07.12.2023 yildagi 648-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.12.2023 yildagi 648-son
Date of entry into force
11.12.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Professional taʼlimda kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qarorlari ijrosini taʼminlash hamda professional taʼlimda kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasini transformatsiya qilish jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 31-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professional taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining oʻquv-meʼyoriy hujjatlari hamda pedagogik yuklamalarini qayta koʻrib chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yoʻnalishi boʻyicha 2023-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari roʻyxatining 7-bandida texnikumlarda kredit-modul tizimini joriy etish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Texnikumlarda kredit-modul tizimida oʻquv jarayonini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta boʻgʻin kadrlar tayyorlashda kredit-modul tizimi boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etish va taʼlim sifatini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilar tomonidan oʻquv yili va semestr davomida toʻplanadigan kreditlar miqdori va oʻzlashtirish lozim boʻlgan fanlarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta boʻgʻin kadrlarni tayyorlashda kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish hamda oʻquvchilar oʻzlashtirishini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilar akademik mobilligi hamda kreditlarni tan olishni amalga oshirish, kredit-modul tizimida roʻyxatga olish xizmatini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tizimida texnikumlar boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab texnikumlarda kredit-modul tizimida oʻquv jarayonini tashkil etish boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlimning kredit-modul tizimiga texnikumlarni bosqichma-bosqich oʻtkazib borish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimi joriy etiladigan professional taʼlim yoʻnalishlari, kasb va mutaxassisliklarining davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini qayta ishlab chiqsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari K.X. Karimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 7-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
648-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-dekabrdagi 648-son qaroriga
1-ILOVA

Texnikumlarda kredit-modul tizimida oʻquv jarayonini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasidagi texnikumlarda kredit-modul tizimida oʻquv jarayonini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Texnikumlarda kredit-modul tizimida oʻquv jarayoni Kredit toʻplash va koʻchirishning Yevropa modeliga (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS) muvofiq tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari bilan alohida vakolatlar berilgan professional taʼlim tashkilotlari, nodavlat professional taʼlim tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi yuridik texnikumlar va Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini yuritayotgan xalqaro va nodavlat xorijiy professional taʼlim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Texnikumlar tomonidan boshqa professional (oliy) taʼlim tashkilotlari bilan qoʻshma dasturlar doirasidagi shartnomalarda mazkur Nizomda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, ushbu shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kredit-modul tizimi joriy etiladigan taʼlim dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik mobillik — texnikum oʻquvchilarining muayyan vaqt mobaynida respublika hududidagi yoki chet eldagi boshqa bir professional taʼlim tashkilotida taʼlim olishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit — taʼlim olish natijalariga koʻra oʻquvchi tomonidan muayyan fan boʻyicha oʻzlashtirilgan oʻquv yuklamasining oʻlchov birligi. Kreditlar qoidaga muvofiq butun sonlarda ifodalanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditlarni koʻchirish — oʻquvchilarning akademik mobilligini taʼminlash maqsadida bir texnikumdagi taʼlim dasturida olingan kreditlarni boshqa texnikumga koʻchirish va tan olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit toʻplash — oʻquv yuklamasini oʻzlashtirish natijasida taqdim etiladigan kredit birliklarini yigʻish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mobillik dasturi — ikki yoki undan ortiq texnikum oʻrtasida oʻzaro kelishuv asosida tashkil etiladigan dastur;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim dasturi — professional taʼlim tashkiloti bitiruvchisiga muayyan egallagan kasb yoki mutaxassislik boʻyicha kasbiy faoliyatni malakali bajarish imkonini berishga qaratilgan professional taʼlim tayyorgarligining asosiy mazmunini aniqlovchi davlat taʼlim standarti, malaka talabi, oʻquv rejasi