04.04.2023 yildagi PQ-110-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 04.04.2023 yildagi PQ-110-son
Date of entry into force
05.04.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholini sifatli isteʼmol tovarlari bilan taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati oʻtib ketgan, kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish holatlari hamda ularning aylanmasiga chek qoʻyish, aholini sifatli isteʼmol tovarlari bilan taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari maʼqullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilarning hayoti yoki sogʻligʻi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mahsulotlarning noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq qilmish uchun javobgarlikni kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq qilmish uchun javobgarlikni ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya qonunchiligi va veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalarini buzganlik uchun belgilangan maʼmuriy javobgarlikni kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzganing tovar belgisidan, xizmat koʻrsatish belgisidan, geografik koʻrsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan, adashtirib yuborish darajasida ular bilan oʻxshash boʻlgan belgidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan talablar va shartlarning qoʻpol ravishda buzilishi oqibatida litsenziyasi bekor qilingan yoki xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirishi tugatilgan tadbirkorlik subyektlariga 1-ilovaga muvofiq faoliyat turlari bilan shugʻullanishiga qoʻyiladigan cheklovlarni belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh prokuratura Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan masalalar yuzasidan tegishli qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati oʻtib ketgan, kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish holatlari hamda ularning aylanmasiga chek qoʻyishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishning quyidagi tartibi joriy etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-ilovaga muvofiq murojaatlar yagona axborot tizimi orqali qabul qilinadi va ular vakolatli organlar tomonidan qisqa muddatlarda koʻrib chiqiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar ragʻbatlantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
musodara qilingan xavfsizlik talablariga javob bermaydigan oziq-ovqat hamda alkogol va tamaki mahsulotlari jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari ishtirokida yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda 2-ilovada koʻrsatilgan murojaatlarni yagona axborot tizimi orqali qabul qilish, koʻrib chiqish hamda huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 1-iyuldan boshlab koʻpiklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 1-avgustdan boshlab alkogol mahsulotlarining tovar belgilari belgilangan tartibda Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning mavjudligi alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun litsenziya talabi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 1-sentabrdan boshlab tamaki mahsulotining ulgurji va chakana savdosi, pivo mahsulotining ulgurji savdosi xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi, bundan alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi boʻyicha litsenziya yoki xabarnomaga ega boʻlgan subyektlar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biriktirilgan hududda kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq holatlarning sodir etilishi ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari faoliyatini baholash mezonlaridan biri hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birja savdolarida xarid qilingan isteʼmol va texnik etil spirtining oʻz ehtiyojidan ortgan qismini realizatsiya qilish faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yil davomida birja savdolari orqali xarid qilingan isteʼmol va texnik etil spirti miqdori tadbirkorlik subyektlarining yillik ishlab chiqarish quvvati uchun isteʼmol va texnik etil spirtining talabiga nisbatan 110 foizdan oshganda, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tegishli vakolatli organlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilgan holda ushbu tadbirkorlik subyektlari tomonidan isteʼmol va texnik etil spirtidan maqsadli foydalanilishini joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-oktabrdagi PQ-296-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2025-y., 07/25/296/0902-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tadbirkorlik subyektlarning yillik ishlab chiqarish quvvati uchun isteʼmol va texnik etil spirtining talabi hamda birja savdolari orqali xarid qilingan isteʼmol va texnik etil spirti miqdorining hisobini yuritib borsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-oktabrdagi PQ-296-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2025-y., 07/25/296/0902-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Soliq qoʻmitasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimini “Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi bilan integratsiya qilish hamda undagi maʼlumotlardan huquqni muhofaza qiluvchi va vakolatli davlat organlari tomonidan foydalanish imkonini yaratish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya (xabardorlik) talablari va shartlarini bajarmagan tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda choralar koʻrsin va har chorakda natijasini ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka eʼlon qilib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 1-iyunga qadar alkogol va tamaki mahsulotlari aksiz markalarining yangi namunasini joriy etish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda litsenziya, ruxsat berish hujjati yoki xabardorlik faoliyati (harakati) toʻxtatilgan, bekor qilingan (tugatilgan) tadbirkorlik subyektlarining xatlanmagan ishlab chiqarish xomashyolari va realizatsiya qilinadigan mahsulotlarini sotish tartibini nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Adliya vazirligi kontrafakt tovarlar muomalasiga barham berish maqsadida uch oy muddatda intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar boʻyicha nazorat xaridini amalga oshirish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bosh prokuratura bir oy muddatda isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati oʻtib ketgan, kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish holatlari hamda ularning aylanmasiga chek qoʻyishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tekshiruvlarni oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha tegishli takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda sifatsiz va qalbaki tovarlarning isteʼmolga yaroqli tovarlardan farqi va ularning inson sogʻligʻiga salbiy taʼsirini yoritib borishga alohida eʼtibor qaratgan holda, “Sifat nazorati” telekoʻrsatuvini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sifat nazoratini amalga oshiruvchi tashabbuskor jamoatchilik vakillari tomonidan tasvirga olingan videolavhalarni barcha telekanallar orqali namoyish etish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5031-son qarori 1-bandining “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“isteʼmol etil spirti — tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tegishli litsenziya (ruxsat etish, xabarnoma hujjati) va seriyalab ishlab chiqariladigan mahsulot uchun berilgan muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilarga, shuningdek, faqat oʻz ehtiyojlari uchun oxirgi isteʼmolchi sifatida foydalanish maqsadida davlat organlari va tashkilotlariga;”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev hamda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 4-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-110-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-apreldagi PQ-110-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalash va xabardor qilish tartib-taomillari doirasida qoʻshimcha talablar oʻrnatilayotgan faoliyat yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish (bundan oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Pivo va pivo ichimliklari ishlab chiqarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tamaki mahsulotlari bilan ulgurji va chakana savdo qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Pivo mahsulotlari bilan ulgurji savdo qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-apreldagi PQ-110-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikatlanmagan, saqlash muddati oʻtib ketgan, kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish holatlari hamda ularning aylanmasiga chek qoʻyish boʻyicha murojaatlar yagona axborot tizimi orqali yuboriladigan faoliyat turlarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Adliya vazirligi

