05.01.2024 yildagi PQ-5-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 05.01.2024 yildagi PQ-5-son
Date of entry into force
08.01.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “suv — tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni davom ettirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun toʻlovlarni bekor qilish (2028-yil 1-yanvardan boshlab Doʻstlik tumanidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno);
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-oktabrdagi PQ-302-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2025-y., 07/25/302/0955-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv xoʻjaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlari hamda maxsus xizmatlari negizida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarini (keyingi oʻrinlarda — Suv yetkazib berish xizmatlari) tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Davlat budjetiga tushgan tushumning 40 foizini Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirish, ularning balansidagi obyektlarni saqlash va texnik holatini yaxshilash xarajatlariga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Suv xoʻjaligi vazirligi tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlaridagi mavjud boshqaruv xodimlarining shtat birliklari hisobidan Suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparatida Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasini tashkil etish uchun 7 ta shtat birligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarida Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimlarini tashkil etish uchun 39 ta shtat birligi ajratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Davlat budjeti parametrlarida tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlarini saqlash uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar tegishli tumanlarda Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi va mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga mutanosib ravishda indeksatsiya qilib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Suv yetkazib berish xizmatlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Suv yetkazib berish xizmatlari rahbarlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlarining tavsiyalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanishi va lavozimdan ozod etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bir yilda ikki marta xalq deputatlari tuman Kengashlariga hisobot berib borishi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Suv yetkazib berish xizmatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 2024-2025-yillarda bosqichma-bosqich zarur texnika uchun mablagʻlar ajratilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv xoʻjaligi vazirligi — tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlari balansidagi mavjud bino va asosiy vositalar, shu jumladan texnikalar Suv yetkazib berish xizmatlari balansiga oʻtkazib berilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari — maʼmuriy binosi mavjud boʻlmagan Suv yetkazib berish xizmatlari uchun zarur bino yoki joy ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi 38-bandiga asosan qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (keyingi oʻrinlarda — suv soligʻi) stavkasi 1 kub metr suv uchun 100 soʻm etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2024-yildan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv xoʻjaligi vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda har yili 25-martga qadar vegetatsiya davri uchun va 25-sentabrga qadar kuz-qish davri uchun suv manbalarining suvlilik darajasidan kelib chiqqan holda hududlar kesimida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun suv olish limitlarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari har yili 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun suv soligʻi bazasi xalq deputatlari tuman Kengashlari tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki barobar oshirilgan holda hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2025-yildan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilinganda hamda sugʻorish uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanganda suv soligʻi stavkasiga 0,5 kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilinganda yoki sugʻorish uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanganda suv soligʻi stavkasiga 0,7 kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baliqchilik uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanganda suv soligʻi stavkasiga 0,7 kamaytiruvchi koeffitsiyent, qoʻllaniladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilinmaganda hamda sugʻorish uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanmaganda suv soligʻi stavkasiga 1,1 oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi.
(7-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-205-son Farmonida “Agrobank” ATB ustav kapitalini oshirish uchun 2,6 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan kreditlardan 2024-yilda qaytgan mablagʻlarni suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga yoʻnaltirish belgilanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agrobank” ATB tomonidan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha shaffof onlayn kredit ajratish imkonini beruvchi “suvkredit.uz” elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — “suvkredit.uz” tizimi) ishlab chiqilganligi hamda 2024-yil 1-fevralga qadar toʻliq ishga tushirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Suv xoʻjaligi vazirligi (R. Qarshiyev) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Nazarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Boboyev), Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (F. Suyunov) bilan birgalikda “suvkredit.uz” tizimida quyidagi funksiyalar inobatga olinishi boʻyicha “Agrobank” ATBga koʻmaklashsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit rasmiylashtirish jarayonining shaffofligi, yaʼni barcha bosqichlarni onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditlar asosida joriy qilinadigan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari faqat ishchi loyihalar asosida qurilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudrat tashkilotlar tomonidan har bir loyiha boʻyicha kamida 2 yillik kafolat muddati berilishi hamda 5 yil davomida servis xizmatlari koʻrsatilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit oluvchilar tomonidan pudrat tashkilotlarning faoliyatini baholab borish hamda reyting tizimi yuritilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit oluvchi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalaridan samarali foydalanishga oʻqitish orqali servis va konsultativ xizmatlar koʻrsatilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Belgilansinki, 2024-yildan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga “suvkredit.uz” platformasi orqali 5 yil muddatga, shundan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditlar taʼminoti 120 foiz sugʻurta kompaniyalarining kredit qaytmaslik xataridan sugʻurta polisi asosida amalga oshiriladi;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-47-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 07/26/47/0115-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga ushbu texnologiyalar joriy qilingan yilning oʻzida toʻliq miqdorda ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklarining kredit mablagʻlari hisobiga joriy qilingan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari boʻyicha ajratiladigan subsidiyalarni, birinchi navbatda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining tijorat banklarida ochilgan qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga yoʻl qoʻyilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlari (keyingi oʻrinlarda — maxsus maqsadli hisobvaraqlar) orqali kreditni soʻndirish uchun yoʻnaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi va tijorat banklari bilan birgalikda maxsus maqsadli hisobvaraqlar ochiladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining roʻyxatini shakllantirishi hamda Soliq qoʻmitasi va Markaziy bank bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus maqsadli hisobvaraqlarni ochish Vazirlar Mahkamasining ruxsati asosida amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Belgilansinki, sugʻoriladigan yerlarda yangi bogʻlar, uzumzorlar va boshqa koʻp yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etishda xulosalar Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan faqat suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish sharti bilan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh prokuratura (J. Xatamov), Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (A. Vaxabov) mazkur bandda belgilangan talabning ijrosi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi 2024-yil 1-fevralga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv yetkazib berish xizmatlarining faoliyati tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini tashkil etish uchun tegishli tuman budjetlaridan mablagʻlar alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga xarajatlar tasnifining bir satrida ajratilishi va Suv yetkazib berish xizmatining budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv yetkazib berish xizmatlari tuzilmasi va shtat birliklari soni, tizim uchun belgilangan normativlardan qatʼi nazar, Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv yetkazib berish xizmatlariga ajratilgan mablagʻlardan foydalanish tartibi, shu jumladan, xodimlarning mehnatiga haq toʻlash miqdori va ular faoliyatining samaradorlik mezonlariga asoslangan ragʻbatlantirish tartibi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (Quvasoy shahar) uchun olingan suv hajmi hamda yakuniy isteʼmolchilarga yetkazilgan suv hajmi orasidagi farqqa (suv yoʻqotishlari) qarab Suv yetkazib berish xizmatlari xodimlarini ragʻbatlantirish mexanizmi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Nazarov), Kadastr agentligi (F. Pulatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi (L. Umurzoqov), Adliya vazirligi (Sh. Rabiyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari 2024-yil 1-iyulga qadar barcha sugʻorish tarmoqlarining xatlovdan oʻtkazilishini tashkil qilsin hamda ularning tegishliligi boʻyicha balansga berilishi va kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishi, shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida har bir sugʻorish tarmogʻini klassifikatsiyalash va identifikatsiyalash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin, bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir tuman (Quvasoy shahar) hokimi oʻz hududidagi sugʻorish tarmoqlarini xatlovdan oʻtkazishga masʼul etib belgilansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (Quvasoy shahar) adliya boʻlimlari sugʻorish tarmoqlarini tegishliligi boʻyicha biriktirish jarayonini huquqiy jihatdan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Boboyev) Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) va Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Nazarov) bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar 2027 — 2029-yillarda lazerli tekislanmagan sugʻoriladigan maydonlarga nisbatan yer va suv soligʻi stavkalarini bosqichma-bosqich bir yarim barobardan toʻrt barobargacha oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan yer tekislagich agregatlarni sotib olish xarajatlarining 30 foizini qoplab berish mexanizmi davom ettirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 5-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-5-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy qilish rejasini ishlab chiqish, bunda quyidagilarga eʼtibor qaratish:

suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari suv hamda elektr taʼminoti ishonchli boʻlgan maydonlarda joriy etilishiga;

suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari bitta sugʻorish tarmogʻiga bogʻlangan maydonni toʻliq qamrab olgandan soʻng boshqasiga oʻtish, yaʼni “bir kanal — bir tizim” tamoyili asosida joylashtirilishiga;

suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilinishi rejalashtirilgan maydonlarda faoliyat koʻrsatayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini ushbu texnologiyalardan foydalanish boʻyicha oʻqitishga;

suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari ishchi loyihalar asosida joriy etilishiga.

2024-yil 1-fevral

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari,

Suv xoʻjaligi vazirligi

(R. Qarshiyev),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(A. Nazarov),

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

(U. Mustafoyev)

2.

2024-yildan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha loyihalarga tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining 10 foizdan oshadigan qismi toʻlab beriladigan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining roʻyxatini Qishloq xoʻjaligi vazirligiga kiritib borish.

Har oyda

“Agrobank” ATB

(E. Kaxorov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi
(A. Qosimov)

3.

Suv yetkazib berish xizmatlarini joylashtirish uchun:

1. Zarur bino yoki joy ajratilishi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlariga taklif kiritish.

2024-yil 15-yanvar

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev)

2. Suv xoʻjaligi vazirligining takliflariga asosan bino yoki joylarning ajratilishini taʼminlash.

2024-yil 1-fevral

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari

4.

Suv xoʻjaligi vazirligi va “Agrobank” ATBning soʻrovnomalariga asosan “Suvchilar maktabi” loyihasi doirasida tashkil etiladigan oʻquv kurslarida fermer va klasterlarning rahbar xodimlari ishtirokini taʼminlash.

2024-yil fevraldan boshlab

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tuman hokimliklari

5.

Oʻrnatiladigan suvni tejaydigan sugʻorish tizimlarining elektr tarmogʻiga qisqa muddatlarda ulanishini hamda sugʻorish mavsumida elektr tarmogʻiga ulangan suvni tejaydigan sugʻorish tizimlari nasos agregatlarini sugʻorish grafigiga mos ravishda elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlab borish.

Doimiy

Energetika vazirligi,

(J. Mirzamahmudov)

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

(U. Mustafoyev)

6.

Qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslarga suv resurslaridan foydalanganligi uchun soliqni hisoblash tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 1-iyul

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

7.

Qishloq xoʻjaligi va baliqchilik yoʻnalishida foydalaniladigan suv hajmini aniqlash uchun oʻrnatiladigan suv oʻlchash uskunalariga qoʻyiladigan talablar hamda ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 1-aprel

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(D. Sattarov)

8.

Xalq deputatlari tuman Kengashlari tomonidan tasdiqlangan qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun isteʼmolchilar kesimidagi suv olish limitlari hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari va suv oʻlchash uskunalari orqali foydalanilgan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Suv hisobi” axborot tizimiga kiritib borish.

2025-yildan doimiy

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Q. Yuldashev)

9.

Mazkur qarordan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 1-dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev)

10.

Ilmiy xodimlar hamda xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda viloyatlararo va transchegaraviy ahamiyatga ega boʻlgan daryolar, magistral kanallar (tizimlar), yirik va alohida muhim suv obyektlarida suvning yagona onlayn hisobi yuritilishini yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda:

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduhakimov),

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

(A. Sanginov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

real vaqt rejimida suv sathi va oqim tezligini oʻlchash qurilmalari oʻrnatiladigan yirik suv xoʻjaligi inshootlari, suv olish va oʻtkazish nuqtalari hamda gidropostlar roʻyxatini shakllantirish;

2024-yil 1-mart

tanlab olingan obyekt va nuqtalarda suv oʻlchash qurilmalarini oʻrnatish imkoniyatlari va oʻrnatish samaradorligini tahlil qilish, tahlillar asosida shakllantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

2024-yil 1-may

2024-yilda suv oʻlchash qurilmalarini oʻrnatish uchun talab etiladigan mablagʻlarni Suv xoʻjaligi vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtirish.

Zaruratga koʻra

11.

“Suvchilar maktabi”ning 2-bosqichini yoʻlga qoʻyish. Bunda:

loyihachilar, pudratchilar, fermer va klasterlar rahbar xodimlarining bir haftalik malaka oshirish kurslarini tashkil qilish;

har bir hududda tajriba maydonlarini tashkil qilish;

har bir loyihani joyida oʻrganadigan muhandis-irrigatorlarni tayyorlash va suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish jarayoniga jalb qilish.

