qoidalariga va saqlash rejimiga, davlat standartlarining majburiy talablariga rioya etishi, savdo sohasidagi munosabatlarni tartibga solib turuvchi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar va shartlarni bajarilishi uchun javobgardirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Boj olinmaydigan savdo doʻkoni” bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlarni deklaratsiyalashda va ushbu rejim faoliyatining nihoyasiga yetkazilishida BYuDni toʻldirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimida joylashtiriladigan tovarlarni deklaratsiyalash vaqtida BYuDni toʻldirish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Deklarant tomonidan BYuD asosiy varagʻining quyidagi ustunlari va qoʻshimcha varaqlarning tegishli ustunlari toʻldiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1, 2, 3, 5, 6, 9, 14, 15, 15a, 16, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 41, 42, 44, 46, 47, 54, A,V
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3, 5, 6, 14, 15, 15a, 16, 18, 19, 21, 22, 23, 24, 25, 29, 31, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 41, 42, 44, 46, 47, 54, A, V ustunlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 1999-yilning 24-sentabrida tasdiqlangan “Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaning (keyingi oʻrinlarda — Yoʻriqnoma) (1999-yil 3-noyabr, roʻyxat raqami 834-son) uchinchi yoki oltinchi boʻlimlariga muvofiq toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1, 2, 9, 28, 30-ustunlarni toʻldirish quyidagi oʻziga xos jihatlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-ustun “Deklaratsiya turi”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimida joylashtiriladigan tovarlarni deklaratsiyalash ustunining birinchi boʻlinmasi quyidagicha koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan va ushbu hududga olib kirilib, biron bir bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan (“erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimidan tashqari — IM40) tovarlarga nisbatan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston tovarlariga nisbatan — “EK”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikkinchi boʻlinmasida bojxona rejimining asosiy kodi koʻrsatiladi — “72”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustunning uchinchi boʻlimi toʻldirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-ustun “Yuk joʻnatuvchi — eksportyor”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan va ushbu hududga olib kirilib, biron bir bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlarga nisbatan, Yoʻriqnomaning 3-boʻlimiga muvofiq toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rejimiga Oʻzbekiston tovarlarini joylashtirishda BYuDda korxonaning, tashkilotning va muassasaning nomi va manzili yoki shaxsning ism-sharifi, xamda jismoniy shaxsning pasportidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Qolgan maʼlumotlar Yoʻriqnomaning 2-boʻlimiga muvofiq toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-ustun “Moliyaviy boshqarish boʻyicha javobgar shaxs”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu ustunda BYuDlarni toʻldirish boʻyicha Yoʻriqnomaga muvofiq boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasi toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-ustun “Moliyaviy va bank toʻgʻrisidagi maʼlumotlar”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu ustunda (har bir rekvizitlar yangi qatordan boshlanishi va har birining oldidan tartib boʻyicha raqam qoʻyilishi lozim).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 — Boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasining hisob raqami ochilgan bankning qisqacha nomlanishi va OKPO kodi, soʻmdagi hisob raqami.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2 — Boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasining hisob raqami ochilgan bankning qisqacha nomlanishi va OKPO kodi, xorijiy valyutadagi hisob raqami.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-ustun “Tovarlarni koʻrikdan oʻtkazish joyi”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu ustunda Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyati uchun olingan litsenziya raqami koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida tovarlarni sotib olishga
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BUYuRTMANOMA

‎___________________________________________________________________

(xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot vakolatxonasining va unga tenglashtirilgan vakolatxonaning nomi)

‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
_____________________________________ vakolatini beraman

‎(xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot vakolatxonasi va unga tenglashtirilgan vakolatxonaning xaridni amalga oshirish vakolati berilgan shaxsining familiyasi, ismi, otasining ismi, toifasi, shuningdek akkreditatsiya kartochkasi raqami)

Quyidagi tovarlarni ‎‎________________________________________
‎‎‎

‎‎(tovarlarni sotib olishning maqsadi)

‎‎sotib olish uchun:
T/r‎ Tovarning nomi‎ Miqdori‎ Bittasining qiymati‎ Umumiy qiymati‎
1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

‎‎‎______________________

‎________________________________________‎‎

(buyurtmanoma tuzilgan sana)

(xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot vakolat- xonasi va unga tenglashtirilgan vakolatxona boshligʻining familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi).‎‎

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 22-dekabrdagi 01-02/12-30-sonli qarori (roʻyxat raqami 1317-1, 21.01.2011-y.) bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 31-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Boj olinmaydigan savdo doʻkoni” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Xorijiy jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlaridan aksiz toʻlanadigan tovarlarni xarid qilishning cheklangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NORMALARI*

