Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
05.02.2026
25.12.2025
04.05.2025
05.07.2024
05.09.2022
22.11.2021
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Umumiy masalalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek, bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish, bojxona yuk operatsiyalarini amalga oshirishni samarali tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazorati ostida yetkazilgan tovarlar boʻyicha yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazorati ostidagi tovarlar boʻyicha amalga oshiriladigan yuk operatsiyalarini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona omborlarida tovarlar harakati tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona omborida yuk operatsiyalarini amalga oshirishda bojxona ombori egasining hamda uning vakolatli shaxsining huquq va majburiyatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagi tovarlarga nisbatan bojxona ombori hududida oʻtkaziladigan yuk operatsiyalarida bojxona organi mansabdor shaxsi ishtirok etishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona hududiga olib kirilishi va bojxona hududidan olib chiqilishi (muomalasi, foydalanilishi va tasarruf etilishi) taqiqlangan yoxud cheklangan tovarlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona ombori hisoblanmaydigan joyga bojxona ombori bojxona rejimida joylashtirilishi koʻzda tutilgan tovarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida beriladigan litsenziyalar va ruxsatnomalar boʻyicha eksport-import qilinadigan maxsus tovarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tranzit tarzda olib oʻtiladigan tovarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy yuklar, shu jumladan, qurol-yarogʻ, harbiy texnika va oʻq-dorilar, radioaktiv materiallar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
insonparvarlik yordami, texnik koʻmak sifatida va grantlar hisobidan olib kiriladigan tovarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olib kirilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta qimmatliklari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har qanday holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan buyumlar (xom (tabiiy) va ishlov berilgan shaklda, affinlangan, xom ashyolar, eritmalar, yarim tayyor mahsulotlar, sanoat mahsulotlari, kimyoviy birikmalar, lomlar va ishlab chiqarishdan qolgan chiqindi shaklida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy boyliklar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bojxona ombori hududida oʻtkaziladigan yuk operatsiyalari litsenziya talablari va shartlari asosida jihozlangan videokuzatuv tizimi nazorati ostida bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsining bevosita ishtirokida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi bojxona nazorati ostidagi tovarlar va (yoki) transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladigan yuk operatsiyalarida aniqlagan har qanday tafovutlar va nomuvofiqliklar toʻgʻrisida bojxona organini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini mavjud avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida elektron boshqarishni joriy etish va ishga tushirish boʻyicha buyurtmachi, shuningdek, keyinchalik oʻz mablagʻlari hisobidan qoʻllab-quvvatlovchi etib belgilansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ikki oy muddatda bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk va boshqa operatsiyalarni elektron boshqarishni joriy etish boʻyicha texnik hujjatni ishlab chiqib, vakolatli davlat organlarida ekspertizadan oʻtkazsin hamda qaror kuchga kirguniga qadar uning ishga tushirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalashda ularga joylashtirilishi mumkin boʻlgan tovarlar hajmidan kelib chiqib, bojxona toʻlovlarini taʼminlash miqdorlarini oshirish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 20-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
531-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi 531-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimi — bojxona nazorati ostidagi tovarlar boʻyicha amalga oshiriladigan maʼlum yuk operatsiyalarini qayd etish, kuzatish, qayta ishlash, elektron hisobini yuritishga moʻljallangan bojxona organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazorati zonasi — Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga (keyingi oʻrinlarda — Bojxona kodeksi) muvofiq bojxona hududining bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida tashkil qilinadigan, maxsus ajratib va belgilab qoʻyilgan qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona ombori hududi — bojxona ombori oʻrni va unga bevosita tutash boʻlgan, litsenziya talablari va shartlariga koʻra maxsus ajratilgan hamda belgilab qoʻyilgan bojxona nazorati zonasi hisoblanadigan yuk operatsiyalari amalga oshiriladigan hudud;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona omborining vakolatli shaxsi — mehnat shartnomasi asosida bojxona ombori (yuridik shaxs) manfaatlaridan kelib chiqib, uning nomidan harakat qiluvchi shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli shaxs — tovar va (yoki) transport vositasi egasi yoki tovarga va (yoki) transport vositasiga nisbatan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatlarga ega boʻlgan yoxud tovar va (yoki) transport vositasi egasi nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish koʻruvchi shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta yuklash operatsiyasi — bojxona nazorati ostidagi tovarlarni bir transport vositasidan boshqa transport vositasiga yoki ushbu transport vositasiga qayta yuklash (transport vositasi yuk xonasini ochmasdan qayta yuklash bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar boʻyicha amalga oshiriladigan boshqa operatsiyalar — Bojxona kodeksiga muvofiq tashuvchi, vakolatli shaxs va bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan bojxona nazorati ostidagi tovarlar va (yoki) transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladigan operatsiyalar, bojxona organlari mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladigan bojxona operatsiyalari bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar harakati tizimi — bojxona omborlarida bojxona nazorati ostidagi tovarlarning muayyan maqomga ega boʻlgan holati va harakati ketma-ketligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati — bojxona hududi boʻylab bojxona nazorati ostida tashiladigan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, tovar kelib tushadigan bojxona organigacha yetkazib berilganligi nazoratini bojxona organlari tomonidan amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarni chiqarib yuborish — bojxona rasmiylashtiruvini yakunlovchi va maʼlum qilingan bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqib tovarlardan foydalanishga va (yoki) ularni tasarruf etishga ruxsat berilganligini ifodalovchi bojxona organlarining harakati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tushirish operatsiyasi — bojxona nazorati ostidagi tovarlarni qoʻyilgan bojxona identifikatsiya vositalarini olib tashlagan holda transport vositasidan tushirish (qayta yuklash maqsadida transport vositasi yuk xonasini ochmasdan tushirish bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk operatsiyalari — bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ularning buzilgan oʻrovlarini toʻgʻrilash, ularni oʻrash, qayta oʻrash va tashish uchun qabul qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagi tovarlardan tashqari boshqa tovarlarga nisbatan bojxona ombori hududida oʻtkaziladigan yuk operatsiyalarini bojxona organi mansabdor shaxsining ishtirokisiz amalga oshirishga ruxsat beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona hududiga olib kirilishi va bojxona hududidan olib chiqilishi (shuningdek, muomalasi, foydalanilishi va tasarruf etilishi) taqiqlangan yoxud cheklangan tovarlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona ombori hisoblanmaydigan joyga bojxona ombori bojxona rejimida joylashtirilishi nazarda tutilgan tovarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida beriladigan litsenziyalar va ruxsatnomalar boʻyicha eksport-import qilinadigan maxsus tovarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tranzit tarzda olib oʻtiladigan tovarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy yuklar, shu jumladan, qurol-yarogʻ, harbiy texnika va oʻq-dorilar, radioaktiv materiallar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
insonparvarlik yordami, texnik koʻmak sifatida va grantlar hisobidan olib kiriladigan tovarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olib kirilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta qimmatliklari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har qanday holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan buyumlar (xom (tabiiy) va ishlov berilgan shaklda, affinlangan, xom ashyolar, eritmalar, yarim tayyor mahsulotlar, sanoat mahsulotlari, kimyoviy birikmalar, lomlar va ishlab chiqarishdan qolgan chiqindi shaklida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy boyliklar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan bojxona nazorati ostidagi tovarlar ortilgan transport vositalari bojxona ombori hududiga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport turiga qarab, bevosita bojxona omboriga yetkazib berish imkoni boʻlmaganda, tovarlar avtotransport vositalariga qayta yuklangan holda bojxona ombori hududiga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona nazorati zonasiga yetkazilib yigirma toʻrt soat ichida chiqarib yuborilgan, shuningdek, bojxona ombori hisoblanmaydigan joyda turgan holda bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsat berilgan tovarlarni bojxona ombori hududiga yetkazish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bojxona rejimiga joylashtirilmagan bojxona nazorati ostidagi tovarlarning yuk operatsiyalarini amalga oshirib qabul qilingan holatida toʻliq saqlanishini taʼminlash uchun quyidagilar javobgar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazorati ostida tashiladigan tovarlar bojxona ombori egasi yoki vakolatli shaxs tomonidan qabul qilib olingunga qadar — tashuvchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazorati ostida tashiladigan tovarlar tushirilib, boshqa transport vositalariga qayta ortilganda — ushbu tovarlarni bojxona nazorati ostida bundan buyon tashish uchun qabul qilib olgan tashuvchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar bojxona ombori hududiga qabul qilib olingan paytdan boshlab chiqarib yuborilgunga