06.01.2022 yildagi 8-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.01.2022 yildagi 8-son
Date of entry into force
07.01.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek, fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli davlat organi) va davlat xizmatlari markazlariga identifikatsiyalovchi ID-kartasini (keyingi oʻrinlarda — ID-karta) olish uchun murojaat qilish boʻyicha davlat xizmati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun vakolatli davlat organiga murojaat qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, vakolatli davlat organi va davlat xizmatlari markazlari tomonidan anʼanaviy tarzda ID-karta olish, shuningdek, vakolatli davlat organi tomonidan fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun murojaat qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibi ham saqlab qolinishi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ID-kartani olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning elektron shakldagi murojaatlarini avtomatlashtirilgan tizim orqali qabul qilish va yuborish, idoralararo maʼlumotlar bazasida tekshirish tartibi, murojaatlarni qabul qilish va koʻrib chiqish jarayonida tizim ishtirokchilarining vazifalarini nazarda tutuvchi Identifikatsiyalovchi ID-kartasini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolikka qabul qilish va fuqarolikdan chiqish uchun elektron shakldagi murojaatlarni avtomatlashtirilgan tizim orqali qabul qilish va yuborish, idoralararo maʼlumotlar bazasida tekshirish tartibi hamda murojaatlarni qabul qilish va koʻrib chiqish jarayonida tizim ishtirokchilarining vazifalarini nazarda tutuvchi Fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ID-kartani olish, fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun elektron murojaat qilish boʻyicha davlat xizmati YIDXP orqali koʻrsatilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan axborot tizimlari oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarga muvofiq davlat xizmatlari koʻrsatilishini YIDXP orqali joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmati koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha ularning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmati koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolar qoʻllasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 6-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-yanvardagi 8-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Identifikatsiyalovchi ID-kartasini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼMURIY REGLAMENTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Reglament Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — murojaat etuvchilar) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali identifikatsiyalovchi ID-kartasini (keyingi oʻrinlarda — ID-karta) olish uchun ariza yuborish boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat xizmati YIDXP orqali Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) va davlat xizmatlari markazlari tomonidan ham koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar ID-kartani olish uchun elektron murojaat qilish boʻyicha arizalarni avtomatlashtirilgan tizim orqali qabul qilish va koʻrib chiqish jarayonida tizim ishtirokchilarining vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatlashtirilgan tizimga kiritilgan maʼlumotlarga ishlov berish, saqlash va ulardan foydalanish hamda murojaatning holati monitoringini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatlashtirilgan tizim doirasida jalb etilgan vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari oʻrtasida oʻzaro maʼlumot almashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslarning elektron talabnomalarini identifikatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli statistik maʼlumotlarni shakllantirish va monitoring olib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Murojaat etuvchilarning ID-kartani olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborishi mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Murojaat etuvchi ID-kartani olish uchun oʻz xohishiga koʻra YIDXP orqali elektron raqamli imzodan yoki Mobil-ID tizimidan foydalanib roʻyxatdan oʻtgan holda elektron tarzda murojaat etadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda murojaat etuvchi YIDXP orqali ID-kartani olish boʻyicha ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq elektron shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi vakolatli organ tomonidan “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi tasdiqlangan taqdirda, vakolatli organ tomonidan bir ish kuni ichida murojaat etuvchiga tegishli xabarnoma yuboriladi (elektron pochta orqali yoki SMS-xabarnoma).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan taqdirda, vakolatli organ tomonidan bir ish kuni ichida murojaat etuvchiga soʻrovnomadagi xatoliklarni bartaraf etish uchun besh ish kunidan iborat muddat berilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi (elektron pochta orqali yoki SMS-xabarnoma).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan muddat ichida soʻrovnomadagi xatoliklar bartaraf etilmagan taqdirda, soʻrovnoma avtomatik ravishda rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Avtomatlashtirilgan tizim orqali soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi tasdiqlangach, murojaat etuvchi uch ish kuni ichida davlat xizmati koʻrsatilgani uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji toʻlovini amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning yoʻqotilgan, muddati oʻtgan yoki yaroqsiz holatga kelgan biometrik pasportlarini (identifikatsiya ID-kartalari) rasmiylashtirishda ular Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestriga kiritilguniga qadar davlat boji toʻlovi undirilmaydi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/125/0203-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boji toʻlovlari amalga oshirilganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Toʻlov muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng ID-kartani olish boʻyicha soʻrovnoma ID-kartani rasmiylashtirish va berish avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kelib tushadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlovlar belgilangan muddatda yoki toʻliq amalga oshirilmagan taqdirda, soʻrovnoma avtomatik ravishda rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Fuqaro ID-kartani olish yuzasidan tegishli xabarnomani olganidan soʻng, uch ish kuni ichida zarur boʻlgan hujjatlarni (ilgari berilgan pasport yoki ID-karta, tugʻilganlik haqidagi guvohnomani (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda), vakolatli organning qarorini (ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilganida) va davlat boji toʻlanganligi haqidagi kvitansiyani (elektron toʻlov tizimlari orqali toʻlanganda kvitansiya majburiy emas) vakolatli organga shaxsan kelib taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vakolatli organ tomonidan oʻrnatilgan tartibda talabnoma shakllantirilgandan soʻng murojaat etuvchiga bir ish kuni davomida ID-karta rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Murojaat etuvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Murojaat etuvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi hamda amalga oshirilgan toʻlov summasi ariza beruvchiga qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari mazkur Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Murojaat etuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Identifikatsiyalovchi ID-kartasini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborishi boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning identifikatsiya ID-kartasini olish (almashtirish) uchun elektron murojaat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Murojaat etuvchi

