ILOVA
| T/r | Chora-tadbirning nomlanishi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
| I. Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash yuzasidan qonunchilik bazasini takomillashtirish | ||||
| 1. | Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan nogironligi boʻlgan bolaga gʻamxoʻrlik qilish uchun shu muassasada uning otasi yoki onasiga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxsga) yoxud oilaning bolani bevosita parvarishlayotgan boshqa aʼzosiga nogironligi boʻlgan bolaning yonida birga boʻlish uchun sharoit yaratishni, jumladan statsionar tibbiyot muassasalarida nogironligi boʻlgan bolani parvarish qilish bilan band boʻlgan shaxslarga mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilishini va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga qarovchi shaxslar uchun davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bepul ovqatlanish yoʻlga qoʻyilishini koʻzda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil aprel | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar |
| 2. | Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Loyihada ijarachi nogiron deb topilganligiga qaramasdan amaldagi ijara shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishni davom ettirish istagini bildirgan taqdirda ijara shartnomasining amal qilishi toʻxtatilmasligi nazarda tutiladi. | Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi | 2023-yil aprel | Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 3. | Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 411-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Loyihada: fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish va nogironlikni belgilash bilan bir vaqtda tegishli protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini olish uchun tibbiy xulosa tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimiga kiritilishi; protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini olish uchun talab etiladigan tibbiy xulosaning mavjudligi oʻzaro axborot almashinuvi orqali aniqlanishi; “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimiga kiritilgan tibbiy xulosa asosida mazkur axborot tizimga integratsiya qilingan “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasida nogironligi belgilangan shaxsning murojaatiga (shu jumladan, elektron tartibda) koʻra protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini olish uchun elektron sertifikat shakllantirilishi; nogironligi boʻlgan shaxslarni “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasi orqali zamonaviy protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlashda joriy etiladigan shaffof elektron navbat doirasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oila aʼzolariga ustuvorlik berilishi; protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash uchun soʻrovnomalar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan nogironligi boʻlgan shaxslar roʻyxatidan bitta soʻrovnoma va umumiy roʻyxatdan bitta soʻrovnoma tartibida navbatma-navbat shakllantirilishi; protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarining amaldagi roʻyxatini kengaytirish koʻzda tutiladi. | Hukumat qarori loyihasi | 2023-yil iyun | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 4. | Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan bolalarning nogironligi boʻlgan shaxs deb topilishi asosli ekanligini aniqlash maqsadida ularni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlarining yoʻllanmasiga asosan qaytadan tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga yuborishni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil mart | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
| 5. | Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilishda ularga nisbatan dastlabki sinov muddatini qoʻllamaslik tartibini joriy etish boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish hamda takliflar kiritish. | Tahliliy maʼlumotnoma | 2023-yil may | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz |
| 6. | Nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga oʻtish, jumladan uning mezonlarini jahon andozalariga mos tartibini joriy etish boʻyicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish safarlarini tashkil etgan holda tahlil qilish. Tahlil natijalariga koʻra aniq takliflar kiritish. | Tahliliy maʼlumotnoma | 2023-yil aprel | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| II. Nogironligi boʻlgan shaxslarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish | ||||
| 7. | 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash darajasini 60 foizga yetkazish boʻyicha belgilangan vazifa doirasida Davlat budjetidan sohaga ajratilgan mablagʻlar hisobidan 2023-yilda muhtoj shaxslarni xorijiy texnologiyalar asosida tayyorlangan quyidagi turdagi sifatli zamonaviy oyoq protez-ortopediya buyumlari: nogironligi boʻlgan shaxslarni son olib tashlangandan keyingi oyoq protezi bilan; “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan hamda I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni son protezi, boldir protezi va oyoq kamari ortoped apparatlari bilan bepul taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil davomida | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 8. | Nogironligi boʻlgan shaxslar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchi fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlarning yagona roʻyxatini shakllantirish. Mazkur roʻyxatni “Advice.uz” (e-maslahat.uz) huquqiy axborot portalida eʼlon qilib, Internet tarmogʻi orqali keng yoritib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil may | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| 9. | Advokatlik tuzilmalari va advokatlarga nogironligi boʻlgan shaxslarga ixtiyoriy bepul yordam koʻrsatishga (pro bono) koʻmaklashish doirasida “Yuridik yordam” axborot tizimida advokatlik tuzilmalari va advokatlar foydalanishi uchun ochiq boʻlgan, nogironligi boʻlgan shaxslarning ixtiyoriy bepul yuridik yordam olish boʻyicha murojaatlari boʻlimini yaratish hamda ularni xabardor qilish funksiyalarini joriy etish. Bunda, “Yuridik yordam” axborot tizimini texnik jihatdan takomillashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil aprel | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Advokatlar palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 10. | Davlat organlari va tashkilotlarida I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga, nogironligi boʻlgan bolalarga va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchi (yoʻlda kuzatib boruvchi) bir nafar fuqaroga navbatsiz xizmat koʻrsatilishini anglatuvchi maxsus axborot belgilari oʻrnatish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil may | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat va turizm vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 11. | “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasiga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi maʼlumotlarini integratsiya qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil may | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 12. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning savdo koʻrgazmalarini tashkil etish hamda nogironligi boʻlgan shaxslarga ular tomonidan tayyorlangan mahsulotlar savdosini yoʻlga qoʻyishda har tomonlama koʻmaklashish. Bunda: koʻrgazma savdolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida tashkil etiladigan hunarmandchilik mahsulotlari savdo pavilyonlarida doimiy faoliyat koʻrsatishini taʼminlash; nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning mahalliy va xorijiy elektron platformalarda savdosini yoʻlga qoʻyish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 13. | Ommaviy axborot vositalarida nogironligi boʻlgan shaxslarning faol ijtimoiy roli ijobiy qabul qilinishi hamda ularning ijtimoiy integratsiyasiga imkon beruvchi ijobiy yondashuvni gavdalantirishga qaratilgan axborotni keng yoritib borish, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarning qadr-qimmati va qobiliyati hamda ularning ish joyidagi va mehnat faoliyatidagi jamoa yutuqlariga qoʻshayotgan hissasi eʼtirof etilishiga koʻmaklashish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 14. | Nogironligi boʻlgan shaxslarga berilgan imtiyozlar toʻgʻrisida, shuningdek, nogironlik belgisiga koʻra kamsitilishga yoʻl qoʻymaslik, nogironligi boʻlgan shaxslarga oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlaridan foydalanishlari uchun qulay sharoitlar yaratish haqida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Adliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |