01.07.2021 yildagi 409-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.07.2021 yildagi 409-son
Date of entry into force
01.07.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi hududidan tovarlar va shaxslarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmini yanada koʻpaytirish, xorijiy xaridorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorlikni oshirish, mintaqaviy savdoni ragʻbatlantirish, shuningdek, tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6109-son Farmoniga muvofiq “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) hududida chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirish huquqi berilgan “erkin bojxona zonasi” bojxona rejimi amal qilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz hududidan har qanday tovarlar olib oʻtilishi mumkin, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish yoki undan olib chiqish taqiqlangan yoki cheklab qoʻyilgan tovarlar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar Markaz hududiga bojxona toʻlovlari toʻlanmasdan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmasdan olib kiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz hududida shaxslar, transport vositalari va yuklar erkin harakatlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Markaz hududiga tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq olib kiriladi yoki olib chiqiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Markaz hududiga naqd pul Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq olib kiriladi yoki olib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Markazning Maʼmuriy kengashi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda, Markaz hududida uning perimetri boʻylab maxsus toʻsiqlar oʻrnatishni, nazorat qilish tizimi va yoritish moslamalari bilan jihozlashni koʻzda tutuvchi bosh reja loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va uning belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda Markazga kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan jismoniy shaxslar va transport vositalarini tekshirish va roʻyxatga olishni taʼminlash maqsadida ikki oy muddatda chegara, bojxona, veterinariya, sanitariya, karantin, transport nazorati boʻyicha nazorat-oʻtkazish punktlarini tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirlik va idoralar hamda xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda Markaz hududida omborxona va xarid qilish joylari, transport va logistika markazlari, ishlov berish tarmoqlari, koʻrgazma markazlari va “shou-rumlar”, boj olinmaydigan savdo doʻkonlari, tranzit markazlari, bank boʻlinmalari, mehmonxonalar, savdo va koʻngilochar markazlar, tibbiy davolash profilaktika va diagnostika muassasalari, avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish markazlari barpo etish, mobil aloqa va boshqa zarur xizmatlarni tashkil etish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda Markaz hududiga olib kiriladigan hamda ulgurji va chakana tartibda sotiladigan tovarlar hisobini yuritish boʻyicha zamonaviy axborot tizimlarini joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi hududiga shaxslar va transport vositalarining kirishi, hududda boʻlishi hamda hududdan chiqib ketishi, tovarlarni olib kirish va olib chiqish hamda ushbu hududda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish va mahsulotlarni realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Afgʻoniston Islom Respublikasi fuqarolari va ushbu davlat hududidan kiruvchi boshqa davlat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizasini rasmiylashtirmasdan Markaz hududiga kirish, hududda boʻlish va undan chiqish muddatlari va tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston hududida boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston tomonidan Markaz hududiga kirish yoki chiqish tartibi, shu jumladan, mazkur jarayonda davlat chegara nazoratini amalga oshirish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz hududidan Afgʻoniston Islom Respublikasi hududiga chet el tovarlarini (“reeksport” bojxona rejimida) hamda Oʻzbekiston tovarlarini (“eksport” bojxona rejimida) olib chiqish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz hududidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali uchinchi davlat hududiga tovarlarni olib oʻtish qoidalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov, Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 1-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
409-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi 409-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi hududiga shaxslar va transport vositalarining kirishi, hududda boʻlishi hamda hududdan chiqib ketishi, tovarlarni olib kirish va olib chiqish hamda ushbu hududda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish va mahsulotlarni realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi (keyingi oʻrinlarida — Markaz) hududiga shaxslar va avtotransport vositalarining kirishi, hududda boʻlishi hamda hududdan chiqib ketishi, tovarlarni olib kirish va olib chiqish, shuningdek, ushbu hududda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish va mahsulotlarni realizatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Markaz hududi alohida ajratilgan 26 gektar