va oʻquv dasturlaridan iborat hujjatlar toʻplami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim dasturi katalogi — professional taʼlim tashkiloti tavsifi, kredit-modul tizimi, mavjud kasb va mutaxassisliklar, oʻquv rejalar, oʻquv dasturlari, xizmatlar va resurslar tavsifi toʻgʻrisida axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim jarayonini boshqarish axborot tizimi — oʻquvchilarni roʻyxatga olish, oʻquv materiallarini tarqatish, oʻquvchilar va pedagog xodimlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni taʼminlash, topshiriqlarni berish, nazoratlar oʻtkazish, baholash va uning natijalarini qayd etish kabi imkoniyatlarga ega boʻlgan elektron tizim (maxsus dasturiy vosita);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim moduli (modul) — oʻquvchida bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan taʼlim dasturining tarkibiy qismi sifatida nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanadigan alohida oʻquv fani (uning qismi yoki oʻzaro bir sohaga doir fanlar majmui);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim elementlari — taʼlim dasturining bir qismi boʻlib, taʼlim olish natijalariga erishish va taʼlim dasturida koʻrsatilgan bilimlarni oʻzlashtirishga hamda koʻnikmalarni egallashga koʻmaklashuvchi oʻqitish turi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transkript — taʼlim olishning tegishli davrida oʻzlashtirilgan kreditlar hamda olingan baholarning harf va raqamlardagi ifodasi koʻrsatib oʻtilgan fanlar roʻyxatini oʻz ichiga olgan belgilangan shakldagi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchining shaxsiy taʼlim trayektoriyasi — oʻquvchi tomonidan tanlangan hamda unga ketma-ketlikda bilimlar toʻplash va xohlagan kompetensiyalar yigʻindisiga ega boʻlish imkoniyatini beradigan yoʻnalish (marshrut, reja). Taʼlim trayektoriyasi institutsional hujjatlar va yoʻriqnomalar yordamida tuzilishi hamda turli taʼlim trayektoriyalari natijasida bir xil malaka olishga olib kelishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv yuklamasi — oʻquvchi tomonidan oʻquv faoliyatining barcha turlarini (maʼruza, amaliy mashgʻulot, seminar, laboratoriya ishi, kurs loyihasi (ishi), amaliyot va mustaqil ish) amalga oshirish asosida kutilgan oʻquv natijalariga erishish uchun zarur boʻlgan soatlar hajmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
GPA (Grade Point Average) — taʼlim oluvchi tomonidan oʻzlashtirilgan kreditlari boʻyicha olgan bahosi (ballari)ning oʻrtacha qiymati boʻlib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kn — har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KTn — har bir fan/modul boʻyicha oʻquvchi toʻplagan kreditlar miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Un — har bir fan/modul boʻyicha oʻquvchi olgan baho (ball);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n — muayyan fan/modulning soni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda oʻquvchi faqat fan/modulni muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda, ushbu fan/modul boʻyicha kredit beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning tashkiliy masalalariga oid maʼlumotlar, shu jumladan, taʼlim dasturi katalogi, akademik mobillik, taʼlim toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, kreditlarni tan olish va koʻchirib oʻtkazishga taalluqli hujjatlar (transkript va boshqalar), shuningdek, akademik mobillik davrida oʻquvchining bilim darajasini aniqlash boʻyicha koʻrsatkichlar va boshqa zarur hujjatlar namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻquv rejasida oʻzlashtiriladigan majburiy fanlar va tanlov fanlari, ularga ajratilgan soatlar (kreditlar), oʻquv yili, nazariy va amaliy mashgʻulotlar, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyoti, yakuniy davlat attestatsiyasi hamda boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi. Oʻquv rejasi va oʻquv dasturi belgilangan tartibda ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim dasturida kreditlarning miqdori umumiy oʻquv yuklamasi asosida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Taʼlim dasturi katalogi va oʻqitish sharoitlari toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar texnikumlarning rasmiy veb-saytiga qulay yuklanadigan shaklda oʻquv yili boshlanishidan kamida bir oy oldin joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Oʻquv jarayonini tashkil etish va taʼlim sifatini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻquv jarayoni oʻquv va nazorat tadbirlari majmuini oʻz ichiga oladi. Oʻquv tadbirlarida barcha turdagi auditoriya mashgʻulotlari, amaliyot va mustaqil ishlarning tashkil etilishi nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat tadbirlari taʼlim oluvchilarning oʻquv rejasidagi tegishli fanlar boʻyicha bilimlarni oʻzlashtirishini va ularning natijalarini baholashni nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻquv jarayoni oʻquvchilar, pedagog xodimlar