Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
09.04.2026
16.12.2025
04.09.2025
15.04.2022
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.02.00 Kartografiya]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi hamda Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat yer nazoratini mahalliy davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organlari (Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi) tomonidan amalga oshirish tartibi;
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat kadastr nazoratini Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan amalga oshirish tartibi;
(1-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlarining vazifa va funksiyalari, ushbu organlar mansabdor shaxslari tarkibi, nazorat tadbirlari ishtirokchilari, ularning huquqlari va majburiyatlari, davlat yer va kadastr nazoratini tashkil etish va oʻtkazish tartibi;
(1-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlashda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish va jamoatchilik nazorati subyektlarini bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (jarima miqdoridan oshmagan) miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish tartibi;
(1-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat yer va kadastr nazorati natijasida huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, aybdor shaxslarning javobgarligi masalasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat geodeziya nazoratini Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi (maxsus vakolatli davlat organi) tomonidan amalga oshirish tartibi;
(1-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish, shuningdek, geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni, geodeziya punktlarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda hisobga olishni tashkil etish, davlat kartografiya-geodeziya fondining faoliyat yuritishini taʼminlashni davlat geodeziya nazoratining asosiy vazifalari etib belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat geodeziya nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organining vazifa va funksiyalari, ushbu organ mansabdor shaxslari tarkibi, nazorat tadbirlari ishtirokchilari, ularning huquqlari va majburiyatlari, davlat geodeziya nazoratini tashkil etish va oʻtkazish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat geodeziya nazorati natijasida huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, aybdor shaxslarning javobgarligi masalasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerga oid munosabatlarda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 18-sentabrdagi PQ-287-son qarori bilan quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat yer nazorati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — maxsus vakolatli davlat organlari) tomonidan amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash, oʻzboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish bilan bogʻliq huquqbuzarlik darajasiga qarab, ularni “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalardagi hududlarga boʻlish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Belgilansinki, maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkaziladigan monitoring kuzatuvlarida yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash hamda oʻzboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish boʻyicha aniqlangan holatlar belgilangan tartibda “E-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi hamda dastlabki maʼlumotlar tegishliligi boʻyicha maxsus vakolatli davlat organlariga yuboriladi. Bunda monitoring kuzatuvlari “qizil” toifadagi hududlarda har chorakda, “sariq” toifadagi hududlarda har olti oyda hamda “yashil” toifadagi hududlarda bir yilda bir marotaba oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish orqali yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash hamda oʻzboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish holatlari darajasi har chorakda 15 foizdan kam boʻlmagan miqdorda tushirib boriladi.
(11 va 12-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 14-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
183-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 183-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat yer nazorati — yuridik va jismoniy shaxslar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar majmui;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat kadastr nazorati — yuridik va jismoniy shaxslar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat kadastrlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar majmui;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega boʻlgan qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron grafik imzo (keyingi oʻrinlarda — EGI) — elektron hujjatni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda planshet yoki kompyuterga oʻrnatilgan texnik qurilmalar yordamida tasdiqlaydigan elektron hujjatdagi shaxs tomonidan qoʻlda (yozma ravishda) amalga oshiriladigan grafikli imzo;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgarishlar natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik mavjud emasligini aniqlash va elektron raqamli imzo kalitining egasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan imzo;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi — fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarsiz, shu jumladan, bunday hujjatlar yoʻqolgan yoki toʻliq rasmiylashtirilmagan holda egallab kelinayotgan yoki ortiqcha egallangan yer uchastkasi;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat — qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida qurilgan uy-joy, boshqa bino va inshoot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“E-YERNAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “E-YERNAZORAT” AAT) — yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, hujjatlar toʻplamini shakllantirish va ularni oʻz vaqtida va obyektiv koʻrib chiqish maqsadida elektron hujjatlar almashinuvi, shuningdek huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etishgacha boʻlgan holatlarni kuzatib borish imkoniga ega boʻlgan integratsiyalashtirilgan axborot tizimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat yer va kadastr nazorati Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yuridik va jismoniy shaxslar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash davlat yer nazoratining asosiy vazifasi hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat kadastrlarini yuritishga masʼul boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat kadastrlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish davlat kadastr nazoratining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshiradigan davlat organlari qonunbuzilishining oldini olish maqsadida yer va kadastr toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish tadbirlarini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat yer nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat yer nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori turuvchi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan quyi turuvchi mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida yer toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari Kengashlari tomonidan mahalliy ijro hokimiyati organlari va ularga boʻysunuvchi davlat organlari faoliyatida yer toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar davlat yer nazorati boʻyicha maxsus vakolatli davlat organlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzagroinspeksiya”) va uning hududiy organlari — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasi boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi) va uning hududiy organlari — muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan yerlar, ustuvor ravishda ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sogʻlomlashtirish maqsadlarida foydalaniladigan yerlar, oʻrmonlar, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan zonalar, tabiiy suv havzalari, xavfli chiqindilar koʻmilgan hamda saqlanayotgan maxsus ombor va chiqindi poligonlariga moʻljallangan yerlar boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va uning hududiy organlari — binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda (bosh rejalarda nazarda tutilmagan) binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish holatlari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Qurilish va kommunal xoʻjaligi inspeksiyasi) va uning hududiy organlari — koʻp kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilgan koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkalari, Qurilish va kommunal xoʻjaligi inspeksiyasi ruxsatnomasi talab etiladigan qurilish obyektlari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) va uning hududiy organlari — qolgan barcha toifalar boʻyicha.