yer maydonni va “Termez Cargo Centre” MChJ hududini oʻz ichiga qamrab olib, koridor orqali tutashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Markaz hududi bojxona hududidan tashqarida joylashgan hisoblanadi. Markaz hududida bojxona nazorati zonalari bojxona organlari tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz chegaralari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Markaz hududi orqali oʻtadigan barcha shaxslar, transport vositalari va tovarlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat tartib-taomillaridan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Nazorat tartib-taomillarini amalga oshirishda qurol-yarogʻ, texnika, nazorat-texnika vositalari, muhandislik inshootlari, xizmat itlari, shuningdek, inson hayoti va salomatligi, hayvonlar, oʻsimliklar uchun xavfsiz hamda tovarlar va transport vositalariga zarar yetkazmaydigan dezinfeksiya vositalaridan foydalanish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Markaz hududiga olib kirilayotgan, undan olib chiqilayotgan tovar va transport vositalarining bojxona nazorati hamda rasmiylashtiruvi bojxona nazorati zonalarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Yagona darcha” va interaktiv mexanizmlar asosida bojxona, soliq, sertifikatsiya, fitosanitariya, veterinariya, transport, bank va valyuta ayirboshlash, mobil aloqa hamda mijozlar uchun tibbiyot va mehmonxona, avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va boshqa xizmatlar yoʻlga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yuk avtotransport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlari har bir avtotransport vositasining kirish va chiqish vaqtini avtomatlashtirilgan qayd etish tizimi hamda navbatlarni boshqarish elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Nazorat oʻtkazish joyi orqali oʻtuvchi shaxslar davlat nazorati organi xodimlarining talabiga binoan zarur hujjatlar, bagaj, qoʻl yuki, valyuta qimmatliklarini nazorat va tekshiruvdan oʻtkazish uchun taqdim etadi, nazorat va tekshiruvni oʻtkazishga koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Transport vositalari va tovarlar texnika xavfsizligiga rioya etilgan holda, tashuvchi vakili yoki tovarga vakolatli shaxs yoxud transport vositasi haydovchisi ishtirokida bojxona nazoratidan oʻtkaziladi hamda ular bojxona organining talabiga koʻra koʻzdan kechirish qiyin boʻlgan barcha joylarni koʻrsatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Identifikatsiya vositalari (plombalar, muhrlar va boshqalar) buzilganligi va (yoki) ularga shikast yetganligi yoki nazorat oʻtkazish joyidan oʻtuvchi shaxs kontrabanda predmetlarini yoxud noqonuniy olib ketilayotgan tovarlarni yashirgan boʻlishi mumkinligini koʻrsatuvchi belgilar aniqlanganda, bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning qarori asosida, shuningdek, nazorat chorasi xavfni boshqarish tizimida mavjud boʻlsa, ushbu shaxs, tovar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazorati shakllari qoʻllanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bojxona qoʻmitasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — davlat nazorat organlari) tomonidan nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish chogʻida huquqbuzarliklar aniqlanganda, huquqbuzarlar va huquqbuzarliklar sodir etilishiga daxldor boshqa shaxslarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Markaz orqali harakatlanayotgan shaxslar, avtotransport vositalari va tovarlar boʻyicha nazoratni oʻrnatish maqsadida chegara va bojxona organlari onlayn ravishda oʻzaro elektron axborot bilan almashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat nazorat organlarining axborot almashinuvi elektron tizimlar orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Markaz hududiga tovarlar Markaz ishtirokchilari tomonidan “erkin bojxona zonasi” bojxona rejimiga rasmiylashtirish orqali joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz normal faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun foydalaniladigan Oʻzbekiston tovarlari (ortish-tushirish texnikasi, sovitish uskunasi, kompyuter texnikasi, maxsus kiyim-bosh) bojxona rejimi ostida joylashtirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu tovarlar Markaz direksiyasi kafilligi ostida direksiya tomonidan taqdim etiladigan roʻyxat asosida olib kiriladi va ushbu tovarlarning hisobi alohida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Markaz hududida bojxona yuk deklaratsiyalari asosida olib oʻtiladigan tovarlar nazorati va hisobi bojxona organlari tomonidan, chakana tartibda sotiladigan tovarlar nazorati va hisobi soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Markaz ishtirokchisi tomonidan Markazga kelib tushayotgan va undan olib chiqilayotgan har bir tovarga identifikatsiya kodi biriktiriladi, shuningdek, ushbu tovarlar boʻyicha soliq va bojxona organlarining oʻzaro integratsiyalashgan axborot tizimida ushbu tovarlarning olib kirilishi va olib chiqilishi hamda realizatsiya qilinishi toʻgʻrisida belgi qoʻygan holda avtomatlashtirilgan hisobi yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Markaz hududiga “erkin bojxona zonasi” bojxona rejimida olib kiriladigan va chakana tartibda sotiladigan tovarlar hisobini yuritish, nazorat qilish va bojxona yuk