2024-yil fevraldan boshlab

Suv xoʻjaligi vazirligi

(R. Qarshiyev),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(A. Nazarov),

“Agrobank” ATB

(E. Kaxorov),

“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti

(B. Mirzayev)

12.

Qishloq xoʻjaligida suv isteʼmolchilarining suvdan foydalanish madaniyatini oshirishga undovchi materiallar (oʻquv dasturlari, tarqatma materiallar, videoroliklar, ijtimoiy reklama va boshqa) ishlab chiqish hamda taʼlim tashkilotlarining taʼlim jarayonlarida qoʻllash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritishni koʻzda tutuvchi dastur ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 1-oktabr

“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti

(B. Mirzayev),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Agrobank ATB

(R. Mamatqulov)

13.

Ichki sugʻorish tarmoqlarini saqlash va suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish hamda ulardan samarali foydalanishni taʼminlash borasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish yuzasidan qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil mart

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Adliya vazirligi

(A. Karimov)

14.

Mazkur qarorda belgilangan norma va mexanizmlarni davlat idoralari va yakuniy suv isteʼmolchilariga yetkazish boʻyicha targʻibot tadbirlarini oʻtkazish, bunda:

qaror mazmunini yetkazish boʻyicha OAVda intervyular hamda joylarda oʻqitishlarni tashkil qilish;

suv hisob-kitobi va suv soligʻiga oid barcha normalarni batafsil tushuntirish boʻyicha tarqatma material hamda qisqa videoroliklar tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish;

“Suvkredit.uz” elektron tizimida ishlash koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha amaliy oʻquv kurslarini tashkil qilish.

2024-yil 10-yanvardan boshlab

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(A. Nazarov),

“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti

(B. Mirzayev),

“Agrobank” ATB

(E. Kaxorov)

15.

Fargʻona viloyati qishloq xoʻjaligida sarflangan suv miqdorini kosmik texnologiyalar orqali hisoblash boʻyicha pilot loyihani amalga oshirish hamda ushbu tajribani boshqa hududlarda joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2024-yil 1-oktabr

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

(Sh. Kadirov),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(A. Nazarov)

16.

Qishloq xoʻjaligida suvni tejashda gidrogellardan foydalanishning yoʻnalishlari va samaradorligini oʻrganib chiqib, hududlarning tuproq-iqlim sharoitida gidrogellardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2024-yil 1-oktabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(A. Nazarov),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(R. Qarshiyev)

17.

Qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2024-yil 1-mart

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-144-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. 2022-yildan boshlab qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq hisob-kitob qilingandan soʻng ajratiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-ilovaning III boʻlimidagi 3.1, 3.2 va 3.3-jadvallar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3.1-jadval. Tomchilatib sugʻorish tizimlarining sifatlilik darajasini belgilovchi koeffitsiyentni hisoblash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tizimning tarkibiy qismlari va sifat koʻrsatkichlari

Koʻrsatkich

1.

Hovuz-tindirgich

*

1.1.

beton yoki temir-beton qoplamali

0,15

1.2.

geomembrana qoplamali (qalinligi ≥1 mm)

0,1

1.3.

bir mavsumli plyonka bilan qoplangan

0,05

1.4.

tuproq oʻzanli (qoplamasiz)

0,02

2.

Nasos stansiyasi

0,15

3.

Filtrlash qurilmasi

*

3.1.

gidrotsiklonli, tozalanishi avtomatlashtirilgan qumli, diskli yoki setkali filtr va oʻgʻit berish moslamasi

0,35

3.2.

diskli yoki setkali, tozalanishi avtomatlashtirilgan qumli filtr va oʻgʻit berish moslamasi

0,25

3.3.

gidrotsiklonli, diskli yoki setkali filtr va oʻgʻit berish moslamasi

0,15

4.

Bosh (magistral) quvurlar

*

4.1.

qalin devorli (qalinligi >5,3 mm yoki bosimga chidamliligi >6,0 atmosfera)

0,3

4.2.

oʻrtacha qalin devorli (qalinligi 3,4 — 5,2 mm yoki bosimga chidamliligi 4,0 — 5,9 atmosfera)

0,25

4.3.

yupqa devorli (qalinligi 2,7 — 3,3 mm gacha yoki bosimga chidamliligi 2,5 — 3,9 atmosfera)

0,2

5.

Tarqatuvchi quvurlar (mevali ekinlar va uzumdan tashqari)

*

5.1.

qalin devorli (qalinligi >2,7 mm yoki bosimga chidamliligi >2,4 atmosfera)

0,3

5.2.

oʻrtacha qalin devorli (qalinligi 1,4 — 2,6 mm yoki bosimga chidamliligi 1,9 — 2,4 atmosfera)

0,25

5.3.

yupqa devorli (qalinligi 0,75 — 1,3 mm yoki bosimga chidamliligi 1,2 — 1,8 atmosfera)

0,2

6.

Tarqatuvchi quvurlar (mevali ekinlar va uzum uchun)

*

6.1.

qalin devorli (qalinligi ≥3,1 mm)

0,25

6.2.

oʻrtacha qalin devorli (qalinligi 2,8 — 3,1 mm)

0,2

6.3.

yupqa devorli (qalinligi 0,75 — 2,7 mm)

0,15

7.

Tomizgʻichli sugʻorish shlanglari (mevali ekinlar va uzumdan tashqari)

*

7.1.

qalin devorli (qalinligi ≥0,3 mm)

0,4

7.2.

oʻrtacha qalin devorli (qalinligi 0,15 — 0,29 mm)

0,35

7.3.

yupqa devorli (qalinligi ≤0,14 mm)

0,3

7.4.

tuproqosti sugʻorishga moʻljallangan shlanglar

0,5

8.

Tomizgichli sugʻorish shlanglari (mevali ekinlar va uzum uchun)

*

8.1.

qalin devorli (qalinligi >0,7 mm)

0,4

8.2.

oʻrta devorli (qalinligi 0,3 — 0,7 mm)

0,35

8.3.

yupqa devorli (qalinligi <0,3 mm)

0,3

9.

Tizimning avtomatlashtirilgan boshqaruvi

0,15

10.

Tomizgʻichli shlang tarqatuvchi va yigʻishtiruvchi uskuna

0,05

11.

