Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
10.11.2025
03.08.2022
30.12.2021
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.02 (Кучини йукотган) Oʻrta taʼlim muassasalari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.78.00 (Кучини йукотган) Taʼlimning boshqa turlari. Qoʻshimcha (maktabdan tashqari) taʼlim]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilarini kasb-hunarga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-son qarori ijrosini taʼminlash hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilarini kasb-hunarga oʻqitish, oʻquvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib kelajakda ularning taʼlimni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanishlariga shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-son qarori 12-bandiga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9 — 11-sinflari oʻquvchilarini kasb-hunarga oʻqitish tartibi joriy qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilarini kasb-hunarga tayyorlash 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab 10-sinflarda, 2023/2024 oʻquv yilidan — 11-sinflarda tashkil etiladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunarga tayyorlash boʻyicha umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga biriktirilgan yaqin hududda joylashgan kasb-hunarga oʻqitish markazlari, mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlari va qisqa muddatli kurslar ochilgan taʼlim muassasalarining oʻquv binolari, shu jumladan, sinf xonalari va ustaxonalaridan bepul foydalaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunarga tayyorlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning taʼlim muassasasi uchun ajratilgan mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari mablagʻlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilarini kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) umumtaʼlim muassasalari psixologi tomonidan oʻquvchilarning kasbga moyilligini oʻrganish va ularni kasbga yoʻnaltirishda quyidagilarni amalga oshirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-sinfdan boshlab oʻquvchilar oʻrtasida interaktiv soʻrovnomalar oʻtkazib, kasb-hunarga boʻlgan qiziqishini aniqlash va ularning maʼlumotlar bazasini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-sinfda taʼlimning keyingi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish, tanlagan kasbi boʻyicha kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasb oʻrganish uchun oʻquvchilar va ota-onalarga tavsiyalar berish va yoʻnaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-sinf oʻquvchilarining kasbiy moyilligi boʻyicha oʻtkazilgan psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar boʻyicha kasb-hunar maktablarida taʼlim olishi yoki kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasbga tayyorgarlikni davom ettirishlari uchun oʻquvchilarni oʻquv yili davomida muayyan kasbga yoʻnaltirish ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunarga tayyorlash markazlarida oʻqish oʻquvchilar uchun joriy oʻquv yilining 2-sentabridan kelgusi yilning 25-mayigacha boʻlgan davrda toʻrt chorakka boʻlingan holda tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv yilining davomiyligi — 34 hafta;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haftasiga kamida bir marta belgilangan soatlar doirasidan chiqmagan holda oʻqish tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haftalik va umumiy oʻquv yuklamasi kasb turiga qarab belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashgʻulotning davomiyligi — 45 daqiqa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻz hududidagi kasb-hunarga tayyorlash jarayonida oʻrgatiladigan kasblarni hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga muvofiqlashtirsin hamda 2022-yildan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarining egallagan kasblari boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun zarur ish oʻrinlarini yaratish, ularning bandligini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kasb-hunarga tayyorlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlar uchun belgilangan tartibda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga zarur mablagʻlarni ajratib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilariga kasbiy taʼlim berishga ixtisoslashgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-oktabrdagi 868-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri B.O. Saidov hamda Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 30-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
792-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi 792-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilarini kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda — oʻquvchilar) 10-11-sinflari oʻquvchilarini (keyingi oʻrinlarda — umumtaʼlim muassasalari) kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etish (keyingi oʻrinlarda — kasb-hunarga tayyorlash) tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻquvchilarni kasb-hunarga tayyorlash uzluksiz taʼlim tizimining tarkibiy qismi boʻlib, ularning kasb-hunar oʻrganishga boʻlgan ehtiyojini qondirish, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari uchun boshlangʻich kasbiy bilim va koʻnikmalarga ega kadrlarni shakllantirishni taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻquvchilar uchun kasb-hunar yoʻnalishini tanlash ixtiyoriy boʻlib, taʼlim bepul amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Umumtaʼlim muassasalari oʻziga yaqin hududda joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari, mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlari (keyingi oʻrinlarda — kasb-hunarga tayyorlash markazlari)ga biriktiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchilarni kasb-hunarga tayyorlashda umumtaʼlim muassasalari kasb-hunarga tayyorlash markazlariga tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda biriktiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kasb-hunarga tayyorlash markazi rahbari oʻquv jarayoniga masʼul hisoblanib, tadbirkorlik subyektlari va hunarmandlar bilan toʻlov-shartnoma asosida kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kasb-hunarga tayyorlash markazlarida oʻquvchilarning kasb egallashlarining nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Kasb-hunarga tayyorlashning maqsadi va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kasb-hunarga tayyorlashning maqsadi oʻquvchilarni kasb boʻyicha ijodiy fikrlaydigan, tashkilotchilik, tadbirkorlik koʻnikmalariga ega boʻlgan shaxsni tarbiyalash hamda ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib kasb-hunar tanlashda koʻmaklashishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Kasb-hunarga tayyorlashning vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarning kasbiy moyilligini zamonaviy tashxislash metodlarini qoʻllagan holda baholash, kasbiy sinov orqali ularning qiziqishlarini aniqlash va ularni kasbga yoʻnaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilar tomonidan kasb koʻnikmalarining oʻzlashtirilishini taʼminlash, ularning kasb-hunar olishga boʻlgan ehtiyojini qondirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunarga tayyorlash jarayonining metodik taʼminotini takomillashtirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat bozori uchun tegishli kasblar boʻyicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kasbiy taʼlim berishning maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun kasb-hunarga tayyorlash markazlarida zarur tashkiliy, oʻquv-metodik, moddiy-texnik va psixologik-pedagogik shart-sharoitlar yaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Oʻquvchilarni tashxislash va kasb-hunarga yoʻnaltirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Umumtaʼlim muassasalari psixologi tomonidan oʻquvchilarning kasbga moyilligi oʻrganiladi va ularni kasbga yoʻnaltirishda quyidagilar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-sinfdan boshlab oʻquvchilar oʻrtasida interaktiv soʻrovnomalar oʻtkazilib, kasb-hunarga boʻlgan qiziqishi aniqlanadi va ularning maʼlumotlar bazasi yaratiladi. Har oyda bir marta “Kasblar olamiga sayohat” mavzusida maxsus kurslar tashkil qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-sinfda taʼlimning keyingi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish, tanlagan kasbi boʻyicha kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasb oʻrganish uchun oʻquvchilar va ota-onalarga tavsiyalar beriladi va yoʻnaltiriladi. Har chorakda kamida bir marta “Mening kelajakdagi kasbim” mavzusida seminar-treninglar tashkil qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-sinf oʻquvchilarining kasbiy moyilligi boʻyicha oʻtkazilgan psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar boʻyicha kasb-hunar maktablarida taʼlim olishi yoki kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasbga tayyorgarlikni davom ettirishlari uchun oʻquvchilarni oʻquv yili davomida muayyan kasbga yoʻnaltirish ishlari olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchi umumtaʼlim muassasasida taʼlim olishni davom ettirishga rozilik bildirganda, muassasaga biriktirilgan kasb-hunarga tayyorlash markazidagi kasb turlaridan birini tanlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻquvchilar 10-11-sinflarda oʻqishi davomida qiziqishlari, ota-onasining fikri hamda umumtaʼlim muassasasi psixologining xulosasiga muvofiq kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasblarga oʻqitiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Oʻquvchilarni kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻquvchilarni kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Har yili iyun oyida tuman (shahar) hokimliklari hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda kelgusida ehtiyoj mavjud boʻlgan ishchi kasblarni aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) hokimliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda umumtaʼlim muassasalarini kasb-hunarga tayyorlash markazlariga biriktirish boʻyicha manzilli roʻyxatni tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda quyidagilar inobatga olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining umumtaʼlim muassasalaridagi 10-11-sinflar oʻquvchilari soni, umumtaʼlim muassasasidagi texnologiya fani ustaxonalari va ularning sigʻimi, kompyuter sinflari soni hamda umumtaʼlim muassasasiga yaqin hududda joylashgan kasb-hunarga oʻqitish markazlarining manzilli roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar)dagi kasb-hunarga oʻqitish markazlarining oʻqitish sigʻimi, pedagoglari va oʻquv-taʼlim ustalari tarkibi, moddiy-texnika bazasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kasb-hunarga tayyorlash umumtaʼlim muassasasining moddiy-texnika holati, texnologiya fani ustaxonasi, kompyuter sinf xonalarining holatini inobatga olib tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazining xulosasiga asosan, istisno tariqasida, tuman (shahar) hokimining qarori bilan umumtaʼlim muassasasida ham tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasb-hunarga tayyorlash umumtaʼlim muassasasida tashkil etilganda pedagoglar va oʻquv-taʼlim ustalari belgilangan tartibda tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan ishga qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasb-hunarga tayyorlash markazlari oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari maqomi boʻyicha professional taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga tenglashtiriladi hamda ularga ushbu xodim uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va ijtimoiy himoya kafolatlari tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Kasb-hunarga tayyorlashga qoʻyiladigan malaka talablarini va boshqa oʻquv-metodik hujjatlarni