17.02.2022 yildagi PF-74-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 17.02.2022 yildagi PF-74-son
Date of entry into force
18.02.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni

Nogironligi boʻlgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironligi boʻlgan shaxslar, ayniqsa, doimiy parvarishga muhtoj boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirishda yangi yondashuvlarni joriy etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2022-yil 1-maydan boshlab nogironlik pensiyalari, shu jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasi hamda mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasining eng kam miqdori 698 000 soʻm etib belgilansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PF-128-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 06/22/128/0369-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, 2022-yil 1-apreldan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning (keyingi oʻrinlarda — oʻzgalar parvarishiga muhtoj bolalar) parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 soʻm miqdorida nafaqa toʻlovi (keyingi oʻrinlarda — parvarishlash nafaqasi) joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, parvarishlash nafaqasini toʻlash va yetkazib berish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) parvarishlash nafaqasi fuqarolardan murojaat talab etilmagan holda, elektron maʼlumotlar asosida “proaktiv shakl”da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tayinlanadi va toʻlanadi.
( 2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A.K. Inakov) Sogʻliqni saqlash vazirligi (B.A. Musayev) bilan birgalikda quyidagi maʼlumotlarni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga elektron shaklda taqdim etib borishni taʼminlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 1-apreldan boshlab oʻzgalar parvarishiga muhtoj bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 1-oktabrdan boshlab oʻzgalar parvarishiga muhtoj bolalarning qonuniy vakillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A.K. Inakov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B.A. Musayev) bilan birgalikda 2022-yilning oktabr oyidan boshlab 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalar va odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka chalingan 18 yoshgacha bolalarga toʻlanadigan nafaqalarni hamda parvarishlash nafaqasini fuqarolardan qoʻshimcha hujjatlarni talab etmagan holda “proaktiv shakl”da tayinlash tizimini joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Farmonda belgilangan chora-tadbirlar bilan bogʻliq xarajatlar budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining qoʻshimcha daromadlari hamda jamgʻarmaga respublika budjetidan ajratilishi koʻzda tutilgan transfertlar hisobidan moliyalashtirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelgusi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida mazkur Farmonning amalga oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlarni nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu Farmonning maqsadi, vazifalari va bundan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning kasalliklari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ushbu Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K. Inakov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 17-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-74-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PF-74-son Farmoniga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning kasalliklari roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bosh va orqa miya jarohatlari hamda tugʻuruq jarohatlari oqibatida bosh va orqa miya qon aylanishining ogʻir buzilishlari, periventrikulyar leykomalyatsiya, markaziy asab tizimining virusli infeksiyalari natijasida chuqur harakatlar buzilishi bilan asoratlangan holatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jarrohlik amaliyotidan keyingi holatlar: ichki aʼzolar, suyak-mushak tizimi, miya qutisi, quloq-tomoq-burun aʼzolari va suyak-mushak tizimining tugʻma anomaliyasi (rivojlanish nuqsonlari va deformatsiyalarning ogʻir shakllari) bilan tugʻilgan chaqaloqlarda uzoq nazoratni va korreksiyani talab qiladigan holatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Biriktiruvchi toʻqimaning tizimli shikastlanishi: tizimli qizil yugurik, dermatopolimiozit, tizimli boshlanuvchi yuvenil artriti, yuvenil revmatoid artriti va tugunchali periarteritning ogʻir turlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Serebral falaj va boshqa falajli sindromlar (istisno: G81.0-G81.9-gemiplegiya, G83.1-oyoqlar monoplegiyasi va G83.2-qoʻl monoplegiyasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bolalar serebral falaji, periventrikulyar leykomalyatsiya. (Istisno: G80.2-bolalar gemiplegiyasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tez-tez qaytalanuvchi epilepsiyaning shaxs oʻzgarishi va aql pastligi bilan kechishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kelib chiqishi har xil boʻlgan aqliy zaiflikning chuqur va ogʻir turi. Autizm.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Surunkali ogʻir shizofreniya va boshqa ruhiy buzilishlar, xulq-atvor buzilishlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Poliomiyelit kasalligining ogʻir asoratlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻtkir boʻshashgan shol.