Suv hisoblagich

0,1

JAMI

**

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* mazkur qismdagi koʻrsatkichlarning bittasi tanlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** mevali ekinlar va uzumdan tashqari ekin turlari uchun: 1, 2, 3, 4, 5, 7, 9, 10, 11 satrlardagi koʻrsatkichlar qoʻshib aks ettiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mevali ekinlar va uzum uchun: 1, 2, 3, 4, 6, 8, 9, 11 satrlardagi koʻrsatkichlar qoʻshilib aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2-jadval. Yomgʻirlatib sugʻorish tizimlarining sifatlilik darajasini belgilovchi koeffitsiyentni hisoblash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tizimning tarkibiy qismlari va sifat koʻrsatkichlari

Koʻrsatkich

1.

Hovuz-tindirgich

*

1.1.

beton yoki temir-beton qoplamali

0,15

1.2.

geomembrana qoplamali (qalinligi ≥ 1 mm)

0,1

1.3.

bir mavsumli plyonka bilan qoplangan

0,05

1.4.

tuproq oʻzanli

0,02

2.

Nasos stansiyasi

0,15

3.

Filtrlash qurilmasi

*

3.1.

gidrotsiklonli, tozalanishi avtomatlashtirilgan qumli, diskli yoki setkali filtr va oʻgʻit berish moslamasi

0,35

3.2.

diskli yoki setkali, tozalanishi avtomatlashtirilgan qumli filtr va oʻgʻit berish moslamasi

0,25

3.3.

gidrotsiklonli, diskli yoki setkali filtr va oʻgʻit berish moslamasi

0,15

4.

Suv tarqatuvchi tizimlar

*

4.1.

keng qamrovli sugʻorish tizimi

0,8

4.2.

“sprinkler” tizimi

0,8

4.3.

mobil sugʻorish tizimi

0,7

5.

Tizimning avtomatlashtirilgan boshqaruvi

0,15

6.

Suv hisoblagich

0,1

JAMI

**

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* mazkur qismdagi koʻrsatkichlarning bittasi tanlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** 1, 2, 3, 4, 5, 6 satrlardagi koʻrsatkichlar qoʻshib aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.3-jadval. Diskretli sugʻorish tizimlarining sifatlilik darajasini belgilovchi koeffitsiyentni hisoblash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tizimning tarkibiy qismlari va sifat koʻrsatkichlari

Koʻrsatkich

1.

Nasos stansiyasi

0,2

2.

Bosh (magistral) quvurlar

*

2.1.

qalin devorli (≥2 mm) bir qavatli

0,35

2.2.

qalin devorli (≥2 mm) ikki qavatli

0,5

2.3.

oʻrtacha qalin devorli (1-2 mm) bir qavatli

0,3

2.4.

oʻrtacha qalin devorli (1-2 mm) ikki qavatli

0,45

2.5.

yupqa devorli (≤1 mm) bir qavatli

0,25

2.6.

yupqa devorli (≤1 mm) ikki qavatli

0,4

3.

Tarqatuvchi quvurlar

*

3.1.

qalin devorli (≥0,3 mm)

0,5

3.2.

yupqa devorli (<0,3 mm)

0,45

4.

Tizimning avtomatlashtirilgan boshqaruvi

0,15

5.

