Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI, SUT VA ChORVA MAHSULOTLARI XARID QILIShGA ShARTNOMALAR BOʻYIChA HISOB-KITOBLAR OʻZ VAQTIDA QILINIShI UChUN JAVOBGARLIKNI SUGʻURTA QILISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qishloq tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini sugʻurtaviy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasining meva-sabzavot mahsulotlari, sut va chorva mahsulotlari xarid qilishga shartnomalar boʻyicha hisob-kitoblar oʻz vaqtida qilinishi uchun tayyorlov tashkilotlarining javobgarligini sugʻurta qilishni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin hamda uni amalga oshirish sxemalariga 1 va 2-ilovalariga muvofiq rozilik berilsin.
2. Sugʻurtaning mazkur turini amalga oshirish “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasiga topshirilsin va meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilishga tuzilgan shartnomalar boʻyicha sugʻurta tariflarining sugʻurta summasining 2 foizi miqdorida, sut va chorva mollari xarid qilishga tuzilgan shartnomalar boʻyicha esa 1 foizi miqdorida boʻlishiga rozilik berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 6-martdagi 125-son qaroriga 3-ilovaning 12-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 25-mart,
132-son
Meva-sabzavot xomashyosi xarid qilishga tuzilgan shartnomalar boʻyicha hisob-kitoblar oʻz vaqtida qilinishi uchun javobgarlikni sugʻurta qilish
SXEMASI
Meva-sabzavot xomashyosi xarid qilishga tuzilgan shartnomalar boʻyicha oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishi uchun javobgarlikni sugʻurta qilish operatsiyalarining izchilligi
1. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi va “Mevasabzavot” hududiy birlashmalarining boʻlinmalari qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bilan meva-sabzavot xomashyosi xarid qilishga (keyingi oʻrinlarda matnda “mahsulot” deb ataladi) kontraktatsiya shartnomalari (keyingi oʻrinlarda matnda “xarid qilishga tuzilgan shartnoma” deb ataladi) tuzadilar.
Xarid qilishga tuzilgan shartnomada barcha zarur rekvizitlar, shu jumladan mahsulot turi, miqdori va sifati, yetkazib beriladigan mahsulotning kontraktlar tuzilgan kundagi qiymati, hisob-kitoblar tartibi, shuningdek tomonlarning ular tomonidan xarid qilishga tuzilgan shartnoma boʻyicha oʻz zimmalariga olgan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun oʻzaro mulkiy javobgarligi koʻrsatiladi.
2. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi va “Mevasabzavot” hududiy birlashmalarining boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda matnda “sugʻurtalanuvchi” deb ataladi) “Oʻzagrosugʻurta” sugʻurta kompaniyasining boʻlinmalariga (keyingi oʻrinlarda matnda “sugʻurtalovchi” deb ataladi) mahsulot xarid qilishga tuzilgan shartnomalar boʻyicha oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishi uchun javobgarlikning sugʻurta shartnomasi (keyingi oʻrinlarda matda “sugʻurta shartnomasi” deb ataladi) tuzish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishadi. Arizaga sugʻurtalanuvchining soliq inspeksiyasining belgisi qoʻyilgan oxirgi sanadagi balansi, tayyor mahsulotni sotishga tuzilgan shartnomalar ilova qilinadi.
3. Sugʻurtalovchi taqdim etilgan hujjatlar turkumini koʻrib chiqadi, sugʻurtalanuvchining toʻlov qobiliyatini aniqlaydi va toʻlovga qobiliyatli sugʻurtalanuvchilar bilan sugʻurta shartnomasi tuzadi, shartnomada sugʻurtalovchi, sugʻurtalanuvchi, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va xarid qilishga tuzilgan shartnoma, sugʻurta shartnomasi mavzusi, sugʻurta puli miqdori, amal qilish muddati, tomonlarning yuridik manzillari, rekvizitlari, tuzilgan sanasi, sugʻurtalanuvchi va sugʻurtalovchi rahbarlarining tegishli muhrlar bilan tasdiqlangan imzolari koʻrsatiladi.
