10.08.2022 yildagi 440-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.08.2022 yildagi 440-son
Date of entry into force
11.08.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari ijtimoiy-iqtisodiy barqaror rivojlanishida ixtirochilik va ratsionalizatorlikning muhim ahamiyatini eʼtiborga olib, ixtirochilar va ratsionalizatorlarning ijodiy salohiyatidan foydalanishda nodavlat notijorat tashkilotlar rolini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Innovatsion rivojlanish vazirligining nodavlat notijorat tashkilot shaklidagi Oʻzbekiston Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyatini (keyingi oʻrinlarda — Jamiyat) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Innovatsion rivojlanish vazirligiga ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida quyidagi vazifalar yuklansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan tashkilotlarning ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan nodavlat notijorat tashkilotlar tashkil etishga va ularning faoliyatiga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha koʻrgazmalar hamda koʻrik-tanlovlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika darajasida oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlar gʻoliblarini taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirishda imtiyozlar berish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga takliflar kiritib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-oktabrga qadar Jamiyat faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish toʻgʻrisida namunaviy nizom ishlab chiqish, tasdiqlash va oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtirochilar va ratsionalizatorlarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha koʻrgazmalar hamda ularning doirasida koʻrik-tanlovlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatga respublikadagi tajribali olimlar, ixtirochilar va ratsionalizatorlarni jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joriy qilingan ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflarini ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyati boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan tashkilotlarning innovatsiyalarni joriy etish boʻyicha vazifalar yuklatilgan rahbar oʻrinbosarlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tarmoqda ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, rivojlantirish hamda natijalarini amaliyotga joriy etishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoq tashkilotlarida mavjud texnik va texnologik muammolar yechimiga tegishli ilmiy tashkilotlar, ixtirochilar va ratsionalizatorlarni keng jalb qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoq tashkilotlarida joriy etilgan, iqtisodiy samara bergan ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarining mualliflarini, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarini ishlab chiqarishga joriy etishda xizmat koʻrsatgan xodimlarni tegishli innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ragʻbatlantirib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Prezident taʼlim muassasalari agentligining 2022-yildan boshlab har yili hududlar, tarmoqlar va sohalar kesimida ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha koʻrgazmalar va ularning doirasida koʻrik-tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlar gʻoliblariga quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofotlari berilishi nazarda tutiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-oʻringa — bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-oʻringa — bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-oʻringa — bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlar gʻoliblari Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mukofotlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) koʻrik-tanlovlarda gʻoliblarning ixtironi patentlash bilan bogʻliq xarajatlari Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) koʻrik-tanlovlarda gʻoliblarning ixtirolarini kelgusida startap loyihalar doirasida moliyalashtirishga ustuvorlik beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Innovatsion rivojlanish vazirligi 2022-yil 1-oktabrga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha koʻrgazmalar va ularning doirasida koʻrik-tanlovlar oʻtkazish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrik-tanlovlarni onlayn formatda oʻtkazish maqsadida elektron platforma ishga tushirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, mazkur qarorning 5-bandida nazarda tutilgan koʻrgazmalar va koʻrik-tanlovlar gʻoliblari oʻzlari tamomlangan taʼlim yoʻnalishidan kelib chiqib:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarining tegishli texnik taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha magistratura mutaxassisligiga Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining granti hisobidan, qabul parametrlaridan tashqari oʻqishga imtihonsiz qabul qilish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga kiritilgan takliflar asosida chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishga masʼul tarkibiy boʻlinma lavozimlariga ishga qabul qilishda ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarining mualliflariga (nomzodlarga) ustunlik berilishi tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda mavzuga oid maqolalar, turkum telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar tashkil etish orqali aholi oʻrtasida ixtirochilik va ratsionalizatorlikka qiziqishni oshirishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Innovatsion rivojlanish vazirligi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-dekabrdagi 596-son qarori bilan tasdiqlangan Ratsionalizatorlik faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni bugungi zamon talablaridan kelib chiqib, shu jumladan, ixtirochiga toʻlash lozim boʻlgan mukofotning eng kam miqdori korxonadagi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 foizidan kam boʻlmasligi kerakligi nazarda tutgan holda, qayta koʻrib chiqish boʻyicha taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 10-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
440-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 09/22/440/0731-son)