Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.01.2025 11.05.2023 yildagi 3161-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 11.05.2023 yildagi 3161-IV-son
Date of entry into force
11.05.2023
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.01.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob-axloq komissiyasini tuzish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025-yil 21-yanvardagi 353-V-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob-axloq komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining oʻz deputatlik vakolatlarini amalga oshirish chogʻida deputatlik odob-axloq qoidalariga hamda umum qabul qilingan odob-axloq normalariga rioya etishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob-axloq komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob-axloq komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining odob-axloq qoidalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 23-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi 185-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 3, 226-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 8-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Odob komissiyasining yangi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 1016-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 6, 532-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 15-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Odob komissiyasining yangi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 1968-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 3, 261-modda) qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 11-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3161-IV-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 11-mayda qabul qilingan 3161-IV-sonli qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Odob-axloq komissiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI

Salixov Erkin Tagirovich

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi

Aripov Davron Raximovich

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi, Komissiya raisi oʻrinbosari

Xodjayeva Mavludaxon Islamovna

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisi

Bafayev Shuxrat Gafurovich

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi

Djurayev Qodir Asadovich

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Korjikova Inna Ivanovna

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi

Seytova Leyli Pulatovna

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 11-mayda qabul qilingan 3161-IV-sonli qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob-axloq komissiyasi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob-axloq komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) vazifalarini, vakolatlarini, faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini, shuningdek uning ishini tashkil etish tartibini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi Reglamenti deb yuritiladi) normalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining odob-axloq qoidalariga (bundan buyon matnda Odob-axloq qoidalari deb yuritiladi) rioya etilayotganligi ustidan nazoratni taʼminlash va ularga rioya etish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish uchun tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Komissiyaning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuniga, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, ushbu Nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) majlisida salmoqli tajribaga va Qonunchilik palatasining deputatlari (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan deputatlar orasidan Qonunchilik palatasi vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasining qarori bilan tuziladi hamda Komissiya raisi, uning oʻrinbosari va aʼzolarini qoʻshganda yetti nafardan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Komissiya aʼzolarining soni va tarkibi Qonunchilik palatasining qaroriga asosan oʻzgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Komissiya oʻz faoliyatini qonuniylik, xolislik va adolatlilik tamoyillariga asosan olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Komissiyaning faoliyati Qonunchilik palatasining qarori bilan muddatidan ilgari toʻxtatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Komissiyaning asosiy vazifalari hamda vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odob-axloq qoidalari loyihasini ishlab chiqadi va Qonunchilik palatasi tasdigʻiga kiritadi, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya faoliyatiga doir masalalar yuzasidan Qonunchilik palatasining qarorlari loyihalarini tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatlar tomonidan Odob-axloq qoidalariga, shuningdek umum qabul qilingan odob-axloq normalariga rioya etilishi masalalarini koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatlar oʻrtasida qoidabuzarliklarning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odob-axloq qoidalariga rioya etish boʻyicha deputatlarga maslahat va tavsiyalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputat maqomini tartibga soluvchi normalar buzilganligi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatning Qonunchilik palatasining, oʻzi aʼzo boʻlgan Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining majlislarida uzrli sababsiz hozir boʻlmasligi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi topshiriqlarining deputat tomonidan