14.01.2023 yildagi 16-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.01.2023 yildagi 16-son
Date of entry into force
16.01.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish tizimini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya dasturlarini shakllantirish, ularni mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga keskin va ijobiy taʼsir koʻrsatadigan loyihalar bilan toʻldirishni taʼminlash, loyihalarni amalga oshirishda hamda ular ishga tushirilgandan soʻng investitsiyadan keyingi monitoring tizimini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-maydagi PF-5717-son Farmoniga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning tasdiqlangan konsepsiyalari va dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida uning asosiy koʻrsatkichlarini har yili aniqlashtirib va yangilab borgan holda uch yillik davrga shakllantirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Investitsiya dasturini, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari va boshqa markazlashtirilmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxatini shakllantirish, shuningdek, Investitsiya dasturining amalga oshirilishini umumiy monitoring va nazorat qilish boʻyicha vakolatli organ etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalari roʻyxatini xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi va boshqa markazlashtirilmagan manbalar hisobidan shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya dasturi loyihasini shakllantirish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya dasturining amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish, investitsiya dasturining axborot taʼminoti, investitsiyadan keyingi monitoringini amalga oshirish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023-yil 1-yanvardan boshlab Investitsiya dasturini “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali monitoring qilish tartibiga toʻliq oʻtsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda axborot tizimida investitsiya loyihasi amalga oshirilgandan soʻng monitoring qilishni nazarda tutuvchi funksional imkoniyatlar yaratilishi koʻzda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Milliy statistika qoʻmitasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda investitsiya dasturlari doirasida ishga tushirilgan korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻliq foydalanishga erishish maqsadida har chorakda investitsiya dasturlari doirasida yaratilgan ishlab chiqarish quvvatlari va eksport hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Markaziy bank, tijorat banklari va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishliligi boʻyicha oʻz tizimlarini uch oy muddatda “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga zarur boʻlgan maʼlumotlarni integratsiya qilishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qoʻyilsinki, 2023-yildan boshlab kelgusi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi loyihasini shakllantirish “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bir oy muddatda mazkur qarorga ilova bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablaridan kelib chiqib, tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni tayyorlash, amalga oshirish va monitoring qilish tartibini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 14-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-yanvardagi 16-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya dasturi) shakllantirish va amalga oshirish tartibini hamda uning mazmuniga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Investitsiya dasturi tarmoq va hududiy rivojlanish konsepsiyalari bazasida shakllantirilgan, uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan hamda mavjud tabiiy, mineral xom ashyo, moliyaviy, moddiy, mehnat resurslari va boshqa resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari asosida mamlakat iqtisodiyotini barqaror va jadal rivojlantirishga erishish, respublika iqtisodiyotining alohida tarmoqlarini tuzilmaviy oʻzgartirish boʻyicha asosiy ustuvor yoʻnalishlar va vazifalarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan oʻzaro bogʻlangan kompleks chora-tadbirlardan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimi — “investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish”ning avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biznes-reja — investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun maqsadli koʻrsatkichlarga erishish yoʻllarini va muammolarini tahlil qilish asosida yechimlarni belgilash va foyda koʻrishga qaratilgan tizimli faoliyat rejasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasi — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga yoki jalb etishga qaratilgan, oʻzaro bogʻliq boʻlgan tadbirlar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya dasturini moliyalashtirish manbalari — markazlashtirilmagan manbalar hamda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — XMI/XHMT), Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiyadan keyingi monitoring — investitsiya loyihasi amalga oshirilgandan boshlab investitsiyadan keyingi davrda loyiha hujjatlarida koʻzda tutilgan maqsadli koʻrsatkichlarga erishishni kuzatish jarayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiyadan keyingi bosqich — ishlab chiqarish quvvatlari foydalanishga topshirilgan paytdan boshlab obyektning besh yillik faoliyatiga qadar boʻlgan davr;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