va maʼmuriyat oʻrtasida ochiq muloqot shaklida oʻquvchiga yoʻnaltirilgan yondashuv asosida taʼlim dasturlarini inobatga olgan holda rejalashtiriladi. Ushbu jarayonda oʻquvchilarning talab va istaklari muhokama qilinadi. Barcha manfaatdor tomonlar taʼlim dasturining yaratilishi va oʻzlashtirilishining asoslangan hamda yechimga yoʻnaltirilgan muhokamasiga jalb etilishi mumkin. Muhokamada oʻquvchilar vakillari ovoz berish huquqi orqali ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻquv jarayonini rejalashtirish quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv rejasi va oʻquv dasturini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchi oʻquv rejasi hamda fanlarning ishchi oʻquv dasturini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov fanlari roʻyxatiga mos ravishda oʻquv-metodik boʻlim (yoki boʻlim boshligʻi) nazorati ostida oʻquvchilarning shaxsiy taʼlim trayektoriyasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik guruhlar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari jadvalini tuzish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv rejasiga oʻquvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda oʻzlashtiriladigan qoʻshimcha kreditlar ajratiladigan taʼlim elementlari kiritiladi. Oʻquvchining jamoat ishlaridagi faolligi, kasbiy tadbirlar, kasbiga oid faoliyatdagi ishtiroki hamda soha mutaxassislari tomonidan oʻtkaziladigan qisqa muddatli kurslardagi ishtiroki ragʻbatlantirilib, kreditlar ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchiga oʻquv yuklamasidan tashqari oʻz ixtiyoriga koʻra roʻyxati taqdim etiladigan qoʻshimcha fanlarni yoki boshqa kasb (mutaxassislik) oʻquv rejasining tanlov fanlarida mavjud fanlar roʻyxatidan qoʻshimcha fanni tanlab toʻlov-kontrakt asosida oʻqishiga ruxsat etiladi. Bunda qoʻshimcha oʻzlashtirilgan fanlar oʻquvchi oʻquv yuklamasiga (kreditlar hajmiga) qoʻshiladi hamda diplom ilovasida qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻquv yili davomiyligi taʼlim dasturi asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademik davr davomida oʻquvchi tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlar miqdori oʻquv rejasida koʻrsatilgan majburiy va tanlov fanlarni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy va tanlov fanlar tarkibi hamda ularni oʻrganishga ajratiladigan kreditlar miqdori fanlar katalogiga muvofiq texnikum tomonidan mustaqil belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchilar shaxsiy taʼlim trayektoriyasida belgilangan tanlov fanlari doirasida fanlarni mustaqil tanlashi mumkin. Oʻquvchilarning shaxsiy taʼlim trayektoriyasini shakllantirish tartibi texnikumlar tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻquvchi bir oʻquv yilida kamida 60 kredit toʻplashi zarur. Oʻquv yili davomida oʻquvchi tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan kreditlar hajmi oʻquv rejasida koʻrsatilgan majburiy va tanlov fanlarni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchi oʻzining shaxsiy taʼlim trayektoriyasini shakllantirishda har bir oʻquv yili uchun kamida 60 kredit hajmidagi fanlarning oʻzlashtirilishini nazarda tutishi, uning tarkibida oʻquv rejasidagi majburiy fanlar boʻlishini inobatga olishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻrta maxsus professional taʼlim dasturi asosida bitiruvchi oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi bosqichdan oʻqishini davom ettirganda, toʻplangan jami kreditlar oliy taʼlim muassasasining birinchi bosqichida toʻplanishi lozim boʻlgan kreditga tenglashtirilgan holda hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda oʻrta maxsus professional taʼlim dasturi va bakalavriat taʼlim yoʻnalishi dasturi taqqoslangan holda oʻquvchi taʼlim dasturidagi fanlar farqlarini oʻquv yili yakuniga qadar oʻzlashtirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Texnikumlarda oʻquv yuklamasining hajmi oʻquv rejasi asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit-modul tizimida 1 kredit oʻrtacha 25 — 30 akademik soat hisobidagi oʻquv yuklamasiga teng qilib olinadi. Bunda oʻquvchi muayyan fandan tegishli kreditlarni toʻplashi uchun belgilab olingan miqdordagi oʻquv yuklamasini oʻzlashtirishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv yuklamasi auditoriya soati va mustaqil taʼlim soatiga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim dasturi oʻquv yili uchun oʻquvchi tomonidan, qoida tariqasida, bir semestrda 30 kredit, bir oʻquv yilida 60 kredit toʻplashi inobatga olinib ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kechki, sirtqi va dual taʼlim shakllari hamda taʼlim sohasi xususiyatidan kelib chiqqan holda, semestr va bir oʻquv yilidagi kreditlar miqdori texnikum pedagogik kengashining qarori bilan oʻzgarishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsiy taʼlim trayektoriyasi asosida tahsil olayotgan oʻquvchilar ham har bir semestr uchun 30 kredit hajmidagi fanlarni