tovar ishlab chiqaruvchining nomidan yoki tovar belgisidan (shunga oʻxshatib) yoxud tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanib, mahsulot ishlab chiqarish yoki oʻtkazish;

mualliflik va turdosh huquqlarni buzish;

ixtiroga, foydali modelga va sanoat namunasiga boʻlgan huquqlarni buzish;

2.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va realizatsiya qilish joylarida hasharot va kemiruvchilarning mavjudligi;

oziq-ovqat mahsulotini ushbu maqsadga moʻljallanmagan joyda tayyorlash, saqlash va sotish;

sifati buzilgan oziq-ovqat mahsulotini sotish;

oziq-ovqat tayyorlash va sotish joyining sanitariya holati oʻta qoniqarsiz holatdaligi;

3.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

savdo obyekti tomonidan sotuvga qoʻyilgan tovarga narxnoma qoʻyilmaganligi;

sotuvga qoʻyilgan tovarning narxi kassa chekidagi narxdan farq qilishi;

yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni sotish;

dori vositalari va tibbiyot buyumlarini belgilangan narxdan yuqori ustama qoʻygan holda sotish;

ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilishi shart boʻlgan tovarlarni bunday talablarga rioya etmasdan sotish;

4.

Ichki ishlar vazirligi

sifatsiz yoki kontrafakt dori vositasilari va tibbiy buyumlarni sotish;

qalbaki, sertifikati boʻlmagan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotish;

retsept bilan beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarni retseptsiz sotish;

5.

Soliq qoʻmitasi

qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud boʻlmagan alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish;

majburiy raqamli markirovka kodi boʻlmagan alkogol va tamaki mahsulotini sotish;

ruxsati boʻlmagan holda alkogol va tamaki mahsulotini sotish;

sifatsiz spirt va alkogol mahsulotini sotish;

6.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

isteʼmolga yaroqsiz goʻsht va goʻsht mahsulotlari hamda sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish yoki sotish;

goʻsht va goʻsht mahsulotlari hamda sut va sut mahsulotlarini veterinariya ekspertizasidan oʻtkazmasdan realizatsiya qilish;

goʻsht va goʻsht mahsulotlari hamda sut va sut mahsulotlarini belgilanmagan joylarda sotish;

goʻsht va goʻsht mahsulotlarini belgilanmagan transport vositalarida tashish.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 07/23/110/0194-son; 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son; 08.10.2025-y., 07/25/296/0902-son)