deklaratsiyalarini nazoratdan yechish (hisobdan chiqarish) savdo nuqtalarida oʻrnatilgan davlat reyestriga kiritilgan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarining identifikatsiyalovchi QR-kodli cheklari asosida, soliq va bojxona organlari hamda Markaz direksiyasining oʻzaro integratsiyalashgan axborot dasturi orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda nazorat-kassa mashinasining tovar sotilganligini tasdiqlaydigan chekidagi QR-kodda (matrik shtrix) quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kassa cheki raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat-kassa mashinasi raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid qilingan sana va vaqt;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarning narxi va miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchi tomonidan olingan milliy va (yoki) chet el valyutasi summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo doʻkoni nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo doʻkoni egasi — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona yuk deklaratsiyasining roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarga Markaz hududida sotish uchun beriladigan maxsus identifikatsiya raqami.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Markaz hududiy chegaralarining nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari (keyingi oʻrinlarda — DXX Chegara qoʻshinlari) tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Markaz hududiga va uning hududidan tovar hamda avtotransport vositalari hamda shaxslarning harakatlanishi kunning yorugʻ vaqtida yoki yetarli darajada yorugʻlik bilan taʼminlangan hollarda amalga oshiriladi. Oʻtish vaqti ikki tomonlama kelishuv asosida belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Shaxslar Markaz hududiga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxslar va avtotransport vositalari Markaz hududidan ortga qaytishi faqat ular kirgan punkt orqali amalga oshiriladi. Boshqa yoʻnalishda chiqmoqchi boʻlgan shaxslar hamda avtotransport vositalari Markaz hududiga qaytarib yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining asosiy hududiga kirish ehtiyoji boʻlgan shaxslar “Termiz-avtoyoʻl” oʻtkazish punkti orqali belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxslarning Markaz hududida belgilangan muddat davomida boʻlishi DXX Chegara qoʻshinlari maʼlumotlar bazasi orqali avtomatik tarzda nazorat qilinadi. Markaz hududida belgilangan muddatdan koʻp vaqt boʻlgan shaxslar DXX Chegara qoʻshinlari xodimlari tomonidan aniqlanib, ichki ishlar organlari xodimlariga qonuniy choralar koʻrish uchun topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetmagan shaxslar ota-onalaridan biri hamrohligida ularning shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar asosida Markaz hududiga kiradilar va chiqadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtotransport vositasi bojxona koʻrigidan oʻtkazilishi jarayonida chegara nazoratidan yashiringan shaxslar aniqlanganda, bojxona organi tomonidan qonuniy choralar koʻrish uchun chegara nazorati boʻlinmasiga xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Afgʻoniston Islom Respublikasi tomonidan Markaz hududiga kirish-chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Afgʻoniston Islom Respublikasi fuqarolari va ushbu davlat hududidan kiruvchi boshqa chet davlat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizasini rasmiylashtirmasdan oʻn kun davomida Markaz hududiga kirishi, hududda boʻlishi va undan chiqishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Afgʻoniston Islom Respublikasidan kelayotgan shaxslarni Markaz hududiga oʻtkazish “Termiz-avtoyoʻl” oʻtkazish punktida yangi tashkil etilgan yoʻlovchilar terminali orqali amalga oshiriladi. Bunda respublikaning asosiy hududiga harakatlanayotgan fuqarolar oqimi bilan aralashib ketishining oldini olish maqsadida ushbu terminal turniket bilan toʻsiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Afgʻoniston Islom Respublikasi tomonidan Markaz hududiga kirib kelayotgan barcha avtotransport vositalari inspeksion-koʻrik majmuasi (Z-portal skaneri)dan oʻtkaziladi va koʻrik maydonida nazorat tamoyillaridan oʻtib, belgilangan yoʻnalishda harakatni davom ettiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga transport vositalarining kirish va chiqish yoʻnalishi mavjud avtomobil yoʻliga tutashgan hududda belgilanadi hamda temir panjara bilan ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Yoʻlovchilar belgilangan joyda transport vositasidan tushadilar, alohida piyodalar yoʻlakchasi orqali harakatlanib, yoʻlovchilar terminalida chegara-bojxona (shu jumladan, bodiskaner yordamida) rasmiylashtiruvidan oʻtadilar. Bunda ular DXX Chegara qoʻshinlari maʼlumotlar bazasidan tekshirilib, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlariga sana muhrlari qoʻyilmagan holda chegara nazoratidan oʻtadilar. Soʻngra belgilangan joyda transport vositasiga chiqish uchun kutadilar. Piyoda yoʻlovchilar oʻz yoʻnalishida harakatini davom ettiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Oʻzbekiston tomonidan Markaz hududiga kirish-chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Oʻzbekiston tomonidan Markaz hududiga kirish yoki chiqish “Termez Cargo