oʻzlashtirishi va ushbu fanlar tarkibida oʻquv rejasidagi majburiy fanlar boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Taʼlim sifatini taʼminlash va pedagog xodimlar oʻrtasida raqobatni shakllantirish maqsadida texnikumning pedagogik kengashi qaroriga asosan taʼlim jarayonini boshqarish axborot tizimi portali orqali oʻquvchilarga fan doirasida oʻquvchilarning shaxsiy taʼlim trayektoriyasini shakllantirish jarayonida pedagog kadrlarni tanlash imkoniyati beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Akademik qarzdor oʻquvchilarning tashabbusi bilan mavjud akademik qarzlarni topshirish texnikumda, qoida tariqasida, taʼtil vaqtida pulli asosda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼtil davrida akademik qarzlarni topshirish quyidagi tartibda tashkil qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchi taʼtil boshlanguniga qadar texnikum direktorining oʻquv jarayonini tashkil etishga masʼul boʻlgan oʻrinbosariga (keyingi oʻrinlarda — direktor oʻrinbosari) oʻzining taʼtil davrida oʻqish istagini bildiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direktor oʻrinbosari ushbu oʻquvchiga taʼtil davri uchun dars jadvalini tuzadi va oʻquvchi toʻlov pulini toʻlaganidan soʻng darslarga kiritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼtil davridagi oʻqish amaldagi baholash tizimi asosida oʻquvchilar bilimini shaffof baholash tamoyiliga koʻra tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼtil davridagi oʻqishga oʻqituvchilar oʻz ixtiyorlari asosida jalb qilinadi hamda ularga soatbay asosida ish haqi toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼtil davridagi oʻqishni oʻquv rejasida belgilangan ishlab chiqarish amaliyotlari va boshqa oʻquv mashgʻulotlari hisobidan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Oʻquvchilarning oʻzlashtirishini baholash tizimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Taʼlim dasturi doirasida texnikum oʻquvchilarining bilimini baholash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Fanning ishchi oʻquv dasturida belgilangan baholash tartibiga muvofiq hamda ijobiy baholar doirasida baholangan oʻquvchilarga kreditlar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchi belgilangan taʼlim olish natijalariga erisha olmagan taqdirda, kreditlar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Baholash usullari oʻquvchining fan doirasidagi yutuqlarini aks ettiruvchi va tasdiqlovchi yozma, ogʻzaki, amaliy ish, loyiha ishi kabi nazorat turlarini oʻz ichiga qamrab oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholash mezoni oʻqitish natijalariga erishilganligini aks ettirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Bir texnikumdagi baholash tizimi boshqa bir texnikumdagi yoki (xorijiy) professional taʼlim tashkilotidagi baholash tizimi bilan qiyosiy taqqoslash orqali baholash tizimiga konvertatsiya qilinib, kreditlarni koʻchirish amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Oʻquvchilarning akademik mobilligi va kreditlarni tan olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Akademik mobillikni taʼminlash va oʻquvchining kreditlari boshqa texnikumlar tomonidan tan olinishida quyidagi hujjatlardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim dasturi katalogi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim toʻgʻrisidagi kelishuv, maʼlumotnoma va transkript.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur hujjatlar taʼlim olish natijalarini aks ettiradi va texnikumlarga kreditlarni tan olish va oʻqishni koʻchirib oʻtkazishni koʻrib chiqish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Akademik mobillik doirasida oʻquvchining barcha kreditlari texnikum tomonidan taʼlim dasturini oʻzlashtirishda toʻliq hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Oʻquvchi joʻnatuvchi texnikum tavsiyasiga asosan qabul qiluvchi texnikumga akademik mobillikni amalga oshirish uchun zarur hujjatlarni topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joʻnatuvchi texnikum tomonidan oʻquvchiga belgilangan shakldagi transkript taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Oʻquvchining akademik mobillik davrida oʻzlashtirishi belgilangan fanlarni joʻnatuvchi texnikumning roziligisiz va u bilan kelishmasdan oʻzgartirish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijdagi hamkor professional taʼlim tashkilotining fan dasturida belgilangan taʼlim olish natijalari texnikumning fan dasturi boʻyicha taʼlim olish natijalariga mos kelishi yoki ularni toʻldirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Qabul qiluvchi texnikumda oʻquvchi tomonidan oʻzlashtiriladigan fanlar joʻnatuvchi texnikumning fanlariga integratsiya qilinganligi, shuningdek, akademik mobillik davrida oʻquvchining bilim darajasini aniqlovchi koʻrsatkichlarning joʻnatuvchi va qabul qiluvchi texnikumning baholash tizimlariga konvertatsiya qilinganligi akademik mobillik toʻgʻrisidagi shartnomada aniq koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qabul qiluvchi texnikumda oʻzlashtiriladigan kreditlar miqdori texnikumda yoki xorijda oʻqish davriga (3 — 6 oy yoki 1 yilga) mutanosib boʻlishi kerak. Joʻnatuvchi texnikum tomonidan oʻquvchi akademik mobillik davrida oʻzlashtirgan (toʻliq yoki qisman) kreditlari tan olinadi. Oʻquvchi joʻnatuvchi texnikumga qaytib kelganda, akademik mobillik davrida toʻplangan kreditlar miqdoridan kelib chiqib, amaldagi tartibga koʻra uni keyingi bosqichga oʻtkazish yoki bosqichda qoldirish belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnikumning hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan taʼlim dasturlari doirasida akademik mobillik uchun taʼlim toʻgʻrisidagi kelishuvlar tuzishi talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Texnikum oʻquvchilarining oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish, qayta tiklash va kursdan kursga oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqishini boshqa texnikumlarga koʻchirishga ruxsat berilgan oʻquvchilarning tegishli mutaxassisligi oʻquv rejasi taqqoslangan holda fanlar va kreditlar miqdoridagi farqlar aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlar miqdorining 10 foizigacha oʻzgarish boʻlganda farq qilgan fanlarni joriy oʻquv yili yakuniga qadar oʻzlashtirish lozim boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlar miqdoridagi farq 10 foiz va undan yuqori boʻlgan hollarda oʻquvchi mazkur bosqichni qaytadan oʻqishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Kredit-modul tizimida roʻyxatga olish xizmatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Roʻyxatga olish xizmatlari taʼlim va oʻquvchilar bilimini baholash jarayonlarini alohida yuritish, oʻquvchilar haqidagi akademik maʼlumotlarni elektron tarzda avtomatik boshqarish hamda yakuniy nazoratlarni oʻtkazish maqsadida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Roʻyxatga olish xizmati oʻquvchiga tanlagan mutaxassisligi boʻyicha yuqori darajadagi bilim, koʻnikma va malakalarga erishishda yordam berishga qaratilgan boʻlib, quyidagi funksiyalarni qamrab oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayoni jadvalini tuzish va bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarning fanlarga roʻyxatdan oʻtishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik guruhlarni shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oraliq, yakuniy baholashlar va yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim olayotgan oʻquvchilar haqidagi maʼlumotlarning saqlanishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transkript shakllarini shakllantirish va oʻquvchilarning maʼlumotlarini kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilar kontingenti boʻyicha statistikani yuritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Roʻyxatga olish xizmatlari oʻquv-metodik boʻlim tomonidan amalga oshiriladi. Texnikumlarning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Taʼlimning kredit tizimini boshqarish sektori tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Roʻyxatga olish xizmati belgilangan jadvalga muvofiq oʻquvchilarni fanlarga roʻyxatdan oʻtkazadi va oʻquvchining shaxsiy taʼlim trayektoriyasini shakllantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchining shaxsiy taʼlim trayektoriyasi ular tomonidan mustaqil ravishda guruh murabbiyi yordamida oʻquv rejasi va tanlov fanlari asosida umumiy oʻqish davri uchun tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchi shaxsiy taʼlim trayektoriyasiga har oʻquv yilidan oldin oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Oʻquvchining shaxsiy taʼlim trayektoriyasi asosida roʻyxatga olish xizmati akademik guruhlarni shakllantiradi va muayyan bir fanga yozilish yetarli boʻlmagan taqdirda, shaxsiy taʼlim trayektoriyasini oʻzgartirish zarurligi toʻgʻrisida oʻquvchilarga xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchining shaxsiy taʼlim trayektoriyasi shakllantirib boʻlingandan soʻng roʻyxatga olish xizmati dars jadvalini tuzish uchun texnikum oʻquv-metodik boʻlimiga akademik guruhlar toʻgʻrisida maʼlumot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Roʻyxatga olish xizmati har bir oʻquvchini roʻyxatdan oʻtkazish sanasi va vaqtini belgilaydi (oʻquvchi tomonidan yetarli GPA koʻrsatkichlarining toʻplaganligi va toʻlov-kontrakt amalga oshirilganligiga qarab).