Tovar guruhining raqami‎ Tovarning nomi ‎ TIF TN boʻyicha tovar kodi‎ Aksiz toʻlanadigan tovarlarni xarid qilish normasi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎
18‎ tarkibida kakao boʻlgan shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari‎ 1806 20,
‎1806 90 ‎
5 kg‎
22 solod (shirinmiya) pivosi‎ 2203 00‎ 3 l‎
vino‎ 2204 10,
‎2204 21,
‎2204 29,
‎2205 ‎
3 l‎
spirt konsentratsiyasi 80% hajmdan kam boʻlgan denaturlanmagan etil spirti; spirtli damlamalar, likyorlar va boshqa spirtli ichimliklar‎ 2208‎ 3 l‎
24 sigaralar, sigarillalar‎ 2402 10 000 0‎ 10 pachka‎
tamaki yoki uning oʻrnini bosuvchilardan tayyorlangan sigaretalar‎ 2402 20,
‎2402 90 000 0 ‎
50 pachka‎
33‎ parfyumeriya, kosmetika yoki pardoz vositalari‎ 3303 00,
‎3304,
‎3307 20 ‎
har bir nomdagi tovardan 1 dona, lekin 3 donadan koʻp boʻlmagan miqdorda‎
71 qimmatbaho metallardan yoki qimmatbaho metallar qoplangan metallardan yasalgan zargarlik buyumlari va ularning qismlari‎ 7113‎ umumiy vazni 20 grammdan ortiq boʻlmagan 2 dona buyum ‎
zargarlar yasagan tilla yoki kumush buyumlar va ularning qismlari‎ 7114‎ umumiy vazni 20 grammdan ortiq boʻlmagan 2 dona buyum ‎
tabiiy yoki yetishtirilgan marvariddan yasalgan buyumlar‎ 7116‎ umumiy vazni 20 grammdan ortiq boʻlmagan 2 dona buyum‎
joʻn taqinchoqlar‎ 7117‎ 0,5 kg dan ortiq boʻlmagan miqdorda‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Izoh: aksiz toʻlanadigan tovarlarni xarid qilishning cheklangan normalari xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot va unga tenglashtirilgan tashkilot vakolatxonasining bir xodimiga va u bilan birga yashaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanmaydigan, uning oilasining voyaga yetgan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan har bir aʼzosiga 1 (bir) oylik muddatga belgilanadi. Aksiz toʻlanadigan tovarlarni xarid qilishning cheklangan normalaridan foydalanilmaganda yoki toʻliq foydalanilmaganda uning qoldigʻi qoʻshilmaydi va keyingi davrlarga koʻchirilmaydi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 22-dekabrdagi 01-02/12-30-sonli qarori (roʻyxat raqami 1317-1, 21.01.2011-y.) bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 31-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Boj olinmaydigan savdo doʻkoni” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlaridan aksiz toʻlanadigan tovarlarni xarid qilishning cheklangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NORMALARI*
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar guruhining raqami‎ Tovarning nomi ‎ TIF TN boʻyicha tovar kodi‎ Aksiz toʻlanadigan tovarlarni xarid qilish normasi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎
18‎ tarkibida kakao boʻlgan shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari‎ 1806 20,
‎1806 90 ‎
5 kg‎
22 solod (shirinmiya) pivosi‎ 2203 00‎ 3 l‎
vino‎ 2204 10,
‎2204 21,
‎2204 29,
‎2205 ‎
3 l‎
spirt konsentratsiyasi 80% hajmdan kam boʻlgan denaturlanmagan etil spirti; spirtli damlamalar, likyorlar va boshqa spirtli ichimliklar‎ 2208‎ 3 l‎
24 sigaralar, sigarillalar‎ 2402 10 000 0‎ 10 pachka‎
tamaki yoki uning oʻrnini bosuvchilardan tayyorlangan sigaretalar‎ 2402 20,
‎2402 90 000 0 ‎
50 pachka‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Izoh: aksiz toʻlanadigan tovarlarni xarid qilishning cheklangan normalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan bir xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot va unga tenglashtirilgan tashkilot vakolatxonasiga 1 (bir) oylik muddatga belgilanadi. Aksiz toʻlanadigan tovarlarni xarid qilishning cheklangan normalaridan foydalanilmaganda yoki toʻliq foydalanilmaganda uning qoldigʻi qoʻshilmaydi va keyingi davrlarga koʻchirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida hollarda, tadbirlar oʻtkazish davrida xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot va unga tenglashtirilgan tashkilot vakolatxonasining yozma murojaatiga muvofiq Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni joylashgan zonada faoliyat koʻrsatayotgan bojxona organi tovarlarni xarid qilish miqdorini murojaatnomada koʻrsatilgan miqdorgacha koʻpaytirishi mumkin.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 22-dekabrdagi 01-02/12-30-sonli qarori (roʻyxat raqami 1317-1, 21.01.2011-y.) bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 31-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Boj olinmaydigan savdo doʻkoni” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boj olinmaydigan savdo doʻkonidagi tovarlar harakati boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
HISOBOT

‎‏T.r

‎‏Bojxona yuk deklaratsiyasi raqami

Tovar nomi

Boj olinmaydigan savdo doʻkonidan chiqarilgan tovarlarning

Izoh

doʻkondan chiqarish sanasi

vazni (kg)

qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori (litr, dona)

qiymati
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 24-avgustdagi 01-02/12-25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1317-3, 27.09.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 458-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 8-son, 102-modda; 2011-y., 3-son, 31-modda; 2012-y., 5-son, 49-modda, 39-son, 458-modda)