bajarilmayotganligi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatlar, Qonunchilik palatasining Spikeri va Spiker oʻrinbosarlari, fraksiyalar, komissiyalar rahbarlari, qoʻmitalar raislarining deputat tomonidan umum qabul qilingan odob-axloq normalarini, deputatlik Odob-axloq qoidalarini buzadigan, deputat obroʻsini toʻkadigan va Qonunchilik palatasi nufuziga putur yetkazadigan xatti-harakatlar sodir etilganligi bilan bogʻliq murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning ayrim deputatlarning xatti-harakatlariga doir murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oʻz vakolatlarini amalga oshirishi chogʻida davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan deputatlarning huquqlari buzilishi haqidagi arizalarini koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatlarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish hamda deputat faoliyatining boshqa kafolatlarini taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odob-axloq qoidalarini buzgan deputatga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllash, shuningdek Qonunchilik palatasi Reglamenti qoidalari buzilishi holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi Kengashiga takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi yoki Qonunchilik palatasi Kengashining topshirigʻiga binoan deputatlar tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etilishi holatini oʻrganib chiqib, uning natijalari haqida Qonunchilik palatasini yoki Qonunchilik palatasining Kengashini xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish va uni chaqirib olish toʻgʻrisidagi materiallarni Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Komissiya oʻz vakolatlari doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatlar Qonunchilik palatasi Reglamenti normalariga va Odob-axloq qoidalariga rioya etayotganligi, shu jumladan, Qonunchilik palatasi va uning organlari majlislarida doimiy ishtirok etayotganligi yuzasidan monitoring olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odob-axloq qoidalarining buzilishi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan xulosalar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasi boʻyicha deputatni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga rozilik berish toʻgʻrisidagi materiallarni Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatlarni daxlsizlik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi materiallarni Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish uchun tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi, fraksiyalar va qoʻmitalarning majlislarida oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Komissiya xulosasini taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputat tomonidan Odob-axloq qoidalari buzilgan taqdirda, deputatdan hamda boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan zarur axborotni soʻrab oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi koʻrib chiqishi uchun kiritilgan masalalarni hal etishda Komissiya majlislariga ekspertlar va mutaxassislarni taklif qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya Qonunchilik palatasi va uning Kengashi qarorlariga, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Komissiya Qonunchilik palatasidagi fraksiyalar, qoʻmitalar, Qonunchilik palatasi Devonining tarkibiy boʻlinmalari, boshqa organlar, mansabdor shaxslar va jamoatchilik bilan hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Komissiya masalalarni Qonunchilik palatasining yoki uning Kengashining topshirigʻiga binoan yoxud oʻz tashabbusi bilan koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Komissiya ishini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Komissiya oʻz ishini majlis shaklida tashkil etadi. Komissiya majlislari zaruriyatga qarab oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya majlislari ochiq tarzda oʻtkaziladi. Zarur hollarda Komissiya yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Komissiya majlislarida unga taklif etilgan manfaatdor shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Komissiya sayyor majlislar oʻtkazishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Komissiya majlisini Komissiya raisi, u yoʻqligida esa, uning topshirigʻiga binoan uning oʻrinbosari yoki Komissiya aʼzolaridan biri olib boradi. Komissiya majlisida bayonnoma yuritiladi, uni raislik qiluvchi imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Komissiya majlislari, agar ularda Komissiya aʼzolari umumiy sonining yarmidan koʻpi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Komissiyaning navbatdagi kelgusi majlisi toʻgʻrisida uning raisi Komissiya aʼzolariga yozma ravishda, qoida tariqasida, kamida ikki kun oldin xabar qiladi, shuningdek majlisning boshqa ishtirokchilarini oldindan xabardor etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Komissiya qarori ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Komissiya qarori, agar unga majlisda hozir boʻlgan Komissiya aʼzolarining koʻpchiligi ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi. Qarorni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, Komissiya majlisiga raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Komissiya qarori raislik qiluvchi tomonidan majlisning oʻzida imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Komissiya raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya majlislarini chaqiradi va olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzolariga topshiriqlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fraksiyalar, qoʻmitalar, Qonunchilik palatasi Devonining tarkibiy boʻlinmalari, boshqa organlar, mansabdor shaxslar va jamoatchilik bilan munosabatlarda Komissiya nomidan ish koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tomonidan tayyorlangan qarorlar, xulosa va takliflarni Qonunchilik palatasiga, Qonunchilik palatasi Kengashiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzolarini Komissiyaga kelib tushayotgan barcha hujjatlar va materiallardan xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya majlislarida ishtirok etish uchun manfaatdor shaxslarni taklif etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzolarini Komissiya qarorlarining bajarilishi haqida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Komissiya raisining oʻrinbosari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya ish yurituvini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya majlislari uchun materiallarni tayyorlash boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzolarini majlislar vaqti va kun tartibi toʻgʻrisida xabardor etish boʻyicha ishlarni tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rais boʻlmaganida uning vazifalarini bajarib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Komissiya aʼzosi Komissiya majlisida hozir boʻlishi va oʻziga yuklatilgan topshiriqlarni, majburiyatlarni bajarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzosining Komissiya majlisida hozir boʻlishi imkoni boʻlmaganda, Komissiya raisini oldindan xabardor etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Komissiya aʼzosi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladigan barcha masalalar boʻyicha ovoz berishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya koʻrib chiqishi uchun masalalar va takliflar kiritishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarorlar tayyorlanishida, muhokamasida, qabul qilinishida, shuningdek ularning amalga oshirilishini tashkil etish hamda bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrib chiqilayotgan masalaga doir hujjatlar, maʼlumotnomalar va boshqa zarur axborot bilan tanishishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda oʻz nuqtai nazarini bayon etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzosi ushbu Nizomga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Odob-axloq qoidalari bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish va Komissiya majlislarini oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Deputat tomonidan Odob-axloq qoidalarini buzish bilan bogʻliq oʻrganishni dastlabki tarzda oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslardan deputat tomonidan Odob-axloq qoidalarini buzish bilan bogʻliq shikoyatlarning kelib tushishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilingan deputatning nojoʻya harakatlariga doir xabarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputat tomonidan qonun hujjatlari, axloq normalari va Odob-axloq qoidalarini buzish faktlari boʻyicha materiallarni koʻrib chiqish haqida Qonunchilik palatasining, uning Kengashining topshirigʻi yoki Qonunchilik palatasi Spikerining taklifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputat degan nomga dogʻ tushiruvchi nojoʻya xatti-harakatlar sodir etilganligi haqidagi korxona, tashkilot, muassasa va jamoat birlashmalari hamda mansabdor shaxslar bergan xabarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rasmiy xabarlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Odob-axloq qoidalarini buzish bilan bogʻliq oʻrganishlar Komissiya tomonidan bunday axborot kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida oʻrganib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan ayrim hollarda yuqoridagi muddat Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan koʻpi bilan yana oʻn besh kunga uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Deputat oʻzining huquqi, shaʼni va qadr-qimmati, ishchanlik obroʻsiga daxl qiladigan murojaat boʻyicha amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oʻzini himoya qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Komissiya majlisiga, haqiqiy holatlarni aniqlash va xolisona qaror qabul qilish maqsadida, oʻziga nisbatan masala koʻrib chiqilayotgan deputat, zarur boʻlgan hollarda esa, murojaat qiluvchi va boshqa shaxslar taklif etiladi. Komissiya majlisining vaqti va joyi haqida tegishli ravishda xabardor etilgan shaxslarning kelmasligi murojaatni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Komissiya majlisida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kun tartibidagi masala oʻqib eshittiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasining, uning Kengashining topshirigʻi, Qonunchilik palatasi Spikerining taklifi yoki deputat tomonidan odob-axloq qoidalari buzilganligi toʻgʻrisidagi murojaat oʻqib eshittiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odob-axloq qoidalari buzilganligi toʻgʻrisida oʻziga nisbatan murojaat kelib tushgan deputat, zarur boʻlgan hollarda esa, murojaat qiluvchi eshitiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Oʻziga nisbatan oʻrganish oʻtkazilayotgan deputat quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrganish tayinlanganligi va unga asos boʻlgan hujjat mazmuni bilan tanishib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrganish oʻtkazish boʻyicha Komissiya aʼzolari yuzasidan eʼtirozi boʻlgan taqdirda Qonunchilik palatasi Spikeriga asoslantirilgan raddiya berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlar, maʼlumotnomalar va boshqa dalillarni taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrganish natijasidan norozi boʻlgan taqdirda Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Deputatning koʻrilayotgan ish yuzasidan aybsizligini yoki ishning boshqa biror holatlarini isbotlashi majburiyati zimmasiga yuklatilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Deputat oʻrganish yuzasidan soʻralgan zarur hujjatlarni va boshqa axborotlarni Komissiyaga taqdim etishi lozim. Bunda oʻrganishni oʻtkazishga toʻsqinlik qilishga, Komissiya aʼzolariga oʻz vazifalarini amalga oshirishga xalaqit qilishga va ularga taʼsir oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Murojaat materiallari, Qonunchilik palatasi yoki uning Kengashining topshirigʻi yoxud Qonunchilik palatasi Spikerining taklifi bilan tanishib chiqish yakunlari boʻyicha Komissiya deputatning harakatlarida Odob-axloq qoidalarining buzilishi faktining mavjudligini, deputatga nisbatan aniq taʼsir choralarini koʻrsatgan holda yoki deputatning Odob-axloq qoidalari buzilishi faktining mavjud emasligini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Odob-axloq qoidalarining deputat tomonidan buzilganligi fakti aniqlangan taqdirda, Komissiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatga nisbatan ogohlantirish tarzidagi taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatning Komissiya yoki Qonunchilik palatasi majlisida uzr soʻrashi toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasiga deputatning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish va uni chaqirib olish haqida taklif kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya Odob-axloq qoidalarini buzgan deputatga nisbatan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan taʼsir choralarini qoʻllash yoxud Qonunchilik palatasiga taklif kiritishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Deputatlar xatti-harakatiga doir quyidagi murojaatlar koʻrib chiqilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiyada oldin koʻrib chiqilgan murojaat va aynan shu mazmundagi takroriy murojaatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
anonim murojaatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatiga oid hujjatlar mavjud boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga muvofiq boʻlmagan murojaatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Komissiya qabul qilingan qaror haqida murojaat qiluvchiga, oʻziga nisbatan masala koʻrib chiqilgan deputatga va Qonunchilik palatasi Kengashiga yozma ravishda maʼlum qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi qarorining loyihasi Komissiya tomonidan Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritilganda, unga qisqa tushuntirish xati va boshqa zarur materiallar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Komissiya qarori ustidan Qonunchilik palatasiga shikoyat qilish mumkin. Qonunchilik palatasi Komissiya qarorini bekor qilishga va oʻz vakolati doirasida boshqa qaror qabul qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Deputat tomonidan Qonunchilik palatasining majlisi jarayonida Odob-axloq qoidalarining buzilishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi Qonunchilik palatasining Reglamentiga muvofiq choralar koʻradi, shuningdek Komissiyaga deputat tomonidan Odob-axloq qoidalari talablari buzilganligi masalasini koʻrib chiqishni taklif etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Murojaat uning tashabbuskori tomonidan Komissiya qarori qabul qilinguniga qadar qaytarib olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Taraflar yarashuvi, shuningdek deputat oʻz xohishi bilan oshkora uzr soʻragan hollarda, deputat taʼsir choralari qoʻllanilishidan ozod etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Komissiya faoliyatiga moddiy-texnik, axborot va boshqa xizmatlarning koʻrsatilishi Qonunchilik palatasining Devoni tomonidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Mazkur Nizom talablarini buzish tegishli huquqiy taʼsir choralarini qoʻllashga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 11-mayda qabul qilingan 3161-IV-sonli qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining odob-axloq
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining Odob-axloq qoidalari (bundan buyon matnda Odob-axloq qoidalari deb yuritiladi) “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, umum qabul qilingan odob normalariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) uchun uning oʻz deputatlik vakolatlarini amalga oshirishi chogʻida majburiy boʻlgan xulq-atvorning maʼnaviy-axloqiy prinsiplari va qoidalarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Odob-axloq qoidalari deputatning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan kafolatlangan huquq va erkinliklarini cheklamaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Deputat oʻz vakolatlarini amalga oshirishi chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonunlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga, shuningdek ushbu Qoidalarga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Deputat oʻz faoliyatida jamiyatda umum qabul qilingan odob-axloq prinsiplariga qatʼiy rioya etishi, fuqarolarning, mansabdor shaxslarning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilishi, shuningdek deputat nomiga dogʻ tushiradigan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) nufuziga, umuman davlat manfaatlariga putur yetkazadigan xatti-harakatlardan