Suv hisoblagich

0,1

JAMI

**

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* mazkur qismdagi koʻrsatkichlarning bittasi tanlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** 1, 2, 3, 4, 5 satrlardagi koʻrsatkichlar qoʻshib aks ettiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-264-son qaroriga 1-ilovaning 4-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-107-son qarorining 5-bandi ikkinchi xatboshisidagi “2024” raqami “2028” raqami bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-300-son qaroriga 3b-ilovaning 2-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2023-yil noyabr” soʻzlari “2024-yil aprel” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi “Fermer xoʻjaliklarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 320-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Belgilansinki, 2024-yil 1-yanvardan boshlab qishloq xoʻjaligi korxonalari tasarrufidagi elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish uskunalari bilan taʼminlangan nasos agregatlari va sugʻorish quduqlarining paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtirish uchun isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymati Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-banddagi “Fermer xoʻjaliklarining” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yilning 1-aprel holatiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari texnik holatini, ularga biriktirilgan sugʻoriladigan yer maydonlarini, jumladan paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtiriladigan yerlarni xatlovdan oʻtkazsinlar hamda tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yil 10-iyulga qadar kelgusi yilda paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi prognoz qiymatini Davlat budjetidan qoplash boʻyicha asoslangan talabnomalarni Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim qilib borsin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtiruvchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini Davlat budjetidan qoplash boʻyicha taqdim qilingan talabnomalarga asosan zarur boʻlgan mablagʻlarni kelgusi yillar uchun Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda eʼtiborga olsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtiruvchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat oʻrnatsin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6. 2023-yilda paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtirishda nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymatining 50 foizini qoplab berish uchun subsidiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda ekin maydonlarini sugʻorishga sarflangan suv miqdori uchun isteʼmol qilingan elektr energiyasi qiymati boʻyicha hisob-kitoblariga asosan, istisno tariqasida, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan 2024-yilda ajratib berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtirishda sugʻorish ishlariga sarflangan elektr energiyasi miqdori qishloq xoʻjaligi ekinlarini gidromodul rayonlashtirish va sugʻorish rejimidan kelib chiqib aniqlanadi. Bunda, qiymati qoplab beriladigan elektr energiyasi miqdori haqiqatda sarflangan elektr energiyasi miqdorining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7. “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtiruvchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlarini shartnoma asosida oʻz vaqtida elektr energiyasi bilan taʼminlasin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 320-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom nasos agregatlari va sugʻorish quduqlarining elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish uskunasini oʻrnatgan va uni belgilangan tartibda tuman elektr tarmoqlari tashkilotidan roʻyxatdan oʻtkazgan isteʼmolchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektor boshqaruviga berilgan davlat suv xoʻjaligi tizimidagi nasos stansiyalari va sugʻorish quduqlari, shuningdek isteʼmolchilarning paxta va gʻalla maydonlarida shoʻr yuvish, nam va yaxob suv berish tadbirlari, boshqa ekinlar hamda gʻalladan boʻshagan yerlarga takroriy ekinlarni sugʻorish uchun isteʼmol qilingan elektr energiyasi qiymati ularning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilar — paxta va gʻalla ekin maydonlarini nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari orqali sugʻoradigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subsidiya — paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtiruvchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan moliyaviy yordam;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman ishchi guruhi — isteʼmolchilarga subsidiya ajratishda koʻmaklashuvchi tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subsidiyalanadigan elektr energiyasi miqdori — tuman ishchi guruhining xulosasiga asosan Davlat budjetidan qoplab beriladigan isteʼmolchining nasos agregati va sugʻorish qudugʻi isteʼmol qiladigan elektr energiyasi miqdori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agro-subsidiya” YAAT — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga subsidiya ajratish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishishning yagona axborot tizimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Subsidiyalar isteʼmolchilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xom ashyosi va gʻalla ekinlarini mavjud tomchilatib, yomgʻirlatib yoki diskret sugʻorish tizimlaridan (keyingi oʻrinlarda — suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyasi) foydalangan holda sugʻorishda isteʼmol qilingan elektr energiyasi qiymatining 100 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta va gʻalla maydonlarini suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyasidan foydalanmagan holda sugʻorishda isteʼmol qilingan elektr energiyasi qiymatining 50 foizi miqdorida ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilarga subsidiya ajratish boʻyicha materiallarni jamlash, koʻrib chiqish hamda vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish “Agro-subsidiya” YAAT orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha shartnomalarni tuzish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish va monitoringini olib borish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5059-son Farmoniga, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 383-son hamda 2018-yil 12-yanvardagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 22-son qarorlariga asosan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II bob. Subsidiya uchun talabnomalarni rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Har bir tumanda (Quvasoy shahrida) tuman (Quvasoy shahar) hokimligi (keyingi oʻrinlarda — tuman hokimligi) tomonidan Isteʼmolchilarning paxta va gʻalla maydonlarini sugʻorish uchun nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari sarflagan elektr energiya xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — tuman ishchi guruhi) 1-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi tuman ishchi guruhining ishchi organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tuman ishchi guruhi kelgusi yil uchun har kalendar yilning 1-iyuliga qadar (2024-yil uchun 10-fevralga qadar) isteʼmolchilarning paxta va gʻalla maydonlarini sugʻorishda sarflanadigan elektr energiyasi qiymatini davlat budjetidan qoplash boʻyicha tuman manzilli roʻyxatlarini ekin turi, yer maydonlari va kontur raqamlari, suv manbai, oʻrnatilgan nasos agregatlarining parametrlari (rusumi, quvvati, suv soʻrish quvurlari va bosimli quvurlar uzunligi hamda diametri, suvni koʻtarish balandligi va boshqalar), joriy qilingan yoki joriy qilinishi rejalashtirilgan zamonaviy suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyasi turi va maydoni, isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi miqdori boʻyicha tuman manzilli roʻyxatlarini shakllantiradi, ishchi guruhining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi va tuman ishchi guruhining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, keyingi yilda sugʻorish ishlari uchun isteʼmolchining nasos agregati va sugʻorish qudugʻi chiqarib beradigan suvning oyma-oy miqdori tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi tomonidan “Suv yetkazib berish xizmati” DM bilan kelishilgan holda tegishli gidromodulli rayonlashtirish va sugʻorish rejimi boʻyicha hisob-kitob qilingan limitda belgilangan hajmda olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manzilli roʻyxatlar toʻgʻri shakllantirilganligiga tuman ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tasdiqlangan tuman manzilli roʻyxatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari tomonidan umumlashtirilib, har kalendar yilning 10-iyuliga (2024-yil uchun 1-martga) qadar Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manzilli roʻyxatlarni Suv xoʻjaligi vazirligi va Energetika vazirligi bilan kelishadi hamda zarur boʻlgan mablagʻlarni kelgusi yil budjet parametrlarini shakllantirishda inobatga olish uchun har kalendar yilning 20-iyuliga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Isteʼmolchilarning asoslangan takliflari boʻyicha tuman manzilli roʻyxatlariga tuman hokimi tomonidan tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Manzilli roʻyxatni ishlab chiqish va subsidiya miqdorini hisoblashda quyidagi formulalardan foydalanish mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Wee= Qed× tna/ηna (1)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Wee — isteʼmolchining nasos agregati va sugʻorish qudugʻi isteʼmol qiladigan elektr energiyasi miqdori, kVt;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qed — nasos agregati yoki sugʻorish qudugʻi elektr dvigatelining quvvati, kVt /soat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tna — nasos agregati yoki sugʻorish qudugʻining ishlash davomiyligi, soat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ηna — nasos agregati yoki sugʻorish qudugʻining foydali ish koeffitsiyenti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nasos agregati yoki sugʻorish qudugʻining ishlash davomiyligi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tna = Wsuv br / Qna (2)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qna — nasos agregati yoki sugʻorish qudugʻining suv sarfi, kub m/soat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Wsuv br — isteʼmolchining nasos agregati va sugʻorish qudugʻiga biriktirilgan paxta va boshoqli don ekinlarini sugʻorishga sarflangan jami suv hajmi (suvning sugʻorish tarmogʻida yoʻqolishlarini hisobga olingan holda), kub m.