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tugʻma gidrotsefaliya (kuchli miya qutisi gipertenziyasi, tez-tez takrorlanuvchi talvasa xurujlari, koʻz tubidagi asoratlar, parezlar, plegiyalar, aqliy, nutqiy, motor rivojlanishida orqada qolishlar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Koʻrish oʻtkirligining yaxshi koʻradigan koʻzda 0 — 0,03 ga (korreksiya bilan) pasayishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tugʻma va orttirilgan tusdagi surunkali bronx-oʻpka kasalliklarida II-III darajali turgʻun nafas yetishmovchiligi. Astmaning gormonga bogʻliq asoratli turi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tez-tez qaytalanuvchi oqma yaralar va funksional buzilishlar bilan kechadigan suyak va boshqa tayanch tizimi sili, silga qarshi dori vositalariga turgʻunligi boʻlgan, davolanish natija bermagan va palliativ davoga muhtoj boʻlgan sil kasalliklari; bosh miya faoliyatining keskin buzilishi bilan kechadigan sil meningoensefaliti, jarrohlik yoʻli bilan davolanishga hayotiy qarshi koʻrsatmalari boʻlgan, keskin funksional buzilishlar bilan kechadigan bosh va orqa miya tuberkulemalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Jigarning tugʻma, irsiy, orttirilgan kasalliklarida kuchli turgʻun qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Surunkali buyrak yetishmovchiligining III bosqichi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Inkurabel yomon sifatli oʻsmalarning ogʻir shakli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Bir necha bor jarrohlik amaliyotidan keyin tuzatib boʻlmaydigan doimiy najas va siydikni tuta olmaslik, yoʻgʻon, toʻgʻri ichak va orqa chiqaruv teshigining tugʻma va orttirilgan oqmalari, siydik tanosil aʼzolari oqmalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi toʻqima kasalliklarida yaqqol qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir yoki ikkala oyoq va qoʻllarda tugʻma va orttirilgan ogʻir darajadagi skelet deformatsiyalari va amputatsion choʻltoqlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayanch-harakat apparatining rivojlanish nuqsonlari tufayli mustaqil harakat va oʻz-oʻziga xizmat qilish imkoniyati yoʻqligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Qon aylanish tizimi tugʻma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari, maʼlum bir yoshgacha operatsiya qilib boʻlmaydigan holatlar, yurak va yirik qon tomirlarida oʻtkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyingi holatlar) ifodalangan darajadagi funksiya buzilishlari bilan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ichki sekretsiya bezlari funksiyasining yetishmovchiligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qandli diabetning 1 turi (insulinga bogʻliq qandli diabet);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qandsiz diabet (pitiutrin-rezistent shakli), Itsengo-Kushinga sindromi, surunkali buyrak usti bezlarining boshqa buzilishlari (Adisson krizi), total adrenoektomiyadan keyingi holat, buyrak usti bezi poʻstlogʻining ogʻir tugʻma disfunksiyasi, somatotrop yetishmovchilik (gipofizar nanizm), tugʻma va orttirilgan gipotireozning ogʻir shakli, gipoparatireoz, tireotoksikoz.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Miopatiyalar, orqa mushak atrofiyasi, tugallanmagan osteogenez, irsiy neyrodegenerativ kasalliklar — leykodistrofiya, gepatolentikulyar degeneratsiya. Ichki aʼzolar va tizimlarning ogʻir buzilishlari, psixomotor va nutqiy rivojlanishdagi buzilishlar bilan kechuvchi irsiy raxitsimon kasalliklar, Marfan sindromi va Elers-Danlo sindromi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Koʻplab tugʻma nuqsonlar, ichki aʼzolar faoliyatining buzilishlari, psixomotor va nutqiy rivojlanishda orqada qolish bilan kechuvchi xromosom buzilishlar: Klaynfelter sindromi, Shershevskiy-Terner sindromi, Patau sindromi, Edvards sindromi va boshqalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Oʻtkir va surunkali leykozlar, gemoblastozlar, xavfli gistiotsitoz, miyelodisplastik sindromlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Qon ishlab chiqarish tugʻma va orttirilgan aplastik anemiyalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ogʻir gemorragik sindrom bilan kechuvchi, doimo qaytalanib turuvchi surunkali trombotsitopatiyalar, irsiy va orttirilgan shakllari, yiliga 3 marotabadan ortiq xuruj qiladigan gemorragik sindromlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Gemofiliya.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Talassemiya.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Tugʻma immunitet tanqisligi holatlari: ogʻir mujassamlashtirilgan antitanachalar yetishmovchiligi ustun boʻlgan immunitet tanqisligi holatlari, polimorfyadroli neytrofillar funksional buzilishlari, septik granulamatoz — jigar, oʻpka, limfa tugunlari va boshqa aʼzolarning qaytalanib turuvchi bakterial shikastlanishi bilan kechishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. OITS — orttirilgan immunitet tanqisligi sindromining IV bosqichi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Bullyoz epirdemioliz.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Kistozli fibroz (mukovissidoz): 7 yoshgacha boʻlgan bolalar doimiy yordamga muhtoj; 7 yoshdan katta bolalarda — ogʻir asoratli holatlarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ichki aʼzolar faoliyatining buzilishlari, psixomotor va nutqiy rivojlanishda orqada qolish bilan kechuvchi irsiy glikogen toʻplanishi va glikosfingolipid metobolizmining buzilishi kasalliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pompe kasalligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Goshe kasalligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fabri kasalligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Krabbe kasalligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Niman-Pik (A va V turi) kasalligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mukopolisaxaridozlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ichki aʼzolar faoliyatining buzilishlari, psixomotor va nutqiy rivojlanishda orqada qolish bilan kechuvchi Daun kasalligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Hukumat qarori bilan ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 06/22/74/0142-son, 30.04.2022-y., 06/22/128/0369-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)