Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.12.2017 02.03.2004 yildagi 101-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.03.2004 yildagi 101-son
Date of entry into force
02.03.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.12.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YOʻLLARDA YuK VA YOʻLOVChILAR TAShISh XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-noyabrdagi 948-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi)ning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligi taʼminlanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan kompleks oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl transporti sohasidagi faoliyatni litsenziyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻllaridan foydalanish boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni ekspertizadan oʻtkazishda va temir yoʻl transporti obyektlarini, mahsulotlarini va texnologiyalarini ularning belgilangan talablarga muvofiqligi jihatidan doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga qabul qilish ishlarida qatnashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va uning xodimlarining cheklangan umumiy soni 48 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 35 nafar boʻlgan markaziy apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining mintaqaviy filiali tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻiga “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va taʼminot xarajatlari smetasi doirasida oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasining taʼminoti:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar tomonidan temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashishdan olinadigan 0,15 foiz miqdoridagi majburiy toʻlovlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-yanvardagi 28-son qarori bilan chiqarilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 3-4-son, 24-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl transportida yuk va yoʻlovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi joylashgan Toshkent shahri, Turkiston koʻchasi, 7-uydagi bino uning tasarrufida saqlab qolinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2001-yil 3-martdagi 109-son qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qaroriga 9-ilova II boʻlimining 4-bandi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 1-maydagi 150-son qaroriga ilovaning 12-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.F. Fayzullayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 2-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 2-martdagi 101-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi)ning tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 2-martdagi 101-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi) markaziy apparatining tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-martdagi 101-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarida yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mintaqaviy filialining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‎ ‎‎Shtat birliklari‎
Filial boshligʻi ‎‎1‎‎
‎‎Filial boshligʻi‎ning oʻrinbosari‎ 1‎
‎‎Tarmoqlar boʻyicha inspektorlar‎ ‎‎4-5*‎
Kirish yoʻllarini tekshirish boʻyicha inspektor‎ ‎‎1‎
‎‎Kotiba-ish yurituvchi‎ ‎‎1‎
Jami:‎‎ 8-9*‎‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*‎‎‎‎‎ Toshkent mintaqaviy filialida‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 2-martdagi 101-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi) toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda matnda “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi deb yuritiladi) davlat nazoratini amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi, u poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida chora-tadbirlar ishlab chiqish, ularni amalga oshirish va muvofiqlashtirish hamda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga oid belgilangan qoidalar va normalarga tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan rioya etilishini, shuningdek, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va transport qurilishi korxonalarida qozonxonalar va koʻtarish inshootlaridan xavf-xatarsiz foydalanilishini nazorat qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasining temir yoʻl maʼmuriyati funksiyalarini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tizimiga hududiy filiallar — Toshkent, Fargʻona, Buxoro, Orolboʻyi va Qashqadaryo filiallari hamda Atrof muhit muhofazasi boʻyicha temir yoʻl ilmiy-ishlab chiqarish markazi kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikda olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasining oʻz vakolatlariga tegishli masalalar boʻyicha qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, temir yoʻl transporti xizmatlari koʻrsatuvchi yoki ulardan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasining vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligi taʼminlanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl transporti sohasidagi faoliyat litsenziyalanishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻllaridan texnik foydalanish boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni ekspertizadan oʻtkazishda va temir yoʻl transporti obyektlarini, mahsulotlarini va texnologiyalarini, ularning belgilangan talablarga muvofiqligi jihatidan, doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga qabul qilish ishlarida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, muassasalar, korxonalar va tashkilotlarning oʻz faoliyatini temir yoʻl transporti sohasida amalga oshiruvchi xodimlarining texnik foydalanish qoidalarini va yoʻriqnomalarni bilishini komissiya tuzib tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash masalalarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlik qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻllarida texnik foydalanish qoidalariga, poyezdlar harakati va manevr ishlari yoʻriqnomasiga, signalizatsiya va aloqa yoʻriqnomasiga, shuningdek, temir yoʻl transporti texnika vositalarining avariyasiz ishlashini tartibga soluvchi boshqa yoʻriqnomalar va normativ hujjatlarga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl transportida yuk va yoʻlovchilar tashish boʻyicha faoliyatni litsenziyalashni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlashga va temir yoʻl transportida yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlovchi texnik vositalarning ishonchliligini oshirishga qaratilgan oldini olish tadbirlari ishlab chiqilishi va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl transporti sohasida yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va ularning vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish va obyektlarni, mahsulotlarni va texnologiyalarni, ularning temir yoʻl transporti sohasidagi belgilangan talablarga muvofiqligi jihatidan, foydalanishga qabul qilish ishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining lavozimga yangidan tayinlanayotgan xodimlarining, shuningdek, vazirliklar, idoralar, muassasalar, korxonalar va tashkilotlarning oʻz faoliyatini temir yoʻl transporti sohasida amalga oshiruvchi xodimlarining texnik foydalanish qoidalarini va yoʻriqnomalarni bilishini belgilangan tartibda komissiya tuzib, vaqti-vaqti bilan tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuz bergan favqulodda hodisalar (avariya, halokat)ga oid xizmat tekshiruvlari oʻtkazilishida ishtirok etish hamda MDHning boshqa mamlakatlari va xorijiy mamlakatlar hududida yoʻlovchi tashish poyezdlari bilan boʻlgan temir yoʻl hodisalariga oid xizmat tekshiruvini oʻtkazishda belgilangan tartibda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan oʻtkazilayotgan poyezdlar harakati xavfsizligi talablari buzilishining xizmat