oʻzini tiyishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Deputat oʻz vazifalarini vijdonan va halol bajarishi, oʻzi aʼzo boʻlgan siyosiy partiya, fraksiya va qoʻmitaning (komissiyaning) ish rejalarida, qarorlarida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlashi, oʻz malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalarini takomillashtirib borishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Deputat oʻz vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari boshqa haq toʻlanadigan faoliyat turlari bilan shugʻullanishi mumkin emas. Deputatning ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi uning asosiy kasbiy vazifalarini bajarishga zarar yetkazmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Deputat oʻz kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonun hujjatlariga rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovchilarning, oʻzini deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiyaning manfaatlarini Qonunchilik palatasida ifodalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatlik faoliyatining ochiqligi va oshkoraligi, oʻz faoliyati toʻgʻrisida saylovchilarini doimiy xabardor qilib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Qonunchilik palatasi, uning Kengashi, siyosiy partiya fraksiyasi, qoʻmita va komissiya majlislarida oʻzini tutish qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Deputat Qonunchilik palatasi, siyosiy partiya fraksiyasining (bundan buyon matnda fraksiya deb yuritiladi), oʻzi tarkibiga saylangan qoʻmita va komissiyaning majlislarida ishtirok etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majlisda ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, deputat bu haqda tegishincha Qonunchilik palatasi Spikeriga, fraksiya, qoʻmita va komissiya rahbariga kamida bir kun oldin (majlisda ishtirok etish imkoniyatiga toʻsqinlik qiluvchi toʻsatdan yuzaga kelgan vaziyat boʻyicha majlis boshlanishidan oldin) xabar qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qonunchilik palatasi, uning Kengashi, siyosiy partiya fraksiyasi, qoʻmita va komissiyaning majlislarida deputat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz nutqida deputatlarning yoki boshqa shaxslarning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan qoʻpol, haqoratomuz ibora va soʻzlarni, imo-ishoralarni qoʻllamasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majlislarni oʻtkazishga xalaqit beradigan harakatlarga yoʻl qoʻymasligi — soʻzga chiqqanlarning soʻzini boʻlmasligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 81 va 82-moddalarida nazarda tutilgan tartibga zid ravishda oʻz fikrini bayon qilishga urinmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtirgan joyidan baqirmasligi, muhokama etilayotgan masala yuzasidan soʻzga chiqqanlarning oʻz nuqtai nazarini erkin bayon etishiga toʻsiqlar vujudga keltirmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turli uzrsiz sabablarga koʻra majlislar zalidan namoyishkorona chiqib ketmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kun tartibidagi muhokama qilinayotgan masaladan imkon qadar chetga chiqib soʻzlamasligi, biror shaxsning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi asossiz ayblovga yoʻl qoʻymasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻzga chiqishlar, deputatlik faoliyatining boshqa shakllarini amalga oshirish chogʻida bila turib yolgʻon va notoʻgʻri axborotdan foydalanmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining va ushbu Qoidalarning talablarini buzadigan boshqa xatti-harakatlarni sodir etmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Deputat ushbu Qoidalarning 9-bandida koʻrsatilgan xatti-harakatlarni sodir etgan taqdirda, majlisda raislik qiluvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunday qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi toʻgʻrisida deputatni ogohlantirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatni soʻzlash huquqidan mahrum qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatdan majlislar zalini tark etishni talab qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob-axloq komissiyasidan (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tegishli deputatning xatti-harakatiga baho berishni soʻrashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Deputat majlisda shaxsan ovoz berishi hamda ovoz berish kartochkasining lozim darajada saqlanishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berishni boshqa deputatga yoki oʻzga shaxsga bergan deputatning xatti-harakatlari boʻyicha Komissiya yoki uning taklifi bilan palata tomonidan ushbu Qoidalarda hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Deputatning boshqa deputatlar, saylovchilar, siyosiy partiya va uning fraksiyasi, Qonunchilik palatasi Devoni xodimlari hamda yordamchilari bilan oʻzaro munosabatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Deputatlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar jinsi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi, ijtimoiy mavqeyi va siyosiy mansubligidan qatʼi nazar teng huquqlilik, bir-birini oʻzaro hurmat qilish asosida yoʻlga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Deputatlar tanqidga sabr-toqat bilan yondashishi, oʻziga nisbatan bildirilgan tanqidiy fikrlarga qoʻpollik bilan munosabat bildirishga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Deputatlar oʻz ishida har qanday masalani erkin jamoaviy muhokama qilishi, fikrlar xilma-xilligini hurmat