21.12.2023 yildagi PF-210-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 21.12.2023 yildagi PF-210-son
Date of entry into force
23.12.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, odam savdosiga qarshi kurashish, undan jabrlangan shaxslarni har tomonlama himoya qilish, majburiy mehnatning oldini olish va unga toʻliq barham berishning tashkiliy, huquqiy asoslarini mustahkamlash, bu borada davlat va nodavlat tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, mazkur yoʻnalishlarda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari, milliy qonunchilikni odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, majburiy mehnatga barham berildi, odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi ishlar tizimlashtirildi, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqiy himoyasi davlat siyosati darajasiga koʻtarildi, oʻzbek paxtasiga qoʻyilgan boykot bekor qilindi, xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekistonning oʻrni yaxshilandi. Mamlakatimizda majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori baholandi va boshqa davlatlar uchun namuna sifatida eʼtirof etildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda munosib mehnat tamoyillarini ilgari surish va respublikaning barcha hududlarida ommalashtirish, mehnat munosabatlari sohasida xalqaro standartlarni keng joriy qilish hamda odam savdosiga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiya (keyingi oʻrinlarda — Milliy komissiya) etib qayta tashkil qilinsin va uning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Milliy komissiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar vaziri — Milliy komissiya raisining oʻrinbosari rahbarlik qiladigan Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari boʻyicha kichik komissiyadan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri — Milliy komissiya raisining oʻrinbosari rahbarlik qiladigan Munosib mehnat masalalari boʻyicha kichik komissiyadan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Milliy komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashish, undan jabrlangan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, munosib mehnat tamoyillarini, xalqaro mehnat standartlarini keng joriy etish, fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odam savdosiga qarshi kurashish, undan jabrlanganlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etish, fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilishga oid dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish hamda ularning ijrosini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini tahlil qilish, baholash, monitoring qilish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish, xususan, sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odam savdosiga qarshi kurashish, tartibga solinmagan mehnat migratsiyasi holatlarini kamaytirish, munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etish va xalqaro mehnat standartlarini tatbiq etish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odam savdosiga oid jinoyatlarni aniqlash, tergov qilish, ularning oldini olish va ularga chek qoʻyish hamda ushbu turdagi jinoyatlardan jabrlangan shaxslarga reabilitatsiya va reyintegratsiya xizmatlarini koʻrsatish amaliyotini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odam savdosidan hamda majburiy mehnat holatidan keng jamoatchilikni ogohlantirishga, shuningdek, munosib mehnat tamoyillarini targʻib qilishga va ommalashtirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha tavsiya va takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini joriy etish sohasida xalqaro tajribani oʻrganish, mazkur sohada axborotlarni yigʻish, tahlil qilish va maʼruzalar tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Milliy komissiya bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari boʻyicha kichik komissiya toʻgʻrisidagi nizomni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Munosib mehnat masalalari boʻyicha kichik komissiya toʻgʻrisidagi nizomni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari zimmasiga Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha hududiy komissiyalarga (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiyalar) rahbarlik qilish vazifasi yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini joriy etish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Milliy komissiyaning taqdimnomalari soʻzsiz, oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash, hududiy komissiyalarning asosiy vazifasi etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha milliy maʼruzachi instituti negizida Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy maʼruzachi (keyingi oʻrinlarda — Milliy maʼruzachi) instituti taʼsis etilsin, uning funksiyalari Milliy komissiya raisi zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar Milliy maʼruzachining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini joriy etish boʻyicha mamlakatimizdagi hamda mazkur yoʻnalishda xorijiy davlatlardagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan bogʻliq vaziyatlar toʻgʻrisida, ushbu sohada ilgʻor xalqaro tajribani tatbiq etish hamda mavjud muammolarni hal etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har yili axborot taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur sohalarda respublikada koʻrilayotgan choralar haqidagi ishonchli axborotni keng jamoatchilikka va xalqaro hamjamiyatga yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng tatbiq etish tizimini yanada takomillashtirish sohasida xalqaro hamjamiyat, ushbu yoʻnalishga ixtisoslashgan tashkilotlar va huquq himoyachilari bilan samarali hamkorlik va hamjihatlikni, davlatimizga nisbatan xurujlarga qarshi tezkor munosabat bildirib borishni, shuningdek, mazkur sohada respublikaning xalqaro maydondagi milliy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiyaga rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisiga yuklatilganligi munosabati bilan Milliy komissiya ishini tashkiliy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oliy Majlis Senatiga oʻz ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, umumiy shtat birliklari doirasida Oliy Majlis Senatining devoni tarkibida Milliy komissiya kotibiyatini tashkil etish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-iyuldagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5775-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirliklar va idoralar ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 21-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-210-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-210-son Farmoniga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha Milliy komissiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

T. Narbayeva

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Milliy komissiya raisi

2.

P. Bobojonov

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Milliy komissiya raisining oʻrinbosari — Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari boʻyicha kichik komissiya rahbari

3.

B. Musayev

Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri, Milliy komissiya raisining oʻrinbosari — Munosib mehnat masalalari boʻyicha kichik komissiya rahbari

4.

N. Yoʻldoshev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori

5.

A. Azizov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi

6.

X. Yodgorov

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi

7.

B. Islomov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi

8.

B. Saidov

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

9.

A. Tashkulov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

10.

A. Inoyatov

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri

11.

A. Ikramov

Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri

12.

F. Eshmatova

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)

13.

O. Fozilkarimov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

14.

K. Rafikov

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi

15.

I. Xaydarov

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi

16.

N. Raximova

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori

17.

R. Alimov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi

18.

E. Margishvili

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

19.

Lavozimiga koʻra 

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

20.

A. Pardayev

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi direktori v.b.

21.

M. Qodirov

Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi direktori

22.

M. Rasulova

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi direktori

23.

X. Mirzaraximova

Andijon viloyati “Mehrimiz Sizga” ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy-huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi direktori

24.

N. Karimova

Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi direktori

25.

Sh. Gʻaniyev

Demokratiya va inson huquqlari instituti eksperti

26.

Lavozimiga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni boshqarma boshligʻi — Milliy komissiya masʼul kotibi

27.

N. Raximov

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshligʻi — Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari boʻyicha kichik komissiya masʼul kotibi

28.

L. Qarshiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Mehnatga haq toʻlash va mehnat standartlari boshqarmasi boshligʻi — Munosib mehnat masalalari boʻyicha kichik komissiya masʼul kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Milliy komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2023-y., 06/23/210/0955-son; 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son)