qadar — bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni bojxona ombori hisoblanmaydigan joyga joylashtirishga ruxsat berilgan vaqtdan boshlab chiqarib yuborilgunga qadar — tovarlarni bunday joylarga joylashtirgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazorati ostidagi tovarlar ortilgan transport vositalari bojxona nazorati zonasiga joylashtirilganda — bojxona nazorati zonasiga javobgar shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tovarlar boʻyicha amalga oshiriladigan yuk va boshqa operatsiyalarda tovarlarning Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodining oʻnta belgili darajasi oʻzgarishi bilan bogʻliq xususiyatlari va sifat koʻrsatkichlari oʻzgarmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Agar amalga oshiriladigan operatsiyalar tovarlarning keyingi bojxona nazoratini amalga oshirish imkoni boʻlmasligiga olib kelsa, bojxona organi ushbu tovarlar boʻyicha yuk va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bojxona nazorati ostida yetkazilgan tovarlar boʻyicha yuk operatsiyalari ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Bojxona nazorati ostida yetkazilgan tovarlar boʻyicha yuk operatsiyalarini amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tovarlar bojxona omboriga yetkazib berilgach, bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi transport vositalarining tovarlar ortilgan yuk boʻlimlari va unga qoʻyilgan bojxona identifikatsiya vositalarini tovarlarning kuzatuv hujjatlari hamda tovarni yetkazib berish nazorat hujjatida koʻrsatilgan maʼlumotlar asosida koʻzdan kechiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻzdan kechirish bojxona identifikatsiyalash vositalari mavjudligi, ularga shikast yetkazilmaganligi, oʻzgartirilmaganligi, buzilmaganligi va yoʻq qilinmaganligiga hamda tashilayotgan tovarlarni transport vositalarining plombalangan qismidan koʻzga tashlanadigan izlar qoldirmasdan chiqarib olish va (yoki) unga boshqa tovarlarni joylash istisno etilganligiga, shuningdek, plomba qoʻyilgan jihozlarga (konteyner konstruksiyasi, tirkama trosi, tenti, tom, pol qismlari va boshqalar) zarar yetkazilmaganligiga alohida ahamiyat bergan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi transport vositalari bojxona omboriga yetib kelganligini ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan harakatlarni bajargan holda axborot tizimida belgi qoʻyish orqali tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bojxona omboriga yetib kelganligini tasdiqlash uchun avtomobil va temir yoʻl transporti vositasi bojxona organlariga onlayn uzatish imkoniga ega boʻlgan, avtotransport vositasining davlat raqami belgisini va temir yoʻl transporti vositasining raqamini aniqlash boʻyicha kunu tun ishlaydigan tizim bilan jihozlangan nazorat-oʻtkazish punktidan oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtotransport vositasining davlat raqami belgisini va temir yoʻl transporti vositasining raqamini aniqlash tizimidagi raqam bilan tovarni yetkazib berishning nazorat hujjatidagi raqam aynan mos boʻlishi hamda yetib kelganligi tasdiqlanishi avtotransport vositasi davlat raqami belgisi va temir yoʻl transporti vositasi raqami qayd etilgandan oʻttiz daqiqa ichida amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda faqat axborot tizimidagi uzilishlar (elektr manbai sababli uzilishlar bundan mustasno) hamda Bojxona kodeksiga muvofiq yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida transport vositalarining yetib kelganligini tasdiqlash imkoni boʻlmaganda, bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi darhol bojxona organini oʻz vakolatlari doirasida qaror qabul qilishi uchun xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Axborot tizimida transport vositalarining bojxona omboriga yetib kelganligi tasdiqlanishi bilan tovarlarning toʻliq saqlanishini taʼminlash boʻyicha javobgarlik bojxona ombori egasiga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi ushbu Nizomning 9-bandida belgilangan tartibda transport vositalari va ularga qoʻyilgan bojxona identifikatsiyalash vositalarini koʻzdan kechirishi natijasida aniqlagan har qanday tafovutlar va nomuvofiqliklar toʻgʻrisida darhol bojxona organini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xabarga asosan bojxona organlari tovarlar va (yoki) transport vositalariga nisbatan Bojxona kodeksining 188-moddasiga muvofiq bojxona nazorati shakllarini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona nazorati yakuni boʻyicha bojxonaga oid huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, bojxona organi tovarlar va (yoki) transport vositalariga nisbatan yuk va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishni toʻxtatib turadi, huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish yuritadi hamda tergovga qadar tekshiruv oʻtkazib, maʼmuriy ish yoki jinoyat ishini qoʻzgʻatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tovarlar va transport vositalari yetkazib berilganligini tasdiqlash bojxona organi qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bojxona posti tomonidan tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati nazoratdan yechilgunga qadar tashuvchi yoki vakolatli shaxs bojxona omboriga yetib kelganligi tasdiqlangan transport vositasini boshqa bojxona omboriga joylashtirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Axborot tizimida ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan tartibda transport vositalarining bojxona omboridan chiqarilganligi tasdiqlanishi bilan tovarlar toʻliq saqlanishini taʼminlash boʻyicha javobgarlik tashuvchiga qaytadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Transport vositalari yetib kelganligi tasdiqlangan bojxona omboridan tovarlarni boshqa bojxona omboriga joylashtirish uchun olib chiqish, ushbu Nizomning 9 — 15-bandlarida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tovarlarni yetkazib berishning nazorat hujjati transport vositalari yetib kelganligi tasdiqlangandan soʻng bir soat ichida, agar transport vositalari bojxona organi ish vaqtidan tashqari paytda yetib kelsa, ish vaqti boshlangandan soʻng bir soat ichida bojxona ombori biriktirilgan bojxona posti tomonidan nazoratdan yechiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona postlariga biriktirilgan bojxona omborlari roʻyxati barcha koʻrishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida bojxona omborlari reyestrida real vaqt rejimida aks etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tovarlarni yetkazib berishning nazorat hujjati nazoratdan yechilgandan soʻng hamda shu vaqt ichida tovarlar boʻyicha amalga oshiriladigan bojxona organining bojxona nazorati toʻgʻrisidagi munosabati kelib tushmaganda, bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda tovarlar boʻyicha yuk operatsiyalarini amalga oshirish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yetib kelganligi tasdiqlangan tovarlar boʻyicha tovarni yetkazib berish nazorat hujjati nazoratdan yechilgunga qadar bojxona organining bojxona nazorati shaklini qoʻllash va (yoki) amalga oshirilishi mumkin boʻlgan yuk operatsiyalari toʻgʻrisidagi munosabati bojxona omboriga qayta aloqa orqali bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan yozma yoki xavfni boshqarish tizimi orqali avtomatik tarzda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Bojxona ombori hududida amalga oshiriladigan yuk operatsiyalarida bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi bevosita ishtirok etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk operatsiyalarida tovarlarga nisbatan bojxona koʻrigida nazarda tutilgan amallarni bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi, qoʻyilgan plombalarni buzish (uzish, olib tashlash) bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Yuk operatsiyalarini amalga oshirish uchun qoʻyilgan bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan oʻzgartiriladi, almashtiriladi, olib tashlanadi yoki yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk operatsiyalari bojxona nazorati zonasida yoki bojxona ombori hududida oʻtkazilganda, qoʻyilgan bojxona identifikatsiyalash vositalarini olib tashlash yoki yoʻq qilish bojxona organining ruxsati asosida bojxona nazorati zonasiga javobgar shaxs yoki bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona identifikatsiyalash vositalari oʻzgartirilishi, almashtirilishi, olib tashlanishi yoki yoʻq qilinishi bojxona organi mansabdor shaxsiga transport vositalariga yuklangan tovarlarga nisbatan bojxona koʻrigida nazarda tutilgan amallarni bajarish boʻyicha majburiyat yuklamaydi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-sentabrdagi 487-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Bojxona ombori hududida bojxona nazorati ostidagi tovarlar boʻyicha yuk va boshqa operatsiyalar hamda bojxona koʻzdan kechiruvi (shuningdek, deklarant koʻzdan kechiruvi) va koʻrigi litsenziya talablari va shartlari asosida jihozlangan videokuzatuv tizimi nazorati ostida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona omborlarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar hamda nazorat shakllari boʻyicha tovarlar harakati tizimi joriy qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi tovarlar boʻyicha yuk va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida tovarlarning kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga nomuvofiqligi aniqlanganda, bu haqda darhol bojxona organini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli xabarga asosan bojxona organlari tovarlar va (yoki) transport vositalariga nisbatan Bojxona kodeksining 188-moddasiga muvofiq bojxona nazorati shakllarini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxonaga oid huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, bojxona organi tovarlar va (yoki) transport vositalariga nisbatan yuk va boshqa operatsiyalarni toʻxtatib turadi, huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish yuritadi hamda tergovga qadar tekshiruv oʻtkazib, maʼmuriy ish yoki jinoyat ishini qoʻzgʻatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati nazoratdan yechilgan va yuk operatsiyalari amalga oshirilgan tovarlarni bir bojxona omboridan boshqasiga olib oʻtish Bojxona kodeksining 31-bobi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda yetkazib berilgan tovarlar va transport vositalariga rasmiylashtirilgan tovarlarni yetkazib berishning nazorat hujjati tovarlar olib oʻtiladigan bojxona ombori koʻrsatilgan holda qayta nazoratga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni yetkazib berishning nazorat hujjati qayta nazoratga qoʻyilishi