09.12.2021 yildagi PQ-36-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 09.12.2021 yildagi PQ-36-son
Date of entry into force
09.12.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish, xorijiy davlatlar va tashkilotlar bilan madaniyat va sanʼat sohalarida aloqalarni mustahkamlash, jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlardan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi amaldagi moliyalashtirish tartibi va shtatlar soni saqlangan holda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) etib qayta tashkil qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF-111-son Farmoniga muvofiq Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boʻysunuviga oʻtkazilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy, tashkiliy va ijodiy yoʻnalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga koʻmaklashish, shuningdek, madaniyat arboblarini hamda tasviriy sanʼat, adabiyot, teatr, musiqa va xoreografiya sohalarida ularning tashabbusi bilan tashkil etiladigan tadbirlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro va davlatlararo madaniy aloqalarni kengaytirish, madaniyat va sanʼat sohasida xalqaro madaniy tashkilotlar va xayriya jamgʻarmalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy sarmoya va grantlarni jalb etish, mamlakatimizda madaniyat va sanʼatga doir homiylikni rivojlantirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyatlararo ijodiy muloqotni yoʻlga qoʻyish va oʻzbek sanʼatining jahon badiiy va madaniy makoniga integratsiyalashuviga koʻmaklashish, shuningdek, mamlakatimizning madaniy va ilmiy-texnik salohiyati hamda raqobatbardoshligi bilan bogʻliq jihatlarni namoyish etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat va sanʼat sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shu bilan birga, madaniyat va sanʼat muassasalarini zarur adabiyotlar va davriy nashrlar bilan taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy meros sohasida davlat siyosatini yuritishga koʻmaklashish;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda, mamlakatimiz muzeylari va boshqa madaniy muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro standartlarga muvofiq yangi madaniy muassasalar qurish uchun moliyaviy mablagʻ va koʻmak berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat va sanʼat muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularni kapital hamda joriy taʼmirlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro institutlar, xorijiy mamlakatlar hukumatlari, homiylar va donorlar bilan hamkorlikda loyihalarni birgalikda moliyalashtirishni tashkil etishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahondagi ilgʻor tajribalarni mamlakatimizda joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash maqsadida madaniyat va sanʼat sohasini moliyalashtirish boʻyicha rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish hajmini koʻpaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda belgilangan manbalardan tushayotgan mablagʻlarni jamgʻarishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilayotgan maqsadli mablagʻlardan toʻgʻri, samarali va maqsadli foydalanish ustidan tizimli nazorat oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma va uning tizimida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish boʻyicha tadbirlar uchun maqsadli mablagʻlar ajratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreativ iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish, ushbu sohadagi munosabatlarni takomillashtirib borish choralarini koʻrish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining hujjatlari (shu jumladan bayonnoma qarorlariga) asosan ajratiladigan respublika budjeti mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini moliya tashkilotlarida joylashtirishdan olingan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning hamda xalqaro tashkilotlarning homiylik xayriyalari, metsenatlik koʻmagi, grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 70 nafar etib belgilansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma tasarrufida “Buxoro biyennalesi direksiyasi” davlat muassasasi tashkil etilsin.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarma ikki oy muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib Jamgʻarma faoliyatini tashkil qilish, shu jumladan uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarma Toshkent shahri, Taras Shevchenko koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Quyidagilar operativ boshqaruv huquqi asosida Jamgʻarmaga bepul berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Samarqand shahri Mahmud Qoshgʻariy koʻchasi 85/a-uy manzilida joylashgan “Ipak yoʻli” art-rezidensiyasi binosi, amaldagi moliyalashtirish manbalari hamda shtatlar soni saqlangan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Samarqand shahri Beruniy koʻchasi 1-uy manzilida joylashgan “Ipak yoʻli” sanʼat galereyasi binosi, amaldagi moliyalashtirish manbalari hamda shtatlar soni saqlangan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahri Zarqaynar koʻchasi 2-uy manzilida joylashgan “Oxunguzar” madaniy meros obyekti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, 2026-yildan boshlab Davlat budjeti hisobidan Samarqand shahridagi “Ipak yoʻli” art-rezidensiyasi, “Ipak yoʻli” sanʼat galereyasi va Samarqand viloyati bolalar kutubxonasini saqlash va ularning faoliyatini tashkil etish uchun mablagʻlar Jamgʻarmaga ajratiladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 9-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-36-son