Centre” MChJ hududidagi Gulbahor-Ayritom avtomobil yoʻlining janubiy yoʻnalishida joylashgan 2 ta nazorat oʻtkazish punkti orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston hududida boʻlib turgan chet davlat fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar hamda xizmat koʻrsatuvchi shaxslar va ularning tovarlari “Termez Cargo Centre” MChJ hududining 1-nazorat oʻtkazish punkti orqali oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ular DXX Chegara qoʻshinlari maʼlumotlar bazasidan tekshirilib, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlariga sana muhrlari qoʻyilmagan holda chegara nazoratidan oʻtadi. Nazorat oʻtkazish punkti xizmat koʻrsatuvchi shaxslarning kirishini va chiqishini nazorat qilish uchun boshqarish nazorat tizimi bilan jihozlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Yuk avtomashinalari “Termez Cargo Centre” MChJ hududining 2-nazorat oʻtkazish punkti orqali belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Markaz hududidan Afgʻoniston Islom Respublikasi hududiga tovarlarni olib oʻtish qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Markaz hududidan Afgʻoniston Islom Respublikasi hududiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet davlat tovarlarini olib chiqish “reeksport” bojxona rejimida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston tovarlarini olib chiqish “eksport” bojxona rejimida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Markaz hududidan shaxslar tomonidan tovarlarni bojxona deklaratsiyasini taqdim etmasdan olib chiqishga qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tovarlarni bojxona deklaratsiyasini taqdim etmasdan olib chiqish normalari doirasida ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Markaz hududidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali uchinchi davlat hududiga tovarlarni olib oʻtish qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Chet el tovarlari Markaz hududidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga bojxona yuk deklaratsiyasi asosida bojxona toʻlovlari va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilgan holda, tovarlarga nisbatan vakolatli shaxs tomonidan tanlangan bojxona rejimiga joylashtirish orqali olib kiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz hududidan chet el tovarlarini shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishida bojxona toʻlovlari undirilmaydigan olib kirishning cheklangan meʼyorlari tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Chet el tovarlari Markaz hududidan Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali uchinchi davlat hududiga olib chiqilayotganda, ular vakolatli shaxs tomonidan “tranzit” bojxona rejimiga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Oʻzbekiston tovarlari Markaz hududidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga bojxona toʻlovlari va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda, “reyimport” bojxona rejimiga rasmiylashtirish orqali olib kiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar uni olib chiqish uchun moʻljallangan tegishli bojxona rejimiga joylashtirilgan paytdan eʼtiboran Bojxona kodeksida belgilangan muddat ichida “reyimport” bojxona rejimiga oʻtkazilishi maʼlum qilinishi kerak. Bunda bojxona chegarasi kesib oʻtilgan kun tovarni olib kirish sanasi hisoblanadi, tovarni olib chiqish uchun moʻljallangan tegishli bojxona rejimi uchun bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan kun esa, olib chiqish sanasi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar Markazga kirgan dastlabki holatida boʻlishi kerak, tovarning tabiiy eskirish oqibatidagi yoxud tashish, saqlash yoki foydalanish (ishlatish)ning normal sharoitlarida kamayishi oqibatidagi oʻzgarishlari bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlari tomonidan tovarni identifikatsiyalashni imkoniyati mavjud boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, ushbu shartlarga rioya etilmagan taqdirda, mazkur bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan tovarlarga chet el tovarlari deb qaraladi va ularga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona toʻlovlari va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Markaz hududida bojxona nazoratini taʼminlash talablari va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Markazning bojxona nazorati zonasi hisoblangan hudud va binolari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer ustidagi imoratlarda yoki inshootlarda joylashtirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan texnik, sanitariya va yongʻinga qarshi talablarga javob berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻriqlash va yongʻin nazorati signalizatsiyalari, sodir boʻlayotgan voqealar boʻyicha har tomondan olingan video maʼlumotlarni uch oy davomida koʻrsatish imkoniga ega boʻlgan, davlat nazorati organlari tomonidan belgilangan joylarda oʻrnatilgan, uzluksiz ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻin xavfsizligi talablariga mos boʻlgan yongʻinni oʻchirish tizimi va vositalariga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Markazga oʻtish punktlarida bojxona nazoratidan oldin shaxslarning Markaz hududiga olib kirish taqiqlangan yoki cheklangan shaxsiy buyumlarini saqlash uchun