tovarlar uchun bojxona deklaratsiyasini berish muddatiga taʼsir etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Keyingi tashuvlarni amalga oshirish uchun muayyan transport vositalari joylashgan joyga bojxona nazorati ostida yetkazilgan tovarlar boshqa transport vositalariga qayta yuklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Yuk operatsiyalari ushbu Nizomning 20-bandida belgilangan tartibda bojxona identifikatsiyalash vositasi olib tashlangandan keyin darhol boshlanishi va vaqt boʻyicha uzluksiz amalga oshirilgan holda tugallanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan tovarlarni yuklash, tushirish va qayta yuklash operatsiyalari boʻyicha, mazkur jarayonda ishtirokchilar tomonidan tuziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi Tovarni yuklash, tushirish va qayta yuklash boʻyicha elektron dalolatnoma (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Dalolatnoma tovarlarni tushirish, qayta yuklash operatsiyasi bojxona organi mansabdor shaxsi ishtirokida amalga oshirilganda bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan, qolgan holatlarda esa bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan elektron raqamli imzo orqali rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnoma nusxasi ishtirok etuvchilarning talabiga asosan chop etilib, uni rasmiylashtirgan shaxs tomonidan imzolangan hamda muhr bilan tasdiqlangan holda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Tovar va (yoki) transport vositalarini Bojxona kodeksining 93-moddasiga muvofiq faqat bojxona ombori bojxona rejimida bojxona ombori hisoblanmaydigan joyga joylashtirishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Bojxona ombori hududiga yetkazilgan tovarlar oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, fizik koʻrsatkichlari tufayli yoki kimyoviy xossalariga koʻra yoxud saqlanishiga doir alohida shartlar qoʻyilishi tufayli bojxona omboriga joylashtirilishi mumkin boʻlmagan tovarlarni bojxona organining ruxsati bilan bojxona ombori hisoblanmaydigan joylarda saqlash uchun quyidagi shartlar bajarilishi talab etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar bojxona ombori hududiga yetkazilgan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona ombori bojxona rejimiga bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni saqlash uchun moʻljallangan joy (joylashgan joyi, pochta manzili, agar yuridik shaxs boʻlsa uning toʻliq nomi bilan, yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash koʻzda tutilsa, obyektning (omborning) yongʻin va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosa olinganligi) va saqlash uchun javobgar shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (F.I.O., yashash joyi, telefon raqami) aks ettirilgan vakolatli shaxsning bojxona yuk deklaratsiyasiga ilova qilingan arizasi;
(29-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 09/24/385/0479-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga muvofiq istisno etib belgilangan hollardan tashqari tovarlar uchun bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Oʻzining tashqi oʻlchamlari bilan bojxona omboriga joylashtirish imkoni boʻlmagan, avariyalar yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatlarini tugatish uchun zarur boʻlgan (taqdim etilgan hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim), shuningdek, tirik hayvonlar va radioaktiv materiallar hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tovarlar bojxona organining ruxsati bilan bojxona ombori hisoblanmaydigan joyda (bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarda) turgan holda bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tovarlarning bojxona ombori hududiga yetkazilishi va tovarga nisbatan bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilishi talab etilmagan holda, vakolatli shaxsning tovarlar uchun bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjat (qonunchilik hujjatlariga muvofiq istisno etib belgilangan hollar bundan mustasno) ilova qilingan va ushbu Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan tartibdagi elektron arizasi transport vositasining bojxona omboriga yetib kelganligi axborot tizimida belgi qoʻyish orqali tasdiqlangunga qadar interaktiv xizmat orqali bojxona organiga taqdim etiladi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-sentabrdagi 487-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni bojxona ombori hisoblanmaydigan joylarda saqlash — bojxona toʻlovlari taʼminlash boʻyicha taqdim qilingan hujjatning amal qilish muddati doirasida yoʻl qoʻyiladi, bunda bojxona ombori bojxona rejimi uchun belgilangan umumiy saqlash muddatidan ortiq boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli shaxslar tomonidan bojxona toʻlovlari taʼminlash boʻyicha taqdim qilingan hujjatning amal qilish muddati tugashidan 10 kun oldin tovarlar bojxona toʻlovlari taʼminlash boʻyicha yangi hujjat taqdim etilishi yoki tovarlar bojxona omboriga yetkazilishi lozim.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
301. Ushbu Nizomning 29 va 30-bandlarida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha tovarlarning oʻz vaqtida manzilga yetkazilganligi bojxona ombori hisoblanmaydigan joyga tovarlarni joylashtirish uchun murojaat qilgan shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
(301-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyuldagi 385-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 09/24/385/0479-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Ushbu Nizomning 29 va 30-bandlarida nazarda tutilgan tartibda bojxona ombori hisoblanmaydigan joylarda saqlash uchun bojxona toʻlovlarini taʼminlash miqdori, bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar qoʻllanilmagan holda (ayrim turdagi tovarlarga nisbatan talab va shartlarsiz beriladiganlaridan tashqari), ularni “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgandagi hisoblangan miqdordan kam boʻlmasligi lozim.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-sentabrdagi 487-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ushbu Nizomning 4-bandi uchinchi xatboshisi va 30-bandiga muvofiq tovarlar bevosita bojxona ombori hududiga yetkazib berilmaganda, tovarlarning yetkazib berilganligi va tovarni yetkazib berish nazorat hujjatining nazoratdan yechilishi Bojxona kodeksining 31-bobi talablariga muvofiq bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Tovarlar boʻyicha va (yoki) transport vositalari yordamida amalga oshiriladigan yuk operatsiyalari hamda boshqa operatsiyalar bojxona organi uchun biror-bir qoʻshimcha xarajatlar keltirib chiqarmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Bojxona nazorati ostidagi tovarlar boʻyicha amalga oshiriladigan yuk operatsiyalari nazorati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Bojxona organlari bojxona nazorati ostidagi tovarlar va ular boʻyicha amalga oshiriladigan yuk va boshqa operatsiyalarga nisbatan Bojxona kodeksi va ushbu Nizomga muvofiq belgilangan tartibda kuzatuv va nazoratni taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Tovarlar toʻgʻridan-toʻgʻri chiqarib yuborilishi maʼlum qilinganda, qoʻllaniladigan bojxona nazorati shakllaridan kelib chiqqan holda, tovarlar transport vositalaridan tushirilmagan holda bojxona ombori hududida turishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Yetarli asoslar (jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan jamoatchilik nazorati subyektlarining murojaatlari, bojxona sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzishga doir holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va boshqalar), shuningdek, xavfni boshqarish tizimida nazorat chorasi mavjud boʻlsa, bojxona nazorati ostida turgan tovarlarga nisbatan oʻtkaziladigan yuk va boshqa operatsiyalar bevosita bojxona organi mansabdor shaxsi ishtirokida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlar bojxona rasmiylashtiruvi yakunlangan (bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqqan holda, tovarlardan foydalanishga va (yoki) ularni tasarruf etishga ruxsat berilgan) kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida bojxona omboridan olib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni bojxona omboridan chiqarilganligi bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan axborot tizimi orqali tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan soʻng bojxona organlari tovarlar va (yoki) transport vositalariga nisbatan Bojxona kodeksining 28-bobiga muvofiq belgilangan tartibda bojxona nazorati shakllarini amalga oshiradi. Shuningdek, huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish yuritib, maʼmuriy ish qoʻzgʻatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Bojxona omborlarida tovarlar harakati tizimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Bojxona omborlarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar harakati boʻyicha barcha jarayonlarni vaqt koʻrsatkichlari asosida nazorat qilish (qancha miqdordagi tovarlar qanday maqomga ega);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona ombori tomonidan nazoratning barcha bosqichlarida real vaqt rejimida omborlarga tovarlarning kirimi va chiqimini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar harakati hisobining nazorati yoʻqolishining oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlar bazasi bilan faqat jarayon uchun bevosita masʼul boʻlganlar ishlashi va tovarlarning maqomiga oʻzgartirish kiritishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar maqomining doimiy jarayoni kuzatib boriladigan tovarlar harakati tizimi joriy qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Tovarlar harakati tizimi yuritilishi uchun bojxona organlari bojxona omborlariga axborot tizimi maʼlumotlaridan foydalanish boʻyicha imkoniyatlar yaratib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Bojxona omborlarida tovarlar harakati tizimi ushbu Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan tovarlarning maqomlari orqali yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Tovarlar harakati tizimida tovarlarning har bir maqomi, shuningdek, ularning muddatlari boʻyicha nazoratni taʼminlovchi hisobotlar shakllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Bojxona omborida tovarlar harakati tizimini yuritish uchun elektron maʼlumotlar bazasiga faqat bojxona ombori egasi (yuridik shaxs) elektron raqamli imzosi orqali yoki bojxona omborining vakolatli shaxsi tomonidan tovarlar bilan bogʻliq yuk va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda bojxona ombori egasi elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan vakolatli shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni roʻyxatga kiritadi hamda ular tomonidan maʼlumotlar bazasiga tovarlar bilan bogʻliq yuk va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha tegishli oʻzgartirishlar kiritish mumkin boʻlgan vakolat muddatini koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Bojxona omborlaridagi tovarlarning har bir maqomlari boʻyicha elektron maʼlumotlar real vaqt rejimida bojxona organlari maʼlumotlar bazasida aks etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Bojxona omborida yuk operatsiyalarini amalga oshirishda bojxona ombori egasining va uning vakolatli shaxsining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Bojxona omborida yuk operatsiyalarini amalga oshirishda bojxona ombori egasi va uning vakolatli shaxsi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organining bojxona nazorati toʻgʻrisidagi munosabati kelib tushmagan taqdirda, yuk operatsiyalarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk operatsiyalarini amalga oshirishda tovarlarni tashqi tomondan koʻzdan kechirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni bojxona hududiga olib kirgan transport vositalaridan olib, shu hududdan olib chiqadigan transport vositalariga yuklash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona tranziti bojxona rejimi amal qilish muddatini toʻxtatib turish uchun, shu jumladan, tranzit tovar tashilayotgan transport vositalari buzilib qolganda, bojxona ombori hududida tovarlarni tushirish va vaqtincha joylab qoʻyish (saqlash, turkumlarga boʻlish yoki turkumlarga toʻplash va boshqa operatsiyalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlari mansabdor shaxslarining qarorlari, shuningdek, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq shikoyat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizom talablarini bajarish natijasida kelib chiqadigan nizo va tushunmovchiliklarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etish choralarini koʻrish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Bojxona omborida yuk operatsiyalarini amalga oshirishda bojxona ombori egasi va uning vakolatli shaxsi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalari bojxona omboriga yetib kelganligini ushbu Nizomda belgilangan tartibda tasdiqlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositasi va unga qoʻyilgan bojxona identifikatsiyalash vositalarini koʻzdan kechirishda, yuk operatsiyalarini amalga oshirish natijasida hamda kuzatuv hujjatlarida aniqlagan har qanday tafovutlar va nomuvofiqliklar toʻgʻrisida bojxona organini xabardor qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk operatsiyalarini Bojxona kodeksi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk operatsiyalarini amalga oshirishda tovarlar va transport vositalarini ularning kuzatuv hujjatlari hamda tovarlarni yetkazib berish nazorat hujjatida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan solishtirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk va boshqa operatsiyalarni hamda bojxona koʻzdan kechiruvi (shuningdek, deklarant koʻzdan kechiruvi) va koʻrigini bojxona nazorati ostida tovarlarni tashiyotgan transport vositalarining bojxona ombori hududiga kirib kelishidan tovarlar boʻyicha amalga oshiriladigan har bir yuk va boshqa operatsiyalarni hamda ularning bojxona omborlariga joylashtirilishi va chiqarib yuborilishi boʻyicha ketma-ketlikda olingan vaqt boʻyicha uzluksiz videoyozuvlarning uch oy davomida saqlanishini taʼminlaydigan videokuzatuv tizimi yordamida amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona omborlarida tovarlar harakati tizimini yuritishi hamda maʼlumotlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida qayd etilishi hamda haqqoniyligini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk operatsiyalarini amalga oshirishda hamda tovarlar harakati tizimini yuritishda muddatlarni hisoblash tartibiga amal qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazorati ostidagi tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisida oʻziga maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilib olingan tovarlar va transport vositalarining belgilangan tartibda bojxona ombori hududida toʻliq saqlanishi tartiblariga qatʼiy rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona omborlarining bojxona nazorati ostida turgan tovarlar saqlanayotgan inshootlari, binolari (binolarning qismlari) va (yoki) ochiq maydonlariga (ochiq maydonlar qismlariga) kirishi toʻgʻrisida bojxona organlari mansabdor shaxslarining talablarini bajarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlari talablariga muvofiq bojxona nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saqlovga qabul qilib olishda tovarlarga va (yoki) transport vositalariga qoʻyilgan bojxona identifikatsiyalash vositalari oʻzgartirilganligi, buzilganligi, yoʻq qilinganligi yoki yoʻqotilganligi, idishlar va oʻrovlar buzilganligi, tovarlarning kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq emasligi hamda bojxona ishiga taalluqli boʻlgan boshqa shunday holatlar aniqlanganda, shuningdek, tovarlar chiqarilguniga qadar bojxona tartib-taomillari buzilishi holatlari toʻgʻrisida bojxona organlarini xabardor etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organini xabardor etishni holat aniqlangan yoki jarayon yuz bergan vaqtdan eʼtiboran darhol, biroq oʻttiz daqiqadan kechiktirmay yoxud harakatni boshlashdan oʻttiz daqiqa oldin elektron raqamli imzo yordamida axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritgan holda amalga oshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Mazkur Nizom talablarini bajarishdan kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XVI bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Tashuvchi
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan bojxona nazorati ostidagi tovarlar bojxona ombori hududiga yetkaziladi.
Transport turiga qarab bevosita bojxona omboriga yetkazib berish imkoni boʻlmaganda, tovar avtotransport vositasiga qayta yuklangan holda bojxona ombori hududiga yetkaziladi.
Tovarni yetkazib berishning nazorat hujjatida koʻrsatilgan muddatda
2-bosqich
Tashuvchi, bojxona organi, vakolatli shaxs
Bojxona nazorati zonasiga yetkazilgan va transport vositasiga ortilgan tovarlar yigirma toʻrt soat ichida tovarlarni chiqarib yuborish bilan bogʻliq bojxona rejimiga rasmiylashtirilganda, shuningdek, bojxona ombori hisoblanmaydigan joyda turgani holda bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsat berilganda ularni bojxona ombori hududiga yetkazish talab etilmaydi.
Tovarlar bojxona nazorati zonasida doimiy bojxona nazorati ostida boʻlganda hamda bojxona ombori hisoblanmaydigan joyga joylashtirishga ruxsat berilganda
3-bosqich
Bojxona ombori (yuridik shaxs)
Tovarlar yetkazib berilgach bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi transport vositasining tovarlar ortilgan yuk boʻlimlari va unga qoʻyilgan bojxona identifikatsiya vositalarini tovarning kuzatuv hujjatlari hamda tovarni yetkazib berish nazorat hujjati maʼlumotlari asosida koʻzdan kechiradi.
Yetib kelgach, bojxona omboriga kirishi bilan
4-bosqich
Bojxona ombori (yuridik shaxs)
Transport vositasi transport vositasining raqamini aniqlash tizimidan oʻtgandan keyin bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi transport vositasi bojxona omboriga yetib kelganligini axborot tizimiga belgi qoʻyish orqali tasdiqlaydi.
30 daqiqa ichida
5-bosqich
Bojxona posti
Tovarlarni yetkazib berishning nazorat hujjati transport vositasining yetib kelganligi tasdiqlangandan soʻng, agar transport vositasi bojxona organining ish vaqtidan tashqari paytda yetib kelsa, ish vaqti boshlanganidan keyin biriktirilgan bojxona posti tomonidan nazoratdan yechiladi.
1 soat ichida
6-bosqich
Bojxona ombori (yuridik shaxs)
Tovarlarni yetkazib berishning nazorat hujjati nazoratdan yechilgandan soʻng bojxona ombori tomonidan belgilangan tartibda tovarlar boʻyicha yuk operatsiyalarini amalga oshirish mumkin.
Tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati nazoratdan yechilgach
7-bosqich
Bojxona posti
Yuk operatsiyalarini amalga oshirish uchun bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona organlari tomonidan oʻzgartiriladi, almashtiriladi, olib tashlanadi.
Tovarlar bilan yuk operatsiyalari amalga oshirilganda
8-bosqich
Bojxona ombori (yuridik shaxs), bojxona organi
Bojxona omborlarida:
tovarlar harakati boʻyicha barcha jarayonlarni vaqt koʻrsatkichlari boʻyicha nazorat qilish (qancha miqdordagi tovarlar qanday maqomga ega);
bojxona ombori tomonidan nazoratning barcha bosqichlarida real vaqt rejimida omborlarga tovarlarning kirimi va chiqimini yuritish;
tovarlar harakati hisobining nazorati yoʻqolishining oldini olish;
maʼlumotlar bazasi bilan faqat jarayon uchun bevosita masʼul boʻlganlar ishlashi va tovarlarning maqomiga oʻzgartirish kiritishi;
tovarlar maqomining doimiy jarayoni kuzatib boriladigan tovarlar harakati tizimi yuritiladi.
Tovarlarning bojxona omboriga qabul qilinganligi tasdiqlangandan chiqarib yuborilguniga kadar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona omborlarida tovarlar harakati tizimi boʻyicha tovarlarning maqomlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TASNIFLAGICHI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Tovarlar maqomi
Tovarlar maqomi tavsifi
Kodi
1.
Kutilayotgan
Omborga kelib tushishi kutilayotgan tovarlar turkumi, miqdori va ularning taxminiy kelib tushish vaqtini koʻrsatadi
00
2.
Bojxona omboriga qabul qilingan
Bojxona omboriga yetib kelganligi tasdiqlangan va qabul qilingan tovarlar, bunda tovarlarni saqlash javobgarligi bojxona ombori egasiga oʻtadi, transport vositasidan tushirilmasdan vaqtincha bojxona nazorati zonasida turgan tovarlar
10
3.
Tushirilib, yuk operatsiyasi amalga oshirilgan
Transport vositasidan tushirilib, yuk operatsiyasi oʻtkazilgan tovarlar
20
4.
Rejimga olingan holda nazoratda saqlanayotgan
Maʼlum bojxona rejimiga joylashtirilgan holda bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar
30
5.
Ombordan chiqarilishi kutilayotgan
Bojxona rasmiylashtiruvi yakunlangan (bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqqan holda tovarlardan foydalanishga va (yoki) ularni tasarruf etishga ruxsat berilgan) yuklanayotgan va (yoki) yuklanishi kutilayotgan tovarlar
40
6.
Ombordan chiqariladigan
Bojxona rasmiylashtiruvi yakunlangan (bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqqan holda tovarlardan foydalanishga va (yoki) ularni tasarruf etishga ruxsat berilgan) uch ish kuni ichida amalda ombordan olib chiqilmagan tovarlar
50
7.