ishlab chiqish, kasbiy taʼlim berish jarayonini muvofiqlashtirish va metodik jihatdan taʼminlash, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga joriy etish har yili iyul oyida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Kasb-hunarga tayyorlashda taʼlim berish va oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Kasb-hunarga tayyorlash markazlarida oʻqish umumtaʼlim muassasasi direktori va Kasb-hunarga tayyorlash markazi rahbari tomonidan tasdiqlangan dars jadvaliga asosan tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchilarning dars jadvalida belgilangan vaqtda mashgʻulotlarda ishtirok etishi umumtaʼlim muassasasi tomonidan nazoratga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunarga tayyorlash markazlarida oʻqish oʻquvchilar uchun joriy oʻquv yilining 2-sentabridan kelgusi yilning 25-mayigacha boʻlgan davrda toʻrt chorakka boʻlingan holda tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv yilining davomiyligi — 34 hafta;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haftasiga kamida bir marta belgilangan soatlar doirasidan chiqmagan holda oʻqish tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haftalik va umumiy oʻquv yuklamasi kasb turiga qarab belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashgʻulotning davomiyligi — 45 daqiqa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Kasb-hunarga tayyorlash markazlarida mashgʻulotlar kasblardan kelib chiqib tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasbga qarab bir sinf (guruh)da oʻquvchilar soni 10 nafardan 20 nafargacha boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻquvchilarning kasbga oid bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash va nazorat qilish maqsadida quyidagi nazorat turlari amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joriy nazorat — oʻquvchilar tanlagan kasbga oid kursning har bir boʻlimi yakunida ularning kasbiy bilim va koʻnikmalarini namoyish etish, guruhlarda ishlash, savol-javob, muhokama, amaliy ish koʻrinishida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakuniy nazorat — oʻquvchi tanlagan kasbga oid kursning barcha boʻlimi toʻliq yakunlangandan soʻng kasb boʻyicha kasbiy bilim va koʻnikmalarni amaliy namoyish etishi orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joriy va yakuniy nazoratlarning baholash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Yakuniy nazorat oʻtkazish muddatlari Kasb-hunarga tayyorlash markazi rahbari va umumtaʼlim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlangan grafik asosida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Kasb-hunarga tayyorlash markazini muvaffaqiyatli tamomlagan oʻquvchilarga Kasb-hunarga tayyorlash markazlari tomonidan davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻquv yuklamasi hajmidan kelib chiqib oʻquvchilar bir necha kasblarni egallashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Kasb-hunarga tayyorlash markazida oʻquv-tarbiya jarayoni bilan bogʻliq boshqa masalalar oʻquv rejasi va oʻquv dasturiga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Oʻquvchilar sogʻligʻini muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Kasb-hunarga tayyorlash markazida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga hamda boshqa talablarga amal qilinishiga ushbu markaz rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Oʻquvchilarga tibbiy xizmat koʻrsatish umumtaʼlim muassasasiga biriktirilgan tibbiyot xodimi va Kasb-hunarga tayyorlash markaziga biriktirilgan (agar mavjud boʻlsa) tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Kasb-hunarga tayyorlash markazi faoliyatini moliyalashtirish Markazning belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasb oʻrganayotgan oʻquvchilarning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9 — 11-sinflari oʻquvchilarini kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchilarni kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Ijrochilar
Tadbirlar
Muddatlar
I. Oʻquvchilarni tashxislash va kasb-hunarga yoʻnaltirish
1-bosqich
Umumtaʼlim muassasalari
7-sinfdan boshlab oʻquvchilar oʻrtasida interaktiv soʻrovnomalar oʻtkazilib, kasb-hunarga boʻlgan qiziqishni aniqlaydi va ularning maʼlumotlar bazasini yaratadi.
Oʻquv yili davomida
2-bosqich
Umumtaʼlim muassasalari
8-sinfda taʼlimning keyingi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish, tanlagan kasbi boʻyicha kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasb oʻrganish uchun oʻquvchilar va ota-onalarga tavsiyalar beradi va yoʻnaltiradi.
Har chorak yakunida
3-bosqich
Umumtaʼlim muassasalari,
Kasb-hunarga tayyorlash markazi
9-sinf oʻquvchilarining kasbiy moyilligi boʻyicha muayyan kasbga yoʻnaltirish ishlarini olib boradi.
Oʻquv yili davomida
II. Oʻquvchilarni kasb-hunarga tayyorlash
4-bosqich
Tuman (shahar) hokimliklari,
maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari,
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmalari
Ehtiyoj mavjud boʻlgan ishchi kasblarni aniqlaydi.
Umumtaʼlim muassasalarini kasb-hunarga tayyorlash markazlariga biriktirish boʻyicha manzilli roʻyxatni tasdiqlaydi.
Har yili iyun oyida
5-bosqich
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Kasb-hunarga tayyorlashga qoʻyiladigan malaka talablari va boshqa oʻquv-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini tasdiqlaydi va amaliyotga joriy qiladi.
Har yili iyul oyida
6-bosqich
Kasb-hunarga tayyorlash markazlari
Oʻquvchilarga kasbiy taʼlim berishni va oʻquv-tarbiya jarayonini amalga oshiradi.
Oʻquv yili davomida
7-bosqich
Kasb-hunarga tayyorlash markazlari
Kasb-hunarga tayyorlash markazini muvaffaqiyatli tamomlagan oʻquvchilarga davlat namunasidagi sertifikatni beradi.
Kasb-hunarga tayyorlashning yakuniy bosqichida
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 09/21/792/1221-son; 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)