infratuzilma loyihasi — past rentabelli yoki rentabelsiz ijtimoiy, yoʻl-transport, suv xoʻjaligi va muhandislik-kommunikatsiya obyektlarini qurish, modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish hamda kengaytirishga qaratilgan loyiha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha — mahsulot (tovar, ish, xizmat)ni yaratishga yoʻnaltirilgan alohida oʻzaro bogʻlangan tadbirlar majmui. Loyihalar maqsadidan kelib chiqib, investitsiya va infratuzilma loyihalariga boʻlinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha tashabbuskorlari — Investitsiya dasturi doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga rahbarlik qiluvchi davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar, xoʻjalik birlashmalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-smeta hujjati — hajmiy-rejali, amaliy va texnikaviy yechimlarni, binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning qurilishi, rekonstruksiyasi hamda mukammal taʼmirlanishi, shuningdek, obodonlashtirish ishlari qiymatini belgilovchi loyiha hujjati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha hujjatlari — loyihani moliyalashtirish shartlarini hisobga olgan holda belgilangan loyihani amalga oshirishning yakuniy, eng oqilona va samarali texnik, tashkiliy va moliyaviy-iqtisodiy yechimlarini belgilovchi ishchi loyiha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha pasporti — Investitsiya dasturiga kiritish uchun taklif etiladigan loyihaning asosiy parametrlari toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga oluvchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markazlashtirilmagan manbalar — investorning shaxsiy mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasining kafolatisiz olingan, shu jumladan, chet el banklaridan olingan bank kreditlari, toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
past quvvatda ishlayotgan korxona — Investitsiya dasturi doirasida (moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar) ishga tushirilgan va quyidagi mezonlarga mos keladigan korxona:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud quvvatlardan foydalanish belgilangan texnik-iqtisodiy parametrlarga nisbatan kam boʻlgan (yarim quvvatda ishlayotgan) va mos davrga nisbatan kam soliq toʻlovlarini amalga oshirgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uskunalarning ishlab chiqarish quvvatlaridan past darajada foydalaniladigan (60 foiz);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rivojlanish konsepsiyasi (strategiyasi) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va uzoq muddatli istiqbolda sanoat tarmoqlari hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha strategik vazifalarni oʻz ichiga oluvchi, aniq tarmoqlar va hududlarning kompleks, istiqbolli va ilmiy asoslangan rivojlanish rejasini oʻzida aks ettiruvchi hamda mavjud muammolar bosqichma-bosqich va tizimli hal etilishini taʼminlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik-iqtisodiy asoslar yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitob — loyihaning umuman eng koʻp miqdordagi qiymatini va moliyalashtirish ehtiyoji hajmini koʻrib chiqilgan moliyalashtirishning dastlabki shartlarini hisobga olgan holda belgilab beruvchi muqobil variantlarni oʻrganish asosida loyihani amalga oshirishning eng samarali texnik-texnologik va tashkiliy yechimini tanlashni asoslab beruvchi loyihaoldi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chetlanishlar — bu investitsiyadan keyingi monitoring jarayonida aniqlanadigan texnik-iqtisodiy parametrlarning amaldagi natijalarining rejalashtirilgan natijalarga koʻra oʻzgarishlaridir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar Investitsiya dasturini shakllantirishning asosiy tamoyillari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikani rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari bilan muvozanatlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihaning (investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi, texnik-iqtisodiy hisob-kitobi va biznes-rejalari) mavjud boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarning moliyaviy, mineral xom ashyo, tabiiy, mehnat resurslari va boshqa resurslar bilan oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir loyihani amalga oshirishda va ular doirasida ajratiladigan mablagʻlarni oʻzlashtirishda kambagʻallikni qisqartirish va aholining turmush darajasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining yashash sharoitlarini yaxshilash bilan bogʻliq barcha dolzarb masalalarni hal etish uchun talab etiladigan mablagʻlar hajmini aniqlash va ushbu masalalarni Investitsiya dasturi doirasida qamrab olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada olib borilayotgan investitsiya siyosatida koʻzda tutilgan mamlakat iqtisodiyotining