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Wsuv br = Wsuv / ηst (3)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ηst — isteʼmolchining nasos agregati va sugʻorish qudugʻi chiqargan suvni ekin maydonigacha yetkazuvchi sugʻorish tarmogʻining foydali ish koeffitsiyenti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Wsuv — isteʼmolchining nasos agregati va sugʻorish qudugʻiga biriktirilgan paxta va boshoqli don ekinlarini sugʻorishga sarflangan suv hajmi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Wsuv = ωpaxta×qpaxta+ωdon×qdon (4)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ωpaxta — paxta maydoni, ga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ωdon — boshoqli don ekin maydoni, ga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
q paxta — gʻoʻzani sugʻorish meʼyori, kub m/ga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qdon — boshoqli don ekinlarini sugʻorish meʼyori, kub m/ga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III bob. Isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymatini qoplash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Isteʼmolchilarning paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtirishda nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasining qiymatini qoplash “Agro-subsidiya” YAAT orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymati tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan isteʼmolchi oʻrtasida belgilangan tartibda tuzilgan va roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnoma asosida oyma-oy hisob-kitob qilib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tuman manzilli roʻyxatlariga kiritilgan isteʼmolchilar oʻzlarining hisobida boʻlgan nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi xarajatlari Davlat budjetidan qoplanishi yuzasidan tuman ishchi guruhiga “Agro-subsidiya” YAAT orqali 2-ilovaga muvofiq har kalendar yilning 5-dekabriga qadar elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizaga tuman elektr tarmoqlari tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma hamda oʻrnatilgan elektr hisoblagich (yoki qiyoslov va metrologik koʻrik) haqidagi maʼlumotlar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilardan boshqa hujjatlarni taqdim qilishni talab qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tuman ishchi guruhi ariza tushgan kundan eʼtiboran uch ish kunida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilarning tasdiqlangan tuman manzilli roʻyxatlarida borligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekin turi, umumiy maydoni va sugʻorish turlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish uskunasi belgilangan talablarga mosligini hamda uning koʻrsatkichlari sugʻorish uchun talab etiladigan va haqiqatda foydalanilgan suv miqdoriga mosligini joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻrganish natijasiga koʻra tuman ishchi guruhi isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari paxta va gʻalla maydonlariga bergan suv miqdorini hamda isteʼmol qilingan elektr energiyasini hisob-kitob qiladi va “Agro-subsidiya” YAAT orqali subsidiya ajratilishi maqsadga muvofiqligi yuzasidan 3-ilovaga muvofiq xulosaga elektron imzo qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman ishchi guruhi aʼzolari tomonidan imzolangan xulosa tuman hokimi tomonidan elektron imzo bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, tuman ishchi guruhi aʼzolari isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi xarajatlarini qoplash boʻyicha xulosalarni rasmiylashtirishda quyidagilarga shaxsan masʼul hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman hokimi — ishchi guruh tomonidan isteʼmolchilarning subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi rasmiylashtirilgan hujjatlarining haqqoniyligiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — arizalar belgilangan muddatda joyida toʻliq oʻrganilishiga va rasmiylashtirilishiga, shuningdek kelgusi yil uchun manzilli roʻyxatlar shakllantirilishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi — isteʼmolchilarning ekin turi, sugʻorilgan maydoni va sugʻorish turiga, shuningdek zamonaviy suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilingan maydonlarning oʻlchamiga va ishchi organ vazifasini bajarishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Suv yetkazib berish xizmati” DM rahbari — nasos agregatining suv chiqarish qobiliyatiga, joriy qilingan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarining turiga hamda sugʻorish uchun amalda sarflangan suv miqdorini aniqlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi — elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish uskunasi oʻrnatilganiga, uning koʻrsatkichlari haqqoniyligiga hamda ishchi guruhga taqdim etilgan hujjatlar arxivini shakllantirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining tuman filiali boshqaruvchisi — isteʼmolchilarning tijorat bankidagi hisobvaragʻi va STIR raqami toʻgʻri kiritilishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi — isteʼmolchilarga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishga hamda ularning huquqini himoya qilishga shaxsan masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tuman ishchi guruhi tomonidan rasmiylashtirilgan xulosalar koʻrib chiqish uchun “Agro-subsidiya” YAAT orqali belgilangan tartibda Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtirishda nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasining xarajatlari qoplab beriladigan isteʼmolchilarning roʻyxatini ular kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunida Suv xoʻjaligi vazirligi va Energetika vazirligi bilan kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakuniy kelishilgan roʻyxatlarga muvofiq isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasining qiymatini isteʼmolchilarning arizada koʻrsatilgan tijorat banklaridagi hisob raqamlariga oʻtkazib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi isteʼmolchilarning elektr energiyasidan toʻgʻri va maqsadli foydalanishi, Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi isteʼmolchilarning suv resurslaridan toʻgʻri foydalanishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Isteʼmolchining nasos agregatlari va sugʻorish qudugʻidan oʻzaro kelishuvga koʻra boshqa fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga tegishli qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini sugʻorish uchun foydalanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun (paxta xom ashyosi va gʻalla bundan mustasno) sarflangan elektr energiyasi xarajatlari isteʼmolchilarning oʻz mablagʻi hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Elektr taʼminoti shartnomasi majburiyatlarini bajarish jarayonida yuzaga keladigan barcha kelishmovchilik va nizolar muzokara oʻtkazish orqali hal qilinadi. Kelishmovchiliklarni muzokara oʻtkazish orqali hal qilishning iloji boʻlmaganda, ular sud tartibida hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzuridagi Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash boʻyicha texnik ishchi guruh tomonidan ushbu subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi baholanadi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subsidiyani ajratish natijasida subsidiya ajratilgan subyektlarning mahsulot yetishtirish hajmi oshganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi “ijobiy”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subsidiya oluvchi subyekt tomonidan olingan subsidiyadan foydalanilmayotganligi yoki undan samarasiz foydalanayotganligi, shuningdek, subsidiyalardan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi aniqlanganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi “salbiy” deb baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilarning ekin maydonlarini sugʻorish uchun nasos agregatlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman ishchi guruhi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Tuman hokimi, Ishchi guruh rahbari