tekshiruvlari toʻgʻriligini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan poyezdlar harakati xavfsizligi talablari buzilishi hisobini yuritish hamda tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakat xavfsizligi talablarini buzish hollarini hamda ularning sabablarini tasniflash va ular yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazish tartibi boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl transporti obyektlarini tayyorlovchi, quruvchi va ulardan foydalanuvchi korxonalar va tashkilotlarning poyezdlar xavf-xatarsiz harakatlanishini taʼminlash yuzasidan ishlarini texnik tekshirishni tashkil etish va belgilangan tartibda oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl transportida xavfli yuklar, qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulk, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek, harbiy kontingentlarni tranzit tashishda xulosalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda transport qurilishi korxonalarida qozonxona obyektlari va koʻtarish inshootlarini saqlash va ulardan xavf-xatarsiz foydalanish boʻyicha qoidalar va yoʻriqnomalar, normativ hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl transporti sohasida tashuvchilarning yoʻlovchilar hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun qonunda belgilangan oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha majburiyati bajarilishini nazorat qilish;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qaroriga asosan oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 37-son, 487-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, oʻziga qarashli hududiy filiallar orqali hal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasining huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl transporti sohasida harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq qoidalar, yoʻriqnomalar, nizomlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyatini temir yoʻl transporti sohasida amalga oshiruvchi vazirliklar va idoralar, muassasalar va tashkilotlarning korxonalari obyektlarini belgilangan tartibda tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harakatlanadigan tarkibni va temir yoʻl transporti sohasidagi boshqa texnik vositalarni yaratish (qurish), sinab koʻrish, seriyali ishlab chiqarish, foydalanishga qabul qilishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlardan hujjatlarni, tadbirlar rejalarini talab qilib olish, shuningdek, temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha, shu jumladan, yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligi qoidalari buzilishi hollarini tekshirish masalalari boʻyicha hisobotlarni eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha qoidalar, yoʻriqnomalar, buyruqlar va koʻrsatmalarni buzayotgan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl transporti texnika vositalaridan foydalanishni va ishlarni amalga oshirishni toʻxtatib turish, odamlarning hayoti va salomatligiga, yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligiga xavf soluvchi nosozliklar tufayli peregonlarda, stansiyalarda va kirish yoʻllarida poyezdlar harakatini toʻxtatish yoki harakat tezligini cheklash toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lokomotivlar, motor vagonli harakatdagi sostav, vagonlar, yoʻllar va oʻtkazish stryelkalari, signalizatsiya va aloqa qurilmalari, bogʻlanish tarmoqlari sifatsiz taʼmirlangan hollarda ularni tuzatishdan chiqarishni taqiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lokomotivlar, vagonlar, yoʻllar, signalizatsiya va aloqa hamda elektr taʼminoti tizimlari va temir yoʻl transportining boshqa texnika vositalarining belgilangan tartib buzilgan holda oʻtkazilgan komissiya tekshiruvlari natijalarini bekor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
poyezdlar harakati xavfsizligi talablari va standartlar buzilishi hollari boʻyicha materiallarni belgilangan tartibda tegishli organlarga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl transporti sohasida tashuvchilarning yoʻlovchilar hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun qonunda belgilangan oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha majburiyati bajarilmaganligi uchun aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish haqida sud organlariga taqdimnomalar kiritish;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 37-son, 487-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli vazirliklar, idoralar, shuningdek tashkilotlar va korxonalarga (ayni paytda ushbu tashkilotlar va korxonalar tizimiga kiruvchi vazirliklar va idoralarni xabardor qilgan holda) oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash yuzasidan ishlardagi aniqlangan buzilishlar va kamchiliklarni bartaraf etish haqida koʻriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida axborot taqdim etish muddatini belgilagan holda bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlar bilan kelishgan holda ularning vakillarini, shuningdek ularga boʻysunuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning malakali mutaxassislarini favqulodda hodisalarga oid xizmat tekshiruvini oʻtkazishda ishtirok etish, favqulodda hodisalarga oid xizmat tekshiruvini oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ekspertizalar oʻtkazish va texnikaviy maslahatlashish uchun jalb qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
poyezdlar harakati, yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash sohasidagi faoliyatni amalga oshirish va belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazish bilan bogʻliq transport, aloqa vositalari, xizmat xonalaridan, xizmat vagonining toʻsiqsiz yurishidan, shuningdek boshqa huquqlardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab safar qilishda lokomotivlar va poyezdlar brigadalari tarkibiga “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi xodimlarini belgilangan tartibda tekshiruvchilar sifatida kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalarning va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq oʻz vakolati doirasida qabul qilingan qarorlarning bajarilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi va uning hududiy filiallari mansabdor shaxslari xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshliqning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi boshligʻi maqomiga koʻra vazirning birinchi oʻrinbosariga, “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari tegishli ravishda vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi boshligʻi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda unga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari va inspeksiyaning hududiy filiallari toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning belgilangan soni doirasida “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi, shtatlar jadvalini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda inspeksiyaning xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari va Inspeksiyaning hududiy filiallari toʻgʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshliq qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasining hududiy filiallari bevosita “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi boshligʻiga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi xodimlariga belgilangan namunadagi kiyim-bosh kiyib yurishga ruxsat berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi xodimlariga qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida belgilangan mehnatga haq toʻlash va imtiyozlar tizimi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasini tugatish yoki qayta tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 108-modda; 2005-y., 3-4-son, 24-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2015-y., 37-son, 487-modda)