Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
2.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy soliqni taqsimlash, pensiya va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun ajratilgan xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, pensiya tayinlash tartibini soddalashtirish, raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, pensiya taʼminoti tizimida davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini tubdan yaxshilash hamda aholini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib chiqib, ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 53-maqsadida majburiy ijtimoiy kafolatlar boʻyicha qonunchilikni tizimlashtirish va takomillashtirish, belgilangan ijtimoiy himoyaning qatʼiy taʼminlanishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 54-maqsadida pensiya taʼminoti tizimini takomillashtirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ijtimoiy soliqni taqsimlash, pensiya va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun ajratilgan xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy soliqni toʻlash, undirish va taqsimlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imtiyozli asoslarda va muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni toʻlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlarni yuridik shaxslar tomonidan qoplash tartibi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi oqibatida qonunchilik hujjatlariga asosan tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyalarini qoplash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar tomonidan nogironligi boʻlgan 16 yoshgacha bolalarning qonuniy vakiliga qoʻshimcha dam olish kunlari uchun qoʻshimcha toʻlov xarajatlarini moliyalashtirish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 14-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
661-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 661-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy soliqni taqsimlash, pensiya va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun ajratilgan xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom ijtimoiy soliqni taqsimlash, pensiya va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun ajratilgan xarajatlarni qoplash tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ijtimoiy soliq toʻlovchilar, soliq solish obyekti, soliq solinadigan baza, imtiyozlar, ularni hisoblab chiqarish, toʻlash va taqsimlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ijtimoiy soliqni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi), Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi oʻrtasida taqsimlash miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yuridik shaxslar xodim Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni (keyingi oʻrinlarda — Qonun) 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga yetguniga qadar Qonunning 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalar boʻyicha xarajatlarni qoplaydigan toʻlovni 100 foiz miqdorida, lekin ushbu Nizomda nazarda tutilgan minimal miqdordan kam boʻlmagan miqdorda Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Ijtimoiy soliqni toʻlash, undirish va taqsimlash
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ijtimoiy soliq soliq toʻlovchilar tomonidan hisobot oyi uchun hisoblangan ish haqi fondi va soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda hisoblab chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy soliq yuridik shaxslar tomonidan qoʻshimcha toʻlov, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari va sanatoriy-profilaktoriylarning taʼminoti uchun biror-bir chegirmalarsiz hisoblab yozilgan summaning toʻliq hajmida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ijtimoiy soliqni toʻlash uchun mablagʻlar yuridik shaxslar tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida (keyingi oʻrinlarda — Gʻaznachilik qoʻmitasi) ochilgan Yagona gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 58-bobi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Gʻaznachilik qoʻmitasi Yagona gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan va daromadlar boʻyicha tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida aks ettirilgan ijtimoiy soliq summalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda avtomatik tarzda axborot tizimi orqali quyidagilarga taqsimlaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va uning hududiy kengashlariga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq boʻyicha ajratmalarning bir qismi koʻrinishida kelib tushgan mablagʻlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda taqsimlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.06.00 Kasaba uyushmalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va uning hududiy kengashlariga ijtimoiy soliq boʻyicha ajratmalarning bir qismi koʻrinishida kelib tushgan mablagʻlar quyidagi tartibda taqsimlanadi hamda sarflanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelib tushgan mablagʻlar umumiy miqdorining 70 foizi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining hududiy kengashlarida qoladi va ular tomonidan tasdiqlangan budjetlarga muvofiq sarflanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelib tushgan mablagʻlar umumiy miqdorining 30 foizi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasiga mablagʻlarning keyinchalik belgilangan tartibda sarflanishi uchun oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yuridik shaxslarning xodimlaridan davolanish va dam olishga yoʻllanmalar uchun qisman undiriladigan