01.04.2024 yildagi PF-55-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 01.04.2024 yildagi PF-55-son
Date of entry into force
03.04.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda zamonaviy bilimlarga ega, erkin fikrlaydigan, aniq va tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari, robototexnika hamda boshqa yoʻnalishlarda jahondagi tengdoshlari bilan raqobatlasha oladigan shaxslarni tarbiyalash, oʻquvchilarning isteʼdodi hamda qobiliyatini rivojlantirish, ularning ilm-fanni egallashga boʻlgan intilishlarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Fanlar akademiyasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars oʻtish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Agentlik huzurida jamoatchilik asosida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarning oʻqituvchilaridan iborat boʻlgan STEM fanlari boʻyicha fan kengashlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarning bitiruvchilaridan iborat boʻlgan Bitiruvchilar kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fan kengashlari va Bitiruvchilar kengashining asosiy faoliyat yoʻnalishlari 1- va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Fanlar akademiyasi akademiklari tomonidan Agentlik tizimidagi maktablarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarning yaratuvchanlik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan darslar tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarga amaliy loyihalarni ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish masalalarida koʻmak koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilar ishlab chiqarish jarayonlariga faol jalb etiladi hamda Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy laboratoriyalarda olib borilayotgan loyihalar bilan tanishtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarning innovatsion gʻoyalari va ishlanmalarini rivojlantirish maqsadida “Yosh akademiklar” klublari tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Fanlar akademiyasi akademiklarining dars mashgʻulotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlari shartnoma asosida — Agentlik huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan, xizmat safarini tashkil etish xarajatlari esa — asosiy ish joyidan qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) har yili umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida taʼlim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim oʻzgarishi va qishloq xoʻjaligi kabi yoʻnalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishni nazarda tutuvchi “Ixtirochilikka qadam” tanlovi oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, “Ixtirochilikka qadam” tanlovi gʻoliblarining loyihalarini amaliyotga tatbiq etish Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) STEM fanlari boʻyicha yangi taʼlim dasturlarini amaliyotga joriy qilish fan kengashlari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilari bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning takliflari asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish, maktab taʼlimidan keyin egallangan kasbiy tajribalarini oʻquvchilarga yetkazish maqsadida har yili bir marta Bitiruvchilar qurultoyi oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tajriba-sinov tariqasida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti bilan oʻzaro integratsiyalashgan oʻquvchilarni muhandislik asoslariga oʻrgatish boʻyicha taʼlim dasturlarini (keyingi oʻrinlarda — muhandislik dasturlari) joriy qilish toʻgʻrisidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning oʻquv jarayoni 5 yillik dasturlar asosida STEM modeli boʻyicha tashkil etiladi. Bunda, dastlabki 3 yilda ustuvorlik oʻquvchilarda fizika, matematika, informatika va ingliz tili boʻyicha fundamental bilimlarni shakllantirishga, keyingi 2 yilda esa — muhandislikka boshlangʻich tayyorgarlikni taʼminlashga qaratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhandislik dasturlariga tanlov umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining matematika, mantiqiy fikrlash, informatika va muhandislik yoʻnalishlari boʻyicha qobiliyati bor 6-sinf bitiruvchilari orasidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhandislik taʼlim dasturlari “Yangi Oʻzbekiston” universiteti bakalavriat taʼlim dasturlari bilan oʻzaro integratsiya qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhandislik taʼlim dasturlarini lozim darajada oʻzlashtirgan bitiruvchilarga oʻz oʻqishini “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishining 2-bosqichidan davom ettirish huquqi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur tartib “Yangi Oʻzbekiston” universitetida mavjud yoʻnalishlar boʻyicha taʼlim dasturlarini lozim darajada oʻzlashtirgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilariga nisbatan ham tatbiq qilinadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet tilini bilish boʻyicha kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlgan oʻqituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida oʻqitish amaliyoti joriy etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar (science), informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darslarni chet tilida olib borgan oʻqituvchilarga ular faoliyat yuritayotgan maktablarning xarajatlar smetasida xodimlarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida tarif stavkasiga nisbatan 100 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Prezident maktablarining mahalliy oʻqituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlash tartibi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, ustama pedagoglar tomonidan quyidagi shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda toʻlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kembridj (Cambridge Assessment International Education) xalqaro taʼlim dasturlari asosida dars beriladigan fanlarni oʻqitish boʻyicha 3 ta (Introductory, Extension, (Focus on Assessment yoki Focus on Teaching), Marking) kursni muvaffaqiyatli tugatish va bu haqida tegishli sertifikat olish;
(4-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-51-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prezident maktablarida kamida bir yillik ish stajiga va chet tilini bilish boʻyicha kamida S1 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (O. Xasanov) bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Agentlik tizimidagi maktablarda oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning yangi tizimini joriy qilish maqsadida darsdan tashqari mashgʻulotlar sifatida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5 — 8-sinflarda Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk sarkardalarimizning ibratli hayotini bugungi harbiylarimiz jasorati bilan bogʻlab, Vatan himoyachisi koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan mashgʻulotlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9 — 11-sinflarda harbiy oʻyinlar va sport musobaqalarini oʻtkazish, oʻquvchilarning harbiylar bilan bevosita uchrashuvlarini tashkil etish orqali harbiy-vatanparvarlik tuygʻularini oshirish va harbiy xizmatga tayyorgarlik bosqichini oʻtashga yoʻnaltirilgan mashgʻulotlarni tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) har yili oʻquvchilar oʻrtasida “Turon yoʻlbarslari” harbiy sport (“Temur tuzuklari” bilimdoni, kamondan oʻq otish, qurolni toʻliq boʻlmagan qismlarga ajratish va yigʻish, sport qurolidan oʻq otish, birinchi tibbiy yordamni koʻrsatish) musobaqalarini oʻtkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) milliy anʼana va qadriyatlarni aks ettiradigan namunaviy maktab burchaklarini tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) oʻquvchilarda axloqiy, ijtimoiy-hissiy va estetik didni rivojlantirish, tarixiy siymolar hayotini badiiy talqinda aks ettirish, milliy qadriyatlarni ulugʻlashga yoʻnaltirilgan “Turon” teatr studiyasi faoliyatini tajriba-sinov tariqasida yoʻlga qoʻysin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-2026-yillarda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida 8 ta yangi ixtisoslashtirilgan maktabni 3-ilovaga muvofiq qurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmonining 4- va 7-ilovalariga muvofiq qurilishi nazarda tutilgan 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internat negizida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) bilan birgalikda mazkur Farmonning 6-bandida nazarda tutilgan maktab va filiallarning 2025 — 2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktab va filiallarni belgilangan muddatlarda qurish-taʼmirlash, zamonaviy oʻquv qurollari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, mebel va oʻquv laboratoriyalari bilan jihozlash choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish hamda ulardagi taʼlim sifati natijadorligini oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmon ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-55-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son Farmoniga