qilishi, nizolarga yoʻl qoʻymasligi, kelishmovchiliklarni ochiq fikr almashish orqali bartaraf etish yoʻllarini birgalikda izlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Deputat oʻz okrugidagi saylovchilar bilan doimiy aloqada boʻlib turadi. Deputatning saylovchilar bilan oʻzaro munosabatlari oʻzaro hurmat qilish, saylovchilar tomonidan koʻtariladigan muammolar va masalalarga deputatning eʼtibor bilan munosabatda boʻlishiga asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Deputat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz saylovchilarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovchilardan tushgan takliflar, arizalar, shikoyatlarni koʻrib chiqishi, ularda koʻrsatilgan masalalarning toʻgʻri va oʻz vaqtida hal etilishiga oʻz vakolatlari doirasida koʻmaklashishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini oldindan belgilangan grafik asosida shaxsan qabul qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Deputat saylovchilar bilan ishlashga vijdonan va halol yondashishi, ular bilan boʻladigan uchrashuvlarda shaxsan ishtirok etishi, bu jarayonda rasmiyatchilikka yoʻl qoʻymasligi hamda soxta hisobotlar taqdim etmasligi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Deputat oʻz ishi haqida saylovchilarni belgilangan tartibda vaqti-vaqti bilan, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat tomonidan saylovchilarga taqdim etiladigan axborot toʻliq, toʻgʻri va xolisona boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Deputat uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya va uning fraksiyasi bilan aloqa bogʻlab turadi hamda ularning ustavida (nizomida) belgilangan odob-axloq va intizom qoidalariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat Qonunchilik palatasida uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya manfaatlarini ifoda etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Deputatning Qonunchilik palatasi Devoni xodimlari hamda yordamchilari bilan oʻzaro munosabati hurmat, professionallik asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat Qonunchilik palatasi Devoni xodimlari hamda yordamchilari uchun oʻrnak boʻlishi, ularga xushmuomalalik bilan munosabatda boʻlishi, ularni jinsi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi va ijtimoiy mavqeyi boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻymasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat Qonunchilik palatasi Devoni xodimlari hamda yordamchilaridan shaxsiy manfaatlari yoʻlida yoki ularning xizmat majburiyatlariga kirmaydigan vazifalarda foydalanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat yaqin qarindoshlari (ota-ona, aka-uka, opa-singil, farzand, er-xotin, shuningdek er-xotinlarning ota-onasi, aka-ukasi va opa-singlisi) uning yordamchisi boʻlishi mumkin emasligi toʻgʻrisidagi qonun talabiga qatʼiy rioya etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Qonunchilik palatasi deputati tomonidan joylardagi ishlarning holatini oʻrganishda deputatlik odobi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Deputat joylarga chiqib, aholi bilan oʻtkazilgan muloqotlar va sohalarni oʻrganish jarayonida oldiga qoʻyilgan vazifalarni sidqidildan bajarishi, oʻrganilayotgan masalaning tub mohiyatiga yetib borishi, uchrashuvlarda shaxsan ishtirok etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Joylarga chiqqanda rasmiyatchilik va koʻz boʻyamachilikka yoʻl qoʻymasligi hamda xolis va haqqoniy hisobotlar taqdim etishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Joylardagi ishlarning holatini oʻrganishda deputatning davlat organlariga, shu jumladan mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga tazyiq oʻtkazishiga, ular faoliyatiga aralashishiga yoki ularning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilishiga, oʻz faoliyatini qonunchilikka zid ravishda amalga oshirishga undashiga, bunday harakatni bajarmaganlik uchun doʻq-poʻpisa va bosim oʻtkazishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Ommaviy chiqishlar chogʻidagi deputatlik odobi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Deputat ommaviy axborot vositalari, matbuot konferensiyalari, boshqa jamoat tadbirlari va omma oldidagi bayonotlarida, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻida ochilgan shaxsiy sahifalarida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarida (blog, post, izohlar qoldirishda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasining, uni nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya va uning fraksiyasining nufuzini tushirishga olib kelishi yoki oʻz vakolatlarini vijdonan amalga oshirishiga shubha tugʻdirishi mumkin boʻlgan harakatlardan tiyilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining xatti-harakati, axloqi tufayli jamoatchilikning tanqidiga uchramasligi hamda asosli va konstruktiv tanqidni toʻgʻri qabul qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolarning faoliyatiga nisbatan eʼtirozlari boʻlsa, ularni asoslangan, aniq muammoga qaratilgan holda bayon etishi, tekshirilmagan, isbotlanmagan maʼlumot va dalillardan foydalanmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarning ishchanlik obroʻsiga, jismoniy shaxslarning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazishi mumkin boʻlgan asossiz, yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni tarqatmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar bilan muloqot qilishda ularning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan qoʻpol, haqoratomuz ibora va soʻzlarni qoʻllamasligi hamda asossiz ayblovlarga yoʻl qoʻymasligi, qonunga xilof xatti-harakatlarga daʼvat etmasligi hamda bila turib yolgʻon va notoʻgʻri axborotdan foydalanmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat ommaviy chiqishlari chogʻida sud tizimi va sudyalar haqida tanqidiy fikr bildirishda ularning mustaqilligi va xolisligiga taʼsir koʻrsatmasligi, tanqidiy fikr dalillar bilan asoslangan va aniq boʻlishi hamda sudga hurmatsizlikni ifoda etmasligi lozim. Deputat sudlar siyosatdan xoli ekanligi va tanqidlarga javob berishi uning xolisligini shubha ostiga qoʻyishi mumkinligini inobatga olishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Agar deputatning omma oldidagi bayonotlarida fuqarolarning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga, yuridik shaxsning ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan fikrlar mavjud boʻlsa, deputat oʻz fikrlarining yanglishligi yoki notoʻgʻriligini oshkora tan olishi hamda shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga daxl qilingan fuqaro va (yoki) yuridik shaxsdan uzr soʻrashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Deputat boshqa deputatlarning kasbiy va shaxsiy sifatlarini oshkora shubha ostiga qoʻymasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Deputat oʻziga rasman vakolat berilgan hollardagina Qonunchilik palatasi nomidan soʻzlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Deputatning maqomidan gʻayriqonuniy ravishda foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Deputat oʻz maqomidan fuqarolar, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda foydalanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatning oʻz maqomidan, shu jumladan, nazorat vakolatlaridan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi, qarindoshlari va oʻziga yaqin boshqa shaxslar uchun manfaat, xizmatlar, tijoratga oid yoki boshqa naf olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud hokimiyati organlari faoliyatiga aralashish, shaxsiy masalalar boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari, davlat xizmatchilari va boshqa shaxslarga taʼsir oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijroiya hokimiyati organlarining kadrlar siyosatiga aralashish, muayyan shaxslarni ishga qabul qilish, lavozimini koʻtarish yoki moddiy yoxud maʼnaviy ragʻbatlantirishga undash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklarni olishiga yoxud boshqa qonunchilikka zid maqsadlarda foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Deputat moddiy manfaatdorlik evaziga palata, fraksiya, qoʻmita (komissiya) majlisida biror masalani olib chiqishi yoki uni qoʻllab-quvvatlab ovoz berishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Deputat deputatlik blankalaridan faqat deputatlik vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan rasmiy xat, soʻrovlar va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirishda foydalanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat davlat mulkining but saqlanishini taʼminlashi hamda oʻziga ishonib topshirilgan davlat mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Deputatlik vakolatlarini amalga oshirishi munosabati bilan deputat tomonidan olingan maʼlumotlarning oshkor etilmasligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Deputat deputatlik vakolatlarini amalga oshirishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni, agar ushbu maʼlumotlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi, uning Kengashining, fraksiya, qoʻmita va komissiyaning yopiq majlislarida koʻrib chiqilgan masalalarga taalluqli boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat siriga va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga taalluqli boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatning daxlsizligini cheklashga yoki deputat tomonidan ushbu Qoidalarning buzilganligi bilan bogʻliq boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovchining yoki boshqa shaxsning shaxsiy hayotiga oid siri boʻlsa va deputatga ularni oshkor etmaslik sharti bilan ishonib maʼlum qilingan boʻlsa, oshkor etmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Deputat davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar tomonidan oʻziga taqdim etilgan rasmiy xizmatga oid maʼlumotdan shaxsiy naf koʻrish uchun foydalanishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Xorijga xizmat safari davrida, chet ellik fuqarolar bilan uchrashuvlarda deputatlik odob-axloq qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Deputat rasmiy delegatsiyalar tarkibida va chet ellik fuqarolar bilan uchrashuvlarda oliy davlat vakillik organining vakili ekanligini namoyish eta olishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Deputat rasmiy delegatsiyalar tarkibida chet davlatlarda boʻlgan paytida xizmat safarining maqsad va vazifalarini roʻyobga chiqarishga, Qonunchilik palatasi nufuzini va umuman Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashishi, oʻzi borgan mamlakatning qonun hujjatlari talablariga hamda rasmiy va norasmiy tadbirlarni oʻtkazish chogʻida umum qabul qilingan odob normalariga rioya etishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Xizmatdan tashqari vaqtdagi va kiyinish odobi qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Deputat xizmatdan tashqari vaqtda deputatning yuksak nomiga dogʻ tushiradigan, oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga, Qonunchilik palatasining nufuziga putur yetkazadigan