real sektorining hududlarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari bilan integratsiyasi qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish quvvatlarini kompleks joylashtirishning asosiy tamoyillariga amal qilinishi, xususan, ishlab chiqarishni xom ashyo manbalari, yoqilgʻi, infratuzilma, transport-kommunikatsiya va mehnat resurslariga yaqinlashtirish, birinchi navbatda resurslarning eng samarali turlarini oʻzlashtirish va ulardan kompleks foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni tarmoqlar va hududlarning rivojlanish dasturlarida belgilangan muddatlarga muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi turmush darajasining sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan sogʻliqni saqlash, taʼlim va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohalaridagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mineral xom ashyo resurslarini va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish orqali yuqori qoʻshilgan qiymatga ega, tashqi bozorda raqobatbardosh boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻgʻridan-toʻgʻri, shu jumladan, chet el investitsiyalari va kreditlarini olib borilayotgan investitsiya siyosatining ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq oʻzaro manfaatli shartlarda jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya takliflarini tayyorlash va tashabbuskorlar tomonidan kiritiladigan loyihalarni, ularning iqtisodiy samaradorligi va istiqbolini hisobga olgan holda tanlashning taʼsirchan va shaffof mexanizmini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish uchun investorlarni, shu jumladan, chet ellik investorlarni jalb etish hisobidan mamlakat iqtisodiyotiga yoʻnaltiriladigan investitsiyalar hajmini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport infratuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirish, shu jumladan, transkontinental transport koridorlariga integratsiyalash, logistika majmualarini va transport-logistika “xab”larini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish va ularni xususiylashtirish doirasida yirik loyihalarni qamrab olish hamda boʻsh turgan yakunlanmagan qurilishlarni belgilangan tartibda moliyalashtirish yoʻli bilan ularning hajmlarini kamaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Investitsiya dasturining barcha hisob-kitoblari respublikaning uch yillik davrga moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish parametrlarining prognozlari hamda rivojlanish konsepsiyalariga muvofiq amalga oshiriladi hamda qoʻshimcha ravishda kuyidagi mezonlar hisobga olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoq (hudud)ning istiqboldagi prognoz koʻrsatkichlari va eksport salohiyatining prognoz koʻrsatkichlarining oʻsish surʼatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqning belgilangan makroiqtisodiy va ijtimoiy koʻrsatkichlarga taʼsirining oʻzgarishi va eng koʻp ish oʻrinlarini tashkil etish imkonini beruvchi investitsiya loyihalarini tanlash va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlashtirilgan va jalb etiladigan investitsiyalarning samaradorligi, asosiy fondlarning holati va quvvatlardan foydalanish darajasi va loyihalarning ijtimoiy ahamiyati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Investitsiya dasturi tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish muddatlari va moliyalashtirish manbalarini hisobga olgan holda, har yili uning asosiy koʻrsatkichlariga aniqlik kiritish va yangilash orqali mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini uch yillik davrga shakllantirish va amalga oshirish sxemasiga muvofiq shakllantiriladi va amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya dasturini shakllantirish jarayoni bir yillik davrga ega boʻlib, har bir yil yakunida tayyorlash, muvofiqlashtirish va tuzatishlar kiritishni taʼminlaydigan jadval asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Investitsiya dasturini amalga oshirishning birinchi yiliga loyiha hujjatlari va moliyalashtirish manbalari tasdiqlangan, yangidan boshlanadigan loyihalar, shuningdek, oldingi dasturda belgilangan amalga oshirish muddatlarini hisobga olgan holda bir davrdan keyingisiga oʻtadigan loyihalar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Investitsiya dasturi amalga oshirilayotgan birinchi yilda belgilangan koʻrsatkichlar bajarilishining tanqidiy tahlilini amalga oshiradi, shuningdek, mavjud moliyaviy va boshqa resurslar bilan oʻzaro bogʻlangan tuzatishlarni kiritish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralar koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya dasturini amalga oshirishning ikkinchi yiliga qiymatiga belgilangan tartibda aniqlik kiritilgan, tender yoki tanlov natijalari boʻyicha belgilangan amalga oshirish muddatlarini hisobga olgan holda, birinchi yildan oʻtadigan loyihalar, shuningdek, loyiha hujjatlari birinchi yili tayyorlanadigan va tasdiqlanadigan yangi boshlanayotgan loyihalar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya dasturini amalga oshirishning uchinchi yiliga qiymatiga belgilangan tartibda aniqlik kiritilgan, tender yoki tanlov