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PQ-36-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) maqomi, vazifalari va funksiyalari, vakolatlari, huquq va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish, shuningdek, hisobdorlik masalalari tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan amal oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamgʻarma davlat muassasasi hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtamplarga, blankalarga, mustaqil balansga, oʻz mulkiga, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, tijorat banklarida milliy va xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarmaning rasmiy nomi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) davlat tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqartirilgan nomi — Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) rus tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Fond razvitiya kulturi i iskusstva pri Administratsii Prezidenta Respubliki Uzbekistan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqartirilgan nomi — Fond razvitiya kulturi i iskusstva;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) ingliz tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Art and Culture Development Foundation under the Administration of the President of the Republic of Uzbekistan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqartirilgan nomi — Art and Culture Development Foundation.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarma faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) moliyaviy, tashkiliy va ijodiy yoʻnalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga koʻmaklashish, shuningdek, madaniyat arboblarini hamda tasviriy sanʼat, adabiyot, teatr, musiqa va xoreografiya sohalarida ularning tashabbusi bilan tashkil etiladigan tadbirlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) xalqaro va davlatlararo madaniy aloqalarni kengaytirish, madaniyat va sanʼat sohasida xalqaro madaniyat tashkilotlari va xayriya jamgʻarmalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, mamlakatimizda madaniyat va sanʼatga doir homiylikni rivojlantirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) madaniyatlararo ijodiy muloqotni yoʻlga qoʻyish va oʻzbek sanʼatining jahon badiiy va madaniy makoniga integratsiyalashuviga koʻmaklashish, shuningdek, mamlakatimizning madaniy va ilmiy-texnik salohiyati hamda raqobatbardoshligi bilan bogʻliq jihatlarni namoyish etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) madaniyat va sanʼat sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shu bilan birga, madaniyat va sanʼat muassasalarini zarur adabiyotlar va davriy nashrlar bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda, mamlakatimiz muzeylari va boshqa madaniyat muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) madaniy meros sohasida davlat siyosatini yuritishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(z) xalqaro standartlarga muvofiq yangi madaniyat muassasalarini qurish uchun moliyaviy mablagʻ va koʻmak berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) madaniyat va sanʼat muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularni kapital hamda joriy taʼmirlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(k) xalqaro institutlar, xorijiy mamlakatlar hukumatlari, homiylar va donorlar bilan hamkorlikda loyihalarning birgalikda moliyalashtirilishini tashkil etishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(l) jahondagi ilgʻor tajribalarni mamlakatimizda joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash maqsadida madaniyat va sanʼat sohasini moliyalashtirish boʻyicha rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(m) aholiga pulli xizmatlar koʻrsatish hajmini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(n) qonunchilikda belgilangan manbalardan tushayotgan mablagʻlarni jamgʻarishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(o) ajratilayotgan maqsadli mablagʻlardan toʻgʻri, samarali va maqsadli foydalanish ustidan tizimli nazorat oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(p) Jamgʻarma va uning tizimida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish boʻyicha tadbirlar uchun maqsadli mablagʻlar ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(r) kreativ iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish, ushbu sohadagi munosabatlarni takomillashtirib borish choralarini koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) moliyaviy, tashkiliy va ijodiy yoʻnalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga koʻmaklashish, shuningdek, madaniyat arboblarini hamda tasviriy sanʼat, adabiyot, teatr, musiqa va xoreografiya sohalarida ularning tashabbusi bilan tashkil etiladigan tadbirlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) madaniyat va sanʼat sohasini moliyalashtirish boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish va joriy qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) milliy va xorijiy madaniyat hamda sanʼat namoyandalarining ijodi bilan tanishishga doir tadbirlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) madaniyat va sanʼatni rivojlantirish, madaniy meros sohalarida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iv) madaniyat va sanʼatning turli sohalarini ommalashtirish, shuningdek, madaniyat arboblarini qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Jamgʻarmaning har yillik kalendar rejasini tuzish va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga kiritish, bunda loyihalarning xalqaro, davlatlararo va respublika kabi darajalarini belgilashni nazarda tutish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(vi) madaniyat va sanʼatni hamda ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(vii) madaniyat va sanʼatni hamda mualliflik kinosini ommalashtirish va rivojlantirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) xalqaro va