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kadastr agentligi davlat kadastr nazorati boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlarining asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar Kadastr agentligi organlarining davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirishdagi asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer toifasidan qatʼi nazar, barcha turdagi yer uchastkalari hamda bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazmaslik holatlarini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu yer uchastkalarida oʻzboshimchalik bilan imorat qurilishini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi chegaralarini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirishga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish holatlarini oʻz vaqtida aniqlash va chora koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat kadastrlarini yuritish tartiblariga rioya qilinishini taʼminlashga qaratilgan davlat kadastr nazoratini amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Kadastr agentligi organlari davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirishda oʻzlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerlardan maqsadli foydalanish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlashga qaratilgan yer nazoratini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olinishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi chegaralarini (chegara nuqtalarini) oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirishga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aerokosmik suratlar va uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda yerlarni masofadan turib zondlashni, shuningdek, geodezik oʻlchov uskunalari yordamida yerlarni oʻrganishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlashga qaratilgan samarali kadastr nazoratini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadastr yigʻmajildi (pasporti) belgilangan tartibda shakllantirilishi va rasmiylashtirilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat kadastrlarini yuritish tartiblariga rioya qilinishini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadastr agentligi organlari oʻz vakolatlari doirasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Oʻzagroinspeksiya” organlarining qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni muhofaza qilish boʻyicha davlat nazorati sohasidagi funksiyalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ekologiya vazirligi organlarining yerlarni muhofaza qilish boʻyicha davlat nazorati sohasidagi funksiyalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Davlat yer va kadastr nazorati Kadastr agentligi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlarining quyidagi mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadastr agentligi direktori — yer va kadastr nazorati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining bosh davlat inspektori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadastr agentligi direktori oʻrinbosari — yer va kadastr nazorati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining bosh davlat inspektori oʻrinbosari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadastr agentligining yer va kadastr nazoratiga masʼul boshqarmasi boshligʻi — yer va kadastr nazorati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining katta davlat inspektori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmasi boshliqlari — yer va kadastr nazorati boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat inspektorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosarlari — yer va kadastr nazorati boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining katta davlat inspektorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadastr agentligining tuman (shahar) boʻlimi boshliqlari — yer va kadastr nazorati boʻyicha tuman (shahar) bosh davlat inspektorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadastr agentligining yer va kadastr nazoratiga masʼul boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, boʻlim boshliqlari va mutaxassislari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi yer va kadastr nazoratiga masʼul boʻlimi boshligʻi va mutaxassislari, tuman (shahar) boʻlimlarining bosh va yetakchi inspektorlari — yer va kadastr nazorati boʻyicha davlat inspektorlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzagroinspeksiya va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, viloyatlar boshqarmalari va tumanlar (Quvasoy shahar) boʻlimlarining mansabdor shaxslari qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar hisoblanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ekologiya vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalari bosh davlat inspektorlari va ularning oʻrinbosarlari, katta davlat inspektorlari va davlat inspektorlari oʻz vakolatlariga muvofiq Ekologiya vazirligi organlarining yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari hisoblanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Davlat yer va kadastr nazorati sohasida qonuniylikni taʼminlash yuzasidan maxsus vakolatli davlat organlarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shu jumladan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Davlat yer va kadastr nazorati tadbirlari ishtirokchilari, ularning huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxsi, davlat yer va kadastr nazorat tadbiri oʻtkazilayotgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakili yoxud jismoniy shaxs nazorat tadbirining ishtirokchilari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslardan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda yuridik va jismoniy shaxslardan belgilangan tartibda soʻrab olish;
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda, davlat yer va kadastr nazorati tadbirlarida yuzaga kelgan masalalarni tushuntirish uchun maxsus bilimlarga ega boʻlgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb qilish;
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat yer va kadastr nazorati tadbirlari jarayonlarini foto va videotasvirga tushirish, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)dan belgilangan tartibda foydalanish, qonunchilik hujjatlarida taqiqlangan hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda, davlat yer va kadastr nazorati tadbirlarini oʻtkazish chogʻida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan foydalanilayotgan kadastr obyektlarini koʻzdan kechirish va nazorat oʻlchovlaridan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat yer va kadastr nazorati masalalarida yuridik va jismoniy shaxslardan zarur axborotlar, maʼlumotlar, tushuntirishlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat yer va kadastr nazorati tadbirlarini oʻtkazish chogʻida davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslarini, jismoniy shaxslarni maxsus vakolatli davlat organiga davlat yer va kadastr nazorati bilan bogʻliq masalalarda tushuntirishlar berishga chaqirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan harakatlarning oldini olishda yoki ularni toʻxtatishda, shuningdek, yer toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslarni aniqlashda ichki ishlar organlariga murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga, shuningdek, jismoniy shaxslarga davlat yer va kadastr nazorati sohasida aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish haqida koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadastr obyektlariga oid hujjatlarning qalbaki yoki soxtaligi haqida shubha tugʻilgan hollarda, ularni haqiqiyligi yoki toʻgʻriligini aniqlash maqsadida olib qoʻyish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organlarning mansabdor shaxslari quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat yer va kadastr nazorati amalga oshirilayotgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakiliga yoxud jismoniy shaxsga oʻz xizmat guvohnomasini koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakilini yoxud jismoniy shaxsni davlat yer va kadastr nazorati maqsadi va uni amalga oshirish asoslari bilan tanishtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxsning huquq va majburiyatlarini tushuntirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkazilgan davlat yer va kadastr nazorati natijalarini dalolatnoma bilan rasmiylashtirish hamda bir nusxasini yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakiliga yoxud jismoniy shaxsga taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Davlat yer va kadastr nazorati tadbiri oʻtkazilayotgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi (vakili) yoki jismoniy shaxs quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli davlat organi mansabdor shaxslarining nazorat masalalariga aloqasi boʻlmagan talablarini bajarmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli davlat organlariga yer va kadastr toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosiga taalluqli masalalar boʻyicha tushuntirishlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli davlat organi mansabdor shaxsining ruxsati bilan ekspertiza oʻtkazishda ishtirok etish va ekspertga tushuntirishlar berish, ekspertning xulosasi bilan tanishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat yer va kadastr nazorati materiallari bilan tanishish va nazorat dalolatnomasini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli davlat organi mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat yer va kadastr nazorati oʻtkazilayotgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki jismoniy shaxs qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Davlat yer va kadastr nazorat tadbiri oʻtkazilayotgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi (vakili) yoki jismoniy shaxsning majburiyatlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli davlat organlarining davlat yer va kadastr nazorati bilan bogʻliq qonuniy talablarini bajarish, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat tadbirini oʻtkazayotgan maxsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslariga nazorat bilan bogʻliq, shu jumladan, elektron axborot jismlarida saqlanadigan hujjatlar va axborotni oʻrganish hamda tahlil qilish imkoniyatini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat tadbirini oʻtkazuvchi mansabdor shaxsning talabiga koʻra yer va kadastrga oid hujjatlarni taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki jismoniy shaxs oʻz zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Davlat yer nazoratini tashkil etish va oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Davlat yer nazorati Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan “E-YER NAZORAT” tizimida amalga oshiriladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadastr agentligi “E-YER NAZORAT” tizimining sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini hamda maxsus vakolatli davlat organlarining tizimdan samarali foydalanishlarini taʼminlash boʻyicha masʼul organ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” davlat muassasasi “E-YER NAZORAT” tizimining operatori hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. “E-YER NAZORAT” tizimi ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (edo.ijro.uz), “E-maʼmuriy ish”, “Adolat”, “E-material” axborot tizimlari, Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasi bilan integratsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aerokosmik monitoring qilish uchun zarur maʼlumotlar davlat yer nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligiga (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzbekkosmos” agentligi) begʻaraz taqdim etib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Quyidagilar davlat yer nazoratini amalga oshirish uchun maʼlumotlar manbai hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer monitoringi jarayonida yer toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi kuzatilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi hamda aerokosmik suratlarni solishtirish orqali ehtimoliy yer toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi qayd etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy yoki yuridik shaxslarning yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi holatlari haqidagi asoslangan murojaatlariga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy axborot vositalari yoki boshqa tashqi manbalarda (ijtimoiy tarmoqlar va veb-saytlarda) yerga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan yerga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida dalolat beruvchi axborot kelib tushganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish jarayonida rad etilgan obyektlar “Eʼtirof” axborot tizimi orqali maʼlumot kelib tushganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat yer nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlari yerga oid qonunbuzilish holatlarining oldini olish maqsadida yer toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari yuzasidan doimiy ravishda tushuntirish tadbirlarini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Yerga oid qonunbuzilish holatlarini davlat kosmik monitoring natijalarini qayta ishlash orqali aniqlash hamda maʼlumotlarni “E-YER NAZORAT” tizimi orqali maxsus vakolatli davlat organlariga elektron shaklda manzilli yuborish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. “Oʻzbekkosmos” agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat kosmik monitoring qilish boʻyicha tasdiqlangan loyihalar doirasida yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash, bunday yerlarda ehtimoliy noqonuniy qurilmalar qurish holatlarini bir yilda ikki marotaba aerokosmik monitoring orqali aniqlaydi. Zaruratga koʻra, manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha aerokosmik monitoring oʻtkazilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilgan kosmik monitoring natijalarida aniqlangan yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash hamda oʻzboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish ehtimoli yuqori boʻlgan holatlarga oid dastlabki maʼlumotlarni “E-YER NAZORAT” tizimi orqali maxsus vakolatli davlat organlariga elektron shaklda manzilli taqdim etib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. “Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan yuborilgan yerga oid qonunbuzilish ehtimoli yuqori boʻlgan holatlarga oid dastlabki maʼlumotlar tegishli maxsus vakolatli davlat organining “E-YER NAZORAT” tizimidagi kabinetiga avtomatik tarzda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Maxsus vakolatli davlat organlari kelib tushgan maʼlumotlarni belgilangan tartibda oʻrganib chiqadi hamda oʻz vakolatlari doirasida tegishli choralarni koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“E-YER NAZORAT” tizimiga kelib tushgan maʼlumotlarning maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan asossiz ravishda qaytarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan “E-YER NAZORAT” tizimida yerga oid qonunbuzilish holatlari toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish, davlat yer nazorati hujjatlarini rasmiylashtirish, koʻrib chiqish va qaror qabul qilish yoki “E-YER NAZORAT” tizimi orqali huquqbuzarliklarni koʻrib chiqish vakolatiga ega organga yuborish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, hujjatlar toʻplamini shakllantirish, ularni oʻz vaqtida va xolisona koʻrib chiqish maqsadida elektron hujjatlar almashinuvi “E-YER NAZORAT” tizimidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi kuzatilganda, maxsus vakolatli davlat organi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) “E-YER NAZORAT” tizimida elektron tarzda shakllantirilib, davlat yer nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisidagi tasdiqlangan buyrugʻiga asosan oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda davlat yer nazorati amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat yer nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisidagi buyruqda yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, nazorat amalga oshiriladigan yer uchastkasi joylashgan manzil, nazoratni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, nazoratni amalga oshirish muddati va maqsadlari koʻrsatiladi, ushbu bandning toʻrtinchi xatboshisi bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, ushbu yer uchastkalarida oʻzboshimchalik bilan imorat qurish bilan bogʻliq davlat yer nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisidagi buyruqda yuridik va jismoniy shaxslarning nomi koʻrsatilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat yer nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisidagi buyruqqa nazorat obyektining WGS-84 koordinatalar tizimidagi geolokatsiyasi ilova qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat yer nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisidagi buyruqda koʻrsatilgan sana ushbu nazoratni amalga oshirish muddatining boshlanishi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Agar davlat yer nazoratida maxsus vakolatli davlat organining ikki yoki undan ortiq nazoratchi mansabdor shaxslari qatnashganda, davlat yer nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisidagi buyruqda familiyasi birinchi koʻrsatilgan mansabdor shaxs nazorat jarayonini boshqarish va natijalarini umumlashtirishga javobgar shaxs hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslari davlat yer nazorati tadbirlarida oʻz vakolatlari doirasidan chetga chiqmasligi hamda nazorat predmetiga aloqador boʻlmagan hujjatlarni (axborotni) talab qilmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Yerga oid hujjatlarning qalbaki yoki soxtaligi haqida shubha paydo boʻlgan hollarda, davlat yer nazoratini amalga oshirayotgan maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan ularning haqiqiyligi yoki toʻgʻriligiga aniqlik kiritish maqsadida olib qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda hujjatlarni olib qoʻyish toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan bayonnoma tuziladi va unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bayonnoma tuzilgan vaqti va joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bayonnomani tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlari olib qoʻyilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (yuridik shaxs nomi, uning mansabdor shaxsi yoki hujjatlarni olib qoʻyishda ishtirok etgan vakili yoxud jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili va shu kabilar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlarni olib qoʻyishda ishtirok etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (agar ular boʻlsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olib qoʻyilayotgan hujjatning nomi (mazmuni), sanasi, raqami, uni qabul qilgan (rasmiylashtirgan) organ, tashkilot nomi hamda hujjatning varaqlari soni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnoma planshet yoki kompyuter yordamida “E-YER NAZORAT” tizimi orqali elektron tarzda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bayonnoma yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakili yoxud jismoniy shaxs tomonidan imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya (barmoq izi), yoki ERI) bilan tasdiqlangandan soʻng, bayonnoma ushbu shaxslarga elektron aloqa vositasi yoki pochta xizmati orqali yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakili yoxud jismoniy shaxs hujjatlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnomani imzolashdan bosh tortgan hollarda, bu haqida bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi va bayonnoma ushbu shaxslarga elektron aloqa vositasi yoki pochta xizmati orqali yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Davlat yer nazorati doirasidagi harakatlarni yuridik yoki jismoniy shaxs roʻyxatdan oʻtgan yoki faoliyat yuritayotgan yoxud nazorat tadbiri oʻtkazilayotgan joyning oʻzida rasmiylashtirish imkoni boʻlmasa, ushbu harakatlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yoki maxsus vakolatli davlat organining binosida planshet va kompyuter yordamida rasmiylashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari tomonidan davlat yer nazorati natijalari boʻyicha “E-YER NAZORAT” tizimida quyidagilarni ilova qilgan holda elektron tarzda dalolatnoma tuziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat tadbiri oʻtkazilgan joy, dalolatnoma tuzilgan sana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat tadbiri oʻtkazish uchun asos;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat tadbirini oʻtkazgan mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning manzili va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat yer nazorati sohasida huquqbuzarlik sodir etilgan joyning aniq manzili, WGS-84 koordinatalar katalogi, holati va hajmi, shuningdek, yer toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining tegishli normasiga havola etilgan holdagi batafsil tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerga oid huquqbuzarlik oqibatlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnomaga maxsus vakolatli davlat organi mansabdor shaxsi tomonidan yer nazorati tadbirida olingan fotosuratlar, videoyozuvlar va boshqa materiallar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu dalolatnoma yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakili yoxud jismoniy shaxs tomonidan imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya (barmoq izi) yoki ERI) bilan tasdiqlagandan soʻng, dalolatnoma ushbu shaxslarga elektron aloqa vositalari va pochta xizmati orqali yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakili yoxud jismoniy shaxs dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan hollarda, bu haqida dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi va dalolatnoma ushbu shaxslarga uch ish kunidan