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi bosqich oʻquvchilarini roʻyxatdan oʻtkazish ular bilan akademik va kasbga yoʻnaltirish tadbirlari amalga oshirilganidan soʻng boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Oʻquvchilar tanlagan fanlarini har semestrning birinchi haftasi ichida oʻzgartirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Texnikumda taʼlim olishning toʻlov-kontrakt miqdori qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Fanlar boʻyicha qayta taʼlim olish uchun toʻlov qiymati texnikum tomonidan butun oʻquv yilining toʻlov-kontrakt summasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta taʼlim olish uchun toʻlov-kontrakt mexanizmi texnikum tomonidan bir kredit qiymatini hisoblash asosida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir kredit qiymati oʻquv yili davomidagi taʼlim olish uchun toʻlanadigan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorini rejalashtirilgan kreditlar miqdoriga boʻlish yoʻli bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Taʼlim dasturida belgilangan natijalarga erishish hamda kredit-modul tizimi toʻgʻri va haqqoniy qoʻllanilayotganligini aniqlash va baholash maqsadida oʻquv jarayonining monitoringi oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monitoring texnikum va oliy taʼlim tashkiloti tomonidan soʻrovnoma, intervyu olish yoki erishilgan natijalarni tahlil qilish va boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Oʻquvchi oʻquv rejasida nazarda tutilgan kreditlarni toʻplasa, shu jumladan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtsa, professional taʼlimning tegishli darajasiga ega boʻladi va unga belgilangan tartibda davlat namunasidagi diplom beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Oʻquvchilarning shaxsiy taʼlim trayektoriyalariga tegishli maʼlumotnomalar, kreditlarni tan olish va oʻqishini koʻchirib oʻtkazishga taalluqli hujjatlar, transkriptlar, imtihon qaydnomalari 75 yil davomida texnikumlar arxivida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-dekabrdagi 648-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 611 — 615-bandlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“611. Texnikum oʻquvchilarini oʻqishdan chetlashtirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchi chetlashtirilguniga qadar oʻzlashtirgan kreditlar miqdori texnikum tomonidan toʻliq hajmda hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chetlashtirilgan oʻquvchiga belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
612. Oʻquvchilar qonunchilik hujjatlari asosida oʻqishini qayta tiklash va koʻchirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
613. Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan oʻquvchi ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan boʻyicha tegishli kreditlarni oʻzlashtirmagan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy nazoratga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi boʻyicha qoniqarsiz baho olgan oʻquvchi akademik qarzdor hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnikumda akademik qarzdor oʻquvchilar taʼtil vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida tegishli fanlardan oʻzlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy toʻlov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda toʻlovni amalga oshirgandan soʻng oʻzlashtirilmagan fanlarni oʻz hisobidan qayta oʻqish huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnikum pedagogik kengashi qarori bilan akademik qarzdorlikni bir marta bepul topshirishga ruxsat berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
614. Oʻquvchini kursdan kursga oʻtkazish, uning GPA qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bunda GPA koʻrsatkichi 2,4 dan kam boʻlmasligi talab etiladi. GPA koʻrsatkichini toʻplay olmagan oʻquvchi qayta oʻqish uchun tegishli kursda qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
615. Semestr va oʻquv yili yakuni natijalari boʻyicha akademik qarzdorligi bor taʼlim oluvchilar oʻqishdan chetlashtirilmaydi va kursda qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kursda qolgan oʻquvchilar faqat qarzdor boʻlgan modullarni oʻzlashtirib, ularga mos ravishda shartnoma mablagʻlarini toʻlaydi. Shartnoma asosida bir kursda qayta oʻqish soni chegaralanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
GPA koʻrsatkichini hisoblashda oʻquvchi tahsil olgan kurs yakuniga koʻra qayta topshirish natijalari ham inobatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchi ishlab chiqarish (diplomoldi) amaliyotiga qatnashmagan yoki amaliyot yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho bilan baholangan hollarda, u akademik qarzdor hisoblanadi va GPA koʻrsatkichidan qatʼi nazar kursda qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv rejasida belgilangan taʼlim olish muddatida tegishli kurslarni tamomlagan, lekin belgilangan kredit miqdorini toʻplay olmagan oʻquvchi texnikumda oʻqishni bitirayotgan oʻquvchi sifatida qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jami taʼlim olish muddati birinchi kursga oʻqishga qabul qilingandan soʻng 6 yilgacha deb belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchi taʼlim dasturi boʻyicha yakuniy kursni tugatgandan soʻng belgilangan eng kam kreditlar miqdorini toʻplab, shartnoma toʻlovidan qarzi boʻlmasa, “bitiruvchi” maqomiga ega boʻladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2023-y., 09/23/648/0929-son; 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)