davlatlararo madaniy aloqalarni kengaytirish, madaniyat va sanʼat sohasida xalqaro madaniyat tashkilotlari va xayriya jamgʻarmalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiya va grantlarni jalb etish, mamlakatimizda madaniyat va sanʼatga doir homiylikni rivojlantirishga koʻmaklashish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va oʻzaro tadbirlar, shu jumladan, ularning investitsiya loyihalarida, grantlarni ajratishdagi ishtirokini tashkil etish va Oʻzbekiston Respublikasi madaniyati va sanʼatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan boshqa yordamlar koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) oʻzbek madaniyati va sanʼatini ommalashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga qaratilgan xalqaro madaniy tadbirlarning respublika va uning tashqarisida oʻtkazilishini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) Oʻzbekiston Respublikasida metsenatlikni rivojlantirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) madaniyatlararo ijodiy muloqotni yoʻlga qoʻyish va oʻzbek sanʼatining jahon badiiy va madaniy makoniga integratsiyalashuviga koʻmaklashish, shuningdek, mamlakatimizning madaniy va ilmiy-texnik salohiyati hamda raqobatbardoshligi bilan bogʻliq jihatlarni namoyish etish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) madaniyat va sanʼat arboblarini jahon madaniy hamjamiyatiga keng jalb etish, shu jumladan, ularning xalqaro koʻrgazmalar, konferensiyalar, festivallar va shu kabilardagi ishtirokini taʼminlashga doir tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) Oʻzbekiston madaniyati va sanʼatini jahon darajasida keng targʻib qiladigan adabiyotlar yaratish va ularni xorijiy nashriyot uylari orqali ommalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) madaniyat va sanʼat sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shu bilan birga, madaniyat va sanʼat muassasalarini zarur adabiyotlar va davriy nashrlar bilan taʼminlash borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) madaniyat va sanʼat sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga, ularning ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga, yoshlar hamda Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida Oʻzbekiston madaniyati va sanʼatini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxslarni ragʻbatlantirishga doir tadbirlarni, shu jumladan, grant dasturlarini shakllantirish orqali tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) Jamgʻarma va uning tizimida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha tadbirlar uchun maqsadli mablagʻlar ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda, mamlakatimiz muzeylari va boshqa madaniy muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) xorijiy tajribani doimiy oʻrganish va muzeylar hamda boshqa madaniyat muassasalarining faoliyati samaradorligini oshirishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) muzeylar, madaniy meros obyektlari va madaniyat muassasalarida inklyuziv muhitni yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) madaniy meros sohasida davlat siyosatini yuritishga koʻmaklashish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) Madaniy meros agentligi faoliyatini rivojlantirish, uning vakolat doirasiga kiruvchi masalalar, ijro va mehnat intizomini taʼminlash boʻyicha tavsiyalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) Madaniy meros agentligi taklifiga asosan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining har yillik manzilli roʻyxatini koʻrib chiqish hamda kelishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) Madaniy meros agentligi tizimidagi tashkilotlarning rahbarlari faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichlari (indikatorlari)ni monitoring qilib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(z) xalqaro standartlarga muvofiq yangi madaniy muassasalar qurish uchun moliyaviy mablagʻ va koʻmak berish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) madaniyat va sanʼat obyektlarini loyihalash, restavratsiya, rekonstruksiya hamda qurilish-taʼmirlash boʻyicha mazkur maqsadlar uchun ajratilgan respublika budjeti va oʻz mablagʻlari hisobidan buyurtmachi funksiyasini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) jahon tajribasidan kelib chiqib, yangi madaniyat muassasalarini qurish ishlarini amalga oshirishga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) xalqaro standartlarga muvofiq yangi madaniyat muassasalarini qurish ishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iv) madaniyat muassasalarini qurish uchun maqsadli moliyaviy mablagʻlar ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) madaniyat va sanʼat muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularni kapital hamda joriy taʼmirlash borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) muzeylar, madaniy meros obyektlari va madaniyat muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) madaniyat muassasalarini loyihalash, restavratsiya, rekonstruksiya qilish va qurish uchun yetakchi xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) muzeylar, madaniy meros obyektlari va madaniyat muassasalarida restavratsiya, rekonstruksiya va kapital taʼmirlash ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(k) xalqaro institutlar, xorijiy mamlakatlar hukumatlari, homiylar va donorlar bilan hamkorlikda loyihalarning birgalikda moliyalashtirilishini tashkil etishni taʼminlash borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) xalqaro institutlar, xorijiy mamlakatlar hukumatlari, homiylar va donorlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan grantlar ajratish va boshqa koʻmak berishda xalqaro institutlar, xorijiy mamlakatlar hukumatlari, homiylar va donorlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va qoʻshma tadbirlarni, shu jumladan, ularning investitsiya loyihalarida ishtirok etishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(l) jahondagi ilgʻor tajribalarni mamlakatimizda joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash maqsadida madaniyat va sanʼat sohasini moliyalashtirish boʻyicha rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) madaniyat va sanʼat sohasida jahondagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish va tahlil qilib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) ilgʻor tajribalarni joriy etish boʻyicha asosli takliflarni tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) ilgʻor tajribalarni joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejalari va tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(m) aholiga pulli xizmatlar koʻrsatish hajmini koʻpaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) joriy holatni oʻrganish, shuningdek, madaniyat va sanʼat tashkilotlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan pulli xizmatlar hajmini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) pulli asosda noyob brend mahsulotlarini ishlab chiqish va realizatsiya qilish, royalti tizimini qoʻllash, shu jumladan, kitob, bosma nashrlar savdosi va Jamgʻarma tomonidan oʻtkaziladigan madaniy tadbirlarga chipta savdosini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida mamlakatimiz madaniyati va sanʼati sohasidagi eng yaxshi yutuqlarni targʻib qilish maqsadida xizmatlar koʻrsatish va ishlarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(n) qonunchilikda belgilangan manbalardan tushayotgan mablagʻlarni jamgʻarishni taʼminlash borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) tahlil oʻtkazish va Jamgʻarmaga mablagʻlarning oʻz vaqtida tushishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) Jamgʻarmaga mablagʻlarning tushishi va sarflanishini prognoz qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini moliya tashkilotlariga joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(o) ajratilayotgan maqsadli mablagʻlardan toʻgʻri, samarali va maqsadli foydalanish ustidan tizimli nazorat oʻrnatish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini monitoring qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) Jamgʻarmaning daromad va xarajatlari smetalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) Jamgʻarmaning idoraviy mansub tashkilotlarini saqlash xarajatlari va faoliyatini moliyalashtirish choralarini koʻrish, bu borada qoʻshimcha moliyalashtirish masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iv) Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining hisobini yuritish va ularning bajarilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga har yillik hisobotni taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(p) Jamgʻarma va uning tizimida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish boʻyicha tadbirlar uchun maqsadli mablagʻlar ajratish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) Jamgʻarma va uning tizimida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflarni, ularga davlat mukofotlari berish yuzasidan taqdimnomalarni kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) xizmat vazifalarini bajarish chogʻidagi alohida xizmatlari uchun va pensiyaga (nafaqaga) chiqishi munosabati bilan qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish (xodimlar uchun uy-joy qurish va xarid qilish, sanatoriy-kurortda davolanish va tibbiy xizmat koʻrsatish, mukofotlar toʻlash, ustamalar belgilash, moddiy yordam va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iv) xodimlarining lavozim maoshi, ilmiy darajalari, uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun ustama haqlar, bayram kunlari uchun mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalar, ragʻbatlantirish toʻlovlari, qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlarni toʻlab borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(r) kreativ iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish, ushbu sohadagi munosabatlarni takomillashtirib borish choralarini koʻrish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) kreativ industriyani rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) kreativ iqtisodiyotning joriy holati boʻyicha tahliliy materiallarni shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) kreativ industriya sohasidagi milliy va xalqaro loyihalar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iv) zaruriyat tugʻilganda kreativ iqtisodiyot sohasida ishchi guruhlar, idoralararo komissiyalar va ekspertlik platformalari faoliyatini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jamgʻarmaning huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) belgilangan tartibda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan Jamgʻarma vakolatlariga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur axborotlarni soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) oʻz bank hisobvaraqlarida mazkur Nizomning 22-bandida belgilangan manbalardan tushadigan mablagʻlarni jamgʻarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Jamgʻarma tomonidan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish, qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda moliyalashtirishni toʻxtatish yoki ajratilgan mablagʻlarni qaytarib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) vaqtincha boʻsh mablagʻlarni likvidli moliyaviy instrumentlarga (depozitlar, qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar va shu kabilarga) joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) Jamgʻarma mablagʻlarining madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga doir