natijalari boʻyicha belgilangan amalga oshirish muddatlarini hisobga olgan holda, yildan-yilga oʻtadigan loyihalar, shuningdek, loyiha hujjatlari ikkinchi yili tayyorlanadigan va tasdiqlanadigan yangi boshlanayotgan loyihalar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Investitsiya dasturining loyihasi quyidagi tartibda shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi — XMI/XHMT, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari va boshqa markazlashtirilmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari boʻyicha har yili 1-aprelga qadar Investitsiya dasturiga kiritish uchun loyihalarni shakllantirishga doir metodik tavsiyalarni ishlab chiqib, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va xoʻjalik birlashmalariga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Investitsiya dasturining barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan yigʻma koʻrsatkichlarni har yili 1-avgustga qadar shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda Investitsiya dasturi loyihasiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun chet ellik investorlarni jalb etishda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilar loyihalarni Investitsiya dasturining manzilli qismiga kiritishning majburiy shartlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XMI/XHMT, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda markazlashtirilmagan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarning belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihaoldi yoki loyiha hujjatlari yoki loyiha-smeta hujjatlari mavjudligi, toʻgʻridan-toʻgʻri, shu jumladan, chet el investitsiyalari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan moliyalashtirish manbalari va loyihaning umumiy qiymati 500 ming dollardan kam boʻlmagan miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan investitsiya loyihalari boʻyicha loyiha pasporti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya dasturiga kiritish uchun boshqa asoslar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining hujjatlari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar Investitsiya dasturiga loyihalarni kiritish uchun tanlab olishning asosiy mezonlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning maqsadga muvofiqligi va iqtisodiy samaradorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kambagʻallikni qisqartirish, ish oʻrinlarini tashkil etish va aholining turmush darajasi sifatini oshirishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan ijtimoiy manfaatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning tasdiqlangan tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarining kutilayotgan natijalari bilan oʻzaro bogʻliqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarning boʻsh turgan yoki samarasiz foydalanilayotgan davlat mulki obyektlarida joylashtirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish quvvatlarining jadal rivojlanishini, mineral xom ashyo resurslari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining chuqur qayta ishlanishini, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlarning ishlab chiqarilishini taʼminlash hamda eksportga moʻljallangan va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning energiya samaradorligi va uni amalga oshirish natijasida elektr energiyasining tejamkorligini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Investitsiya loyihalari roʻyxatini XMI/XHMT, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi va boshqa markazlashtirilmagan manbalar hisobidan shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi har yili 1-aprelga qadar Investitsiya dasturi loyihasini shakllantirish maqsadida tegishli shakllar, namunalar va maketlarni ishlab chiqadi va loyiha tashabbuskorlariga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Investitsiya dasturi loyihasini shakllantirish maqsadida har yili 1-mayga qadar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha tashabbuskorlari — vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari sohalar va hududlarni rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarini inobatga olgan holda investitsiya takliflarini (bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi “mahalla yettiligi”ning takliflarini olinishi taʼminlanadi);
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyundagi 334-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2024-y., 09/24/334/0419-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi — davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining roʻyxatini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish va ularni xususiylashtirish doirasidagi investitsiya takliflarini Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 20-iyunga qadar Investitsiya dasturi loyihasiga kiritish uchun taqdim etiladigan loyihalar boʻyicha loyiha hujjatlariga muvofiq iqtisodiy samaradorligi, ustuvorligi va maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda, investitsiya takliflarini baholashni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalarining dastlabki roʻyxatini shakllantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi birinchi navbatda, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini (elektr, gaz, suv taʼminotini, kanalizatsiya, yoʻl va boshqalar) rivojlantirish va moliyaviy tahlilning umumqabul qilingan uslubidan foydalanish zarurligini hisobga olgan holda, ularni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini baholash natijalariga koʻra Investitsiya dasturi loyihasiga kiritish uchun taqdim etiladigan investitsiya loyihalarini tanlab oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv sohasida investitsiya loyihasi takliflari mahalliy hokimiyat vakillik organlari deputatlari tomonidan hududiy ichimlik suv taʼminoti tashkilotlari bilan birgalikda joylarga chiqqan holda tegishli aholi punktlarining faollari bilan muhokama qilinib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlarida muhokama qilishga kiritiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 517-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2024-y., 09/24/517/0632-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Investitsiya dasturi loyihasini shakllantirish va tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar, xoʻjalik birlashmalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda, har yili 1-avgustga qadar taqdim etilgan takliflarni umumlashtiradi va dastlabki Investitsiya dasturining loyihasini hamda investitsiya loyihalarning manzilli roʻyxatlarini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 10-avgustga qadar Investitsiya dasturining dastlabki loyihasini hamda investitsiya loyihalarining roʻyxatini Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vazirlar Mahkamasi har yili 25-avgustga qadar Investitsiya dasturining dastlabki loyihasini hamda investitsiya loyihalarining roʻyxatlarini Vazirlar Mahkamasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan koʻrib chiqadi va Investitsiya dasturi boʻyicha takliflarni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Loyiha tashabbuskorlari — vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili 25-oktabrga qadar investitsiya loyihalarining loyiha-smeta hujjatlarini oʻz vaqtida belgilangan tartibda ishlab chiqib, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan kelishilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda, har yili 10-noyabrga qadar Investitsiya dasturi loyihasini, shu jumladan, Investitsiya dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish bilan erishiladigan asosiy koʻrsatkichlarini, ularning mamlakat iqtisodiyotiga taʼsirini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Vazirlar Mahkamasi har yili 1-dekabrga qadar Investitsiya dasturining loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Investitsiya dasturining tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Investitsiya dasturi tuzilmasini quyidagilar tashkil etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi moliyaviy yilga investitsiyalarning asosiy parametrlari, moliyalashtirish manbalari, tarmoqlar va yoʻnalishlar boʻyicha keyingi ikki yil uchun prognoz koʻrsatkichlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XMI/XHMT, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlari, markazlashtirilmagan manbalari hisobidan birinchi yilda mablagʻlari oʻzlashtiriladigan loyihalarning manzilli qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi yilda moliyalashtirishni boshlash va mablagʻlarni oʻzlashtirish uchun birinchi yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan, muvofiqlashtiriladigan va tasdiqlanadigan investitsiya loyihalarining roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi va (yoki) uchinchi yili moliyalashtirishni boshlash va mablagʻlarni oʻzlashtirish uchun dastlabki ikki yilda ishlab chiqilishi kerak boʻlgan istiqbolli tarmoq va hududiy investitsiya loyihalarining roʻyxatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning ikkinchi yildagi va keyingi yillardagi koʻrsatkichlariga birinchi yili tugallanmagan loyihalarni hisobga olgan holda, tarmoqlarni rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq, shu jumladan, boshlanmagan loyihalar oʻrniga yangi loyihalarni kiritish orqali har yili aniqlik kiritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yigʻma jadvallarga ega tahliliy qism, shu jumladan, Investitsiya dasturini amalga oshirish hisobidan erishilishi kerak boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Investitsiya dasturi amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish jarayonini monitoring va nazorat qilish “investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish va undan foydalanishni tashkil etish reglamentiga muvofiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha tasdiqlanadigan kompleks tarmoq jadvali asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompleks tarmoq jadvali reglamentda belgilangan tartibda axborot tizimi yordamida shakllantiriladi, muvofiqlashtiriladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Loyiha tashabbuskorlari har oyning beshinchi kunidan kechiktirmasdan, axborot tizimi orqali Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga Investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi har oyning