Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 21.07.2005 yildagi 164-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.07.2005 yildagi 164-son
Date of entry into force
21.07.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA” 2005-YIL 19-IYULDAGI PF-3629-SON FARMONINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 19-iyuldagi PF-3629-son Farmonining bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shavkat Ibrohimovich Karimov Toshkent tibbiyot akademiyasining rektori etib tayinlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil etish va uning faoliyati bilan bogʻliq tashkiliy masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlash boʻyicha ilovaga muvofiq tarkibda Komissiya tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Komissiya (F. Nazirov) bir hafta muddatda qaror loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiyaning respublikadagi yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlaydigan yetakchi oʻquv muassasasi sifatida Akademiyaga yuklangan funksiyalar amalga oshirilishini taʼminlaydigan yangi tashkiliy tuzilmasini shakllantirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saqlab qolinadigan beshta fakultetlarning tuzilmasini shakllantirishga, kafedralarni fakultetlar boʻyicha taqsimlashga, aʼzolari kam sonli boʻlgan kafedralar tuzilishiga, ularning bir-birini takrorlashi va parallel mavjud boʻlishiga yoʻl qoʻymagan holda kafedralar soni, tuzilmasi va nomlarini belgilashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatilayotgan Birinchi va Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutlarining binolari, inshootlari, boshqa mol-mulki va aktivlarini Akademiya balansiga oʻtkazish masalalarini hal etishga, fakultetlarni joylashtirishga hamda Akademiyaning moddiy-texnika va oʻquv bazasini mustahkamlashga alohida eʼtibor berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 21-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
164-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 21-iyuldagi
164-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil etish va uning faoliyati
bilan bogʻliq tashkiliy masalalar yuzasidan Vazirlar
Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlash boʻyicha
Komissiya tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazirov F.Gʻ.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri, komissiya raisi ‎
Vorisov A.K.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha) ‎
Ziyoyev M.Q.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari‎
Sharopov N.Oʻ.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari‎
Qoʻchqorov J.A.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari ‎
Bolkunov V.F.‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi‎
Usmonov R.J.‎ —‎‎ Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari‎
Karimov Sh.I.‎ —‎‎ Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori‎
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 211-modda)