1-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi fan kengashlarining asosiy faoliyat yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar fan kengashlarining asosiy faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktablarda taʼlim sifatini oshirish va taʼlim dasturlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va loyihalarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning oʻqitish va baholash tizimini takomillashtirib borish hamda ularni umumtaʼlim maktablarga joriy etish jarayonlarida faol ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog xodimlarning mahoratini hamda oʻquvchilar bilimini oshirishga qaratilgan oʻquv materiallarni yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizda tashkil etiladigan xalqaro va mahalliy fan olimpiadalarining tashkiliy qoʻmita va hakamlar hayʼati aʼzoligiga nomzodlarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgʻor tajribali xalqaro va mahalliy oʻqituvchilarni qoʻllab-quvvatlash, ularning tajribalarini ommalashtirish maqsadida har yili bir marta STEM fanlari boʻyicha “Taʼlim konferensiyasi”ni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son Farmoniga

2-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Bitiruvchilar kengashining asosiy faoliyat yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Bitiruvchilar kengashining asosiy faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitiruvchilarning oʻzaro, shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim muassasasi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan doimiy hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, ularga oʻzaro fikr hamda tajriba almashishda koʻprik boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitiruvchilarning yurtimiz va xorijda orttirgan bilim va koʻnikmalari orqali shakllangan taklif hamda mulohazalari asosida taʼlim jarayonlarini takomillashtirish, xorij tajribasini mahalliylashtirish orqali taʼlim tizimini rivojlantirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitiruvchilar hamda maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida har yili bir marta Bitiruvchilar qurultoyini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitiruvchilar tomonidan maktabni tugatgandan soʻng erishilgan yutuqlar va egallangan tajribalarni yosh avlodga yetkazilishi, xorijiy oliy taʼlim muassasalariga kirish va grant yutib olish masalalarida maslahat berilishini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hozirgi kunda Oʻzbekistondagi nufuzli korxonalar va davlat idoralarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan bitiruvchilarni namuna qilib koʻrsatish orqali kelgusi avlod yoshlari orasidan ona Vatanga muhabbat, xalqimizga sadoqat bilan davlatimiz nufuzi uchun xizmat qiladigan yetakchilarni ulgʻaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son Farmoniga

3-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-2026-yillarda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangidan quriladigan ixtisoslashtirilgan maktablarning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MANZILLI ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hudud nomi

Jami 2025-2026-yillarda

shu jumladan:

2025-yilda

2026-yilda

Jami:

8

4

4

1.