Ombordan chiqarilgan
Bojxona rasmiylashtiruvi yakunlangan (bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqqan holda, tovarlardan foydalanishga va (yoki) ularni tasarruf etishga ruxsat berilgan) va yuklanib, ombordan chiqarilgan holda vakolatli shaxsga topshirilgan tovarlar
60
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi 531-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 31-iyuldagi 605-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tovarlarni deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tovarlarni deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisida NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom tovarlarni bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish orqali deklaratsiyalash, shu jumladan, uni avtomatlashtirilgan tarzda rasmiylashtirish jarayonini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“E-arxiv” interaktiv xizmati — tovarlarni elektron shaklda deklaratsiyalashni shakllantirishga asos hisoblangan elektron hujjatlarni taqdim etish hamda saqlash uchun moʻljallangan va deklaratsiyalash jarayoni va bojxona rasmiylashtiruvi davomida bojxona xizmati organlari bilan axborot almashuviga qaratilgan bir martalik elektron arxivni yaratish imkonini beruvchi xizmat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tovarlarni elektron deklaratsiyalash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — avtomatlashtirilgan axborot tizimi) — vazirlik va idoralarning tegishli axborot tizimlari aloqasini taʼminlovchi dasturiy-texnik vositalar kompleksi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona brokeri — bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni deklarant yoki vakolatli shaxsning topshirigʻiga binoan va uning nomidan shartnoma asosida amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis (keyingi oʻrinlarda — mutaxassis) — bojxona brokeri yoxud boshqa yuridik shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzgan va ushbu yuridik shaxs nomidan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha ish bajaradigan Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy shaxsi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona yuk deklaratsiyasi — deklarant, bojxona brokeri yoki deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan davlat bojxona xizmati organiga (keyingi oʻrinlarda — bojxona xizmati organlari) taqdim etiladigan va muayyan bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlar haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona yuk deklaratsiyasini avtomatlashtirilgan tarzda rasmiylashtirish — bojxona yuk deklaratsiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi) masʼul bojxona xizmati organlarining xodimi ishtirokisiz, maxsus algoritmlar asosida avtomatlashtirilgan tarzda rasmiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organlar — Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlar hamda maʼlumotlarni berish va kiritish yoxud uzatish vazifalari yuklangan organlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deklarant — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini oʻz nomidan deklaratsiyalovchi yoxud uning nomidan tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona xizmati organlariga bojxona yuk deklaratsiyasini oʻz nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish, imzolash va bojxona xizmati organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis yoxud boshqa shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deklaratsiyalovchi shaxslar roʻyxati — deklarant tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) “Deklaratsiyalovchi shaxslar roʻyxati” interaktiv xizmatiga qoʻshish va chiqarish yoʻli bilan shakllantiriladigan deklaratsiyalovchi shaxslar roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonch bildirilgan shaxs — tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashni toʻldirishga asos boʻlib xizmat qiluvchi taqdim etilgan hujjatlar hamda maʼlumotlarga javobgar hisoblangan, deklarantning nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish koʻruvchi vakolatli shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlar — vakolatli organlar tomonidan beriladigan, Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladigan yoki uzatiladigan, bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan, ruxsat berish xarakteriga ega boʻlgan hujjatlar hamda roʻyxati qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hujjat va maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etiladigan hujjatlar — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat bojxona qoʻmitasi) tomonidan belgilangan shaklda Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan kiritiladigan roʻyxati qonunchilik hujjatlarida belgilangan hujjatlar va maʼlumotlar, shuningdek bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan elektron xabarnoma — bojxona axborot tizimi orqali maʼlum bir formatdagi elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlangan deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxslarga avtomatlashgan tarzda yuboriladigan bojxona organi xodimi tomonidan tovarlarga nisbatan qabul qilingan qarori haqidagi elektron shakldagi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi shaxsiy kabineti (keyingi oʻrinlarda — TIF ishtirokchisi kabineti) — tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisining bojxona xizmati organlari bilan personallashtirilgan oʻzaro aloqa va axborot almashinuvi asosida roʻyxatdan oʻtgan holda bojxona xizmati organlarining interaktiv xizmatlaridan foydalanish uchun moʻljallangan davlat bojxona xizmatining elektron platformasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarning elektron deklaratsiyasi — (keyingi oʻrinlarda — TED) ERI bilan tasdiqlangan holda avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali bojxona xizmati organlariga taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasining elektron koʻrinishidagi shakli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
format-mantiqiy nazorat — Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida bojxona yuk deklaratsiyasi maʼlumotlarini mantiqan oʻzaro taqqoslash yoki bojxona xizmati organlarida mavjud axborotlar bilan solishtirish va bojxona yuk deklaratsiyasini belgilangan formatga muvofiqligini dastlabki tekshiruvdan oʻtkazish jarayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron shaklida deklaratsiyalash — tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash hamda bojxona rasmiylashtiruvi uchun lozim boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni, bojxona yuk deklaratsiyasini qabul qilish huquqiga ega boʻlgan bojxona xizmati organlariga idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan elektron shaklda taqdim etish jarayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hujjatning asli — elektron hujjatning bir xil har qaysi aynan nusxasi, basharti u belgilangan tartibda haqiqiy deb tasdiqlangan boʻlsa, asli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tovarlarni bojxona yuk deklaratsiyasi orqali deklaratsiyalash elektron shaklda, shuningdek, mazkur Nizomning 4-bobida belgilangan talablarga muvofiq qogʻozda yozma shaklda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar bilan yuk operatsiyalari tovar yetkazib berilgan manzilda shu maqsadlarni amalga oshirish uchun maxsus ajratilgan joylarda va bojxona organining ish vaqtida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk operatsiyalarini vakolatli shaxs yoki tashuvchining yozma arizasiga koʻra boshqa joylarda va (yoki) qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida yuk operatsiyalarini amalga oshirish zarurati yuzaga kelgan boʻlsa, oʻsha bojxona organining belgilangan ish vaqtidan tashqari paytda oʻtkazishga shu bojxona organining nazorati ostida yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tovar kelib tushadigan bojxona organi joylashgan yerlarga yoki joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan belgilangan boshqa joylarga tovar yetkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib tushadigan bojxona organi ish vaqtidan tashqari paytda tovar yetkazib berilganda, u bojxona nazorati zonasiga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tashuvchi tovar kelib tushadigan bojxona organini tovar yetkazib berilganligi toʻgʻrisida tovarlarni va uning kuzatuv hujjatlarini taqdim etish orqali xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xabar qilish tovarlar yetkazib berilganidan keyin oʻttiz daqiqadan kechiktirmay, tovarlar tovar kelib tushadigan bojxona organining ish vaqtidan tashqari paytida yetkazib berilganda esa, bojxona organining ish vaqti boshlanganidan keyin oʻttiz daqiqadan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tovar kelib tushadigan bojxona organi xabarnomani olgan paytdan eʼtiboran uch soat ichida tovarning kuzatuv hujjatlariga va bojxona axborot tizimiga belgi qoʻyish orqali tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi faktini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yetkazib berilganligi tasdiqlangan paytdan eʼtiboran tovar vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovar maqomini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tovarlar muayyan bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi asosida bojxona nazorati ostida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi sifatida transport hamda tijorat hujjatlaridan, shu jumladan xalqaro tashishlari amalga oshirilayotganda qoʻllaniladigan, chet tillarda tuzilgan va ularda, tovarni joʻnatuvchi (qabul qiluvchi)ning nomi va joylashgan yeri, tovar joʻnatilgan mamlakat va kelib tushadigan mamlakati, tovarning nomi, miqdori, ogʻirligi (kilogrammlarda) yoki hajmi (metr kublarda), yuk joylarining soni, tovarning oʻrash-joylash hamda tamgʻalash xususiyati va usullari hamda tovarning faktura qiymati va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasiga muvofiq tasnif kodi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatlar nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi tovar bojxona organiga taqdim etilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan tashuvchi yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan beriladi. Agar tovar shu muddat ichida boshqa bojxona rejimiga joylashtirilsa, qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tovar yetkazib berilganidan hamda tovar kelib tushadigan bojxona organiga tegishli hujjatlar va maʼlumotlar taqdim qilinganidan keyin tovar tushirib olinadi yoki qayta ortiladi, bojxona omboriga vaqtincha saqlash uchun joylashtiriladi va muayyan bojxona rejimiga maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tovarlar doimiy bojxona nazorati ostida boʻlganda va tovarlar bojxona organiga topshirilgandan keyin bojxona rasmiylashtiruvi yigirma toʻrt soat ichida tugallanganda, vaqtincha saqlash bojxona rejimi bojxona rasmiylashtiruvining bosqichi sifatida qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar uchun bojxona yuk deklaratsiyasi tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kalendar kundan kechiktirmay beriladi, bojxona qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona hududidan olib chiqilayotgan tovarlar uchun bojxona yuk deklaratsiyasi ular amalda olib chiqib ketilganiga qadar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Davlat bojxona qoʻmitasi va vakolatli organlar doimiy ravishda oʻz axborot tizimlarini uzluksiz ishlashini taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Davlat bojxona qoʻmitasi tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash hamda bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladigan hujjatlarning elektron shaklini tasdiqlaydi va oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining vakolatli organlar axborot tizimlari bilan oʻzaro maʼlumotlarni oʻtkazish telekommunikatsiya tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha toʻrt bosqichda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi bosqichda — vakolatli organlari majburiy tartibda “Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga oʻzlarining ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarini kiritilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga vakolatli organlar tomonidan ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlar hamda maʼlumotlar kiritilmagan boʻlsa, tizim tomonidan TED qabul qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikkinchi bosqichda — deklarant TIF ishtirokchisi kabineti orqali roʻyxatdan oʻtgan holda deklaratsiyalovchi shaxslar roʻyxatiga bojxona brokeri yoki oʻz shtat birligida boʻlgan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi va uning tomonidan bojxona xizmati organlariga TEDni taqdim etish vakolat muddatini koʻrsatadi. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari nomidan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan TED taqdim etilganda, bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis toʻgʻrisidagi maʼlumotlar deklaratsiyalovchi shaxslar roʻyxatiga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deklarant tomonidan deklaratsiyalovchi shaxslar roʻyxatiga kiritilgan bojxona brokeri TIF ishtirokchisi kabineti orqali roʻyxatdan oʻtgan holda oʻzining shtat birligida boʻlgan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritib, bojxona xizmati organlariga tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashni taqdim etish vakolat muddatini koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deklarant yoki u ishonch bildirilgan shaxs TIF ishtirokchisi kabinetidagi “E-arxiv” interaktiv xizmatidan foydalangan holda elektron arxivni shakllantirib, unga oʻzining ERIsi bilan tasdiqlagan bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladigan hujjatlarning elektron shakllarini joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron arxivga joylashtirilgan hujjatlarga avtomatik tarzda maxsus raqam beriladi va bu haqda deklarantga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron arxivga joylashtirilgan hujjatlar deklarant tomonidan oʻzgartirilishi va oʻchirilishi mumkin, bunda deklaratsiyalash jarayonida hamda bojxona rasmiylashtiruvi davomida foydalanilgan hujjatlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdim etiladigan hujjatlarning roʻyxati va formati, ularning taqdim etish tartibi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi va bu haqda “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deklarant maʼlum qilingan maxsus raqamni deklaratsiyalovchi shaxslar roʻyxatida maʼlumoti kiritilgan bojxona brokeri yoki bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisga taqdim etadi hamda ularga TIF ishtirokchisi kabinetida faqat ushbu maxsus raqam berilgan hujjatlarni koʻrish, zarur hollarda koʻchirib olish imkoniyatini taʼminlaydi, bundan TED deklarant tomonidan taqdim etiladigan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deklaratsiyalovchi shaxs TIF ishtirokchisi kabinetida roʻyxatdan oʻtgan holda “E-arxiv” interaktiv xizmatining elektron arxividagi maxsus raqami boʻlgan hujjatlar asosida TEDni shakllantiradi va oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali bojxona xizmati organlariga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TEDni shakllantirishda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan asos boʻlgan elektron hujjatlar maxsus raqami koʻrsatiladi va ushbu elektron hujjatlarni bojxona xizmati organlariga taqdim etish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron shaklida deklaratsiyalash jarayonida deklaratsiyalovchi shaxs maxsus raqam berilmagan qoʻshimcha deklaratsiyalashga oid hujjatlarni taqdim etishi mumkin, bu haqda bojxona xizmati organlariga hujjatlar zarurligining sabablarini koʻrsatgan holda elektron xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport va tijorat hujjatlari yoki bojxona xizmati organlarida mavjud maʼlumotlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali bojxona organiga TED kelib tushganida, bu haqda TIF ishtirokchisi kabineti orqali deklarantga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchinchi bosqichda — bojxona xizmati organlariga kelib tushgan TED bojxona axborot tizimining dastlabki format-mantiqiy nazoratidan oʻtkaziladi va tekshiruvlarning ijobiy natijasida, tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashga avtomatlashtirilgan tarzda tartib raqami berilib, roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda bu haqda deklarantga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Format-mantiqiy nazoratda TEDda xato va kamchiliklar yoki nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash qaytariladi va bu haqda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TED roʻyxatdan oʻtgan paytdan boshlab u yuridik ahamiyatga ega hujjatga aylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatdan oʻtgan TED bojxona axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan tarzda tovarlar bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi bojxona xizmati organi xodimlari oʻrtasida taqsimlanadi yoki bojxona xizmati organi xodimi ishtirokisiz, Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi maxsus algoritmlar asosida avtomatlashtirilgan tarzda ushbu Nizomning 3-bobida koʻrsatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻrtinchi bosqichda — Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan tarzda taqsimlangan TED bojxona xizmati organlari xodimi tomonidan qabul qilinadi va bu haqda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsga TIF ishtirokchisi kabineti orqali tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TED ushbu xabarnoma yuborilgan vaqtdan boshlab qabul qilingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TEDni rasmiylashtirishda bojxona axborot tizimi tomonidan xavf darajasi past deb topilgan deklaratsiyalar ustuvor deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona xizmati organlari xodimi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga rioya etish bilan birga “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini qoʻllash natijasiga muvofiq harakatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TEDning bojxona rasmiylashtiruvi u qabul qilgan vaqtdan boshlab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) xavf darajasi past boʻlganda va bojxona yuk deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish zarurati yuzaga kelmaganda, uch soat davomida (bojxona xizmati organlarining ish vaqtidan tashqari paytda bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega boʻlganda va bojxona yuk deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish zarurati yuzaga kelmaganda, sakkiz soat davomida (bojxona xizmati organlarining ish vaqtidan tashqari paytda bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xavf darajasi yuqori koʻrsatkichga ega boʻlganda yoki ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida muddati keltirilmagan hollarda qonunchilikda belgilangan umumiy muddatda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona xizmati organlari xodimi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimining natijalariga asoslangan holda, xavf darajasiga koʻra quyidagi harakatlarni amalga oshirmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavf darajasi past boʻlganda, elektron hujjatlarning aslini talab etish yoki bojxona koʻrigi oʻtkazish yoxud bojxona ekspertizasini tayinlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega boʻlganda, bojxona ekspertizasini tayinlash va bojxona koʻrigini oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan muddatlari oʻtkazib yuborilganda, bojxona xizmati organlari xodimi muddatlarning oʻtib ketganligining asoslantirilgan sabablari deklaratsiyalovchi shaxsga tasdiqlangan elektron xabarnoma orqali maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Bojxona xizmati organlari xodimi qabul qilingan TEDning rasmiylashtiruvini ushbu Nizomning 15-bandidagi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida belgilangan muddatlarda amalga oshirishdan oldin quyidagilarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TEDda koʻrsatilgan tovarlar tegishli bojxona omboriga joylashtirilganligi yoki joylashtirish ehtimoli mavjudligini oʻrganib chiqadi. Bunda bojxona axborot tizimi orqali elektron shaklda bojxona ombori mudiriga soʻrovnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona (erkin) ombori mudiri soʻrovnomani qabul qilgandan soʻng oʻttiz daqiqa ichida taqdim etilgan hujjatlar asosida tovarlar bojxona omboriga joylashtirilganligi yoki joylashtirish ehtimoli mavjudligiga aniqlik kiritib, bojxona axborot tizimi orqali TED taqdim etilgan bojxona postiga elektron shaklda javob yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlar bojxona (erkin) omboriga joylashtirilmaganligi yoki joylashtirish ehtimoli mavjud emasligi tasdiqlangan taqdirda, bojxona xizmati organlari xodimi tomonidan TEDni taqdim etgan deklaratsiyalovchi shaxsning TIF ishtirokchisi kabinetiga bojxona axborot tizimi orqali deklaratsiya qaytarilishi toʻgʻrisida elektron shakldagi xabarnoma yuboriladi. Bojxona (erkin) ombori mudiri tomonidan tovarlar joylashtirilganligi yoki joylashtirish ehtimoli mavjudligini bojxona axborot tizimida oldindan tasdiqlash holatlari hamda tovarlarni dastlabki, davriy deklaratsiyalash holatlari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlar bojxona organi ruxsati asosida bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan omborga joylashtirilganda yoki tovarlar transport vositasidan tushirilmagan holda erkin muomalaga chiqarilishi holatlarida bojxona axborot tizimida bu haqida belgi bojxona xizmati organlari xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. TEDning bojxona rasmiylashtiruvi yakunlanganligi rasmiylashtiruvni oʻtkazgan bojxona xizmati organlari xodimi tomonidan oʻzining ERIsi bilan belgi qoʻyish orqali tasdiqlanadi va bu haqda avtomatlashtirilgan tarzda deklaratsiyalovchi shaxsning TIF ishtirokchisining kabinetiga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Avtomatlashtirilgan tarzda TEDni rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. TED dastlabki format-mantiqiy nazoratdan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng, quyidagi shartlarga mos kelganda, Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi maxsus algoritmlar asosida avtomatlashtirilgan tarzda bojxona xizmati organlari xodimi ishtirokisiz rasmiylashtiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfni boshqarish tizimi orqali xavf darajasi past deb baholanganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hujjatlarning aslini talab etish