kechiktirmasdan elektron aloqa vositalari hamda pochta xizmati orqali yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnoma yuridik yoki jismoniy shaxsga topshirilgan kun yoki unga yuborilgan kun davlat yer nazorati tadbiri yakunlangan vaqt deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat yer nazorati dalolatnomasini qogʻoz shaklida rasmiylashtirish zarurati yuzaga kelganda, ushbu dalolatnoma belgilangan tartibda davlat yer nazorati tadbiri tugallangan kundan eʼtiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan “E-YER NAZORAT” tizimiga elektron shaklda kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki jismoniy shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilishi lozim boʻlsa, maxsus vakolatli davlat organlarining yer nazoratini amalga oshirgan mansabdor shaxsi aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq oʻz vakolatlari doirasida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aniqlangan huquqbuzarliklar vakolat doirasiga tegishli boʻlmagan hollarda nazorat qiluvchi organ besh kun muddatda mazkur huquqbuzarliklarni koʻrib chiqish vakolatiga ega organga yuborilayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotni kiritgan holda “E-YER NAZORAT” tizimi orqali huquqbuzarliklarni koʻrib chiqish vakolatiga ega organga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Yerga oid qonunbuzilish holatlarini aniqlash va ular yuzasidan oʻtkazilgan davlat yer nazorati tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, saqlash va tahlil qilish qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Yerga oid qonunbuzilish holatlarini aniqlash va ular yuzasidan oʻtkazilgan davlat yer nazorati tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (yozma koʻrsatma, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma, jarimalarni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlar va sud qarorlari) bevosita “E-YER NAZORAT” tizimining maxsus va oʻzgarmas ID-raqam bilan shakllantiriladi va toʻplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“E-YER NAZORAT” tizimining “Huquqbuzarlikni joyiga chiqib oʻrganish” boʻlimida rasmiylashtirilgan buyruq, huquqbuzar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, noqonuniy qurilma rasmlari, huquqbuzarning tushuntirish xati va rasmiylashtirilgan dalolatnoma va boshqa hujjatlar shakllantiriladi va toʻplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
331. Huquqbuzarlik boʻyicha rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnoma va qabul qilingan maʼmuriy jazo qoʻllash haqidagi qaror Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimida (“E-maʼmuriy ish”) shakllantiriladi hamda integratsiya qilish orqali “E-YER NAZORAT” tizimining “Chora koʻrish” boʻlimida toʻplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
332. Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer maydonlarini majburiy tartibda boʻshatish hamda noqonuniy qurilmalarni buzdirish boʻyicha fuqarolik va iqtisodiy sudlarga kiritilgan daʼvo arizalari, shuningdek, fuqarolik va iqtisodiy sudlar tomonidan koʻrib chiqish tamomlanib, qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari “E-YER NAZORAT” tizimi va “Adolat” axborot tizimining integratsiyasi orqali “E-YER NAZORAT” tizimida avtomatik shakllantiriladi va toʻplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
333. Yerga oid qonunbuzilish holatlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman, shaharlar boʻyicha hisobot jadvallari “E-YER NAZORAT” tizimida mavjud maʼlumotlar asosida shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda huquqbuzarlik sodir etilgan tuman (shahar)lar, MFY, manzili, huquqbuzar shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, identifikatsiyalovchi ID-kartasi (pasport) maʼlumotlari, ijrochi inspektor, rasmiylashtirilgan dalolatnomaning sanasi, huquqbuzarlik boʻyicha rasmiylashtirilgan elektron bayonnoma va qabul qilingan qaror sanasi, sud organlariga kiritilgan daʼvo arizalari sanasi, maʼmuriy jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi bayonnoma, qaror, vakolat doirasida boshqa idoralarga yuborilgan holatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga yuborilgan maʼmuriy ishlar maʼlumotlaridan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aniqlangan har bir huquqbuzarlik boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni tuman (shahar) darajasidan respublika darajasigacha boʻlgan vertikal nazorat va tahlil qilish imkoniyati yaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
334. Yerga oid qonunbuzilish holatlarini aniqlash va ular yuzasidan oʻtkazilgan davlat yer nazorati tadbirlari toʻgʻrisidagi “E-YER NAZORAT” tizimida shakllantirilgan hujjatlar va maʼlumotlar “E-YER NAZORAT” tizimida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda qogʻoz shaklidagi maʼlumotlar maxsus vakolatli davlat organlarida, ularning elektron nusxalari “E-YER NAZORAT” tizimida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
335. Maxsus vakolatli davlat organiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga tegishliligiga koʻra “E-YER NAZORAT” tizimida saqlanayotgan hujjatlar va maʼlumotlarni koʻrish va tahlil qilish imkoniyati yaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
336. “E-YER NAZORAT” tizimida yerga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida kiritish va huquqbuzarlikka oid ishlarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlarni joylashtirish uchun Kadastr agentligi va axborot tizimlari “E-YER NAZORAT” tizimiga integratsiya qilinadigan vakolatli davlat organlari masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Davlat yer nazorati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona markazlashtirilgan elektron tizimini yuritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. “E-YER NAZORAT” tizimini yuritishda davlat yer nazorati toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha guvoh, jabrlanuvchi, xolis va huquqbuzar ularning elektron raqamli imzosidan (barmoq izi yoki grafik imzo) foydalangan holda identifikatsiya qilinadi hamda ishni koʻrib chiqayotgan maxsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan nazorat tadbiri natijasi toʻgʻrisidagi ishlar va ishga taalluqli hujjatlar QR-kod bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
341. Kadastr agentligi tomonidan davlat yer nazorati toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha elektron shakldagi maʼlumotlar arxivi (ish hujjatlarining elektron shakli) qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
342. Maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, jumladan, yerlardan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash hamda oʻzboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish holatlarini barvaqt aniqlash, ularga tegishli choralar koʻrish doirasida aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha undirilgan jarimalarning ikki foizi “E-YER NAZORAT” tizimi operatoriga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
343. “E-YER NAZORAT” tizimidagi maʼlumotlar maxsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslari foydalanadigan maʼlumotlar hisoblanadi hamda mazkur mansabdor shaxslar “E-YER NAZORAT” tizimidagi maʼlumotlar bilan faqat qonunchilik hujjatlari asosida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun tanishishi va foydalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash, oʻzboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar darajasiga qarab hududlarni toifalarga ajratish mezonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash, oʻzboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish bilan bogʻliq huquqbuzarlik darajasiga qarab tuman (shahar)lar quyidagicha hududlarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qizil” toifadagi hudud — yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash hamda oʻzboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish ehtimoli yuqori hududlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“sariq” toifadagi hudud — yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash hamda oʻzboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish ehtimoli oʻrta hududlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yashil” toifadagi hudud — yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash hamda oʻzboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish ehtimoli past hududlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
351. Tuman (shahar)lar davlat yer nazoratini amalga oshirish uchun maʼlumotlar manbalari orqali taqdim etib boriladigan maʼlumotlar asosida har chorak yakuni bilan toifalarga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigʻilgan maʼlumotlar manbalari orqali yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash, oʻzboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish bilan bogʻliq huquqbuzarlik soni eng koʻp boʻlgan tuman (shahar) aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu hududda aniqlangan huquqbuzarliklarning umumiy sonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75 foiz va undan oshgan tuman (shahar) — “qizil” toifadagi hudud;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 foizdan 75 foizgacha boʻlgan tuman (shahar) — “sariq” toifadagi hudud;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 foiz va undan kam boʻlgan tuman (shahar) — “yashil” toifadagi hudud deb belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
352. “Qizil” toifadagi hududlarda har chorakda kamida bir marotaba maxsus uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda, “sariq” toifadagi hududlarda har olti oyda kamida bir marotaba maxsus samolyot yordamida monitoring kuzatuvlari oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash va oʻzboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish holatlarini aniqlagan davlat organi tomonidan oʻz vakolati doirasida chora koʻriladi yoki aniqlangan maʼlumotlar tegishliligi boʻyicha “E-YER NAZORAT” tizimi orqali maxsus vakolatli davlat organlariga chora koʻrish uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aniqlangan yerga oid qonunbuzilish holatlari bartaraf etilgunga qadar maxsus vakolatli davlat organlarining davlat yer nazorati yoʻnalishidagi asosiy kuch va vositalari safarbar etiladi.