maxsus kameralar tashkil etilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Markazda uning normal faoliyat koʻrsatish uchun doimiy ravishda quyidagilar ishchi holatda va yetarli boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ortish-tushirish uskunalari va transport vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ombor asbob-uskunalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻlchov asboblari, aniqligi va oʻlchash chegaralari erkin omborda saqlashga moʻljallanayotgan tovarlar xususiyatiga muvofiq boʻlgan tovarlarning ogʻirligini oʻlchash vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlarining dasturiy taʼminoti bilan mos keladigan tovarlar hisobini yuritadigan avtomatlashtirilgan tizim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazorati zonasi sifatida ishlatish uchun moʻljallangan binolarni, ochiq maydonchalarni, bojxona nazorati zonasiga bevosita tutashib ketgan butun hududni toʻliq nazorat qilish hamda bojxona organlariga video maʼlumotlarni uzatish, shuningdek, ushbu maʼlumotlarni uch oy davomida saqlash imkoniga ega boʻlgan uzluksiz ishlaydigan videokuzatuv tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrik oʻtkazish uchun stol;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot qutichasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aloqa vositalari (shu jumladan telefon, maʼlumot uzatish tarmogʻi, Internet jahon axborot tarmogʻi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idora ashyolari va mebel.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Markaz direksiyasi quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq organlari bilan hamkorlikda Markazga kelib tushayotgan va undan olib chiqilayotgan tovarlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining axborot tizimida ushbu tovarlarning olib kirilishi va olib chiqilishi toʻgʻrisida belgi qoʻygan holda, avtomatlashtirilgan hisob yuritilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organining talabiga muvofiq Markazdagi tovarlarni bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida xatlovdan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya, tovarlarning yonma-yon qoʻyilishi qoidalariga va saqlash rejimiga, davlat standartlarining majburiy talablariga rioya qilish, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona ishi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa talablar va shartlarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, shu jumladan qayta tashkil etilganligi, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganligi toʻgʻrisida bojxona organini besh ish kuni ichida xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz ishtirokchilarining, shuningdek, Markazga kirish uchun ruxsat berilgan hamda belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtgan (oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlovchi xodimlar uchun) xodimlarning (familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi koʻrsatilgan holda) roʻyxati mavjudligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining qonuniy talablarini bajarish, shu jumladan, bojxona organlari mansabdor shaxslarining Markazda saqlanayotgan tovarlar turgan joyga kirishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun Markazdagi jihozlangan binolar va aloqa vositalarini bojxona organlari xodimlariga bepul taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Markazning yoki Markaz ishtirokchisining faoliyati tugatilgan taqdirda, uning hududida boʻlgan tovarlar tugatilgan vaqtdan boshlab oltmish kalendar kun mobaynida tovarlarga vakolati boʻlgan shaxs tomonidan boshqa bojxona rejimiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ushbu Nizomning 37-bandida nazarda tutilgan muddat mobaynida koʻrsatib oʻtilgan tovarlar bojxona maqsadlari uchun “vaqtinchalik saqlash” bojxona rejimida turgan tovarlar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Shaxs Markaz ishtirokchisi maqomidan mahrum etilgan taqdirda, shu jumladan, investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimning amal qilishi muddatidan oldin toʻxtatilganligi munosabati bilan ishtirokchi maqomidan mahrum etilganda, ishtirokchiga tegishli boʻlgan ishlab chiqarish uchun tovarlar Markazning boshqa ishtirokchisi foydasiga begonalashtiriladi yoxud Markaz ishtirokchilari reyestriga shaxsning Markazning ishtirokchisi maqomidan mahrum etilgani toʻgʻrisidagi yozuv kiritilgan sanadan boshlab oltmish kalendar kun mobaynida boshqa bojxona rejimiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Markaz ishtirokchisi maqomini yoʻqotgan shaxs oʻzining mulki boʻlgan ishlab chiqarish uchun tovarlarni begonalashtirmaganda yoxud ularni boshqa bojxona rejimiga joylashtirmaganda, ushbu Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan muddat oʻtib boʻlgach, bojxona organlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli qonuniy choralarni koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Markaz hududiga kirish-chiqish tartibini buzgan, shuningdek, ushbu hududdan belgilanmagan joylardan chiqishga yoki kirishga uringan shaxslar qoʻlga olinib, ularga nisbatan belgilangan tartibda qonuniy choralar koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi 409-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Obyekt nomi