2.

Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

3.

“Suv yetkazib berish xizmati” DM rahbari

4.

Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

5.

Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki rahbari

6.

Tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi

7.

Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, Ishchi guruh kotibi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Isteʼmolchilarning ekin maydonlarini sugʻorish uchun nasos agregatlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman ishchi guruhiga
‎“______________” rahbari ____________ tomonidan

ARIZA

____________ hududida faoliyat koʻrsatayotgan “____________” fermer xoʻjaligi (MCHJ) tomonidan 20___ yil jami ___ gektar yer uchastkasida, jumladan, ___ raqamli konturda ____ gektar, ___ raqamli konturda ___gektar, ___ raqamli konturda _____ gektar ekin maydonida paxta/boshoqli don yetishtirish uchun nasos agregati/sugʻorish qudugʻi oʻrnatilgan.

1. Nasos agregati/sugʻorish qudugʻi soni _____.

2. Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyasi joriy qilingan maydon _________, jumladan, ___ raqamli konturda ____ gektar, ___ raqamli konturda ___gektar.
‎3. Texnik holati soz/nosoz.

4. Hisobot yili.
‎5. Hisobot oyi.
‎6. Hisobot oyi boshiga elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish uskunasi koʻrsatkichi.
‎7. Hisobot oyi yakuniga elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish uskunasi koʻrsatkichi.
‎8. Nasos agregati va sugʻorish qudugʻi isteʼmol qiladigan elektr energiyasi miqdori.
‎Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishda nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasining qiymatini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi __________ tumani ishchi guruhining xulosasini berishingizni soʻrayman.

Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki “______________”.
‎Hisobraqam: ______________
‎Sana: ______________
Tuman elektr tarmoqlari tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma ilova qilinadi.
“______________” fermer xoʻjaligi rahbari

________________

(imzo)‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtiruvchilarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplashga subsidiya ajratish yuzasidan

XULOSA

Ushbu xulosa ________________________ _______________ tumani ishchi guruhi aʼzolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 320-son qarori talablariga muvofiq “_______________” ___________ murojaatini joyida oʻrganib chiqish yakuni boʻyicha rasmiylashtirildi.

1. Xulosa rasmiylashtirilgan sana
‎Hisobot yili
‎Hisobot oyi
2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtiruvchi toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar
‎Nomi
‎Hudud/tuman nomi
‎STIR
‎Bank hisobraqami
‎Xizmat koʻrsatuvchi bank nomi/MFO raqami
3. Jami ekin maydoni
‎shundan paxta xom ashyosi (kontur raqami va gektar) va boshoqli don (kontur raqami va gektar) ekilgan maydon
‎jami paxta xomashyosi ekilgan maydon
‎shundan suvni tejaydigan sugʻorish tizimlaridan foydalanilgan maydon
‎jami boshoqli don ekilgan maydon
‎shundan suvni tejaydigan sugʻorish tizimlaridan foydalanilgan maydon.
4. Nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari soni
5. Nasos agregatlari va sugʻorish quduqlarining texnik parametrlari
‎Rusumi, nomi
‎Quvvati, kVt
suv soʻrish quvuri uzunligi, metr‎
suv soʻrish quvuri diametri, mm
bosimli quvur uzunligi, metr‎‎
bosimli quvur diametri, mm
suvni koʻtarish balandligi, metr‎‎
6. Nasos agregati yoki sugʻorish qudugʻining ishlash davomiyligi, soat
‎Nasos agregati yoki sugʻorish qudugʻining suv sarfi, kub m/soat
‎Ekinlarini sugʻorishga sarflangan jami suv hajmi, kub metr
‎shundan paxta xom ashyosi va boshoqli don uchun, kub metr
‎shundan paxta xom ashyosi uchun, kub metr
‎suvni tejaydigan sugʻorish tizimlari ishlatilgan holda, kub metr
‎suvni tejaydigan sugʻorish tizimlari ishlatilmagan holda, kub metr
‎shundan boshoqli don uchun, kub metr
‎suvni tejaydigan sugʻorish tizimlari ishlatilgan holda, kub metr
‎suvni tejaydigan sugʻorish tizimlari ishlatilmagan holda, kub metr
‎Hisobot oyi boshiga elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish uskunasi koʻrsatkichi, kVt
‎Hisobot oyi yakuniga elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish uskunasi koʻrsatkichi, kVt
‎Nasos agregati va sugʻorish qudugʻi isteʼmol qiladigan elektr energiyasi miqdori, kVt
‎shundan paxta xom ashyosi va boshoqli don uchun, kVt
‎shundan paxta xom ashyosi uchun, kVt
‎suvni tejaydigan sugʻorish tizimlari ishlatilgan holda, kVt
‎suvni tejaydigan sugʻorish tizimlari ishlatilmagan holda, kVt
‎shundan boshoqli don uchun, kVt
‎suvni tejaydigan sugʻorish tizimlari ishlatilgan holda, kVt
‎suvni tejaydigan sugʻorish tizimlari ishlatilmagan holda, kVt
7. Subsidiyalanadigan elektr energiya miqdori, kVt
8. Ajratilishi lozim boʻlgan subsidiya miqdori, mln soʻm”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-noyabrdagi 952-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarining bir qismini qoplash va berilgan subsidiyani qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 14-banddagi “3” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 15-banddagi “(ushbu Nizomga 4-ilova)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “besh” soʻzi “oʻn” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “hamda quruvchi — pudrat tashkilotini “Tomchi-reestr” YAERdan oʻtganligini” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshidagi “50 foizini” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshidagi “tuman irrigatsiya boʻlimi boshligʻi” soʻzlari “Suv yetkazib berish xizmati” DM rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 23-bandning ikkinchi xatboshisi “paxta yetishtirish” soʻzlaridan oldin “har kalendar yilining 1-dekabriga qadar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 231-band quyidagi tahririda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“231. Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini 2023-yilda joriy qilgan va belgilangan subsidiya mablagʻlarining 50 foizini olgan talabgorlarga 2024-yilda tizimlarning ishlatilishiga qarab subsidiyaning qolgan 50 foizi tuman ishchi guruhlarining “Agro-subsidiya” YAAT orqali yuborgan xulosasiga asosan tegishlicha Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan ajratib beriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) quyidagi mazmundagi 31-bob bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“31-bob. Tijorat banklari tomonidan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan kredit mablagʻlari foiz stavkasining bir qismini qoplash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
233. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish maqsadida talabgorlarga (keyingi oʻrinlarda — qarz oluvchi) milliy valyutada ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining 10 foizdan oshadigan, lekin 14 foizdan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya (keyingi oʻrinlarda — kompensatsiya) 2024-yildan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, kompensatsiya xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
234. Kompensatsiya qarz oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining murojaatiga asosan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan tuziladigan bitimga muvofiq tijorat bankining hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, kredit shartnomasining toʻlov jadvaliga muvofiq tijorat banki tomonidan tasdiqlangan kompensatsiya ajratish uchun buyurtma Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit shartnomasining shartlari oʻzgargan hollarda ilgari tasdiqlangan va hisoblangan kompensatsiya miqdori oshirilmaydi hamda kompensatsiya muddati uzaytirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
235. Kompensatsiya ajratish boʻyicha buyurtmalar quyidagi hollarda taqdim etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit foiz stavkasi 14 foizdan koʻp boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditni qaytarish muddati besh yildan koʻp boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit xorijiy valyutada ajratilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit avvalgi yillarda joriy etilgan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari uchun ajratilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi va haqqoniyligi yuzasidan masʼuliyat tijorat banki rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
236. Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha loyihalarni kredit mablagʻlari hisobiga amalga oshirayotgan, biroq tijorat banklari tomonidan reyestrga kiritilmay qolgan talabgorlarda yuzaga kelgan qarzdorlik tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar talabgorlarning kredit toʻlovlarini qaytarish grafiklaridagi oʻzgarishlar inobatga olinmasligi natijasida ortiqcha kompensatsiya toʻlovlari yuzaga kelsa, ushbu mablagʻlar tijorat bankining oʻz mablagʻlari hisobidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga qaytarib toʻlab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
237. Tijorat banklari tuman ishchi guruhlari bilan birgalikda ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishini va ularning samaradorligini monitoring qilib boradi hamda kreditlarning oʻz vaqtida qaytarilishi boʻyicha tegishli choralarni koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
238. Tijorat banklariga ajratilgan kompensatsiyadan maqsadli foydalanishni, toʻlovlarning va hisob-kitoblarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “Tomchi-reestr YAERga” soʻzlaridan oldin “2024-yil 10-yanvardan boshlab” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshi quyidagi tahririda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“loyihani amalga oshirish uchun soha boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassislar, jumladan, loyihachi, muhandis va agronom bilan taʼminlanganlik darajasi (loyiha amalga oshiriladigan har bir hudud uchun 2 nafar loyihachi, 2 nafar agronom va 6 nafar muhandis)”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshidagi “sohaga aloqador oliy” soʻzlaridan keyin “taʼlim muassasalari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkizinchi xatboshidagi “hujjatlarning toʻgʻriligiga” soʻzlaridan keyin “quruvchi-pudrat” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “va ularning sifat koʻrsatkichlari koeffitsiyenti” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshidagi “amalga oshirilgan hududlarda” soʻzlaridan keyin “savdo shoxobchasi tashkil etilganligi va” soʻzlari bilan toʻldirilsin,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshi quyidagi tahririda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“loyihani amalga oshirish uchun oliy maʼlumotli, jumladan, loyihachi, muhandis va agronom bilan taʼminlanganlik darajasi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) 29-band quyidagi tahririda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“29. Quruvchi-pudrat tashkilotlari reytingi natijalari quyidagi toifalarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Ishonchlilik darajasi