(6-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Davlat kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Davlat kadastr nazorati “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq Kadastr agentligi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Davlat kadastr nazorati davlat kadastrlarini yuritishga masʼul boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot taqdim etish, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat kadastrlarini yuritishga oid qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlarga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik bilan bogʻliq kadastr nazoratida “Kadastr va koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish integratsion axborot tizimi” maʼlumotlaridan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Davlat kadastrlarini yuritish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarlik aniqlanganda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma tuzish va ishni koʻrib chiqish hamda maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshiruvchi organlarning oʻzaro hamkorligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan ularning zimmalariga yuklatilgan vazifalar respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar yer toʻgʻrisidagi va kadastr toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish hamda yerga oid huquqbuzarliklarga barham berishda maxsus vakolatli davlat organlariga koʻmaklashishlari shart.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar yerga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bir-birini xabardor qiladi, shu jumladan, idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda xabardor qiladi, shuningdek, oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa axborotlar bilan almashishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar, kadastr muhandislari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻzlariga oshkor boʻlgan yer toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi, shu jumladan, yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarni qalbakilashtirish holatlari toʻgʻrisida tegishli maxsus vakolatli davlat organini zudlik bilan xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan harakatlarning oldini olish yoki ularni toʻxtatish yoxud yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallagan shaxslarni aniqlash va ushlab keltirish boʻyicha tezkor harakatlar ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlashda jamoatchilik nazorati va jamoatchilik nazorati subyektlarini ragʻbatlantirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Jamoatchilik nazorati subyektlari yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik nazorati subyektlari maxsus vakolatli davlat organiga yerga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida fotosuratlar, videoyozuvlarni ilova qilgan holda axborot tizimi orqali arizalar va shikoyatlar bilan murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish holatlari toʻgʻrisida maʼlumot bergan shaxslar, ularning bergan maʼlumotlari asosida huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (jarima miqdoridan oshmagan) miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.
(44-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga taqdim qilingan yerga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi videoyozuvlarda sodir etilgan huquqbuzarlik holati, huquqbuzar shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aniq aks ettirilishi hamda quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
videofaylning namoyish etish imkoniyati 720x480 pikseldan kam boʻlmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
videoyozuv davomiyligi 30 sekunddan kam boʻlmasligi va 10 daqiqadan oshmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
videoyozuv maʼlumotlarida sana va vaqt koʻrsatilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Huquqbuzarlik holati aks ettirilgan videoyozuvlarga har qanday tarzda oʻzgartirishlar kiritish taqiqlanadi. Oʻzgartirish kiritilgan videoyozuvlar koʻrib chiqilmaydi, hajmini qisqartirish maqsadida videoyozuvning bevosita huquqbuzarlik holati aks ettirilgan qismini kesib olish bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Huquqbuzarlik holati aks ettirilgan videoyozuvlarni axborot tizimi orqali yuborishda quyidagilar toʻliq koʻrsatilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroning ismi, familiyasi, otasining ismi, doimiy yashash manzili, yuridik shaxsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), bank hisobvaragʻi (videoyozuv yuridik shaxs vakili nomidan toʻldirilganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyali telefon raqami yoki bank plastik kartasi raqami va elektron manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarlik sodir etilgan joy, sana va vaqt.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Axborot tizimiga kelib tushgan huquqbuzarlik holatlari qayd etilgan videoyozuvlar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan uch ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqbuzarlik mavjud boʻlgan taqdirda mazkur Nizomning 23 — 35-bandlariga muvofiq oʻn ish kuni mobaynida davlat yer nazorati tadbiri oʻtkaziladi va natijasi boʻyicha murojaatni yuborgan shaxsga bir ish kunida elektron tarzda javob yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Quyidagi hollarda videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlar asosida maʼmuriy ish yuritilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
videoyozuvlar mazkur Nizomning 45-bandida belgilangan talablarga javob bermaganda yoki sifatsiz boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
videoyozuvlarga oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa, mazkur Nizomning 46 bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
videoyozuvlar axborot tizimiga mazkur Nizomning 47-bandida belgilangan talablarga rioya etmagan holda yuklanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
videoyozuvda qayd etilgan huquqbuzarlik boʻyicha qaror qabul qilingan yoki maʼmuriy ish yuritilayotgan taqdirda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Ragʻbatlantirish huquqbuzardan jarima undirilgandan soʻng fuqaroning uyali telefon raqami hisobiga yoki bank plastik kartasiga, yuridik shaxsning esa bankdagi hisobvaragʻiga maxsus vakolatli davlat organining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkazilgan mablagʻlar hisobidan avtomatik tarzda pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan davlat kadastrlarining axborotini taqdim etish tartibini buzish hamda yerga oid qonunbuzilish holatlari sodir etilganda, Kadastr agentligi ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish va oʻzboshimchalik bilan egallangan yer maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi Kadastr agentligi organlarining koʻrsatmasi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan oʻn besh kun muddatda ixtiyoriy ravishda bajarilgan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallangan yer maydonida noqonuniy qurilgan imoratlar bartaraf etilganini qayd etish toʻgʻrisida elektron shakldagi dalolatnoma “E-YERNAZORAT” AAT orqali rasmiylashtirilib, maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari tomonidan ERI bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur koʻrsatmalar bajarilmagan taqdirda, Kadastr agentligi organlari Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 36-moddasiga muvofiq ushbu yer uchastkalariga boʻlgan huquqni bekor qilish hamda noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish (buzib tashlash) yuzasidan toʻgʻridan toʻgʻri sudga murojaat qilishga haqli.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Mazkur Nizom talablari asosida oʻtkazilgan yer nazorati tadbirlari natijalari boʻyicha maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat yer nazoratini amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Maxsus vakolatli davlat organlari
Davlat yer nazorati Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan “E-YER NAZORAT” tizimida amalga oshiriladi.
