Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi PF-59-son Farmoniga
1-ILOVA
|
T/r |
Nomlanishi |
Asosiy faoliyat yoʻnalishlari |
Faoliyatini tashkil etish tartibi |
|
1. |
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi |
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda tanlash, dastlabki moslashtirish tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish hamda chet elda ishga joylashtirish jarayonlarini samarali boshqarish va nazorat qilish. 2. Mahalliy va chet ellik malakali mutaxassislarni, xorijiy ish beruvchilarni jalb qilgan holda xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarni chet tillari va kasbiy koʻnikmalarga oʻqitishni tashkil qilish va kelgusida ularga xalqaro namunadagi sertifikatlar berish. 3. Xorijga ketishdan oldingi majburiy dastlabki moslashtirish dasturlarini, shuningdek, fuqarolarni qonuniy mehnat migratsiyasini amalga oshirishga ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va ijro etish. 4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish va ularning mehnat huquqlarini taʼminlash jarayonlarini tartibga solishga doir masalalar yuzasidan xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish. 5. Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolarni reintegratsiya qilish tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etish. 6. Chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani belgilangan tartibda berish. 7. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish. 8. Tashqi mehnat migratsiyasi sohasini kompleks tahlil qilish va ushbu yoʻnalishdagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 9. Aholini migratsiya vaziyati, xalqaro mehnat bozoridagi holat va imkoniyatlar, kirib kelayotgan va boʻlib turgan davlatning qonunchiligidagi oʻzgarishlar haqida muntazam ravishda xabardor qilib borish. |
1. Agentlik tashqi mehnat migratsiya sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlashga masʼul boʻlgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. 2. Agentlik xodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, Agentlik, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari joriy xarajatlarini qoplash — Agentlikning oʻz mablagʻlari hisobidan, xorijdagi vakolatxonalarning joriy xarajatlarini qoplash esa — Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. 3. Agentlik qayta tashkil etilayotgan davlat korxonasining huquq va majburiyatlari, shuningdek, shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi. 4. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari — Agentlik direktori (keyingi oʻrinlarda — Agentlik direktori) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 5. Agentlik direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan uch nafar, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi. 6. Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va xorijdagi vakolatxonalari tuzilmasini tasdiqlash, xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish, shuningdek, ularni ragʻbatlantirish Agentlik direktori tomonidan amalga oshiriladi. 7. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish Agentlik direktori tomonidan amalga oshiriladi. 8. Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga asosan Agentlik xodimlarining lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyentlari 2 baravar oshirilgan miqdorda qoʻllanadi. 9. Agentlik direktoriga quyidagi huquqlar beriladi: Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari, ilmiy-taʼlim muassasalarining yuqori malakali mutaxassislarini, shu jumladan xorijiy mutaxassis va ekspertlarni shartnoma asosida jalb etish; oʻrnatilgan mehnatga haq toʻlash fondidan tejab qolingan, shuningdek, tasdiqlangan shtatlar jadvalida nazarda tutilgan shtat birliklari toʻldirilmaganligi sababli boʻshab qolgan mablagʻlarni Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va xorijdagi vakolatxonalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish. |
|
2. |
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻlimi |
1. Vakolatli davlat organlarining, shu jumladan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining migratsiya sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish. 2. Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzish holatlarini oʻz vaqtida aniqlash, ichki migratsiya oqimlarini koʻpaytirish uchun sharoit yaratilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. 3. Respublika va uning tashqarisidagi migratsiya vaziyatini tizimli asosda kompleks tahlil qilib borish, shu jumladan: mamlakatimiz va xorijdagi migratsiya vaziyatini tahlil qilish; migratsiya siyosatini amalga oshirish borasida xorijiy tajribani oʻrganish hamda ushbu yoʻnalishdagi huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish; qisqa, oʻrta va uzoq muddatli davrda migratsiya jarayonlarini rivojlantirishning prognoz ssenariylarini ishlab chiqish. 4. Migratsiya sohasini takomillashtirish, tashqi mehnat migratsiyasini diversifikatsiyalash, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan takliflar tayyorlash. 5. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish. |
1. Boʻlim Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 4 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi. 2. Boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi PF–5785-son Farmoni asosida tashkil etilgan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi. 3. Boʻlim bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga boʻysunadi. |
|
3. |
Mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha attashe |
1. Salohiyatli ish beruvchilar bilan muzokaralar oʻtkazish, fuqarolarni xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish koʻlamini kengaytirish, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish. 2. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish. 3. Xorijda boʻlib turgan davrida zoʻravonlik, majburiy mehnatga duchor boʻlgan, jarohat olgan, baxtsiz hodisa natijasida jabrlangan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz yoki mablagʻsiz qolgan fuqarolarga yordam koʻrsatish. 4. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritish, ularning mehnat va yashash sharoitini oʻrganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish. |
1. Attashe Agentlik direktorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 2. Attashe faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxona va konsullik muassasalari rahbarlari tomonidan tashkil etiladi. 3. Attashe faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Agentlik direktori tomonidan amalga oshiriladi. 4. Attashe faoliyatini moddiy va moliyaviy taʼminlash, shu jumladan unga ish haqi toʻlash, xizmat safari va xorijiy davlatdagi yashash xarajatlarini kompensatsiya qilish, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi PF-59-son Farmoniga
2-ILOVA