Oʻlchov birligi

Miqdori

Qiymati

(mlrd soʻm)

Moliyalashtirish manbai

Amalga oshirish muddati

Masʼul vazirlik va idoralar

I. Kuzatuv minoralarini koʻchirish boʻyicha

1.

Koʻprikni qoʻriqlash bataloni 3-marrasining chap qanotidagi mavjud 900 m “Surxon” elektr signalizatsiya majmuasini koʻchirish (demontaj) ishlarini amalga oshirish.

metr

900

0,01

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

2.

Koʻprikni qoʻriqlash batalonining 3-marrasida joylashgan mavjud 49-son temir kuzatuv minorasini koʻchirish (demontaj-montaj) va 2-marra tomon boʻylab 400 metr uzoqlikka oʻrnatish ishlarini amalga oshirish.

dona

1

0,006

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

II. “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi hududini muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash boʻyicha

3.

Yegoza bilan kuchaytirilgan holda 3,5 m balandlikda hudud perimetri boʻylab devor barpo etish.

metr

2 765

6,345

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ajratilgan Respublika budjeti mablagʻlari

2021-yil IV chorak

Surxondaryo viloyati hokimligi

4.

“Surxon” ESKni “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi hududi va unga tutash boʻlgan hududlarga oʻrnatish.

metr

2 765

0,426

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ajratilgan Respublika budjeti mablagʻlari

2021-yil IV chorak

Surxondaryo viloyati hokimligi

5.

Rokad va nazorat iz yoʻlagi barpo etish.

metr

2 765

1,105

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ajratilgan Respublika budjeti mablagʻlari

2021-yil IV chorak

Surxondaryo viloyati hokimligi

III. “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi va “Termez Cargo Centre” MChJ hududlarini bogʻlovchi alohida koridor infratuzilmasini barpo etish boʻyicha

6.

Eniga 9 metr kenglikda avto yoʻl barpo etish.

metr

1000

4,0

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ajratilgan Respublika budjeti mablagʻlari

2021-yil IV chorak

Surxondaryo viloyati hokimligi

7.

Koridorning ikki tomonini 3,5 metr balandlikdagi panel setka toʻsigʻi bilan oʻrash.

metr

1000

0,413

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil yakuniga qadar

Surxondaryo viloyati hokimligi

8.

Yegoza sim toʻsigʻi oʻrnatish.

metr

3380

0,436

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil yakuniga qadar

Surxondaryo viloyati hokimligi

9.

Oʻrtada temir yoʻl kesishmasi mavjudligini inobatga olib, temir yoʻlning kirish va chiqish yoʻnalishiga elektron darvoza oʻrnatish.

dona

2

0,055

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil yakuniga qadar

Surxondaryo viloyati hokimligi

10.

Avto yoʻlning temir yoʻl bilan kesishgan joyida shaxslar va transport vositalarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida shlagbaum oʻrnatish.

dona

2

0,056

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil yakuniga qadar

Surxondaryo viloyati hokimligi

11.

