Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.09.1997 yildagi 446-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.09.1997 yildagi 446-son
Date of entry into force
19.09.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish tizimi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish tizimida islohotlarni davom ettirish toʻgʻrisida” 1997-yil 17-sentabrdagi PF-1843-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maishiy xizmat koʻrsatish tizimining tashkiliy tuzilmasi, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish hududiy uyushmalarining ijroiya apparati namunaviy tuzilmasi va maishiy xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlar tuman (shahar) uyushmalari ijroiya apparatining namunaviy tuzilmasi 1, 2 va 3-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maishiy xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlar tuman (shahar) uyushmalari aholiga maishiy xizmat koʻrsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatining asosiy boʻgʻini hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maishiy xizmat koʻrsatish hududiy uyushmalari tuman (shahar) uyushmalarini va mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarni ixtiyoriy asosda birlashtiradi, oʻzlariga berilgan funksiyalar bajarilishi uchun oʻz muassislari oldida javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholiga maishiy xizmat koʻrsatish hududiy uyushmalari ijroiya apparatiga va maishiy xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlar tuman (shahar) uyushmalariga sarflanadigan xarajatlar ular tomonidan maishiy xizmat koʻrsatish korxonalariga xizmat koʻrsatishdan olinadigan daromadlar, shuningdek oʻz xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Andijon, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklarining tugatilayotgan “Oʻzmaishiyxizmatuyushma”ning bir qancha obyektlari 4-ilovaga* muvofiq aholiga maishiy xizmat koʻrsatish hududiy organlari tarkibiga belgilangan tartibda kirishi haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 4-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi 1997-yil oxirigacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aksiyalar paketlarini joylashtirishni takomillashtirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qaroriga muvofiq maishiy xizmat koʻrsatish hududiy uyushmalariga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari paketlarini belgilangan tartibda qayta taqsimlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻzlariga qarashli hududlarda aholiga maishiy xizmat koʻrsatish tizimini rivojlantirishni taʼminlovchi shart-sharoitlar yaratishga doir aniq tadbirlarni ishlab chiqsinlar, ularga quyidagilarni kiritsinlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maishiy xizmatning yangidan tashkil etilayotgan obyektlarini joylashtirish va qurish uchun tegishli binolar va yer osti uchastkalari ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari joylashgan binolar va imoratlarni olib qoʻyish, berish yoki buzish paytida teng qiymatli binolar va ishlab chiqarish maydonlari berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangidan tashkil etilayotgan maishiy xizmat koʻrsatish korxonalariga mahalliy hokimiyat organlari balansida boʻlgan binolarni imtiyozli shartlarda uzoq muddatli ijaraga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maishiy xizmat koʻrsatish korxonalarini tashkil etish, roʻyxatdan oʻtkazish va ular faoliyatni amalga oshirishdagi byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi Kengashi, tegishli mintaqaviy kengashlar, Davlat raqobat qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari maishiy xizmat koʻrsatish korxonalarini tashkil etish va texnika bilan qayta jihozlashga investitsiya loyihalari uchun xorijiy banklar va xalqaro moliya tashkilotlari kredit liniyalari boʻyicha kreditlar olishda, mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirishda, xomashyo, asbob-uskunalar, inventar va boshqalarni yetkazib beruvchilar bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma aloqalari oʻrnatishda hududiy uyushmalarga, maishiy xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlar tuman (shahar) uyushmalariga, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonalariga har tomonlama koʻmaklashsinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Texmaishiyloyiha” aksiyadorlik jamiyati, “Dastgohsozlash” aksiyadorlik jamiyati, “Marhabo” aksiyadorlik jamiyati va Respublika oʻquv-kurs kombinatining ular negizida “Maishiy xizmat markazi” firmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Maishiy xizmat markazi” firmasi ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida taʼsis etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Maishiy xizmat markazi” firmasining ustav jamgʻarmasi tugatilgan “Oʻzmaishiyximzmatuyushma” mol-mulki, aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlatga tegishli aksiyalar