oʻninchi kunidan kechiktirmasdan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga Investitsiya dasturini amalga oshirish ishlarining borishi haqidagi jamlanma tahliliy maʼlumotni taqdim etib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Loyiha tashabbuskorlari investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Investitsiya dasturining axborot taʼminoti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Investitsiya dasturining axborot taʼminotini shakllantirish va yuritish ishlari Investitsiya dasturiga kiritilgan kapital qurilish obyektlari, koʻchmas mulk obyektlari, investitsiya loyihalari hamda ularga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar haqidagi maʼlumotlarni kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Axborot taʼminotini shakllantirish va yuritishda davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar bilan ishlash Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Axborot taʼminoti resursiga kiritilgan, davlat siri hisoblanmagan maʼlumotlar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Axborot taʼminoti resursiga kiritilgan, davlat sirini tashkil qiluvchi maʼlumotlarni taqdim etish ishlari mansabdor shaxslari shunday axborotdan foydalanish uchun tegishli vakolati boʻlgan organlar va tashkilotlarning soʻrovlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Investitsiyadan keyingi monitoringni amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Investitsiya dasturi doirasida ishga tushirilgan obyektlarni monitoring qilish ishlari “investitsiya loyihalarini amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi yordamida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot tizimida investitsiyadan keyingi monitoringni koʻzda tutuvchi funksional imkoniyatlar yaratilgunga qadar ishga tushirilgan obyektlar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan tegishli davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar, xoʻjalik birlashmalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishchi guruhlar tashkil qilgan holda joylarga chiqib, oʻrganish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ishchi guruhlar ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomalar asosida oʻrganish olib boradi, oʻrganish natijasida yagona bazani hamda past quvvatda ishlayotgan korxonalar va chetlanishlar boʻlgan mavjud korxonalar roʻyxatini shakllantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Ishchi guruhlar ishga tushirilgan korxonalar boʻyicha ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini (maʼlumotlarni), statistika organlari maʼlumotlari hamda boshqa turdagi maʼlumotlarni loyihalarning biznes rejalari, tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslar yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitobda koʻzda tutilgan koʻrsatkichlar bilan taqqoslab, nomuvofiqliklarni hamda obyektlardagi muammolarni aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Ishchi guruhlar oʻrganish natijasida tayyorlangan maʼlumotlarni mohiyati, yoʻnalishi va tegishliligi boʻyicha umumlashtirib, guruhlarga ajratib, mavjud holat va muammolarni aniq yoritgan holda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bir hafta muddatda kelib tushgan maʼlumotlar jamlanmasini tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda, mavjud tizimli va yakka holdagi muammolar boʻyicha, past quvvatlarda ishlayotgan korxonalarda ishlab chiqarishni toʻliq quvvatga yetkazish boʻyicha yechimlarni koʻzda tutuvchi tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalar boʻyicha Hukumat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) tasdiqlash uchun kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Tegishli davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar, xoʻjalik birlashmalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasdiqlangan chora-tadbirlarning ijrosini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining ijrosi boʻyicha tizimli monitoring olib boradi va Hukumat komissiyasiga maʼlumotlarni kiritib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi Investitsiya dasturini amalga oshirish ishlarining borishi, shu jumladan loyihalar tashabbuskorlari mablagʻlarini, tijorat banklari kreditlarini, toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati ostida olinadigan chet el kreditlarini oʻzlashtirish va moliyalashtirish (jalb etish) boʻyicha statistika maʼlumotlarining axborot bazasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar, xoʻjalik birlashmalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Investitsiya dasturini amalga oshirish ishlarining borishi haqidagi, shu jumladan, XMI/XHMT, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari, loyihalar tashabbuskorlarining oʻz mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari, toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati ostida olinadigan chet el kreditlari haqidagi maʼlumotlarni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan qatʼiy kelishgan holda tarqatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini uch yillik davrga shakllantirish va amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

