Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.04.2004 08.02.1993 yildagi 65-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.02.1993 yildagi 65-son
Date of entry into force
08.02.1993
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.04.2004
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON DAVLAT TRANSPORT QURILIShI KORXONALARI UYuShMASI (“OʻZBEKTRANSQURILISh”) FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-apreldagi 202-son “Oʻzbekiston davlat transport qurilishi korxonalari uyushmasi (“Oʻzbektransqurilish”)ni tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasining transport qurilishi korxonalarini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonga muvofiq hamda bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida transport qurilishining montaj va maxsus qurilish, loyiha-qidiruv, ilmiy-texnologik, sanoat va boshqa korxonalari va tashkilotlarining samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur tashkiliy v iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki, Oʻzbekiston davlat transport qurilishi korxonalari uyushmasi (“Oʻzbektransqurilish”):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda uyushmaning Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan ustaviga amal qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subpudrat va toʻgʻridan toʻgʻrituzilgan shartnomalar asosida qurilayotgan va qayta qurilayotgan inshootlarda qurilish, ishga tushirish va sozlash ishlarini olib boradi, maxsus qurilish konstruksiyalari ishlab chiqarishni va yetkazib berishni hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.Uyushma tarkibiga kiradigan korxona va tashkilotlar ilovaga* muvofiq oʻz xoʻjalik mustaqilliklarini saqlab qoladilar va yuridik shaxs huquqiga ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzbektransqurilish” uyushmasini boshqarishning yuqori organi Kengash hisoblanadi, u Boshqaruvni saylaydi, apparat tuzilmasini va uning xodimlariga ish haqi toʻlash shartlarini belgilaydi. Xodimlarning eng koʻp soni 26 nafar qilib tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv raisi va uning oʻrinbosarlari uyushma Kengashi tomonidan saylanadi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Uyushma va Boshqaruv raisining uch nafar rais oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishi tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyushma raisiga va uning oʻrinbosarlariga Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining tegishli xodimlari uchun belgilangan moddiy-maishiy taʼminot va tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlari joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻrtaosiyoqurilishmexanizatsiya” aksionerlik jamiyatining Ustav fondiga kirgan Oʻzbekiston Respublikasi mulki doirasida jamiyatning muassislaridan biri boʻlib ishtirok etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbektransqurilish uyushmasi bilan birgalikda aniqlashtirilgan taʼsis hujjatlarini tasdiqlash uchun Rossiya Federatsiyasi Davlat mulki qoʻmitasi va Qozogʻiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi ishtirokida “Oʻrtaosiyoquriltishmexanizatsiya” aksionerlik jamiyati aksionerlarining umumiy majlisini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzbektransqurilish” uyushmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
trestlar bilan hamkorlikda trest tarkibiga kiradigan va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan boʻlinmalarni tezkor boshqarishni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda respublika boʻlinmalarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturini va ularning obyektlar boʻyicha roʻyxatini ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun uyushma Ustavini taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzshartnomasavdo” va respublikaning boshqa savdotaʼminot tashkilotlari uyushma korxonalari va tashkilotlarining rivojlanishi va faoliyat koʻrsatishi uchun belgilangan tartibda kvotalar boʻyicha beriladigan moddiy resurslarni ajratishni nazarda tutsinlar, ishlab chiqarish faoliyatida zarur boʻlgan mahsulotlarni sotib olish uchun taʼminotchilar bilan xoʻjalik aloqalarini mustahkamlashga yordam bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzbektransqurilish” uyushmasi apparati quyidagi manzilda joylashtirilsin: Toshkent shahar, Oxunboboyev koʻchasi, 34-uy.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari oʻrtoq K N. Toʻlaganov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil mart oyida koʻrib chiqilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 8-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65-son