paketlarini trast boshqaruvchi shartlarida firmaga berish hisobiga hosil boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulki qoʻmitasi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari paketlarini bir oy muddatda belgilangan tartibda 5-ilovaga* muvofiq qayta taqsimlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 5-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, quyidagilar “Maishiy xizmat markazi” firmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik siyosatni belgilash, yangi texnologiyalar va zamonaviy asbob-uskunalardan foydalangan holda maishiy xizmat koʻrsatishning yirik zamonaviy korxonalarini barpo etish masalalarida aholiga maishiy xizmat koʻrsatish hududiy uyushmalariga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maishiy xizmat koʻrsatish hududiy uyushmalariga, boʻysunishidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalariga xizmatlar bozori konyunkturasini oʻrganish masalalari, ularning faoliyati bilan bogʻliq iqtisodiy, huquqiy va boshqa masalalar boʻyicha konsalting xizmatlari koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maishiy xizmatlar koʻrsatish uchun zarur boʻlgan xomashyo resurslari bozorlarini oʻrganish, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari va tashkilotlarining buyurtmalari boʻyicha ularni tashqi bozorlardan ulgurji xarid qilishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maishiy xizmat koʻrsatish korxonalarida ishlash uchun professional xodimlar tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Maishiy xizmat markazi” firmasi faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash oʻz xoʻjalik faoliyati, xizmatlar koʻrsatish, trast boshqaruviga berilgan aksiyalarning davlat paketlari boʻyicha dividendlar, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa daromadlar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, maishiy xizmat koʻrsatish hududiy uyushmalari va Respublika oʻquv-kurs kombinati 2000-yilgacha boʻlgan davrda maishiy xizmat koʻrsatish tizimi uchun ish bilan band boʻlmagan aholi orasidan oʻn ming kishini, shu jumladan sakkiz ming kishini Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga va ikki kishini hududiy uyushmalar, maishiy xizmat koʻrsatish tuman (shahar) uyushmalari mablagʻlari hisobiga tayyorlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun qoidalariga rioya etish, shu jumladan aholiga maishiy xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya qilish ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Belgilansinki, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalarining soliqqa tortiladigan daromadlari aholiga maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishga yoʻnaltiriladigan barcha xarajatlar summasiga kamaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari maishiy xizmatlarga boʻlgan talabdan, ularning turini koʻpaytirishdan, shuningdek normativ koʻrsatkichlarga muvofiq aholining maishiy xizmatlar bilan taʼminlanganligidan kelib chiqib yilning har choragida maishiy xizmat koʻrsatish tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi aholiga maishiy xizmat koʻrsatish tarmoqlarini rivojlantirish toʻgʻrisidagi har choraklik hisobotni belgilangan tartibda joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Oʻzmaishiyxizmatuyushma” qonun hujjatlarida belgilan tartibda tugatilsin. Tugatish davrida “Oʻzmaishiyxizmatuyushma” ga rahbarlik qilish funksiyasi “Oʻzmaishiyxizmatuyushma” raisi va uning oʻrinbosarlarida saqlab qolinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Maishiy xizmat markazi” firmasi Toshkent shahar, A. Toʻqay koʻchasidagi 1-uyga joylashtirilsin, “Texmaishiyloyiha” aksiyadorlik jamiyati binosi foydalanish uchun tasarruf etish huquqisiz “Maishiy xizmat markazi” firmasi balansiga berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 12-oktabrdagi 399-son qarorining 1, 2 va 8-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.Z. Usmonov va V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 19-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
446-son

Vazirlar Mahkamasining
19-sentabrdagi 446-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maishiy xizmat koʻrsatish tizimining tashkiliy
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilmasi

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil
19-sentabrdagi 446-son qaroriga
2-ILOVA

Maishiy xizmat koʻrsatish hududiy uyushmasi boshqaruv
apparatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
namunaviy tuzilmasi

(Shtatdagi xodimlar soni 8—14)‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil
19-sentabrdagi 446-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maishiy xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlar
tuman (shahar) uyushmasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
namunaviy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

(Ijro etuvchi apparat xodimlari soni — 5—7)‎