Romitan tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

1

1

2.

Mirzachoʻl tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

1

1

3.

Mirishkor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

1

1

4.

Davlatobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

1

1

5.

Xovos tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

1

1

6.

Toshkent tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

1

1

7.

Qibray tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

1

1

8.

Gurlan tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

1

1

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Yangidan quriladigan ixtisoslashtirilgan maktablar uchun yer maydoni tuman (shahar) markazlari va oʻquvchilar qatnashi uchun qulay boʻlgan hududlardan ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Yangidan quriladigan ixtisoslashtirilgan maktablarning loyihalarida — belgilangan talablarga muvofiq jihozlangan 336 oʻrinli (agar faqat aniq fanlar yoʻnalishlari oʻqitilsa) yoki 456 oʻrinli (agar ham aniq ham tabiiy fanlar yoʻnalishlari oʻqitilsa) oʻquv binolar hamda oshxona, kutubxona, sport zal va faollar zalini nazarda tutishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish (taʼmirlash) va jihozlash loyihalari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi bilan majburiy tartibda kelishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son Farmoniga

4-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish hamda ulardagi taʼlim sifati natijadorligini oshirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbai

Ijro uchun masʼullar

1.

Ixtisoslashtirilgan maktablarning amaldagi oʻquv rejasida nazarda tutilgan fakultativ soatlar hisobidan shaxmat mashgʻulotlarini tashkil qilish.

1. Shaxmat mashgʻulotlarining dasturlarini ishlab chiqish.

2024-yil avgust

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

(A. Ubbiyev)

2. Maktablarni shaxmat mashgʻulotlari uchun zarur jihozlar va qoʻllanmalar bilan taʼminlash.

2024-yil avgust

3. Malakali mutaxassislarni jalb qilish.

2024-yil sentabr

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan maktablarni ixtisoslik fanlaridan qoraqalpoq tilidagi darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar bilan taʼminlash.

1. Qoraqalpoq tilidagi yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish maqsadida mualliflar guruhlarini shakllantirish.

2024-yil may

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

(A. Ubbiyev)

2. Xorijiy tajribani oʻrgangan holda yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarini bosqichma-bosqich ishlab chiqish, ularni muntazam ravishda takomillashtirib borish.

3. Ixtisoslashtirilgan maktablarni xalqaro talablar asosida tayyorlangan qoraqalpoq tilidagi darsliklar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab

3.

Ixtisoslashtirilgan maktablarni xalqaro taʼlim tashkilotlari talablariga muvofiqlashtirish.

1. Nufuzli xalqaro taʼlim tashkilotlari taʼlim tajribasini oʻrganish yuzasidan ishchi guruh tuzish.

2024-yil may

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

(A. Ubbiyev)

2. Oʻrganish natijalariga muvofiq ixtisoslashtirilgan maktablarga xalqaro taʼlim tashkilotlari talablarini joriy etish yuzasidan muzokaralar olib borish.

2024-yil iyun

3. Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarni xalqaro taʼlim tashkilotlari talablariga muvofiqlashtirish.

2024 — 2026-yillar

4. Ixtisoslashtirilgan maktablarni bosqichma-bosqich xalqaro talablarga muvofiqlashtirish.

2026 — 2028-yillar

4.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni yanada kuchaytirish choralarini koʻrish.

1. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga harbiy qismlarni biriktirish.

2024-yil avgust

Ijrochilar mablagʻlari

Mudofaa vazirligi

(B. Qurbonov),

Milliy Gvardiya

(R. Joʻrayev),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

2. Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik xonalarini jihozlash talablarini takomillashtirish.

2024-yil avgust

3. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik xonalarini yangi talablar asosida jihozlash.

2024-yil sentabr

4. Oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha direktor oʻrinbosari — harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari uchun yagona forma namunasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2024/2025 oʻquv yilidan

5. Oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha direktor oʻrinbosarlari — harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbarlari uchun mahorat darslari oʻtkazish.