Koridor boʻylab yoritish chiroqlari oʻrnatish.

dona

20

0,010

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil yakuniga qadar

Surxondaryo viloyati hokimligi

IV. “Termez Cargo Centre” MChJ hududi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha

12.

Perimetr boʻylab devor ustiga signalizatsiya (harakatlanish datchiklari) oʻrnatish.

metr

2 750

0,007

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

V. “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasini qoʻriqlashga jalb etiladigan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari shaxsiy tarkibi uchun alohida maʼmuriy bino barpo etish boʻyicha

13.

Quyidagilarni barpo etish:

1. Chegara naryadlari smena kattasi xonasi.

2. Boʻlinma boʻyicha navbatchi va maxsus texnik vositalari majmuasi operatori xonasi.

3. Oʻn besh kishilik dam olish xonasi.

4. Qurol saqlash va tarqatish xonasi.

5. Ushlangan shaxslarni vaqtinchalik saqlash xonalari (erkaklar va ayollar uchun alohida).

6. Oshxona.

7. Uch kishilik sanuzel.

2,5

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ajratilgan Respublika budjeti mablagʻlari

2021-yil IV chorak

Surxondaryo viloyati hokimligi

VI. “Termez Cargo Centre” MChJ va “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi va koridorlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimlari bilan jihozlash boʻyicha

14.

3 megapikselli infraqizil yoritkichli video kuzatuv kameralari.

dona

215

1,71

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ajratilgan Respublika budjeti mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

15.

2 megapikselli infraqizil yoritkichli video kuzatuv kameralari.

dona

12

0,025

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

16.

2 megapikselli 500 metrgacha lazer yoritkichli aylanuvchi kuzatuv kameralari.

dona

8

0,114

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

17.

24 voltli AS (oʻzgaruvchan tokli) aylanuvchi kuzatuv kameralari uchun manba bloklari.

dona

8

0,003

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

18.

Aylanuvchi kuzatuv kamerasi uchun kronshteynlar.

dona

8

0,002

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

19.

64 kanalli tarmoq videoregistratorlari.

dona

3

0,026

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

20.

32 kanalli tarmoq videoregistratorlari.

dona

5

0,025

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

21.

10 terrabayt hajmli qattiq magnit disklar.

dona

34

0,102

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

22.

55 dyuymli monitorlar.

dona

18

0,203

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

23.

Videokameralar boshqaruv pulti.

toʻplam

8

0,058

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

24.

Kirish va chiqishda shaxsni aniqlovchi terminal (2000 nafargacha).

toʻplam

2

0,010

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

25.

Turniketlar.

toʻplam

2

0,126

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

26.

L2 darajali 16 RoYe portli tarmoq kommutatorlari.

toʻplam

43

0,157

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

27.

Kommutator uchun shkaflar.

dona

43

0,024

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

28.

Server uchun 19 dyumli shkaf.

dona

4

0,006

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

29.

Server uchun 75 dyumli shkaf.

dona

1

0,008

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

30.

Server uchun Intel Sore i7 I7-8700-4QM35LT parametrli shaxsiy kompyuterlar.

toʻplam

2

0,022

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

31.

5 kVattli uzluksiz elektr taʼminoti manbai (UPS).

dona

5

0,065

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

32.

64 abonentli tarmoq ATSi ISDN platasi bilan.

toʻplam

1

0,008

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

33.

Telefon apparati.

dona

64

0,032

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

34.

“GW-4E1-48/220 parametrli shlyuz.

toʻplam

1

0,063

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

35.

Wi-Fi internet tarmogʻi nuqtasi.

dona

2

0,001

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

36.

FTP kabeli.

metr

65000

0,213

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

37.

Optik tolali aloqa kabeli.

metr

10000

0,121

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

38.

TPP 30x2x0,5 parametrli kabel.

metr

5500

0,102

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

39.

Kabel tortish uchun yer osti quvuri.

toʻplam

80

0,456

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

40.

Kamida 4,5 tonnalik yukka moʻljallangan taranga qarshi qurilma.

toʻplam

7

0,282

Mahalliy budjet mablagʻlari

2021-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

JAMI

19,33

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ajratilgan Respublika budjeti mablagʻlari hisobidan — 15, 66 mlrd soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan — 3,67 mlrd soʻm.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2021-y., 09/21/409/0625-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)