mablagʻlar xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari tomonidan Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining hududiy kengashlarining ikkilamchi depozit hisobvaraqlariga kirim qilinadi, kelib tushgan mablagʻlar keyinchalik ushbu Nizomning 9-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Gʻaznachilik qoʻmitasi tomonidan har kuni real vaqt rejimida kelib tushgan ijtimoiy soliqqa oid maʼlumotlar elektron shaklda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, Pensiya jamgʻarmasiga, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasiga hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasiga taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XIV boʻlimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Ijtimoiy soliqning toʻlanishi, mablagʻlarning sarflanish hisobi, hisoboti va nazorati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yuridik shaxslar ijtimoiy soliq toʻlanishi boʻyicha hisob-kitoblarni oʻzlari soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatga olingan soliq xizmati organlari bilan birgalikda yuritadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yuridik shaxslar ish haqi shaklidagi daromadlardan ijtimoiy soliq summasini belgilangan tartibda hisoblab yozadilar va uni quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiradilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ish haqi shaklidagi daromadlardan ijtimoiy soliq summalari xarajatlarni hisobga olish hisobvaraqlarida (2000, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400) 6520 “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar” hisobvaragʻi krediti boʻyicha aks ettiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tegishli qoʻshimcha toʻlovlarning talab qilingan summalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6710 “Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar” hisobvaragʻida 4890 “Boshqa debitorlarning qarzlari” hisobvaragʻi debeti boʻyicha aks ettiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tegishli mablagʻ summalarining Pensiya jamgʻarmasidan kelib tushishi 4890 “Boshqa debitorlarning qarzlari” hisobvaragʻida mablagʻlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti boʻyicha aks ettiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) xodimlarga tegishli qoʻshimcha toʻlov boʻyicha mablagʻlar summasi toʻlovi mablagʻlarni hisobga olish hisobvaraqlarida 6710 “Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar” hisobvaragʻining debeti boʻyicha aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Yuridik shaxslarning buxgalteriya hisobida ish haqi shaklidagi daromadlardan ijtimoiy soliqning hisoblab yozilishi va oʻtkazilishi, shuningdek, qoʻshimcha toʻlov toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarning aks ettirilishi har oyda hisobot davridan keyingi oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa — keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Soliq har oyda soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay toʻlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi har chorakda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ijtimoiy soliq boʻyicha kelib tushgan mablagʻlar va ularning sarflanishi toʻgʻrisida yigʻma hisobot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ijtimoiy soliq boʻyicha kelib tushgan mablagʻlar va ularning sarflanishiga taalluqli qoʻshimcha maʼlumotlarni Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasidan talab qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Qonunga muvofiq pensiyalarni toʻlashga sarflangan xarajatlarni qoplash tartibi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Pensiya jamgʻarmasiga Qonunning 12-moddasi “b” bandi va 14-moddasiga muvofiq, shuningdek, xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyalarini toʻlashga sarflangan xarajatlar Qonunning 66-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari asosida qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq organlari soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkasida Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan Qonunning 12-moddasi “b” bandi va 14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalar, xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyalarini toʻlashga sarflangan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida toʻlangan va hisoblangan summalarni aks ettirish orqali budjet tizimiga tushumlar, shu jumladan, penya va jarimalar hisobini yuritadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Yuridik shaxslar har yili 1-fevralga qadar xodim Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga yetguniga qadar Qonunning 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni oldingi yil uchun toʻlashga sarflangan Pensiya jamgʻarmasining haqiqiy xarajatlarini toʻliq qoplaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan xarajatlarni yuridik shaxs oʻzi soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatga olingan soliq xizmati organlarining xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarida ochilgan Pensiya jamgʻarmasining tegishli daromadlar tranzit hisobraqamlariga oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar koʻrsatib oʻtilgan pensiyalarni toʻlashga sarflangan oldingi yil uchun Pensiya jamgʻarmasining haqiqiy xarajatlari aniqlanadigan qoplash uchun zarur summalarning minimal miqdoridan kam boʻlsa, qoplash uchun zarur summalarning minimal miqdori toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslar hisobot yilining 1-fevralidan kechikmagan holda, oʻzlari soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatga olingan soliq xizmati organlariga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi hisob-kitobni taqdim etadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Qonunning 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlashga sarflangan xarajatlarni qoplash uchun zarur summalarning minimal miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunning 12-moddasi “b” bandida nazarda tutilgan ish joylariga ega boʻlgan yuridik shaxslar ana shunday ish oʻrinlarining roʻyxatini, kasblar, lavozimlar nomini, ushbu ish joylarida ishlovchi ishchilarning yillik oʻrtacha sonini, ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalarini hisobga olgan holda aniqlaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu ish joylaridan yil davomida imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqadigan xodimlarning soni ularning yillik oʻrtacha sonining 3 foizi miqdorida qabul qilinadi. Qonunning 31-moddasiga muvofiq ularga tegishli pensiya miqdorini aniqlash uchun koʻrsatib oʻtilgan kasblarda ishlagan xodimlarning oʻrtacha oylik ish haqi oldingi yil maʼlumotlari boʻyicha hisoblab chiqariladi. Pensiya miqdori koʻrsatib oʻtilgan oʻrtacha oylik ish haqining 60 foiziga teng boʻladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Pensiya jamgʻarmasining yuridik shaxs soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi hududiy boshqarmasi va tuman (shahar) boʻlimi koʻrsatib oʻtilgan pensiyalarni toʻlashga sarflangan oldingi yil uchun Pensiya jamgʻarmasining amaldagi xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning umumiy toʻplamini, jumladan, Pensiya jamgʻarmasining pensionerlarni hisobga olish joyidagi hududiy boshqarmalaridan va tuman (shahar) boʻlimlaridan olingan maʼlumotlarni hisobga olgan holda chiqaradi va pensiya toʻlangan yildan keyingi yilning 10-yanvariga qadar uni tegishli yuridik shaxsga yetkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs tegishli maʼlumotlar olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda koʻrsatib oʻtilgan pensiyalarni toʻlashga sarflangan oldingi yil uchun Pensiya jamgʻarmasining amaldagi xarajatlarini solishtirib chiqishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari har yili Qonunning 12-moddasi “b” bandiga muvofiq pensiya toʻlangan yildan keyingi yilning yigirmanchi yanvariga qadar yuridik shaxs oʻzi soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatga olingan soliq xizmati organlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, oʻtgan yilda pensiyalarni toʻlashga sarflangan xarajatlar haqida maʼlumotni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda taqdim etilgan pensiyalarni toʻlashga sarflangan xarajatlar haqidagi maʼlumot yuridik yoki jismoniy shaxslarning shaxsiy hisobvaragʻida ushbu Nizomning 19-bandida koʻzda tutilgan muddatda toʻlanishi lozim boʻlgan summa sifatida aks ettiriladi. Bunda hisob-kitob boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan summa toʻlangan pensiya summasidan kam boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Pensiya jamgʻarmasining yuridik shaxs soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatga olingan joydagi hududiy boshqarmalari qonunchilikka muvofiq ushbu Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan mablagʻlar yuridik shaxslar tomonidan oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, regress daʼvolar boʻyicha yuridik shaxslardan undirib olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Yuridik shaxs soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatga olingan joydagi Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan taqdim etilgan mehnat sharoitlari boʻyicha ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish sifati yuzasidan Davlat ekspertizasidan oʻtgan yuridik shaxslar hisobi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida soliq xizmati organlarini ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi hisob-kitobni topshirishi lozim boʻlgan yuridik shaxslar haqida xabardor qiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Yuridik shaxs tugatilayotganda tugatish komissiyasi (tugatuvchi) majburiy tartibda Qonunning 12-moddasi “b” bandida nazarda tutilgan ish oʻrinlari boʻyicha eng kamida minimal talab qilingan maxsus ish stajiga ega boʻlgan shaxslarga ular Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga yetguniga qadar boʻlgan muddatga pensiya toʻlash uchun sarflanadigan mablagʻlarni amalga oshirish kunida belgilangan pensiya miqdorida kapitallashtirilishni hisobga olgan holda ajratadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya miqdori Qonunning 31-moddasiga muvofiq aniqlangan oʻrtacha oylik ish haqining 60 foiziga teng boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Qonunning 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiya har xil ish beruvchilarda ishlagan fuqaro uchun hisoblangan taqdirda, Pensiya jamgʻarmasining xarajatlari har bir ish beruvchining mablagʻlari hisobidan solidar tartibda qoplanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari har oyda Qonunning 14-moddasiga muvofiq pensiya toʻlangan oydan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga (keyingi oʻrinlarda — mahalliy mehnat organi) ishsiz maqomiga ega boʻlgan shaxslarga muddatidan oldin pensiyalar toʻlashga sarflangan xarajatlarni qoplash uchun zarur boʻlgan summalar toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etadi. Shuningdek, bir vaqtning oʻzida maʼlumotni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda soliq xizmati organlariga