Doimiy
2-bosqich
“Oʻzbekkosmos” agentligi
Yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash, bunday yerlarda ehtimoliy noqonuniy qurilmalar qurish holatlarini aerokosmik monitoring orqali aniqlaydi va “E-YER NAZORAT” tizimi orqali maxsus vakolatli davlat organlariga yuboradi.
Bir yilda ikki marotaba
3-bosqich
Maxsus vakolatli davlat organlari
Davlat yer nazorati yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi kuzatilganda maxsus vakolatli davlat organi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) tasdiqlangan buyrugʻi “E-YER NAZORAT” tizimida elektron tarzda shakllantiriladi va vakolat doirasida tegishli choralar koʻradi.
Oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda
4-bosqich
Maxsus vakolatli davlat organlari
1. Davlat yer nazorati natijalari boʻyicha “E-YER NAZORAT” tizimida elektron tarzda dalolatnoma tuzadi.
2. Dalolatnoma yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakili yoxud jismoniy shaxs tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangandan soʻng yoki ular dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bu haqida dalolatnomaga tegishli yozuv kiritilgan holda ushbu shaxslarga elektron aloqa vositalari va pochta xizmati orqali yuboriladi.
10 ish kuni mobaynida
5-bosqich
Maxsus vakolatli davlat organlari
1. Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki jismoniy shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilishi lozim boʻlsa, maxsus vakolatli davlat organlarining yer nazoratini amalga oshirgan mansabdor shaxsi aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq oʻz vakolatlari doirasida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan muddatlarda
2. Aniqlangan huquqbuzarliklar vakolat doirasiga tegishli boʻlmagan hollarda, mazkur huquqbuzarliklarni koʻrib chiqish vakolatiga ega organga “E-YER NAZORAT” tizimi orqali yuboradi.
5 kun muddatda
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlashda jamoatchilik nazorati va jamoatchilik nazorati subyektlarini ragʻbatlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqich
Subyekt
Tadbir
Muddat
1-bosqich
Jamoatchilik nazorati subyektlari
Yerga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida fotosuratlar, videoyozuvlarni ilova qilgan holda axborot tizimi orqali arizalar va shikoyatlar bilan murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
Maxsus vakolatli davlat organi
Kelib tushgan huquqbuzarlik holatlari qayd etilgan arizalar va shikoyatlarni koʻrib chiqadi.
Uch ish kuni mobaynida
3-bosqich
Maxsus vakolatli davlat organi
Huquqbuzarlik mavjud boʻlgan taqdirda Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 23 — 35-bandlariga muvofiq davlat yer nazorati tadbiri oʻtkaziladi.
Oʻn ish kuni mobaynida
4-bosqich
Maxsus vakolatli davlat organi
Koʻrib chiqish natijasi boʻyicha murojaatni yuborgan shaxsga elektron tarzda javob yuboriladi.
Bir ish kuni mobaynida
5-bosqich
Maxsus vakolatli davlat organi
Ragʻbatlantirish fuqaroning uyali telefon raqami hisobiga yoki bank plastik kartasiga, yuridik shaxsning esa bankdagi hisobvaragʻiga maxsus vakolatli davlat organining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkazilgan mablagʻlar hisobidan pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Huquqbuzardan jarima undirilgandan soʻng avtomatik tarzda
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 183-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) — axborotni qayd etish turi va usulidan qatʼi nazar, geodeziya va kartografiya faoliyati amalga oshirilayotganda olingan geodeziya, nivelir, gravimetriya oʻlchovlarining, aerokosmik va kartografik tasvirlarning barcha yakuniy va oraliq natijalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) ekspertizasi — geodeziya va kartografiyaga doir materiallarning (maʼlumotlarning) geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shuningdek, geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishning texnik loyihalari (dasturlari) talablariga muvofiqligini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi), Mudofaa vazirligi, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslar, geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) saqlovchi yuridik va jismoniy shaxslar;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat geodeziya nazorati — geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar majmui.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat geodeziya nazorati Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish, shuningdek, geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni, geodeziya punktlarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda hisobga olishni tashkil etish, davlat kartografiya-geodeziya fondining faoliyat yuritishini taʼminlash davlat geodeziya nazoratining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kadastr agentligi — geodeziya va kartografiya faoliyatining barcha subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan maxsus vakolatli davlat organi (keyingi oʻrinlarda — maxsus vakolatli davlat organi) hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati tizimidagi geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati tizimidagi geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Maxsus vakolatli davlat organi huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, ularga metodik va boshqa yordam koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Maxsus vakolatli davlat organi geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik yuzasidan profilaktik tadbirlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan geodeziya va kartografiya sohasida qonuniylikni taʼminlash yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Maxsus vakolatli davlat organining asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilar davlat geodeziya nazoratini amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga, geodeziya hamda kartografiyaga doir materiallardan (maʼlumotlardan) foydalanish qoidalariga rioya etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni, geodeziya punktlarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda hisobga olishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat kartografiya-geodeziya fondining faoliyat yuritishini nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Maxsus vakolatli davlat organi davlat geodeziya nazoratini amalga oshirishda oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kartografiyaga doir materiallarda hamda boshqa hujjatlarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi va hududi toʻgʻri aks ettirilganligi ustidan nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni roʻyxatdan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya punktlarini hisobga oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlaridagi geodeziya punktlarining, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa geodeziya punktlarining but saqlanishi va ularning muhofaza zonalari rejimiga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan davlat kartografiya-geodeziya fondi hamda idoraviy kartografiya-geodeziya fondlari materiallarining (maʼlumotlarining) saqlanishi ustidan nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan geodeziya koordinatalari, balandliklari, gravimetriya oʻlchovlari davlat tizimlarining hamda davlat topografik xaritalari va rejalarining masshtab qatori, mahalliy koordinatalar hamda boshqa koordinatalar tizimlarining qoʻllanilishi ustidan nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) davlat kartografiya-geodeziya fondiga topshirilishi, shuningdek, bu subyektlarning ushbu fonddan olgan materiallardan (maʼlumotlardan) foydalanishi ustidan nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiyaga oid bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi texnik hisobotlarga doir talablarni belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) ekspertizadan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy birliklar navbatchi xaritasi yuritilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillariga amal qilinganligini doimiy nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Geodeziya punktlarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olishni tashkil qilish tartibi hamda davlat kartografiya-geodeziya fondining faoliyat yuritish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Davlat geodeziya nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Davlat geodeziya nazorati Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Davlat geodeziya nazorati Kadastr agentligining quyidagi mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadastr agentligi direktori — geodeziya nazorati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining bosh davlat inspektori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadastr agentligi direktori oʻrinbosari — geodeziya nazorati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bosh davlat inspektorining oʻrinbosari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadastr agentligining geodeziya nazoratiga masʼul boshqarmasi boshligʻi — geodeziya nazorati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining katta davlat inspektori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadastr agentligining geodeziya nazoratiga masʼul boshqarmasi xodimlari — geodeziya nazorati boʻyicha davlat inspektorlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirishda Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi hamda tuman (shahar) boʻlimi mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Davlat geodeziya nazorati tadbirlari ishtirokchilari, ularning huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Maxsus vakolatli davlat organi mansabdor shaxslari, geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari (ularning vakillari) davlat geodeziya nazoratining ishtirokchilari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Davlat geodeziya va kartografiya faoliyati sohasida qonuniylikni taʼminlash yuzasidan maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiya ishlari belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmasdan yoxud faoliyatni texnik jihatdan tartibga soluvchi normativ hujjatlar talablari buzilgan holda olib borilayotgan boʻlsa, ushbu ishlarni belgilangan tartibda toʻxtatib qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiya ishlari hamda topografiya xaritalari, rejalari, geodeziya punktlari koordinatlari va balandliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni saqlash bilan bogʻliq xonalarga belgilangan tartibda kirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari rahbarlari yoki mansabdor shaxslariga geodeziya va kartografiya ishlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish, shuningdek, ushbu ishlarni bajarish va aerokosmik suratga olishlar natijalari boʻyicha olingan materiallar (maʼlumotlar)ni toʻplash, hisobini yuritish, saqlash, ulardan foydalanish va realizatsiya qilish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq tekshirishlarni oʻtkazish uchun ekspertlarni belgilangan tartibda jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlaridan oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur axborotlarni soʻrab olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlarining geodeziya va kartografiyaga doir axborot resurslari, geografik axborot tizimlari, maʼlumotlar (geomaʼlumotlar) bazalari, reyestrlaridan foydalanish, ulardan maʼlumotlar va (yoki) axborotlarni tekin olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga jismoniy va yuridik shaxslarning rioya etishini tekshirishni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan, qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazilayotganda yuzaga keladigan masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslardan zarur axborotni soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshiruvlar natijalari asosida geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari yoʻl qoʻygan ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga doir qoidabuzarliklarni koʻrsatgan holda dalolatnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabardor qiluvchining faoliyatini (harakatlarini) toʻxtatib turish va qayta tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, ularning faoliyatini tugatish toʻgʻrisida, shuningdek, faoliyatini (harakatlarini) amalga oshirishni taqiqlash toʻgʻrisida sudga ariza berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga jarima solish toʻgʻrisida sudga ariza berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatlarni amalga oshirish uchun sudga davlat boji toʻlamasdan arizalar berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat geodeziya nazorati amalga oshirilayotgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakiliga yoxud jismoniy shaxsga tekshirish oʻtkazish maxsus guvohnomasini koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakilini yoxud jismoniy shaxsni davlat geodeziya nazorati maqsadi va uni amalga oshirish asoslari bilan tanishtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxsning huquq va majburiyatlarini tushuntirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkazilgan davlat geodeziya nazorati natijalarini dalolatnoma (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) bilan rasmiylashtirish va bir nusxasini yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakiliga yoxud jismoniy shaxsga taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi mansabdor shaxslarining zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Davlat geodeziya nazoratini oʻtkazishda geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat geodeziya nazorati inspektorlarining nazorat masalalariga aloqasi boʻlmagan talablarini bajarmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat geodeziya nazoratini oʻtkazishda shaxsan yoki oʻz vakili orqali ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat geodeziya nazorati inspektorining ruxsati bilan ekspertiza oʻtkazishda ishtirok etish va ekspertga tushuntirishlar berish, ekspertning xulosasi bilan tanishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat geodeziya nazorati materiallari bilan tanishish va dalolatnomani olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga tegishli yozuvlar kiritilishini (yoki elektron tizimda qayd etilishini) talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat geodeziya nazorati inspektorining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Davlat geodeziya nazoratini oʻtkazishda geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat geodeziya nazorati bilan bogʻliq qonuniy talablarini bajarish, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat geodeziya nazoratini oʻtkazayotgan davlat geodeziya nazorati inspektorlariga tekshiruv bilan bogʻliq, shu jumladan, elektron axborot jismlarida saqlanadigan, hujjatlar va axborotni oʻrganish hamda tahlil qilish imkoniyatini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat geodeziya nazorati inspektorining talabiga koʻra geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid shartnomalar, shartnomada koʻrsatilgan ishlarni bajarilganligini, texnik loyiha va hisobotlar, zarur holatlarda bajarilgan ishlardan namunalar koʻrsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari oʻz zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Davlat geodeziya nazoratini tashkil etish va oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Davlat geodeziya nazorati “Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan davlat geodeziya nazorati quyidagi asoslarga koʻra belgilangan tartibda oʻtkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiya ishlarini roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kartografiya materiallarida va boshqa hujjatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining hamda maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini notoʻgʻri aks ettirilganligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiya faoliyatining subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq faoliyat yuritilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlaridagi geodeziya punktlarining, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa geodeziya punktlarining but saqlanishi va ularning muhofaza zonalari rejimiga rioya etilishini taʼminlamanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat geodeziya tarmogʻi punktlarining qayta tiklanishini taʼminlash boʻyicha tadbirlarning bajarilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillariga amal qilinmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) davlat kartografiya-geodeziya fondiga topshirilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlarining davlat kartografiya-geodeziya fondidan olingan materiallardan (maʼlumotlardan) qonunchilik hujjatlariga muvofiq foydalanilmaganligi aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy yoki yuridik shaxslarning geodeziya toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari toʻgʻrisidagi asoslangan murojaatlariga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy axborot vositalari yoki boshqa tashqi manbalarda (ijtimoiy tarmoqlar va veb-saytlarda) geodeziya va kartografiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, boshqa davlat organlari va tashkilotlardan geodeziya va kartografiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida dalolat beruvchi axborot tushganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimi orqali huquqbuzarliklar aniqlanganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Davlat geodeziya nazorati maxsus vakolatli davlat organi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) buyrugʻiga asosan oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisidagi buyruqda koʻrsatilgan sana ushbu nazoratni amalga oshirish muddatining boshlanishi deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Agar davlat geodeziya nazoratida maxsus vakolatli davlat organining ikki yoki undan ortiq nazoratchi mansabdor shaxslari qatnashganda, buyruqda familiyasi birinchi koʻrsatilgan mansabdor shaxs nazorat jarayonini boshqarish va natijalarini umumlashtirishga javobgar shaxs hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari davlat geodeziya nazorati tadbirlarida oʻz vakolatlari doirasidan chetga chiqmasligi hamda nazorat predmetiga aloqador boʻlmagan hujjatlarni (axborotni) talab qilmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Geodeziya va kartografiyaga doir materiallarning (maʼlumotlarning) qalbaki yoki soxtaligi haqida shubha tugʻilgan hollarda, davlat geodeziya nazoratini amalga oshirayotgan maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan ularni haqiqiyligi yoki toʻgʻriligiga