Sugʻurtalanuvchi tomonidan qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisi tomonidan xarid qilishga tuzilgan shartnoma boʻyicha yetkazib berilgan konditsion mahsulot uchun sugʻurtalanuvchiga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra mahsulotga haq toʻlash yuzasidan xarid qilish shartnomasida koʻrsatilgan sanadan boshlab 5 kundan ortiq muddatda toʻliq yoki qisman haq toʻlanmasligi sugʻurta hodisasi hisoblanadi.
Sugʻurtalovchining javobgarligi darajasi, sugʻurtalanuvchi bilan kelishilgan holda, sugʻurtalanuvchi, nazarda tutilgan avans chiqarib tashlangan holda, xarid qilishga tuzilgan shartnoma boʻyicha qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisiga toʻlashi kerak boʻlgan summaning 50 foizini tashkil etadi.
Sugʻurta shartnomasi xarid qilishga tuzilgan shartnomaning amal qilishi muddatiga tuziladi va sugʻurta hodisasi paydo boʻlgan taqdirda xarid qilishga tuzilgan shartnoma muddati tamom boʻlgan kundan boshlab olti oygacha amal qiladi.
4. Sugʻurta shartnomasi hisoblab chiqilgan sugʻurta toʻlovi sugʻurtalovchining talab qilib olinadigan depozit schyotiga tushgan paytdan boshlab kuchga kiradi, shundan keyin sugʻurtalovchi sugʻurtalanuvchiga sugʻurta polisi beradi. Sugʻurta polisi sugʻurta shartnomasi kuchga kirganligidan dalolat beruvchi hujjat hisoblanadi. Sugʻurta polisi sugʻurtalanuvchiga sugʻurta toʻlovi sugʻurtalovchining talab qilib olinadigan depozit schyotiga tushgan kundan boshlab 3 kun mobaynida yozib beriladi.
5. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisi tomonidan xarid qilishga tuzilgan shartnoma boʻyicha yetkazib berilgan mahsulotga haq toʻlash yuzasidan xarid qilishga tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan sanadan boshlab 5 kun oʻtgandan keyin haq toʻliq yoki qisman toʻlanmagan taqdirda sugʻurtalanuvchi sugʻurtalovchiga sugʻurta hodisasi boshlanganligi toʻgʻrisidagi ariza yuboradi.
6. Sugʻurtalovchi sugʻurtalanuvchi va qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisi bilan birgalikda ariza qabul qilingan sanadan boshlab 10 kun muddatda sugʻurta hodisasi boshlanganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuzadi.
7. Sugʻurtalovchi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisiga sugʻurta tovonini sugʻurta dalolatnomasi tuzilgan sanadan boshlab 3 kun muddatda toʻlaydi.
8. Sugʻurtalovchi qarz summasini sugʻurtalanuvchidan quyidagi tartibda undirib oladi. Sugʻurtalanuvchiga qarzni toʻlash uchun sugʻurta tovoni toʻlangan sanadan boshlab 90 kunlik muddat belgilanadi. Ushbu muddat davomida sugʻurta fondi mablagʻlaridan foydalanganlik uchun haq undirilmaydi. Ushbu muddat tamom boʻlgandan keyin sugʻurtalanuvchi sugʻurtalovchiga sugʻurta tovoni toʻlangan sanadan boshlab sugʻurtalanuvchi tomonidan sugʻurta tovonini amalda qoplash sanasigacha, biroq mahsulot uchun haq toʻlash yuzasidan xarid qilishga tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan sanadan boshlab olti oydan ortiq emas, sugʻurta fondi mablagʻlaridan foydalanganlik uchun haq toʻlaydi. Haq miqdori mahsulot haqi oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun xarid qilishga tuzilgan shartnomadagi sanksiya summasiga qaraganda 0,1 foiz yuqori, biroq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi. Soʻngra summalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi.
Sut va chorva mollari xarid qilishga tuzilgan shartnomalar boʻyicha oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishi uchun javobgarlikni sugʻurta qilish
SXEMASI
Sut va chorva mollari xarid qilishga tuzilgan shartnomalar boʻyicha oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishi uchun javobgarlikni sugʻurta qilish operatsiyalarining izchilligi
1. “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi boʻlinmalari qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bilan meva-sabzavot xomashyosi xarid qilishga (keyingi oʻrinlarda matnda “mahsulot” deb ataladi) kontraktatsiya shartnomalari (keyingi oʻrinlarda matnda “xarid qilishga tuzilgan shartnoma” deb ataladi) tuzadilar.