Masʼul vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlar

I. Investitsiya loyihalari roʻyxatini XMI/XHMT, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va xorijiy kafolatlanmagan kreditlar hamda boshqa markazlashtirilmagan manbalar hisobidan shakllantirish

1-bosqich

Investitsiya dasturi loyihasiga kiritish uchun investitsiya takliflarini taqdim etish shakllarining namunalari va maketlarini ishlab chiqish va tashabbuskorlarga yuborish.

Har yili 1-aprelgacha

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

2-bosqich

Sohalar va hududlarni rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlaridagi topshiriqlarni inobatga olgan holda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga investitsiya dasturi loyihasiga kiritish uchun investitsiya takliflarini taqdim etish.

Har yili 1-maygacha

Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga Investitsiya dasturi loyihasiga kiritish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladigan investitsiya takliflarini taqdim etish.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga Investitsiya dasturi loyihasiga kiritish uchun davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish va ularni xususiylashtirish doirasidagi investitsiya takliflarini taqdim etish.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

3-bosqich

Investitsiya dasturi loyihasiga kiritish uchun taqdim etiladigan va quyidagilarni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalarining dastlabki roʻyxatini shakllantirish:

boshqalar tasarrufiga oʻtuvchi obyektlar boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish, tugallangan obyektlar boʻyicha kreditor qarzdorlikni qoplash;

yangi boshlanadigan loyihalar, loyiha hujjatlari va belgilangan tartibda tasdiqlangan moliyalashtirish manbalari;

markazlashtirilmagan manbalar, XMI/XHMT va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilayotgan loyihalar boʻyicha — loyiha hujjatlariga muvofiq iqtisodiy samaradorligi, ustuvorligi va maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda investitsiya takliflarini baholash.

Birinchi navbatda, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini (elektr, gaz, suv taʼminotini, kanalizatsiya, yoʻl va boshqalar) rivojlantirish va moliyaviy tahlilning umumqabul qilingan uslubidan foydalanish zarurligini hisobga olgan holda, ularni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini baholash natijalariga koʻra Investitsiya dasturi loyihasiga kiritish uchun taqdim etiladigan investitsiya loyihalarini tanlab olish.

Har yili 20-iyungacha

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

II. Uch yillik investitsiya dasturi loyihasini shakllantirish va tasdiqlash

1-bosqich

Taqdim etilgan takliflarni umumlashtirish va Investitsiya dasturi loyihasiga kiritish uchun taklif qilingan investitsiya loyihalarining dastlabki roʻyxatini shakllantirish.

Har yili 1-avgustgacha

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2-bosqich

Investitsiya dasturi loyihasiga kiritish uchun Vazirlar Mahkamasiga investitsiya loyihalarining dastlabki roʻyxatini kiritish.

Har yili 10-avgustgacha

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

3-bosqich

Investitsiya dasturi loyihasiga kiritiladigan investitsiya loyihalarining dastlabki roʻyxatini Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlinmalari bilan kelishish.

Har yili 25-avgustgacha

Vazirlar Mahkamasi

4-bosqich

Loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda oʻz vaqtida ishlab chiqish va kelishishni taʼminlash, shuningdek Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining ekspertiza organlariga (ijtimoiy obyektlar boʻyicha) keyinchalik quyidagilarga kiritish uchun taqdim etish:

XMI/XHMT va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va xorijiy kafolatlanmagan kreditlar hamda boshqa markazlashtirilmagan manbalar boʻyicha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga.