Umumiy ballar

1.

Mahalliy ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilganligi*

15

2.

Ishlab chiqarish korxonasi maxsus laboratoriya bilan jihozlanganligi

15

3.

Oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilganligi

5

4.

Soha boʻyicha faoliyat olib borayotgan olim va ilmiy xodimlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda ishtiroki mavjudligi**

10

5.

Hududlarda savdo shoxobchasi tashkil etilganligi

10

6.

Hududlarda servis-xizmat koʻrsatish markazining amalda faoliyat olib borayotganligi***

15

7.

Oliy maʼlumotli loyihachi, muhandis, agronom xodimlar bilan taʼminlanganligi hamda ularning “Suvchilar maktabi”da malaka oshirganligi

15

8.

Texnologiyadan foydalanish boʻyicha buyurtmachilar tomonidan eʼtirozlar mavjud emasligi

15

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan ishchi guruh tashkil etish orqali mahalliy ishlab chiqarish korxonalari monitoring qilib boriladi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda korxona nomi, texnik koʻrsatkichlari va ishlab chiqarish sanasi koʻrsatilganligi oʻrganiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari loyiha hujjatlarining hududni tuproq va iqlim sharoitiga hamda ekin turiga mosligi, shuningdek joriy qilinishi rejalashtirilgan texnologiyaning amalda ishlash jarayoni va uning natijadorligi yuzasidan Suv xoʻjaligi vazirligiga asoslangan xulosalar taqdim etib boradi hamda xulosalarning toʻgʻriligiga shaxsan masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*** Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan joylarda tashkil etilgan servis-xizmat koʻrsatish markazlarining amalda faoliyat olib borayotganligi mavsum davomida oʻrganib boriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahririda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“loyiha amalga oshirilgan hududda buyurtmachilar tomonidan “Tomchi-reestr” YAER orqali texnologiyadan foydalanish boʻyicha shikoyatlar va arizalar yuborilib, ushbu kamchiliklar besh kun muddatda bartaraf etilmaganda (kamchiliklar oʻz vaqtidan kechikib bartaraf etilsa korxona 3 oy muddatga reyestrdan chetlatiladi)”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“taqdim etilgan hujjatlarda xato va kamchiliklar borligi, shuningdek hujjatlarning qalbakiligi aniqlanganda”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman ishchi guruhining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tuman hokimi, Ishchi guruh rahbari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Suv yetkazib berish xizmati” DM rahbari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining tuman filiali boshqaruvchisi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik asbob-uskunalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 352-son qaroriga 1-ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1421-pozitsiyadagi “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlaridan Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb etilgan mablagʻlar hisobidan olib kiriladigan qishloq xoʻjaligi yoki bogʻdorchilik uchun yomgʻirlatib sugʻorish qurilmalari (statsionar pirali yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari)” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi yoki bogʻdorchilik uchun yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasining Center Pivot va mobil sugʻorish tizimlari (statsionar pirali yoki koʻchma yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari) soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1431-pozitsiyadagi “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlaridan Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb etilgan mablagʻlar hisobidan olib kiriladigan qishloq xoʻjaligi yoki bogʻdorchilik uchun sugʻorish qurilmalari (statsionar pirali yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari) butlovchi va ehtiyot qismlari” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi yoki bogʻdorchilik uchun yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasining Center Pivot va mobil sugʻorish tizimlari (statsionar pirali yoki koʻchma yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari) butlovchi va ehtiyot qismlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi “Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida qishloq xoʻjaligida suv hisobini yuritish tizimini raqamlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 371-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-banddagi “2024” raqami “2028” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“b” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “bir oy muddatda” soʻzlari “2026-yil 1-iyulga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“v” kichik banddagi “2023” raqami “2026” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “2024” raqami “2028” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a” kichik banddagi “ikki oy muddatda” soʻzlari “2026-yil 1-avgustga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“b” kichik banddagi “2024” raqami “2028” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“v” kichik banddagi “2024” raqami “2028” raqami bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son, 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 15.10.2025-y., 07/25/302/0955-son; 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son; 06.02.2026-y., 07/26/47/0115-son)