aniqlik kiritish maqsadida olib qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Hujjatlarni olib qoʻyish toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan bayonnoma tuziladi, unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bayonnoma tuzilgan vaqti va joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bayonnomani tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlari olib qoʻyilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (yuridik shaxs nomi, uning mansabdor shaxsi yoki hujjatlarni olib qoʻyishda ishtirok etgan vakili yoxud jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili va shu kabilar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlarni olib qoʻyishda ishtirok etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar ular boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olib qoʻyilayotgan hujjatning nomi (mazmuni), sanasi, raqami, uni qabul qilgan (rasmiylashtirgan) organ, tashkilot nomi hamda hujjatning varaqlari soni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi va uning bir nusxasi yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakiliga yoxud jismoniy shaxsga imzo qoʻydirib topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakili yoxud jismoniy shaxs hujjatlar olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnomani imzolash va (yoki) olishdan bosh tortgan hollarda, bu haqida bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi va yuridik yoki jismoniy shaxsga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Davlat geodeziya nazorati doirasidagi harakatlarni yuridik yoki jismoniy shaxs roʻyxatdan oʻtgan yoki faoliyat yuritayotgan yoxud nazorat tadbiri oʻtkazilayotgan joyning oʻzida rasmiylashtirish imkoni boʻlmasa, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki maxsus vakolatli davlat organining binosida rasmiylashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Davlat geodeziya nazoratini oʻtkazishda zarur hollarda belgilangan tartibda malakali mutaxassislar va tarjimonlar jalb etilishi, shuningdek, ekspertiza tayinlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq maxsus vakolatli davlat organi rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan davlat geodeziya nazorati inspektorining iltimosnomasi asosida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Malakali mutaxassislar va tarjimonni jalb qilish uchun maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Malakali mutaxassislar va tarjimonlar shartnoma asosida maxsus vakolatli davlat organining mablagʻlari hisobidan jalb qilinishi mumkin, mablagʻ ajratish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari tomonidan davlat geodeziya nazorati natijalari boʻyicha quyidagilar koʻrsatilgan holda kamida uch nusxada dalolatnoma tuzilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat tadbiri oʻtkazilgan joy, dalolatnoma tuzilgan sana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat tadbiri oʻtkazish uchun asos;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat tadbirini oʻtkazgan mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning manzili va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya va kartografiya sohasidagi huquqbuzarlik oqibatlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnomaga maxsus vakolatli davlat organi mansabdor shaxsi tomonidan geodeziya nazorati tadbirida olingan fotosuratlar, videoyozuvlar va boshqa materiallar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Davlat geodeziya nazoratini oʻtkazish natijasida geodeziya va kartografiya toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishlari aniqlanmagan boʻlsa, bu haqida dalolatnomada qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Dalolatnomaning barcha nusxalari maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi hamda uning bir nusxasi yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakiliga yoxud jismoniy shaxsga uni olgan sanani koʻrsatgan holda imzo qoʻydirib topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakili yoxud jismoniy shaxs dalolatnomani olishdan bosh tortganda, dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi va uning bir nusxasi yuridik yoki jismoniy shaxsga uch ish kunidan kechiktirmasdan pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va yuborilganidan eʼtiboran uch kun oʻtgach, topshirilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Davlat geodeziya nazorati oʻtkazilgan shaxs (uning vakili) dalolatnomada bayon etilgan holatlarga va (yoki) tekshiruvchilarning xulosalari hamda takliflariga rozi boʻlmagan taqdirda, dalolatnomani olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Kadastr agentligiga mazkur dalolatnoma boʻyicha umuman yoki uning ayrim holatlari yuzasidan yozma eʼtirozlarini taqdim etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari oʻz eʼtirozlarining asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ularning tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini) yozma eʼtirozlarga ilova qilishga yoki kelishilgan muddatda vakolatli organga topshirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Dalolatnoma geodeziya va kartografiya faoliyati subyektiga topshirilgan kun yoki unga yuborilgan kun davlat geodeziya nazorati tadbiri yakunlangan vaqt deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Dalolatnoma maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda tugallangan kundan eʼtiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Davlat geodeziya nazoratini oʻtkazish materiallarini koʻrib chiqish va natijasi boʻyicha qaror qabul qilish geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun geodeziya va kartografiya faoliyati subyektining rahbari hamda mansabdor shaxsi yoki jismoniy shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilishi lozim boʻlsa, vakolatli organning geodeziya nazoratini amalga oshirgan mansabdor shaxsi aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq oʻz vakolatlari doirasida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Davlat geodeziya nazorati natijasida aniqlangan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash taalluqliligi boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish paytida maxsus vakolatli davlat organi (mansabdor shaxsi) tomonidan huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari bor degan xulosaga kelingan taqdirda, tegishli materiallar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Maxsus vakolatli davlat organining koʻrsatmalari, taqdimnomalari va boshqa hujjatlarini bajarmaslik, shuningdek, davlat geodeziya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar faoliyatiga asossiz aralashish hamda yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning qonuniy ijro etilishiga toʻsqinlik qilish maqsadida ularga har qanday shaklda taʼsir koʻrsatish taqiqlanadi va bu qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Maxsus vakolatli davlat organi
Davlat geodeziya nazoratini amalga oshiradi.
Doimiy
2-bosqich
Maxsus vakolatli davlat organi
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgandan soʻng, davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisidagi maxsus vakolatli davlat organi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) buyrugʻi qabul qilinadi.
Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi kuzatilganda
3-bosqich
Maxsus vakolatli davlat organi
Maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari davlat geodeziya nazoratini amalga oshiradi va natijalari boʻyicha dalolatnoma tuzadi.
10 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Maxsus vakolatli davlat organi
Dalolatnomani imzolaydi hamda uning bir nusxasini yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakiliga yoxud jismoniy shaxsga uni olgan sanani koʻrsatgan holda imzo qoʻydirib topshiradi.
1 ish kuni mobaynida
5-bosqich
Maxsus vakolatli davlat organi
Yuridik shaxsning mansabdor shaxsi (vakili) yoxud jismoniy shaxs dalolatnomani olishdan bosh tortganda, dalolatnomaga tegishli yozuvni kiritadi va uning bir nusxasini yuridik yoki jismoniy shaxsga pochta orqali yuboradi.
3 ish kunidan kechiktirmay
6-bosqich
Maxsus vakolatli davlat organi
Ruxsat ber?sh va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar huquqbuzarliklar “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Belgilangan tartibda
7-bosqich
Maxsus vakolatli davlat organi
Geodeziya sohasida aniqlangan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo chorasini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Belgilangan tartibda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 183-son qaroriga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarori)” 2011-yil 2-noyabrdagi 294-son qaroriga ilovaning 28-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PF-5065-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-son qarori)” 2017-yil 29-avgustdagi 679-son qaroriga ilovaning 8-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori)” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga 1-ilovaning 26-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoni)” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 34-bandi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2018-yil 24-iyuldagi OʻRQ-487-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” 2019-yil 12-fevraldagi 117-son qaroriga ilovaning 1-bandi.