ham taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Mahalliy mehnat organi ushbu Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan xarajatlarni qoplash uchun mablagʻlarni shaxs Qonunning 7-moddasida belgilangan pensiya yoshiga yetguniga qadar Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari hisobraqamlariga Gʻaznachilik qoʻmitasining boʻlimlari orqali oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Mahalliy mehnat organi har oyda Qonunning 14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalar toʻlangan oydan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmasdan ushbu xarajatlarni qoplaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Pensioner hisobda turgan joy boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari ushbu Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan pensiyalarni toʻlashga sarflangan mablagʻlarni mahalliy mehnat organi tomonidan oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, qonunchilikka muvofiq regress daʼvo arizalari boʻyicha undiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Pensionerning yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasi har oyda keyingi oyning 1-sanasiga qadar yuridik shaxsga mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik hamda nogironlik pensiyalarini toʻlashga sarflangan xarajatlarni qoplash toʻgʻrisida regress talabnomani yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Pensioner hisobda turgan joy boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik hamda nogironlik pensiyalari toʻlangan oydan keyingi oyning 15-sanasiga qadar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, soliq xizmati organlariga amalga oshirilgan xarajatlarini undirish (qoplash) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yetkazadilar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyalari summalari yuridik shaxslar tomonidan mazkur pensiyalar toʻlangan butun davr uchun qoplanadi. Bunda xarajatlar toʻlovi har oyda pensiya toʻlangan oydan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensionerning hisobga turgan joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari ushbu Nizomda koʻrsatilgan pensiyalarni toʻlashga sarflangan mablagʻlar yuridik shaxslar tomonidan oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, qonunchilikka muvofiq regress daʼvo arizalari boʻyicha yuridik shaxslardan undirilishini (qoplanishini) taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Xodim mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi oqibatida mehnat qobiliyatini har xil ish beruvchilarda yoʻqotgan taqdirda, har bir ish beruvchi mablagʻlarni solidar tartibda qoplaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi oqibatida mehnat qobiliyatini yoʻqotish darajasini birlamchi aniqlashda (birinchi ish beruvchida) nogironlik guruhi belgilanmagan boʻlib, keyinchalik esa yangi olingan mehnatda mayib boʻlish yoki kasb kasalligi oqibatida mehnat qobiliyatini yoʻqotish darajasi nogironlik guruhini belgilash bilan birga amalga oshirilgan boʻlsa, pensiyalarni toʻlashga sarflangan Pensiya jamgʻarmasi xarajatlari nogironlik guruhi qaysi ish beruvchi davrida belgilangan boʻlsa, shu ish beruvchi tomonidan qoplanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Mehnatda mayib boʻlish yoki kasb kasalligi uchun javobgar yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, tugatish komissiyasi (tugatuvchi) yuridik shaxsning tugatish kuniga tayinlangan pensiya miqdorida kapitallashtirilishni hisobga olgan holda, ajratmalarni majburiy ravishda quyidagi tartibda amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik boʻyicha pensiyalarni toʻlash uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar nogironlik muayyan davrga belgilangan boʻlsa, nogironlikning amal qilish muddatiga, biroq kamida besh yil uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar nogironlik muddatsiz belgilangan boʻlsa, ajratmalarni hisoblab chiqish sanasida xodimlar Oʻzbekiston Respublikasida kutilayotgan oʻrtacha umr koʻrish davomiyligigacha boʻlgan muddatga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari boʻyicha mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolariga nisbatan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn sakkiz yoshga yetmagan oila aʼzolariga — ular ushbu yoshga yetgunlariga qadar, oʻquvchi yoki talaba hisoblansa 23 yoshga yetgunlariga qadar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vafot etgan boquvchining farzandlari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini boqqan oila aʼzolariga — boquvchining farzandlari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralari, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan taʼtilda boʻlish huquqini beradigan yoshga toʻlgunga qadar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota, ona, oʻgay ota, oʻgay ona, xotin, erga — agar ular Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga toʻlgan yoki nogironligi boʻlgan shaxs boʻlsalar, shuningdek, buva va buviga — agar Qonunga muvofiq ularni boqishi shart boʻlgan kishilar boʻlmasa, ajratmalarni hisoblab chiqish sanasida ular Oʻzbekiston Respublikasida kutilayotgan oʻrtacha umr koʻrish davomiyligiga qadar boʻlgan muddatga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Agar Oʻzbekiston Respublikasida kutilayotgan oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi va mehnat vazifalarini bajarishda mehnatda mayib boʻlish yoki kasb kasalligi oqibatida boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyasini olishga huquqi boʻlgan fuqaroning yoshi oʻrtasidagi farq 5 yildan kam boʻlsa, shuningdek, agar fuqaroning yoshi Oʻzbekiston Respublikasida kutilayotgan oʻrtacha umr koʻrish davomiyligidan koʻp boʻlsa, u holda mablagʻlar kamida 5 yil uchun toʻlanishi lozim.