1. Elektron murojaat qilish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.

2. Identifikatsiya ID-kartasini (ID-karta) olish uchun elektron soʻrovnomani toʻldiradi va avtomatik tarzda Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) yuboradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Vakolatli organ

1. “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshiradi.

Avtomatik ravishda

2. Maʼlumotlar haqqoniyligi tasdiqlangan taqdirda murojaat etuvchiga tegishli xabarnoma yuboradi.

3. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan taqdirda, vakolatli organ tomonidan bir ish kuni ichida murojaat etuvchiga soʻrovnomadagi xatoliklarni bartaraf etish uchun besh ish kunidan iborat muddat berilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi (elektron pochta orqali yoki SMS-xabarnoma).

Bir ish kuni ichida

4. Belgilangan muddat ichida soʻrovnomadagi xatoliklar bartaraf etilmagan taqdirda, soʻrovnomani rad etadi.

Avtomatik ravishda

3-bosqich

Murojaat etuvchi

ID-karta olish uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan miqdorda toʻlovni amalga oshiradi.

Uch ish kuni ichida

4-bosqich

Murojaat etuvchi

Tegishli xabarnomani olganidan soʻng zarur boʻlgan hujjatlarni, vakolatli organning qarorini (ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilganida) va davlat boji toʻlanganligi haqidagi kvitansiyani (elektron toʻlov tizimlari orqali toʻlanganda kvitansiya majburiy emas) vakolatli organga shaxsan kelib taqdim etadi.

Uch ish kuni ichida

5-bosqich

Vakolatli organ

ID-kartani rasmiylashtiradi va murojaat etuvchiga taqdim etadi.

Bir ish kuni davomida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Identifikatsiyalovchi ID-kartasini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborishi boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning identifikatsiya ID-kartasini olish (almashtirish) boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SOʻROVNOMA

I. Murojaat etuvchi toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Shahar yoʻlovchilar transportidan (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxslar toifalari

oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek ularni kuzatuvchi shaxs

Jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot

1. JSHSHIR

2. F.I.O

II. Murojaat etuvchi tomonidan taqdim etiladigan fuqarolik pasporti, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi identifikatsiyalovchi ID — kartasi, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoki guvohnomasi, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki maʼlumotnoma haqida maʼlumot

3. Seriyasi va raqami:

4. Kim tomonidan berilgan:

5. Qachon berilgan:

III. Murojaat etuvchi tomonidan Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlariga tashrif buyurish vaqti haqidagi maʼlumotlar