Xarid qilishga tuzilgan shartnomada barcha zarur rekvizitlar, shu jumladan mahsulot turi, miqdori va sifati, yetkazib beriladigan mahsulotning kontraktlar tuzilgan kundagi qiymati, hisob-kitoblar tartibi, shuningdek tomonlarning ular tomonidan xarid qilishga tuzilgan shartnoma boʻyicha oʻz zimmalariga olgan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun oʻzaro mulkiy javobgarligi koʻrsatiladi.
2. “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda matnda sugʻurtalanuvchi” deb ataladi) “Oʻzagrosugʻurta” sugʻurta kompaniyasining boʻlinmalariga (keyingi oʻrinlarda matnda “sugʻurtalovchi” deb ataladi) mahsulot xarid qilishga tuzilgan shartnomalar boʻyicha oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishi uchun javobgarlikning sugʻurta shartnomasi (keyingi oʻrinlarda matda “sugʻurta shartnomasi” deb ataladi) tuzish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishadi. Arizaga sugʻurtalanuvchining soliq inspeksiyasining belgisi qoʻyilgan oxirgi sanadagi balansi, tayyor mahsulotni sotishga tuzilgan shartnomalar ilova qilinadi.
3. Sugʻurtalovchi taqdim etilgan hujjatlar turkumini koʻrib chiqadi, sugʻurtalanuvchining toʻlov qobiliyatini aniqlaydi va toʻlovga qobiliyatli sugʻurtalanuvchilar bilan sugʻurta shartnomasi tuzadi, shartnomada sugʻurtalovchi, sugʻurtalanuvchi, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va xarid qilishga tuzilgan shartnoma, sugʻurta shartnomasi mavzusi, sugʻurta puli miqdori, amal qilish muddati, tomonlarning yuridik manzillari, rekvizitlari, tuzilgan sanasi, sugʻurtalanuvchi va sugʻurtalovchi rahbarlarining tegishli muhrlar bilan tasdiqlangan imzolari koʻrsatiladi.
Sugʻurtalanuvchi tomonidan qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisi tomonidan xarid qilishga tuzilgan shartnoma boʻyicha yetkazib berilgan konditsion mahsulot uchun sugʻurtalanuvchiga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra mahsulotga haq toʻlash yuzasidan xarid qilish shartnomasida koʻrsatilgan sanadan boshlab 15 kundan ortiq muddatda toʻliq yoki qisman haq toʻlanmasligi sugʻurta hodisasi hisoblanadi.
Sugʻurtalovchining javobgarligi darajasi, sugʻurtalanuvchi bilan kelishilgan holda, sugʻurtalanuvchi, nazarda tutilgan avans chiqarib tashlangan holda, xarid qilishga tuzilgan shartnoma boʻyicha qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisiga toʻlashi kerak boʻlgan summaning 50 foizini tashkil etadi.
Sugʻurta shartnomasi xarid qilishga tuzilgan shartnomaning amal qilishi muddatiga tuziladi va sugʻurta hodisasi paydo boʻlgan taqdirda xarid qilishga tuzilgan shartnoma muddati tamom boʻlgan kundan boshlab olti oygacha amal qiladi.
4. Sugʻurta shartnomasi hisoblab chiqilgan sugʻurta toʻlovi sugʻurtalovchining talab qilib olinadigan depozit schyotiga tushgan paytdan boshlab kuchga kiradi, shundan keyin sugʻurtalovchi sugʻurtalanuvchiga sugʻurta polisi beradi. Sugʻurta polisi sugʻurta shartnomasi kuchga kirganligidan dalolat beruvchi hujjat hisoblanadi. Sugʻurta polisi sugʻurtalanuvchiga sugʻurta toʻlovi sugʻurtalovchining talab qilib olinadigan depozit schyotiga tushgan kundan boshlab 3 kun mobaynida yozib beriladi.
5. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisi tomonidan xarid qilishga tuzilgan shartnoma boʻyicha yetkazib berilgan mahsulotga haq toʻlash yuzasidan xarid qilishga tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan sanadan boshlab 15 kun oʻtgandan keyin haq toʻliq yoki qisman toʻlanmagan taqdirda sugʻurtalanuvchi sugʻurtalovchiga sugʻurta hodisasi boshlanganligi toʻgʻrisidagi ariza yuboradi.