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Pensiyalarni toʻlashga sarflangan Pensiya jamgʻarmasining xarajatlari yuridik shaxslar tomonidan qoplanishi 200110 mablagʻlar manbai va daromadlar kodlari bilan daromadlarning quyidagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga qoplab beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3214101 — Qonunning 12-moddasi “b” bandiga asosan imtiyozli pensiya toʻlashni qoplash uchun ajratmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3214115 — yirik soliq toʻlovchilar tomonidan Qonunning 12-moddasi “b” bandiga asosan imtiyozli pensiya toʻlashni qoplash uchun ajratmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3214116 — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalarida hisobi yuritiladigan soliq toʻlovchilar tomonidan Qonunning 12-moddasi “b” bandiga asosan imtiyozli pensiya toʻlashni qoplash uchun ajratmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3214102 — mahalliy mehnat organi tomonidan belgilangan tartibda berilgan taqdimnoma asosida Qonunning 14-moddasiga muvofiq tayinlangan yoshga doir pensiyalarni toʻlash xarajatlarini qoplash mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3999059 — Qonunning 15-moddasiga asosan mehnatda mayib boʻlganlik yoki kasb kasalligi oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslarning va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini qoplash mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3999060 — Qonunning 15-moddasiga asosan mehnatda mayib boʻlganlik yoki kasb kasalligi oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslarning va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini yirik soliq toʻlovchilar tomonidan qoplash mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3999061 — Qonunning 15-moddasiga asosan mehnatda mayib boʻlganlik yoki kasb kasalligi oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslarning va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalarida hisobi yuritiladigan soliq toʻlovchilar tomonidan qoplash mablagʻlari.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ish kuni davomida Gʻaznachilik qoʻmitasi Yagona gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan hamda 200110 mablagʻlar manbai va 3999059, 3999060, 3999061 daromad kodlari bilan daromadlarning tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida aks ettirilgan qoplanadigan summalar shu ish kuni davomida quyidagi foizlarda ajratiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻlarning 85 foizi Pensiya jamgʻarmasining daromadiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻlarning 15 foizi Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati va hududiy boshqarmalari uchun ochilgan 200110 mablagʻlar manbasi va 3214104 daromad kodi bilan daromadlarning tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga Pensiya jamgʻarmasi xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va moddiy ragʻbatlantirish maqsadida ajratiladi. Bunda ajratilgan mablagʻlarning 7,5 foizi Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati, qolgan 7,5 foizi Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari oʻrtasida taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har kuni Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarining qoplanishi boʻyicha kelib tushgan mablagʻlarga oid maʼlumotlar elektron shaklda axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda Soliq qoʻmitasiga taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyalarini toʻlashga sarflangan xarajatlar boʻyicha qarzdorligi mavjud yoki Qonunning 12-moddasi “b” bandiga asosan tayinlangan pensiyalarni toʻlashga sarflangan xarajatlarni qoplash uchun hisob-kitob taqdim etuvchi yuridik shaxs tugatilayotganda tugatuvchi Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlaridan olingan maʼlumotlarga muvofiq tugatilayotgan yuridik shaxs oʻzlari soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatga olingan soliq xizmati organlariga koʻrsatib oʻtilgan pensiyalarni toʻlashga sarflanadigan keyingi xarajatlarni ajratmalar amalga oshirilayotgan sanadagi pensiya miqdorini hisobga olgan holda kapitallashtirish uchun tegishli hisob-kitoblarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki yetishmaganligi tufayli undirilmagan qarzdorlik summasi umidsiz soliq qarzdorligini hisobdan chiqarish uchun belgilangan tartibda hisobdan chiqarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu yuridik shaxs boʻyicha xarajatlarni qoplash summasini bundan keyin hisoblash umidsiz qarzdorlik hisobdan chiqarilgan sanadan boshlab toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Pensiya jamgʻarmasi xarajatlarini qoplash boʻyicha qarzi boʻlgan yuridik shaxs uning bank hisobvaragʻida pul mablagʻlarining mavjudligidan qatʼiy nazar, ushbu Nizomda belgilangan toʻlov muddatidan kechiktirmay, qarzni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini unga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Ushbu Nizomda koʻrsatilgan Pensiya jamgʻarmasining pensiyalarni toʻlashga ajratilgan xarajatlari yuridik shaxslar tomonidan oʻz vaqtida qoplanmagan taqdirda, qoplanishi lozim boʻlgan summaning har bir kechiktirilgan kuni uchun qarzdorlik summasining 100 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya hisoblanadi va undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Penyaning foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qarzdorlikni qoplash davrida amalda boʻlgan qayta moliyalash stavkasining uch yuzdan biriga teng etib qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Penyalar soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchining bank xisobvaraqalaridagi mablagʻlaridan, shuningdek, soliq toʻlovchining boshqa mol-mulki hisobidan majburiy ravishda undirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Yuridik shaxs qayta tashkil etilgan (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratish, oʻzgartirish) taqdirda, ushbu Nizomning 21, 28 va 32-bandlarida koʻrsatilgan pensiyalarni toʻlashga sarflangan xarajatlarni qoplash majburiyati uchun uning huquqiy vorisi javob beradi. Xarajatlarni toʻlash toʻgʻrisidagi barcha talablar (daʼvolar) ham vorisga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi mehnat sharoitlari boʻyicha ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish sifati yuzasidan Davlat ekspertizasi asosida tegishli tashkilotlarning hisobi yuritilishini taʼminlaydi, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda axborot almashish boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yuridik shaxslar tomonidan qoʻshimcha toʻlov boʻyicha xarajatlarning amalga oshirilishi
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari yuridik shaxsning talabnomasiga muvofiq qoʻshimcha toʻlov uchun mablagʻlarni moliyalashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs tomonidan nogironligi boʻlgan 16 yoshgacha bolaning ota-onasidan biriga, vasiy va homiyga qoʻshimcha dam olish kunlari uchun qoʻshimcha toʻlov xarajatlarini toʻlashga Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻlarni olish talabnomalari (keyingi oʻrinlarda — talabnoma) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq qogʻozda yoki elektron shaklda elektron hujjatga doir talablarga rioya etilgan holda, ushbu Nizomga 3 va 4-ilovalarga muvofiq taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik yuridik shaxs zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Yuridik shaxslar keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan yuridik shaxs soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatga olingan Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga talabnomalarni taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma oʻrnatilgan tartibda rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs, buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolangan boʻlishi lozim. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan yuridik shaxslar talabnomalari yuridik shaxslar rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar talabnomani qabul qilish muddatining soʻnggi kuni dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlariga toʻgʻri kelib qolgan hollarda, keyingi ish kuni talabnomani qabul qilish muddatining soʻnggi kuni hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Talabnoma ushbu Nizomning 48-bandida belgilangan holatlardan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan qabul qilinadi. Qabul qilingan talabnoma Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimida qayd etiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan talabnoma quyidagi hollarda qaytariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qogʻoz koʻrinishida taqdim etilgan talabnoma belgilangan shaklda rasmiylashtirilmaganda, shuningdek, unda masʼul shaxslarning imzolari boʻlmaganda yoki rasmiylashtirilgandan soʻng unga oʻzgartirish va tuzatishlar kiritilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnoma va ilova qilingan reyestr summalari oʻrtasida farqlar mavjud boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
888 shartli hisobvaraqlar raqamida ikkilamchi hisobvaragʻi mavjud boʻlmagan taqdirda (budjet tashkilotlari bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron talabnoma yuridik shaxs rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnoma ushbu Nizomning 46-band birinchi xatboshisida belgilangan muddatdan soʻng taqdim etilganida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Qabul qilingan talabnomalar boʻyicha shu kunning oʻzida yuridik shaxslarning jamlanma talabnomasi tuzilib, u boʻlim boshligʻi tomonidan Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimida tasdiqlanadi va Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmasiga axborot tizimi orqali yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasi talabnomalarni Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari kesimida jamlaydi va har oyning 13-sanasiga qadar Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasi boshligʻi hamda pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlarni moliyalashtirish shuʼbasi mudiri tomonidan Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimida tasdiqlanadi. Tasdiqlangan talabnomalar avtomatik tarzda axborot tizimi orqali Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatiga moliyalashtirish uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasi tomonidan axborot tizimida tasdiqlangan talabnomalar Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmasi tomonidan moliyalashtirish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Talabnomalarni moliyalashtirish uchun toʻlov hujjatlari yuridik shaxslar tomonidan qogʻoz koʻrinishida yoki elektron hujjat shaklida taqdim etilgan maʼlumotlar asosida shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari yuridik shaxslar tomonidan (budjetdan moliyalashtiriladigan yuridik shaxslardan tashqari) qoʻshimcha toʻlov boʻyicha xarajatlarning toʻlanishi uchun kelib tushgan mablagʻlarni kirim qilish uchun yuridik shaxslar asosiy depozit hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatuvchi banklarda 888 shartli hisobvaraqlar raqami bilan ikkilamchi hisobvaraqlarni ochadilar.