yoki tovarlarni chiqarib yuborishdan oldin bojxona nazoratidan oʻtkazish zaruriyati boʻlmaganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona axborot tizimida belgilangan tegishli hujjatlarni tekshirish shartlari bajarilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TEDda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi (chiqilishi) cheklangan va taqiqlangan tovarlar mavjud boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TEDda koʻrsatilgan maʼlumotlarning vakolatli idoralar tomonidan berilgan ruxsatnoma hujjatlaridagi maʼlumotlar bilan oʻrtasida oʻzaro nomuvofiqliklar aniqlanmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni inson aralashuvisiz bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish boʻyicha bojxona axborot tizimida belgilangan shartlarni tekshirish natijalari bajarilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur shartlarga mos kelmagan elektron shaklida deklaratsiyalash jarayoni ushbu Nizomning 15-bandiga muvofiq amalga oshiriladi va bu haqda deklarantga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. TED bojxona axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan tartibda rasmiylashtiruvdan oʻtkazilgandan soʻng, bu haqida deklaratsiyalovchi shaxsning TIF ishtirokchisi kabinetiga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. TEDlarni bojxona axborot tizimida avtomatik holda roʻyxatga olish, bojxona xizmati organlari xodimlariga avtomatlashtirilgan tarzda taqsimlash va bojxona xodimi ishtirokisiz rasmiylashtirish tartiblari va shartlari Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Qogʻozda yozma shaklda deklaratsiyalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Tovarlarni qogʻozda yozma shaklda deklaratsiyalash deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan A4 formatdagi varaqlarda Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan shakldagi bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirgan holda tegishli hujjatlar bilan birga bojxona xizmati organlariga taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qogʻozda yozma shakldagi deklaratsiyalash quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan tashqi savdo kontraktlari boʻyicha olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona axborot tizimining dasturlarida texnik nosozliklar vujudga kelganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollarda bojxona yuk deklaratsiyasi qogʻozda yozma shaklda taqdim etilganda bojxona xizmati organlariga elektron tashuvchida uning elektron shakldagi nusxasini taqdim etish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Taqdim etilgan qogʻozda yozma shakldagi bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona xizmati organlari tomonidan uning elektron shakldagi nusxasi bilan bir vaqtda qabul qilinib, roʻyxatga olinadi va bojxona xizmati organlari xodimlari oʻrtasida taqsimlangan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan umumiy muddatda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Bojxona xizmati organlari xodimi bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilishi koʻzda tutilmagan yoki ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan holatlarda bojxona yuk deklaratsiyasi boʻyicha undirilgan bojxona toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bojxona xizmati organlarining “Bojxona toʻlovlarini hisobini yuritish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Rasmiylashtirilgan qogʻozda yozma shakldagi bojxona yuk deklaratsiyalari hisobi bojxona xizmati organlari tomonidan yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. TEDni hamda taqdim etiladigan ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarni taqdim etayotganda ERIdan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. ERIni tarqatish va uning hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi — elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazi tomonidan tashkil etiladi. Bunda ERI kalitlari maxsus himoyalangan qurilmalarda saqlanishi talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Elektron hujjatlarni taqdim etganda, quyidagilar elektron hujjatlar almashinuvi ishtirokchilari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarni Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kirituvchi va uzatuvchi vakolatli organlar xodimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) avtomatlashtirilgan axborot tizimiga TED va elektron shaklda taqdim etiladigan hujjatlarni taqdim etuvchi deklaratsiyalovchi shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) TED va elektron shaklda taqdim etiladigan hujjatlarni rasmiylashtiruvchi bojxona xizmati organlari xodimlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. TEDni imzolash vakolatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs (elektron raqamli imzo kalitining egasi) tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashda koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlovchi shaxsdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Davlat bojxona qoʻmitasi dasturiy-apparat vositalari deklaratsiyalovchi shaxslarning ERIsi haqiqiyligi va ularning roʻyxatda mavjudligini tekshirish jarayonini, shuningdek, elektron shakldagi avtomatlashtirilgan axborot tizimi va Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kelib tushish sana va vaqtini koʻrsatuvchi ruxsat beruvchi va boshqa hujjatlarni qabul qilishni taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Elektron shaklida deklaratsiyalashda bojxona axborot tizimi foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TEDni taqdim etishida, ushbu Nizomning 15-bandi “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan muddatlarda rasmiylashtiruvni amalga oshirilishidan oldin yoxud rasmiylashtiruv jarayonida tovarlarni transport vositalaridan bojxona xizmati organlari tomonidan belgilangan joylarga tushirish uchun ruxsat berish toʻgʻrisida bojxona xizmati organlariga soʻrovnoma yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni transport vositalaridan bojxona xizmati organlari tomonidan belgilangan joylarga vaqtincha saqlash uchun tushirish jarayonida yoki tushirilgandan soʻng tovarlar miqdori, nomlanishi, tavsifi yoki boshqa oʻziga xos xususiyatlarida tafovut aniqlangan taqdirda TEDga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish haqida murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlarining TIF ishtirokchisi kabinetida “Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha koʻrsatilgan xizmat sifatini baholash” moduli orqali elektron shaklida deklaratsiyalash jarayonini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatlashtirilgan axborot tizimi va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan koʻrsatiladigan interaktiv xizmatlar orqali ular tomonidan taqdim etilgan TEDlarning va elektron hujjatlarning deklaratsiya rasmiylashtirilgan sanadan boshlab oʻn besh kun muddatda yuklab olish hamda qogʻozda yozma shaklini chop etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida va undan soʻng bojxona xizmati organlari tomonidan bojxona yuk deklaratsiyasida qoidabuzarliklar aniqlangunga qadar bojxona toʻlovlarining hisoblashga yoki taqiq, cheklovlar qoʻllanilishiga taʼsir etmaydigan qoidabuzarliklarni ixtiyoriy ravishda bojxona organi ruxsati bilan tuzatish huquqiga ega, bundan qonunchilikda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsning murojaatiga asosan bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish taqiqlangan holatlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu holatlarda deklarant va deklaratsiyalovchi shaxsga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlikka oid protsessual hujjatlar rasmiylashtirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxslar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga muvofiq, bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida taqdim etilgan TEDlardagi maʼlumotlarning toʻliqligi va toʻgʻriligini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni deklaratsiyalash davomida bojxona xizmati organlariga hujjatlarni taqdim etish hamda tegishli soʻrovnomalarni yuborish bilan bogʻliq harakatlarni TIF ishtirokchisi kabineti orqali amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TEDni toʻldirishda asos boʻlgan qogʻozda yozma shaklidagi hujjatlarning saqlanishi boʻyicha javobgarlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq deklarant zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deklarant TEDni toʻldirishda asos boʻlgan qogʻozda yozma shaklidagi hujjatlarning xavfsiz saqlanishi sharoitlarini taʼminlashi va ularga oʻzgartirish kiritishdan himoyalashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deklarant tomonidan bojxona xizmati organlariga TED oʻz nomidan taqdim etilganda, u qonunchilik hujjatlarida belgilangan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning huquq va majburiyatlariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuklarning bojxona rasmiylashtiruvida elektron shaklida deklaratsiyalash jarayonidan foydalanayotgan deklarantlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq deklaratsiyalovchi shaxslar roʻyxatiga kiritilayotgan maʼlumotlar va elektron hujjatlarni arxivlashtirish interaktiv xizmati orqali taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning ishonchliligi hamda toʻgʻriligini taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashda bojxona xizmati organlari xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan TEDda nomuvofiqliklar aniqlanganida, bojxona xizmati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xorijiy davlatlar yoki xalqaro tashkilotlardan olingan maʼlumotlar hamda tezkor-qidiruv natijalari asosida belgilangan xavfni minimallashtirish choralarini oʻzgartirish va qoʻshimcha tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deklaratsiyalovchi shaxslar tomonidan baholash jarayonida berilgan takliflarni monitoring qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan xatolik yoki nomuvofiqliklar (tafovutlar) holatlari sabablarini oʻrganish maqsadida taqdim etilayotgan elektron hujjatlarning aslini talab qilish. Oʻrganish davomida bojxona qonunchilik hujjatlari buzilganligi tasdiqlanmasa yoki aniqlangan xatoliklar deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bartaraf etilsa, taqdim etilgan elektron hujjatlarning asli toʻliq qaytariladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar oʻrganish davomida qonunchilikda nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlansa, tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-sayti orqali deklarant va deklaratsiyalovchi shaxslarga bojxona yuk deklaratsiyasining rasmiylashtiruv holati, sarf etilgan vaqt haqida maʼlumotlarni interaktiv xizmatlari orqali kuzatish va baholash imkoniyatini yaratish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashda bojxona xizmati organlari xodimlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TEDni deklaratsiyalash va rasmiylashtiruv davomida “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan tizimi buyurgan bojxona operatsiyalarini bajarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfni minimallashtirish choralarini oʻzgartirish natijasida bojxona koʻrigini oʻtkazish zaruriyati mavjud boʻlganda, deklaratsiyalovchi shaxsga tovarlarga nisbatan bojxona