aniq loyihalar uchun ajratilishida shartlarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) oʻz maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun xorijiy hamkorlar bilan shartnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(z) madaniyat va sanʼatni rivojlantirishning turli masalalari boʻyicha belgilangan tartibda tashabbuslar bilan chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) yoshlar hamda Oʻzbekiston madaniyati va sanʼatini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat bilan shugʻullanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblangan shaxslarga grantlar shaklida mablagʻlar ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(k) ommaviy axborot vositalari va boshqa axborot manbalarida oʻz faoliyati haqida materiallarni eʼlon qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(l) Jamgʻarma vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(m) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Jamgʻarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(n) oʻz vakolatlari doirasida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(o) idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, respublikadagi barcha muzeylar, madaniy meros obyektlari hamda madaniyat va sanʼat muassasalari Jamgʻarma loyihalarining amalga oshirilishiga oʻz vakolatlari doirasida yaqindan koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(p) Jamgʻarma idoraviy mansub tashkilotlarining davlat mulkini bir boʻlinmadan boshqasiga belgilangan tartibda oʻz tashkiliy tuzilmasi doirasida, tekin foydalanish huquqi bilan berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(r) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyat turlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(s) Jamgʻarma qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamgʻarma:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) mazkur Nizomda belgilangan asosiy vazifalarning bajarilishini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Jamgʻarma daromadlarining istiqbolli koʻrsatkichlari bajarilishi samaradorligini tahlil qilish, aniqlangan va mablagʻlarining kelib tushishiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralar koʻrishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jamgʻarma faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jamgʻarma raisi maqomi, mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshligʻiga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Jamgʻarma raisi bir nafar birinchi oʻrinbosarga va ikki nafar oʻrinbosarga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jamgʻarma raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Jamgʻarma raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari mehnatiga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, transport va tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosari va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Jamgʻarma boshqaruv xodimlari Jamgʻarma raisi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri suhbat asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Jamgʻarma raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Jamgʻarmaning idoraviy mansub tashkilotlarining nizomlarini (ustavlarini), shuningdek, xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida Jamgʻarma va idoraviy mansub tashkilotlarning tuzilmalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Jamgʻarmaning har yillik kalendar rejasini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga kiritadi, bunda loyihalarning xalqaro, davlatlararo va respublika kabi darajalarini belgilashni nazarda tutadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) Jamgʻarmaga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarga muvofiq Jamgʻarma faoliyatini tashkil etadi, Jamgʻarmaning shtatlar jadvalini tasdiqlaydi, xoʻjalik, mehnat va boshqa shartnoma hamda hujjatlarni Jamgʻarma nomidan imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) Jamgʻarma raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni tayinlash va lavozimdan ozod qilish boʻyicha belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni shartnoma asosida ularga, istisno tariqasida, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ish haqi va boshqa toʻlovlarni belgilagan holda jalb qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(z) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Jamgʻarma xodimlariga ularning asosiy egallab turgan lavozimlari boʻyicha lavozim maoshlari (tarif stavkalari)ga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qatʼi nazar, ustama va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar hamda uzoq muddat xizmat qilgani uchun ustama haq toʻlash tartibi va miqdorlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) Madaniy meros agentligi direktori maslahatchilari, markaziy apparati boshqarma va boshqa tarkibiy tuzilmalari rahbarlari, hududiy boshqarmalari boshliqlari, uning tizimidagi tashkilotlar rahbarlari, shu jumladan, davlat muzeylari direktorlari lavozimlariga nomzodlarni tayinlash va lavozimdan ozod qilish masalalarini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(k) har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi haqidagi hisobotni taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(l) Jamgʻarma mablagʻlari tushumlarini koʻpaytirish va ulardan samarali foydalanilishi, shu jumladan, xorijiy investitsiya va homiylarni jalb etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(m) mazkur Nizomga va qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jamgʻarma boshqaruv xodimlarining cheklangan soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Quyidagi tashkilotlar Jamgʻarma tasarrufidagi idoraviy mansub