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Gʻazna ijrosi bilan qamrab olinmagan budjetdan moliyalashtiriladigan yuridik shaxslarga Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasi qoʻshimcha toʻlov boʻyicha xarajatlarni toʻlash uchun mablagʻlarni ularning budjet mablagʻlari boʻyicha tegishli depozit hisobvaraqlariga oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan budjetdan moliyalashtiriladigan yuridik shaxslar boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasi qoʻshimcha toʻlov boʻyicha xarajatlarni toʻlash uchun mablagʻlarni tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda budjetdan moliyalashtiriladigan yuridik shaxslar tegishli budjet tasnifi moddalari boʻyicha alohida talabnoma tuzadi va xarajatlar amalga oshiriladigan ushbu moddalarning (depozit va shaxsiy) hisobvaraqlarini belgilab koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan umumlashtirilgan talabnomalarga asosan joriy toʻlov oyining 15-sanasigacha moliyalashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari tomonidan Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatidan kelib tushgan mablagʻlar asosida taqdim etilgan talabnomalarga koʻra ikki ish kuni davomida tegishli yuridik shaxslarga moliyalashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Qoʻshimcha toʻlov uchun olingan mablagʻlar qatʼiy nazoratda boʻlishi va faqatgina talabnomada nazarda tutilgan maqsadlar uchun foydalanilishi shart. Hisob-kitoblarda kerakli summalarni qasddan buzib koʻrsatishga va ulardan maqsadga nomuvofiq foydalanishga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda toʻlov intizomiga rioya etilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Yuridik shaxslar (budjetdan moliyalashtiriladigan yuridik shaxslardan tashqari) oʻz mablagʻlari mavjud boʻlgan hollarda, keyinchalik toʻlangan summalarni Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash evaziga qoʻshimcha toʻlovni ish haqini toʻlash kunida (oʻz mablagʻlari hisobidan) toʻlash huquqiga egalar. Yuridik shaxslar tomonidan toʻlangan summalar Pensiya jamgʻarmasidan olingan mablagʻlar 888 shartli hisobvaraqlar raqamiga ega ikkilamchi hisobvaraqdan xarajatlar toʻlab berilgan asosiy hisobvaraqqa pul oʻtkazish yoʻli bilan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq hisob-kitoblarining toʻgʻriligi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligi ustidan nazorat soliq xizmati organlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq xizmati organlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarga nisbatan ijtimoiy soliqni hisoblash tartibi va toʻlov muddatlarini buzganligi uchun javobgarlik choralarini qoʻllaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyalarini toʻlashga sarflangan xarajatlar boʻyicha qarzdorligi mavjud yoki Qonunning 12-moddasi “b” bandi va 14-moddasiga asosan tayinlangan pensiyalarni toʻlashga sarflangan Pensiya jamgʻarmasi xarajatlarini tashkilotlar tomonidan toʻliq va oʻz vaqtida qoplanishi yuzasidan nazorat soliq xizmati organlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Qonunning 12-moddasi “b” bandi va 14-moddasiga asosan imtiyozli asoslarda muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni va xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlish hamda kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyalari uchun Pensiya jamgʻarmasining xarajatlari yuridik shaxs tomonidan belgilangan muddatlarda qoplanmagan yoki toʻliq qoplanmagan taqdirda, soliq xizmati organlari ushbu qarzdorlikni yuridik shaxslarning bank xisobvaraqalaridagi, shu jumladan, korporativ-kartochkalardagi mablagʻlaridan majburiy tarzda undiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 175-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy soliqni taqsimlash, pensiya va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun ajratilgan xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlash xarajatlarini qoplash boʻyicha mablagʻ toʻlagan toʻlovchi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼLUMOT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
STIR
Hujjat turi
/
Hisobot davri: oy
Chorak
Hisobot yili
Hujjat turi: 1-hisob-kitob, 2-qayta hisob-kitob (kasr orqali qayta hisob-kitobning raqami)
Yuridik shaxsning toʻliq nomi ____________________________________________________
Ishlovchilar soni ____________ nafar kishi
kichik tadbirkorlik subyektlari
oʻrta tadbirkorlik subyektlari
yirik tadbirkorlik subyektlari
budjet tashkilotlari
(keraklisiga “ν” belgisi qoʻyiladi)
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma
Joylashgan joyi
Pochta manzili
Yuqori turuvchi tashkilot
Xizmat koʻrsatuvchi bank
Bank hisobvaragʻi
Telefon raqami kod
Oʻlchov birligi
soʻm
Hisob-kitobni taqdim etish muddati
(kun/oy/yil)
______________________________________________ga taqdim etiladi
(soliq hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur hisob-kitobda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻliqligini tasdiqlayman:
Soliq xizmati organining
xodimi tomonidan toʻldiriladi
Rahbar __________________
Mazkur hisob-kitob
(keraklisiga “v” belgisi qoʻyilsin)
qogʻoz shaklida
elektron shaklida
F.I.O.
shaxsan
pochta
elektron pochta orqali
orqali
Imzo
________________
varaqda taqdim etildi
Bosh buxgalter
Taqdim etilgan sana
F.I.O.