koʻrigi tayinlanganligi, uni oʻtkazish joyi va vaqti toʻgʻrisida tasdiqlangan elektron xabarnoma yuborishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etilgan tovarlarni tushirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani koʻrib chiqish va ruxsat beruvchi yoxud rad etuvchi xabarnoma yuborishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etilgan tovarlarni transport vositalaridan bojxona xizmati organlari belgilagan joylarga vaqtincha saqlash uchun tushirish jarayonida yoki tushirilgandan soʻng tovarlar miqdori, nomlanishi, tavsifi yoki boshqa oʻziga xos xususiyatlarida tafovut aniqlangan taqdirda TEDga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish haqida murojaatini koʻrib chiqishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimi TEDga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritishga quyidagi hollarda ruxsat beradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsdan TEDda maʼlum qilingan tovarlarga nisbatan hujjatlar va (yoki) maʼlumotlar talab qilinmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TEDda maʼlum qilingan tovarlarni bojxona koʻrigidan oʻtkazish belgilanmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TEDdagi tovarlarni bojxona ekspertizasidan oʻtkazish tayinlanmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deklaratsiyalovchi shaxsning murojaati asosli deb topilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaat quyidagi holatlarda asosli deb hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar va transport vositasi doimiy ravishda bojxona nazorati ostida saqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar miqdoridagi tafovut bojxona ombori vakili tomonidan tuzilgan dalolatnoma asosida tasdiqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni ortish (tushirish) jarayonlari bojxona omborida oʻrnatilgan videokuzatuv kameralarida aniq tasvirlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli idora ekspertiza xulosasi olingan hollarda (tushirish yoki ortish jarayoniga ekspert jalb etilgan taqdirda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatni bir ish kuni ichida oʻrganib chiqib, ushbu muddat ichida tovarlarni deklarant, deklaratsiyalovchi shaxs, bojxona ombori vakili (agar tovarlar bojxona omboriga joylashtirilgan hollarda) ishtirokida bojxona koʻrigidan oʻtkazadi va murojaat asosli deb topilgan taqdirda TEDga oʻzgartirish kiritishga ruxsat beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona yuk deklaratsiyasida bojxona toʻlovlarini kam hisoblanishiga, shuningdek, taqiq yoki cheklovlar qoʻllanilmasligiga yoxud bojxona statistikasi, bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni notoʻgʻri shakllanishiga sabab boʻlmagan maʼlumotlardagi soʻzlarda (raqamlar va harfli kodlar mustasno) imlo xatoliklar aniqlanganda, deklaratsiyalovchi shaxsga bir ish kuni davomida ushbu xatoliklar bilan bogʻliq qoidabuzarliklarni ixtiyoriy ravishda tuzatishga ruxsat berish, bundan qonunchilikda bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish taqiqlangan holatlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoidabuzarliklarni ixtiyoriy ravishda tuzatishga ruxsat berilganligi deklaratsiyalovchi shaxsga TIF ishtirokchisi kabineti orqali elektron xabarnoma bilan maʼlum qilinadi va bir ish kuni muddati xabarnoma joʻnatilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Bojxona xizmati organlari, deklarantlar va bojxona brokerlari, shu jumladan, deklaratsiyalovchi shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashlar va elektron shaklda taqdim etiladigan hujjatlarning saqlanishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Bojxona brokerlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq deklaratsiyalovchi shaxslar roʻyxatiga kiritilayotgan maʼlumotlar toʻgʻriligiga javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Bojxona xizmati organlari xodimlari TEDlarning ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan muddatlarda rasmiylashtirilishi uchun shaxsan javob beradilar, bundan bojxona xizmati organlarining avtomatlashtirilgan tarzda rasmiylashtirilgan yoki mazkur Nizomning 15-bandining yigirma oltinchi xatboshisi asosida sabablari deklaratsiyalovchi shaxsga maʼlum qilingan tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi dasturiga ulangan bojxona va vakolatli organlar oʻz vakolatlari doirasida tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi xoʻjalik subyektlari va davlatga zarar yetkazuvchi tizimdagi mavjud maʼlumotlarga noqonuniy kirish, ularni oʻzgartirish yoki boshqa harakatlardan himoyalash boʻyicha zarur boʻlgan tashkiliy va texnik choralarni koʻrishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi dasturidagi maʼlumotlarga kirish huquqi boʻlgan bojxona va vakolatli organlar xodimlari mazkur maʼlumotlarni oshkor etish, oʻz maqsadlari yoki uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalanish hamda uchinchi shaxslarga maʼlumotlarning belgilangan himoya qoidalarini buzgan holda, ularni olish imkoniyatini yaratish huquqiga ega emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Bojxona yuk deklaratsiyasi hamda bojxona nazoratini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar bojxona organlarida tovarlar bojxona nazorati ostida turgan tovar maqomini yoʻqotgan yildan keyingi yildan eʼtiboran uch yil davomida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Davlat bojxona qoʻmitasi deklaratsiyalovchi shaxslarga tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan koʻrsatiladigan interaktiv xizmatlar orqali ular tomonidan taqdim etilgan tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashlarning va elektron hujjatlarning deklaratsiya rasmiylashtirilgan sanadan boshlab oʻn besh kunlik muddatga qadar yuklab olish, qogʻozda yozma shaklini chop etish huquqi va imkoniyatini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojxona qoʻmitasi pullik xizmat asosida deklarantlarga oʻzlariga tegishli tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashlarning bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab uch yil ichida oʻz serverida saqlab berish, ularni qogʻozda yozma shaklini chop etish va tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashga oid boshqa maʼlumotlarni olish imkoniyatini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pullik xizmatdan tushgan yigʻimlar Davlat bojxona qoʻmitasining moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona xizmati organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi va belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur pullik xizmatlarning turlari, shakllari, maqomlari va xizmatga pul toʻlashning tariflari Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi va oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Elektron shaklida deklaratsiyalashda bojxona xizmati organlari tomonidan boshqa shaxslar uchun tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash va unga tegishli hujjatlarning qogʻozda yozma shakli chop etilmaydi va imzo hamda muhr bilan tasdiqlanmaydi. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TED va tegishli hujjatlarning qogʻozda yozma shaklidagi nusxalarini bojxona xizmati organlari tomonidan tasdiqlash tartibi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarning elektron shaklini shakllantirishda vakolatli organlar xodimlari tegishli maʼlumotlarning oʻz vaqtida kiritilishi hamda ularning toʻgʻriligi uchun shaxsan masʼuldirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. TEDlardagi aniq kelishuvlar va ularning tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga bogʻliqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar konfidensial hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Aniq tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining amalga oshirgan operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish taqiqlanadi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish soʻralganda, bojxona yuk deklaratsiyasi asosida shakllangan maʼlumot qogʻozda yozma shaklda yoki elektron koʻrinishda yoxud oʻzaro kelishuvga asosan axborot almashinuvi tizimlari orqali taqdim etiladi, ushbu Nizomning 41-bandida taqiqlangan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni deklaratsiyalash tartibini amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Ishtirokchilar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Vakolatli organlar
1. Ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarni idoralararo hamkorlik darajasida bojxona axborot tizimiga kiritilishini taʼminlaydi yoki yuboradi.
Murojaat qiluvchilarga hujjatlarni berishdan avval yoki ularni berish bilan bir vaqtda
2. Murojaat qiluvchilarga ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarni taqdim etadi.
Qonunchilikda belgilangan muddatlarda
2-bosqich
Deklaratsiyalovchi shaxs
Tovarlarning elektron deklaratsiyasi hamda taqdim etiladigan hujjatlarni tayyorlaydi, elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi va avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali bojxona organlariga yuboradi.
Tayyor boʻlishiga koʻra
3-bosqich
Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi
1. Tovarlarning elektron deklaratsiyasi bojxona axborot tizimining dastlabki format-mantiqiy nazoratidan oʻtkaziladi va tekshiruvlarning ijobiy natijasida, unga avtomatlashtirilgan tarzda tartib raqami berilib, roʻyxatdan oʻtkaziladi.
2. Format-mantiqiy nazoratidan ijobiy oʻtmagan tovarlarning elektron deklaratsiyasi, xabarnomada sabablari koʻrsatilgan xolda deklaratsiyalovchi shaxsga qaytarib yuboriladi.
3. Roʻyxatdan oʻtgan tovarlarning elektron deklaratsiyasi bojxona axborot tizimi orqali bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi bojxona organlarining xodimlari oʻrtasida avtomatlashtirilgan tarzda taqsimlanadi yoki bojxona organlari xodimi ishtirokisiz, maxsus algoritmlar asosida avtomatlashtirilgan tarzda rasmiylashtirilishi mumkin.
Real vaqt rejimida
4-bosqich
Bojxona organlari xodimi
1. Tovarlarning elektron deklaratsiyasini kelib tushgan vaqtidan boshlab 3 soat ichida qabul qiladi. Ushbu muddatda qabul qilinmagan tovarlarning elektron deklaratsiyasi axborot tizimi tomonidan avtomatik tarzda qabul qilinadi.
2. Bojxona organlari xodimi tovarlarni elektron deklaratsiyasini qabul qilgan vaqtdan boshlab uning rasmiylashtiruvini amalga oshiradi.
3. Tovarlarning elektron deklaratsiyasining bojxona rasmiylashtiruvi yakunlanganligi rasmiylashtiruvni oʻtkazgan bojxona organlari xodimi tomonidan oʻzining elektron raqamli imzosi bilan belgi quyish orqali tasdiqlanadi va bu haqda bojxona axborot tizimi tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda deklaratsiyalovchi shaxsning TIF ishtirokchisi kabinetiga xabarnoma yuboriladi.
Tovarlarning elektron deklaratsiyasi bojxona organlariga kelib tushganda.
Nizomning 15-bandidagi “a”, “b” va “v” — kichik bandlarida belgilangan muddatlarda. (xavf darajasi past va xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichlarda bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari paytda deklaratsiya taqdim etilgan holatlar bundan mustasno).
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 55-sonli qaroriga asosan 3-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 4-may — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2025-y., 09/25/55/0102-son)