Reja asosida

5.

Ixtisoslashtirilgan maktablarda “Yosh akademiklar” klublarini tashkil etish.

1. “Yosh akademiklar” klublarining faoliyat koʻrsatish tartibini ishlab chiqish.

2024-yil sentabr

-

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

(A. Ubbiyev)

2. “Yosh akademiklar” klublari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ularga yaratuvchanlik, innovatsion gʻoyalar va ishlanmalarni yaratish (ishlab chiqish)ga moyilligi boʻlgan iqtidorli oʻquvchilarni jalb etish.

2024-yil oktabr

6.

Ixtisoslashtirilgan maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars oʻtish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

1. Fanlar akademiyasi akademiklarini soha va yoʻnalishlari, manzilidan kelib chiqib hududlardagi ixtisoslashtirilgan maktablarga biriktirish.

2024-yil sentabr

Ijrochilar mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

(A. Ubbiyev)

2. Akademiklar ishtirokida “Yosh akademiklar” klublari aʼzolarining yaratuvchanlik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan darslar tashkil etish.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab

3. Akademiklarni jalb etgan holda STEM fanlari oʻqituvchilari uchun mahorat darslarini oʻtkazish.

Har chorakda bir marta

7.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzurida fan kengashlarini tashkil etish.

1. Agentlik huzurida STEM (matematika, informatika, fizika, kimyo va biologiya) fanlaridan fan kengashlarini tashkil etish.

2024-yil may

-

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

(A. Ubbiyev)

2. Fan kengashlari tarkibini Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning STEM fanlari oʻqituvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan olimpiadalarda yuqori natija koʻrsatgan pedagoglardan shakllantirish.

2024-yil may

3. Fan kengashlari tarkibini har yili yuqori salohiyatli pedagoglar bilan yangilab va toʻldirib borish.

Har yili yanvar

8.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda Bitiruvchilar kengashi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda bitiruvchilardan iborat Bitiruvchilar kengashini tashkil etish.

2024-yil sentabr

-

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

(A. Ubbiyev)

2. Bitiruvchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ular bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning takliflari asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish, maktab taʼlimidan keyingi faoliyatidagi tajribalarini oʻquvchilarga yetkazish maqsadida har yili bir marta Bitiruvchilar qurultoyini oʻtkazish.

2025-yildan boshlab har yili iyun

9.

Oʻquvchilarning sunʼiy intellekt va robototexnika yoʻnalishiga qiziqishlarini yanada qoʻllab-quvvatlash.

Ixtisoslashtirilgan maktablarning amaldagi tayanch oʻquv rejasi doirasida oʻquvchilarning sunʼiy intellekt va robototexnika yoʻnalishiga qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash hamda ularda yaratuvchanlik koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida 7 — 9-sinflarning texnologiya fani dasturlarini takomillashtirish, robototexnika asoslarini oʻrgatishga yoʻnaltirish.

Bunda, informatika va axborot texnologiyalari fanidan dars beradigan pedagog kadrlarning malaka toifalari texnologiya faniga ham tatbiq etiladi.

2024-yil sentabrdan boshlab

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

(A. Ubbiyev)

10.

Oʻquvchilar oʻrtasida yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishni nazarda tutuvchi “Ixtirochilikka qadam” tanlovini tashkil etish.

1. Oʻquvchilar oʻrtasida taʼlim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim oʻzgarishi va qishloq xoʻjaligi kabi yoʻnalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishni nazarda tutuvchi “Ixtirochilikka qadam” tanlovini oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.

2024-yil sentabr

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

(A. Ubbiyev)

2. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida “Ixtirochilikka qadam” loyihalar tanlovini oʻtkazish.

3. “Ixtirochilikka qadam” tanlovi gʻoliblarining loyihalarini amaliyotga tatbiq etish choralarini koʻrish.

Har yili reja asosida

11.

“Yangi Oʻzbekiston” universitetida oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini ochish.

1. “Yangi Oʻzbekiston” universiteti bakalavr taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari xususiyatidan kelib chiqib tayanch doktorantura hamda doktorantura ixtisosliklari roʻyxatini shakllantirish.

2024-yil may

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov), Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

(A. Ubbiyev),

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti

2. “Yangi Oʻzbekiston” universitetida tayanch doktorantura va doktorantura ixtisosliklarini ochish.

