25.08.2021 yildagi O‘RQ-711-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 25.08.2021 yildagi O‘RQ-711-son
Date of entry into force
26.08.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 24-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 29-mayda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 1863-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu moddaning birinchi — toʻrtinchi qismlari tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalari bilan bogʻliq harakatlarni amalga oshirishda qoʻllanilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) quyidagi mazmundagi 2021-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2021-modda. Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, yaʼni gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda ularni qiynoqqa solish yoxud ularga azob berish ularning oʻlimiga yoki mayib boʻlishiga olib kelsa, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha ozodlikni cheklash yoki olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni oʻtkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish yoxud ularni oʻtkazish maqsadida tayyorlash yoxud qayta ishlash uchun asbob-uskunalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish, joʻnatish yoki oʻtkazish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismining sanksiyasidagi “besh” degan soʻz “yetti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar, shuningdek tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalari bilan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi koʻp miqdor” degan atama quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishdagi koʻp miqdor — tegishli davlat organi tomonidan belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi atama bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishdagi yoki tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzishdagi koʻp miqdor — tegishli davlat organi tomonidan belgilanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 391-modda birinchi qismining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bandi “doir ishlar” degan soʻzlardan keyin “shuningdek elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish bilan bogʻliq jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bandidagi “shuningdek elektr, issiqlik energiyasi, gaz, suvdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq boʻlgan ishlar boʻyicha” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 3812-modda birinchi qismining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandidagi “1852” raqami chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bandidagi “186-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlar “1852-moddasida, 186-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomining oʻzbekcha matnidagi “zaxiralarini” degan soʻz “resurslarini” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Suvlarni ifloslantirish yoki bulgʻatish, suvtoʻplagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, shuningdek suv obyektlariga oqindi suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 74-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi “limitlarini buzish, shuningdek” degan soʻzlar “limitlarini buzish, suvlarning hamda suv obyektlarining holatiga taʼsir koʻrsatuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni oʻzboshimchalik bilan bajarish, shuningdek” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) quyidagi mazmundagi 791-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“791-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlarini yigʻish, tayyorlash va ulardan foydalanish tartibi hamda shartlarini buzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun yigʻish hamda tayyorlashning, shuningdek oʻsimlik dunyosi obyektlaridan madaniy-maʼrifiy, oʻquv-tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanishning belgilangan tartibini hamda shartlarini buzish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) quyidagi mazmundagi 861-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“861-modda. Ozon qatlamiga zararli taʼsir koʻrsatishning oldini olishga doir talablarni buzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash, xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish chogʻida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ozonni buzuvchi moddalardan, tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud boʻlgan asbob-uskunalar va texnik qurilmalardan foydalanish hamda ularni qoʻllashni tartibga solish choralarini koʻrmaslik, shuningdek ozonni buzuvchi moddalarning hisobini yuritmaslik, ularning ozon uchun xavfsiz moddalar bilan almashtirilishini taʼminlamaslik, ularning atmosfera havosiga chiqarilishiga yoʻl qoʻyish, retsirkulatsiyani (ozonni buzuvchi moddalardan qayta foydalanish maqsadida ularni birlamchi tozalashni) amalga oshirmaslik, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarish chogʻida yonilgʻi moddalarni va qurilish materiallarini bir joyga toʻplashda, ushbu moddalar va materiallarni, shuningdek yoqilgʻi hisoblanmaydigan materiallarni yoqishda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik, maxsus texnik qurilmalarni qoʻllamasdan bitumni eritish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomi “boshqa dorilarni” degan soʻzlardan keyin “shuningdek kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalarni hamda bugʻlanuvchan birikmalarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, ularning oʻsishini tezlashtiruvchi vositalarni, mineral oʻgʻitlarni hamda boshqa dorilarni, shuningdek kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalarni va bugʻlanuvchan birikmalarni tashish, saqlash, ulardan foydalanish, ularni qoʻllash hamda ulardan boʻshagan idishlarni zararsizlantirish qoidalarini tuproqning, suvning, atmosfera havosining ifloslanishiga yoki oʻsimliklar, hayvonot dunyosi yoʻq qilib yuborilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan tarzda buzish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) 111-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, yaʼni ularni gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda qiynoqqa solish yoki ularga azob berish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan boʻlsa yoki hayvonlarning oʻlimiga yoxud mayib boʻlishiga olib kelsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) 133-modda birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelsa, bundan jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetkazilishiga olib kelmagan yoʻl-transport hodisasi sodir etilganda yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisida xabarnoma tuzilgan hollar mustasno”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) 134-moddaning dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi transport vositalari, yoʻl harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelsa, lekin ancha miqdorda moddiy zarar yetkazmasa, bundan yoʻl harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelmagan yoʻl-transport hodisasi sodir etilganda yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisida xabarnoma tuzilgan hollar mustasno”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) 1651-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu moddaning birinchi qismi tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalari bilan bogʻliq harakatlarni amalga oshirishda qoʻllanilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) 261-moddaning birinchi qismidagi “80, 81, 82, 83, 84-moddalarida, 85-moddasida (bundan sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish deb hisoblanuvchi, atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish, biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash mustasno), 86” degan soʻzlar “791, 80, 81, 82, 83, 84-moddalarida, 85-moddasida (bundan sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish deb hisoblanuvchi, atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish, biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash mustasno), 86, 861” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining boshligʻi va uning oʻrinbosari, boʻlim boshliqlari, bosh mutaxassislari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hududiy inspeksiyalarining bosh inspektorlari va inspektorlari”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat toʻgʻrisida”gi 343-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda; 2020-yil, № 1, 3-moddalar; 2021-yil, 4-songa ilova) 79-moddasining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qarzdorning nomi va manzili, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 7, 389-modda, № 8, 469-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 8-moddasi birinchi qismininng 4-bandi “ish joyi” degan soʻzlardan keyin “qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 21-aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-155-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 191-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 99-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2020-yil, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma — sodir etilgan yoʻl-transport hodisasi haqida sugʻurtalovchiga xabar berish uchun yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan joyda yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻldiriladigan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi vujudga kelganligi faktini tasdiqlovchi hujjat”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi — oʻn ikkinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 15-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sugʻurta polisi blankasining namunasi, uni tayyorlash tartibi, maxsus davlat belgisining shakli va uni transport vositasiga joylashtirish tartibi, shuningdek yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma blankasining namunasi hamda uni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 19-moddaning ikkinchi qismi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma tuzilgan vaqtdan eʼtiboran uch ish kuni ichida mazkur xabarnomani ushbu Qonun 202-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan materiallar va hujjatlarni ilova qilgan holda sugʻurtalovchiga taqdim etishi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshisi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) quyidagi mazmundagi 201 va 202-moddalar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“201-modda. Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani tuzish uchun asoslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz tuziladi. Xabarnomani tuzish uchun bir vaqtning oʻzida quyidagilar asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl-transport hodisasi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetkazilishiga yoxud yoʻl harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl-transport hodisasida ishtirokchi boʻlgan haydovchilardan biri oʻz aybiga toʻliq iqror boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl-transport hodisasi piyoda ishtirokisiz sodir etilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl-transport hodisasi ikkita transport vositasi (shu jumladan tirkamali transport vositalari) toʻqnashuvi natijasida roʻy bergan hamda faqat ushbu transport vositalariga shikast yetkazilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi yoʻl-transport hodisasi sodir etilguniga qadar sugʻurta qilingan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilarda haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, ishonchnoma (bundan ishonchnoma talab etilmaydigan hollar mustasno), yoʻl varaqasi (qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda) mavjud boʻlib, mazkur hujjatlarning amal qilish muddati oʻtmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl-transport hodisasi ishtirokchilari boʻlgan haydovchilarda mastlik holati boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl-transport hodisasi natijasida transport vositalarining shikastlanishi holatlari, shuningdek transport vositalarining shikastlangan qismlari tavsiflari va roʻyxati yoʻl-transport hodisasi ishtirokchilari oʻrtasida kelishmovchiliklarni (nizolarni) keltirib chiqarmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslardan bittasi mavjud boʻlmagan taqdirda, tuzilgan yoʻl-transport hodisasi haqidagi xabarnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma haqiqiy emas deb topilgan taqdirda yoxud sugʻurtalovchi tomonidan ishni koʻrib chiqish jarayonida aybdor taraf oʻzgarganligi fakti aniqlangan taqdirda (aybdorlik videoyozuvlar yoxud koʻrik va (yoki) mustaqil ekspertiza natijalari asosida yaqqol namoyon boʻlganda) sugʻurtalovchi yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani va unga ilova qilingan hujjatlarni, shuningdek koʻrik va (yoki) mustaqil ekspertiza natijalarini (aybdor taraf oʻzgarganligi fakti aniqlangan hollarda) oʻsha kunning oʻzida ichki ishlar organlariga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani koʻrib chiqish chogʻida aybdor taraf oʻzgarganligi fakti aniqlanishi va boshqa tarafning aybini tasdiqlovchi materiallar yoki videoyozuvlar yoxud ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan koʻrik va (yoki) mustaqil ekspertiza natijalari boʻlmaganda sugʻurtalovchining yigʻilgan hujjatlarni ichki ishlar organlariga yuborishi sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlashni asossiz rad etgan deb baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
202-modda. Transport vositalari egalarining va sugʻurtalovchilarning yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani tuzish chogʻidagi harakatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma yoʻl-transport hodisasi ishtirokchisi boʻlgan hodisa sodir boʻlganidan keyin haydovchilar tomonidan darhol joyning oʻzida va ikki nusxada tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma haydovchilarning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilgan sugʻurtalovchilarga quyidagi materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda uch ish kuni ichida yuboriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl-transport hodisasi joyining (avtotransport vositalari toʻqnashgan joyning (vaziyat oʻzgartirilmagan holdagi), transport vositalarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi, transport vositalarining shikastlangan qismlarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haydovchilarning sugʻurta hodisasini toʻgʻridan toʻgʻri hal etish toʻgʻrisidagi arizalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan joydagi yoki unga yaqin joydagi narkologik dispanserda yoxud sogʻliqni saqlash organlari tomonidan belgilangan tuman va shahar davolash-profilaktika muassasasida yoʻl-transport hodisasi haqida xabarnoma tuzilgan paytdan eʼtiboran toʻrt soat ichida haydovchilarning mastlik holatini aniqlash boʻyicha tibbiy tekshiruv oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilarning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarining, transport vositalari roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi hujjatlarning koʻchirma nusxalari, shuningdek sugʻurta polisining koʻchirma nusxalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomaning koʻchirma nusxasi sugʻurtalovchiga ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda, sugʻurtalovchining dasturiy taʼminoti (mobil ilovasi) orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haydovchilarning mastlik holatini tekshiruvdan oʻtkazish qiymati sugʻurtalovchi tomonidan majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zarar tarkibiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalari egalari yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan transport vositalarini koʻrikdan va (yoki) mustaqil ekspertizadan oʻtkazish uchun soʻrov olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida sugʻurtalovchining soʻroviga koʻra taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalarining egalari transport vositalarini sugʻurtalovchining yozma roziligisiz yoki sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida yoxud uni toʻlashni rad etish haqida qaror qabul qiladigan kunga qadar taʼmirlashga yoki utilizatsiya qilishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchi yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kalendar kun ichida sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida yoki uni toʻlashni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalarini koʻzdan kechirish, mustaqil ekspertizani hamda oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zararning miqdorini belgilash uchun baholashni tashkil etish ushbu moddaning yettinchi qismida koʻrsatilgan muddatda, sugʻurtalovchi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisida xabarnoma tuzilganda jabrlanuvchining transport vositasiga yetkazilgan zarar ushbu Qonun 22-moddasining uchinchi qismida belgilangan sugʻurta tovoni miqdoridan oshmasligi kerak. Bunda yetkazilgan zarar miqdori yoʻl-transport hodisasi haqidagi xabarnoma sugʻurtalovchiga taqdim etilganidan soʻng oshgan taqdirda, sugʻurtalovchi sugʻurta summasining faqat ushbu Qonun 22-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan miqdordan ortiq boʻlmagan qismini sugʻurta tovoni sifatida toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“mazkur shaxs yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma tuzilganidan keyin toʻrt soat ichida mastlik holatini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan oʻtish choralarini koʻrmagan boʻlsa yoki yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani sugʻurtalovchiga uzrli sabablarsiz oʻz vaqtida taqdim etmagan boʻlsa”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi xatboshisi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar; № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 9, 588-modda, № 11, 791-modda, № 12, 884, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 203-modda, № 11, 652-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 7, 13-moddalar, 4-songa ilova) 174-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasining ekspertizasini va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya tahlilini oʻtkazishni”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi missiyalari va vakolatxonalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar; 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 178-modda birinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4) qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili), qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslar shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 272-modda birinchi qismining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek soliq toʻlovchi qarzdor yuridik shaxsning identifikatsiya raqami”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 447-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijro varaqasida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) ijro varaqasini bergan sudning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ijro varaqasining qaysi ish boʻyicha berilganligi va uning raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati qabul qilingan sana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) undiruvchi va qarzdorning nomi, ularning manzillari; jismoniy shaxslar uchun — qarzdor jismoniy shaxsning tugʻilgan sanasi va joyi, ish joyi, shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), yuridik shaxslar uchun esa — soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) sud hujjatining qaror qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) sud hujjati kuchga kirgan sana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) ijro varaqasi berilgan sana va uni ijroga topshirish muddati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasi sudya tomonidan imzolanadi va sudning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 145-modda birinchi qismining 3-bandi “yashash joyi” degan soʻzlardan keyin “jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 196-modda birinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 337-modda birinchi qismining 4-bandi “yashash joyi” degan soʻzlardan keyin “qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda; 2021-yil, № 1, 9-modda, 4-songa ilova) 279-moddasi birinchi qismining 4-bandi “yashash joyi” degan soʻzlardan keyin “qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 1-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-546-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 384-modda, № 9, 588-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) toʻgʻrisidagi qonun loyihasining ekspertizasini va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya tahlilini oʻtkazish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshisidagi “zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash orqali” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 9-moddaning uchinchi qismidagi “Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining, soliq hamda budjet siyosati asosiy yoʻnalishlarining loyihalari” degan soʻzlar “Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 13-moddaning beshinchi xatboshisidagi “Hisob palatasining vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha” degan soʻzlar “Hisob palatasi zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlar doirasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 17-moddaning ikkinchi qismidagi “budjet hamda smeta-shtat intizomini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxslar haqidagi” degan soʻzlar “budjet va smeta-shtat intizomining, shuningdek davlat xaridlari sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarining aniqlangan buzilishlari haqidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 20-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“20-modda. Hisob palatasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi ekspertizasini va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya tahlilini oʻtkazish sohasidagi funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi ekspertizasini va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya tahlilini oʻtkazish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari loyihasining shakllantirilishini ularning koʻrsatkichlari asosliligini aniqlash maqsadida, ularning daromadlarini prognoz qilish hamda xarajatlarni rejalashtirish, qarz siyosati va budjetlararo munosabatlar sifatiga baho berish maqsadida oʻrganishni va tahlil qilishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya boʻyicha xulosa beradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 23-moddaning nomidagi va birinchi xatboshisidagi “zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash orqali” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 24-moddaning beshinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi missiyalari va vakolatxonalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi xatboshisidagi “oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan” degan soʻzlar “oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlar doirasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida” degan soʻzlar “belgilangan tartibda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi yigirma ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) 35-moddaning birinchi qismidagi “Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari, soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihalari parametrlari shakllantirilishini tahlil qilish” degan soʻzlar “Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi ekspertizasi va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya tahlili” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 8-moddaning birinchi qismi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“20) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning joylardagi organlari — atrof-muhitni ifloslantirganlik, tabiatdan oʻzboshimchalik bilan foydalanganlik va tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzganlik tufayli tabiiy obyektlarga va komplekslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi, shuningdek qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“41) Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi — Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida berilgan daʼvolar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 9-moddaning birinchi qismi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 141-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“141) davlat organlari — oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“26) Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi — Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida berilgan daʼvolar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 10-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 16-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“16) Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi — Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida berilgan arizalar (shikoyatlar) yuzasidan”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 11-modda quyidagi mazmundagi 18-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“18) Oʻzbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylarning yongʻini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar — ularga hujjatlarning dublikatlari, koʻchirma nusxalari, notarial harakatlarni roʻyxatdan oʻtkazish reyestridan koʻchirmalar berilganligi uchun”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 12-moddaning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5) Oʻzbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylar yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylar yongʻini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar — ularga takroriy guvohnomalar berganlik uchun”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“13-modda. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi hujjatlarni rasmiylashtirish hamda berishda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylarning yongʻini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar yoʻqolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi identifikatsiyalovchi ID-kartasi (biometrik pasporti), Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasi (yashash uchun ruxsatnomasi), Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxsning xorijga chiqish uchun biometrik harakatlanish hujjati oʻrniga tegishincha shunday ID-karta, biometrik pasport berilganligi uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha boʻlib turgan chet davlat fuqarosiga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga pasportning yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatning hamda Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish toʻgʻrisidagi hujjatning yoʻqolganligi haqida maʼlumotnoma berilganligi uchun davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 14-modda quyidagi mazmundagi 91-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“91) Oʻzbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylarning yongʻini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar ularning yoʻqolgan hujjatlarini yoxud qonunchilik hujjatlarida belgilangan, yaroqsiz holga kelgan, muayyan faktni tasdiqlaydigan hujjatlarini tiklash chogʻida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan ushbu hujjatlarning koʻchirma nusxalari, dublikatlari hamda ularning mavjudligi haqidagi maʼlumotnomalar talab qilib olinganda”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 1-moddasining 2-bandi, 3-moddasining 1 — 10 va 12-bandlari, 6-moddasi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 25-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-711-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)