tashkilotlar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) “Zamonaviy sanʼat markazi” davlat muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) “Fransiya madaniyat markazi” davlat muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) “Milliy restavratsiya markazi” davlat muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) “Respublika bolalar kutubxonasi” davlat muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) “Jadidlar merosi davlat muzeyi” davlat muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) “Buxoro biyennalesi direksiyasi” davlat muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(z) Samarqand shahridagi “Ipak yoʻli” art-rezidensiyasi” davlat muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) Samarqand shahridagi “Ipak yoʻli” sanʼat galereyasi” davlat muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(k) “Samarqand viloyati bolalar kutubxonasi” davlat muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(l) “Qoʻqon shahar bolalar kutubxonasi” davlat muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(m) “Kreativ industriya parki direksiyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Jamgʻarma raisiga Jamgʻarma va idoraviy mansub tashkilotlarning tuzilmalari va shtatlar jadvaliga xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Jamgʻarma raisining taklifiga binoan Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi tuzilishi mumkin, uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Jamgʻarma huzurida madaniyat va sanʼat arboblaridan iborat Ekspert kengash tuzilishi mumkin, uning tarkibi Jamgʻarma raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Jamgʻarma faoliyatini moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Quyidagilar Jamgʻarma faoliyatini, shu jumladan, Jamgʻarma tomonidan tashkil etiladigan ekspert komissiyalari va ishchi guruhlar, shartnoma asosida jalb etiladigan mahalliy va xorijiy mutaxassislarga toʻlovlarni amalga oshirish hamda Jamgʻarma xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) yuridik va jismoniy shaxslarning hamda xalqaro tashkilotlarning homiylik xayriyalari, metsenatlik koʻmagi, grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Jamgʻarma raisi Jamgʻarma mablagʻlarining tasarrufchisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Jamgʻarmani taʼminlash xarajatlari qoplangandan soʻng Jamgʻarma mablagʻlari Jamgʻarmaning daromad va xarajatlari smetasiga muvofiq mazkur Nizomning 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Jamgʻarmaning daromad va xarajatlar smetasi budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha budjet tashkilotlari uchun (choraklar, tushumlar manbalari va ularning sarflanish yoʻnalishlari boʻyicha) qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi va Jamgʻarma raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Jamgʻarmaning boʻsh mablagʻlaridan grant asosida milliy madaniy davlat dasturlari va loyihalarini moliyalashtirish (birgalikda moliyalashtirish) uchun foydalanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Jamgʻarmaga, istisno tariqasida, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olish uchun yetkazib beruvchilar bilan import bitimlari (shartnomalari) tuzilgan taqdirda, Jamgʻarmaning oʻz mablagʻlari hisobidan (Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar bundan mustasno) 15 foizdan ortiq avans toʻlashga, shuningdek, Jamgʻarmaning tegishli yil uchun moʻljallangan kalendar rejasida koʻrsatilgan muddatlardan qatʼi nazar loyihalar boʻyicha ushbu yil davomida shartnomalar (bitimlar) tuzishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Jamgʻarma har yili qonunchilikka muvofiq moliyaviy hisobotni tayyorlaydi. Jamgʻarmaning moliyaviy hisoboti moliyaviy yil yakunlangandan soʻng auditorlik tashkilotlari tomonidan majburiy tartibda tekshiriladi. Moliyaviy hisobot, auditorlik xulosasi har yili 1-maydan kech boʻlmagan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PQ-36-son qaroriga
2-ILOVA
(ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6000-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 8-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda, xususiy teatrlarda sahnalashtirilgan hamda ijro etilgan asarlar uchun mualliflik haqi toʻlash har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshirilishi belgilansin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3325-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nomlanishida “Madaniyat vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1-banddagi “Madaniyat vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2 va 3-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 4-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jamgʻarma Adliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-fevralga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaga metsenatlik koʻmagi hisobidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma tomonidan metsenatlik koʻmagi orqali amalga oshiriladigan loyihalarda chet ellik kontragentlarni soliqlar va toʻlovlardan ozod qilish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“41. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida milliy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga hamda milliy va xorijiy valyutada bank hisobvaraqlariga ega boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7. Manfaatdor vazirlik va idoralar bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) 2-ilovaning 2 va 3-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va sanʼat sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3920-son qarorining 1-bandidagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2021-y., 07/21/36/1143-son; 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)