2024-yil iyun

3. “Yangi Oʻzbekiston” universitetining tayanch doktorantura va doktoranturasiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan oʻqitish uchun 20 ta qabul kvotasini ajratish.

2024-yil iyul-avgust

12.

“Yangi Oʻzbekiston” universitetida yangi taʼlim yoʻnalishlarini ochish.

1. Gen muhandisligi, atrof-muhit muhandisligi, biotizimlar muhandisligi va agroiqtisodiyot sohalari boʻyicha fan dasturlarini ishlab chiqish.

2025-yil aprel

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

(A.Ubbiyev),

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti

2. Gen muhandisligi, atrof-muhit muhandisligi, biotizimlar muhandisligi va agroiqtisodiyot sohalari boʻyicha professor-oʻqituvchilar jamoasini shakllantirish.

2026-yil may

3. 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab universitetning Agrotexnologiyalar fakultetiga talabalarni qabul qilish.

2026-yil sentabr

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son Farmoniga

5-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5815-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligini tashkil etish toʻgʻrisida”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etilsin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarni aniqlash, tanlash, oʻqitish va tarbiyalash sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agentlik Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tashkiliy boʻysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 5-bandning yettinchi xatboshisidan “va boshqaruvi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisida”gi PF-106-son Farmonining 6-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“davlat va nodavlat umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilarining bilimini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim va ilmiy-tadqiqot sohalariga doir innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog kadrlarga malaka toifasi berish sinovlarini tashkil qilishda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga koʻmaklashish”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-79-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining tashkiliy tuzilmasi “Yangi Oʻzbekiston” universiteti” blokidan keyin “Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti” bloki bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yoʻnalishi boʻyicha 2024-yilga moʻljallangan amaliy tadbirlar rejasining 4-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

4.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarini mebel, oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sport anjomlari va texnik vositalar bilan taʼminlash.

1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini birlamchi sport jihozlari va milliy musiqa cholgʻu asboblari bilan taʼminlash boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil aprel

Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Tasdiqlangan dasturga asosan birlamchi sport jihozlari va milliy musiqa cholgʻu asboblarini belgilangan tartibda xarid qilish.

2024-yil yakuniga qadar

3. Umumtaʼlim maktablaridagi 2 200 ta maʼnan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash.

2024-yil avgust

Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3274-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish toʻgʻrisida”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ixtisoslashtirilgan maktabga oʻquvchilar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan belgilanadigan kvota doirasida 5-sinfdan boshlab tanlov asosida qabul qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtisoslashtirilgan maktabning binolarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish, zarurat boʻlganda yangi binolar qurish, sinf va laboratoriya xonalarini, kutubxona va boshqa inshootlarini zamonaviy jihoz, mebel, kompyuter va boshqa oʻquv-laboratoriya vositalari bilan jihozlash, oʻquv adabiyotlari va metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash, yuqori kasb mahoratiga ega oʻqituvchilar va xodimlarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi “Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bogʻini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3275-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nomlanishi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabni va “Astronomiya va aeronavtika” bogʻini tashkil etish toʻgʻrisida”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. 200 oʻquvchi oʻrni va 150 oʻrinli turar joyiga ega boʻlgan Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan maktab) tashkil etilsin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2, 4 va 7-bandlardagi tegishli kelishikdagi “maktab-internat” soʻzlari tegishli kelishikdagi “ixtisoslashtirilgan maktab” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4306-son qarori 5-bandning “v” kichik bandi “direktor” soʻzidan keyin “(ragʻbatlantirish)” soʻzi bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4444-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5815-son Farmoniga muvofiq”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik direktori maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan 1 nafar oʻrinbosarga ega”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“zarur hollarda, maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri bilan kelishilgan holda Agentlik tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy shtatlari soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshidagi “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agentlik tizimidagi tashkilotlarning tuzilmalarini tasdiqlash va shtatlarini belgilash, shuningdek ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-iyundagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-5158-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 3-bandning “d” kichik bandidagi “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 7-bandning uchinchi xatboshisidagi “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. Universitet buyurtmalariga binoan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jalb etiladigan xorijiy oʻqituvchilar va mutaxassislar, shuningdek, ularning oila aʼzolari uchun belgilangan tartibda koʻp martalik kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jalb etiladigan xorijiy oʻqituvchilar va mutaxassislar, ularning oila aʼzolari uchun belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash manzillari boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi “Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-275-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari “Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son; 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)