(kun/oy/yil)
Imzo
F.I.O.
Sana
Imzo
(kun/oy/yil)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlash xarajatlarini qoplash boʻyicha
HISOB-KITOB*
Koʻrsatkichlar
Satr kodi
Oʻlchov birligi
Yillik summa
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi maʼlumotlari asosida Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni oldingi yil uchun toʻlash boʻyicha hisoblangan xarajatlarni qoplash summasi
010
soʻm
Oʻtkazilishi lozim boʻlgan minimal summa (hisob-kitobning 023-satri x 0,03 x 0,6)
020
soʻm
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni 12-moddasi “b” bandida nazarda tutilgan ish oʻrinlari soni
021
birlik
Oldingi yildagi maʼlumotlar boʻyicha koʻrsatilgan ishlarda band boʻlgan xodimlarning oʻrtacha yillik soni
022
birlik
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni 12-moddasi “b” bandida nazarda tutilgan ish oʻrinlarida band boʻlgan barcha xodimlarga toʻlangan yillik ish haqi summasi
023
soʻm
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlanishi lozim boʻlgan summa (agar 010 > 020 boʻlsa, 010 qator boʻyicha summa qoʻyiladi, agar 010 < 020 boʻlsa, 020 qator boʻyicha summa qoʻyiladi)
030
soʻm
* Hisobot yilida bir marotaba 1-fevralga qadar taqdim etiladi.
_____________
Rahbar
___________________
________________________
(imzo)
(F.I.O)
______
Bosh buxgalter
___________________
________________________
(imzo)
(F.I.O)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy soliqni taqsimlash, pensiya va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun ajratilgan xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ____________________ tuman (shahar) boʻlimiga
Yuridik shaxsning _____________________________________________________________
Yuridik shaxsning STIR ______________________________________
Xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha soni ____________________________________________
20 ___ yil _________________ uchun xarajatlarni toʻlashga
Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻlarni olish
TALABNOMASI
T/r
Koʻrsatkichlar
Qoʻshimcha toʻlov oluvchilar soni
Haqiqiy xarajatlar, soʻmda
Shu jumladan, oʻtgan davr uchun, soʻmda
1.
Nogironligi boʻlgan 16 yoshgacha bolalar qonuniy vakiliga qoʻshimcha dam olish kunlari haqining toʻlovi
JAMI:
* Har oyda hisobot oyidan keyingi oyning oʻninchi sanasiga qadar reyestr majburiy ilova qilingan holda taqdim etiladi
Yuridik shaxs rahbari
__________________________________
(imzo)
Bosh buxgalter
__________________________________
(imzo)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy soliqni taqsimlash, pensiya va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun ajratilgan xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 ___ yil _________________ uchun xarajatlarni toʻlashga
Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻlarni olish uchun
ELEKTRON TALABNOMA
Yuridik shaxsning nomi: ________________________________
Yuridik shaxsning STIR:
Yuridik shaxsning hisob-kitob (gʻazna) hisobvaragʻi: ___________________
T/r
F.I.O.
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami
Nogironligi boʻlgan 16 yoshgacha bolalar qonuniy vakiliga dam olish kunlari haqi
1.
2.
3.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy soliqni taqsimlash, pensiya va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun ajratilgan xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ____________________ tuman (shahar) boʻlimiga
_______________________________________
(yuridik shaxsning toʻliq nomi)
STIR ____________________________
20___ yil ____________ da Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasidan yuridik shaxs tomonidan nogironligi boʻlgan 16 yoshgacha bolaning ota-onasidan biriga, vasiy va homiyga qoʻshimcha dam olish kunlari haqining toʻlovi uchun mablagʻ olishga yuridik shaxs xodimlari
REYESTRI
T/r
F.I.O.
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami
Toʻlov miqdori
(soʻmda)
1.
2.
HAMMASI:
Izoh: Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami koʻrsatilishi shart.
Yuridik shaxs rahbari
_________________________
(imzo)
Bosh buxgalter
_________________________
(imzo)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 661-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 23-dekabrdagi 357-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 27-iyundagi 189-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 25-sentabrdagi 766-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-oktabrdagi 889-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 12-ilovaning 51-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 354-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 12-maydagi 255-son qaroriga 3-ilovaning 8-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa va qoʻshimcha toʻlovlarni tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash va ushbu sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali davlat xizmati sifatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 2023-yil 23-martdagi 119-son qaroriga 3-ilovaning 6-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/661/0937-son)