6. Maʼlumotlarni yigʻish punktiga kelish sanasi

7. Maʼlumotlarni yigʻish punktiga kelish vaqti

8. Tashrif buyuriladigan Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi

IV. Boshqa maʼlumotlar

9. Telefon raqami

10. Elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa):

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/123/0201-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-yanvardagi 8-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼMURIY REGLAMENTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Reglament Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga (keyingi oʻrinlarda — murojaat etuvchi) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun murojaat qilish boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat xizmatlari YIDXP orqali Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar shaxslarning fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish yuzasidan elektron shakldagi murojaatlarini avtomatlashtirilgan tizim orqali qabul qilish va koʻrib chiqish jarayonida “E-Fuqaro” IMB doirasida ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralarning vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatlashtirilgan tizimga kiritilgan maʼlumotlarga ishlov berish, saqlash va ulardan foydalanish hamda murojaatning holati monitoringini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXPda shaxsning fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatish uchun davlat boji toʻlovlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatlashtirilgan tizim doirasida jalb etilgan vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari oʻrtasida oʻzaro maʼlumot almashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli statistik maʼlumotlarni shakllantirish va monitoring olib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “E-Fuqaro” IMB doirasida ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralar tomonidan kiritilgan maʼlumotlar almashinuvi monitoringini olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat xizmatlarini koʻrsatish mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Murojaat etuvchi fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish masalalari yuzasidan oʻz xohishiga koʻra YIDXPda elektron raqamli imzodan yoki Mobil-ID tizimidan foydalanib, roʻyxatdan oʻtgan holda elektron tarzda murojaat qiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Murojaat etuvchi YIDXP orqali:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolikka qabul qilish masalasi yuzasidan murojaat etganda, ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolikdan chiqish masalasi yuzasidan murojaat etganda, ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq elektron shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi va avtomatik tarzda vakolatli organga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vakolatli organ “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali uch kun ish ichida soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli organning tashabbusi yoki murojaat etuvchining iltimosnomasiga koʻra soʻrovnomadagi yozuvlarda aniqlangan xato va kamchiliklar (murojaat etuvchi vakolatli organga shaxsan kelib murojaat etganda) tuzatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi tasdiqlangan taqdirda, vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda murojaat etuvchiga tegishli xabarnoma yuboriladi (elektron pochta orqali yoki SMS-xabarnoma).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganligi aniqlanganda yoki toʻlovlar belgilangan muddatda yoki toʻliq amalga oshirilmagan taqdirda, soʻrovnoma rad etiladi va murojaat etuvchiga YIDXP orqali elektron ravishda rad etish sabablari koʻrsatilgan holda xabar beriladi (elektron pochta orqali yoki SMS-xabarnoma).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish yuzasidan YIDXP orqali davlat xizmatlari koʻrsatish uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan davlat boji miqdorining 90 foizi toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11,75 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Davlat xizmati uchun toʻlov murojaat etuvchi tomonidan xabarnoma olingan kundan boshlab uch ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun toʻlovlar amalga oshirilganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Murojaat etuvchi tegishli xabarnomani olib, davlat boji toʻlovini amalga oshirgandan soʻng fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-martdagi PF-6185-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan hujjatlarni uch ish kuni ichida vakolatli organga shaxsan kelib taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “E-Fuqaro” IMB tizimiga tushgan fuqarolik masalasi boʻyicha elektron arizalar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-sentabrdagi 557-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining “E-Fuqaro” IMB orqali real vaqt rejimida maʼlumotlar bazasiga kiritilgan maʼlumotlar hamda idoralararo oʻzaro elektron hamkorlik orqali ayirboshlanadigan maʼlumotlar sxemasida belgilangan tartibda va muddatlarda tekshiruvlardan oʻtkaziladi va xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Soʻrovnoma rad etilgan taqdirda, murojaat etuvchi tomonidan qayta soʻrovnoma toʻldirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Murojaat etuvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Murojaat etuvchi davlat xizmatidan oʻz xohishiga koʻra foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi hamda amalga oshirilgan toʻlov summasi murojaat etuvchiga qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari mazkur Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Murojaat etuvchi

1. Fuqarolikka qabul qilish hamda fuqarolikdan chiqish boʻyicha elektron murojaat qilish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.

2. Fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun elektron soʻrovnomani toʻldiradi va avtomatik tarzda Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) yuboradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Vakolatli organ

1. Vakolatli organ “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshiradi.

Uch ish kuni ichida

2. Maʼlumotlarning haqqoniyligi tasdiqlangan taqdirda, murojaat etuvchiga tegishli xabarnoma yuboradi (elektron pochta orqali yoki SMS xabarnomasi).

Avtomatik ravishda

3. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganligi aniqlanganda yoki toʻlovlar belgilangan muddatda yoki toʻliq amalga oshirilmagan taqdirda, soʻrovnomani rad etadi va murojaat etuvchiga sabablarini koʻrsatgan holda xabar beradi.

Avtomatik ravishda

3-bosqich

Murojaat etuvchi

Xabarnomani olgandan soʻng fuqarolikka qabul qilish yoki chiqish boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqish yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatish uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan davlat boji miqdorining 90 foizini toʻlaydi.

Uch ish kuni ichida

4-bosqich

Murojaat etuvchi

Tegishli xabarnomani olib, davlat boji toʻlovini amalga oshirgandan soʻng fuqarolikka qabul qilish yoki chiqish boʻyicha zarur boʻlgan hujjatlarni (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-martdagi PF-6185-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan hujjatlarni) koʻrib chiqish uchun vakolatli organga shaxsan kelib taqdim etadi.

Uch ish kuni ichida

5-bosqich

Vakolatli organ

1. “E-Fuqaro” IMB tizimiga tushgan fuqarolik masalasi boʻyicha elektron arizalar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-sentabrdagi 557-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining “E-Fuqaro” IMB orqali real vaqt rejimida maʼlumotlar bazasiga kiritiladigan maʼlumotlari hamda idoralararo oʻzaro elektron hamkorlik orqali ayirboshlanadigan maʼlumotlar sxemasida belgilangan tartibda va muddatlarda tekshiruvlardan oʻtkazadi.

2. Tekshiruv natijalari boʻyicha murojaat etuvchiga yuqorida koʻrsatilgan qarorda belgilangan muddatlarda xabar beradi (elektron pochta orqali yoki SMS xabarnomasi).

Belgilangan tartibda

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SOʻROVNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Ariza beruvchi jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi:

2. Oldin mavjud boʻlgan barcha familiyalari, ismi, otasining ismi oʻzgartirishning sababi (oʻzgartirgan boʻlsa):

3. Tugʻilgan joyi va sanasi:

4. Millati:

5. Maʼlumoti va maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi:

6. Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni:

7. Oilaviy ahvoli:

8. Ilgari Oʻzbekiston Respublikasi yoki boshqa davlat fuqaroligiga ega boʻlganligi, qayerda, qachon hamda nima asosida qabul qilganligi va yoʻqotganligi:

9. Yashash guvohnomasining seriyasi va raqami, qaysi organ tomonidan va qachon rasmiylashtirilgan:

10. Harbiy xizmatni qachon va qayerda oʻtagan, harbiy unvoni va harbiy guvohnomasidagi maʼlumotlar:

11. Oʻzbekiston Respublikasiga kelishdan avval jinoiy javobgarlikka tortilganmisiz, agar tortilgan boʻlsangiz qachon, qayerda va nima sababdan:

12. Oʻzbekiston Respublikasiga koʻchib kelgan sana va doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan sana:

13. Oʻzbekiston Respublikasiga kelishdan maqsadi:

14. Oʻzbekiston Respublikasida jinoiy javobgarlikka tortilganmisiz, agar tortilgan boʻlsangiz, qachon, qayerda va nima sababdan:

15. Mehnat faoliyati (taʼlim muassasalarida oʻqish va harbiy xizmat koʻrsatib oʻtiladi).

Yili va oyi

Lavozim, davlat organi yoki boshqa tashkilotning nomi

Ish joyi va manzili

Kirish

Ketish

16. Yaqin qarindoshlar (turmush oʻrtogʻi, ota-onasi, aka-ukalari va opa-singillari, farzandlari).

Qarindoshlik darajasi va fuqaroligi

Familiyasi, ismi,

otasining ismi

Tugʻilgan sanasi va joyi

Ish joyi, lavozimi

Yashash manzili

/Boshqa yaqin qarindoshlarim yoʻq

17. Nikohga doir maʼlumotlar

Nikoh tuzilgan yoki bekor qilingan sana va qayd qilgan organ va berilgan hujjatlarning seriyasi va raqami*