xatti-harakatlardan tiyilishi, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat joylarida (kafe, restoran va boshqa koʻngilochar maskanlarda) oʻzini tutish qoidalariga rioya etishi, atrofdagilarning eʼtiborini tortuvchi ortiqcha va salbiy harakatlarga yoʻl qoʻymasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dabdababozlik, shuhratparastlik, guruhbozlik, maishatbozlik, ichkilikbozlik va boshqa salbiy illatlarga yoʻl qoʻymasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat tartibi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etmasligi hamda boshqalarni noqonuniy harakatlarga daʼvat qilmasligi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsiy oʻzaro munosabatlarda deputat kamtar, halol, xushmuomala boʻlishi va hech kimga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Kundalik turmushda odob normalariga rioya etish ushbu Qoidalarning ajralmas qismidir. Deputat kiyinishi uslubining sipoligi va kamtaronaligi bilan ajralib turishiga harakat qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat, ayniqsa, deputatlik vakolatlarini amalga oshirish chogʻida oʻta dabdabali kiyim-bosh kiymasligi, ortiqcha bezaklar va boshqa aksessuarlar taqmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyaga aʼzoligi toʻxtatilgan Qonunchilik palatasi rahbariyati palata, siyosiy partiya fraksiyasi va qoʻmitalar yigʻilishlarida qatnashganda kiyim-boshida biror-bir siyosiy partiyaning shiori yoki ramzi boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaga qarshi choralar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Deputat oʻz faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasligi, begʻaraz va xolis boʻlishi kerak. Basharti, Qonunchilik palatasi, uning Kengashi, siyosiy partiya fraksiyasi, qoʻmita (komissiya) majlisida deputat bevosita yoxud yaqin qarindoshlari orqali shaxsiy manfaatdorlikka ega boʻlgan masala koʻrib chiqilayotgan boʻlsa, u bu haqda raislik qiluvchini xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raislik qiluvchi manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish maqsadida shaxsiy manfaatdorligi boʻlgan deputatning muhokamalarda soʻz olish huquqini cheklashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Deputat oʻz vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan har qanday sovgʻa olishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat alohida xizmatlari uchun Qonunchilik palatasi yoki uning Kengashining qarori asosida olingan sovgʻalar, shuningdek musobaqalar va tanlovlarda erishgan yutuqlari, davlat bayramlari, nishonlanadigan sanalar hamda boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan mukofotlash natijasida yoxud xizmat safarlari, xorijlik delegatsiyaning Oʻzbekistonga tashrifi vaqtida, shuningdek xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan sovgʻalar olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat safarlari, xorijlik delegatsiyaning Oʻzbekistonga tashrifi vaqtida, shuningdek xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olingan sovgʻa qiymati bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravaridan oshmasligi lozim, ushbu miqdordan oshadigan sovgʻalar Qonunchilik palatasi muzeyiga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Deputat oʻz vakolatlarini amalga oshirishi chogʻida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishi va korrupsiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarning (harakatsizlikning) oldini olishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar deputat korrupsiya faktlari toʻgʻrisidagi axborotga ega boʻlsa, u korrupsiyaning oldini olish uchun zarur choralar koʻrishi, shu jumladan Qonunchilik palatasi yoki uning organlari rahbarlarini yoki korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organini darhol xabar qilishi yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat etishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Ushbu Qoidalar buzilgan taqdirda deputatning xulq-atvori toʻgʻrisidagi masala Komissiya tomonidan koʻrib chiqilishi yoki Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya ushbu Qoidalarni buzgan deputatga nisbatan quyidagi taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllashga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatga ushbu Qoidalarni buzishga yoʻl qoʻyilmasligini koʻrsatib oʻtgan holda ogohlantirish berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatdan Komissiya yoki Qonunchilik palatasi majlisida uzr soʻrashni talab etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasiga deputatning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish va uni chaqirib olish haqida taklif kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya Odob-axloq qoidalarini buzgan deputatga nisbatan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan taʼsir choralarini qoʻllashga yoxud Qonunchilik palatasiga taklif kiritishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Deputat tomonidan ushbu Qoidalar buzilgan taqdirda, alohida hollarda, Qonunchilik palatasi deputatni “adolatli deputat”, “xalqparvar deputat” yoki “mehnatkash deputat” maqomidan mahrum qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Deputat tomonidan umum qabul qilingan odob normalarini, deputatlik odobini qoʻpol tarzda buzadigan, deputatning yuksak nomiga dogʻ tushiradigan xatti-harakatlar sodir etilgan taqdirda, u qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi yoxud Qonunchilik palatasi qarori bilan vakolati muddatidan oldin tugatilishi mumkin.