Har yili 25-oktabrgacha

Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, loyihalar tashabbuskorlari

5-bosqich

Investitsiya dasturi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Har yili 10-noyabrgacha

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

6-bosqich

Investitsiya dasturi loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

Har yili 1-dekabrgacha

Vazirlar Mahkamasi

III. Investitsiya dasturi ijrosi monitoringini olib

1-bosqich

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha kompleks tarmoq jadvallarini tayyorlash, kelishish va tasdiqlash.

Belgilangan muddatda

Loyiha tashabbuskorlari, Vazirlar Mahkamasi

2-bosqich

Investitsiya dasturining ijro holatini “investitsiya loyihalarining amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) foydalangan holda monitoring va nazorat qilish.

Doimiy ravishda

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

3-bosqich

Investitsiya, sanoat va savdo vazirligiga Investitsiya dasturining ijro holati boʻyicha axborot tizimi orqali maʼlumotlar taqdim qilish.

Har oyning 5 kunigacha

Loyiha tashabbuskorlari

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga Investitsiya dasturining ijro holati boʻyicha axborot tizimi orqali yigʻma maʼlumotlarni taqdim qilish.

Har oyning 10 kunigacha

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LOYIHA PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1. Asosiy nizomlar

Loyiha nomi

Tashabbus uchun asos

Loyihaning tasdiqlangan rivojlanish konsepsiyalari va/yoki dasturlari bilan bogʻliqligi

(konsepsiya va/yoki dasturning nomi hamda dastur va konsepsiya doirasida loyihaning hal qilinadigan vazifalari)

Loyihaning boshlanish va yakunlanish muddatlari

Loyiha tashabbuskori

(tashkilotning toʻliq nomi, STIR, asosiy faoliyat turi, joylashgan joyi (pochta manzili), mulkchilik shakli, xodimlar soni, rahbarning F.I.O., bogʻlanish uchun telefon raqami va faks raqamlari, elektron pochta manzili)

Loyiha ijrochisi va hamijrochisi

(tashkilotning toʻliq nomi, STIR, asosiy faoliyat turi, yuridik va pochta manzili, mulkchilik shakli, xodimlar soni, rahbarning F.I.O., bogʻlanish uchun telefon raqami va faks raqamlari, elektron pochta manzili)

Loyihani amalga oshirish hududi

Loyihaning umumiy qiymati

Loyiha amalga oshirilayotgan tarmoq

2. Loyiha tavsifi

Loyihani amalga oshirishdan maqsad

Marketing maʼlumotlari

ishlab chiqarilishi moʻljallanayotgan mahsulot va uning xususiyatlari

loyihaning boshqa raqobatdosh afzalliklari

asosiy raqobatchilar

import oʻrnini bosuvchi yoki eksport qilinishi moʻljallanayotgan mahsulot hajmi

eksport maydoni

3. Loyihaning asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlari

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Oʻlchov birligi

Jami

Rejalashtirilayotgan moliyalashtirish manbai

oʻz mablagʻlari

jalb qilinayotgan mablagʻlar (manba nomi)

1.

Kapital qoʻyilmalar summasi, jami:

mashinalar va asbob-uskunalar

qurilish-montaj ishlari

boshqa mablagʻlar

2.

Korxona quvvati, shu jumladan: yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi, shundan eksport hajmi

tegishli birliklarda

3.

Yaratilayotgan ish oʻrinlari soni, shundan doimiy va mavsumiy, vaqtincha (qurilish-montaj ishlari davrida)

Nafar

4.

Loyihaning hisoblangan oʻzini qoplash muddati

Yil

5.

Investitsiya davri muddati

Oy

4. Loyiha budjeti (yillarda)

T/r

Mablagʻlar manbai

Oʻlchov birligi

Amalga oshirish muddati

20__

20__

20__

20__

20__

Jami

Moliyalashtirish manbai

1.

XMI/XHMT, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi:

1.1.

……..

2.

Markazlashtirilmagan manbalar:

2.1.

……..

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2023-y., 09/23/16/0030-son; 14.06.2024-y., 09/24/334/0419-son; 20.08.2024-y., 09/24/517/0632-son; 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)