Sobiq va hozirgi vaqtdagi turmush oʻrtogʻining familiyasi, ismi, otasining ismi

Tugʻilgan sanasi va joyi

Fuqaroligi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Agar shaxs bir necha marotaba nikohdan oʻtgan boʻlsa, ularning barchasi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

18. Oʻzbekiston Respublikasida barcha yashagan manzillariga oid maʼlumotlar

Yili va oyi

Doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatda turib yashagan manzillari

kelgan

ketgan

19. Oʻzingiz bilan birgalikda voyaga yetmagan farzandlaringizni ham fuqarolikka qabul qilishni soʻrasangiz, ularni koʻrsating. /18 yoshga qadar/

T/r

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Tugʻilgan sanasi va joyi

SAVOLLAR

JAVOBLAR

20. Yashash manzili va telefon raqami:

21. Iltimosnomaga ilova qilingan hujjatlar roʻyxatini sanab oʻting:

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SOʻROVNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Ariza beruvchi jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi:

2. Oldin mavjud boʻlgan barcha familiyalari, ismi, otasining ismi oʻzgartirishning sababi (oʻzgartirgan boʻlsa):

3. Tugʻilgan joyi va sanasi:

4. Millati:

5. Maʼlumoti va maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi:

6. Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni:

7. Oilaviy ahvoli:

8. Ilgari Oʻzbekiston Respublikasi yoki boshqa davlat fuqaroligiga ega boʻlganligi, qayerda, qachon hamda nima asosida qabul qilganligi va yoʻqotganligi:

9. Oʻzbekiston Respublikasida jinoiy javobgarlikka tortilganmisiz, agar tortilgan boʻlsangiz, qachon, qayerda va nima sababdan:

10. Davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy majburiyatlarining mavjudligi:

11. Mehnat faoliyati (taʼlim muassasalarida oʻqish va harbiy xizmat koʻrsatib oʻtiladi).

Yili va oyi

Lavozim, davlat organi yoki boshqa tashkilotning nomi

Ish joyi va manzili

Kirish

Ketish

12. Yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari va opa-singillari, turmush oʻrtogʻi, farzandlari).

Qarindoshlik darajasi va fuqaroligi

Familiyasi, ismi,

otasining ismi

Tugʻilgan sanasi va joyi

Ish joyi, lavozimi

Istiqomat qiladigan davlati va yashash manzili

/Boshqa yaqin qarindoshlarim yoʻq/

13. Nikohga doir maʼlumotlar.

Nikoh tuzilgan yoki bekor qilingan sana va qayd qilgan organ va berilgan hujjatning seriyasi va raqami*

Turmush oʻrtogʻining familiyasi, ismi, otasining ismi

Tugʻilgan sanasi va joyi

Fuqaroligi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Agar shaxs bir necha marotaba nikohdan oʻtgan boʻlsa, ularning barchasi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

14. Oʻzbekiston Respublikasida barcha yashagan manzillariga oid maʼlumotlar.

Yil va oy

Doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatda turib yashagan manzillari

kelgan

ketgan

15. Oʻzim bilan birgalikda quyidagi voyaga yetmagan farzandlarimni ham Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqishga ruxsat berishingizni soʻrayman /18 yoshga qadar/

T/r

Familiyasi, ismi,

otasining ismi

Tugʻilgan sanasi

Tugʻilgan joyi

Izoh

SAVOLLAR

JAVOBLAR

16. Harbiy xizmatga majburligi va harbiy unvoni (chaqiruv yoshidagi shaxsning Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq haqiqiy harbiy xizmatni oʻtashdan ozod etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham koʻrsatiladi).

17. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish sabablarni koʻrsating.

SAVOLLAR

JAVOBLAR

18. Uy manzilingiz va telefon raqamingiz.

19. Pasport seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgan.

20. Arizaga ilova qilingan hujjatlar roʻyxatini sanab oʻting.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2022-y., 09/22/8/0005-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 12.03.2024-y., 09/24/123/0201-son; 01.03.2025-y., 09/25/125/0203-son)